Научная статья на тему 'TALABALARDA TARIXIY VOQELIKNI TUSHUNISH VA UNI MANTIQIY IZCHILLIKDA TUSHUNTIRA OLISH KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING SHART-SHAROITLARI'

TALABALARDA TARIXIY VOQELIKNI TUSHUNISH VA UNI MANTIQIY IZCHILLIKDA TUSHUNTIRA OLISH KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING SHART-SHAROITLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
2
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
kompetensiya / kompetentlik / kasbiy kompetensiya / ijtimoiy-madaniy kompetentlik / korporativ tizim / malaka talablari / model

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Qabulov Sahob Abduqahharovich

Maqolada talabalarning tarixdagi biror bir voqelikni tushunishlari, uni tahlil qilishlari hamda o’ziga xos tarzda xulosa chiqara olishlari uchun ko’nikma hosil qilishlarida zarur bo’ladigan shart-sharoit va muhitni yaratish borasida qilinishi kerak bo’lgan ishlar xususida fikr yuritilgan. Nafaqat dars jarayonida balki umumiy ijtimoiy muhitda tarix fani va uning mohiyati, tarixiy voqelik hamda ushbu voqelikni chuqur his qilish uchun qanday ishlar va vositalar lozimligi ko’rsatib o’tilgan.. Shu bilan birgalikda buyuk shonli tariximiz, ajdodlarimizning bizga qoldirgan ulkan moddiy va ma’naviy me’rosi, bugungi kundagi mavjud imkoniyatlarimiz, kelajakdagi orzu-umidlarimiz, istiqbollarimiz, hamda ularga erishish yo’lidagi dastlabki pedagogik vazifalar asoslab berilgan. Shu bilan birga kompetensiya muammosi, uning rivojlanish tarixi va olib borilgan tadqiqot ishi natijalari tahlil qilingan. Ijtimoiy-madaniy kompetentlik mazmuni, uni bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarida rivojlantirish zaruriyati asoslangan. Shuningdek, maqolada muallif tomonidan bo’lajak o’qituvchilarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirishning korporativ tizimi, bosqichlari hamda pedagogik modelini ishlab chiqishga doir taklif va tavsiyalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABALARDA TARIXIY VOQELIKNI TUSHUNISH VA UNI MANTIQIY IZCHILLIKDA TUSHUNTIRA OLISH KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING SHART-SHAROITLARI»

TALABALARDA TARIXIY VOQELIKNI TUSHUNISH VA UNI MANTIQIY IZCHILLIKDA TUSHUNTIRA OLISH KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING SHART-SHAROITLARI Qabulov Sahob Abduqahharovich

T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti mustaqil tadqiqotchisi, JPDU, Tarix fakulteti o'qituvchisi sahobbekqobulov19871006@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.1099332 7

Annotatsiya. Maqolada talabalarning tarixdagi biror bir voqelikni tushunishlari, uni tahlil qilishlari hamda o'ziga xos tarzda xulosa chiqara olishlari uchun ko'nikma hosil qilishlarida zarur bo'ladigan shart-sharoit va muhitni yaratish borasida qilinishi kerak bo'lgan ishlar xususida fikr yuritilgan. Nafaqat dars jarayonida balki umumiy ijtimoiy muhitda tarix fani va uning mohiyati, tarixiy voqelik hamda ushbu voqelikni chuqur his qilish uchun qanday ishlar va vositalar lozimligi ko'rsatib o'tilgan.. Shu bilan birgalikda buyuk shonli tariximiz, ajdodlarimizning bizga qoldirgan ulkan moddiy va ma'naviy me 'rosi, bugungi kundagi mavjud imkoniyatlarimiz, kelajakdagi orzu-umidlarimiz, istiqbollarimiz, hamda ularga erishish yo'lidagi dastlabki pedagogik vazifalar asoslab berilgan. Shu bilan birga kompetensiya muammosi, uning rivojlanish tarixi va olib borilgan tadqiqot ishi natijalari tahlil qilingan. Ijtimoiy-madaniy kompetentlik mazmuni, uni bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida rivojlantirish zaruriyati asoslangan. Shuningdek, maqolada muallif tomonidan bo'lajak o'qituvchilarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirishning korporativ tizimi, bosqichlari hamda pedagogik modelini ishlab chiqishga doir taklif va tavsiyalar keltirilgan.

Kalit so'zlar: kompetensiya, kompetentlik, kasbiy kompetensiya, ijtimoiy-madaniy kompetentlik, korporativ tizim, malaka talablari, model.

