Научная статья на тему 'QISHLOQ HUDUDLARIDA XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASHNING AHAMIYATI'

QISHLOQ HUDUDLARIDA XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

92
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
aholi bandligi / noqishloq xo‗jaligi / oilaviy biznes / qishloq turizmi / bandlik darajasi / iqtisodiy ko‗rsatkich / population employment / non-agricultural economy / family business / rural tourism / employment level / economic indicator.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Iroda Ziyodullo Qizi Toshtemirova

Bugungi kunda aholi bandligi tushunchasi nafaqat mamalakatimizda, balki butun dunyoda dolzarb masala bo‗lib kelmoqda. Shu bilan birgalikda, mamlakat aholisi bandlik darajasi turli aholi qatlami hamda turli mintaqalarda o‗ziga xos farqli bo‗lib hisoblanadi. Mehnat resurslari taqsimotida ish bilan ta‘minlanish hamda ish o‗rinlari ko‗rsatkichlari yuqori darajada bo‗lgan hududlar iqtisodiy ko‗rsatkichlari ham yuqori bo‗lishi tabiiy hol. Shu kabi omillarni inobatga olgan holda mazkur maqolada tarmoqqa oid ayrim tahlillar keltirilgan. Amaliy takliflarni bildirishda tadqiqotning metodologik asosi nazariy va amaliy maʼlumotlarni, ilmiy manbalar va nashrlarni oʻrganish natijasida shakllantirildi. Tadqiqotda nazariya va amaliyot oʻrtasidagi bogʻliqliklarga asoslanib, shu bilan birgalikda tahlil, taqqoslash, analogiya va sintez kabi usullardan foydalanilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Today, the concept of population employment is an urgent issue not only in our country, but throughout the world. At the same time, the level of employment of the country's population is considered to be different in different population strata and different regions. In the distribution of labor resources, it is natural that regions with high levels of employment and employment indicators also have high economic indicators. Taking into account such factors, this article presents some analysis of the network. The methodological basis of the research was formed as a result of the study of theoretical and practical data, scientific sources and publications. The research is based on the connections between theory and practice, and uses methods such as analysis, comparison, analogy and synthesis

Текст научной работы на тему «QISHLOQ HUDUDLARIDA XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASHNING AHAMIYATI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

QISHLOQ HUDUDLARIDA XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA'MINLASHNING AHAMIYATI

Iroda Ziyodullo qizi Toshtemirova

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali Agrobiznes va logistika fakulteti

2-bosqich talabasi E-mail: toshtemirovairoda527@gmail.com

Bugungi kunda aholi bandligi tushunchasi nafaqat mamalakatimizda, balki butun dunyoda dolzarb masala bo'lib kelmoqda. Shu bilan birgalikda, mamlakat aholisi bandlik darajasi turli aholi qatlami hamda turli mintaqalarda o'ziga xos farqli bo'lib hisoblanadi. Mehnat resurslari taqsimotida ish bilan ta'minlanish hamda ish o'rinlari ko'rsatkichlari yuqori darajada bo'lgan hududlar iqtisodiy ko'rsatkichlari ham yuqori bo'lishi tabiiy hol. Shu kabi omillarni inobatga olgan holda mazkur maqolada tarmoqqa oid ayrim tahlillar keltirilgan. Amaliy takliflarni bildirishda tadqiqotning metodologik asosi nazariy va amaliy ma'lumotlarni, ilmiy manbalar va nashrlarni o'rganish natijasida shakllantirildi. Tadqiqotda nazariya va amaliyot o'rtasidagi bog'liqliklarga asoslanib, shu bilan birgalikda tahlil, taqqoslash, analogiya va sintez kabi usullardan foydalanilgan.

