Научная статья на тему 'TALABALARDA TAQQOSLASH USULI YORDAMIDA EKOLOGIK DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISH METODIKASI'

TALABALARDA TAQQOSLASH USULI YORDAMIDA EKOLOGIK DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
297
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
taqqoslash usuli / ekologik tarbiya / antropogen omil / biogen omil.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Asqarova M.R.

Taqqoslash metodi – biologik obektlarning barcha jihatlarini solishtirish imkonini beribgina qolmay, balki ekologik muammolarni talabalarga osonlik bilan tushintirishga imkon beruvchi metoddir. Ushbu maqolada dunyodagi havosi eng toza va eng ifloslangav davlarlar o‘zaro taqqoslash metodi yordamida qiyosiy tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABALARDA TAQQOSLASH USULI YORDAMIDA EKOLOGIK DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISH METODIKASI»

Asqarova M.R.

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Biologiya kafedrasi o 'qituvchisi

TALABALARDA TAQQOSLASH USULI YORDAMIDA EKOLOGIK DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISH METODIKASI

Annotatsiya. Taqqoslash metodi - biologik obektlarning barcha jihatlarini solishtirish imkonini beribgina qolmay, balki ekologik muammolarni talabalarga osonlik bilan tushintirishga imkon beruvchi metoddir. Ushbu maqolada dunyodagi havosi eng toza va eng ifloslangav davlarlar o 'zaro taqqoslash metodi yordamida qiyosiy tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: taqqoslash usuli, ekologik tarbiya, antropogen omil, biogen

omil.

Askarova M.R. lecturer Department of Biology Chirchik State Pedagogical University

METHODOLOGY FOR FORMING AN ECOLOGICAL WORLDVIEW

AMONG STUDENTS USING THE COMPARISON METHOD

Annotation. The comparative method is a method that not only allows comparison of all aspects of biological objects, but also allows students to explain environmental issues easily. This article uses a cross-comparison method to compare the cleanest and most polluted periods of air around the globe.

Key words: comparison method, environmental education, anthropogenic factor, biogenic factor.

Insoniyat o'zi yashab turgan muhitga to'g'ri munosabatda bo'lishi uning oilada va talim muassalarida olgan tarbiyasiga ko'p jihatdan bog'liq. Ushbu maqolada ekologik muammolarni hal etishda taqqoslash usulidan foydalanish metodlari va ularning samaradorligi haqida fikr yuritiladi.[1]. Sayyoramizdagi bugungi ekologik holat xavotirli darajada baholanmoqda. Fan-texnika taraqqiyoti jadallashuvi, yer usti va yer osti tabiiy boyliklaridan haddan tashqari ko'p foydalanish va ularni insoniyat ehtiyojiga sarf qilishi kuchaygan sari, ekologik muvozanat buzilib, inson va tabiat o'rtasidagi munosabat murakkablashib, tabiiy muhit falokat yoqasiga kelib qoldi. [3].

Material va metodika. Ta'lim tizimlari, pedagogik nazariya va amaliyotdagi umumiy va farqli jihatlarni, qonuniyatlar va tendensiyalarning namoyon bo'lishini- taqqoslash metodi orqali yoritib berish mumkin. Taqqoslash metodi ta'lim tizimlaridagi umumiylik va o'ziga xoslikni, pedagogik nazariya va

amaliyotning o'xshash va farqli tomonlarni, qonuniyatlar va tendensiyalarning universal va spestifik jihatlarini ajratish imkonini beradi. Ekologik jihatdan bir-biridan qarama-qarshi bo'lgan mamlakatlar ekologiyasini ham ushbu metod orqali tushintirish mumkin. Bugun butun dunyoda havo tez sur'atlarda ifloslanib boryapti. Bu jarayon ayrim davlatlarda kamroq, boshqalarida ko'proq yuz bermoqda. Bunga turli mamlakatlarning geografik joylashuvi, aholi soni hamda zichligi, sanoatning darajasi, yog'ingarchilik miqdori va shunga o'xshash boshqa omillar sabab bo'lishi mumkin. Masalan, aholi nisbatan siyrak joylashgan, yog'ingarchiliklar ko'p bo'ladigan va millionlab gektar o'rmonzorlarga ega Rossiyada ekologik vaziyat aholisi ko'p bo'lgan Xitoydagidan yaxshiroq [6]. Hududining katta qismi o'rmonzor bilan qoplangan Finlandiyada holat Rossiyadagidan yaxshi.

