Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
O'ZBEKISTONDA AGROTURIZMNING RIVOJLANTIRISHNING
AHAMIYATI
Iroda Ikrom qizi Jontemirova
Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali Agrobiznes va logistika fakulteti Turizm(agroturizm) ta'lim yo'nalishi 2-bosqich talabasi
Maqolada O'zbekistonda agroturizm va qishloq turizmini rivojlantirish imkoniyatlari va bosqichlari iqtisodchi olimlar va tadqiqotchilarning ilmiy maqolalari va adabiyotlaridan foydalanilgan holda, ya'ni adabiyotlar sharxi usulidan foydalanilgan holda yoritilgan. Kelgusida, O'zbekistonda agroturizmni rivojlantirish borasida xulosalar berilgan.
Kalit so'zlar. Turizm, agroturizm va qishloq turizmi, dam olish, ekoturizm, turizm infratuzilmasi, qishloq xo'jaligi.
The article describes the possibilities and stages of development of agrotourism and rural tourism in Uzbekistan using the scientific articles and literature of economists and researchers, that is, using the literature review method.Conclusions are given regarding the future development of agrotourism in Uzbekistan.
Keywords. Tourism, agritourism and rural tourism, recreation, ecotourism, tourism industry, agriculture.
Kirish. Ma'lumki, turizm sohasi mamlakat iqtisodiyotiga eng tez daromad keltiruvchi tarmoqlardan biri hisoblanadi, shu boisdan ham hozirda ko'plab mamlakatlar milliy iqtisodiyoti tarkibida turizmdan keladigan daromadlarni oshirishga harakat qilmoqda. Turizm sanoatini jahon yalpi ichki mahsulotining qariyb 10 foizdan ortiqrog'ini tashkil etuvchi eng yirik va tez suratlarda o'sib borayotgan iqtisodiy tarmoqlarning biriga aylandi va mazkur sohaga 2020 yilda xalqaro turistlar soni 900 million kishidan oshganligini ko'rsatmoqda. Bu esa turizm sohasining qanchalik darajada mamlakatlar iqtisodiyoti tizimida hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Shunisi ahamiyatliki, turizm rivojlanishi natijasida qishloq xo'jaligi, sanoat, transport, bozor infratuzilmasi, savdo-sotiq, oziq-ovqat tarmoqlari, qurilish, hunarmandchilik, qishloq
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
hududlari va boshqa xizmat ko'rsatish tarmoqlari ham rivojlanib boradi. O'zbekiston iqtisodiyoti va yalpi ichki mahsulotining yildan yilga o'sib borishda bevosita qishloq xo'jaligi va turizm sohalari muhim o'ringa ega [1]. Shu boisdan, qishloq xo'jaligi va qishloq hududlarini barqaror rivojlantirishda turizm sohasini ulushi bugungi kunda chet el mamlakatlari tajribasida ham o'z isbotini ko'rsatmoqda [2]. Hozirda turizmning turli shakllari mavjud bo'lib eng tez rivojlanayotgan turizm sohasi bu agroturizm hisoblanadi. Ko'plab mamlakatlar qulay geografik hududda joylashgan bo'lsa-da, lekin agroturizmining rivojlanishi sekin kechmoqda. Buning bir qator sabablari mavjud eng avvalo ushbu sohaga tikiladigan investitsiya, qulay geografik hudud, sayohat qilishning qulaylik darajasi,infratuzilma va kadrlar muammosi mamlakatlarda turizm rivojlanishiga u yoki bu ma'noda ta'sir o'tkazadi.
Bugungi kunda mamlakatimizda, turizm industriyasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va ulushini oshirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va sifatini yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirishga olib keladigan o'rta muddatli istiqbolda O'zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasiga asosan, shuningdek, 2017-2021-yillarda Konsepsiyani amalga oshirishga doir aniq chora-tadbirlar Dasturini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Mazkur vazifaning amalga oshirilishi turizm sohasining tezkor rivojlanishi, uning iqtisodiyotdagi ulushining ortishi, turistik xizmatlar sifatining oshishiga olib keladi.
Foydalanilgan materiallar va usullar. Mazkur ilmiy tadqiqot ishini o'rganishda iqtisodchi olimlar va ilmiy tadqiqotchilarni ilmiy maqolalari va adabiyotlardan foydalanilgan holda nazariy asoslari o'rganildi. Agroturizm ferma yoki dalaga tashrif buyuruvchilarni olib keladigan qishloq xo'jaligiga asoslangan har qanday operatsiya yoki faoliyatni o'z ichiga oladi. Agroturizm faoliyati bir nechta toifalarga bo'linadi. Xususan, to'g'ridan-to'g'ri iste'molchiga sotish (masalan, fermer xo'jaliklari), qishloq xo'jaligi ta'limi (masalan, maktab fermaga tashriflar), mehmondo'stlik (fermada tunash), dam olish (ov, ot minish) va o'yin-kulgi (xaridlar, yig'im-terim).
Olingan natijalar va ularning tahlili. Rossiyalik olim A.B. Zdorov tomonidan agroturizm va qishloq turizmi tushunchasi quyidagicha ta'riflanadi ya'ni agroturizm va qishloq turizmi — qishloq xo'jaligiga yo'ldosh tarmoq bo'lib, dam olishni tashkil etish orqali qishloq aholisini ish bilan ta'minlash va kontingentni jalb etish orqali fuqarolarning daromadlari va asosiy ishlab chiqarish hajmini oshirishdir[3]. O'zbekistonda agroturizm faoliyati hali rivojlanmagan bo'lsa-da,mamlakatda agroturizmning
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
afzalliklaridan foydalanish qulay sharoitlar mavjud. O'zbekiston asosan qishloq xo'jaligi mamlakatidir, boshqa tomondan turizm hozirgi vaqtda mamlakatda eng tez rivojlanayotgan sohalardan biridir.
