Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA AGROTURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA DAVLATNING ROLI'

O‘ZBEKISTONDA AGROTURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA DAVLATNING ROLI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

384
51
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
turizm / agroturizm / xalqaro turizm / huquqiy reformalar / davlat dasturi / turistik qishloq. / tourism / agrotourism / international tourism / legal reforms / state program / tourist village.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Suxrob Sherali O‘g‘li Boymuratov

So„nggi o„n yillikda agroturizm butun dunyo bo„ylab ommalashib kelmoqda, chunki shaharlik sayyohlarning qishloq hayotini o„rganishga qiziqishi ortib bormoqda, bu esa fermerlarning turli xil iqtisodiy faoliyat bilan bog„liq bo„lgan daromadlarini oshirishga juda katta zamin yaratib bermoqda. birinchi navbatda, fermer xo„jaligida tadbirkorlik faoliyatini diversifikatsiya qilish va agroturizm faoliyatini rivojlantirish orqali fermer xo„jaligi daromadini oshirish mumkin va moliyaviy muammolarni kamaytirishga xizmat qiladi. Shunga qaramay, qishloq joylarida agroturizmning iqtisodiy ahamiyati yuqoriligi shuningdek madaniy va ijtimoiy holatlarni yaxlashda muhim ro„l o„ynashiga qaramay, rivojlanayotgan mamlakatlarda yaxshi o'rganilmagan. O„zbekistondaham bu soha yangi va bu qishloq axolisini daromadini oshishiga yangi ish o„rnilarni yaratishga imkon beradi buni rizojlangan mamlakatlardagi raqamlarda ko„rsak bo„ladi birgina Fransiyadagi agroturizm xizmatidan yeliga 1.2 million kishi foydalanadi va 5000 mingdan ortiq mahalliy aholi ish bilan bant. Mazkur maqola agroturizmni rivojlantirishda davlatning ishtiroki va zaruriyatini va sohani rivojlantirish bosqichlarini ko„rsatib o„tgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In the last decade, agritourism has become popular all over the world due to the increasing interest of urban tourists to explore rural life, which has created a great opportunity for farmers to increase their income from various economic activities. First of all, it is possible to increase the income of the farm by diversifying the business activities on the farm and developing agrotourism activities, and it serves to reduce financial problems. Nevertheless, despite the high economic importance of agritourism in rural areas, as well as its important role in improving cultural and social conditions, it has not been well studied in developing countries. This industry is also new in Uzbekistan and it allows to create new jobs to increase the income of the rural population. This can be seen in the numbers of the developed countries. Only in France, 1.2 million people use agrotourism services every year, and more than 5000 thousand local residents are employed. This article shows the participation and necessity of the state in the development of agrotourism and the stages of development of the sector.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA AGROTURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA DAVLATNING ROLI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

O'ZBEKISTONDA AGROTURIZMNI RIVOJLANTIRISHDA DAVLATNING

ROLI

Suxrob Sherali o'g'li Boymuratov

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali agroturizm yo'nalishi 1-bosqich

talabasi

ANNOTATSIYA

So'nggi o„n yillikda agroturizm butun dunyo bo'ylab ommalashib kelmoqda, chunki shaharlik sayyohlarning qishloq hayotini o'rganishga qiziqishi ortib bormoqda, bu esa fermerlarning turli xil iqtisodiy faoliyat bilan bog'liq bo'lgan daromadlarini oshirishga juda katta zamin yaratib bermoqda. birinchi navbatda, fermer xo'jaligida tadbirkorlik faoliyatini diversifikatsiya qilish va agroturizm faoliyatini rivojlantirish orqali fermer xo'jaligi daromadini oshirish mumkin va moliyaviy muammolarni kamaytirishga xizmat qiladi. Shunga qaramay, qishloq joylarida agroturizmning iqtisodiy ahamiyati yuqoriligi shuningdek madaniy va ijtimoiy holatlarni yaxlashda muhim ro„l o'ynashiga qaramay, rivojlanayotgan mamlakatlarda yaxshi o'rganilmagan. O'zbekistondaham bu soha yangi va bu qishloq axolisini daromadini oshishiga yangi ish o'rnilarni yaratishga imkon beradi buni rizojlangan mamlakatlardagi raqamlarda ko'rsak bo'ladi birgina Fransiyadagi agroturizm xizmatidan yeliga 1.2 million kishi foydalanadi va 5000 mingdan ortiq mahalliy aholi ish bilan bant. Mazkur maqola agroturizmni rivojlantirishda davlatning ishtiroki va zaruriyatini va sohani rivojlantirish bosqichlarini ko'rsatib o'tgan.