Hurmatli Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan ilm-ma'rifatga alohida urg'u berilishi va bu iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy jihatdan kuchli, bozor iqtisodiyoti qonunlari to'liq amal qiladigan demokratik davlat qurishga qaratilgan muhim qadamdir. Sharq donishmandlari aytganidek, "... Eng katta meros - bu yaxshi tarbiya, Eng katta qashshoqlik - bu bilimsizlikdir!" Shu sababli, hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o'zlashtirish, chinakam ma'rifat va yuksak madaniyat egasi bo'lish, uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak. Ta'limdagi yangilanish ta'lim jarayoni orqali o'quvchini o'z kelajagini yorqin tasavvur qila oladigan, bu borada o'z taqdiri va o'z shaxsiga ongli munosabatda bo'lib, turli faoliyatlarda o'zini-o'zi rivojlantira oladigan erkin faol va mustaqil shaxsni shakllantirishni ko'zda tutadi. Mustaqillik tufayli o'z taraqqiyot yo'lidan borayotgan O'zbekistonda yangicha fikrlaydigan, bo'layotgan voqea-hodisalarga erkin munosabat bildiradigan ijodiy va tanqidiy mushohada yuritadigan muloqotning sir asrorlarini o'rgangan yoshlarni tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar yaratib kelinmoqda. O'qituvchi kasbi asrlar davomida barcha dunyo xalqlarining azaliy kasblaridan biri bo'lishiga qaramay, ularga qo'yilgan talab va majburiyatlar o'zining asl mazmuni va mohiyatini hozirgacha saqlab qolgan. Bu kasb egalarining shaxsiy sifatlari, qobiliyat va iqtidori, tavsifi, bilim, ko'nikma va malakasiga bo'lgan talablar ijtimoiy hayotning taraqqiyoti, undagi o'zgarishlar va islohotlar mazmuni bilan belgilanadi.

Endilikda oliy ta'lim muassasalari oldiga faqatgina o'qimishli insonnigina emas, balki voqealarni oldindan ko'ra biladigan, to'g'ri qaror qabul qila olish uquviga ega, o'zini o'zi rivojlantirish zaruriyatini tushunib yetadigan oqil va barkamol shaxsni shakl-lantirish vazifasi

qo'yilmoqda. Darhaqiqat, o'qimishli, ruhan tetik, sog'lom va jismonan baquvvat kishilargina istiqlol va taraqqiyot yo'lini bosib o'ta oladi. Yuqoridagi mulohazalarga asoslanib shuni aytish mumkinki, respublikamizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning yaratuvchisi tarzida shakllanayotgan yosh avlodni voyaga yetkazish, ularning zamon talablari darajasida bilim olishi, shaxs sifatida kamol topishi, kasb-hunar sirlarini o'rganishi va kundalik turmush yumushlarini hal etishga tayyorgarlik masalasi asosiy muammolar tariqasida ta'lim jarayonining kun tartibida turibdi.

Inglizcha "competence" tushunchasi lug'aviy jihatdan bevosita "qobiliyat" ma'nosini ifodalaydi. Mazmunan esa faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olishni nazarda tutadi. Ma'naviy etuk, barkamol shaxs tarbiyasida kompetensiya va kompetentlilik o'ziga xos, nihoyatda muhim o'rin tutadi. Lotin tilidan o'zlashgan "kompetensiya" so'zi "o'z kasbiga yaroqli, loyiq" degan ma'noni anglatadi. Kompetensiya nafaqat olingan nazariy bilim, ko'nikma va malakalarning majmuasi, balki egallangan nazariy va amaliy bilim, ko'nikma, malakalar majmuini amaliyotda mustaqil va ijodiy qo'llay olish darajasidir. Ayrim davlatlarda shu paytgacha mavjud bo'lgan "professionalizm" tushunchasi o'ziga nisbatan kengroq mazmun kasb etuvchi kompetensiya so'zi bilan o'rin almashmoqda. Professionalizm kategoriyasi faqat muayyan fan bo'yicha chuqur bilimga ega bo'lishdir. Kompetentsiya esa nafaqat kasbiy bilimlarni, balki emotsional, psixologik, ijtimoiy bilimlarni ham egallash zarurligini taqozo qiladi. Pedagogika fani nazariyasi va amaliyotida "kompetentlik" va "kompetensiya" tushunchalari bir vaqtda qo'llanilmoqda.

