Научная статья на тему 'O’RTA ZARAFSHON HAVZASI AGROTURIZM IMKONIYATLARI'

O’RTA ZARAFSHON HAVZASI AGROTURIZM IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
43
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O’rta Zarafshon / UWNTO / agroturizm / turizm qishlog’i / Konigil / Choshtepa

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Suvanova Dilsora Nuraliyevna

Ushbu maqolada O’rta Zarafshon havzasi va uning turizm imkoniyatlari ayniqsa havzaning agroturizm resurslari, ularning havza bo’yicha tarqalishi va shu kabilar keng yoritib berilgan. Asosiy e’tibor esa havzaning agroturizm imkoniyatlari va ularni kelajakda yanada rivojlantirish istiqbollariga qaratiladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’RTA ZARAFSHON HAVZASI AGROTURIZM IMKONIYATLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

O'RTA ZARAFSHON HAVZASI AGROTURIZM IMKONIYATLARI Suvanova Dilsora Nuraliyevna

Samarqand Davlat Universiteti magistranti

suvanovadilsora@gmail. com https://doi.org/10.5281/zenodo.8012371

Annotatsiya. Ushbu maqolada O'rta Zarafshon havzasi va uning turizm imkoniyatlari ayniqsa havzaning agroturizm resurslari, ularning havza bo'yicha tarqalishi va shu kabilar keng yoritib berilgan. Asosiy e 'tibor esa havzaning agroturizm imkoniyatlari va ularni kelajakda yanada rivojlantirish istiqbollariga qaratiladi.

Kalit so'zlar: O'rta Zarafshon, UWNTO, agroturizm, turizm qishlog'i, Konigil, Choshtepa,

O'rta Zarafshon havzasi va uning turistik imkoniyatlarini o'rganish, zaruriy chora -tadbirlarini bеlgilash, hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Chunki qadimdan svilizatsiya uchog'i bo'lib kelgan O'rta Zarafshon vodiysida kеyingi yillar mobaynida sodir bo'layotgan o'zgarishlar ayniqsa Samarqandda bo'layotgan voqealar bunga yorqin misoldir. Mavzuni yoritishda hududning turistik imkoniyatlari ya'ni O'rta Zarafshon havzasida turizm va uning turlarini rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlar mavjudligi inobatga olingan. Bugungi kunda dunyo mamlakatlari tajribasidab kelib chiqqan holda qaraydigan bo'lsak, turizm bu iqtisodiyotning eng serdaromad va tez sur'atlarda rivojlanib borayotgan tarmoqlaridan biri ekanligini ko'rishimiz mumkin, bu esa mavzuning naqadar dolzarbligini bildirib turibdi. Mamlakatimizning qishloq joylari va ularning tabiiy resurslaridan turistik maqsadlarda foydalanish hamda ularda turizm va uning turlarini majmuali tashkil etishning naqadar qulayligini hisobga olib mavjud barcha turizm turlarini birlashtirgan holda qishloq turizmi deb nomlaymiz hamda mazkur turizmni rivojlantirish va joylashtirish dasturlarini ishlab chiqsak foydadan holi bo'lmaydi. Biz uchun eng muhim jihat shundaki agroturizmni rivojlantirish havza maydonida ichki turizmni rivojlantirish va uni to'g'ri tashkil qilish asosi ekanligini anglamog'imiz lozim. Ma'lumki, ichki turizm Butun jahon turizm tashkiloti (UWNTO)ning tasnifi bo'yicha bir mamlakat aholisining o'z davlati ichida turistik faoliyatni amalga oshirishi deb tushuniladi. Aynan qishloqlarda joylashgan turistik resurslar ichki turizmning asosiy oyektlari bo'lib hisoblanadi.