Kalit so'zlar : turizm, agroturizm, xalqaro turizm, huquqiy reformalar, davlat dasturi, turistik qishloq.

ABSTRACT

In the last decade, agritourism has become popular all over the world due to the increasing interest of urban tourists to explore rural life, which has created a great opportunity for farmers to increase their income from various economic activities. First of all, it is possible to increase the income of the farm by diversifying the business activities on the farm and developing agrotourism activities, and it serves to reduce financial problems. Nevertheless, despite the high economic importance of agritourism in rural areas, as well as its

May 12-13

166

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

important role in improving cultural and social conditions, it has not been well studied in developing countries. This industry is also new in Uzbekistan and it allows to create new jobs to increase the income of the rural population. This can be seen in the numbers of the developed countries. Only in France, 1.2 million people use agrotourism services every year, and more than 5000 thousand local residents are employed. This article shows the participation and necessity of the state in the development of agrotourism and the stages of development of the sector.

Keywords: tourism, agrotourism, international tourism, legal reforms, state program, tourist village.

АННОТАЦИЯ

В последн ее десятилетие агротуризм стал популярен во всем мире в связи с возрастающим интересом городских туристов к изучению сельской жизни, что создало прекрасную возможность для фермеров увеличить свои доходы, связанные с различной экономической деятельностью. Во-первых, увеличить доход фермы можно за счет диверсификации хозяйственной деятельности на ферме и развития агротуристической деятельности, что способствует снижению финансовых проблем. Тем не менее, несмотря на высокое экономическое значение агротуризма в сельской местности, а также его важную роль в улучшении культурных и социальных условий, в развивающихся странах он недостаточно изучен. Эта отрасль также является новой для Узбекистана и позволяет создавать новые рабочие места для увеличения доходов сельского населения.Это видно по цифрам развитых стран.Только во Франции услугами агротуризма ежегодно пользуются 1,2 млн человек, и более трудоустроено более 5000 тыс. местных жителей. В данной статье показаны участие и необходимость государства в развитии агротуризма и этапы развития отрасли.

Ключевые слова: туризм, агротуризм, международный туризм, правовые реформы, государственная программа, туристический поселок.

Kirish. Qishloq xo'jaligi insonlami sog'lom o'sib-ulg'ayishi va kamol topishida yuqori ahamiyat kasb etadi. Quvonarlisi, dunyo iqtisodiyotning taraqqiy topib borishi qishloq xo'jaligiga bog'liq sohalarni ko'payishiga olib kelmoqda. Bunday sohalardan bir agroturizm hisoblanib, u 1800-1900 yillar oralig'ida rivojlantirila boshlagan[1]. Shahar "issig'i", "shovquni"

May 12-13

167

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

va keyinchalik "avtomobilsozlik sanoati"ning rivojlanishi aholini shaxarlardan qishloq hududlariga, fermer xo'jaliklariga dam olish va hordiq chiqarish uchun borishga sababchi bolgan. Hozirda dunyo bo'yicha agroturizmning 80 ga yaqin turlari mavjud bo'lib, global darajadagi agroturizm bozorining hajmi 2019 yil ma'lumotlarida qaraganda 69,24 milliard dollarga teng bo'lgan. Uning istiqboldagi rivojlanish ko'lami esa 2027 yilda 117,37 milliard dollarga teng bo'lishi prognoz qilingan[2].

O'zbekistonda agroturizmga e'tibor 2013 yildan boshlab kuchaytirila boshladi. Dastlab, ekologik, tibbiy-sog'lomlashtirish, sport turizmi, shuningdek yakka tartibdagi qishloq mehmonxona uylari negizida agroturizmni o'z ichiga olgan zamonaviy turistik xizmatlar turlari, keyinchalik viloyatlarda "uzumchilik", "anor yetishtirish", "olma yetishtirish", "asalarichilik" va boshqa shu kabi qishloq va o'rmon xo'jaligi bilan bog'liq yo'nalishlarda agroturizm turli tadbirkorlik yo'nalishlarida rivojlantirila boshladi. Ushbu sohani rivojlantirishga markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan investitsiyalari joriy qilinmoqda. 2022-yilning o 'zida turizm xizmatlar sohasini rivojlantirishga 29, 4 mlrd so'm mablag' ajratildi. Shundan 4,4 % agroturizm sohasiga to'g'ri keladi[3].

