Научная статья на тему 'QISHLOQ TURIZMI HAMDA AGROTURIZM VA QISHLOQ TURIZMINI RIVOJLANTIRISHDA INVESTITSIYALARNING AHAMIYATI'

QISHLOQ TURIZMI HAMDA AGROTURIZM VA QISHLOQ TURIZMINI RIVOJLANTIRISHDA INVESTITSIYALARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
1038
154
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Builders of the future
Область наук
Ключевые слова
turistik klaster / agroturizm va qishloq turizmi / turistik mehmonxonalar / ekoturizm / ziyorat turizmi / taʼlim turizmi / tibbiy turizm / etnoturizm. / туристический кластер / агротуризм и сельский туризм / туристские гостиницы / экотуризм / паломнический туризм / познавательный туризм / медицинский туризм / этнотуризм.

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — R. Amriddinova, S. Islomov

Maqolada Oʻzbekistonda agroturizm va qishloq turizmini rivojlantirish imkoniyatlari va bosqichlari hamda uning tarkibiy qismlari toʻliq yoritilgan. Tahlil uchun qishloq xoʻjaligi va turistik klasterni joriy qilish imkoniyatlari asos qilib olingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ВАЖНОСТЬ ИНВЕСТИЦИЙ В РАЗВИТИЕ СЕЛЬСКОГО ТУРИЗМА И АГРОТУРИЗМА И СЕЛЬСКОГО ТУРИЗМА

В статье подробно описаны возможности и этапы развития агротуризма и сельского туризма в Узбекистане, а также его составляющие. В основу анализа положена возможность внедрения агротуристического кластера.

Текст научной работы на тему «QISHLOQ TURIZMI HAMDA AGROTURIZM VA QISHLOQ TURIZMINI RIVOJLANTIRISHDA INVESTITSIYALARNING AHAMIYATI»

Builders of The Future SJIF-2022-5.752

BUILDERS OF THE FUTURE

journal homepage:

https://kelajakbunyodkori.uz/

THE IMPORTANCE OF INVESTMENT IN THE DEVELOPMENT OF RURAL TOURISM AND AGROTOURISM AND RURAL TOURISM

R. Amriddinova

Associate Professor

Samarkand Institute of Economics and Service Samarkand, Uzbekistan

S. Islomov

Master's student

Samarkand Institute of Economics and Service Samarkand, Uzbekistan

ABOUT ARTICLE

Key words: tourism cluster, agrotourism and rural tourism, tourist hotels, ecotourism, pilgrimage tourism, educational tourism, medical tourism, ethnotourism.

Received: 02.06.22 Accepted: 04.06.22 Published: 06.06.22

Abstract: The article describes in detail the opportunities and stages of development of agritourism and rural tourism in Uzbekistan, as well as its components. The analysis is based on the possibility of introducing an agricultural and tourism cluster.

QISHLOQ TURIZMI HAMDA AGROTURIZM VA QISHLOQ TURIZMINI RIVOJLANTIRISHDA INVESTITSIYALARNING AHAMIYATI

R. Amriddinova

Dotsent

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Samarqand, O'zbekiston

S. Islomov

Magistratura talabasi

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

Samarqand, O'zbekiston

MAQOLA HAQIDA

Kalit so'zlar: turistik klaster, agroturizm va qishloq turizmi, turistik mehmonxonalar, ekoturizm, ziyorat turizmi, ta'lim turizmi, tibbiy turizm, etnoturizm._

Annotatsiya: Maqolada O'zbekistonda agroturizm va qishloq turizmini rivojlantirish imkoniyatlari va bosqichlari hamda uning tarkibiy qismlari to'liq yoritilgan. Tahlil uchun qishloq

xo'jaligi va turistik klasterni joriy qilish imkoniyatlari asos qilib olingan_

ВАЖНОСТЬ ИНВЕСТИЦИИ В РАЗВИТИЕ СЕЛЬСКОГО ТУРИЗМА И АГРОТУРИЗМА И СЕЛЬСКОГО ТУРИЗМА

Р. Амриддинова

Доцент

Самаркандский институт экономики и сервиса Самарканд, Узбекистан

С. Исломов

студент магистратуры

Самаркандский институт экономики и сервиса Самарканд, Узбекистан

О СТАТЬЕ

Ключевые слова: туристический Аннотация: В статье подробно описаны кластер, агротуризм и сельский туризм, возможности и этапы развития агротуризма и туристские гостиницы, экотуризм, сельского туризма в Узбекистане, а также его паломнический туризм, познавательный составляющие. В основу анализа положена туризм, медицинский туризм, этнотуризм. возможность внедрения агротуристического _кластера._

