Samarkand branch of Tashkent State , ..„ г^о^тт,^ i
. . тт . Volume 4 | SamTSAU Conference | 2023 Agrarian University
Theoretical and practical foundations of O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy mtroducing^mart^griculture^n
AGROTURIZM - QISHLOQ HUDUDLARINING BARQAROR RIVOJLANISHI UCHUN MUQOBIL IJTIMOIY LOYIHADIR
Farhod Sadirov
Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali sadirovfarhod04 @gmail.com
ANNOTATSIYA
Har bir mintaqan o'z hududiy imkoniytidan kelib chiqqan holda iqtisodning turli sohalari uchun resurs bo'lib xizmat qilishi mumkin. Mamlakatlar iqtisodining rivojlanishi uchun asosiy sifat belgisi sifatida moslashuvchanlik ko'rsatkichini keltirish mumkin. Mazkur maqolada mamlakatimizning tabiiy resusrslarining salohiyati yuqori bo'lgan mintaqalarning mazkur xususiyatidan unumli foydalanish maqsadida agroturizm loyihalarining ahamiyati ochib berilmoqda. Qolaversa, ushbu jarayonda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishda xorijiy mamlakatlar tajribalari keltirilgan. Amaliy takliflarni bildirishda tadqiqotning metodologik asosi nazariy va amaliy ma'lumotlarni, ilmiy manbalar va nashrlarni o'rganish natijasida shakllantirildi. Tadqiqotda nazariya va amaliyot o'rtasidagi bog'liqliklarga asoslanib, shu bilan birgalikda tahlil, taqqoslash, analogiya va sintez kabi usullardan foydalanilgan.
Kalit so'zlar: qishloq turizmi, agroturizm, agroturistik reklama, xalqaro tajribalar, marketing loyihalari, qishloq uylari, aholi daromadlari, kommunikatsiya.
ABSTRACT
Each region can serve as a resource for various sectors of the economy based on its territorial potential. The index of flexibility can be cited as the main quality indicator for the development of the country's economy. In this article, the importance of agrotourism projects is revealed in order to effectively use this feature of regions with high potential of natural resources of our country. In addition, the experiences of foreign countries in the use of modern technologies are presented in this process. The methodological basis of the research was formed as a result of the study of theoretical and practical data, scientific sources and publications. The research is based on the connections between theory and practice, and uses methods such as analysis, comparison, analogy and synthesis.
Keywords: rural tourism, agrotourism, agrotourism advertising, international experiences, marketing projects, rural houses, population income, communication.
АННОТАЦИЯ
Каждый регион может служить ресурсом для различных отраслей экономики исходя из своего территориального
May 12-13
259
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
потенциала. Индекс гибкости можно назвать основным показателем качества развития экономики страны. В данной статье раскрывается значение агротуристических проектов для эффективного использования этой особенности регионов с высоким потенциалом природных ресурсов нашей страны. Кроме того, в этом процессе представлен опыт зарубежных стран по использованию современных технологий. Методологическая основа исследования сформирована в результате изучения теоретических и практических данных, научных источников и публикаций. Исследование основано на связи между теорией и практикой и использует такие методы, как анализ, сравнение, аналогия и синтез.
Ключевые слова: сельский туризм, агротуризм, реклама агротуризма, зарубежный опыт, маркетинговые проекты, сельские дома, доходы населения, коммуникация.
Kirish. Agroturizm - bu qishloq turizmining bir qismi bo'lib, qaysiki sayyohlarning fermer xo'jaliklari faoliyatlari bilan shug'ullanish imkoniyatini taqdim etadigan sayyohlik yo'nalishi hisoblanadi. Shu bilan birgalikda, turizm hamda qishloq xo'jaligi taraqqiy etgan mamlakatlarda fermer xo'jaliklari uchun qo'shimcha daromad taqdim etayotgan soha sifatida dunyo xizmatlar bozorida tobora rivojlanib bormoqda. [6] Mazkur turizm qishloq hududlaridagi fermer, dehqon hamda tomorqa xo'jaliklarida tashkil etiladigan agroturistik hududlarni nazarda tutadi, shu bilan birgalikda, ushbu xo'jalik shakllarida bevosita ishlab chiqarish jarayoniga bog'liq bo'lgan yondosh tarmoq sifatida xizmat ko'rsatishni tashkil etishga qaratilgan hisoblanadi.