Kalit so'zlar: aholi bandligi, noqishloq xo'jaligi, oilaviy biznes, qishloq turizmi, bandlik darajasi, iqtisodiy ko'rsatkich

Today, the concept of population employment is an urgent issue not only in our country, but throughout the world. At the same time, the level of employment of the country's population is considered to be different in different population strata and different regions. In the distribution of labor resources, it is natural that regions with high levels of employment and employment indicators also have high economic indicators. Taking into account such factors, this article presents some analysis of the network. The methodological basis of the research was formed as a result of the study of theoretical and practical data, scientific sources and publications. The research is based on the connections between theory and practice, and uses methods such as analysis, comparison, analogy and synthesis.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of Jntrod^cingsmart^gric^lt^reJn^Jzbekista^

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishningnazariyva amaliy asoslari

jy

Keywords: population employment, non-agricultural economy, family business, rural tourism, employment level, economic indicator.

АННОТАЦИЯ

На сегодняшний день понятие занятости населения является актуальным вопросом не только в нашей стране, но и во всем мире. При этом уровень однородности населения страны считается различным в разных слоях населения и разных регионах. В размещении трудовых ресурсов естественно, что регионы с высоким уровнем занятости и показателями занятости имеют и высокие экономические показатели. Принимая во внимание такие факторы, в этой статье представлен некоторый анализ сети. Методологическая основа исследования сформирована в результате изучения теоретических и практических данных, научных источников и публикаций. Исследование основано на связи между теорией и практикой и использует такие методы, как анализ, сравнение, аналогия и синтез.

Ключевые слова: занятость населения, несельскохозяйственная экономика, семейный бизнес, сельский туризм, уровень занятости, экономический показатель.

Kirish. Mamlakatlarning barqaror rivojlanishi bevosita mazkur hududda mavjud resurslar salohiyati hamda ulardan foydalanish darajasiga bog'liqdir [1]. Bugunngi kunda mamlakatimizning resurslar salohiyati tarkibi o'rganilganda turli hududlarda mehnat resurslari hamda ularning bandligini ta'minlash kabi masalalar dolzarbligi aytilmoqda. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodi yoki davlat siyosatida ham markazga uzoq bo'lgan hududlar imkoniyatidan foydallanish kabi masalalarga muhim vazifa sifatida e'tibor berilishi ko'zga tashlanadi. Shu jumladan, mamlakatimizda ham bu kabi tarmoqlarga alohida e'tibor berilmoqda. Jumladan mamlakat qonunchiligida ham ba'zi tushunchalar kiritilgan. Buning ahamiyatli jihati mamlakat mehnat resurslari tarkibida jinslar tarkibi bo'lib hisoblanadi. Umuman olganda, mamlakat aholisi mazkur segmentda fuqarolarining katta qismini yoshlar va xotin-qizlar tashkil etadi. Aholining 49,7 foizi hamda mehnat resurslarining 45 foizi ayollar hissasiga to'g'ri kelmoqda [2]. Demak, yurtimizdagi ijtimoiy masalalarning aksariyati ular hayoti bilan chambarchas bog'liq. So'nggi yillarda xotin-qizlarni ijtimoiy himoyalash, ularni kasb-hunarga o'qitib, bandligini ta'minlash masalasi davlat siyosati darajasiga ko'tarilib, bu borada mahalla darajasigacha yuritiladigan vertikal tizim yaratildi.

May 12-13

282

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Xotin-qizlar masalalari bo'yicha har bir mahallada alohida rais o'rinbosari, tumanda mahalla va oila bo'limi boshlig'i o'rinbosari hamda 2 nafar mutaxassisi, viloyatda esa 8 nafargacha shtat birligi berildi [3]

