Qo'chqarova Feruza Maxamatqosimovna,
Andijon davlat universiteti, "Umumiy pedagogika" kafedrasi professor vazifasini bajaruvchi, falsafa fanlari doktori (PhD)
SANOGEN FIKRLASH VA UNING INSON FAOLIYATIDAGIAHAMIYATI (ILMIY MANBALAR SHARHI)
UO'K: 378:91(575.1):371.3 DOI: 10.34920/SO/VOL_2023_ISSUE_9_3
QO'CHQAROVA F.M. SANOGEN FIKRLASH VA UNING INSON FAOLIYATIDAGI AHAMIYATI (ILMIY MANBALAR SHARHI)
Ushbu bo'lajak o'qituvchilarning sanogen tafakkurini rivojlantirishning pedagogik strategiyalari, bo'lajak o'qituvchilarning sanogen tafakkurini rivojlantirishning afzalliklari bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan.
Kalit so'zlar: sanogen tafakkur, pedagogika, psixologik asoslari, strategiya, tafakkur omillari, muammoli vaziyat.
КОЧКАРОВА Ф.М. САНОГЕННОЕ МЫШЛЕНИЕ И ЕГО ЗНАЧЕНИЕ В ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ЧЕЛОВЕКА (ОБЗОР НАУЧНЫХ ИСТОЧНИКОВ)
Представлены психолого-педагогические основы педагогических стратегий развития сано-генного мышления будущих учителей, преимущества развития саногенного мышления будущих учителей.
Ключевые слова: саногенное мышление, педагогика, психологические основы, стратегия, факторы мышления, проблемная ситуация.
KOCHKAROVA F.M. PSYCHOLOGICAL AND PEDAGOGICAL BASES OF PEDAGOGICAL STRATEGIES FOR DEVELOPMENT OF SANOGENIC THINKING OF FUTURE TEACHERS
The psychological and pedagogical bases of pedagogical strategies for the development of sanogenic thinking of future teachers, the advantages of developing sanogenic thinking of future teachers are presented.
Key words and concepts: sanogenic thinking, pedagogy, psychological foundations, strategy, thinking factors, problem situation.
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 9 (130)
Kirish. Jahonda bo'lajak o'qituvchilarning sanogen tafakkurini rivojlantirishning peda-gogik strategiyalari mexanizmlari tatbiq etilgan. 2015 yil Janubiy Koreyada o'tkazilgan butun jahon forumida ta'limning barqaror taraqqiyo-tini ta'minlovchi "Ta'lim-2030" Inchxon deklar-atsiyasi qabul qilindi va butun hayot davomida sifatli ta'lim olishga imkoniyat yaratish dolzarb vazifa sifatida belgilandi.
Bo'lajak o'qituvchilarning sanogen tafakkurini rivojlantirishning pedagogik strategiyalari takomillashtirish, didaktik ta'minot sifati darajasini oshirish, talabalar ijodiy tafakkurini rivojlantirish, zamonaviy ta'lim texnologiyalari-dan foydalanish, kreativ va kompetentli mutax-assislarga bo'lgan ehtiyojni qondirish bo'yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.
Mavzuning dolzarbligi.
Inson ma'naviyatini yuksaltirishga bo'lgan ehtiyoj keng qamrovli tushuncha sifatida "sanogen tafakkur" mohiyatini tahlil qilishga undab, ijtimoiy munosabatlarning barcha jabhalarini qamrab olmoqda hamda "tafakkur va sog'lom tafakkur" kategoriyalarini chambarchas bog'liq tushunchalar sifatida aqliy-mantiqiy muno-sabatlarni nazorat qilib turuvchi, odamlarning faoliyatiga baho beruvchi zaruriy o'lchov sifa-tida maydonga chiqarmoqda.
