Научная статья на тему 'PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV – KOLLEJ O‘QUVCHILARIDA KASBIY MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHNING ASOSI SIFATIDA'

PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV – KOLLEJ O‘QUVCHILARIDA KASBIY MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHNING ASOSI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

256
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Professional ta’lim / kompetensiya / kompetentlik / madaniyat / kasb / kasbiy madaniyat / kasbiy faoliyat / o’quv topshiriq / kasbiy kompetentlik. / Профессиональное образование / компетентность / компетенция / культура / профессия / профессиональная культура / профессиональная деятельность / учебная задача / профессиональная компетентность

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Musurmon Pirnazarovich Imomov

Mazkur maqolada bo‘lajak mutaxassislarni kompetensiyaviy yondashuv asosida kasbiy madaniyatini rivojlantirishda asosiy tushunchalarning mazmun va mohiyati yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье раскрывается содержание и сущность основных понятий в развитии профессиональной культуры будущих специалистов на основе компетентностного подхода.

Текст научной работы на тему «PROFESSIONAL TA’LIM JARAYONIDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV – KOLLEJ O‘QUVCHILARIDA KASBIY MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHNING ASOSI SIFATIDA»

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

PROFESSIONAL TA'LIM JARAYONIDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV - KOLLEJ O' QUVCHILARIDA KASBIY MADANIYATNI RIVOJLANTIRISHNING ASOSI SIFATIDA

Musurmon Pirnazarovich Imomov

Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), Sahrisabz davlat pedagogika instituti "Maktabgacha ta'lim" kafedra mudiri m.imomov@mail .ru

Mazkur maqolada bo'lajak mutaxassislarni kompetensiyaviy yondashuv asosida kasbiy madaniyatini rivojlantirishda asosiy tushunchalarning mazmun va mohiyati yoritilgan.

Kalit so'zlar: Professional ta'lim, kompetensiya, kompetentlik, madaniyat, kasb, kasbiy madaniyat, kasbiy faoliyat, o'quv topshiriq, kasbiy kompetentlik.

В данной статье раскрывается содержание и сущность основных понятий в развитии профессиональной культуры будущих специалистов на основе компетентностного подхода.

Ключевые слова: Профессиональное образование, компетентность, компетенция, культура, профессия, профессиональная культура, профессиональная деятельность, учебная задача, профессиональная компетентно сть.

This article reveals the content and essence of the basic concepts in the development of the professional culture of future specialists based on a competency-based approach.

Keywords: education, kompetentnost, kompetentnost, culture, profession, professional culture, professional deyatelnost, uchebnaya zadacha, professionalnaya kompetentnost.

Ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy o'zgarishlar, kist'1'1 munosabatlarining izchil rivojlanishi, doimiy o'zgarib bor

ANNOTATSIYA

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

natijasida kasb yoki hunar turlari shakllanadi. Yangi kasb yoki hunar turining shakllanishi o'z navbatida u bo'yicha faoliyat yurituvchi mutaxassisga ega bo'lish ehtiyojini yuzaga keldiradi. Mavjud ehtiyoj mutaxassisni tayyorlash mazmuni hamda mexanizmini yaratishni taqozo etadi. U yoki bu turdagi kasb yoki hunar bo'yicha mutaxassis tayyorlashga yo'naltirilgan ta'lim tizimining shakllanishi shu tarzda kechadi.

Mutaxassisning kasbiy faoliyatga tayyorligi u tomonidan tegishli ta'lim dasturi talablarining o'zlashtirilishi, kasbiy bilim, kasbiy ahamiyatli sifatlarga egaligi, yakuniy davlat attestatsiyasi natijasi asosida belgilanadi.