Voqelik — tabiiy va ijtimoiy-tarixiy hodisalarni ifodalovchi ob'ektiv reallik. Keng ma'noda mavjud olamni, dunyoni, borliq mazmunini ifodalasa, tor ma'noda tayin predmet, hodisa, jarayonlarni anglatadi. Falsafa tarixida voqelik turlicha talqin etilgan. Xususan o'rta asr falsafasida ilohiyot bilan bog'lab tushuntirilgan: 16—17-asr faylasuflari (T. Gobbs, R. Dekart) voqelik ni fazo va vaqtda' mavjud moddiylik sifatida talqin etdilar. voqelik ni mantiqiy bilishning muhim bosqichi deb hisoblagan Gegel, voqelik — o'z-o'zini anglashga intilgan mutlaq g'oyaning muayyan holati, mohiyat va mavjudlikning birligidir, deb tushuntiradi. voqelikka dialektik yondashish, uni bir butunlikda, umumiy va o'zaro aloqadorlikda tekshirish undagi muhim yo'nalish, bog'lanishlarni anglashga imkon beradi. Voqelikni haqiqiy baholash, undan to'g'ri xulosalar chiqarish voqelikni o'zgartirishning garovi sanaladi. Hayot jarayonlarini sinchkovlik bilan kuzatish va o'rganish orqali voqelik mohiyatini to'g'ri tushunish, uning rivojlanish tendensiyasini aniqlash, kelajakni oldindan ko'ra olish mumkin.

Masalan biz qaysidir voqea va hodisani tahlil qiladigan bo'lsak, talaba va tinglovchilar bu jarayonlarda quyidagicha ma'lumotga ega bo'ladilar:

a) tarixda yil hisobini biladi;

b) tarixga oid muhim fakt, voqea va jarayonlar haqida ma'lumot bera oladi;

c) o'z fikr va qarashlarini bayon etishda tarixiy bilimlaridan foydalana oladi.

d) tarixiy jarayonlarni ko'rgazmali tushuntira oladi.

e) tarixda davr va yil hisobini biladi;

f) tarixiy-geografik makon haqida ma'lumot bera oladi;

O'zbekiston tarixi darslarida vatanimiz tarixiga oid mavzu yuzasidan

a) O'zbekiston tarixining eng qadimgi davridan XX asr boshlariga qadar insoniyat tarixida muayyan iz qoldirgan muhim voqea va jarayonlar haqida ma'lumot bera oladi;

b) o'zbek xalqining shakllanish bosqichlarini tushuntirib bera oladi;

c) o'rganilgan tarixiy davrlarga munosabat bildirib, xulosa chiqara oladi; davlatlarning tashkil topishi, hududi, aholisi va boshqaruv tartiblarini tushuntira oladi;

d) o'zbek xalqining madaniyati, ma'naviyati, dunyoviy va diniy qadriyatlarining ravnaq topishi, ularning jahon tsivilizatsiyasiga ta'siri haqida ma'lumot bera oladi;

e) mamlakatimizdagi tarixiy-me'moriy obidalar hamda ilm-fan, davlatchilik rivojiga hissa qo'shgan tarixiy shaxslar haqida ma'lumot bera oladi.

Avvalo bitiruvchi talaba o'z kasbining ustasi bo'lishi, ya'ni, ta'lim standarti talablariga (kasbiy fazilatlariga) to'la javob beradigan bo'lishi kerak. Mustaqil Respublikamiz zamonaviy ma'naviyati yuksak mutaxassis, ta'lim standarti talablari asosida o'qitilishi bilan bir qatorda buyuk ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan ma'naviy merosni har tomonlama o'rganmog'i va uning mazmun mohiyatini targ'ibot-tashviqot qilish ishlariga tayyor bo'lmog'i lozim. Buning ijrosini ta'minlashni bir yo'li sifatida "Talabalarni ijtimoiy faol shaxs modelining tarkibiy qismlari"ni puxta o'rganish va amaliyotga tadbiq qilish orqali erishish mumkinligini takidlab o'tgan. Buning uchun bitiruvchi talaba, ya'ni mutaxassis ijtimoiy faol shaxs modelining tarkibiy qismlari mazmuni bo'yicha quyidagi bilimlarga ega bo'lishi kerak: - talabalarni ijtimoiy faol shaxs qilib shakllantirish modeli taribiy qismlarining mazmun mohiyatini talabalar ongiga va qalbiga singdirishga tizimli yondashuv tarixi ularning maqsadi, vazifasi, tarkibi haqida bilim va ko'nikmaga ega bo'lish; - shaxsning ma'naviy kamoloti; mafkuraviy immunitet va g'oyaviy kurashchanlik; sog'lom turmush tarzi va jismoniy madaniyat, diniy bag'rikenglik (tolerantlik) madaniyati; siyosiy va huquqiy bilim va madaniyat; ekologik bilim va madaniyatning bugungi kun, kelajak avlod uchun ahamiyati tarixiy ildizlari hamda mazmun mohiyatini yoshlar ongiga va qalbiga singdira olish qobiliyatiga ega bo'lish; - boy milliy ma'naviy qadriyatlar (hadischi olimlar, qomuschi olimlar, tarixchilar, shoirlar, yozuvchilar, halq qahramonlari, davlat arboblari, davlat boshliqlari va urf-odatlar, an'analar, marosimlar, hikmatlar va shu kabilar) haqidagi bilim va ko'nikmaga ega bo'lish.

