Научная статья на тему 'AGROTURIZM: QISHLOQ XOʻJALIGINI BARQAROR RIVOJLANTIRISH MUQOBIL MEXANIZMI'

AGROTURIZM: QISHLOQ XOʻJALIGINI BARQAROR RIVOJLANTIRISH MUQOBIL MEXANIZMI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

471
67
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qishloq xoʻjaligi / qishloq hududi / fermer xoʻjalikalri / turizm / agroturizm. / Agriculture / rural area / farmer / tourism / agro-tourism

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — E. B. Togʻaymurodov

Ushbu tadqiqot Samarqand viloyatida agroturizmni rivojlantirishga bagʻishlangan boʻlib, u bir qancha ilmiy tadqiqotlar va statistik maʼlumotlarga asoslangan. Samarqand viloyati Oʻzbekistonning yirik viloyatlaridan biri va u Zarafshon daryosi havzasida joylashgani uchun hudud tabiiy resurslarga juda boy. Bu qishloq xo„jaligi va turizm sohasi faoliyati uchun katta imkoniyatdir. Agroturizm fermerlarning daromadlarini oshirish va qishloqlarni rivojlantirish uchun foydali muqobil faoliyat sifatida tilga olinadi. Tadqiqot Samarqandda agroturizmning rivojlanishiga bagʻishlangan boʻlib, u bir qancha ilmiy izlanishlar va statistik maʼlumotlarga asoslanadi hamda agroturizm faoliyati uchun katta imkoniyatlar mavjud.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The study deals with agritourism in Samarkand Region, and it is based on several scientific researchs and statictical data. Samarkand Regoin is one of the large regions of Uzbekistan. It is located in the basin of the Zarafshan river and therefore the region is very rich in natural resources. This is a great opportunity for the activities of agriculture and tourism. Agritourism is being mentioned as a useful alternative activity for income growth on farmers and rural development. The study deals with the development of agritourism in Samarkand, and it is based on several scientific researchs and statictical data as well as there is a great opportunity for agritourism activities.

Текст научной работы на тему «AGROTURIZM: QISHLOQ XOʻJALIGINI BARQAROR RIVOJLANTIRISH MUQOBIL MEXANIZMI»

AGROTURIZM: QISHLOQ XO'JALIGINI BARQAROR RIVOJLANTIRISH

MUQOBIL MEXANIZMI

E. B. Tog'aymurodov

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali, katta o'qituvchi

ANNOTATSIYA

Ushbu tadqiqot Samarqand viloyatida agroturizmni rivojlantirishga bag'ishlangan bo'lib, u bir qancha ilmiy tadqiqotlar va statistik ma'lumotlarga asoslangan. Samarqand viloyati O'zbekistonning yirik viloyatlaridan biri va u Zarafshon daryosi havzasida joylashgani uchun hudud tabiiy resurslarga juda boy. Bu qishloq xo'jaligi va turizm sohasi faoliyati uchun katta imkoniyatdir. Agroturizm fermerlarning daromadlarini oshirish va qishloqlarni rivojlantirish uchun foydali muqobil faoliyat sifatida tilga olinadi. Tadqiqot Samarqandda agroturizmning rivojlanishiga bag'ishlangan bo'lib, u bir qancha ilmiy izlanishlar va statistik ma'lumotlarga asoslanadi hamda agroturizm faoliyati uchun katta imkoniyatlar mavjud.

Kalitli so'zlar: qishloq xo'jaligi, qishloq hududi, fermer xo'jalikalri, turizm, agroturizm.

ABSTRACT

The study deals with agritourism in Samarkand Region, and it is based on several scientific researchs and statictical data. Samarkand Regoin is one of the large regions of Uzbekistan. It is located in the basin of the Zarafshan river and therefore the region is very rich in natural resources. This is a great opportunity for the activities of agriculture and tourism. Agritourism is being mentioned as a useful alternative activity for income growth on farmers and rural development. The study deals with the development of agritourism in Samarkand, and it is based on several scientific researchs and statictical data as well as there is a great opportunity for agritourism activities.

Keywords: Agriculture, rural area, farmer, tourism, agro-tourism.

