Научная статья на тему 'TALABALARDA SANOGEN TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI'

TALABALARDA SANOGEN TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sanogen tafakkur / pedagogika / psixologik asoslari / strategiya / tafakkur omillari / muammoli vaziyat. / соногенное мышление / педагогика / психологические основы / стратегия / факторы мышления / проблемная ситуация.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — F.M.Qo‘Chqarova

sanogenik fikrlash, salomatlik psixologiyasiga asoslangan tushuncha, farovonlik va chidamlilikni oshiradigan ijobiy, salomatlikni rag'batlantiruvchi fikrlash jarayonlariga urg'u beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PEDAGOGICAL STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF SANOGENIC THINKING OF FUTURE TEACHERS

саногенное мышление, концепция, основанная на психологии здоровья, подчеркивает позитивные, способствующие здоровью мыслительные процессы, которые повышают благополучие и устойчивость.

Текст научной работы на тему «TALABALARDA SANOGEN TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© F.M.Qo'chqarova 1B_

1Andijon davlat universiteti, Andijon, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH:sanogenik fikrlash, salomatlik psixologiyasiga asoslangan tushuncha, farovonlik va chidamlilikni oshiradigan ijobiy, salomatlikni rag'batlantiruvchi fikrlash jarayonlariga urg'u beradi.

MAQSAD: ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi kelajakdagi o'qituvchilarda sanogenik fikrlashni rivojlantirishning samarali pedagogik strategiyalarini aniqlash va baholashdir.

MATERIALLAR VA METODLAR: ushbu tadqiqot aralash usullardan foydalanadi, jumladan, pedagoglar va psixologlar bilan sifatli intervyular, o'qituvchilarning stajyorlari o'rtasida so'rovlar va sanogenik fikrlash va salomatlik psixologiyasi bo'yicha mavjud adabiyotlarni ko'rib chiqish.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: natijalar bo'lajak o'qituvchilarda sanogenik fikrlashni rivojlantirish uchun bir nechta asosiy pedagogik strategiyalarni ta'kidlaydi.Natijalar shuni ko'rsatadiki, ushbu strategiyalar o'qituvchilar ta'limi dasturlariga kiritilganda, bo'lajak o'qituvchilarning ruhiy farovonligi va chidamliligini sezilarli darajada oshirishi, ularni ijobiy va sog'lom sinf muhitini yaratishga tayyorlashi mumkin.

XULOSA: ushbu tadqiqot maqsadli pedagogik strategiyalar orqali bo'lajak o'qituvchilarda sanogenik fikrlashni rivojlantirish muhimligini ta'kidlaydi.

Kalit so'zlar:sanogen tafakkur, pedagogika, psixologik asoslari, strategiya, tafakkur omillari, muammoli vaziyat.

ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ СТРАТЕГИИ РАЗВИТИЯ САНОГЕННОГО МЫШЛЕНИЯ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ_

©Ф.М.К,уч кдова1 н

1 Андижанский государственный университет, Андижан, Узбекистан_

Аннотация

Iqtibos uchun: Qo'chqorova F.M. Talabalarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning psixologik xususiyatlari. // Inter education & global study. 2024. №5(1). B.507-512.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5(1)

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ВВЕДЕНИЕ: саногенное мышление, концепция, основанная на психологии здоровья, подчеркивает позитивные, способствующие здоровью мыслительные процессы, которые повышают благополучие и устойчивость.

ЦЕЛЬ: основной целью данного исследования является выявление и оценка эффективных педагогических стратегий развития саногенного мышления у будущих учителей.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в данном исследовании используются смешанные методы, включая качественные интервью с педагогами и психологами, опросы учителей-стажеров и обзор существующей литературы по саногенному мышлению и психологии здоровья.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты подчеркивают несколько ключевых педагогических стратегий для развития саногенного мышления у будущих учителей. Результаты показывают, что, когда эти стратегии включены в программы подготовки учителей, психологическое благополучие будущих учителей может значительно повысить их устойчивость. , подготовить их к созданию позитивной и здоровой атмосферы в классе.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: данное исследование подчеркивает важность развития саногенного мышления у будущих учителей посредством целенаправленных педагогических стратегий.

Ключевые слова: соногенное мышление, педагогика, психологические основы, стратегия, факторы мышления, проблемная ситуация.