Prezidentimiz tashabbusi bilan oliy ta'lim tashkilotlari uchun akademik va tashkiliy, shuningdek, moliyaviy mustaqillikning berilishi hamda Kengashlar vakolatlarining kengayotgani ta'lim sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirish, sifatli ta'lim xizmatlarini ta'minlash va bu borada hukumatimiz tomonidan berilgan vazifalarni to'la-to'kis ado etish orqali mamlakatimiz taraqqiyotini belgilab beruvchi salohiyatli kadrlar tayyorlashga keng imkoniyatlar yaratadi. Inson aql-zakovati sohasidagi mutaxassislar ijodiy jarayonni ta'minlash uchun konvergent (mantiqiy, ketma-ket, chiziqli) va divergent (yaxlit, intuitiv, aloqador) tafakkurning kombinasiyasi zarur deb hisoblaydilar. Tafakkur xususiyatlarining bunday kombinatsiyasi natijasi ongning ravonligi va moslashuvchanligi, shuningdek, o'ziga xoslik, hukmning aniqligi bilan uyg'unlikda namoyon bo'ladi. Pedagogik yondashuvda ijodkorlikni rivojlantirish uchun shaxs salohiyatini oshirishga, ijodiy faolligini oshirishga yordam beradigan o'qitish metodlari va texnologiyalaridan foydalanish zarur. Ushbu texnologiyalar shaxsning o'zini o'zi qadrlashni shakllantirishga, o'z imkoniyatlariga bo'lgan ishonchni oshirishga va voqelik bilan adekvat aloqada bo'lishga to'sqinlik qiladigan psixologik qiyinchiliklarni rivojlanishiga yordam beradi.

Zamonaviy ta'lim tizimida o'qituvchi faoliyatining ustuvor yo'nalishi. muloqotning dialogik usullariga, echimni birgalikda izlashga va turli ijodiy faoliyatga beriladi. Bularning barchasi o'qitishning interfaol usullarini qo'llash orqali amalga oshiriladi. Interfaol ta'lim jarayonida o'quvchilar tanqidiy fikrlashni, vaziyat va tegishli ma'lumotlarni tahlil qilish asosida murakkab masalalarni yechishni, muqobil fikrlarni topishni, puxta o'ylangan qarorlar qabul

qilishni, muhokamalarda qatnashishni o'rganadilar. Buning uchun darslar juftlik va guruh usullari asosida tashkil etiladi, ilmiy-tadqiqot loyihalari, rolli o'yinlar qo'llaniladi.

Faylasuflar madaniyatni «odamlarning ijtimoiy hayotni qayta ishlab chiqarish va yangilash faoliyati, shuningdek, ushbu faoliyatga kiritilgan mahsulot va natijalar» deb hisoblashadi. Psixologik-pedagogik ma'noda madaniyat «odamlarning hayoti va faoliyatini tashkil etish shakllarida, ularning munosabatlarida, shuningdek, moddiy jihatdan ifodalangan jamiyat, ular yaratadigan ma'naviy qadriyatlar, ijodiy kuchlar va inson qobiliyatlarining tarixan belgilangan darajasi» deb qaraladi.

Tadqiqotimizning yetakchi kategoriyalari quyidagi tushunchalardir: «pedagogik boshqaruv», «pedagogik madaniyat», «boshqaruv madaniyati».