Agar dunyo davlatlaridagi ekologik vaziyat tahlil qilinsa, eng yomon ko'rsatkichlardan biri Hindistonda sodir bo'layotganini ko'rish mumkin.

Hind diyoridagi yirik shaharlar zaharli tutunlar bilan to'lgan va bu aholi orasida nafas olish yo'llari bilan bog'liq kasalliklar ko'paygan.Hozir tom ma'noda Hindistonda ekologik inqiroz sodir bo'lmoqda deb bemalol aytish mumkin. Chunki havoning ifloslanishi maksimum darajadan o'n karra yuqori bo'lgan davlatga boshqacha ta'rif berib bo'lmaydi.Ayniqsa, poytaxt Dehlida vaziyat og'ir. Har yili kuz faslida Hindiston poytaxtida holat juda yomonlashadi va eng cho'qqisiga chiqadi. Shahar dunyodagi havosi eng ifloslangan shaharlar reytingida birinchi o'ringa ham ko'tariladi [6].

2-rasm. Hindistondagi ekologik holat.

O'tkazilgan tadqiqotlarga ko'ra, Hindiston aholisining to'rtdan uch qismi havo sifati hind davlat standartlariga mos kelmaydigan shahar va tumanlarda istiqomat qiladi. Shu bilan birga Hindiston havosini ifloslantiruvchi moddalarning yuqori darajasini belgilaydigan sanitar-gigiyenik normalar Butunjahon sog'liqni saqlash tashkilotida (BSST) belgilangan talablarga qaraganda ancha

"yumshoqligi" aytilgan. BSST ma'lumotlariga qaraganda, Hindistonning hech bir shtati bu tashkilot normalariga mos kelmaydi. Tibbiyot xodimlari atmosferaning yuqori darajada ifloslanishi kuzatilgan joylarda kun kechirish faqatgina o'pka kasalliklarida namoyon bo'libgina qolmay, nafas yo'llari, yurak qon-tomir kasalliklari va boshqa patologiyalarni ham yuzaga chiqarishi mumkinligini qayd etishmoqda. Ushbu kasalliklarda vafot etish ko'rsatkichi Hindistonda juda yuqoriligicha qolmoqda[6].

Tadqiqot natijalari. Tadqiqotlar shuni korsatadiki,ekologiyasi yomon mamlakatlar aholisi o'rtasida yurak-qon tomir va allergik kasalliklarining ko'payishidir. Mamlakat iqtisodiy jihatdan rivojlanayotgan bo'lsa-da, odamlar salomatligi to'g'risida uzoqroq istiqbolni ko'rish kerak. Shuning uchun atrof-muhitni muhofaza qilishning eng qat'iy siyosatini o'rnatish zarur.

1-rasm.Shvetsariyaning musaffo havoli hududlari.

Shveytsariya aholisining tabiat, ekologiya munosabat juda yaxshi. Chunki buning sabablaridan biri - uning geografik joylashuvidir. Yevropani bekorga «yashil qit'a» deyishmaydi. Okeanga yaqinligi, tog' tizmalari, suv havzalarining ko'pligi o'z-o'zidan tabiatni yaxshi sharoitlarda ushlashga yordam beradi. Ammo tabiiyki, bu yerda yashovchi insonlar, tashkilotlarning ham bu narsaga bo'lgan munosabati, e'tibori, bu yo'nalishda qilinayotgan ishlar ham atrof-muhitning yaxshi saqlanishidagi eng asosiy sabab hisoblanadi. Aholining munosabatiga keladigan bo'lsak, bu yerda bolalar bolaligidan ota-onasi, atrofdagi jamiyat hamda tashkilotlarning ekologiyaga e'tibor berayotgani, har bir kichik masaladan tortib, kattasigacha muhim sanalayotganini ko'rib, ulg'ayadi va tabiiyki, bolaning o'zi ham ekologiyaga shunday munosabatda bo'ladi. Toza muhit sog'lom va tinch hayotni ta'minlaydi va bu shveysariyaliklarning o'rtacha umr ko'rishlari davomiyligi bilan tasdiqlanadi [7].

