Научная статья на тему 'INGLIZ TILINI O‘QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING SAMARASI'

INGLIZ TILINI O‘QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING SAMARASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
162
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
chet tili / innovatsion texnologiyalar / o’yinli faoliyat / malaka / uslub / tajriba. / foreign language / innovative technologies / game activity / skills / style / experience.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Toshxo'Jayeva Gulhayo O'Ktam Qizi

Ushbu maqolada ingliz tili fanini o‘qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning samarasi va o’ziga xos usullari haqida so’z boradi. Maqola davomida ingliz tili darslarida olib boriladigann turli zamonaviy innovatsion texnologiyalarning turlari, ulardan foydalanish usullariga alohida to’xtalib o’tilgan. Maqola so’nggida ilmiy mulohazalar va fikrlar berib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE EFFECT OF USING INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN TEACHING ENGLISH

This article talks about the effectiveness and unique methods of using innovative technologies in teaching English. In the course of the article, different types of modern innovative technologies and methods of their use, which are carried out in English language classes, are specifically discussed. At the end of the article, scientific comments and opinions are given.

Текст научной работы на тему «INGLIZ TILINI O‘QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING SAMARASI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

INGLIZ TILINI O'QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING SAMARASI Toshxo'jayeva Gulhayo O'ktam qizi

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti xorijiy til va adabiyot yo'nalishi ingliz tili 2-fakulteti

2-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6815526

Annotatsiya. Ushbu maqolada ingliz tili fanini o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning samarasi va o'ziga xos usullari haqida so'z boradi. Maqola davomida ingliz tili darslarida olib boriladigann turli zamonaviy innovatsion texnologiyalarning turlari, ulardan foydalanish usullariga alohida to'xtalib o'tilgan. Maqola so'nggida ilmiy mulohazalar va fikrlar berib o'tilgan.

Kalit so'zlar: chet tili, innovatsion texnologiyalar, o'yinli faoliyat, malaka, uslub, tajriba.

ЭФФЕКТ ОТ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ИННОВАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ОБУЧЕНИИ АНГЛИЙСКОМУ ЯЗЫКУ

Аннотация. В данной статье рассказывается об эффективности и уникальных методах использования инновационных технологий в обучении английскому языку. В ходе статьи обсуждаются различные виды современных инновационных технологий и методы их использования, которые применяются на занятиях по английскому языку. В конце статьи даются научные комментарии и мнения.

Ключевые слова: иностранный язык, инновационные технологии, игровая деятельность, навыки, стиль, опыт.

THE EFFECT OF USING INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN TEACHING ENGLISH

Abstract. This article talks about the effectiveness and unique methods of using innovative technologies in teaching English. In the course of the article, different types of modern innovative technologies and methods of their use, which are carried out in English language classes, are specifically discussed. At the end of the article, scientific comments and opinions are given.

Key words: foreign language, innovative technologies, game activity, skills, style, experience.

KIRISH

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng, chet tillarini o'rgatishga qiziqish oshdi va yoshlar uchun ko'plab imkoniyatlar yaratib berildi. Birinchi prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek, "Hozirgi paytda xorijiy tillarni o'rgatishga yurtimizda katta ahamiyat berilmoqda. Bu ham albatta, bejiz emas. Bugun jahon hamjamiyati o'ziga munosib o'rin egallashga intilayotgan mamlakatlarimiz uchun, chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o'z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning hojati yo'qdir".

TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI

Ushbu fikrlarning mantiqiy davomi sifatida 2012-yil-10 dekabrda qabul qilingan "Chet tillarini" o'rgatish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida"gi Prezident Qarori chet tillarini o'rganish imkoniyatlarini kengaytirdi. Bugungi kunda maktablarda interfaol o'yinlar orqali dars o'tish an'anaga aylanib bormoqda. Ma'lumki, darsning turli xil o'yinlar