Agroturizm soha sifatida mahalliy va xorijlik sayyohlar tashrifi uchun juda muhim. Sayyohlar agroturizm ob'ektlarida ekologiya va atrof-muhit hamda yovvoyi tabiatning go'zalliklaridan bahramand bo'lib, qishloq xo'jalik ishlab chiqarishiga yaqindan tanishadi. Bu, insonlar uhcun ekologiyani his qilish hamda madaniy va yovvoyi tabiat bilan oshno bo'lishlariga ko'maklashadi.

Afsuski, mamlakatda agroturizm sohasiga e'tibor yetarli darajada emas. Statistik ma'lumotlarga qaraganda, agroturizmning bugungi kundagi holati iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlardan Ispaniya, Italiya, Buyuk Britaniya, Gretsiya va Fransiyada, rivojlanayotgan mamlakatlardan Xitoy, Kolumbiya, Ekvador, Gruziya, Meksika, Moroko, Peru, Turkiya va Vetnam kabi davlatlarda yaxshi rivojlangan[4]. Albatta ushbu mamlakatlarning agroturizm sohasiga e'tibori hamda tabiatining jozibadorligi hamohanglikda, agroturizmni rivojlanishiga sababchi bo'ladi.

Ushbu mamlakatlarga borgan sayyohlar muayyan vaqt davomida qishloq joylarda yashab, mahalliy xalq urf-odatlari, madaniyati, turmush tarzi bilan yaqindan tanishadi. Ma'lumotlarga qaraganda, Buyuk Britaniyada fermerlarning 60 foizi

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

agroturizm sohasidan tizimli ravishda daromad olishni yo'lga qo'ygan. Bu kabi fermerlarning diversifikatsiyalashuvi ularning daromadini qo'shimcha 50%gacha oshishiga olib kelgan[5].

O'zbekistonning agroturizmni rivojlantirish potensiali yetarli. O'zbekistonda bahor oylarida bepoyon yashillikga va tabiiy gullarga burkangan adirlar, yam-yashil tog'lar, archazorlar, yam-yashil ekinzorlar, ko'llarda "o'rmon agroturizmi", "otda sayohat agroturizmi", "o'simlikchilik plantatsiyalari va chorvachilik komplekslariga sayohat agroturizmi", "ovchilik agroturizmi" va boshqa ko'plab shu kabi ob'ektlarning tashkil qilinishiga imkoniyatlar bo'lishiga qaramasdan, agroturizm qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishidagi fermer, dehqon va tomorqa xo'jaliklarining diversifikatsiyalashuvi darajasi juda past.

Mazkur maqola agroturizmni rivojlantirishda davlatning ishtiroki va zaruriyatini o'rganish va sohani rivojlantirish bosqichlarini nazariy o'rganishdan iborat. Qo'yilgan maqsadni amalga oshirishda birinchi navbatda agroturizmning iqtisodiyotdagi rolini, agroturizmni rivojlantirishda huquqiy reformalar va davlat dasturlarini hozirgi holati o'rganildi hamda keyingi tadqiqotlar uchun yo'nalishlarni belgiladi.

Agroturizmning iqtisodiyotdagi roli. Agroturizm sohasida tadqiqot olib brogan olimlarning bergan tariflari bo'yicha "Agroturizm bu fermerlar va jamiyatga iqtisodiy foyda keltiradigan iqtisodiy faoliyatdir"[6][7][8][9]. Ma'lumki agroturizmning boshqa sohalarga qaraganda fermer xo'jaliklari uchun daromadlarini diversifikatsiya qilishda samarasi yuqori bo'lgan faoliyat turi hisoblanadi.

Jahon amaliyotida qishloq joylarida qishloq xo'jaligini rivojlantirish bilan bi r qatorda, qishloq xo'jaligidan tashqari bandlik, xususan qishloq turizmi ham qo'shimcha daromad manbai bo'lib kelmoqda. 1972-yildan boshlab qishloq turizmi shu bilan birga agroturizm ham iqtisodiyotning alohida tarmog'i sifatida ajralib chiqdi. G'arbiy Yevropa mamlakatlari qishloq turizmi 1960-yillarning boshlaridan beri barqaror rivojlanish bilan boshqalardan ajralib turadi[10]. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishining keyingi bosqichlarida agroturizm ko'plab mamlakatlarda sezilarli darajada soni ortib borayotganligini ko'rsatdi. Agroturizm qisqa davr ichida turlari yo'nalishlarda tashkil etildi. Jumladan, shular qatorida qishloq xo'jaligida oziq-ovqat va ichimliklarni qayta ishlash, ekinlar, hayvonlar, hayvonot bog'iga sayohat, fermer xo'jaliklari agroturizmlari tashkil etildi [11].

