Ismailov Murodulla Kaxramonovich,
Termiz davlat universiteti "Pedagogika va ijtimoiy ish" kafedrasi katta o'qituvchisi, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)
STYUDENT MEZONIGA MUVOFIQ BO/LAJAK IJTIMOIY ISH XODIMLARIDA SANOGEN REFLEKSIYANI RIVOJLANTIRISH NATIJALARINING MATEMATIK-STATISTIK TAHLILI
UDK: 37.378:378.22 DOI: 10.34920/SO/VOL_2023_ISSUE_9_4
ISMAILOV ИЖ. STYUDENT MEZONIGA MUVOFIQ BO'LAJAK IJTIMOIY ^ XODIMLARIDA SANOGEN REFLEKSIYANI RIVOJLANTIRISH NATIJALARINING MATEMATIK-STATISTIK TAHLILI
Maqolada sanogen tafakkur muammosiga Ьо1г tadqiqot ishlari mazmuni усмИ^т hamda bo'lajak ijtimoiy ish xodimlarida sanogen refleksiyani rivojlantirish muammosining dolzarbligi asoslangan. Shuningdek, bo'lajak ijtimoiy ish xodimlarida sanogen va patogen refleksiya xususiyatlarining rivojlanganlik darajasini aniqlashga doir tajriba-sinov ishi mazmuni yoritilgan. Tadqiqot natijalarini matematik-statistik tahlil qilishda Styudent t-mezonidan foydalanilgan.
Tayanch so'z va iboralar: sanogen tafakkur, patogen tafakkur, sog'lom fikrlash, sanogen va patogen refleksiya, introspeksiya, Styudent mezoni, empirik qiymat, kritik qiymat, fikrlashdagi stereotiplik.
ИСМАИЛОВ М.К. МАТЕМАТИКО-СТАТИСТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ПО КРИТЕРИЮ СТЬЮДЕНТА РЕЗУЛЬТАТОВ РАЗВИТИЯ САНОГЕННОЙ РЕФЛЕКСИИ У БУДУЩИХ СОЦИАЛЬНЫХ РАБОТНИКОВ
В статье освещено содержание исследовательской работы по проблеме саногенного мышления и обоснована актуальность проблемы развития саногенной рефлексии у будущих социальной работников. Также освещается содержание опытно-экспериментальной работы по определению уровня развития саногенных и патогенных рефлекторных особенностей у будущих социальной работник. При математико-статистическом анализе результатов исследования использовался Т-критерий Стьюдента.
Ключевые слова и понятия: саногенное мышление, патогенное мышление, здравый смысл, саногенная и патогенная рефлексия, самоанализ, критерий Стьюдента, эмпирическая стоимость, критическая стоимость, стереотипность мышления.
ISMAILOV M.K. MATHEMATICAL AND STATISTICAL ANALYSIS OF THE RESULTS OF THE DEVELOPMENT OF SANOGENIC REFLECTION IN FUTURE SOCIAL WORKERS ACCORDING TO STUDENT CRITERIA
The article highlights the content of the research work on the problem of sanogenic thinking and substantiates the relevance of the problem of the development of sanogenic reflection in future social workers. The content of experimental work on determining the level of development of sanogenic and pathogenic reflex features in future social workers is also highlighted. In the mathematical and statistical analysis of the results of the study, the Student's T-criterion was used.
Key words and concepts: sanogenic thinking, pathogenic thinking, common sense, sanogenic and pathogenic reflection, introspection, student's criterion, empirical value, critical value, stereotypical thinking.
Kirish.
Jahon ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar rivojida inson aql-zakovati hamda ma'naviyati jamiyatni rivojlantiruvchi muhim omil va vosita ekanligi tobora ayon bo'lib bormoqda. Bu esa, o'z navba-tida erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish uchun zarur ijtimoiy faol fuqarolar, yuksak saviyaga ega mutaxassislar, mehnat bozorida raqobatbar-dosh va innovatsion ta'lim muhitida hamkorlik-dagi faoliyatga qodir pedagog kadrlarni tayyor-lash muammosini yanada dolzarblashtirmoqda. Ayniqsa, mutaxassis kadrlarni tayyorlash xalqaro dasturida talabalar faoliyatini rivojlantirishning "fikriy aks ettirish amaliyoti"ga (reflective practitioner) yo'naltirilgan taktikasini takomillashti-rish, ijodiy va ratsional yondashuv uyg'unligini ta'minlashning pedagogik mexanizmlarini rivo-jlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqot maqsadi. Talabalarda sanogen va patogen fikrlash xususiyatlarining rivojlanganlik darajasini aniqlashga doir tajriba-sinov ishi nati-jalarini matematik-statistik jihatdan tahlil qilish.
Tadqiqotda qo'llanilgan usullar. Kuza-tish, adabiyotlar va ilmiy-tadqiqot ishi natijalari tahlili, taqqoslash, tizimlashtirish, matematik-statistik tahlil.
Mavzu bo'yicha ilmiy adabiyotlar tahlili.
Dunyo sivilizatsiyasi rivojlanishining hozirgi sur'ati, tabiiy va ijtimoiy genezisning tobora ortib borayotganligi, inson hayoti dinamika-sining intensivligi, insoniyat hayotida sodir bo'layotgan voqealarning murakkabligi shaxsda turli xil hissiy-emotsional va ruhiy zo'riqish omillari sifatida izohlanadi. Shu sababli, zamo-naviy ta'limning muhim vazifasi bu kabi omil-larning salbiy ta'siridan muhofazalangan, pozi-tiv va dialektik fikrlaydigan, sodir bo'layotgan voqealarni to'g'ri idrok eta oladigan, real opti-
mistik prognozlarga, ya'ni sanogen tafakkurga ega bo'lgan shaxsni tarbiyalashdir.