Kirish. XX asrning dastlabki yillaridan boshlab butun insoniyat hayotida ulkan o'zgarishlar namoyon bo'lgan. Bunday katta o'zgarishlar fan-texnika taraqqiyotida, zamonaviy texnologiyalar yaratilishida hamda boshqarish sohalarida o„z aksini ko'rsatmoqda. So'nggi

October 5-6

95

yillarda xalqaro turistlar oqimi yiliga o'rtacha 7-10 foizga o'sayotganligi kuzatilmoqda, bu esa turizm sanoatini jahon yalpi ichki mahsulotining qariyb 10 foizdan ortiqrog'ini tashkil etuvchi eng yirik va tez suratlarda o'sib borayotgan iqtisodiy tarmoqlarning biriga aylandi va mazkur sohaga 2020 yilda xalqaro turistlar soni 900 million kishidan oshganligini ko'rsatmoqda. Jahon miqyosida turizm sanoatining bandlik imkoniyatlarini oshirish, chet el valyutasini olib kelish, to'lov balansi afzalliklarini ta'minlash va infratuzilmani rivojlantirish vositasi sifatida qaraladi hamda u dunyodagi xizmatlar eksportining taxminan 35% va eng kam rivojlangan mamlakatlarda 70% dan ortig'ini tashkil qilmoqda.

Turizm XX asrga kelib insonlarning sayyohlik sohasiga intilishlari kuchaydi va turizm sanoatining rivojlanishiga katta turtki bo'ldi. Shu sababli ham, uni iqtisodiy faoliyat sifatida ko'proq jalb qilishga e'tibor o'tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlangan [7] va butun dunyo bozorida eng tez rivojlanayotgan tarmoqlardan biri ham turizm tarmog'i hisoblanadi [1]. Xalqaro turizm oqimlari va daromadlari so'ngi yillarda barqaror o'sishini ko'rsatmoqda. Shuningdek, xizmat ko'rsatish sohasi O'zbekiston iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning eng muhim manbai va omili hisoblanadi [3]. Bu esa turizm sohasining qanchalik darajada mamlakatlar iqtisodiyoti tizimida hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Shunisi ahamiyatliki, turizm rivojlanishi natijasida qishloq xo'jaligi, sanoat, transport, bozor infratuzilmasi, savdo-sotiq, oziq-ovqat tarmoqlari, qurilish, hunarmandchilik, qishloq hududlari va boshqa xizmat ko'rsatish tarmoqlari ham rivojlanib boradi. Turizm sohasi bilan hamkorlik qilish iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini faollashtiradi, mintaqalardagi mavjud resurslardan samarali foydalanishga, qishloq hududlarining zamonaviy rivojlanishiga, odamlarning yashash darajasi va farovanligini yaxshilashga hamda xizmat ko'rsatish sohasi xodimlarining malakasi oshib borishiga ijobiy ta'sir qiladi. Bu albatta, iqtisodiy taraqqiyotning asosiy omillaridan hisoblanadi. Taraqqiyot bu rivojlangan yoki rivojlanayotgan mamlakatlarda ham inson hayoti va atrof-muhit sifati barqarorligini belgilaydigan omil hisoblanadi. Turizm iqtisodiyotning bevosita o'ziga xos bo'lgan sohasi bo'lib, u mamlakat iqtisodiyotiga ham o'zining salmoqli hissasini qo'shadigan sohadir [13]. O'zbekiston iqtisodiyoti va yalpi ichki mahsulotining yildan yilga o'sib borishda bevosita qishloq xo'jaligi va turizm sohalari muhim o'ringa ega. Shu boisdan, qishloq xo'jaligi va qishloq hududlarini barqaror rivojlantirishda turizm sohasini ulushi bugungi kunda chet el mamlakatlari tajribasida ham o'z isbotini ko'rsatmoqda [4]. Turizmning juda ko'p turlari mavjud bo'lib, ularni bir qancha belgilari bo'yicha tasniflash mumkin. Mazkur tadqiqotda qishloq

October 5-6

96

hududlarini barqaror rivojlantirishda agroturizmning ahamiyatini o'rganishga qaratilgan. Turizmning bu shaklini rivojlantirish uchun O'zbekiston yetarli darajadagi potentsial va imkoniyatlar ega mamlakat hisoblanadi.

