Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA QISHLOQ TURIZMINI RIVOJLANTIRISHDA XALQARO TAJRIBALARDAN FOYDALANISH'

O‘ZBEKISTONDA QISHLOQ TURIZMINI RIVOJLANTIRISHDA XALQARO TAJRIBALARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

296
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qishloq turizmi / xalqaro tajriba / qishloq uylari / ―turizm mahallasi‖ / ―turizm qishlog‗i‖ / ―turizm ovuli‖ / aholi daromadlari. / сельский туризм / зарубежный опыт / сельские дома / «туристский микрорайон» / «туристская деревня» / «туристское хозяйство» / доходы населения.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Sardor Usmonov

O‗zbekistonda qishloq turizmini rivojlantirishda xalqaro tajribalardan foydalanishga ahamiyat berilgan bo‘lib, amaliy takliflarni bildirishda tadqiqotning metodologik asosi nazariy va amaliy maʼlumotlarni, ilmiy manbalar va nashrlarni oʻrganish natijasida shakllantirildi. Tadqiqotda nazariya va amaliyot oʻrtasidagi bogʻliqliklarga asoslanib, shu bilan birgalikda tahlil, taqqoslash, analogiya va sintez kabi usullardan foydalanilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В развитии сельского туризма в Узбекистане большое значение придается использованию международного опыта, а методологическая база исследования сформирована в результате изучения теоретической и практической информации, научных источников и публикаций. Исследование основано на связи между теорией и практикой и использует такие методы, как анализ, сравнение, аналогия и синтез.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA QISHLOQ TURIZMINI RIVOJLANTIRISHDA XALQARO TAJRIBALARDAN FOYDALANISH»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

O'ZBEKISTONDA QISHLOQ TURIZMINI RIVOJLANTIRISHDA XALQARO

TAJRIBALARDAN FOYDALANISH

Sardor Usmonov

TDAU SF talabasi usmonovsardor571 @gmail.com

ANNOTATSIYA

O'zbekistonda qishloq turizmini rivojlantirishda xalqaro tajribalardan foydalanishga ahamiyat berilgan bo'lib, amaliy takliflarni bildirishda tadqiqotning metodologik asosi nazariy va amaliy ma'lumotlarni, ilmiy manbalar va nashrlarni o'rganish natijasida shakllantirildi. Tadqiqotda nazariya va amaliyot o'rtasidagi bog'liqliklarga asoslanib, shu bilan birgalikda tahlil, taqqoslash, analogiya va sintez kabi usullardan foydalanilgan.

Kalit so'zlar: qishloq turizmi, xalqaro tajriba, qishloq uylari, "turizm mahallasi", "turizm qishlog'i", "turizm ovuli", aholi daromadlari.

АННОТАЦИЯ

В развитии сельского туризма в Узбекистане большое значение придается использованию международного опыта, а методологическая база исследования сформирована в результате изучения теоретической и практической информации, научных источников и публикаций. Исследование основано на связи между теорией и практикой и использует такие методы, как анализ, сравнение, аналогия и синтез.

Ключевые слова: сельский туризм, зарубежный опыт, сельские дома, «туристский микрорайон», «туристская деревня», «туристское хозяйство», доходы населения.

ABSTRACT

In the development of rural tourism in Uzbekistan, importance is attached to the use of international experiences, and the methodological basis of the research was formed as a result of the study of theoretical and practical information, scientific sources and publications. The research is based on the connections between theory and practice, and uses methods such as analysis, comparison, analogy and synthesis.

Keywords: rural tourism, international experience, rural houses, "tourism neighborhood", "tourism village", "tourism farm", population income.

May 12-13

305

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Kirish. Mamlakatlar iqtisodiyotining yetakchi tarmog'iga tobora aylanib borayotgan turizm sohasi xizmatlar bozorinning alohida tarmog'i hisoblanadi. Turizm faoliyati bugungi kunda rivojlanyotgan tarmoq bo'lib kelajak sohasi bo'lishi ham kutilmoqda. Shu bilan birgalikda, turizm cheklangan resurslar sharoitida iqtisodiyotning barqaror holatini saqlab qolish uchun ham samarali yo'l sifatida ko'riladi. Yildan yilga nafaqat bizning mamlakatimizda balki, dunyoning boshqa rivojlanyotgan mamlakatlarida ham aholi daromadlarining o'sishi evaziga ham sayohat qilish ehtiyoji ortib bormoqda. Bundan ko'rinadiki, turizmga bo'lgan talab uning rivojlanishi uchun bir qancha tabiiy sharoitlar evaziga ham rivojlanib bormoqda.