An'anaga ko'ra, psixologiya va pedagogi-kada tafakkur jarayoni mazmuni ma'lum bir muammoni hal qilishga qaratilgan aqliy harakat-lar majmui sifatida izohlanadi. Shuningdek, fikrlash jarayonining tashqi voqea-hodisalar bilan bog'liqligi qoida sifatida belgilangan. Biroq, ichki muammolar, masalan, kasbiy faoliyatdagi muvaf-faqiyatsizlik, shaxslararo munosabatlar, shaxsiy va ijtimoiy-psixologik to'siqlar bilan bog'liq turli xil holatlar inson uchun ko'proq ahamiyatga ega. Shuning uchun ham shaxsda bu kabi salbiy hol-atlarni oldini olish va bartaraf etishga doir fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish muhim hisob-lanadi. Ammo muammo shundaki, ta'lim jaray-onida bunday fikrlash ko'nikmalari o'rgatilmaydi. Bundan tashqari, ko'pincha o'qituvchilarning o'zi ichki nizolarni yengishga qodir bo'lmagan insonlar sifatida namoyon bo'lishadi. Shu sababli ta'lim muassasalarida qulay shart-sharoitlar yaratish zarur bo'lib, unda ta'lim oluvchilar fikrlash faoliyatini jonlantiradigan, ichki ziddiyatni bartaraf etadigan, ijobiy munosabatni shakllan-tirishga xizmat kiladigan yangicha fikrlash tarzini o'zlashtirishi lozim. Ilmiy adabiyotlarda bunday fikrlash shakli "sanogen fikrlash" yoki "sanogen refleksiya", deb nomlanadi.
Tadqiqot muammosini o'rganish avvalo, inson tafakkurini shakllantirishning nazariy-met-odologik asoslari va sanogen tafakkurni rivojlan-tirish muammosiga doir psixologik-pedagogik tadqiqot natijalarining qiyosiy tahliliga alohida e'tibor qaratishni talab etadi.
So'ngi yillarda inson tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish masalasi psixologiya va pedagogika fanlarida ilmiy jihatdan keng o'rganiladigan, tadqiqotlar va tortishuvlarga
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 9 (130)
sabab bo'ladigan muammoga aylandi. Quy-ida tadqiqotchi olimlarning sanogen tafakkur muammosini o'rganish doirasida olib borgan ilmiy ishlari natijalarini keltirib o'tamiz.
Sanogen fikrlash mazmunini tizimli va keng masshtabda o'rgangan olim Yu.M.Orlovning fikriga ko'ra, " ... sanogen (sog'lom) tafakkurning asosiy vazifasi shaxsning o'z-o'zini takomillashti-rish maqsadlariga erishishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishdan iborat bo'lib, u insonda shaxsiy xususiyat va sifatlar uyg'unligi, o'zi va atrof-muhit bilan uyg'unlik, yomon odatlarni yo'q qilish, hissiyotlarni boshqarish va nazorat qilish ko'nikmasi sifatida namoyon bo'ladi". Shaxsda ichki nizolarni, hissiy zo'riqishni kamay-tiradigan, kognitiv to'siqlarni bartaraf etishga xizmat qiluvchi, salomatlikni ta'minlovchi tafakkur shakli sifatida Yu.M.Orlov "sanogen", ya'ni "sog'lom fikrlash"ni taklif qiladi. Aksincha, madaniyat talablari bilan dasturlashtirilgan, reproduktiv, avtomatizm bilan boshqariladigan, xato tasavvurlar ta'sirida bo'lgan oddiy stereotip fikrlashni patogen (nosog'lom, zararli), ya'ni kasallikni keltirib chiqaradigan fikrlash1, deb ataydi.
Shuningdek, olim insonning ruhiy salomatligi masalasiga to'xtalib, quyidagi fikrni bildirib o'tadi: "Sanogen tafakkur yuritish hayot falsafas-ining, ong va tana salomatligining eng ishonchli yo'llaridan biridir. Ushbu metodika yangi hissiy-aqliy odatlarni yuqori darajada o'zlashtirishga imkon beradi, o'tmishdagi patogen fikrlash tajri-basini to'playdi. Sanogen tafakkur inson ongini sog'lomlashtirishning samarali usuli hisobla-nadi. Ya'ni, insonning hayotiy faoliyati davom-ida yuzaga kelgan inqirozli holatlarini ruhiy qo'llab-quvvatlash yordamida, hissiy-emotsional o'z-o'ziga ta'sir ko'rsatish orqali bartaraf etish usuli"2.
Sanogen tafakkur (lotincha: "sanus" - sog'lom va yunon tilida - "genezis" - rivojlanish) his-hay-ajon, ichki kechinmalar, fikrlarni va emotsiyalarni boshqaruvchi, sog'lomlashtiruvchi tafakkur.
Patogen tafakkur bu insonning salomatli-giga zarar yetkazuvchi salbiy qarashlar yig'indisi
1 Орлов Ю.М. Оздоравливающее (саногенное) мышление / составитель А. В. Ребёнок. Серия: Управление поведением, кн.1. — Издание 2-е изд., исправленное. -М.: Слайдинг, 2006. - 14-15 b.
2 Орлов Ю.М. Обида. Вина. Монография. - М.: Слайдинг, 2011. - 8 b.
bo'lib, u shaxsning o'z-o'zi va shaxslararo muno-sabatlar jarayonida vujudga keladigan emot-sional beqarorlik va ichki nizolarning mavjudligi bilan izohlanadi.
Inson nafaqat o'z xatti-harakatlarini, his-tuyg'ularini nazorat qilishi, balki muayyan qoi-dalarga muvofiq fikrlash tarzini ham nazorat qila olishi lozim. Mazkur yondashuvdan kelib chiqqan holda fikrlashning ikki turi ajratib ko'rsatilmoqda: sanogen va patogen fikrlash.