O'zbekistonda ham qishloq xo'jaligi tarmoqlaridan biri hisoblangan agroturizm ob'ektlari kam bo'lishiga qaramasdan,

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

unga nisbatan talab darajasi sezilarli darajada ortib bormoqda. Bugungi kunda, agroturizm faoliyatini tashkil qilish bo'yicha qisloq va o'rmon xojligi faoliyati bilan shug'ullanadigan barcha xojlik shakllarining imkoniyatlari yuqori.

O'zbekistonda 1,8 ming aholi qishloq xo'jaligi bilan band[12]. Binobarin, ularning asosiy qismi agroturizmning "menejer", "tur operatorlik", "infratuzilma" va "marketing tizimlari"da faoliyat olib bormoqda.

Agroturizmni rivojlantirishda huquqiy reformalar va agroturizmni rivojolantirish davlat dasturlari. Agroturizmni rivojlantirishda hozirda juda ko'p huquqiy reformalar ishlab chiqilmoqda. Bularning barchasini ishlab chiqarishdan yagona maqsad agroturizmni O'zbekistonga kengroq tatbiq qilishdan iboratdir.

O'zbekistonda ilk harakatlar birinchi navbatda 1992-yil "O'zbekturizm" milliy kompaniyasini tashkil etish etish to 'g 'risidagi Vazirlar mahkamasining qarori bilan boshlandi.(https://lex.uz/uz/docs/-514856) Bu harakat O'zbekistonning keying yillarda turizmni rivojlantirishi uchun asos bo 'ldi. Shuningdek O 'zbekiston keyin "Xalqaro turistik tashkilot"ga a'zo bo 'ladi. O 'zbekistonda ham xalqaro turistik sayyohga chiqqan insonlarning 0,03 foiziga xizmatlar ko 'rsatilgan va buning 0,005 foizi dunyo bo 'yicha xalqaro turizmga sarflangan mablag 'ning daromadini tashkil etgan[13].

O 'zbekistonda ilk agroturizm qishlog 'i Qashqadaryo viloyatida tashkil etilgan hisoblanadi. Bu qishloqning tashkil etilishi munosabati bilan birinchi anor agrofestivali bo 'lin o 'tadi. Bularning barchasi bejizga emas anorchilik ham agroturizmning bir turi hisoblanadi va aynan shu hududda bu narsa rivojlandi. Natijada bu o 'ziga mahalliy va xalqaro turistlarni jalb qilib kelmoqda. Bu shundan dalolat beradiki O 'zbekistonda ham bunday qishloqlarni tashkil etish va ko 'paytirish mumkin.

Misol qilib aytadigan bo 'lsak AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi(USAID)ning agrobiznesni rivojlantirishga qaratilgan loyihasi hozirda Agrobiznesni rivojlantirish jamg 'armasi bilan hamkorlikda ishlar amalga oshirilmoqda. Xalqaro hamkorlik aloqalari agroturizmda juda muhim sanaladi, chunki chet el mamlakatlarida juda yaxshi tatbiq etilgan O 'zbekistonga taqqoslaganda.

Shundan so 'ng agroturizmni rivojlantirishga oid bir qator qonun-hujjatlari qabul qilindi. 2019-yilda bir qator ishlar amalga oshirildi agroturizmni O 'zbekistonga tatbiq etish borasida. 2019-yil 5-yanvarda agroturizmni O 'zbekistonni keying davrida agroturizmni jadal

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

rivojlantirish, turizm ishtirokida fermer va dehqonlarni, shuningdek qishloq hududlaridagi aholini keng jalb qilish borasida Vazirlar mahkamasining qarori qabul qilindi. Shu qarorning isboti sifatida yuqorida aytib o 'tilganidek Qashqadaryo viloyatida agroturistik qishloq tashkil etildi. Shuningdek agroturizm ham 2019-yilgi "Turizm to 'g 'risida"gi qarorda ham agroturizm ham turizmning turlaridan hisoblanadi deb belgilab qo'yilgan[14].