Turizm insonlarning ma'naviy dam olishi, jismoniy tiklanishi, yangi manzillar bilan tanishishi, o'ziga xosliklardan bahrmand bo'lish imkoniyatini taqdim etuvchi soha hisoblanadi. Turizm ko'p tomonlama samaraga ega bo'lib, bir qator mintaqa destinatsiyalar iqtisodiy rivoji, aholi bandligining o'sishi, fuqarolarning hordiq chiqarishga bo'lgan ehtiyojlarini yanada to'la qondirilishiga zamin yaratadi.

Asosiy qism. Markaziy Osiyo hududida barqaror rivojlanayotgan respublika sifatida O'zbekiston turistik destinatsiyasi turistik destinatsiyalarning keyingi rivoji uchun barcha imkoniyatlarga ega ekanligi aniqlangan. Ushbu destinatsiyalar ichida qishloq turizmi ham o'rniga ega bo'lishi uchun O'zbekiston hududi ham o'ziga xos geografik joylashuvga ega davlat ekanligini ta'kidlash joiz hisoblanadi. Bir qancha ichki mintaqalar o'zining takrorlanmas tabiati bilan ham ajralib turadi. Ayniqsa, qishloq hududlarida ekologik toza bo'lgan muhitni ko'rish mumkin. Tog'li hududlarning mavjudligi va ularning ko'pchiligi bugungi kunda qishloq hududlar hisoblanishi bu mintaqalarda qishloq turizmini yo'lga qo'yish uchun manba hamda yetarli resurs bo'lib xizmat qiladi. Bu tabiiy resurslardan unumli foydalanish hamda qishloq hududlarining ijtimoiy ahvolini yaxshilashda aynan turizmni yo'lga qo'yish samarali usul sanaladi.[10]

Turistik destinatsiya tushunchasiga rus olimlari ham ta'rif berib o'tishgan, masalan, M.A.Morozov "Turist ehtiyojlariga javob beradigan va uning tashish, ovqatlanish, ko'ngil ochar mashg'ulotlar va shu kabilarga talablarini qondiruvchi, ma'lum xizmatlar to'plamini taklif qiluvchi hudud. Bunda muallif avvalo sayohatning bosh maqsadini birlamchi destinatsiya va birlamchi destinatsiyaga borish yo'lidagi to'xtashlarni ikkilamchi destinatsiyalar sifatida alohida ajratadi" [5] Fikr yurityotganimiz turizm qishloqlari ana shunday destinatsiyalarga aylanishi kerak. Mamlakatimizda turizm

May 12-13

306

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

sohasiga qaratilyotgan e'tibor natijasida tizimda o'zgarishlar yuz bermoqda. Bu jarayonni faollashtirish maqsadida milliy qonunchiligimizga kiritilyotgan chora tadbirlar rejalari ham e'tiborlidir. O'rganish davomida esa mamlakatida yaxshi natijalarga olib kelmagan usullarning kamchiliklari nimalardan iborat bo'lganligi haqida ma'lumotlar yig'ilib boriladi. Quyida shunday xulosalarni berish maqsadida Rossiya Federatsiyasida mavjud bo'lgan qishloq turizmi hamda uning farqli jihatlarini yoritiladi.

