Научная статья на тему 'ATMOSFERANING IFLOSLANISHI VAUNING INSON SALOMATLIGIGA TA’SIRI'

ATMOSFERANING IFLOSLANISHI VAUNING INSON SALOMATLIGIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

CC BY
1722
129
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
KISLOROD / UGLEROD / ATMOSFERA / TIBBIYOT / GIDROLOGIYA / IQLIMSHUNOSLIK / EKOLOGIYA / SUV / TUPTOQ / YUQORI NAFAS YO‘LLARI KASALLIGI / ALLERGIK KASALIKLAR / KAM KONLIK / ASAB KASALLIKLARI / ICHKI BUQOQ / GEPATIT

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — Mirzoyeva I.E., Sobirova D.B.

Ushbu maqolada atrof-muhitning inson salomatligiga ta’siri, turli kasalliklarning kelib chiqish sabablari hamda zararli gazlarning atmosferaga chiqarilishi va bu muammolarning oldini olish chora-tadbirlari to‘grisidagi ma’lumotlar batafsil bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPACT OF ATMOSPHERIC POLLUTION ON HUMAN HEALTH

This article describes in detail information about the impact of the environment on human health, the causes of various diseases, the release of harmful gases into the atmosphere, and measures to prevent these problems.

Текст научной работы на тему «ATMOSFERANING IFLOSLANISHI VAUNING INSON SALOMATLIGIGA TA’SIRI»

Mirzoyeva I.E.

Ekologiya va geografiya kafedrasi katta o'qituvchisi

BuxDu Sobirova D.B.

Geografiya ta'limyo'nalishiIV-bosqich talabasi

BuxDU

ATMOSFERANING IFLOSLANISHI VAUNING INSON SALOMATLIGIGA TA'SIRI

Annotatsiya: Ushbu maqolada atrof-muhitning inson salomatligiga ta'siri, turli kasalliklarning kelib chiqish sabablari hamda zararli gazlarning atmosferaga chiqarilishi va bu muammolarning oldini olish chora-tadbirlari to'grisidagi ma 'lumotlar batafsil bayon etilgan.

Kalit so'zlar: Kislorod, uglerod, atmosfera, tibbiyot, gidrologiya, iqlimshunoslik, ekologiya, suv, tuptoq, component, yuqori nafas yo'llari kasalligi, allergik kasaliklar, kam konlik, asab kasalliklari, ichki buqoq, gepatit.

Mirzoyeva I.E. senior teacher Department of Ecology and Geography

BuxDu Sobirova D.B. student

IV stage of geography education

BuxDU

IMPACT OF ATMOSPHERIC POLLUTION ON HUMAN HEALTH

Abstract: This article describes in detail information about the impact of the environment on human health, the causes of various diseases, the release of harmful gases into the atmosphere, and measures to prevent these problems.

Key words: Oxygen, carbon, atmosphere, medicine, hydrology, climatology, ecology, water, soil, component, upper respiratory tract disease, allergic diseases, deficiency, nervous diseases, internal tuberculosis, hepatitis.

Atmosfera yer shari bo'yicha tekis taqsimlangan.Yorug'likni, namlikni, issiqlikni, elektromagnit to'lqinlarini taqsimlaydigan va qayta taqsimlaydigan asosiy omil hisoblanadi. U kosmosdan keladigan zararli nurlar, meteroitlarni zararsizlantirib o'tkazadi.Atmosferaning bu xususiyatlari yerda hayotning barqarorligini ta'minlaydi. Sayyoramizning issiqlik balansi ham atmosferaga bog'liq. Atmosfera doimo biosfera, gidrosfera va litosfera bilan o'zaro aloqadadir. U tirik organizmlar uchun kerak bo'lgan kislorod, is gazi, azotning

manbai hamdir. Ular biologik modda aylanishida faol ishtirok etadi. Atmosfera tufayli suv tabiatda aylanib yuradi. Bundan tashqari moddalarning geologik aylanishi, tog' jinslarining yemirilishi, harakati va boshqa jarayonlarda ham faol ishtirok etadi.

Atmosferaga chiqarilayotgan zararli moddalarning 50% dan ortig'ini uglerod oksidi, 14% ini oltinguturt angidridi va shunga o'xshash zararli moddalar, 8%ini - uglevodorodlar, 5% ini - qattiq moddalar, 4% ini - azot oksidi tashkil etadi.

Ma'lumki, inson salomatligi eng avvalo uning turmush tarziga, nasliga, tibbiyot xizmatining saviyasiga va yashash muhitining ekologik holatiga bog'liq sistemik muhitning ekologik holatini buzilishi uning turli kasalliklarga chalinishiga asosiy sababchi bo'lmoqda. Inson tabiatning ajralmas bir bo'lagi sifatida uning musaffoligidan, go'zalligidan, tabiiy boyliklaridan bahramand bo'lib kelgan. Ayni kunga kelib toza havo, toza suv, tushunchasi nisbiy tushunchalarga aylandi.