Mavzuni keng yoritishdan avval biz O'rta Zarafshon havzasiga, uning tabiiy-geografik tavsifiga to'xtalib o'tsak. Chunki joy haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lmay turib, uning turistik imkoniyatlarini to'la-tukis yoritib bo'lmaydi. O'rta Zarafshon havzasi O'zbekistonning markaziy qismini, yer po'stining tektonik jarayonlari ta'sirida cho'kkan Zarafshon vodiysining respublikamizga qaraydigan o'rta qismini o'z ichiga oladi. Lekin, biz Orta Zarafshon okrugi deganda faqat Ozbekiston hududidagi Samarqand botigi deb ataluvchi qisminigina tushunamiz. Samarqand qadimdan markaziy shaharlardan bo'lib kelganligi hech kimga sir emas. Shahar necha ming yillar davomida shakllanib, taraqqiy etib kelayotgan shonli tariximizga guvohlik qiladi. Havzada joylashgan Samarqand shahri bilan birga shahar tashqarisidagi qishloqlarda ham turizm va uning zamonaviy turlarini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlar yetarli. Shaharning sershovqin hayotidan va kundalik bir xillikdan zerikkan aholi shahar tashqarisida joylashgan hududlarga ya'ni qishloqlarga tomon intilmoqda. Qishloqlarda dam olish, uning musaffo havosidan bahramand bo'lish, betakror tabiatidan tuyib-tuyib zavqlanish kishilarga uzgacha

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

rohat bag'ishlaydi. Bu esa o'z navbatida insonning ish faolligini oshirishga xizmat qiladi. Bugungi kunda turistlarning qishloq joylariga borishlari, mahalliy aholi bilan tanishuvi va muloqotga kirishishi, qishloq hayoti bilan hamnafas bo'lishi va o'zlarining ham bevosita unga aloqadorligi, qishloq xo'jalik ishlari bilan shug'illanish, qishloq tabiati qo'ynida dam olib hordiq chiqarishi, turli xil sport turlari bilan shug'illanishi, yovvoyi va uy hayvonlariga bo'lgan munosabatining o'zgarishi va ulardan foydalish masalan, otda yoki tuyalarda sayr qilish, it, mushuk boqib olish va shu kabi boshqalar bularning barchasi turizmda qishloq turizmi ya'ni agroturizmning imkoniyatlari benihoyatda katta ekanligini ko'rsatadi.

O'zbekiston shu jumladan O'rta zarafshon havzasida ahroturizm faoliyati hali hanuz to'laligicha rivojlanib ulgurmagan bo'lsa-da, hududdan agroturizm maqsadlarida foydalanish uchun barcha sharoitlar mavjuddir. Vohada agroturizmni rivojlantirish va uni to'g'ri tashkil qilishning amaliy ahamiyati naqadar yuqori ekanligini anglab yetishimiz zarur. Turizmning mazkur tarmog'ini qishloq joylarda rivojlantirish orqali joylarda mavjud muammolarga yechim topishga ham erishishimiz mumkin. Masalan, birinchi navbatda qishloq aholisi o'rtasida mavjud ishsizlik muammosiga yechim topish va boshqalar.

Barchamizga ma'lumki, yurtimizga tashrif buyuruvchi chet ellik sayyohlarning asosiy qismini xalqimizning milliy turmush tarzi, urf-odatlariga nisbatan qiziqish bildirishini ko'rishimiz mumkin. Shu munosabat bilan Samarqand viloyatida sayyohlar uchun yangi turizm yo'nalishlarini ochish ularga sifatli xizmat ko'rsatishni tashkil etishga harakat qilinmoqda. Jumladan, hukumatimiz tomonidan viloyat hududida 5 ta turizm qishloqlarini tashkil etish ishlari boshlab yuborilgan. Hamda ularga Urgut tumanida joylashgan Tersak qishlog'i, Samarqand tumanida Konigil, Payariq tumanidagi Choshtepa, Nurobod tumanidagi Oqsoy, Kattaqo'rg'on tumanidagi Andoqsoy hamda Qo'shrabot tumanidagi Pangat qishloqlarini turizm qishlog'iga aylantirish yo'lidagi amaliy ishlar davom etib kelmoqda. Mazkur turizm qishloqlarida xizmat ko'rsatishning bir qator turlari, ya'ni oilaviy mehmon uylari, milliy taomlar tayyorlaydigan umumiy ovqatlanish shoxobchalari bilan birga milliy hunarmandchiligimiz na'munalari bo'lgan kulolchilik, kashtachilik kabi bir qancha xizmat turlari samarali yo'lga qo'yilmoqda. Mazkur loyihalarni ishga tushirish orqali 400 ta ish o'rni yaratilishi nazarda tutilgan. Samarqand tumanida joylashgan Konigil turizm qishlog'ining 2-bosqichining amalga oshirilishi doirasida 100 ta turizm obyekti va 500 dan ortiq yangi ish o'rinlari yaratiladi. Bu loyihaning o'ziga xos jihati shundan iboratki u bevosita Samarqand turizm markazi bilan bog'lanib ketadi.