Rossiya Federatsiyasi hudud jihatidan dunyoda birinchi eng keng hududga ega mamlakat hisoblanadi. Keng hudud davlatga shunga mos resurslarni taqdim etishi bilan birga iqlimning ham hududlarga xos tarzda turlicha bo'lishini taqozo etadi. Mamlakat hududining bunday joylashganligi bu hududda ekologik turizmning yuzaga kelishi uchun asos bo'lgan. Keng o'rmonlarga egaligi va uning miqdori mamlakat jami hududining 67 foizini tashkil etishi hududning sayyoramiz ekotizimida muhim ahamiyat kasb etishidan dalolat beradi va dunyoda 10 foiz ulushni beradi. Katta miqdordagi yashil hududlarning tabiatga beradigan foydasi ham ko'p miqdorni tashkil etadi va global ahamiyatga ekanligini bildiradi. [4] Bugungi vaqtda Rossiya umumturizmida 2 foiz hissani tashkil etadigan qishloq turizmi o'tgan asrning 90-yillarida shakllana boshladi. Sayyoradagi barcha qishloq xo'jaligi maydonlarining taxminan 10% Rossiyada to'plangan. Qishloq hududlari mamlakatning uchdan ikki qismini egallaydi. Qishloq hududlarining aholisi ko'payishi hamda ortiqcha mehnat resurslarining vujudga kelishi bilan aholining shaharlarga tomon faol siljishi kuzatildi va ayni sabab qishloq hududlarida yangi ish o'rinlari yaratilish zaruratini keltirib chiqargan. Qishloq turizmi bu muammolarning muqobil yechimi sifatida tashkil etilgan soha bo'ldi. Keyingi davrlarda Rossiya qishloq turizmi mashhurlikka erisha boshladi va shu bilan sayyohlarni o'ziga jalb eta boshladi. Rossiya qishloq hududlari ham o'ziga xos muhitni kasb etadi.[8]

Bunga sabab ajoyib tabiat manzaralarida joylashgan qishloqlar bu jarayonning asosini tashkil etadi. Rossiya mintaqalarining deyarli to'rtdan uch qismi turizmning ushbu turini rivojlantirmoqda va ularning bir qatorida qishloq xo'jaligi, fermer xo'jaliklari va etnik qishloqlar turizm uchun allaqachon tashkil etilgan. Shu bilan birgalikda takrorlanmas rus madaniyatini saqlab qolgan hududlarda tashkil etilgan soha ko'plab sayyohlarni o'ziga jalb etadi. [7] Qishloqda uchratish mumkin bo'lgan tabiat manzarasi, ekologik toza iqlim sharoiti, shahar shovqini bo'lmagan muhit ham birlamchi ahamiyatga ega. Bundan tashqari, rus madaniyatining nozik jihatlarini saqlab qolgan qishloqlarda yashab ko'rish, hududlarga xos bo'lgan taomlardan iste'mol qilish,

May 12^13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

hunarmadchilik san'ati, faol dam olish, ov va baliq ovlash, ot minish, chanada uchish, ot fermasiga sayohat, suv muolajalari, daryo yoki ko'lda suzish, piyoda va velosipedda yurish, hammom bilan sog'lomlashtirish muolajalari, pikniklar, qishloqlardagi o'ziga xos bo'lgan qurilishida yog'ochdan foydalanilgan uylar ham sayohatchilarni o'ziga jalb etadi.[8]

Zamonaviy Rossiya qishloq turizmining yo'lga qo'yilishi uchun yuzaga kelgan yana bir vaziyat bu COVID-19 pandemiyasi hisoblanadi. Pandemiya global iqtisodiyotga bo'lgani kabi turizm sogasiga ham salbiy natijalarni olib keldi. Shu bilan birgalikda ushbu sharoitda global pandemiya qishloq turizmining rivojlanishida iqtisodiy lokomativ ham bo'ldi. Ya'ni, mazkur pandemiya insonlarning ekologik tabiiy hududlarda dam olish ehtiyojini tug'dirdi deyish mumkin. Ammo pandemiya vaziyati insonlarning daromadlarini shu bilan birga xarajatlarini ham minimallashtirdi. [6] Buning oqibatida esa turizmga bo'ladigan xarajatlar ham minimallashishi yoki umuman yo'q bo'lishi mumkin edi. Pandemiyadan keyingi vaziyatda Rossiya hukumati ushbu turizm xarajatlarini qishloqlarga yo'naltirish bilan hududlarning daromadlarini oshirishni hamda qishloq turizmini rivojlanishini maqsad qildi. [6]