Davlatimiz rahbarining 2020-yil 8-oktyabrda jamiyatda ayollar va yoshlarning rolini oshirish hamda bandligini ta'minlash chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan o'tkazilgan videoselektor yig'ilishidagi tashabbusi bilan xotin-qizlar masalalari bo'yicha yangi ish tizimi — har bir mahalla, tuman, shahar va viloyat kesimida "Ayollar daftari" joriy etildi. Mazkur tizimning joylardagi natijadorligi hamda Prezidentimiz yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha ilgari surgan 5 ta muhim tashabbus doirasida xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash masalalari yuzasidan muhim tadbirlar amalga oshirilgan [4]. Bundan tashqari, urbanizatsiya darajasiga ko'ra ham hududlarda istiqomat qiluvchi aholi miqdori ham turlichadir. Urbanizatsiya - aholining ijtimoiy-kasbiy va demografik tuzilishida ijobiy o'zgarishlarga, uning turmush tarzi hamda madaniyati sifat jihatidan yangi darajaga ko'tarilishiga ko'maklashuvchi jamiyat va iqtisodiyotni rivojlantirishda shaharlarning ro'lini oshirish, shuningdek, shahar infratuzilmasini shakllantirish jarayoni hisoblanadi.

Foydalanilgan materiallar va usullar. Ilmiy tadqiqot ishida iqtisodchi olimlar va ilmiy tadqiqotchilarning ilmiy ishlari va adabiyotlardan foydalanilgan holda qishloq hududlarida ayollarning band bo'lishining ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, tahlilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi(stat.uz) ning yillik statistik to'plam materiallaridan foydalanildi. O'zbekiston Respublikasida bugungi kunda shahar aholisi - 17487 ming kishi (50,6%), Qishloq aholisi - 17 071,4 ming kishi (49,4%) tashkil etadi [4]. Bundan ko'rinadiki, mamlakat aholisi tarkibida mehnat layoqatiga ega aholining hududlar kesimida taqsimotida qishloq hududlari ham yetakchi hisoblanadi. Ushbu omilning o'zi ham qishloq hududlarida aholi bandligini ta'minlashning ahamiyati va ularning tarkibida xotin qizlarning ulushini oshirishning muhimligini yuzaga chiqaradi.

Olingan natijalar va ularning tahlili. Bugungi kunda mamlakat aholisining bandlik darajasi O'zbekistonda 2021-yilning yanvar-sentabr oylarida ishsizlik darajasi 9,4 foizni tashkil etib, o'tgan yilning shu davriga nisbatan 1,7 foizga, yanvar-iyun oylariga nisbatan 0,4 foizga kamaygan. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabarida aytildi. 2021-yilning yanvar-sentabr oylarida mehnat resurslari soni 19,3 mln kishini tashkil etib, 2020-yilning shu davriga nisbatan 1,1 foizga yoki 201,4 ming kishiga oshgan[6]. Iqtisodiyot tarmoqlarida band bo'lganlar soni 13,6 mln kishini

May 12^13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

tashkil etib, mos davriga nisbatan 3,1 foizga (403,9 ming kishiga) oshgan. 9 oyda rasmiy sektorda band aholi soni 6,1 mln kishini tashkil qilib, 2020 yilning shu davriga nisbatan yuridik shaxslarda band bo'lganlar soni 7,9 foizga yoki 450,5 ming kishiga oshgani kuzatilgani aytiladi. Norasmiy sektorda band bo'lganlar soni 5,9 mln kishini tashkil etib, joriy yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 4,1 foiz yoki 254,0 ming kishiga kamaygan. Ishga muhtoj bo'lganlarning umumiy soni 1,4 mln kishini, ishsizlik darajasi iqtisodiy faol aholi orasida 9,4 foizni tashkil etdi. 16-30 yoshgacha bo'lganlar orasida ishsizlik darajasi - 14,9 foiz, ayollar orasida ishsizlik darajasi 12,8 foiz bo'ldi. Joriy yil yanvar-sentabr oylarida respublikada iqtisodiy nofaol aholi 4,3 mln kishini tashkil etib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 0,6 foizga yoki 26,3 ming kishiga ortishi kuzatildi[5]. Ushbu ko'rsatkichlar qishloq aholisining bandlik darajasini ko'rsatmaydi. Shu boisdan ayrim tahlillar berib o'tilmoqda. Birinchidan, shahar aholisining hududiy tarkibi mazkur mintaqa va yaqin hududlar hisobidan ham ichki boyib boradi [6]. Buning sababi shahar hududi infratuzlma va ish o'rinlari jihatidan imkoniyatlar keng hisoblanadi. Ikkinchidan, qishloq hududlari sanoatlashish darajasi ayrim hududlarda yuqori ayrim hududlarda past darajada, ya'ni resurslar taqsimoti ish o'rinlari miqdoriga mos emasligini aytish mumkin. Uchinchidan, qishloq hududlari aholisi uchun mavjud ish o'rinlari asosan qishloq xo'jaligi faoliyati bilan bog'liq bo'lib [7], bu ko'p jihatdan mavsumiy xuxusiyatga ega bo'lib hisoblanadi. To'rtinchidan qishloq aholisi nisbatan tez ko'payish xususiyatiga ega va aholi tarkibida xotin qizlarning ulushi sezilarli mavjud.