Yosh avlodning mamlakatimiz barqarorli-giga, uning ijtimoiy, ma'naviy yuksalishiga sal-biy ta'sir ko'rsatayotgan ekstremistik va terror-istik oqimlar, patogen g'oyalar ta'siriga tushib qolmasligi uchun muayyan ijtimoiy-psixologik asosni yaratish, takomillashtirish hozirgi kunda psixologiya fani oldida turgan "Zamonaviy oil-ada, farzand tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish masalalari" mavzu-sidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani mate-riallari1 to'plami 1GG muhim vazifalardandir. Mazkur masala, yoshlarning sanogen tafakkuri genezisi, mohiyati va mazmuniga mavjud ilmiy nazariyalarga suyangan holda ta'rif berish, tas-niflash, tahsil oluvchilarning sog'lom tafakkurini rivojlantirishga bag'ishlangan ijtimoiy-psix-
1 Abdiraxmonova Z.A. O'smir yoshdagi o'quvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari. Diss. avtoref.....-2G2G. - 48 b.
ologik, pedagogik texnologiyalarni takomillashtirish muammosi alohida tadqiqot ob'yekti sifatida o'rganilmagan.
Hozirgi vaqtda patogen g'oyalar va desta-billashtiruvchi guruhlarning paydo bo'lish sabablari, faoliyat doirasi kengayishining oldini olish maqsadida yoshlarning sanogen tafakkurini o'stirish muhim nazariy va amaliy aha-miyat kasb etib, bu sohada ijtimoiy-psixologik tadqiqotlarni olib borish dolzarb vazifa bo'lib hisoblanadi.
Mavzu bo'yicha ilmiy adabiyiotlarninig sharhi.
Bo'lajak o'qituvchilarning sanogen tafakkurini rivojlantirishning pedagogik strategiyalari va kasbiy faoliyatga tayyorlash muammo-lari G.Karlbibayeva, B.M.Mirzaxmedov, Yu.G'. Mahmudov, K.Mo'minxo'jayev, Yu.Po'latov, K.Tursunmetov, N.Sh.Turdiyev, B.To'rayev, J.Usarovlar ishlarida tadqiq etilgan.
Xorijiy davlat Rabiye Razzuk, Kerlis Vomak Veyne, Kim Bonggyu, Park Minju, Tilek Erduran Avji, Sedef Janbazo'g'lu Biliji kabi tatqiqotchi-larni ishlarida sanogen tafakkurning o'ziga xos xususiyatlari oid tatqiqot ishlari amalga oshiril-gan.
Insonning sog'lom fikrlashga undovchi man-balardan biri "Avesto" zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo'lib, ajdodlarimiz yarat-gan eng qadimiy, noyob bilimlarning xazinasi-dir. Jumladan "Avesto"da yaxshi fikr, tarbiyasi haqida quyidagi mulohazalar uchraydi: "Tarbiya hayotning eng muhim tirgagi tayanchi bo'lib hisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday tar-biyalash zarurki, u avval yaxshi o'qishni, so'ngra yozishni o'rganishi bilan eng yuksak pog'onaga ko'tarilsin". "Yaxshi fikr, yaxshi so'z, yaxshi ishga shon-shavkat baxsh etaman". "Avesto"da Odamning tanasi ham, so'zi ham ishi-yu tafak-kuri ham pok bo'lmog'i lozim, deyiladi.., Ahuramazda dedi: "O'zgalarga ro'shnolik ista-gan odamning yo'li, albatta, hamisha nurafshon bo'lgay!" Odamning tanasi ham, so'zi ham ishi-yu tafakkuri ham pok bo'lmog'i lozim, deyiladi fargardlardan birida. Demak, "Avesto" manavi-yatimizning ilk sarchashmalaridan biridir. Unda iymon, e'tiqodda sobitlik, ilm-fan, kasb-kor
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 9 (130)
egallash, xalqni adolat, marifat, insondo'stlik, vatanparvarlik, ona sayyorani e'zozlashga, hidoyat etishga da'vat bosh masala hisoblanadi.
Alloh taolo Qur'oni Karimda tafakkur va mushohadaga buyurib, tafakkur kishila-rini maqtab, shunday deydi: "Ular turib ham, o'tirib ham, yotib ham Allohni zikr etadi-lar va osmonlar-u Yerning yaratilishi haqida fikr yuritadilar (va duo qiladilar...)" (191-oyat). "Alloh bir kishining ichida ikki qalb yarat-gan emas" (Ahzob surasi, 4-oyat) ya'ni "Fikr-lar turli tomonga sochilgani sayin, narsan-ing haqiqatini bilish qiyinlashaveradi. Shuning uchun hukamolar: "Sen o'zingni ilmga to'la bag'ishlamaguningcha ilm senga biror narsasini bermaydi...", - deyishgan. Har tarafga sochil-gan fikr, xayol ko'plab ariqlarga tarqalib ket-gan suvga o'xshaydi. Uning bir qismini yer shi-madi, qolgani havoda bug'lanadi, ekinga hech narsa yetib bormaydi", - deb, fikrning teranligi, sog'lom tafakkurga ega bo'lish uchun inson ilm talabida bo'lib, ma'rifatga intilib, o'qib o'rganib muayyan sohani egallashi zarurligiga ishora qil-ishgan. Payg'ambarimiz alayhissalom: "Bir soat-lik tafakkur bir yil ibodat qilgandan xayrliroq", deb marhamat qilganlar. Sir emaski, fikr nurlar kaliti va bilish uchun harakat asosidir.