Bolani individual tarbiyalash va o'qitish muammolarini tadqiq etgan rus olimlari O.S.Grebenyuk va T.B.Grebenyuklar mazkur fikr yuritish shakllarini quyidagicha izohlaydi:
- sanogen refleksiya ichki nizo, zo'riqish va xavotirni kamaytiradigan fikrlash tarzi bo'lib, u salbiy fiklarni, his-tuyg'ularni, ehtiyoj va istak-larni boshqarishga imkon beradi va shunga ko'ra kasalliklarning oldini oladi;
- patogen refleksiya bu muayyan faoli-yat davomida yuzaga keladigan muammolarni noto'g'ri aks ettirish hisoblanadi. Shuningdek, faoliyatning og'ir sharoitlarida va hissiy jaray-onlarni tartibga solishda asossiz refleksiv ste-reotiplardan foydalanish bo'lib, bu oxir-oqibat muvaffaqiyatsizlikka olib keladi3.
Aqliy harakatlar majmui sifatida fikrlashning an'anaviy tushunchasidan farqli o'laroq, "sano-gen refleksiya" ya'ni "sanogen fikrlash" atamasi ichki muammolarning yechimini aks ettiradi (masalan, ishonchsizlik, qo'rquv, muvaffaqiyat-sizlikni boshdan kechirish va h.k). G.Miner mazkur konsepsiyani - "hissiy fikrlash" [14] qobili-yati sifatida tushunadi. Ushbu fikrlash tarzining o'ziga xos xususiyatlarini tavsiflab, tadqiqotchi bunda kognitiv jarayon ikkinchi darajaga tushu-rilganligini va fonga surilganligini ta'kidlaydi. Tuyg'ular odamni boshqaruvchi mexanizm sifatida namoyon bo'ladi.
A.L.Rudakov stressli vaziyatlarda insonning xatti-harakatlarini tahlil qilib, "sanogen tafakkur" mazmunini quyidagicha izohlaydi: ".... atrofdagi dunyoga e'tibor berish, hozirgi ongni idrok etish, zaruriy qaror qabul qilish va ular haqida mulohaza yuritishdir"4.
3 Гребенюк О.С., Гребенюк Т.Б. Основы педагогики индивидуальности. Учебное пособие. - Калининград 2000. - 24 b.
4 Рудаков А.Л. «Саногенная рефлексия как фактор стрессоустойчивости личности» Канд.дисс.автореф. - М.: МПГУ - 2009. - 24 б.
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 9 (130)
Sog'lom fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish jarayoni samaradorligiga ta'sir etuvchi omillarni tadqiq etgan A.B.Rossoxin esa uning quyidagi ijobiy xususiyatlarini ajratib ko'rsatadi:
- sog'lom fikrlash ko'nikmalarini o'zlashtirish shaxsda ko'plab ijobiy o'zgarishlarni ta'minlaydi;
- sanogen fikrlash aqliy faoliyatning xilma-xilligi va mustaqilligini ta'minlash vositasi sifa-tida xizmat qiladi;
- shaxsda xavotirlanish ko'rsatkichlarining barqaror normallashuviga, shaxsiy xususiyatlarni sezilarli darajada korreksiyalash hamda sub'ektiv nazorat darajasining o'sishiga yordam beradi1.
S.N.Morozyuk o'z tadqiqot ishida oliy ta'lim muassasalari talabalarining shaxsiy va xarakter xususiyatlarini psixodiagnostik jihatdan tahlil qilib, "sanogen refleksiya"ni sog'lom tafakkurn-ing tarkibiy qismi sifatida belgilaydi. Sanogen refleksiya - bu turli xil vaziyatlarda to'g'ri xulq-atvor usullarini tanlashga imkon beruvchi, inson-ning o'z-o'zini, hissiy kechinmalarini, fikrlari va muammolarini ob'yektiv ko'rish va baholash qobiliyati hisoblanadi2.
Anna Hilman (Anna Hilman) sanogen fikrlash muammosini o'rganib, mazkur fikr yuritish tar-zini talabalarning o'z ruhiy holatini, o'zini o'zi tartibga solish va kelajakdagi kasbiy pedagogik faoliyati uchun to'g'ri ko'rsatmalarni ishlab chiq-ishga xizmat qiluvchi vosita sifatida baholaydi3.
O.Yu.Osadko va I.F.Arshavalar shaxsning jis-moniy, psixologik salomatligi hamda samarali ijtimoiy moslashuvi uning sanogen fikr yuritish potensialiga bog'liqligini e'tirof etishsa4,
1 Россохин А.В. Личность в измененных состояниях сознания / Монография-М.: Смысл, 2004. - 23 б.
2 Морозюк С.Н. Акцентуэци характера и саногенная рефлексия. Монография. - М., 2013 - 40 b.
3 Hilman A. Yu. (2017) Psychological conditions for the formation of the sanogenic thinking of student youth: author's abstract. dis. ... Candidate psychologial Sciences: 19.00.07, National University of Ostroh Academy, Ostroh, 20 p.
4 Осадько О.Ю. Саногенний потен^ал особистост як психолопчна основа бю-психо-со^ального здоров'я людини / О.Ю.Осадько // «Особислсть у сучасному свт» - К. ДП «1нформацшно-аналЬичне агентство», 2014. - C.64-68.
Аршава 1.Ф. Саногенегична парадигма у досшдженш особистост / Аршава 1.Ф., Рeпiна О.Г. // Медична психолопя, 2010. - №2. - С.16-21.
S.Maddining fikricha, sanogen tafakkur aqliy va ruhiy sog'lomlikka erishishni ta'minlaydi5.
Vatanimiz olimlaridan S.Ataxanova6, Z.A.Abduraxmonova7larning ilmiy tadqiqot ishlari sanogen tafakkurni o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, ular asosan sanogen tafak-kurning mohiyati, tabiati va uni rivojlantirish mexanizmlarini tadqiq qilishga alohida e'tibor qaratgan. Mazkur ilmiy tadqiqot ishlarida sanogen tafakkurning individual shakllariga, shun-ingdek uning elementlarini shakllantirishning o'ziga xos usullariga e'tibor qaratilgan.