KIRISH

O'zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishda xorijiy davlatlarni tajribasidan foydalanish bugungi kuning dolzarb masalalaridan biri bo'lib qolmoqda. Shu sababli ham turizmni rivojlantirishga kapital oqim va investitsiyalarni jalb qilishda xorijiy tajribalarni o'rganish xususan, tez sur'atlarda rivojlanayotgan mamlakatlar tajribasidan foydalanish mamlakatimizga ko'proq samara keltiradi. Jahon bozorlarida bo'sh investitsion resurslarga bo'lgan talab va takliflarga qaraganda sezilarli ko'paymoqda, shuning uchun mamlakatlar tashqi va ichki investitsiyalarni jalb qilish bo'yicha eng qulay sharoitlarni yaratishga harakat qilmoqdalar. Shunday ekan, ko'pgina mamlakatlarning soliq tizimi investorlar uchun yengillik va qulayliklarni ko'rib chiqmoqda, jumladan korxona foydasidan past stavka bo'yicha soliq undirish, investitsiya hajmiga qarab soliq imtiyozlarini tabaqalash, kapital kiritilishi sohasiga qarab soliq stavkalarini kamaytirish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatining dastlabki yillarida soliq to'lovlaridan ozod qilish, maxsus erkin iqtisodiy hududlarda agroturizm va qishloq turizmini rivojlantirishda soliq stavkalarini kamaytirish va boshqa soliq imtiyozlari qo'llash muhim ahamiyat kasb etadi.

ASOSIY QISM

Rossiyalik olim A.B. Zdorov tomonidan agroturizm va qishloq turizmi tushunchasi quyidagicha ta'riflanadi ya'ni agroturizm va qishloq turizmi — qishloq xo'jaligiga yo'ldosh tarmoq bo'lib, dam olishni tashkil etish orqali qishloq aholisini ish bilan ta'minlash va kontingentni jalb etish orqali fuqarolarning daromadlari va asosiy ishlab chiqarish hajmini oshirishdir.

Ba'zi adabiyotlarda agroturizm va qishloq turizmi qishloq turizmining tarkibiy qismi ekanligi ta'kidlangan. Qishloq turizmining oldingi formasi yashash (joylashtirish) tushunchasi bilan qattiq bog'langan bo'lib, yuz yillar mobaynida mavjud bo'lib kelgan. Agroturizm va qishloq turizmi tushunchasi esa 1980 yillardan qo'llanila boshlangan. Asta-sekinlik bilan esa muomalaga qishloq turizmi termini kirib kelgan va agroturizm va qishloq turizmi qishloq turizmining bir qismi sifatida qarab kelingan.

Izlanishlarimiz natijasida mintaqada turizm yo'nalishini tashkil etishning innovatsion modellari turistik klaster yondashuvi asosida, jumladan agroturizm va qishloq turizmini rivojlantirishga investitsiyalarni jalb qilishning tashkiliy-iqtisodiy asoslari o'rganilgan bo'lib, istiqbolda qishloq xo'jaligida joriy etishni rivojlantirish bo'yicha ilmiy xulosalar va takliflar ishlab chiqilgan. Tadqiqotning metodologik asosi nazariy va amaliy ma'lumotlarni, adabiy manbalar va nashrlarni o'rganish natijasida shakllantirildi. Tadqiqotda nazariya va amaliyot o'rtasidagi bog'liqliklarga asoslanib, shu bilan birgalikda tahlil, taqqoslash, analogiya va sintez kabi usullardan foydalanilgan.

Hozirgi kunda agroturizm va qishloq turizmini tez sur'atlar bilan rivojlanib borishi natijasida, xorijiy turistlarning diqqatini o'ziga tortmoqda. Agroturizm va qishloq turizmi Italiya, Ispaniya, Irlandiya, Fransiya, Shvesariya, Skandi-naviya mamlakatlarida rivojlanish bo'yicha yetakchi hisoblanadi. Agroturizm va qishloq turizmidan keladigan daromad turizmdan keladigan daromadning 10-20 %ini tashkil qilmoqda. Agroturizm va qishloq turizmi sohasida investitsion jarayonlarni faollashtirish liberal amortizatsiya to'g'risidagi qonunga muvofiq, xususan AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya, Italiya, Fransiya, Shvesiya, Shvesariya va boshqa mamlakatlarda anchadan buyon amal qiluvchi tezlashtirilgan amortizatsiya usullarini qo'llash orqali amalga oshiriladi. Xususan, Angliyaning mehnat resurslari bo'yicha nazoratchilari ma'lumotlariga qaraganda, Amerika va Yaponiya sanoatining umumiy samaradorligi 15 %ga ko'tarildi, bunga sabab ishchi kuchlaridan foydalanish xarakterining o'zgarishi kapital qo'yilmalar - 25 %, texnologiyalardagi o'zgarish-lar -60%ga teng bo'ldi.