Для цитирования: К,учк,арова Ф.М. Педагогические стратегии развития саногенного мышления будущих учителей. // Inter education & global study. 2024. №5(1). С. 507-512.

PEDAGOGICAL STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF SANOGENIC THINKING OF FUTURE TEACHERS_

© Feruza M. Qo'chqarova1®

1Andijan State University, Andijan, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: sanogenic thinking, a concept based on health psychology, emphasizes positive, health-promoting thought processes that increase well-being and resilience.

AIM: the main purpose of this study is to identify and evaluate effective pedagogical strategies for developing sanogenic thinking in future teachers.

MATERIALS AND METHODS: This study uses mixed methods, including qualitative interviews with educators and psychologists, surveys of teacher trainees, and a review of existing literature on sanogenic thinking and health psychology.

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 5(1)

iccl (A

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

DISCUSSION AND RESULTS: The results highlight several key pedagogical strategies for developing sanogenic thinking in pre-service teachers. The results suggest that when these strategies are incorporated into teacher education programs, pre-service teachers' psychological well-being and can significantly increase their resilience, prepare them to create a positive and healthy classroom environment.

CONCLUSIONS: this study highlights the importance of developing sanogenic thinking in prospective teachers through targeted pedagogical strategies.

Key words: sonogenic thinking, pedagogy, psychological foundations, strategy, thinking factors, problem situation.

tafakkurini rivojlantirishda induksiya, deduksiya metodlaridan keng foydalanish, xalqaro baholash dasturini tatbiq etish, bo'lajak o'qituvchilarning sanogen tafakkurini rivojlantirishning pedagogik strategiyalariga integrativ yondashish, ta'lim mazmunini modernizatsiyalash, ta'limga innovasion axborot texnologiyasini joriy etish bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga, bo'lajak o'qituvchilarning sanogen tafakkuriga nisbatan ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, kasbiy kompetentlilikni rivojlantirish, o'qitishda axborot texnologiyalarini joriy qilish, o'qitishda nazariya va amaliyot uyg'unligini ta'minlash kabi masalalarga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga alohida e'tibor berilmoqda.

Respublikamizda so'nggi yillarda axborot texnologiyasini rivojlanishi bilan bog'liq holda, mashg'ulotlarni tashkil etishning yangi shakllarini tatbiq etish, ta'lim sifati va samaradorligini va ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlashning me'yoriy asoslari yaratildi. Fanlarni chuqurlashtirilgan holda o'qitish, ilmiy va innovasion yutuqlarni amaliyotga joriy qilishning samarali mexanizmini yaratish ustuvor vazifalar etib belgilandi. Bu esa, bo'lajak o'qituvchilarning sanogen tafakkurini rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Adabiyotlar. Uzluksiz ta'limda bo'lajak o'qituvchilarning sanogen tafakkurini rivojlantirishning pedagogik strategiyalari masalalari bo'yicha dunyoning bir qator oliy ta'lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarida, xususan: University of Nevada (AQSH), University of Bayreuth (Germaniya), University of Kent (Angliya), Nord University, Bude, (Norvegiya), National University of Singapore (Singapur), Ufa davlat universiteti (Rossiya), Xokkaydo universiteti (Yaponiya), Belorussiya davlat universiteti (Belorusiya)da fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda.

Dunyoda bo'lajak o'qituvchilarning sanogen tafakkurini rivojlantirish, oliy ta'lim muassasalarida o'quv mashg'ulotlarini tashkil etish, ta'limda axborot texnologiyalari hamda ularning samaradorligini oshirish yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida bir qator, xususan, quyidagi ilmiy natijalar olingan: bo'lajak o'qituvchilarning sanogen

For citation: Feruza M. Qo'chqarova. (2024) Pedagogical strategies for the development of sanogenic thinking of future teachers., Inter education & global study, (5(1)), pp. 507-512. (In Uzbek).

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

tafakkurini rivojlantirish, kometensiyaviy yondashuv asosida o'qitishning zamonaviy texnologiyalari (Leiden University); bo'lajak o'qituvchilarning sanogen tafakkurini rivojlantirish asosida talabalarning mustaqil o'quv faoliyatini tashkil etish va uning samaradorligi (Polish Society for Human Evolution Studies)dan foydalanish metodikasi ishlab chiqilgan.