Sanogen tafakkurni rivojlantirishning ijti-moiy-psixologik muammolarini tadqiq etgan Z.A.Abduraxmonovaning fikricha, sanogen tafakkurni rivojlantirish fikrlashdagi refleksiv-lik va o'z-o'zini rivojlantirishga nisbatan ehtiyo-jning yuqoriligi bilan belgilanib, o'smir yoshdagi o'quvchilarda sog'lom tafakkurni rivojlantirish shaxs xususiyatlari va xulq-atvoriga ta'sir etu-vchi ko'rsatkichlar - ta'lim jarayoni, shaxslararo munosabatlar, kasbiy kamolot kabi ijtimoiy omil-lar bilan bog'liq8.
"Inson tafakkurini shakllantirish uzoq mud-datli va murakkab jarayon" ekanligini ta'kidlagan psixolog-olim E.G'.G'oziyev quyidagi fikrni keltirib o'tadi: "Axloq tarbiyasidagi qo'pol xatolar bolaning ruhiy dunyosiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Shu sababli, shaxs dunyoqarashini tubdan qayta qurish, tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish masalasiga alohida e'tibor berish zarur9.
Tadqiqotchi L.A.Kananchuk sanogen refleksiya muammosini o'rganib uning faqatgina ikki jihatiga, ya'ni hissiy kechinmalarni shaxsiy idrok etish va samarasiz refleksiv ko'nikmalarni aniqlash xususiyatlariga alohida e'tibor qaratgan. Zero, shaxsda sanogen refleksiyaning
5 Maddi, S. Hardiness and Mental Health / S. Maddi, D. Khoshaba // Journal of Personality Assessment. 1994. -№2. - Vol. 63. - 269 b.
6 Ataxanova S. Innovatsion ta'lim jarayonida tafakkur // Sog'lom avlod uchun. - Toshkent, 2014. - №5/4. - B.5-9.
7 Abduraxmonova Z.A. O'smir yoshdagi o'quvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari: Psix.fan.bo'y.falsafa dok. (PhD) diss. ...avtoref.
- Toshkent, 2020. - 48 b.
8 Abduraxmonova Z.A. O'smir yoshdagi o'quvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari: Psix.fan.bo'y.falsafa dok. (PhD) diss. ...avtoref.
- Toshkent, 2020. - 34 b.
9 G'oziyev E. G'. Tafakkur psixologiyasi. Darslik. - T.: "Universitet", 1998. - 76 b.
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 9 (130)
V____
1-jadval. Sanogen va patogen refleksiyaning muhim xususiyatlari1
Sanogen refleksiya Patogen refleksiya
Tafakkurning dinamikligi, moslashuvchanligi, refleksivligi: inson fikrlash tarzi bilan bog'liq barcha holatlarni kuzatadi. To'liq tasavvur erkinligi: ong bilan boshqarilmaydigan voqyelikdan ajralish - fikrlarni boshqarish va cheklash odatining yo'qligi.
Introspeksiya: tahlilga asoslangan, insonning o'z-o'zini ichki kuzatuvi fonida amalga oshiriladigan fikrlar (o'tkir va kuchli his-tuyg'ular endi paydo bo'lmaydi) Doimiy xavotirli vaziyat, salbiy tajribani to'plashga hissa qo'shadi, doimiy bezovtalik ko'proq kuch talab qiladi. Fikrlashdagi stereotiplik.
Kishi ruhiy holatlarning tuzilishini biladi: u ishonchsizlik, aybdorlik, muvaffaqiyatsizlik va boshqa voqyelik qanday ishlashini tushunadi. Refleksivlik qobiliyatining to'liq yo'qligi, o'zini va o'z holatini tashqi tomondan ko'rib chiqish, vaziyatga to'g'ri baho berish ko'nikmasining rivojlanmaganligi.
Ijtimoiy stereotiplar, madaniy xulq-atvor dasturlari haqida individual bilimning mavjudligi Salbiy emotsiyalarga yo'nalganlik hamda muvaffaqiyatsizlik, o'z-o'ziga nisbatan ishonchning pastligi, irodasizlik kabi sifatlar xarakterlidir.
Fikrlashdagi rangbaranglik, diqqatning barqarorligi va irodaviylik: bu esa o'z-o'zini tahlil qilish imkonini beradi. Fikriy jarayonlarning ongsizligi: bu o'z-o'zimizni, holatimizni nazorat qila olmasligimiz bilan izohlanadi.
Fikrlash va tasavvurni boshqarish qobiliyatini hosil qiladi. Fikrlashdagi nazoratsizlik, ehtiyoj va motivlarning beqarorligi.
O'z-o'zini kuzatish (lokus nazorat)ning yuqoriligi, bu esa ijobiy faoliyat natijasini ta'minlaydi. Shaxsga vaziyatni hissiy jihatdan ijobiy aks ettirish imkonini bermaydi, bu esa surunkali stressni, o'zi va boshqalar bilan ziddiyatlarni keltirib chiqaradi.
Shaxsga hayotiy faoliyatda yuzaga keladigan muammolarga konstruktiv tus berishga, destruktiv yo'nalishdagilaridan esa saqlanish imkonini beradi. Emotsional qobiliyat darajasining pastligi va aksincha, himoya refleksiyasining yuqoriligi.
Muammoli vaziyatlardan psixologik jihatdan oqilona (o'ziga va salomatliligiga salbiy ta'sir etmagan holda) chiqish imkonini beradi. Shaxsiy aks ettirishning quyi darajada ekanligi muammoli vaziyatlarni to'g'ri tahlil qilish imkonini bermaydi.
yuqori darajada rivojlantirilishi ko'plab ijobiy natijalarga erishishni ta'minlaydi.