Turistik xizmat ko 'rsatish turizmning asosiy qismi hisoblanadi. Chunki turistik xizmat orqali biz yaxshi natijalarga erisha olamiz va turistlarni o 'zimizga jalb qila olamiz. Hozirda O 'zbekistonda ham bu borada olib borilayotganlar ishlar jiddiy va o 'z natijasini ko 'rsatib kelmoqda. 2022-yilning o 'zida turizm xizmatlar sohasini rivojlantirishning o 'ziga 29, 4 mlrd so 'm mablag ' ajratlgani bejizga emas. Albatta bundan agroturizm ham chetda qolmaydi. Bu barcha turizm turlarini xususan agroturizmni rivojlantirishni o 'z ichiga olgan master rejalarni ishlab chiqishni ko'zda tutgan[14].

Agroturizmni rivojlantirishda davlat aralashuvini kuchaytirishda albatta davlat dasturlari katta rol o 'ynaydi. Chunki davlat dasturlari uzoqni ko 'zda tutilgan holda maqsadli ravishda tuzib chiqiladi. Albatta bu davlat aralashuvini kuchaytirishga yordam beradi. O 'zbekistonda 2022-yil 1-iyundan boshlab "O 'zbekiston bo 'ylab sayohat qil" dasturi ishlab chiqilgani bejizga emas.Bu dastur doirasida O 'zbekistonda ko 'plab ishlar amalga oshirildi. Birinchi navbatda turistik salohiyati va turizm oqimi past bo 'lgan joylarda turistik infratuzilmani amlaga oshirish, ya 'ni joylashtirish vositalari, jamoat ovqatlantirish punktlari, sanitariya gigyena uzellari , transport vositalari va boshqa diqqatga sazovor joylarni yangilash va xizmat ko 'rsatish darajasini oshirish. Shuningdek bu dastur doirasida turizmga oid barcha chora-tadbirlar amalga oshirildi. Ya 'ni barcha turistik salohiyatga ega hududlarni rekonstruksiyalash , yangi texnologiyalarni kiritish, xizmat ko 'rsatish darajasini oshirish kabi ishlar amalga oshirildi.

Agroturizm borasida olib borilgan say-harakatlar natijasida O 'zbekistonning turli nuqtalarida agroturistik qishloq va hududlar tashkil etildi. Bunday maqsadlarni amalga oshirish maqsadida Samarqand, Toyloq tumanlarida 4 ta namunaviy fermer xo 'jaliklarida dastlabki agroturizm maskanlari tashkil etildi. Masalan Samarqand tumanidagi "Amirxon noz-ne'matlar " uzumchilik-bog 'dorchilik fermer xo 'jaligida 36 nafar, mahalliy 198 nafar sayyoh so 'lim , qishloq , aholining yashash va mehnat sharoiti, urf-odatlari , atrof-muhit go'zalligi bilan tanishdilar deb aytib o 'tiladi.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Hozir ayrim statistik ma'lumotalarga qarab o 'taman. Viloyatimizga yil boshidan beri 151 nafar xorijiy , 767 agrosayyohlar tashriflari kuzatiladi, bu ko 'rsatkichlar albatta kam hisoblanadi. Shunga qaramasdan "Ohalik oltin bog 'I" fermer xo 'jaligi rahbari Tohir Sharipov " Biz ilk bor 200 nafarga yaqin xorijiy sayyohlarni qabul qildik " - deb aytib o 'tadi.

Shunigdek agroturizmni rivojlantirish borasida O 'zbekistonning ko 'plab Davlat universitetlarida agroturizm yo 'nalishlari ochildi. Misol tariqasida Hozirda Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filialida hozirda 3 yildan beri agroturizm yo 'nalishi talabalari tahsil olib kelishmoqda. Agroturizm yo 'nalishi talabalari o 'zlarining amaliyotlari turli xildagi hududlarda o 'tashmoqda. Yaqindagina 2-kurs agroturizm yo 'nalishi talabalari Samarqand shahrida joylashgan "Oq amur" ko 'ngilochar maskaniga tashrif buyurishdi. Bu hududda baliq yetishtirish, baliqlarni ovlash va o 'sha joyning o 'zida baliqlarni pishirish va pishirtirish imkoniyatlari mavjud. Bu hudud aynan agroturizmning baliqchilik shakli tashkil etilgan va bu hudud talabalar uchun qulay amaliyot hududi hisoblanadi.

taklifni berib o'tdik ya'ni agroturizmni rivojlantirishda bizga ko'plab tur operatorlari, institutlar, malakali ishchi kuchi, maxsus savdo shahobchalari, ovqatlanish shaxobchalari, sport va dam olish maskanlari, transport xizmatlari va yetarlicha fermerlar kerak hisoblanadi.