250000 -
200000 — 150000 — 100000 50000
2016-yil 2017-yil 2018-yil 2019-yil
1-chizma. Xordiq chiqarish va dam olish uchun kelgan turistlar soni Dam olish va ko ngilochar tadbirlarda qatnashishni nazarda tutuvchi turizm turlaridan biri sifatida agroturizmning ahamiyati katta. So'nggi vaqtlarda sayyohlaming ko'pchiligi dam olish kunlarini qishloq uylarida biroz muddat yashash, ishlab chiqarishda, hosil yig'im-terimida qatnashish, ekologik toza mahsulotlarini iste'mol qilish, ovullar madaniyati bilan tanishish, qishloqning an'anaviy hayot tarzi va mehnatida ishtirok etish, bayramlarini nishonlash, bir necha kunini qishloq hududida o'tkazishni istashmoqda. Ularning aksariyati, katta sanoat shaharlarida yashovchilar, nizo va stresslardan holi bo'lishni xohlovchilar, mashaqqatli mehnatdan charchagan insonlarni tashkil qiladi. Ular shahar shovqinidan uzoqdagi sokin qishloqlarda dam olishni istaydilar. Demak, qishloq turizmi agroturizmga nisbatan umimiy tushuncha bo'lib, agroturizm qishloq turizmining bir qismi sifatida namoyon bo'ladi.
O'zbekiston Respublikasida bugungi kunda shahar aholisi - 17 487 ming kishi (50,6%), Qishloq aholisi - 17 071,4 ming kishi (49,4%) tashkil etadi[4]. Bundan ko'rinadiki, mamlakat aholisi tarkibida mehnat layoqatiga ega aholining hududlar kesimida taqsimotida qishloq hududlari ham yetakchi hisoblanadi. Ushbu omilning o'zi ham qishloq hududlarida aholi bandligini ta'minlashning ahamiyatga ega. Shuningdek, iqtisodiy faol aholi bandligini ta'minlash, ularning noqishloq xo'jalik faoliyatidan keladigan daromadlarini oshirish yoki bunday faoliyatda band bo'lishi oila farovonligiga hissa qo'shadi[5]. Xususan, qishloq hududlarida agroturizm yoki qishloq turizmini shakllantirish,
May 12-131
https://samaguni.uz/ International Scientific and Practical Conference ^
0
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
faoliyatga qishloq aholisi bandligini ta'minlash, oila daromadini oshishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi [6].
Xulosalar. Agroturizm O'zbekistonning ichki turizm sohasida ham, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida ham yuqori salohiyatga ega. Natijada respublikamizda agroturizm va qishloq turizmini tashkil etish orqali qishloqda yangi ishchi o'rinlari yaratiladi; qishloqqa pul mablag'lari, shu bilan birga xorijiy valyuta oqib kirishi ortadi; qishloqning farovonligi oshadi; ekologik toza mahsulot ishlab chiqarishga harakat qilinadi; qishloqda zamonaviy ijtimoiy maishiy infrastruktura yaxshilanadi va yangilari yaratiladi va rivojlanadi. Agroturizm va qishloq turizmining mavsumiy xarakterga ega ekanligi, yaratilayotgan turxizmatlar va agroturmahsulotlarning import mahsulotlar bilan raqobatlasha olish qobiliyati, yuqori malakali kadrlar yetishmasligi, hududlardagi madaniy muhitga zarar yetkazilishi mumkinligi uning bir maromda o'sishiga va rivojlanishiga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Shu bois, mamlakatimizda agroturizm va qishloq turizmini rivojlantirish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur: Birinchidan, agroturistik xizmatlarga bo'lgan talabni o'rganish va turistlar qanday dam olish joylarini afzal ko'radi. Masalan, xorijiy tadqiqotchilarning natijasiga ko'ra, agroturizm va qishloq turizmining ekoturizm va etnoturizm ko'rinishi bilan qiziqishgan.
REFERENCES
1. Muratov S., Pardaev K., Hasanov S. Assessment of the impact Covid-19 pandemic on family income from non-farm activities //Irrigation and Melioration. - 2020. - Т. 2020. - №. 4. - С. 95-98.
2. Elbek, T., Risolat, I., & Aggelopoulos, S. (2016). Agro and eco-tourism development in rural areas of Uzbekistan: Analysis using of" Gravity" model approach. European Scientific Journal, 12
3. Chase, Lisa C.; Stewart, Mary; Schilling, Brian; Smith, Becky; Walk, Michelle (2018-04-02). "Agritourism: Toward a Conceptual Framework for Industry Analysis" (en). Journal of Agriculture, Food Systems, and Community Development 8 (1): 13-19. doi:10.5304/jafscd.2018.081.016. ISSN 2152-0801
4. Здоров А.Б. Организационно-экономические основы развития аграрного туризма. Автореферат диссертации на соискание ученой степени доктора экономи-ческих наук. Москва - 2011.
5. Muratov S. A. ECONOMIC ASSESSMENT OF FACTORS AFFECTING THE DECISION OF HOUSEHOLDS TO
May 12-131 ©
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
ENGAGE IN NON-FARM ACTIVITIES //Irrigation and Melioration. - 2021. - T. 2021. - №. 2. - C. 38-43.
6. Muratov S. A. ECONOMIC ASSESSMENT OF FACTORS AFFECTING THE DECISION OF HOUSEHOLDS TO ENGAGE IN NON-FARM ACTIVITIES //Irrigation and Melioration. - 2021. - T. 2021. - №. 2. - C. 38-43.
May 12-13