Kompetensiyaviy yondashuv asosida kollej kasbiy madaniyatini rivojlantirish muammosini to'la, ijobiy hal qilishda ham tayanch tushunchalar va ularning mazmunidan xabardor bo'lish talab etiladi. Xususan, "kompetensiya", "kompetentlik", "kompetensiyaviy yondashuv", "kasbiy madaniyat" hamda "rivojlanish" tushunchalarning pedagogik tavsifi muammoni hal qilishga qaratilgan ilmiy-pedagogik faoliyatni to'g'ri tashkil etish, tajriba-sinov ishlarini muvaffaqiyatli olish borish, eng muhimi, tadqiqotni tashkil etishda samaradorlikka erishish imkoniyatini yaratadi. SHu sababli tadqiqotni olib borishda masalaning bu jihatiga alohida e'tibor qaratildi.

Dastlab "kompetensiya" va "kompetentlik" tushunchalari nazariy jihatdan tahlil qilindi.

Ishning muammosining xarakteridan kelib chiqqan holda, "kompetensiya" tushunchasini shunday ta'riflash mumkin: kollejlar bitiruvchisining tegishli ta'lim dasturlari bo'yicha bilim, ko'nikma, malaka, ish tajribasini zarur darajada o'zlashtirishi asosida kasbiy faoliyat vazifalarini samarali bajara olish qobiliyati; ushbu qobiliyat negizida bitiruvchi tomonidan erishishi kutilayotgan, shuningdek, tegishli mezonlarga muvofiq baholanadigan yutuqlari.

N.A.Muslimov mutaxassis qiyofasida uning axborot kompetensiyasiga egaligi ham muhim ekaniga e'tiborni qaratadi. "Kompetensiya o'z bilimlarini tinmay boyitib borishni, yangi axborotlarni o'rganishni, shu kun va davr talablarini his etishni, yangi bilimlarni izlab topish mahoratini, ularni qayta ishlashni hamda o'z amaliy faoliyatida qo'llashni talab qiladi. Kompetensiya egasi bo'lgan mutaxassis muammolarni echishda o'zi o'zlashtirib olgan, aynan shu sharoitga mos metod va yo'llardan foydalanishni yaxshi bilishi, hozirgi vaziyatga munosib bo'lgan metodlarni tanlab olib qo'llashi, to'g'ri kelmaydiganlarini rad etishi, masal" " tanqidiy ko'z bilan qarashi kabi ko'nikmalarga ega bo'ladi"[1].

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

"Kompetensiya" tushunchasini yanada aniq va ravshan ta'riflash mumkin. Ammo bu ish "kompetentlik" tushunchasining mohiyati tushunib olingandan so'ng amalga oshiriladi.

O.A.Qo'ysinov shaxs qiyofasida yoritiladigan kompetentlikning tarkibiy asoslari bo'lgan kompetensiyalarni uch asosiy guruhga ajratadi. YA'ni: o'z-o'ziga, shaxs sifatida, hayot faoliyati sub'ekti sifatida munosabatda bo'ladigan kompetensiyalar; insonning boshqa odamlar bilan o'zaro munosabatlariga taalluqli kompetensiyalar; insonning barcha turdagi va shakldagi faoliyatiga taalluqli kompetensiyalar [2].

A.K.Markovaning fikricha, kasbiy kompetentlik - mutaxassisning o'z kasbiy faoliyatini egallaganligining sifat ko'rsatkichi bo'lib, mazkur faoliyatga nisbatan o'zining moyilligini anglash, o'zining shaxsiy xislat va sifatlarini baholay olish, o'zining kasbiy jihatdan shakllanishini to'g'ri yo'naltira bilish, o'z-o'zini takomillashtirish hamda o'z-o'zini tarbiyalay olishini nazarda tutadi. Tadqiqotchilarning ta'kidlashlaricha, kasbiy kompetentlikning tuzilmasi uch tarkibiy qism: mazmuniy, motivatsion va ijro etish (amalga oshirish) dan iborat [3].