O'zbekistonda agroturizm sohasi bo'yicha bir qator muammolar mavjud hisoblanadi. Maqolada muammolar keltirib o'tilgan. Eng katta muaommalardan biri bu O'zbekistonda agroturizmning iqtisodiyotdagi roli hisoblanadi. Chunki agroturizm qishloq xo'jaligining bir qismi hisoblanadi. Shuningdek agroturizmni rivojlantirish uchun barcha resurlarni O'zbekiston iqtisodiyoti ta'minlab beradi. O'zbekistonda agroturizmni rivojlantirish davlat dasturlari hozirda faqat bitta dastur ishlab chiqilgan.

Mazkur maqolada qishloq xo'jaligi iqtisodiyotining bir qismi hisoblangan agroturizmning O'zbekistonda yangi kirib kelayotgan sohalardan biri ekanligi ko'rib o'tildi. Uni rivojlantirish orqali biz O'zbekistonda ish o'rinlarini, yangi texnologiyalarni, shunigdek bu soha yangi hisoblangani bois chet eldan ba'zi bir agoturizm turlarini olib kirishimiz, iqtisodiyotdagi o'rnini oshirishimiz, tadbirkorlarni daromad manbai bilan ta'minlashimiz mumkin. O'zbekistonda agroturizmga davlat aralashuvini kuchaytirish, davlat dasturlarini ishlab chiqish, tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash, ularga qulayliklar yaratish kabi masalalar ko'rib chiqildi. Shuningdek agroturizm rivojlanashida faqat davlat omili

Xulosa va takliflar. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak yuqoridagi jadvalda

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

emas, balki inson, ya'ni tadbirkolar ham uni rivojlantirishga harakat qilishlari kerak. REFERENCES

[1] L. Roberts and D. Hall, Rural tourism and recreation: Principles to practice. Cabi, 2001.

[2] D. Che, A. Veeck, and G. Veeck, "Sustaining production and strengthening the agritourism product: Linkages among Michigan agritourism destinations," Agric. Human Values, vol. 22, pp. 225-234, 2005.

[3] B. Nosirov, G. Baratova, and A. Raimbayev, "Ways to Develop Agro tourism in Uzbekistan," Eur. J. Bus. Startups Open Soc., vol. 2, no. 3, pp. 20-24, 2022.

[4] S. K. Dixit, K. C. S. Langstieh, and A. Abraham, "Integrating indigenous knowledge and rural tourism in Kongthong, the „whistling village' of India," Worldw. Hosp. Tour. Themes, vol. 15, no. 1, pp. 41-51, 2023.

[5] K. Bhatta and Y. Ohe, "A review of quantitative studies in agritourism: The implications for developing countries," Tour. Hosp., vol. 1, no. 1, pp. 23-40, 2020.

[6] C. Tew and C. Barbieri, "The perceived benefits of agritourism: The provider's perspective," Tour. Manag., vol. 33, no. 1, pp. 215-224, 2012.

[7] C. Barbieri, S. Sotomayor, and F. X. Aguilar, "Perceived benefits of agricultural lands offering agritourism," Tour. Plan. Dev., vol. 16, no. 1, pp. 43-60,

[8] C. Barbieri, "Agritourism research: A perspective article," Tour. Rev., vol. 75, no. 1, pp. 149-152, 2020.

[9] B. J. Schilling, W. Attavanich, and Y. Jin, "Does agritourism enhance farm profitability?," J. Agric. Resour. Econ., pp. 69-87, 2014.

[10] R. Sharpley and J. Sharpley, Rural tourism. An introduction. International Thomson Business Press, 1997.

[11] M. Sznajder, L. Przezborska, and F. Scrimgeour, "Agritourism," Eur. J. Tour. Res., vol. 2, no. 2, pp. 197-199, 2009.

[12] E. Togaymurodov, M. Roman, and P. Prus, "Opportunities and Directions of Development of Agritourism: Evidence from Samarkand Region," Sustainability, vol. 15, no. 2, p. 981, 2023.

[13] M. Matyakubov, A. Rakhimbaev, B. Rocchi, and O. Turaev, "An evolutionary framework of Italy agritourism development: actual experience for the acceleration of the agritourism growth in Uzbekistan," ISJ Theor. Appl. Sci. 06, pp. 406-414, 2022.

[14] U. Matyakubov and E. Defrancesco, "Role of agritourism in sustainable rural development in Uzbekistan: Insights from the Italian experience," Int. J. Econ. Commer. Manag., vol. 3, pp. 88-102, 2018.

2019.

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.