Shundan kelib chiqqan holda, ko'plab peda-gog olimlar shaxsda muayyan tafakkur shak-lini rivojlantirish, bunda faoliyat samarador-ligini ta'minlovchi pedagogik shart- sharoitlarni aniqlashtirish hamda uning didaktik ta'minotini ishlab chiqishga alohida e'tibor qaratishgan. Zero, inson tafakkurini rivojlantirish o'ziga xos murakkab va uzoq muddatli jarayon bo'lib, bunda o'zaro uyg'unlik kasb etuvchi ta'limiy-tarbiyaviy faoliyatni maqsadli tashkil etish pedagogik jarayonning asosiy sharti sifatida belgi-lanadi.
Insonning atrof-muhitni idrok etish jarayonini kuzatish asosida uning sanogen yoki patogen (nosog'lom) fikr yuritish ko'nikmalarini tadqiq etish mumkin. Fikrlashning patogenligi shun-daki, insonning salomatligiga zarar yetkazuvchi salbiy qarashlar yig'indisi bo'lib, u shaxsning o'z-o'zi va shaxslararo munosabatlar jarayon-ida vujudga keladigan emotsional beqarorlik va nizolar bilan izohlanadi.
1 Ushbu jadval ma'lumotlari muallif tomonidan ilmiy manbalar tahlili asosida shakllantirilgan.
Quyidagi jadvalda sanogen va patogen fikr-lash shakllarining muhim xususiyatlarini keltirib o'tamiz (1-jadvalga qarang).
Asosiy qism.
Tadqiqot maqsadiga erishish uchun tajriba-sinov ishlari 2021-2023 yillarda Termiz davlat universiteti, Farg'ona davlat universiteti va Gulis-ton davlat universitetlarida amalga oshirildi. Tajriba-sinov ishlariga ijtimoiy ish bakalavriat ta'lim yo'nalishining jami 455 nafar kunduzgi va sirtqi ta'lim shaklida tahsil oluvchi talabalari jalb etildi. Tajriba-sinov ishlari quyidagi bosqichlarda amalga oshirildi: asoslovchi, shakllantiruvchi va yakuniy.
Bo'lajak ijtimoiy ish xodimlarida sanogen fikrlash ko'nikmalarining rivojlanganlik holatini tahlil etish asoslovchi tajriba-sinov bosqichin-ing muhim vazifasi sifatida belgilandi. Dastlabki tadqiqotni o'tkazishda mutaxassislik fanlarin-ing o'qitilishi hamda mazkur fanlarga oid bil-imlarning talabalar tomonidan o'zlashtirilish darajasiga, shuningdek, ularning auditori-yadan tashqari amaliy faoliyat turlari mazmu-niga e'tibor qaratildi. Auditoriya va auditori-yadan tashqari mashg'ulotlar jarayonida dast-lab talabalarda sog'lom fikrlash ko'nikmalarini o'zlashtirishga nisbatan shaxsiy ehtiyojni shak-
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 9 (130)
llantirish asosiy vazifa bo'lib hisoblanadi. Buning uchun mashg'ulotlarda suhbat, debat-munozara, o'z-o'zini tahlil qilish kabi diagnostik metod-lar orqali quyidagi jihatlarni aniqlashga alohida e'tibor qaratildi: 1) sanogen fikrlashni o'rganish siz uchun qiziqmi? 2) sanogen refleksiyani shax-sning ham jismoniy, ham ruhiy va aqliy jihatdan salomatligini ta'minlovchi omil sifatida baholash mumkinmi? 3) sanogen fikrlashning mazmuni, uning tarkibiy qismlari va shaxsiy rivojlanishni ta'minlovchi imkoniyatlari haqida ma'lumotga egamisiz? 4) oliy ta'limda bo'lajak mutaxas-sislarni shaxsiy va kasbiy jihatdan rivojlanti-rish uchun amalga oshirilayotgan ishlar hozirgi kun jamiyat talablariga mosmi? 5) sizningcha, bo'lajak o'qituvchilarda quyidagi sifatlar qay darajada rivojlangan: o'z-o'zini anglash, o'z-o'zini boshqara olish, o'z qobiliyatlarini rivojlan-tirishga bo'lgan ehtiyoj va boshqalar? Shu kabi faoliyat shakllari talabalarda ma'lum darajada sanogen refleksiya bilan bog'liq ko'nikmalarning rivojlanganligi haqidagi xulosaga kelish imkonini beradi.
Shuni alohida qayd etish kerakki, bo'lajak ijtimoiy ish xodimlarining sanogen refleksiya ko'nikmalarini rivojlantirishda psixologik-pedagogik trening dasturlari (L.Rubtsova1, S.N.Morozyuk2) hamda refleksiv texnika mashqlaridan foydalanilgan bo'lsa, talabalarda sanogen refleksiya ko'nikmalarining rivojlan-ganligini diagnostika qilish va baholash jarayoni esa maxsus kognitiv-emotsional test (Yu.Orlov3) va mualliflik metodikalaridan foydalangan holda amalga oshirildi. Asoslovchi va yakuniy tadqiqot bosqichlarida o'tkazilgan nazorat-tashxis ishlari oralig'idagi davr bir yildan ko'proq vaqtni tash-kil etdi. Ushbu davr oralig'ida tajriba guruhi tala-balarining shakllantiruvchi ta'limiy tajriba-sinov ishlarida hamda "Bo'lajak ijtimoiy ish xodim-larida sanogen refleksiyani rivojlantirish" nomli to'garak mashg'ulotlarida faol ishtirok etishi ta'minlandi. Mazkur jarayon, to'garak, refleksiv texnika va amaliy mashg'ulotlar tizimi orqali tal-
1 Рубцова Л.В. Саногенное мышление: учебно-метод. комплекс / Л. В. Рубцова. - Новосибирск: Изд. НГПУ, 2010. - 205 с.
2 Практикум по развитию саногенного мышления / С.Н.Морозюк, Ю.В.Морозюк. - Москва: МПГУ: Прометей, 2013. - 120 с.
3 Орлов Ю. М. Когнитивно-эмотивный тест (КЭТ). М.: Импринт - Гольфстрим, 1999. - 42 с.
abalarda sanogen refleksiya ko'nikmalarini rivojlantirish mumkinligi haqidagi ishchi farazning amaliy faoliyatda o'z isbotini topishga imkoniyat yaratdi.