Shuningdek, Nurobod tumanidagi Oqsoy turizm qishlog'ida doirasida Hazrati Dovud ziyoratgohiga tutash hududda loyiha miqdori 10 million AQSH dollari bo'lgan kanat yo'li qurilmoqda. Ushbu loyihaning 8 gektar hududida turizm kompleksi ham tashkil etiladi.

Urgut tumanining Qoratepa suv ombori hududida ekoturizm yo'nalishini rivojlantirish maqsadida yirik plyaj va cho'milish havzalari, Kattaqo'rg'on suv ombori hududida 5 ta tadbirkorlik subyekti tomonidan dam olish maskani va plyaj xizmatlari, shuningdek, viloyatda 21 ta qo'shimcha turistlar uchun suzish va cho'milish havzalari tashkil etilmoqda. Viloyatda tibbiyot turizmi yo'nalishida ham imkoniyatlar juda yuqori. Ayniqsa Nurobod tumanida rodonli suv bilan davolashga ixtisoslashtirilgan sihatgohlarni birlashtirgan holda tibbiyot turizmi klasterini tashkil etish, Kattaqo'rg'on tumanidagi "Ergash ota" sihatgohi faoliyatini yanada kengaytirish hisobiga qo'shni mamlakatlardan tashrif buyuruvchi sayyohlar oqimini oshirish bo'yicha keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda. Samarqand tumanida barpo