Hozirgi fan va texnikaning rivoji insonni yashash muhitini o'zgarishiga, ekologik muvozanatning buzilishiga sabab bo'lmoqda. Buning natijasida ijtimoiy ekologik muhit o'zgarmoqda. Ijtimoiy ekologik muhitdagi kishining kayfiyatiga, ruxiga, salomatligiga ta'sir etuvchi asosiy omillardan biri. Shu muhitning tozaligi, go'zalligidir. Kishilar yashaydigan, me hnat qiladigan, dam oladigan joylar gigienik jihatdan toza va ozoda, estetika talablariga javob beradigan bo'lishi kerak. Bu esa kishilarning kayfiyatini ko'taradi, ruhini tetik qiladi, muhit holati bilan bog'liq bo'lgan turli kasalliklarni kamayishiga olib keladi. Tadqiqodchilarning fikricha atrof muhit holatining ifloslanishi hozirgi kunda inson salomatligini o'rtacha 10%ga qisqartirgan. Ayniqsa sanoatlashgan, aholi zich yashaydigan yirik shaharlar hududi va ulardagi urbanizatsiya jarayonlari sanitar-gigienik holatlarni buzilishiga, natijada ayrim xavfli kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo'lmoqda. O'zbekiston Respublikasi hududida ham tabiiy muhit buzilishining eng og'ir holatlaridan biri kishilar o'rtasida kasaliklarning ko'payib borishdir. Keyingi yillarda respublikamizda yuqori nafas yo'llari, kasalligi, allergik kasaliklar, kam qonlik, asab kasalliklari, ichki bo'qoq, gepatit kabi kasalliklarni aholi o'rtasida ko'payishi kuzatilmoqda

K.M.Petrovning fikriga ko'ra murakkab ekologik holatlar darajasiga

qarab:

1 O'tkir (tang va halokatli) ekologik holat;

2 O'tkir (tang) bo'lmagan ekologik holatga ajratiladi.

O'tkir ekologik holat vujudga kelgan regionlarda yoki lokal hududlarda o'rniga kelmaydigan chuqur salbiy holatli o'zgarishlar bo'lib, aholining ijtimoiy-ekologik holati og'irlashadi, kasalliklar ko'payadi. Orolbuyidagi ekologik holat bunga yaqqol misol bo'la oladi.

O'tkir bo'lmagan ekologik holatlar janjalli tig'iz va nisbatan qoniqarli vaziyatlarni yuzaga keltirib, ayrim lokal masshtabdagi o'zgarishlardan iborat bo'ladi.

Ekologik vaziyatlarni baholashda asosiy omil tabiiy muhit monitoringini tashkil etish va uni ma'lumotlaridan izchil foydalanishdan iboratdir. Tabiiy muhit monitoringi ma'lumotlaridan asoslangan holda tabiat komponentlarida (atmosfera havosi, suv, tuproq, bio komponentlar) gi ifloslantiruvchi moddalarning miqdoriy va meyoriy ko'rsatkichlarini aniqlash, o'rganilayotgan hududga doir demografik, tibbiy, gigenik, statistik ma'lumotlarni to'plash, kartalashtirish, turli darajadagi ekologik vaziyatlarga baho berish amalga oshiriladi.

Tabiiy muhit manitoring tizmalarini faoliyatlarini mukofatlashtirish, landshaft-ekologik holatga baho berish, uni muvozanatga keltirishni qulay uslublarini topish, ekologik vaziyatga kishilar salomatligi va ekologik holatni barqarorlashtirish nuqtai-nazardan yondoshishni talab etadi.

Ekologik vaziyatga baho berish, demak, tabiiy muhitga va uning inson ta'sirida o'zgarishga ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy, ma'naviy, ruhiy holatlardan kelib chiqadi, chunki ekologik muvozanatni qanday vaziyatda ekanligi xam ana shu yo'nalishlarga o'z navbatida ta'sir ko'rsatadi. Ekologik muvozanatning barqarorligi tabiat komplekslari (landshaftlar) ga, uning resurs-ekologik va tabiiy potensialiga hamda ulardan inson xo'jalik faoliyatida qay darajada va qanday foydalanishga bog'liqdir. Shunnig uchun inson xo'jalik faoliyatining har qanday yo'nalishlari ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan bo'lishi kerak.