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

asosida o'tilishi o'quvchilarning imkoniyatlarini namoyish etish, diqqatni jamlash, bilim va ko'nikmalarini oshirish va kuchli bo'lishlarini ta'minlaydi. O'yin texnologiyasidan foydalanishning asosini o'quvchini faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyat tashkil etadi. Psixologlarning ta'kidlashlaricha, o'yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning o'zini namoyon qilish, hayotda barqaror o'rnini topish, o'zini o'zi boshqarish, o'z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi. Har qanday o'yin zamirida umumiy qabul qilingan ta'lim prinsiplari, taktikasi yotishi kerak. O'quv o'yinlariga o'quv predmetlari asos qilib olinishi kerak. O'yinlar jarayonida o'quvchi oddiy darsga qaraganda bu mashg'ulotga qiziqibroq yondashadi va bemalol faoliyat ko'rsatadi. Ta'kidlash lozimki, o'yin eng avallo, o'qitishning bir usulidir. O'quvchilar o'yinli darslarga qiziqib qatnashadilar, g'alaba qozonishga intiladilar, o'qituvchi ular orqali o'quvchiga ta'lim-tarbiya ham beradi. O'quvchi inglizcha o'yin o'ynab, gapira olarkanman, tinglab tushuna olarkanman, yoza olarkanman, deb ishonadi, qiziqadi. Tajriba shundan dalolat beradiki, har qanday o'yinda ishtirokchilarning malakasi va yoshidan qat'iy nazar, ular o'ng'aysiz holatga tushib qoladilar. Shuning uchun o'yinni o'quv amaliyotiga tadbiq qilishdan avval quyidagi pedagogik-psixologik masalalar hal etilishi zarur. Har bir o'quvchi o'yinga tayyorgarlik ko'rayotganda quyidagilarni bilishi lozim: o'yinning maqsadini; o'yinning vazifasini; o'yinning rejadagi qaysi mavzuga taalluqliligini; avvalgi o'yinlarda shakllangan malaka va ko'nikmalarni keyingi o'yinlarda ham qo'llay olishi. Biz bilamizki, hozirgi ta'lim jaroyonida o'quvchi sub'ekt bo'lishi lozim. Bunda ko'proq interfaol metodlarga e'tiborni qaratish ta'lim samaradorligini oshiradi. Ingliz tili darslariga qo'yilgan eng muhim talablardan biri mustaqil fikrlashga o'rgatishdir. TADQIQOT NATIJASI

Bugungi kunda ingliz tili o'qituvchilari Amerika Qo'shma Shtatlari, Angliya pedagoglari tajribasiga tayangan holda, quyidagi innovatsion metodlardan foydalanib kelmoqda: "Muammoli vaziyat yechimi" (Creative problem solving) bu usulni qo'llash uchun hikoyaning boshlanishi o'qib beriladi qanday yakun topishi o'quvchilar, talabalar hukmiga havola qilinadi; "Quvnoq topishmoqlar" (Merry riddles) o'quvchilarga topishmoqlar o'rgatish Ingliz tilini o'rgatishda muhim ahamiyatga ega, ular o'zlariga notanish bo'lgan so'zlarni o'rganadilar va o'ylab topishmoq javobini topadilar;

"Tezkor javob" (Quick answers) o'tilgan dars samaradorligini oshirishda yordam beradi; "Chigil yozdi" (Warm-up exercises) o'quvchilarni darsga qiziqtirish uchun sinfda har xil o'yinlardan foydalanish;

"Pantomima" (Pantomime) bu usul juda qiyin mavzular tushuntirilishi kerak bo'lgan darsda yoki yozma mashqlar bajarilib, talabalar charchagan paytda foydalanilsa bo'ladi; "Hikoya zanjiri" (A chain story) usuli o'quvchilarning og'zaki nutqini oshirishda va xotirani mustahkamlashda yordam beradi;

"Rolli o'yinlar" (Acting characters) bu usul darsning barcha tiplarida qo'llanilishi mumkin. Hunarga o'rgatish uchun "Interpreter", "Translator", "Writer", "Poet" kabi kasbdagi kishilar darsda ishtirok etishib o'quvchilar bilan suhbatlashishlari mumkin;

"Allomalar yig'ini" (Thinkers meeting) U.Shekspir, A.Navoiy, R.Burns kabi shoirlar va yozuvchilarni "taklif qilish" mumkin. Bunday paytda ular aytib ketgan hikmatli so'zlardan darsda foydalanish yoshlarni komil inson bo'lib tarbiyalanishiga yordam beradi;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

"Rasmlar so'zlaganda" (When pictures speak) usuli ancha qulay bo'lib, ingliz tilini o'rgatishda, talaba, o'quvchilarning o'g'zaki nutqini rivojlantirishda yordam beradi, buning uchun mavzuga oid rasmlardan foydalanish lozim;

"Kviz kartochkalari" (Quiz cards) o'quvchilarning soniga qarab kartochkalar tarqatiladi va hamma talabalar bir vaqtda darsda ishtirok etish imkonini beradi bu esa vaqtni tejaydi. Last Man Standing (Oxirgi qolgan odam)

Bu o'yin tezkor o'yin hisoblanadi. Lekin O'quvchilarga o'ylash uchun biroz vaqt beradi. Bu o'yin birgalikda o'rganishga undaydi, ya'ni boshqa o'quvchilar so'zlayotganida qolgan o'quvchilar o'zlari so'z o'ylayotgan bo'lishadi. O'yinni o'ynash uchun sizga kopto'kcha kerak bo'ladi. Va hamma o'quvchilar doira shaklida turib olishlari kerak. Birorta mavzu tanlashingiz kerak bo'ladi. Masalan: Things found in a kitchen (oshxonada topiladigan buyumlar), food, profession va hokazo. Biror o'quvchiga to'pni uloqtirish orqali o'yin boshlanadi. O'sha o'quvchi mavzuga doir biror inglizcha so'z aytadi va to'pni keying o'quvchiga uloqtiradi. To'pni qabul qilgan har bir o'quvchi shu mavzuga doir biror so'z aytishi kerak bo'ladi. Agar ular aytilgan so'zlarni qayta aytsa yoki bir necha soniya ichida so'z topa olmasa, ular o'yindan chiqadi va o'yinni o'tirgan holda kuzatadi. Havotir olmang, ular baribir o'rganayotgan bo'ladi.