Bo'lajak ijtimoiy ish xodimlarida sanogen refleksiyaning rivojlanganlik darajasini baholash mezonlarini aniqlashda sog'lom fikrlashning o'ziga xos xususiyatlari (1-jadvalga qarang) hamda refleksiv faoliyat shakllariga tayanildi. Natijada quyidagi mezonlar belgilab olindi: motivatsion mezon, shaxsiy refleksiya darajasi, hissiy barqarorlik, fikrlashning namoyon bo'lishi, ijtimoiy intellekt darajasi.
Tajriba-sinov ishlarining samaradorligini aniqlash maqsadida respondentlar teng asosda tajriba (229 nafar talaba) va nazorat (226 nafar talaba) guruhlariga biriktirildi. Tajriba guruhida sanogen refleksiya rivojlanishini ta'minlashga yordam beruvchi maxsus modul asosida amaliy faoliyat yo'lga qo'yilgan bo'lsa, nazorat guruhlarida esa an'anaviy tartibda o'quv-tarbiya ishlari olib borildi.
Pedagogik tadqiqot natijalarining matematik-statistik tahlili.
Shakllantiruvchi tajriba-sinov ishlarining yakunida bo'lajak ijtimoiy ish xodimlarida sano-gen refleksiyaning rivojlanganlik darajasi qayta tashxis etildi. Dastlabki va yakuniy nazorat kes-imi natijalarini 2-jadvalda keltirib o'tamiz. Ushbu jadvalga tajriba va nazorat guruhlarining dastlabki (D.n.) hamda yakuniy (Y.n.) nazorat kesim-larida qayd etilgan natijalar kiritildi.
2-jadvalda keltirilgan yakuniy nazorat natijalarining son va foiz hisobidagi qiymatlari 3-jadvalda yaxlit holatda keltirildi.
Yakuniy nazorat natijalarini tahlil qiladigan bo'lsak (3-jadval bo'yicha) sanogen refleksiya ko'nikmalarining rivojlanganlik darajasi bo'yicha tajriba guruhi talabalaridan 50,7 foizi (116 nafar) - "yuqori", 39,3 foizi (90 nafar) - "o'rta" va 10 foizi (23 nafar) "quyi" darajani ko'rsatgan.
Nazorat guruhi talabalaridan esa sanogen refleksiya rivojlanganligining "yuqori" darajasi bo'yicha 25,7 foiz (58 nafar), "o'rta" daraja bo'yicha 43,3 foizni (98 nafar) hamda "quyi" darajasi bo'yicha 31,0 foiz (70 nafar) respon-dentlar mazkur natijalarni qayd etishgan.
Pedagogik tadqiqot natijalarini matema-tik-statistik tahlil qilishda Styudent t-mezon-idan foydalanildi. Ushbu metodika progressiv xususiyatga ega ixtiyoriy ikkita tanlanmaning
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 9 (130)
28 ТАЪЛИМ ПСИХОЛОГИЯСИ / ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ ПСИХОЛОГИЯ
2-jadval. Bo'lajak ijtimoiy ish xodimlarida sanogen refleksiya xususiyatlarining rivojlanganlik darajasi (dastlabki va
yakuniy nazorat kesimi)
№ Sanogen refleksiya xususiyatlari Tajriba guruhi (229 nafar) Nazorat guruhlari (226 nafar)
Yuqori O'rta Quyi Yuqori O'rta Quyi
D.n. Y.n. D.n. Y.n. D.n. Y.n. D.n. Y.n. D.n. Y.n. D.n. Y.n.
1. Motivatsion daraja 45 154 80 46 104 29 42 65 82 98 102 63
2. Shaxsiy refleksiya: 48 110 81 102 100 17 43 65 81 97 102 64
fikrlashdagi ijodkorlik va mustaqillik 19 40 27 33 35 5 18 24 28 32 35 20
shaxsiy bahoning adekvatligi 14 36 23 31 30 6 12 21 24 30 32 19
fikrlarning erkin nazorat qilinishi 15 34 31 38 35 6 13 20 29 35 35 25
3. Emotsional barqarorlik: 42 99 84 111 103 19 41 58 81 93 104 75
emotsional va aqliy harakatlarning uyg'unligi 13 30 22 29 31 6 13 18 21 25 32 25
o'z-o'ziga bo'lgan ishonch 17 36 34 45 29 5 16 25 33 37 30 28
Improvizatsiya 12 31 28 37 43 8 12 15 27 31 42 22
4. Fikrlashning namoyon bo'lishi: 38 114 80 90 111 25 40 61 84 103 102 62
Eksteriorizatsiya 9 24 18 21 30 5 10 13 18 25 25 14
Interiorizatsiya 10 26 20 23 28 4 10 14 21 27 26 16
fikriy harakatlarning uyg'unligi 8 34 22 23 31 8 9 13 23 25 24 18
fikrlashdagi moslashuvchanlik 11 30 20 23 32 8 11 21 22 26 27 14
5. Ijtimoiy intellekt 31 104 90 102 108 23 30 42 85 98 111 86
Retrospeksiya 9 24 23 25 28 5 8 11 22 24 29 20
introspeksiya 7 22 21 27 30 6 7 8 20 23 30 22
Ekstrospeksiya 8 24 22 21 24 5 7 11 21 23 27 24
Perspektiv 7 34 24 29 26 7 8 12 22 28 25 20
3-jadval. Bo'lajak ijtimoiy ish xodimlarida sanogen refleksiya xususiyatlarining rivojlanganligi (yakuniy nazorat kesimi)
Sanogen refleksiya xususiyatlari Tajriba guruhi (229 nafar) Nazorat guruhi (226 nafar)
Son va foiz hisobida Son va foiz hisobida
Yuqori O'rta Quyi Yuqori O'rta Quyi
Motivatsion daraja 154 67,2 46 20,0 29 12,8 65 28,7 98 43,4 63 27,9
Shaxsiy refleksiya 110 48,0 102 44,5 17 7,5 65 28,7 97 43,0 64 28,3
Emotsional barqarorlik 99 43,2 111 48,5 19 8,3 58 25,7 93 41,1 75 33,2
Fikrlarning namoyon bo'lishi 114 49,8 90 39,3 25 10,9 61 27,0 103 45,6 62 27,4
Ijtimoiy intellect 104 45,5 102 44,5 23 10,0 42 18,6 98 43,4 86 38,0
O'rtacha ko'rsatkich 116 50,7 90 39,3 23 10,0 58 25,7 98 43,3 70 31,0
o'rtacha arifmetik qiymatlarini tahlil qilish imko-nini beradi. Sanogen refleksiya xususiyatlarining o'rtacha ko'rsatkichlarini aniqlash bo'yicha tajriba va nazorat guruhlari natijalarini Statistik qatorlar ko'rinishidagi ifodasi (3-jadvaldagi qiymatlar asosida):
ÏÏ4
ъ 0.44;
г, _ If-ifof-fft^f _
Qatorlarning o'rtacha qiymatlari:
- = Щу = = 395 (7894 %)
226
Qatorlarning dispersiyalari:
Styudent mezonining empirik qiymati [6]: |f-f|
I îïiîïa
+щ - =
- 3,951
ш * Ш
■(229 + 226-2)^63?