Agroturizm dunyoning rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarida "agroturizm", "agriturizm", "farm turizmi", "qishloq xo'jaligi turizmi" yoki "qishloq xo'jaligidagi ko'ngilochar" kabi turli xildagi nomlar va tushunchalar bilan tanilgan. Turizm bu turi, insonlarning bo'sh vaqtlarini ochiq va toza tabiat sharoitida madaniy dam olishlari, yangi bilimlarni, ta'lim olishni va fermer xo'jaliklariga qo'shimcha daromad olish uchun qishloq xo'jaligi tomonidan olib boriladigan har qanday agrobiznes faoliyatlar sifatida belgilanadi. Biror qishloq xo'jaligi faoliyati bilan bog'liq bo'lgan agro va agrobiznes faoliyatini kuzatish yoki shu jarayonda ishtirok etish uchun qishloq xo'jaligi faoliyati bilan shug'ullanadigan korxona(fermer xo'jalik)larga tashrif buyurishni anglatadi. Bu mehmondo'stlikni o'zida mujassam etgan va shu bilan birga tashrif buyuruvchilarga dehqonchilik-chorvachilik ishlarida yordam berish imkoniyatini beruvchi fermer xo'jaliklaridagi dam olish shaklidir. Agroturizm atamasi bir qancha tadqiqotchilar tomonidan turli ta'riflarda berilgan. Shu sababli agroturizmga oid mavjud adabiyotlarni ko'rib chiqish shuni ko'rsatadiki, hozirgacha agroturizm tushunchasiga aniq ta'rif berilmagan. Ilmiy adabiyotlarda qishloq xo'jaligiga asoslangan turizmda qo'llaniladigan bir qancha atamalar mavjud: fermer xo'jaligiga asoslangan turizm; dehqonchilik turizmi, fermada turizm, qishloq turizmi; agroturizm, agriturizm [2,5,6,8,9,12].

O'zbekistonda agroturizm faoliyati hali rivojlanmagan bo'lsa-da, mamlakatda agroturizmning afzalliklaridan foydalanish uchun qulay sharoitlar mavjud. O'zbekiston asosan qishloq xo'jaligi mamlakatidir, boshqa tomondan turizm hozirgi vaqtda mamlakatda eng tez rivojlanayotgan sohalardan biridir. Ayniqsa, taxminan so'ngi ikki o'n yillik davomida sayyohlik uchun qulay muhit yaratildi, bu mamlakatning boy tabiiy va madaniy resurslari bilan muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimizda agromurizm muhim rol o'ynashi mumkin bo'lgan barqaror turizmni rivojlantirish strategiyasiga ega bo'lishning muhimligi ta'kidlanmoqda. Jamiyat asosidagi turizm va turistik qishloqlarni turizmni rivojlantirish strategiyasi (20212026), qishloq xo'jaligi, o'rim-yig'im mavsumi, yovvoyi tabiat, dehqonchilik amaliyoti, san'at, madaniyat va din bilan bog'liq bo'lgan turistik faoliyatga asoslangan qiymat o'zgarishini oshirish kerak. Bunday istiqbolli rejalar mahalliy aholining ishtirokiga asoslangan bo'lib, bu agroturizmni rivojlantirish uchun ijobiy asoslarni yaratmoqda.

October 5-6

Shu nuqtai nazardan, O'zbekiton qishloq xo'jaligi tarmog'ining iqtisodiy-ijtimoiy farovonligini oshirish uchun samarali va erishiladigan muqobil amaliyot sifatida qaralishi mumkin bo'lgan agroturizmning afzalliklaridan foydalanishini, bu esa qishloqlarning rivojlanishiga olib keladi [13]. Shunday sababli ham, ushbu tadqiqotning maqsadi Samarqand viloyatidagi fermer xo'jaliklari uchun muqobil daromad manbai sifatida agroturizmni rivojlantirish imkoniyatlari va muammolarini aniqlashdan iborat.