Jumladan, Samarqand viloyati bo'yicha istiqbolli investitsiya loyihalarini Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki mablag'lari hisobidan moliyalashtirish orqali 2019-2025 yillarda O'zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivoj-lantirish Konsepsiyasi qulay iqtisodiy sharoitlar va omillarni yaratish bo'yicha olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirish, turizm sohasini jadal rivojlantirish bo'yicha ustuvor maqsad va vazifalarni belgilash, uning iqtisodiyotdagi o'rni va ulushini oshirish, xizmatlarni diversifikatsiyalash va ularning sifatini oshirish bo'yicha turizm infratuzilmasini takomillash-tirishga qaratilgan.

Ma'lumotlarga qaraganda, 2019 yilda respublikamizda 449 ta turistik tashkilotlar va 816 ta mehmonxonalar faoliyat yuritgan. 2017 yilda xorijiy turistlar qariyb 2,7 mln. kishiga va mahalliy turistlar soni 2,1 mln7 kishiga yetdi, bu oldingi yilga nisbatan mos ravishda 33,3 % va 16,6 % ga ko'p

degani. Shu nuqtai nazardan respublikamizning bir nechta oliy va o'rta maxsus ta'lim muassa-salarida turizm sohasiga oid mutaxassislar tayyorlanadi va ularni kelgusida ish bilan ta'minlash uchun turistik ob'ektlarni ko'paytirish maqsadga muvofiqdir. Bunda mavjud turistik korxonalarning xizmatlari ro'yxatiga agroturistik xizmatlarni ham qo'shgan holda xorijiy turistlarni jalb qilish mumkin. Shu bois, agroturizm va qishloq turizmi qishloq xo'jalik korxonalariga va qishloq aholisiga yuqori foyda olish imkoniyatini berishi mumkin. Chunki, ular mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda, agroturxizmatlar va mahsulotlarni taklif etishlari mumkin.

XULOSA

Respublikamizda agroturizm va qishloq turizmini tashkil etish orqali qishloqda yangi ishchi o'rinlari yaratiladi; ekologik toza mahsulot ishlab chiqarishga harakat qilinadi; qishloqqa pul mablag'lari, shu bilan birga xorijiy valyuta oqib kirishi ortadi; qishloqning farovonligi oshadi; qishloqda zamonaviy ijtimoiy maishiy infrastruktura yaxshilanadi va yangilari yaratiladi; yangi servis xizmat bilan bog'liq bo'lgan kasblar hosil bo'ladi; hunarmandchilik rivojlanadi. Agroturizm va qishloq turizmining mavsumiy xarakterga ega ekanligi, yaratilayotgan turxizmatlar va agroturmahsulotlarning import mahsulotlar bilan raqobatlasha olish qobiliyati, yuqori malakali kadrlar yetishmasligi, hududlardagi madaniy muhitga zarar yetkazilishi mumkinligi uning bir maromda o'sishiga va rivojlanishiga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Shu bois, mamlakatimizda agroturizm va qishloq turizmini rivojlantirish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur:

Birinchidan, agroturistik xizmatlarga bo'lgan talabni o'rganish va turistlar qanday dam olish joylarini afzal ko'radi. Masalan, xorijiy tadqiqotchilarning natijasiga ko'ra, agroturizm va qishloq turizmining ekoturizm va etnoturizm ko'rinishi bilan qiziqishgan. Agroturistik xizmatlarni sotib oluvchilarni o'rganish va agroturistik xizmatlarga qanday narx belgilash zarurligi. Bozorni o'rganish-agroturistik mahsulotlar harakatini aniqlash.

Ikkinchidan, agroturizm va qishloq turizmi bilan shug'ullanmoqchi bo'lgan oilaviy tadbirkorlar va fermer xo'jaliklarining zarur bo'lgan moddiy-texnik bazasi o'rganiladi. Qishloqning infratuzilmasi o'rganiladi va kamchiliklar bartaraf etiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son «O'zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida»gi Farmoni, www.lex.uz

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi PQ-3217-son «2018-2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlari tadbirlar to'g'risida»gi Qarori. www.lex.uz

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi PQ-3514-son «Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida»gi Qarori. www.lex.uz

4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 2 apreldagi 03/1-220- son bilan tasdiqlangan «Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarda namunali fermer xo'jaliklarini sayyohlarga xizmat ko'rsatishga moslashtirish, ularga sayyohlarni jalb qilish hamda ularning mamlakatimizda bo'lish muddat-larini uzaytirish maqsadida agroturizm va qishloq turizmini rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi». www.lex.uz

5. Azizkulov B.X., Siddiqov A.A. Assessment of the features of investment in the development of agrotourism based on a cluster approach. Journal of innovations in economy. 2021. Vol. 4, Issue 1. (40-48) pp. DOI 10.26739/2181-9491-2021-1-6.

6. Busby G., Rendle S. (2000). The transition from tourism on farms to farm tourism. Tourism Management, 21(6): 635-642. DOI:10.1016/S0261-5177(00)00011-X.

7. Здоров А.Б. Организационно-экономические основы развития аграрного туризма. Автореферат диссертации на соискание ученой степени доктора экономи-ческих наук. Москва - 2011.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.