Yuqorida bildirilgan fikrlarga tayanib, kasbiy kompetentlik va uning nazariy tavsifi yuzasidan muayyan xulosaga kelish mumkin. Ya'ni, kasbiy kompetentlik -insonning ijtimoiy mehnat tizimidagi maxsus faoliyatini tavsiflovchi, baholovchi sifat bo'lib, u quyidagilarni o'z ichiga oladi: bajariladigan vazifalar va muammolar mohiyatini chuqur tushunish; tugishli sohada mavjud tajribani yaxshi bilish, uni yaxshi o'zlashtirish; aniq joyda va aniq vaqtda tegishli vosita va harakat usullarini tanlay olish; erishiladigan natija uchun javobgarlik hissi; xatolardan xulosa chiqarish va maqsadga erishish jarayoniga tuzatishlar kiritish.

"Kompetensiya", "kasbiy kompetentlik" tushunchalari "malaka" tushunchasi bilan chambarchas bog'liqdir. Binobarin, shaxsga "malakali" degan atamani qo'llaganda, uning mehnat funksiyalarini bajarishga tayyorligi nazarda tutiladi. Malakaviy xususiyatlar mutaxassisning ishlab chiqarish talablariga mos keluvchi kasbiy sifatlarini belgilaydi. SHuning uchun kasbiy kompetentli mutaxassis (mazkur o'rinda tadqiqotda bitiruvchi) ushbu talabga javob berishi kerak.

Bayon qilingan fikr-mulohazalar o'z navbatida "kompetensiyaviy yondashuv" tushunchasining mohiyatini yoritishga imkon beradi.

Lug'aviy jihatdan "yondashuv" tushunchasi "muayyan bir ishga ma'lum nuqtai nazardan qaramoq" ma'nosini anglatadi. Tadqiqot ob'ekti1" kelib chiqqan holda "kompetensiyaviy yondashuv" tushunc]

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

"kasbiy faoliyatga kompetensiyaviy nuqtai nazardan qarash" degan mazmunni ifodalaydi. Bu o'z navbatida "kompetensiya", "kompetentlik" tushunchalarini ham pedagogik tavsifidan xabar bo'lish lozimligini anglatadi[4].

Kompetensiyaviy yondashuv mohiyatan ta'lim jarayoniga oid, hanuzgacha o'z echimini topmagan bir qator muammolarni kasb ta'limi nazariyasi va amaliyoti uchun ahamiyatli bo'lgan texnologiyalar yordamida echishga qaratilgan harakatni ifodalaydi. SHu jihatdan kompetensiyaviy yondashuv o'zida zamonaviy ta'limda yuz berayotgan innovatsion jarayonlarni aks ettiradi. Ushbu yondashuv ko'pgina rivojlangan davlatlar ta'lim standartining umumiy konsepsiyasiga mos keladi. Binobarin, ta'lim mazmunini yangilash, uning sifatini nazorat qilish kompetensiyaviy yondashuv tizimiga o'tish bilan bevosita bog'liq.

"Kompetentli yondashuv kasbiy ta'lim muassasalarida mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish omili hisoblangan ta'lim mazmunini loyihalashning asosiy qoidalaridan biridir. Ushbu yondashuv ta'lim jarayonining yaxlit holda ta'lim oluvchiga qaratilganini ko'zda tutadi. Kompetentli yondashuvi ta'lim sifatini baholash uchun ham juda muhim hisoblanadi, chunki, ta'lim oluvchi tomonidan erishiladigan asosiy ta'limiy natija - kompetentlik hisoblanadi, uning asosiy ko'rsatkichlari esa, bir tomondan, ta'lim standartlarining me'yoriy talablariga muvofiqligi, ikkinchi tomondan, shaxsning va turli ijtimoiy guruhlarning ehtiyojlariga mosligidir"

Mazkur yondashuvda ta'lim jarayoniga emas, balki uning natijasiga, ta'limda o'qituvchi rolining o'zgarishi va shu bilan ta'limni tashkil etish, natijasini baholash metodlarining o'zgarishga e'tibor qaratiladi. Bundan tashqari, kompetensiyaviy yondashuv ta'limning amaliy yo'nalganligini kuchaytirishni nazarda tutadi. Egallangan bilimlarning ahamiyatini nazarda tutgan holda, ulardan amalda foydalanishga ko'proq urg'u beriladi.