Jahon bo'lajak o'qituvchilarning sanogen tafakkurini rivojlantirish bo'yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqotlarda mutaxassislarni tayyorlash bosqichlari, uslub va shakllari ishlab chiqilgan, talabalarda shakllantiriladigan kompetentlilikning mazmun mohiyati, shakllantirish mexanizmlari, talabalar ijodkorligini rivojlantirishda qobiliyatning ahamiyati, hamda amaliyotga tatbiq eta olish mahorati darajalari bo'yicha texnologiyalar (National Institute Of Technical Teachers Training And Research (Hindiston)); ta'limning innovasion texnologiyalari, o'qitishning noan'anaviy shakl, metod va vositalari, strategik texnologiyalarni qo'llash va ijtimoiy ta'limiy hamkorlik masalalari, talaba va o'qituvchi hamkorligini tizimli tashkil etish, o'zaro tajriba almashish dasturlari (Shaansi Normal University (Xitoy)); bo'lajak o'qituvchilarning sanogen tafakkurini rivojlantirish va modellashtirishga yo'naltirilgan kompetensiyaviy yondashuv, oliy ta'lim muassasalarida o'qitishning loyihali-konstruktiv jarayonining mazmuni ishlab chiqilgan (Princeton university (AQSH)).

Jahonning yetakchi oliy ta'lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlarida bo'lajak o'qituvchilarning sanogen tafakkurini rivojlantirishning pedagogik strategiyalari asosida takomillashtirish, talabalar sanogen tafakkurini rivojlantirishga oid ta'limning yangi (hamkorlikda, turli darajali, rivojlantiruvchi, dasturlashtirilgan o'qitish) metodik ta'minotini ishlab chiqish, bo'lajak o'qituvchilarning sanogen tafakkurini rivojlantirishning innovasion rivojlantirish mexanizmlarini joriy etish va sifatini baholash bo'yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda.

Jahon ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar rivojida inson aql-zakovati va ma'naviyati asosiy muvofiqlashtiruvchi, rivojlantiruvchi omil va vosita ekanligi tobora namoyon bo'lmoqda. Bu esa, o'z navbatida yuqori saviyaga ega mutaxassislarni, mehnat bozorida raqobatbardosh va innovatsion ta'lim muxitida hamkorlikdagi faoliyatga qodir pedagogik kadrlarni tarbiyalash muammosini yanada dolzarblashtirmoqda. Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari rivojlanish yo'lini tanlagan Yangi O'zbekistonda mamlakatni modernizatsiya qilish, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan barqaror rivojlantirish uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, inson kapitalini mehnat bozori talablari asosida rivojlantirish, ta'lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish, xalqaro standartlar asosida yuqori malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan kadrlar tayyorlash, ularning intellektual qobiliyatlarini namoyon etishi va ma'naviy barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish asosiy strategik vazifalar sifatida belgilangan [1]. Bunda oliy ta'lim muassasalarida malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga xizmat qiluvchi mexanizmlarni takomillashtirish dolzarb muammo hisoblanadi.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №5(1)

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Bo'lajak pedagog kadrlarni tayyorlash xalqaro dasturida talabalar faoliyatini rivojlantirishning "fikriy aks ettirish amaliyoti"ga (reflective practitioner) [2] yo'naltirilgan taktikasini rivojlantirish, ijodiy va ratsional yondashuv uyg'unligini ta'minlashning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish muhim vazifa sifatida belgilangan.

Sanogen tafakkur muammosi Vatanimiz va qator xorijlik olimlar tomonidan tadqiq etilgan. Ular asosan sanogen tafakkurning mohiyati, tabiati va uni rivojlantirish mexanizmlarini tadqiq qilishga alohida e'tibor qaratmoqda. Mazkur ilmiy tadqiqot ishlarida asosan muammoning nazariy-falsafiy, ijtimoiy va psixologik jihatlari keng miqyosda o'rganilgan.

Mualliflar o'z asarlarida sanogen tafakkurning individual shakllariga, uning elementlarini shakllantirishning o'ziga xos usullariga e'tibor berishadi. Shaxs ijtimoiy munosabatlar jarayonida o'z xatti-harakatlarini, his-tuyg'ularini, kayfiyatini nazorat qilishi kerak. Buning uchun u o'zini chuqurroq anglashi lozim. Har bir inson nafaqat o'zining his-tuyg'ularini va xatti-harakatlarini nazorat qilishi, balki muayyan qoidalarga muvofiq fikrlash tarzini ham nazorat qila olishi kerak. Mazkur holat bilan bog'liqlikda pedagog-psixolog olimlar fikrlashning ikkita turini ajratib ko'rsatishadi: sanogen va patogen fikrlash.