Atrof-muhitning tozaligi kop jihatdan inson salomatligini belgilab beradi. U tabiiy va sun'iy omillar ta'sirida ifloslanadi. Atrof-muhitni ifloslovchi tabiiy omillarga shamol (havodagi chang miqdorining ortib ketishiga olib keladi), vulkan otilishi (atmosferaning vulkan tutunlari va kullari bilan ifloslanishi), sellar, qurgoqchilik, suv toshqinlari, zilzilalar, chigirtka bosishi, surilmalar va h.k. Masalan, qo'rg'oshin asab tizimi, jigar va buyrakni zaharlaydi. Simob koproq jigar va buyrakda toplanadi, modda almashinuvini buzadi, kadmiy bolalar nutqining buzilishiga olib keladi, mishyak opka va teri rakini keltirib chiqaradi.

Qishloq xojaligida qollaniladigan pestitsidlardan har yili jahonda 1 mln kishi zaharlanadi, ulardan taxminan 15-20 ming kislhi hayotdan koz yumadi. Avtomobillardan chiqadigan benzopiren moddasi, radioaktiv moddalar opka rakini keltirib chiqaradi. Uglerod oksidining havodagi miqdori ortib ketishi organizmda kislorod yetishmovchiligiga sabab boladi hamda asab va yurak -qon tomir tizimlarini ishdan chiqaradi. Doimiy manbalardan atmosferaga 150 dan ortiq zararli moddalar chiqariladi. Hududiy jihatdan bu zararlarning 84%i sanoat korxonalarining asosiy qismi to'plangan Toshkent, Qashqadaryo, Buxoro, Farg'ona va Navoiy viloyatlariga to'g'ri keladi. Atmosferani ifloslantiruvchi asosiy manbalardan biri avtomobil transporti hisoblanadi. Avtotransportning atmosferaga chiqarilayotgan zararli moddalarning salmo g' i 53%ni, ayrim shaharlar (Toshkent, Buxoro Samarqand, Andijon) da 80% gacha yetadi. Keyingi paytda atmosferaga transport tomonidan chiqarilayotgan zararli chiqindilar 2,7 martaga kamaydi. Bu tabiatni muhofaza qilish tadbirlarining faol

olib borilayotganligi, avtoparklarni texnik soz holatlarda saklanayotganligi, avtomobillarni ekologik nazoratdan o'tkazish tizimining mukammallashganligi kabi tadbirlarni amalga oshirish natijasidir. Atmosfera havosini toza saqlashda sanoat ob'ektlarini geografik sharoitga qarab joylashtirish muhim ahamiyatga ega. Bunda sanoat ob'ektlari va yirik kommunal korxonalari alohida sanoat zonasida uy-joy massivlaridan tashqarida bo'lishi kerak. Shuningdek, shamolning yo'nalishi uy-joy zonasidan sanoat zonasi tomon esadigan bo'lishiga rioya qilish lozim. Aks holda sanoatdan chiqqan chang, qurum va gazlar uy-joy zonasi tomon shamol orqali kelib, havoni ifloslaydi. Uy-joy zonasi bilan sanoat zonasi orasida kengligi 100 m dan bir necha kilometr keladigan yashil o'simliklardan iborat sanitariya-himoya zonasi bo'lishi yaxshi natija beradi.

Atmosfera havosining ifloslanganlik darajasi va uni O'zbekiston respublikasi hududlari bo'yicha o'ziga xosligi bu sohada aniq tadbirlarni ishlab chiqishni talab etadi. Ana shunga ko'ra havoni muhofaza qilish borasidagi aniq yo'nalishlar quyidagicha bo'lishi kerak: havoning ifloslanishi yo'l qo'yiladigan darajadan oshib ketgan shahar va aholi punktlarida me'yoriy darajalarga tushirish; tezlik bilan respublikaning barcha shaharlarida, aholi punktlarida va sanoat markazlarida havo sifatini sanitariya me'yorlari darajasida yaxshilash; havoni muhofaza qilishda iqtisodiy dasturlardan foydalanishni kengaytirish.

Адабиётлар руйхати:

1. Глушкова В.Г., Макар С.В. «Экономика природопользования» учебное -пособие М:, Гардораки 2005.

2. Холина В.И. «Основы экономики природопользования» Питер 2005.

3. Галыцин А.Н. «Основы промышленной экологии» Академия 2004.

4. Мирзоева И.Э. Табиатни мухофаза килишнинг маданий ва эстетик ахдмияти «Ученый XXI века» международный научный журнал № 1-1 (26), январь 2017 г.Россия.41-43 стр

5. Mirzoyeva I.E.,Muratova G.S.Inson xo'jalik faoliyati ta'sirida geografik qobiqda issiqlik balansining o'zgarishi. "Ekologiya va ekologik ta'lim muammolari" ilmiy-amaliy konferensiya. ISSN: 2181-3464/ 28.10.2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.