Shuningdek, fikr ilmlarni o'zida tutib qol-adigan to'r, maqsad va tushuncha tuzog'idir. Ko'pchilik ilmning fazl va martabasini bilsa ham, uning haqiqati, samarasi, masdari, makoni, paydo bo'lish joyi, yo'li va kayfiyatidan xabar-dor emas. Shu bilan birga, inson qanday tafakkur qilish, nima to'g'risida va nima uchun tafakkur qilishni, talab etilgan narsa ayni maqsad yoki maqsad emasligini ham to'g'ri hal qilib ololmagan. Ibn Abbos: "Yaxshiliklarni fikrlab ko'rish yaxshilik qilishga undaydi, yomonliklar-dan afsuslanish undan voz kechishga bosh-laydi", degan. Rivoyat qilinishicha, Alloh taolo kitoblaridan birida aytadiki: "Har bir hikmat sohibining so'zini qabul qilavermayman, uning o'y-fikr va ishtiyoqiga qarayman. Agar uning o'y-fikr va ishtiyoqi men uchun bo'lsa, sukutini tafakkur, so'zini hamdga aylantirib qo'yaman"1.
1 Ataxanova S. Innovatsion ta'lim jarayonida tafakkur // Ilmiy maqola. "Sog'lom avlod uchun" ilmiy-ommabop jurnal materiallari. 2014 yyil. 5/4- 5 b. .
Shofe'iy rahimahulloh aytadilar: "Sukut saqlash bilan gapirishga, fikrlash bilan xulosa chiqar-ishga yordam beringlar". Tag'in u zot: "Masal-aga to'g'ri nazar g'ururdan saqlaydi, bir fikrga qaror qilish xato va nadomatdan xalos etadi: ko'rish va fikrlash jazm va fatonat(farosat) ni kashf etadi. Hikmat ahli bilan maslahatda bo'lish nafsga sabot va aqlga quvvat beradi. Bir qarorga kelishdan oldin fikrlab ko'r, hujumga o'tishdan oldin tadbir qil, oldinga yurishdan ilgari maslahatlash"2. Tafakkurning foydasi esa ilmni ko'paytirish va hosil bo'lmagan ilmni jalb qilishdan iborat.
Umar Xayyom o'z ijtimoiy va axloqiy qarash-larida shaxsiy baxtni jamoa baxti bilan bog'lab, uning asosini adolat, insonparvarlik, hurfikrlilik, insoniy burch tashkil egishini, shundagina hay-otning baxtli damlariga erishish mumkinligini yozgandi3.
Sanogen tafakkur (lotincha: "sanus" -sog'lom va yunon tilida - "genezis" - rivo-jlanish) his-hayajon, ichki kechinmalar, fikrlarni va emotsiyalarni boshqaruvchi, sog'lomlashtiruvchi tafakkur.
Patogen fikrlash bu insonning salomatligiga zarar yetkazuvchi salbiy qarashlar yig'indisi bo'lib, u shaxsning o'z-o'zi va shaxslararo munosabatlar jarayonida vujudga keladigan emotsional beqarorlik va ichki nizolar bilan izohlanadi.
Sanogen tafakkurning nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqqan professor Yu.M.Orlov insonning ruhiy salomatligi masalasiga to'xtalib, quyidagi fikrni bildirib o'tadi: "Sanogen tafakkur yuritish hayot falsafasining, ong va tana salomatligining eng ishonchli yo'llaridan biridir. Ushbu metodika yangi hissiy-aqliy odat-larni yuqori darajada o'zlashtirishga imkon beradi, o'tmishdagi patogen fikrlash tajribasini to'playdi.