Material va metodlar. Ushbu tadqiqot ma'lumotlarni tahlil qilishda asosan fermer xo'jaliklarida olib borilgan so'rovlar asosida birlamchi ma'lumotlar to'plandi. Mazkur ma'lumotlarni to'plash uchun qishloq xo'jaligi sohasida asosiy mahsulot ishlab chiqaruchi xo'jalik shakllaridan biri bo'lgan fermer xo'jaliklarida tanlab olindi. Tadqiqotning ob'yekti sifatida Samarqand viloyatida agroturizmni barqaror rivojlantirish borasidagi vazifalarni aniqlash maqsadida fermerlar bilan asosiy suhbatlar o'tkazildi. Bundan tashqari, tanlagan hududdagi agroturizm faoliyati bo'yicha ma'lumotlar to'plandi va ular tahlil qilindi. Keyingi yillarda Samarqand viloyatiga xalqaro va mahalliy sayyohlar tashrifi sezilarli darajada oshgan. 2019-yilda viloyatga jami ikki million sayyoh, jumladan, 650 ming xalqaro va 1,5 million mahalliy sayyohlar tashrif buyurgan. Bu hudud o'zining go'zal tabiati, tarixi, boy tabiiy resurslari, rang-barang geografiyasi va boy madaniy-merosi bilan mashhur. Samarqand O'zbekistonning eng mashhur sayyohlik yo'nalishlaridan biri bo'lib, ushbu viloyatning poytaxti hisoblanadi. Viloyatning Urgut, Payariq, Nurobod va Samarqand tumanlari diqqatga sazovor joylari, ziyoratgohlari, agroturizm resurslari va sport turizmi bilan mashhur sayyohlik maskanlari hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda, turizm sohasi Samarqandda asosiy daromad keltiruvchi sohalardan biridir hisoblanadi.

Tadqiqotning natijasi. So'nggi o'n yillikda O'zbekiston iqtisodiyoti tarmoq balansi nuqtai nazaridan tarkibiy o'zgarishlarni boshdan kechirdi. O'zbekiston asosan qishloq xo'jaligiga asoslangan iqtisodiyotga ega bo'lgan mamlakat edi, ammo bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotining jadal taraqqiyotini ta'minlash uchun tarkibiy islohotlarni amalga oshirish va qishloq xo'jaligi sohasini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Olib borilgan tadqiqot natijalarida Samarqand viloyatidagi qishloq xo'jaligi bilan shug'ullanmaydigan fermer xo'jaliklarining umumiy xususiyatlari, tadqiqot yo'nalishida agroturizmni rivojlantirish bo'yicha umumiy tanlovlar, agroturizm istiqbollari va mintaqadagi fermerlarda agroturizmni barqaror rivojlantirish

muammolari ko'rib chiqildi.

October 5-6

Samarqand viloyati o'zining qadimiyligi va betakror tabiati bilan O'zbekistonning mashhur viloyatlaridan biri bo'lib, xalq xo'jaligidagi muhim mintaqalardan biridir. Mamlakatimiz iqtisodiyotida qishloq xo'jaligi, sanoat va xizmat ko'rsatish sohasi ustunlik qiladi. Bularning orasida ikki asosiy tarmoq qishloq xo'jaligi va xizmat ko'rsatishlar muhim hisoblanadi. Qishloq aholisi o'z daromadlarini bevosita qishloq xo'jaligidan oladi. Shahar aholisining asosiy qismi turizm bilan shug'ullanadi va ularning asosiy daromad manbai turizm sanoati hisoblanadi. Viloyat qishloq xo'jaligi 2019-yilda O'zbekiston qishloq xo'jaligi yalpi ichki mahsulotining qariyb 13,5 foizini tashkil etgan va unda qishloq xo'jaligi, meva-sabzavotchilik, bog'dorchilik, chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik, baliqchilik sohalari bilan bir qatorda sanoat, oziq-ovqat sanoati, kimyo sanoati, mashinasozlik sohalari, qurilish va metallni qayta ishlash, metallurgiya, qurilish materiallari, qog'oz ishlab chiqarish, turizm sohalari ham yaxshi rivojlangan. Samarqand viloyati mamlakatimiz iqtisodiyotida qishloq xo'jaligi va turizm sohasida yuqori salohiyatga ega hudud hisoblanadi. Shu boisdan ham viloyat O'zbekistonning ikkinchi yirik hududi sifatida tan olingan.

Samarqand viloyati boshqa hududlar orasida mavjud imkoniyatlarining xilma-xilligi ko'ra O'zbekistonning mashhur sayyohlik yo'nalishlaridan biri sifatida tanilgan. Turizm sohasida bir qancha turistik xizmatlarga asoslangan turizm faoliyati muhim o'rin tutadi, bu esa turizmning boshqa turlarini rivojlantirish uchun qulay imkoniyatdir. Bunday imkoniyatlar agroturizmni rivojlantirish uchun yanada qulay shart-sharoit yaratadi. Viloyatning boy tabiati, betakror tog'li manzilgohi, milliy asosdagi qishloq hududlari, turli qishloq xo'jaligi ishlari, mashhur va qadimiy sayyohlik maskanlari, hunarmandchilik va arxeologik muzeylar agroturizmni rivojlantirish uchun istiqbolli zamin bo'lmoqda.