Mamlakatda qishloq turizmni tashkil etadigan, boshqacha qilib atyganda, bu sohaning ajralmas qismiga aylangan hududlar mavjud va ulardan ayni maqsadda foydalanilmoqda. Jarayonda qatnashuvchi har bir qishloq hududi o'ziga xos shaklni aks ettiradi. Rossiya qishloq turizmida qatnashuvchi hududlardan biri o'zida qishloq xo'jaligini o'ziga xos tarzda taqdim etyotgan Krasnodar o'lkasi hisoblanadi.[7] Bu hududda yetishtirish yo'lga qo'yilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarining yig'im-terim jarayonlarida sayyohlarning qatnashishi yoki yetishtirilgan uzumdan vino tayyorlashning an'anaviy usullaridan foydalangan holda taqdim etishi hamda tabiat qo'ynida boqilyotgan tuyaqushlar fermasini ko'rish ham sayyohlarni o'ziga tortadi. Yana bir hudud 2021-yilda turizm faoliyatlarini xalqaro muvofiqlashtiruvchi tashkilot bo'lgan Butunjahon Turizm Tashkiloti tomonidan o'tkazilgan "eng yaxshi turizm qishlog'i" deya e'tirof etilgan Bekhova qishlog'idir.[9]

Misol tariqasidagi hududlar davomida ot minish, echki sog'ish, pishloq mahsulotini tayyorlash, kigiz junidan mahsulotlar tayyorlashning an'anaviy usullarini o'zida saqlab qolgan Nijniy Novgorod hududida joylashgan Bogorodsk qishlog'i ham kiritildi. Rossiyaning eng kuchli agro-mintaqalaridan biri bo'lgan Stavropol o'lkasida sayyohlar dam olish maskanlari, xususiy mulklar, mehmon uylari, qishloq mehmonxonalari, konefermalar, baliqchilar uylari va ov fermalariga qabul qilinadi. Hududning sharob zavodlari, tarvuz

May 12^13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

qovunlari, bedana fermalari va asalarichilik uylariga ekskursiyalar mashhur. Ko'pchilik Terek otxonasida boqiladigan mamlakatdagi eng yaxshi poyga otlarini ko'rish uchun kelishadi.[8]

Bu hududlarda yo'lga qo'yilgan tizim esa qishloqlarda yuqorida aytilgan aholi migratsiyasini oldini olishga sabab bo'lmoqda. To'g'ri, Rossiyada qishloq turizmi mamlakat miqyosida olib qaralganda yoki boshqa tarmoqlar bilan solishtirganda, masalan, energetika hamda neftni qayta ishlash kabi og'ir sanoat sohalari bilan solishtirib bo'lmaydi, ammo, yangi yo'naliish sifatida tashkil etilgan bu tarmoq rivojlanishi uchun ham ayni ishlar olib borilmoqda. Ya'ni, soha rivojlanishiga bosqichma-bosqich erishishni reja qilgan. Shu sababdan ham biz ularda amalga oshirlyotgan ishlarni shu jihatiga ko'ra tahlil qilib o'tamiz. Albatta, mazkur mamlakatda ham soha oldida turgan bir qancha muammolar mavjud. E'tiborli jihati shundaki, bu muammolar bizning mamlakatimiz qishloq turizmida ham mavjud. Quyida ayni muammolarni taqqoslab o'tishga harakat qilinadi.

Material va metodlar. O'rganilyotgan mamlakatimizda ham ayni soha ichida bu bilan bog'liq muammolar kuzatilar ekan. Mamlakatda bu muammoga ushbu xarajatlarning bir qismini hukumat qoplab berishi ko'zda tutilgan. Biz buni iqtisodiy barqaroqlik bilan bog'lamasdan tahlil qilishga harakat qilamiz. Biron hududning barcha tarmoqlari yaxshi rivojlanishi uchun ma'lum vaqt davomida bo'lsa ham u joydan foydalanuvchilar ko'pchilikni tashki etadigan bo'lsa bosqichma-bosqich e'tibor kuchayib boradi. [11]

Aytaylik, bundan 20 yoki 10 yil oldin mamlakatimizda umumiy turizm haqida ham kam gapirilgan edi, ammo bugunga kelib biz undan o'tib qishloq turizmi haqida qonunchiligimizda ham yorita boshladik. Demak, muammo yo'l qurilishi bilan bog'lanar ekan mamlakatimizda e'lon qilingan "turizm qishlog'i", "turizm mahallasi" loyihalari doirasida bu masalaga e'tibor berilishi tabiiy.[2] Ammo, xalqaro tajribalarni tahlil qilar ekanmiz bunday kamchiliklar kuzatilishini oldini olishga ham e'tibor beriladi. Rossiyada ham bu jihatdan qishloq turizmi tashkil etiladigan hududlarni oldindan tayyorlab borishga o'tilmoqda.