Bugungi kunda turizmda ishtirok etuvchilarning xohish-istaklariga binoan mazkur tarmoq xizmatlari ham xilma-xillikni, ya'ni yo'nalishlar ichida yo'nalishning tarmoqlanishini taqozo etmoqda.[8] Ushbu jarayonlar mamlakatimizga tashrif buyuruvchilarda ham kuzatilmoqda. Loyihadan ko'zlangan maqsadlar ham qishloq hududlarining ekoturistik imkoniyatlaridan unumli foydalanish kabi jihatlarni ko'zda tutib, mavsumiy xo'jalik faoliyatlaridan qo'shimcha daromad olish bilan birga tarmoqda qo'shimcha ish o'rinlarini yaratilishi va eng asosiysi, turizmda yangi yo'nalishlarni tashkil etib turistlarning mamlakatda qolish davomiyligini uzaytirish va bu orqali turizm sohasi daromadlarini ham oshirishni inobatga oladi.[7] Bundan tashqari, hududlarga xos bo'lgan meva-sabzavotchilik ishlab chiqishdagi milliy an'analar, xususan, uzumchilik tarmog'ini qayta ishlab chiqarishga asoslaydigan sharbatlar, qurutilgan mevalar va vino mashulotlarini tayyorlashni ham o'z ichiga oladi. Ushbu loyihaning jozibadorligini oshirishda
tashkil etilyotgan hududlarda shunchaki yo'lga qo'yilmasdan turli
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
tadbirlar orqali yanada ommalashtirish mumkin. Misol tariqasida aytish mumkinki, kuzgi hosil yig'imi vaqtida turli madaniy tadbirlar tashkil etish, aynan, uzumchilik sohasida esa vino ko'rgazmalari, yoki yangi ta'm yaratish kabi chellennjlarni qo'llash mumkin. Bundan tashqari mahalliy urf-odat sayllari ham soha rivojiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.[2]
Material va metodlar. Agroturizm sohasida amalga oshiriladigan tadbirlar birgina sohaning rivojida hissa qo'shishi bilan birgalikda ijtimoiy sog'lom muhitning ham shakllanishiga yordam beradi. Buning uchun mazkur xususiyatga ega bo'lgan mintaqalarning jozibadorligini oshirishda turistik reklamalardan foydalanish ham maqsadga muvofiqdir.[8] Ular madaniy tadbirlar, ijtimoiy roliklar, yoki ekologik loyihalardan iborat bo'lishi mumkin. Mazkur sohaning ijtimoiy-iqtisodiy tomondan tizimli yo'lga qo'yish orqali quyida keltirilgan va yana bir qancha maqsadlarga erishish mumkin;
3. Qishloq hududlarida aholi daromadlarini oshirish;
6. Milliy urf-odatlar va qadriyatlarni saqlab qolish va rivojlantirish;
Zamanaviy qishloq turizmi va ining loyihalari haqida oloib borilgan o'rganishlarda xalqaro tajribalarda yo'lga qo'yilgan ba'zi tadbirlarni alohida ta'kidlash lozim. Ularning mavjud resurslar imkoniyatining o'zi bizning mamlakatda o'ziga xos ham mavjudligi asos bo'ladigan bo'lsa, uni ommalashtirishdagi tadbirlar bir birida farq qiladi. Misol uchun, Xitoy davlatida qishloq hududlarining aksariyati tog'li zonalardan tashkl topgan va ularning fan va texnologiyasi orqali uning jozibadorligi yanada yuksalmoqda.[7] Ya'ni tog'li hududlarda ekstrimal turizmning shunday yo'nalishlari tashkil etilganki, sayyohlar o'zlarida yuqori adrenalin his etmoqdalar. Shuningdek, Xitoy hukumati qishloq hududlarining barqaror rivojlnishi uchun qishloq va agroturizmning muqobil yechim ekanligini ta'kidlashmoqda. [5]
May 12-13
261
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