Kompetensiyaviy yondashuv asosida kollej o'quvchilarining kasbiy madaniyatini rivojlantirishga yo'naltirilgan tadqiqotni olib borishda "madaniyat" hamda "kasbiy madaniyat" tushunchalarining pedagogik talqini ham o'rganildi.

"Madaniyat" tushunchasi, uning nazariy talqini ham bir guruh tadqiqotchilarning e'tiborini o'ziga jalb etgan. YArim asrdan ko'proq vaqt davomida "madaniyat" tushunchasi tayanch atama sifatida pedagogika, psixologiya, sotsiologiya va madaniyatshunoslik yo'nalishlarida tadqiq etib kelinayotganligiga qaramay, hanuzgacha uning yagona izohi bo'yicha bir to'xtai kelinmagan. O'tgan asrning 60-yillarida amerikalik tadqiqotcl

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

Alfred Kryober (Alfred Kroeber), Klayd Klakxon (Clyde Kluckhohn)ning ilmiy izlanishi natijasida tushunchaga berilgan 300 ga yaqin izoh to'plagan. Hozirga qadar ham tushunchani turli fan sohalarida izohlashga qaratilgan harakat to'xtagan emas.

R.A.Abuxayirovning e'tiroficha, madaniyat inson hayot faoliyatini har tomonlama tavsiflaydi va shuning uchun u xilma-xil shaklda namoyon bo'lishi mumkin [5]. "Pedagogik atamalar lug'ati"da esa tushuncha "jamiyat hamda inson ijodiy kuch va qobiliyatlari tarixiy taraqqiyotining muayyan darajasi" sifatida e'tirof qilinadi. Darhaqiqat, ushbu tushuncha faoliyat natijasini, uning muayyan darajasini, shaxs tomonidan tashkil etiladigan kundalik, badiiy yoki kasbiy faoliyat mahsuli sifatida namoyon bo'ladi.

"Kasbiy madaniyat" tushunchasi "shaxsning umumiy madaniyati" tushunchasi bilan birgalikda qarab o'tiladigan yana bir yangi ma'no kasb etganiga hali ko'p vaqt bo'lganicha yo'q. SHaxsning umumiy madaniyati etnik, umumta'lim, diniy va boshqa bilimlarni o'z ichiga qamrab oladi, jamiyatning har bir a'zosi qaysi kasbiy faoliyat bilan mashg'ul bo'lishidan qat'i nazar ularni albatta egallashi va hayotiy faoliyatida ularga tayanishi zarur. Bunday holda, kasbiy madaniyat shunday bilimlar, ko'nikmalar va malakalar majmuidan iborat bo'ladiki, ular asosida har bir aniq mehnat mutaxassisi o'z kasbining ustasiga aylanadi va jahon stadartlari talablari asosida ishlay oladi. SHuni ham qayd etish joizki, shaxsning umumiy va kasbiy madaniyati bir-biriga juda mos kelavermasligi, deylik, kasbiy madaniyatni yuksak darajada egallagan mutaxassisning umumiy madaniyati siz kutgan darajada bo'lmasligi, ya'ni past bo'lishi mumkin. Biroq, madaniyatli inson garchand diplomga ega bo'lmasa-da, ta'lim-tarbiyasiz, ma'rifatsiz bo'lishi mumkin emas.

Demak, kasbiy madaniyat kasbiy faoliyatga doir bilim, ko'nikma, malakalarni o'zlashtirish natijasida ortirilgan tajriba, kasbiy kompetentlik esa ushbu tajribadan kasbiy faoliyat jarayonida foydalanishdir.