Yuqoridagi misoldan ko'rinib turibdiki, ekologiyani qanday ahvolda saqlanishi bu biogen omillargagina emas antropogen omillarga ham o'zaro

aloqador. Ekologik jihatdan tarbiyani to'g'ri shakllantirishda taqqoslash metodi eng samarali usuldir. Yuqoridagi misolimizda ikki obyekni o'zaro taqqoslash inson miyasida chuqur taasurot izini qoldiradi va ekologik tarbiya elementlarini tez va to'gri shakllantishga imkon beradi. Taqqoslash metodida yanada samarali natija olish maqsadida o'quvchilarning ko'z o'ngida bo'layotgan jarayonlar, voqealar, malum hududlarni o'zro taqqoslash mumkin. Misol uchun O'zbekistondagi ekologik jihatdan eng toza Zomin tumani va ekologik jihatdan eng ifloslangan Toshkent shahrini olishimiz mumkin: Zomin bog'i 1976 yilda tashkil etilgan bo'lib, havosining tozaligi, archazor o'rmonlar, yangi qurilgan arqon yo'li, sharshara, 700 yillik boboyong'oq va o'ziga xos tabiat manzaralari keluvchilarni o'ziga rom etadi. Zomin sanatoriyasiga davolanishga keluvchilarning aksari - allergik va nafas yo'llarida kasalligi bo'lgan bemorlar

[51_

3-rasm. Zomin tumanining o'ziga xos bo'lgan ajoyib tabiati.

Toshkent shahri havoning iflosligi bo'yicha 07.11.2023 sanadagi holatga binoan, IQAir reytingida Mumbay va Karachidan ham oldinga o'tib, dunyoda 5-o'rinni egalladi [4].Bunga sabab aholi sonining ortishi, ishlab chiqarish sarfining kengayishi, transport va texnikalarning soni va faoliyati oshib ketganligi sababli ekologik jihatdan yuqori darajadagi buzilish holatlari yuzaga kelgan.

Yuqoridagi tasvirlar va faktlardan xulosa qilishimiz mumkinki, odamzod o'zi yashab turgan tabiatga qanday munosabatda bo'lsa tabiat ham unga xuddi shunday javob qaytaradi. Talabalarga ushbu fikrlarni singdirishda taqqoslash metodidan foydalanish maqsadga muvofiq keladi degan fikrdamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. P.S.Sultonov "Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish asoslari" «musiqa» nashriyoti Toshkent, 2007 y.

2. H.T. Tursunov, T.U. Raximov "Ekologiya" Toshkent "nifmsh" 2020 y.

3. M.Asqarova "Ekologik ta'lim tarbiyani olib borilishi: Singapur tajribasi" european jornal of interdisciplinary reseearch and Development 9 2022 y.

4. Рамазонов Б.Р. "Противоэрозионные меры борьбы на склоновых землях и предгорных районах, процесы дезертификации". Academic research in educational sciences. 2021г.

5. Askarova, M. R., & Saidova, D. B. (2022). Yangi o 'zbekistonda yangicha ta'lim tizimi va yangicha yondashuvlar. Academic research in educational sciences, 3(6), 675-678.

6. Sharipboyeva, Y. M., & Askarova, M. R. (2022). Analysis of the root and root circumference nematode of silybum marianum (L) gaertn. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 12(5), 1236-1238.

7. Sharipbayeva, Y. M., Askarova, M. R. (2022). Analysis of soil nematodes of plantations grown in melilotus officinalis DESCR. Educational Innovations and Applied Sciences, 22(10), 18-20.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.