Mamlakatimiz hududida ham bu bilan bog'liq muammolar kuzatilishi mumkin. Shu va boshqa muammolarda Rossiya hukumati tadbirkorlik subyektlarini ko'proq qo'llab-quvvatlashi o'rganilyotgan tahlillarda ma'lum bo'ldi. Birgina misol bilan fikrimizni dalillaydigan bo'lsak 2021-yilda ushbu sohaga 520 milliard rubldan ortiq mablag' kiritildi. [3]

Mamlakatimizda buning qonuniy asosi mavjud bo'lib endilikda uni amaliyotga targ'ib etishdagi ishlar natijasini ham

May 12^13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

nazoratga olish kerak bo'ladi. Bundan tashqari malakali kadrlar masalasi ham mavjud. Rossiya Federatsiyasida bu masalada oliy o'quv yurtlarida ayni mutaxasisliklar ochilib unda davlat grandlari sonini oshirish yuzasidan ishlar Federal majlisda ko'rilgan. Mamlakatimizda ham "Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorda "Turizm mahallasi", "Turizm qishlog'i" yoki "Turizm ovuli" maqomi berilgan fuqarolar yig'inlari hududlarida yashaydigan 200 nafar yoshlarni Turizm va madaniy meros vazirligi tizimidagi texnikumlarda davlat granti asosida o'qitish ko'zda tutilgan.[1] Yana bir jihat bu oziq-ovqat xavfsizligi bo'lib, bu xalqaro turizmning ajralmas qismini tashkil etadi.

Xulosa. Jarayonlarni faol o'rganib borar ekanmiz soha rivojlanishi uchun imkoniyatlarning mavjudligi e'tiborimizni oshirib boraveradi. Mamlakatimiz joylashgan hududi, iqlim xususiyatlari, tabiiy geografik ryelifi jihatidan ham ayni sohani yo'lga qo'yilishi tabiiy omil bo'lib turibdi. Turizmi rivojlangan, qishloq xo'jaligi taraqqiy etgan mamlakatlarda bu sohaga e'tibor kuchayib natijada umumturizmda o'z hissasiga ega bo'lib ulgurgan.

Qishloq turizmi ham qishloq hududlarining barqaror rivojlanishi uchun samarali yo'l hisoblanadi. Bundan tashqari u sayyohlarga va mahalliy aholining milliy an'analarga hurmatni rag'batlantirish; aholining madaniy-ma'rifiy darajasini oshirish; mahalliy hunarmandchilikni rivojlantirish; ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish; tabiiy resurslarni saqlash; turizm xizmati bilan bog'liq yangi kasblarni o'zlashtirish; yirik sayyohlik markazlariga yukni kamaytirish imkonini beradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.04.2022-yilda "Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Qarori www.lex.uz

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi PQ-3514-son «Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida»gi Qarori. www.lex.uz

3. Российская федерация Федеральный закон Об основах туристской деятельности в российской федерации Государственной Думой 4 октября 1996 года

4. Т.Г.Сергеева Экологический туризм: учебник — Москва, "Финансы и статистика" 2014. 189-190-л

May 12-13

310

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

5. Usmanov M.R. Turizm geografiyasi: o'quv qo'llanma. — Samarqand, «SamDU», 2020. 52-53-betlar

6. The Concept of Sustainable Rural Tourism Development in the Face of COVID-19 Crisis: Evidence from Russia J. Risk Financial Manag. 2021, 14, 38. https://doi.org/10.3390/jrfm14010038

7. Сельский туризм в России 2023 Сельский туризм в России 2023: программа развития, закон, проекты, районы для отдыха (kp.ru)

8. Сельский туризм в России — где отдохнуть? Сельский туризм в России — где отдохнуть? (class-tour.com)

9. Unwto Announces List Of 'Best Tourism Villages' 2021 https://www.unwto.org/news/unwto-announces-list-of-best-tourism-villages-2021

10. Usmonov, S. (2023). O'zbekistonda qishloq turizmini rivojlantirishning ahamiyati. Xalqaro konferentlar, 1 (2), 832837. Http: //erus .uz/index.php/cf/article/view/1652

11. Conferences, J. &. (2023, March 1). Importance of Rural Tourism Development in Uzbekistan. https://doi.org/10.17605/0SF.I0/64ZYD

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.