ТАЪЛИМ ПСИХОЛОГИЯСИ I ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ ПСИХОЛОГИЯ 29
4-jadval. Talabalarda patogen refleksiyaning namoyon bo'lishining o'rtacha ko'rsatkichlari (dastlabki va yakuniy
nazorat kesimi natijalari)
Patogen refleksiya xususiyatlari Tajriba guruhi (229 nafar) Nazorat guruhi (226 nafar)
Foiz hisobida Foiz hisobida
Yuqori O'rta Quyi Yuqori O'rta Quyi
D.n. Y.n. D.n. Y.n. D.n. Y.n. D.n. Y.n. D.n. Y.n. D.n. Y.n.
Fikrlashdagi stereotiplik 48,5 1G,9 34,9 39,3 16,6 49,8 46,G 27,4 35,8 45,6 18,1 27,G
Fikrlashdagi ishonchsizlik 45,G 8,3 36,7 48,5 18,3 43,2 45,1 33,2 37,2 41,2 17,7 25,6
Himoya refleksiyasi 45,4 8,7 37,1 44,5 17,5 46,8 46,5 33,2 37,6 43,G 15,9 23,8
O'rtacha ko'rsatkich 46,3 9,3 36,2 44,1 17,5 46,6 45,9 31,3 36,9 43,3 17,2 25,4
5-jadval. Tajriba va nazorat guruhi talabalarida patogen refleksiyaning namoyon bo'lishi (yakuniy nazorat kesimi nati-
jalari)
Patogen refleksiya xususiyatlari Tajriba guruhi (229 nafar) Nazorat guruhi (226 nafar)
Son va foiz hisobida Son va foiz hisobida
Yuqori O'rta Quyi Yuqori O'rta Quyi
Fikrlashdagi stereotiplik 25 1G,9 9G 39,3 114 49,8 62 27,4 1G3 45,6 61 27,G
Fikrlashdagi ishonchsizlik 19 8,3 111 48,5 99 43,2 TS 33,2 93 41,2 58 25,6
Himoya refleksiyasi 2G 8,7 1G2 44,5 1GT 46,8 TS 33,2 9T 43,G 54 23,8
O'rtacha ko'rsatkich 21 9,3 1G1 44,1 1GT 46,6 TG 31,3 98 43,3 58 25,4
Styudent mezonining kritik qiymati [18]: F^w13, + Пз - a) = Г^кт (О^ЙДЙЗ) = l,96i
Styudent mezonining empirik qiymati kritik qiymatidan katta: 6,89>1,96. Xulosa, qatorlar o'rtacha qiymatlarining farqi statistik jihatdan ahamiyatli.
Xuddi shu ko'rinishda talabalarda patogen refleksiyaga xos bo'lgan xususiyatlar namoyon bo'lishining o'zgarish dinamikasiga oid natijalar ham taqqoslandi (4-jadvalga qarang).
Yuqoridagi jadvalda keltirilgan natijalar tahli-liga ko'ra, tajriba guruhi talabalarida patogen fikrlash xususiyatlari "yuqori" daraja bo'yicha 9,3 foizni (21 nafar), "o'rta" darajada 44,1 foizni (1G1 nafar) va "quyi" daraja bo'yicha esa 46,6 foizni (1G7 nafar) ko'rsatgan bo'lsa, nazorat guruhi talabalaridan 31,3 foizi "yuqori" (7G nafar), 43,3 foizi "o'rta" (98 nafar) va 25,4 foizi "quyi" (58 nafar) daraja ko'rsatkichlari bo'yicha natijalarni qayd etishgan. Mazkur jadvaldagi dastlabki va yakuniy nazorat ko'rsatkichlarini qiyosiy taqqo-slasak, sezilarli o'zgarishlar bo'lganligini ko'rish mumkin
Patogen fikrlashga xos bo'lgan (fikrlashdagi stereotiplik va ishonchsizlik, himoya refleksiyasi) xususiyatlar namoyon bo'lishining o'zgarish dinamikasiga oid yakuniy nazorat natijalarini quy-
idagi jadvalda son va foiz hisobida keltiramiz (5-jadvalga qarang).
Patogen refleksiya xususiyatlarining o'rtacha ko'rsatkichlarini aniqlash bo'yicha tajriba va nazorat guruhlari natijalarini statistik qatorlar ko'rinishidagi ifodasi (5-jadval natijalari bo'yicha):
Qatorlarning o'rtacha qiymatlari:
SÏL 21*5+101*4 +107*3 „ ™
X — — -— á.&ji
N 22?