O'z mulohazalarini davom ettirib, olim quyidagi fikrlarni qat'iy ta'kidlab o'tadi: sanogen tafakkurning asosiy ahamiyati o'z-o'zini kamolga yetkazish maqsadlariga erishish uchun sharoit yaratish, ya'ni fe'l-atvor hamohangligi, o'z-o'zi va atrofdagilar bilan kelishish, shuningdek yomon odatlarni bartaraf etish, o'z his-tuyg'ularini boshqarish, o'z ehtiyojlarini nazorat qilish deb hisoblaydi.

Muallif sog'lom tafakkur tushunchasining psixologik, pedagogik va falsafiy mazmunini ochib bergan bo'lsada, lekin uning tarkibiy komponentlarini aniq ajratib ko'rsatmagan. Talabalarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik muammolarini tadqiq etgan

Z.A.Abdiraxmonovaning fikricha, sanogen tafakkurni rivojlantirish fikrlashdagi refleksivlik va o'z-o'zini rivojlantirishga nisbatan ehtiyojning yuqoriligi bilan belgilanib, o'smir yoshdagi talabalarda sanogen tafakkurni rivojlantirish, shaxs xususiyatlari va xulq-atvoriga ta'sir etuvchi ko'rsatkichlar ta'lim jarayoni, shaxslararo munosabatlar, kasbiy kamolot kabi ijtimoiy omillar bilan bog'liq [5, 8 b.].

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, inson tafakkurini va ularning insonparvarlik qadriyatlariga munosabatini tubdan o'zgartirish uchun ularda sanogen tafakkurni rivojlantirish muhim ijtimoiy-psixologik vazifa sifatida o'rganilishini taqoza etadi. Binobarin, insonning sog'lom tafakkuri, mustahkam iroda va e'tiqodi, halollik va adolat bilan hayot kechirishi, inson va ijtimoiy hayotga xos barcha xislat, fazilat, xususiyatlarga ega bo'lish, unga amal qilish kabi ma'naviy boylik majmuyi bo'lib hisoblanadi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 5(1)

iccl (A

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF5847-son Farmoni // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 08.10.2019 y.

2. Valerie Lesniak. An Integrative Model of Spiritual Formation: A Work Always in Process. // Reflective Practice: Formation and Supervision in Ministry ISSN 2325- 2855 © Copyright 2013 Reflective Practice: Formation and Supervision in Ministry All rights reserved.

3. Ю. М.Орлов. Оздоравливающее (саногенное) мышление / составитель А. В. Ребёнок. Серия: Управление поведением, кн. 1. — Издание 2-е изд., исправленное. - М.: Слайдинг, 2006. - 96 с.

4. S. Ataxanova. Innovatsion ta'lim jarayonida tafakkur // Ilmiy maqola. "Sog'lom avlod uchun" ilmiy-ommabop jurnal materiallari. 2014 yyil. 5/4- 5 b.

5. Z.A. Abdiraxmonova. O'smir yoshdagi o'quvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari. Diss. avtoref..... 2020. - 48 b.

6. С.Н. Морозюк. Саногенная рефлексия как фактор оптимизации акцентуаций характера и повышения эффективности учебной деятельности. Док.псих.наук ... дисс. М. 2001. - 382 с.

7. Т.Н. Васильева. Саногенное мышление учащегося, учителя. Калининград : ГИПП «Янтарный сказ», 2000. - 152 с.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМAЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

Qo'chqarova Feruza Maxamatqosimovna, professor,[ Кочкарова Феруза Махаматкосимовна, профессор], [Feruza M.Qo'chqarova, professor]; manzil: 150700, O'zbekiston, Farg'ona viloyati, Shahar: Qo'qon, Turon ko'chasi, 23 [адрес: 150700, Узбекистан, Ферганская область, Город: Кокан, улица Турон, 23], [address: 150700, Uzbekistan, Fergana region, City: Kokan, Turon street, 23];

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.