Mamlakatimizning tabiiy turistik salohiyati har ikkala turizm turlarining rivojlanishi uchun resurs bo'la oladi. Shu o'rinda rivojlangan davlatlar tajribasidan ayrim xulosalarni olish o'rinlidir. Iqtisodiyot tarmoqlanib va rivojlanib borgani sari undagi sohalarda raqobat muhiti har jihatdan shakllanmoqda.[1] Xalqaro turizm bozoriga sifatli va raqobatbardosh mahsulot chiqarish uchun esa, birlamchi tamoyil bo'lgan axborot bilan ta'minlanganlik, ya'ni marketing jihatlarini ham inobatga olish zarur.[6] Ayniqsa, xizmatlar bozori o'zgaruvchanlik xususiyatiga moyil hamda doimiy axborot almashishni talab etadi. Rivojlangan mamlakatlarda marketing, marketolog kabi tushunchalar firmalar yoki kompaniyalarning yaqin kelajagini belgilaydi.[3] Bizning turizm iqtisodiyotiga hozirda kerakli bo'lgan kuchli tizim ham ayni shudir. Turistlar oqimini ko'paytirish va qishloq hududlariga aylanma yo'nalishlar tashkil etish orqali qishloq turizmini ham ma'lum darajada ommalashtirib boramiz. Buning uchun esa boshqa davlatlardan farqli o'laroq bizda qonuniy asoslar yaratilgan va tizimli ishlar yo'lga qo'yilgan.[1] Hozirda yangi, zamonaviy kadrlar tayyorlash ham muhim vazifa bo'lib hisoblanadi. Mahalliy byudjetga bo'lga tushumlar ortishi bilan investitsiyalar muhiti ham kengayib borishi, shubhasiz. Sohaning ommalashuvi mamlakatdagi barqaror vaziyat hamda turistik resurslar salohiyati yillar mobaynida tashqi investitsiyalarni ham o'ziga jalb etadi.
Mazkur grafikda keltirilgan tushunchalar qishloq turizmining rivojlanishi uchun bevosita va mutlaq bog'liq bo'lib
May 12-13
262
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
birlamchi darajada sohani yo'lga qo'yich uchun asosiy tadbir bo'lib hisoblanadi.
Xulosa. Loyihaning ilmiy hamda ijtimoiy iqtisodiy asoslari ushbu sohada qilingan tadqiqot ishlari natijalaridan ma'lum bo'ldiki, mamlakatimizning tabiiy joylashgan o'rni, iqlim sharoiti, ekiladigan ekin turlarining xilma-xilligi loyihaning amaliyotga tadbiq etilishining asosiy ko'rsatkichi bo'lib hisoblanadi. Bundan tashqari, rivojlangan mamlakatlarning uzoq yillik tajribalaridan unumli foydalanishning ham yuqori samara keltirishi kabi xuloslar olindi. Bugungi kunda turistlarning mamlakatimiz hududida o'rtacha qolish muddati ushbu loyihaning amaliyotga tadbiq etish orqali uzayishi hamda yangi tashkil etilganda sayyohlik yo'nalishlariga mos ravishda, ya'ni muhim turistik obyektlar oralig'ida tashkil etilgan bunday maskanlarga tashrif amalga oshirish, yuqorida keltirilgan ko'rsatkichlarning o'sishiga olib kelishi o'rganildi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgustdagi PQ-3217-son «2018-2019 yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlari tadbirlar to'g'risida»gi Qarori
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi PQ-3514-son «Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida»gi Qarori
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.07.2021-yildagi PQ-5200-son Uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, sohaga ilg'or texnologiyalarni jalb qilishnni davlat tomonidan qo'llab quvvatlashning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risidagi Qarori
4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.04.2022-yildagi PQ-232-son "Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Qarori
5. Sardor , U. (2023). Importance of Rural Tourism Development in Uzbekistan. Central Asian Journal of Innovations on Tourism Management and Finance, 4(2), 135-139. https://doi.org/10.17605/OSF.IO/64ZYD
6. Usmonov, S. (2023). O'zbekistonda qishloq turizmini rivojlantirishning ahamiyati. International conferences, 1(2), 832-837. Retrieved from http : //erus .uz/index.php/cf/articl e/view/1652
7. . Usmanov M., Ibragimov L., Boratova G. Tourism cluster development as an important factor in creating new jobs //Экономика и социум. - 2021. - №. 10 (89). - С. 321-328.
8. Ibragimov L. Z., Shodiyorov S. X. O. G. L., Sultonmurodova R. G. Q. Aholining ish bilan bandligini ta'minlashda xorijiy davlatlar tajribasi //Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS). - 2022. - Т. 2. - №. 12. - С. 73-78.
May 12-13
263