(72,49 %)
Sîlnïf 70ч& I I МИЭ _ „ _,
у = =-= 4,05.
.
(81,G6 %)
Qatorlarning dispersiyalari:
з i * te- a, 63 +ip i* fc - а, +ia 7< te - a, &
229
» 0,42;
226
Styudent mezonining empirik qiymati:
229*226
, ^ 22? + 226 - 2) * 6,51 -¿33? * 0,43 + 336 * 229 4 226
Styudent mezonining kritik qiymati: T^mi aL 4 IX, - 2) = =
Styudent mezonining empirik qiymati kritik qiymatidan katta: 6,51 > 1,96. Demak, qatorlar o'rtacha qiymatlarining farqi statistik jihatdan ahamiyatli hisoblanadi.
Xulosa.
Sanogen tafakkur sog'lomlashtiruvchi, qo'llab-quvvatlovchi va ruhlantiruvchi fikrlash tarzi. Shuningdek, sanogen refleksiya bu ma'lum bir algoritmdan foydalangan holda fikr yuritish va o'rganishning shaxsiy patogen (nosog'lom fikrlash) stereotiplarini qayta ko'rib chiqish va
tartibga keltirishdan iborat bo'lib, shaxsning muayyan faoliyati davomida yuzaga keladigan muammo va qiyinchiliklarni to'g'ri aks ettirish qobiliyati sifatida izohlash mumkin. Shuningdek, qaror qabul qilishda mustaqillik, javobgarlik, o'zining g'oya va fikrlarini shakllantirish, ijtimoiy hayotda sodir bo'layotgan voqea-hodisalarga munosabat bildirishida namoyon bo'ladi.
Ma'lumotlarni matematik-statistik qayta tahlil qilish shuni tasdiqladiki, shakllantiruv-chi tajriba-sinov ishlari bosqichida biz tomoni-mizdan tajriba guruhi talabalari bilan birga-likda amalga oshirilgan maxsus ta'lim amaliyoti ularda sanogen refleksiya xususiyatlarining rivo-jlanishiga sezilarli darajada ijobiy ta'sir etgan bo'lsa, aksincha, talabalarda patogen fikrlashga xos bo'lgan xususiyatlarning namoyon bo'lish ko'rsatkichlarini quyi darajagacha pasaytirdi.
Xullas, o'tkazilgan tajriba-sinov ishlari davomida olingan natijalar va matematik-statistik tahlil ma'lumotlari tajriba guruhining qariyb 74 foiz talabalarida sanogen refleksiya ko'nikmalari sezilarli darajada rivojlandi, degan yakuniy xulo-saga kelishimizga xizmat qildi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. Abduraxmonova Z.A. O'smir yoshdagi o'quvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari: Psix.fan.bo'y.falsafa dok. (PhD) diss. ...avtoref. - Toshkent, 2020. - 48 b.
2. Ataxanova S. Innovatsion ta'lim jarayonida tafakkur // Sog'lom avlod uchun. -Toshkent, 2014. - №5/4. - B.5-9.
3. Hilman A. Yu. (2017) Psychological conditions for the formation of the sanogenic thinking of student youth: author's abstract. dis. ... Candidate psychologial Sciences: 19.00.07, National University of Ostroh Academy, Ostroh, 20 p.
4. Maddi, S. Hardiness and Mental Health / S. Maddi, D. Khoshaba // Journal of Personality Assessment. 1994. - №2. - Vol. 63. - P.265-274.
5. Аршава 1.Ф. Саногенегична парадигма у дослужены особистост / Аршава 1.Ф., Репша О.Г. // Медична психолопя, 2010. - №2. - С.16-21.
6. Афанасьев В.В., Сивов М.А. Математическая статистика в педагогике. - Яросл-вавль, Из-во ЯГПУ, 2010. - С.41.
7. Гребенюк О.С., Гребенюк Т.Б. Основы педагогики индивидуальности. Учебное пособие. - Калининград 2000. - с.44
8. G'oziyev E. G'. Tafakkur psixologiyasi. Darslik. - T.: "Universitet", 1998. - 76 b.
9. Морозюк С. Н. «Саногенная рефлексия как фактор оптимизации акцентуаций характера и повышения эффективности учебной деятельности» Док.дисс.автореф. -Москва, 2003. - с.40
10. Морозюк С.Н. Акцентуaци характера и саногенная рефлексия. Монография. -М., 2013 - 243 с.
11. Орлов Ю.М. Обида. Вина. Монография. - М.: Слайдинг, 2011. - 96 с.
12. Орлов Ю.М. Оздоравливающее (саногенное) мышление / составитель А. В. Ребёнок. Серия: Управление поведением, кн.1. — Издание 2-е изд., исправленное. - М.: Слайдинг, 2006. - С.140
13. Осадько О.Ю. Саногенний потенщал особистосп як психолопчна основа бю-психо-сощального здоров'я людини / О.Ю.Осадько // «Особиспсть у сучасному свт»
- К. ДП «lнформацiйно-аналiтичне агентство», 2014. - C.64-68.
14. Практикум по развитию саногенного мышления / С.Н.Морозюк, Ю.В.Морозюк. -Москва: МПГУ: Прометей, 2013. - 120 с.
15. Россохин А.В. Личность в измененных состояниях сознания / Монография-М.: Смысл, 2004. - 544 с.
16. Рубцова Л.В. Саногенное мышление: учебно-метод. комплекс / Л. В. Рубцова. -Новосибирск: Изд. НГПУ, 2010. - 205 с.
17. Рудаков А.Л. «Саногенная рефлексия как фактор стрессоустойчивости личности» Канд.дисс.автореф. - М.: МПГУ - 2009. - 24 с.
18. Харченко М.А. Теория статистического вывода. Учебное пособие для вузов. Издательско-полиграфический центр Воронежского государственного университета.
- Воронеж, 2008.- 162 с.
19. Орлов Ю. М. Когнитивно-эмотивный тест (КЭТ). - М.: Импринт - Гольфстрим, 1999. - 42 с.