Yuqoridagi amaliy ko'rsatkichlardan ba'zi xulosalar keltirish mumkin. Mamlakat aholisining xotin-qizlar qatlamining ish bilan ta'minlanishi, nafaqat shahar nuqtayi nazaridan, balki qishloq hududlaridagi mavjud resurslar imkoniyatidan foydalanishning ahamiyatini ham oshiradi. Qolaversa, markazlarga masofa jihatdan uzoq bo'lgan hududlar imkoniyatini o'rganish va mamlakat iqtisodiyotiga ayrim xulosalar kiritish mumkin. Jamiyatda xotin-qizlar bandligini ta'minlashning iqtisodiy ahamiyati ham mavjud bo'lib ular quyidagilarda ko'rinadi.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

1-jadval

Jamiyatda xotin-qizlar bandligini ta'niinlashning iqtisodiy ahamiyati

1. Qishloq hududlarining iqtisodiy ko'rsatkichlarini oshiradi.

2. Qishloq hududlarida aholi yashash tarzini yaxshilaydi.

3. Qishloq hududlarida aholi daromadlarini oshiradi.

4. Jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy

faolligini mustahkamlaydi.

5. Iqtisodiyotda

yangi yo'nalishlarning paydo bo'lishini ta'minlaydi.

6. Aholining huquqiy-iqtisodiy bilimlarini oshrishga yordam beradi.

1-chizma. Jamiyatda xotin-qizlar bandligini ta'minlashning iqtisodiy ahamiyat Bugungi kunda xotin-qizlar bandligini ta'minlash, barcha sohalarda gender tengligiga erishish, mehnat bozorida kamsitishlarga barham berish, ish haqi tengligini ta'minlash butun dunyoda dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Pandemiya ayollarning bandligiga juda salbiy ta'sir ko'rsatdi[8]. Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) ma'lumotlariga ko'ra, 2019-2020-yillarda ayollar bandligi 4,2 foizga qisqargan va jami 54 million ish o'rni yaratilgan. Bu 2020 yilda ishlaydigan ayollar soni 2019 yilga nisbatan 13 millionga kamayganini anglatadi. Butun dunyoda bo'lgani kabi O'zbekistonda ham ayollarning iqtisodiy faolligi erkaklarnikidan past. 2021-yil oxiriga kelib bu ko'rsatkich ayollarda 41,3 foizni, erkaklarda 56,9 foizni tashkil etdi. O'zbekiston ayollarining mehnat bozoridagi iqtisodiy faolligi 30 yoshdan boshlanadi. Sababi, u o'rtacha 22,3 yoshida turmushga chiqadi va keyin kamida 2 yilni tug'ruq ta'tilida o'tkazadi. Shundan so'ng ular mehnat bozoriga qaytadilar, ammo qisqa vaqt o'tgach, ular yana tug'ruq ta'tiliga chiqish ehtimoli yuqori. O'zbekistonda xotin-qizlar asosan davlat sektorida ishlaydi, bu esa barqaror ish o'rinlari va qulay sharoitlar yaratadi. Xotin-qizlar bandligining tarmoq tuzilmasi ular asosan ish haqi past va ish vaqti qisqaradigan sohalarda ishlashi bilan tavsiflanadi. Bular ta'lim, sog'liqni saqlash va umuman ijtimoiy soha kabi tarmoqlardir. Erkaklar va ayollarning ish haqi o'rtasidagi farqning sababi shu bilan bog'liq [9]. Ayni ushbu ish o'rinlari bilan bog'liq omilning muqobil yechimlari sifatida qishloq turizmi va unda yaratiladigan xotin-qizlar uchun ish o'rinlarini ham alohida ta'kidlash mumkin. Fikrimizning dalili sifatida xalqaro tajribalarning xulosalarini keltirishimiz mumkin. Xitoy iqtisodining hozirgi darajasida