Samarqand viloyatidan tanlash asosida o'rganilgan fermer xo'jaliklarining 68,3 foizi agroturizm tushunchasiga ega ekanligi aniqlandi. Ularning ko'plari bu faoliyat haqida eshitgan, ammo tassavurga ega emas (1-rasm). Bugungi kunda fermer xo'jaliklarining rahbarlarini 80 foizdan ortiqrog'i erkak va ularning asosiysi qismi o'rtacha 40-50 yoshdan oralig'ini tashkil etmoqda. Tadqiqot hududi bo'yicha to'plangan ma'lumotlarga

October 5-6

99

asosan fermer xo'jaliklarining rahbarlarining 70 foizdan ko'prog'i bakalavr darajasiga va 5 foiz atrofidagi fermerlar esa magistr va undan keyingi darajalarga ega(1-jadval).

1-jadval

Fermer xo'jaliklari rahbari haqida umumiy ma'lumotlar

Ko'rsatkichlar Categoriyalar Ulushi, %

Jinsi Erkak Ayol 82 18

24 yoshdan kichik 0

25-30 yosh 3

Yoshi 31-40 yosh 41-50 yosh 24 30

51-60 yosh 23

61 yoshdan katta 20

Kollej darajasi 25

Ma'lumoti Bakalavr darajasi 71

Magistr darajasi 3

Boshqa 1

Manba: Muallif ishlanmasi.

Samarqand viloyati agroturizmni barqaror rivojlantirish uchun yuqori va xilma-xil salohiyatga ega bo'lib, u barcha xo'jalik faoliyati uchun tabiiy, tarixiy, madaniy, iqtisodiy va an'anaviy ob'yektlarga asoslangan. Har xil turdagi agroturizm ob'yektlarini joylashtirishdagi tartibsizliklar hududda agroturizm faoliyatining ayrim turlarini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash uchun asos bo'ladi.

Xulosa. Ushbu tadqiqotda Samarqand viloyatida agroturizmni barqaror rivojlantirish yo'llari o'rganilgan. Bu borada ko'plab ilmiy, nazariy va amaliy xulosalar chiqarilib, tavsiyalar ishlab chiqilgan. Agroturizm kontseptsiyasi barqaror rivojlanish zarurati tufayli rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda qishloq turizmining kichik tarmog'i sifatida ishlab chiqilgan. Agroturizm konservativ uslubga asoslangan mahalliy rivojlanish yondashuvi orqali rivojlanadi. Chunki hozirgi kunda qishloqni rivojlantirish muammosi mamlakatlarning shahar va qishloq geografiyalari o'rtasidagi o'zgarishlar iqtisodiyotning nomutanosibligini oshirishdagi eng muhim muammolaridan biri bo'lib, agroturizm mahalliy dinamikaga bog'liq bo'lgan tuzilishi bilan jozibador o'rin egallaydi. Sektor mintaqaning o'z manbalari orqali rivojlanish imkoniyatlarini taqdim etadi va shahar va qishloq aholisi o'rtasida yangi kommunikativ hududni tashkil etadi. Agroturizm kontseptsiyasi shahar aholisining qishloq joylaridagi turizmga

October 5-6

100

bo'lgan talablarini va umuman tabiiy hayot sharoitlarini oshirish orqali qishloqni rivojlantirish vositasi sifatida ishlab chiqilgan. Biroq, qishloq aholisining qishloqdan shaharga migratsiya tendentsiyasi davom etmoqda. Mazkur soha umumiy turizmni rivojlantirish siyosatining yoki mamlakatning qishloq hududlarini rivojlantirish siyosatining ajralmas qismi sifatida baholanishi kerak. Shu o'rinda qishloq taraqqiyoti va turizmni rivojlantirish o'rtasidagi bog'liqlikni ajratib ko'rsatish juda muhim, chunki qishloq taraqqiyoti uchun agroturizm sektori mamlakatning turizm sektorining xilma-xil bo'lishi tarafidan xizmat qiladi. Umuman olganda, agroturizm mamlakatlarning butun rivojlanish strategiyalarining bir qismi bo 'lgan umumiy turizm rejalarining bir qismi sifatida baholanadi. Qishloq turizmi kontseptsiyasi rivojlanish strategiyasi sifatida ushbu ikki tendentsiyaning kesishmasida ommaviy turizmga alternativa sifatida muqobil turizmning parallel yondashuvi orqali ishlab chiqilgan. Vaqt o'tishi bilan qishloq turizmi faoliyati faoliyat turiga va faoliyat olib boriladigan sohalarga ko'ra diversifikatsiya qilinadi.

