O'quvchilarga ingliz tilini o'qitishda o'yin metodining
ahamiyati
Maxbuba Tursunaliyevna Gaziyeva Respublika ixtisoslashtirilgan san'at maktab-internati
Annotatsiya: Ushbu maqolada ingliz tili darslarida o'yin metodlaridan foydalanish, o'yin metodlarining til o'rganishdagi ijobiy ta'siri haqida fikr bildiriladi.
Kalit so'zlar: texnologiya, o'yin metodi, ijobiy yondashuv, grammatika, lug'at, chet tili, texnologik vositalar, zamonaviy metodlar, o'yinlar
The importance of the game method in teaching English to
students
Makhbuba Tursunaliyevna Gaziyeva Republican specialized art boarding school
Abstract: This article presents an opinion on the use of game methods in English lessons, the positive effect of game methods on language learning.
Keywords: technology, game method, positive approach, grammar, vocabulary, foreign language, technological tools, modern methods, games
Bugungi kunda mamlakatimizda ingliz tili o'rganish va o'rgatishga juda katta axamiyat berilmoqda. Til o'qitishda zamonaviy innovatsion texnologiyalardan, o'yin metodlardan foydalanish yaxshi samara berishini bilamiz. Chet tillarini xususan, ingliz tilini o'rgatishning bir nechta samarali usullari mavjud. Jumladan, dars jarayonida ingliz tilidagi video roliklar, dialoglar , kino yoki multfilmlarni ko'rsatish va CD lardan foydalanish mumkin.
Bu texnik vositalardan foydalanish o'quvchilarning chet tili o'rganish jarayonini qiziqarliroq va samaraliroq bo'lishini ta'minlaydi. Shu o'rinda o'yin metodi haqida chuqurroq fikr bildirmoqchiman. Ingliz tili fanini rivojlantirish uchun mamlakatimizda 1-sinfdan boshlab ingliz tili fani o'tilmoqda. 1-4-sinflar uchun o'yin shaklidagi kompyuter matereallardan foydalangan holatda dars o'tilsa o'quvchi uchun dars jarayoni qiziqarli va tushunarli bo'ladi. Inson ma'naviy kamolotga odatda, eshitish, gapirish, ko'rish va o'qish orqali erishadi. Chet tillarini o'rgatishda ham 4 bosqich: eshitish (listening), gapirish(speaking), o'qish(reading), yozish(writing) mahoratini oshirish kerak bo'ladi. Bu mahoratni oshirishda esa o'yin metodining o'rni beqiyosdir. Quyi sinf o'quvchilari ayniqsa o'yin shaklidagi darslarga juda
ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 3.848 740 [Ml^^^H
qiziqishadi va darsda o'yinda qatnashish uchun faol bo'lishga xarakat qilishadi. Shuni aytib o'tish joizki, reja asosida o'tilishi kerak bo'lgan barcha mavzular o'quvchilarga o'rgatiladi, o'yinlar esa bu jarayonni osonlashtiradi va qiziqarliroq qilishga yordam beradi.
O'tilgan mavzularni va lug'atdagi so'zlarni turli xil o'yinlar va krossvordlar yordamida mustahkamlash o'quvchilarda darga nisbatan qiziqish uyg'otadi. O'yin metodlaridan xamma sinflarda foydalanish mumkin. O'yin metodidan foydalanishda fan o'qituvchisi o'zi dars olib boradigan sinfdagi o'quvchilarning yoshi va bilim darajasiga qarab o'yin tanlashi maqsadga muvofiq bo'ladi. O'yin metodidan foydalanish natijasida o'quvchilarning xotirasi mustahkamlanadi, ular chaqqon bo'lishni, zukko bo'lishni, tez fikrlashni, diqqatni jamlashni va jamoa bo'lib ishlashni o'rganishadi.
Masalan: Role-play - rolli o'yin bir vaqtning o'zida nutq, o'yin va ta'lim faoliyatini amalga oshiradi. O'quvchilar turli xil rollarni ingliz tilida ijro etadilar. Rolli o'yinning maqsadi o'quvchilarning nutq ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishdir. Rolli o'yinlari shaxslararo munosabatlarga asoslanganligi sababli, u umumiy o'rta ta'limning milliy o'quv dasturi loyihasida belgilangan talabga to'g'ri keladi, shu bilan birga o'quvchilarda chet tilida o'ylash va gapirishga qiziqish uyg'otadi.
Barcha sinflarda ingliz tilini o'rgatishda o'yinlardan foydalanish kerak, lekin o'yin materiallari va topshiriqlari sinfdan sinfga farq qilishini hisobga olish zarur. Barchaga ma'lumki, grammatika bir necha sabablarga ko'ra ingliz tilini o'rganishda juda muhim rol o'ynaydi. Grammatikasiz to'g'ri gapirishni, iboralar va jumlalarni tuzishni o'rganish mumkin emas, hatto havas qiladigan so'z boyligingiz bo'lsa ham. Ammo mohiyatiga ko'ra, grammatika faqat qoidalar to'plamidir va ularni o'rganish ko'pchilik uchun unchalik qiziq emas. Bu qiyin jarayonni osonlashtiradigan narsa-bu o'yin metodlaridir. O'qituvchining qo'lida o'quv jarayonini nafaqat oson, balki hayajonli va samaraliroq qiladigan ulkan kuch bor-bu o'yinlar. O'yinlar yordamida hatto eng murakkab va zerikarli grammatika qoidalarini ham o'quvchilar zavq bilan o'rganishi mumkin. Agar o'yinlar darsingizning ajralmas qismiga aylansa, o'quvchilaringiz ingliz tilini o'rganishda muvaffaqiyat qozonishadi. Kompyuterlashtirish ta'limda birinchi o'rinlardan biriga aylangan bizning asrimizda turli xil o'yinlarlar yordamida o'quvchilarda ingliz tilini o'rganishga bo'lgan qiziqishni kuchaytirish mumkin. Muhtaram presidentimiz tashabbuslari bilan barcha maktablar kompyuterlashtirilishi belgilandi. Bu o'qituvchi va o'quvchilar uchun juda katta imkoniyatlar eshigini ochadi.
ISSN 2181-0842 / Impact Factor 3.848
741
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Bekmurodova U. B. "Ingliz tilini o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish", Toshkent, 2022-yil
2. Yoqubov I. "Ingliz tili o'qitish metodikasi", (o'quv qo'llanma). Toshkent, Sharq nashriyoti. 2003
3. Kolesnikova O.A. Chet tillarini o'rgatishda rolli o'yinlar. 4. Ravinskaya V. O'yinlar ta'lim vositasi sifatida. - Maktabda chet tillari, №1, 2005 yil
4. Stronin M.F. Ingliz tili darsida o'quv o'yinlar. - M.; Ma'rifat, 2004 yil
5. J. C. Richards and S.R.Rodgers., "Approaches and Methods in Language Teaching". Cambridge: Cambridge University Press. 2014
ISSN 2181-0842 / Impact Factor 3.848
742