May 12-13

285

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

ishsizlik kabi muammolar ham kuzatilishi mumkin, shu bilan birgalikda buning yechimi sifatida qishloq turizmi hamda agroturizmning imkoniyatlaridan ham unumli foydalanilmoqda [10].

Xulosalar. Yuqorida keltirilgan ayrim tahlillani inobatga olib bir qancha xulosalarga kelish mumkin. Aytaylik, xotin-qizlar bandligi va ularni ish bilan ta'minlashning birdan-bir yechimi davlat korxona yoki tashkilotlari bo'lmasdan, balki hududlarning iqtisodiy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda turli oilaviy biznes va xizmatlar sohalarini tashkil etuvchi xo'jaliklarning o'zlari ham bo'lishi mumkin. Qolaversa, bunday faoliyatlar orqali jamiyat a'zolari o'zlarining biron sohadagi qiziqishlarini, masalan, hunarmandchilik, to'quvchilik, pazandalik, qo'l mehnati mahsulotlari tayyorlash va boshqa faoliyatlarni butun bir iqtisodiyot darajasiga ko'tarish imkoniytiga egadir.

REFERENCES

1. Муратов Ш. The role of non-farm income in the total income of rural population //Экономика и образование. - 2021. - №. 5. - С. 54-59.

2. Muratov S. A. The Economic Assessment Of Factors Affecting Small Household (Tomorka) In Rural Areas And Their Income //Irrigation and Melioration. - 2021. -Т. 2021. - №. 3. - С. 45-51.

3. Ibragimov L. Z., Shodiyorov S. X. O. G. L., Sultonmurodova R. G. Q. Aholining ish bilan bandligini ta'minlashda xorijiy davlatlar tajribasi //Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS). - 2022. - Т. 2. - №. 12. - С. 73-78.

4. Usmanov M., Ibragimov L., Boratova G. Tourism cluster development as an important factor in creating new jobs //Экономика и социум. - 2021. - №. 10 (89). - С. 321-328.

5. Sardor , U. (2023). Importance of Rural Tourism Development in Uzbekistan. Central Asian Journal of Innovations on Tourism Management and Finance, 4(2), 135-139. https://doi.org/10.17605/0SF.I0/64ZYD

6. Muratov S. et al. The Role of Innovations in the Activities of Tomorka Farms in Samarkand Region //American Journal of Agricultural Science, Engineering, and Technology. - 2022. - Т. 6. - №. 3. - С. 135-141.

7. O'zbekistonda rasmiy ishsizlik darajasi ma'lum qilindi https://kun.uz/uz/news/2021/11/16/ozbekistonda-rasmiy-ishsizlik-daraiasi-malum-

qilindi

May 12-131 ©

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

8. Xotin-qizlar bandligini ta'minlashning qulay va samarali yechimlari https://yuz.uz/uz/news/mehnat-bozorida-xotin-qizlarning-orni-

9. O'zbekiston Respublikasida urbanizatsiya holati viloyatlar kesimida https://cityeconomy.uz/uz/news/iqtsod-yangiliklari/ozbekiston-respublikasida-urbanizatsiya-holati-viloyatlar-kesimida

10. O'zbekiston ayollarining iqtisodiy faolligining pastligi uy yumushlari bilan bandligi bilan bog'liq - PMTI https://www.gazeta.uz/uz/2022/11/25/women/

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.