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

etilayotgan «Intramed» sihatgohi ham chet el turistlariga moslashtirilyapti. Bularning barchasi Samarqandda turizm imkoniyatlari kengayib, u yanada istiqbolli sohaga aylanib borayotganidan dalolat beradi. Qishloq turizmini ya'nikim agroturizmni rivojlanishida muhim bo'lgan tamoyillardan yana biri agroturistik mahsulotlar, o'rta daromadga ega iste'molchilar talabini qondirayotganligi bilan izohlanadi. Bugungi kunga kelib bunday toifadagi iste'molchilar agroturizm segmentida juda katta ulushni tashkil qiladi. Ushbu sohada yaratilayotgan turmahsulotlar nisbatan kam harajat talab qiladi. Umuman olganda Samarqand viloyatining barcha tuman va hududlarida agroturizmni rivojlantirish imkoniyati juda yuqori 2020 yilda tashkil etilgan Samarqand tumanidagi Konigil qishlog'ida 3,0 gektar hududda uzunligi 840 metr piyodalar yo'lagi tashkil etildi. 38 ta turistik hamda xizmat ko'rsatish ob'yekti ishga tushirildi. Joriy yilda mazkur loyihaning ikkinchi bosqichi amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, Urgut tumanidagi Tersak, Qo'shrabot tumanidagi Pangat, Kattaqo'rg'on tumanida Andoqsoy va Payariq tumanidagi Choshtepa qishloqlari turistik go'shaga aylantirilmoqda. Joriy yilda Samarqand tumani Konigil mahallasida joylashgan "Konigil House" gastronomik va etnik-animatsion markazi yangi yo'nalish sifatida kiritildi. Bu yil yana Samarqanddagi Bog'ibaland anjirzorlarini ham yo'nalishga kiritib, sayyohlarning ushbu jannat mevasidan tatib ko'rishlari va bu bog'lar bilan tanishishlari uchun qulaylik yaratish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, keyingi paytda viloyatda agroturizm va sog'lomlashtirish turizmi ham ommalashib, ushbu yo'nalishlarda ham sayyohlar oqimi oshmoqda. Tahlillar shuni ko'rsatdiki, Samarqandga xorijdan kelayotgan sayyohlarning ko'p qismi xalqimizning boy san'ati va madaniyati, betakror folklor va etnografik asarlarimizga, milliy xalq o'yinlarimizga ham juda qiziqadi. Shundan kelib chiqib, madaniy-ma'rifiy turizm marshrutiga "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivali, Registon maydonidagi Sherdor va Mirzo Ulug'bek madrasalarida folklor guruhlarining konsert dasturlari, tumanlarda "Chavqi", "Beshqarsak", "Sarbozi" folklor jamoalarining chiqishlari, Registonda 3D shousi, "El-merosi" milliy madaniy teatri, "Uloq-ko'pkari" o'yinlari, alla aytish, chaqaloqni beshikka belash marosimlarini namoyish etish qo'shildi. Xususan, yaqinda Bulung'ur tumanida "Baxshilar festivali" tashkil etildi. Mavzu yuzasidan yana bir qator ma'lumotlarni keltirib o'tish mumkin ammo endi xulosaga kelish lozim. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, nafaqat Samarqand balki butun O'zbekiston hududi turizmni rivojlantirish uchun juda katta potensialga ega bo'lishiga qaramay hali bu sohani to'laqonli rivojlantirish uchun ayrim muammolar o'z yechimini topishini kutmoqda. Bunday muammolarga turizm infratuzilmasi va industriyasining yaxshi rivojlanmaganligi, malakali kadrlarning yetishmasligi, turistik marshrutlarning talab darajasida emasligi va shu kabilarni sanab o'tishimiz mumkin. Global dunyoda mamlakat iqtisodiyotiga daromad keltiradigan va aholiga xizmat ko'rsatadigan sohalarga bo'lgan talab oshib boraveradi va bu esa aynan mazkur tarmoqlarni rivojlantirishni taqozo etadi. Turizm sohasini yanada rivojlantirish va mamlakatimizga turistlar oqimini kengaytirish uchun amalga oshirishimiz kerak bo'lgan tizimli ishlar mavjud bo'lib, ularni amaliy ahamiyatini oshirish uchun quyidagi takliflarni berib o'tishni lozim deb topildi.

1. Har bir hududdagi turistik obektlarni xaritalashtirish va uni elektron variantini yaratish;

2. Turistik obektlar haqida qisqa mitrajli video roliklar tayyorlash va ularni ommalashtirish,

3. Internet saytlari orqali reklamani kuchaytirish

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

4. Turistik marshrutlar tashkil qilish

5. Infratuzilmani yanada rivojlantirish

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi farmoni -Toshkent, 2017

2. Александрова А.Ю. Международный туризм: Учебник-М.:Аспект Пресс,2002

3. Хошимов М. Узбекистоннинг экологик туризми.-Самарканд, 2012

4. Usmanov M.R. Turizm geografiyasi: o'quv qo'llanma. — Samarqand, 2020

5. Комилова Ф. Халкаро туризм бозори. -Т.: TDIU, 2001.

6. Хайитбоев Р., Матякубов У. Экологик туризм.-Самарканд. 2010

7. Хайитбоев З., Амриддинова Р., Туризмнинг махсус турлари. Самарканд 2008

8. Нигматив А.Н Агротуризм ва унинг табиий географик жихдтлари. Монография.--Т.: «Навруз» нашриёти, 2018.

9. Хайитбоев Р. Узбекистоннинг чулларида туризмни ташкил килиш ва ривожлантиришнинг стратегик йуналишлари. Монография.-Самарканд.: СамИСИ, «STAP-SEL» МЧЖ. Нашриёт-матбаа булими, 2002.

10. Хайитбоев Р. Экологик туризм. Укув кулланма.-Т.: «Fan va texnologiyalar nashriyot-matbaa uyi», 2021.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.