Pedagogik boshqaruv — ta'lim jarayonini boshqarishning uning samaradorligini oshirishga qaratilgan tamoyillari, usullari, tashkiliy shakllari va texnologik usullari majmuasidir. Pedagogik madaniyat (ijtimoiy jihat) umuminsoniy madaniyatning bir qismi bo'lib, unda ta'limning ma'naviy va moddiy qadriyatlari, shuningdek, avlodlar almashinuvining tarixiy jarayoniga, shaxsni ijtimoiylashtirishga xizmat qilish uchun zarur bo'lgan ijodiy pedagogik faoliyat usullari bo'lib unda ta'lim jarayonlari amalga oshiriladi. Pedagogik madaniyat (shaxsiy aspekt) ijtimoiy-tarixiy shartli kontekst va voqelikning pedagogik sifatini yaratuvchi pedagogning ichki o'ziga xos xususiyatlarining yaxlit tashqi namoyon bo'lishining natijasi sifatida namoyon bo'ladi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, ta'lim sohasida amalga aoshirilayotgan istiqbolli vazifalar, o'zining dolzarbligi hamda amaliy ahamiyati bilan boshqa sohalardagi islohotlardan aslo qolishmaydi. Chunki ushbu sohadagi islohotlarni yanada keng ko'lamda davom ettirish davr talabidir. yoshlar tafakkurini rivojlantirishda pedagogika fanlarini o'qitishning samaradorligini ta'minlash yuzasidan yuqorida qayd etilgan ilmiy, nazariy va tahliliy fikrlar alohida ahamiyat kasb etadi. Jumladan, ijtimoiy faollikni rivojlantirishning o'ziga xos xususiyatlari, ommaviy axborot vositalari, xalq og'zaki ijodi namunalari, durdonalarining mohiyatidagi omillar: madaniyat, san'at, sport, axborot texnologiyalari va kitob o'qishga bo'lgan qiziqishini qo'llabquvvatlashlar yoshlar ma'naviy dunyoqarashida muhim o'rin tutadi. Shuning bilan birga ular kamolotida, axloqiy, ma'naviy tarbiyasida, fuqarolik jamiyati rivojlanishi sharoitida ma'naviy dunyosi shakllanishida, ma'naviyatimiz mazmunini chuqur o'rganishga, anglashlariga xizmat qiladi. Natijada, oliy ta'lim muassasalaridagi menejment yo'nalishi talabalarining sifatli ta'lim olishini ta'minlash, ya'ni pedagogika fanlari mazmumini takomillashtirish muhimligini belgilaydi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. 2020-yilga "Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" deb nom berishni taklif qildi. Xalq so'zi. 24.01.2020.

2. E.Migranova, Sh.Pozilova. "Kasbiy pedagogik faoliyatga kirish" (o'quv qo'llanma) T:2017. 5-bet.

3. Ruzikulova N.Sh. Uzluksiz ta'lim tizimida o'quvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetentsiyasini shakllantirish va rivojlantirish jarayonini uzviy tashkil etish // "Uzluksiz ta'lim". - Toshkent. 2018. - №6. - B. 44-48

4. I.Sh.Alqarov. Ta'lim muassasalarida talabalarni ijtimoiy faol shaxs qilib shakllantirishning pedagogik asoslari. I qism. Monografiya. - Toshkent.: Iqtisodmoliya. 2010 y. 12 b.t.

5. Zinovkina M.M. NFTM-TRIZ: Creative education of the XXI century (Theory and practice): Monograph. M., 2007.

6. Кричевский Р.Л. Межличностная совместимость в малых группах // Психолого-педагогические проблемы общения: Сб. статьи [Ред. П.Я. Гальперин. - М., 1980. - 224 с.

7. Орлов А.А. Формирование педагогического мышления будущего учителя // Пути совершенствования психолого-педагогической подготовки будущего учителя: Сб. статьи [Ред. А.А.Бодалева. - Тула, 1989. - С.4-13. 154. Орлов А.Н. Организационно-педагогические основы управления профессиональным развитием педагогов: Автореф. дис.... Доктор пед. поклонники. - М. 1992. -380 б.

8. Симонов В.П. Педагогический менеджмент: 50 НОУ-ГУ в области управления образовательным процессом: Учеб. руководителей. - М.: Рос. пед. агентство, 1997. 264 с.

9. Gulamova N.G. - Talabalarning ijtimoiy faolligini rivojlantirishda ma'naviy qadriyatlarning o'rni.NamDU ilmiy axborotnomasi. №6,2021-y.

10. Kenjayev Q. Buyuklar izidan / - Toshkent, Sharq, 2006. 12 b.t.

11. Ma'nvaiyat yulduzlari: (Markaziy Osiyolik mashhur siymolar, allomalar, adiblar) // To'plovchi va mas'ul muharrir: M. M. Xayrullaev. - To'ldirilgan qayta nashr. - Toshkent: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashri.

12. Nishonaliyev U. Yangi pedagogik va axborot texnologiyalari muammolar, yechimlar/"Ta'limda axborot texnologiyalari" mavzusidagi respublika konferentsiyasi materiallari. -T.: TDPU

13. У.И.Иноятов, Н.А.Муслимов, Д.И.Рузиева, МД.Усманбоева. Педагогика. Тошкент. -2016.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.