Yuqorida bayon etilgan fikrlarga tayangan holda kompetensiyaviy yondashuv asosida kollej o'quvchilarining kasbiy madaniyatini rivojlantirish muammosining kognitiv mohiyatini yoritishga xizmat qiladigan asosiy tayanch tushunchalarni pedagogik nuqtai nazardan izohlash mumkin.

Kollej o'quvchilarining kasbiy madaniyatini rivojlantirish - tegishli ta'lim muassasasi o'quvchilarining yuqori darajada intellektual, psixologik, fiziologik, ma'naviy-axloqiy etuk bo'lishlarini ta'minlash, ularda kasbiy faoliyatga ijobiy

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

munosabatni shakllantirish, kasbiy kompetentlik sifatlarga ega bo'lishlariga erishish maqsadida tashkil etiladigan pedagogik jarayon.

Kompetensiyaviy yondashuv asosida kollej o'quvchilarining kasbiy madaniyatini rivojlantirish - kollej o'quvchilarida kasbiy kompetentlik sifatlarini tarbiyalash, kasbiy faoliyatga ijobiy munosabatni qaror toptirishning ustuvorligi asosida ularning yuqori darajada intellektual, psixologik, fiziologik, ma'naviy-axloqiy etuk bo'lishlarini ta'minlashga yo'naltirilgan pedagogik jarayon. Mazkur jarayonning samarali tashkil etishishi uning tashkiliy, metodik va amaliy jihatdan to'g'ri, oqilona uyushtirilishiga bog'liq [5].

SHunday qilib, zamonaviy sharoitda mutaxassislarning kompetentlik sifatlariga ega bo'lishi ijtimoiy-pedagogik zaruriyat sifatida kun tartibiga qo'yilmoqda. Kuchli raqobatga asoslangan bozor munosabatlari ham mutaxassisning unga nisbatan bardoshli bo'lishini taqozo etadi. Kompetentlik sifatlariga ega bo'lgan mutaxassisgina kuchli raqobatga bardosh bera oladi. SHu sababli tadqiqot davrida kompetensiyaviy yondashish asosida kollej o'quvchilarining kasbiy madaniyatini rivojlantirish maqsadga muvofiq deb topildi. Kompetentsiaviy yondashuv o'z mohiyatiga ko'ra kollej o'quvchilarida bozor iqtisodiyoti talablari asosida umumiy kasbiy tayyorgarlik va qobiliyatni rivojlantirish bilan birga ular tomonidan kasbiy bilim, ko'nikma, malaka hamda texnologiyalarni samarali o'zlashtirishni nazarda tutadi.

REFERENCES

1. Муслимов Н.А. Касб таълими укитувчиларини касбий шакллантиришнинг назарий-методик асослари: пед.фан.докт. ...дис. - Т.: 2007. - 130-131-6.

2. Куйсинов о.а. Компетентли ёндашув асосида булажак укитувчиларнинг касбий-педагогик ижодкорлигини ривожлантириш технологиялари: пед.фанл. буйича докт. (DS^ ... дис. - Т.: 2019. - 25-б.

3. Маркова А.К. Психология профессионализима // http://www.p-lib.ru/pedagogika/markova-psihologiya-professionalizma/index.html.

4. Узбек тилининг изошли лугати. Е - М // Иккинчи жилд. 5 жилдли. Тахр.хайъати: Э.Бегматов ва бошк.

5. Имомов М. Профессионал таълим муассасалари укувчиларининг касбий маданиятини компетенциявий ёндашув асосида ривожлантириш методикасини такомиллаштириш: пед.фанл. буйича PhD ... дисс. - Тошкент: 2021. - 34-35-б.

6. Абухайиров Р. А. Мехнат таълими укитувчисининг касбий-педагогик маданияти: пед.фанл. буйича фалс.фанл.докт.

дис. -Т.: 2019. - 10-б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.