Bugungi kunda, ko'plab rivojlangan mamlakatlar uchun ekologik muammolar tabiiy resurslarni muhofaza qilish uchun katta harakatlarni talab qiladi. Demak, keyingi yillarda bu shart-sharoitlar turizm va rekreatsiyaning yangi yondashuvlari uchun zarurat tug'dirdi. Agroturizm kontseptsiyasi fermer xo'jaliklari va qishloq xo'jaligi yerlarida turizm faoliyatining asosiy xususiyatlariga ega bo'lgan alohida shakl sifatida ishlab chiqilgan. Agroturizm - bu qishloq xo'jaligi hayoti va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini turizm mahsuloti sifatida sotish uchun turizm shakli. Ushbu kontseptsiyani fermerlar uchun yangi ijtimoiy, madaniy va iqtisodiy imkoniyatlarni taqdim etish va shahar aholisini muqobil ta'lim va dam olish maskanlari bilan ta'minlash uchun taklif etamiz. Yondashuvning boshqa tomonida, bu atama qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi va qishloq xo'jaligi yerlarini turizm faoliyatining iqtisodiy kuchining jozibadorligidan himoya qilish uchun ishlab chiqilgan. Chunki qishloq joylariga turizmning ortib borayotgan talabi qishloq xo'jaligiga oid bo'lmagan faoliyat orqali qishloq xo'jaligi yerlari va tabiiy resurslarida o'zgarishlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun bu o'zgarishlar agroturizm faoliyatini rejalashtirish zarurligini ta'kidlaydi.

Nihoyat, mamlakatda agroturizmning rivojlanishiga oid ilmiy adabiyotlar yetishmaydi va bir qancha tadqiqotchilar bu bo'yicha tadqiqot olib borishgan. Shu sababli, agroturizm bo'yicha keng ko'lamli tadqiqotlarni tashkil etish jamoatchilik orasida ko'proq ma'lumot va tushunchalarni yaratish kerak. Agroturizm bo'yicha olib borilgan tadqiqot natijalariga ko'ra fermerlarning viloyatda agroturizm bilan shug'ullanishga bo'lgan

October 5-6

101

qiziqishini oshirish, asosiy turtki bo'lib xizmat qiladi, degan umiddamiz. REFERENCES

1. Ana M. (2017): Ecotourism, agro-tourism and rural tourism in the Europe Union. Conference Paper. CACTUS 2017 - Contemporary Approaches and Challenges of Tourism Sustainability At: Predeal, Romania.

2. Busby G., Rendle S. (2000). The transition from tourism on farms to farm tourism.

Tourism Management, 21, 365-462 pp.

3. Elbek Togaymurodov (2022). Agritourism And Fermers Diversification In Samarkand Region. Academic research in educational sciences, 3 (Speical Issue 1),

4. Elbek, T., Risolat, I., & Aggelopoulos, S. (2016). Agro and eco-tourism development in rural areas of Uzbekistan: Analysis using of' Gravity" model approach. European Scientific Journal, 12(14).

5. Dernoy L.A. (1983). Farm tourism in Europe. Tourism management. 155-166 pp.

6. Oppermann, M. (1996). Rural tourism in southern Germany. Annals of Tourism Research, 23, 86-102 pp.

7. Matias A. 2004. Economic Geography, Gravity and Tourism Trade: The Case for Portugal. Sustainable Tourism, WIT Press, UK. 3(9), ISBN: 1-85312-724-8.

8. Sharpley R., Vass A. (2006). Tourism, farming and diversification: an attitudinal study. Tourism Management, 27(5), 1040-1052 pp.

9. McGehee N. (2007). An agritourism systems model: a Weberian perspective. Journal of Sustainable Tourism, 15(2), 111-124 pp.

12. Tew Ch., Barbieri C. (2012). The perceived benefits of agritourism: The provider's perspective. Tourism Management, 33, 215-224 pp.

13. Togaymurodov, E., Islomova, R., & Botirov, A. (2016). Theoretical issues of formation of eco-agro tourism in Uzbekistan. Europaische Fachhochschule, (4), 51-

28-34.

53.

October 5-6

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.