MUHOKAMA

Bu o'yin biroz boshqacharoq qilib o'zgartirsangiz ham bo'ladi. Biror mavzuga so'z aytish o'rniga, har bir o'quvchi keyingi o'quvchiga biror boshqa mavzu aytishi mumkin. Masalan, siz "say something red" (biror qizil narsani ayting) deb o'yinni boshlashingiz mumkin. Kopto'kni ushlab olgan birinchi o'quvchi "strawberry" deb keyin o'zi biror mavzu tanlab ko'ptokni boshqasiga uloqtirishi mumkin. Bu o'yinni biroz murakkablashtiradi, sababi o'quvchi biror so'z haqida o'ylashidan oldin, qaysi mavzuga doir so'z o'ylashi kerakligini ham bilishi lozim. Pictionary

Ko'pchilik ingliz tilida so'zlashuvchilar Pictionary, rasm chizish o'yini bilan yaxshi tanish. Rasm chizish maqsadi uchun siz oddiy doska yoki oq magnit doskadan foydalanishingiz mumkin. Sinfni 2 guruhga bo'lib oling va har bir jamoa uchun doskadaning bir tomonida jadval chizing. Siz jamoalarning ballarini shu yerga yozib borasiz. A jamoadan bir kishi chiqadi. Va ko'pgina teskari o'girilgan so'zlardan bittasini tanlaydi va shu so'zni doskaga chizib beradi. Va boshqalar topishi kerak bo'ladi. So'zni birinchi bo'lib to'g'ri topgan jamoaga ball beriladi. 10 ball olgan jamoa g'olib hisoblanadi. Word Bingo

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Bu o'yinni o'ynatish uchun biroz tayyorgarlik ko'rishingizga tog'ri keladi, lekin bu shunga arziydi. 4x4 shaklda bingo qog'ozlarini tayyorlang va har bir katagiga so'zlar yozing. Bularni o'quvchilarga tarqating (har biri takrorlanmas bo'lishi kerak) va siz so'zlarni o'qib berganizda o'quvchilar bor so'zlarni belgilashlari kerak. Butun sahifadagi so'zlarni birinchi belgilagan o'quvchi g'olib bo'ladi. Bingo o'yinining ba'zi turlari bor.

Rasmli Bingo: Bingo kartasida rasmlardan foydalaning va o'sha rasmlarga oid bo'lgan so'zlarni o'qing.

Sinonim Bingo: Bingo kartasidagi ma'nodosh so'zlarni aytish orqali o'quvchilaringizni o'ylashga majbur qiling.

Antonim Bingo: Bu ham sinonim kabi faqat o'quvchilar ma'nodosh emas, teskari ma'noli so'zlarni qidirishi kerak bo'ladi. XULOSA

Ushbu interfaol o'yinlarning maqsadi, o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi hamkorlik, o'quvchining ta'lim jarayonida faol harakati, ziyrakligi asosiysi esa darsni qiziqarli tarzda o'zlashtirib, yodda saqlab qolishidir. Xulosa qilib aytganda, Ingliz tili darslarida innovatsion usullarni qo'llash natijasida o'quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi, nutqi ravonlashadi, tez va to'g'ri javob berish malakasi shakllanadi. Bunday usullar va o'yinlar o'quvchida bilimga ishtiyoq uyg'otadi. O'quvchi darslarga puxta hozirlik ko'rishga intiladi. Bu esa o'quvchilarni ta'lim jarayonining sub'yektlariga aylantiradi.

REFERENCES

1. https://www.researchgate.net/figure/Classification-and-exemplification-of-blends

2. Algeo, John (1977). Blends, a structural and systemic view. American Speech 52, 47-64.

3. Kubozono, Haruo (1990). Phonological constraints on blending in English as a case for phonology-morphology interface. Yearbook of Morphology 3, 1-20.

4. Pound, Louise (1914). Blends: Their Relation to English Word Formation. Heidelberg: Winter.

5. Усмонова, Д. С. (2019). Роль и особенность соматических фразеологизмов различных языков. Мировая наука, (9), 250-252.

6. Usmonova, D. S., & Yusupova, M. I. Q. (2021). COMPARATIVE ANALYSIS OF THE SOMATIC PHRASEOLOGICAL UNITS OF THE ENGLISH AND RUSSIAN LANGUAGES WITH THE COMPONENT "HEART". CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PHILOLOGICAL SCIENCES (2 767-3758), 2(11), 94-99.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.