Sanogen tafakkur inson ongini sog'lomlashtirishning samarali usuli hisobla-nadi. Ya'ni, insonning hayotiy faoliyati davom-
2 Морозюк С.Н. Саногенная рефлексия как фактор оптимизации акцентуаций характера и повышения эффективности учебной деятельности. Док. псих. наук ... дисс. - М. 2001. - 382 с.
3 https://zarnews.uz/uz/f86
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 9 (130)
ida yuzaga kelgan inqirozli holatlarini ruhiy qo'llab-quvvatlash yordamida, hissiy-emot-sional o'z-o'ziga ta'sir ko'rsatish orqali bartaraf etish usuli"1. O'z mulohazalarini davom ettirib, olim quyidagi fikrlarni qat'iy ta'kidlab o'tadi: sanogen tafakkurning asosiy ahamiyati o'z-o'zini kamolga yetkazish maqsadlariga erishish uchun sharoit yaratish, ya'ni fe'l-atvor hamo-hangligi, o'z-o'zi va atrofdagilar bilan kelish-ish, shuningdek yomon odatlarni bartaraf etish, o'z his-tuyg'ularini boshqarish, o'z ehtiyojlarini nazorat qilish deb hisoblaydi.
S.Ataxanova sog'lom tafakkur muammo-sini o'rganib quyidagi fikrni bildiradi: "Sog'lom tafakkur insonning aqliy va hissiy faoliyat-lari bilan bog'liq bo'lib, u sog'lom fikrga yo'naltirilsa sog'lom tafakkur shakllanadi. Aqliy faoliyat mavjud bilim va malakalarni egallash vazifasi bo'lib, hissiy faoliyat esa sog'lom tur-mushga bo'lgan hissiy munosabatni anglatadi2. Muallif sog'lom tafakkur tushunchasining psix-ologik, pedagogik va falsafiy mazmunini ochib bergan bo'lsada, lekin uning tarkibiy kom-ponentlarini aniq ajratib ko'rsatmagan. Tala-balarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik muammolarini tadqiq etgan
Z.A.Abdiraxmonovaning fikricha, sanogen tafakkurni rivojlantirish fikrlashdagi refleksivlik va o'z-o'zini rivojlantirishga nisbatan ehtiyo-jning yuqoriligi bilan belgilanib, o'smir yosh-dagi talabalarda sanogen tafakkurni rivojlan-tirish, shaxs xususiyatlari va xulq-atvoriga ta'sir etuvchi ko'rsatkichlar ta'lim jarayoni, shaxs-lararo munosabatlar, kasbiy kamolot kabi ijti-moiy omillar bilan bog'liq3.
S.N.Morozyuk oliy ta'lim muassasalari tala-balarining shaxsiy va xarakter xususiyatlarini psixodiagnostik jihatdan tahlil qilib, "sano-gen refleksiya"ni sog'lom tafakkurning tarkibiy qismi sifatida belgilaydi. Sanogen refleksiya
1 Орлов Ю.М. Оздоравливающее (саногенное) мышление / составитель А.В. Ребёнок. Серия: Управление поведением, кн.1. — Издание 2-е изд., исправленное. -М.: Слайдинг, 2006. - 19 б.
2 Ataxanova S. Innovatsion ta'lim jarayonida tafakkur // Ilmiy maqola. "Sog'lom avlod uchun" ilmiy-ommabop jurnal materiallari. 2014 yyil. 5/4- 5 b.
3 Ataxanova S. Innovatsion ta'lim jarayonida tafakkur // Ilmiy maqola. "Sog'lom avlod uchun" ilmiy-ommabop jurnal materiallari. 2014 yyil. 5/4- 8 b.
- bu turli xil vaziyatlarda to'g'ri xulq-atvor usullarini tanlashga imkon beruvchi, insonning o'zo'zini, hissiy kechinmalarini, fikrlari va muammolarini ob'ektiv ko'rish va baholash qobiliyati4.
T.N.Vasileva o'qituvchining sanogen fikrlash-iga bolani sanogen tarbiyalash vositasi sifatida jiddiy e'tibor beradi hamda talabalarda sano-gen fikrlashni shakllantirishga xizmat qiluvchi korrektsion-rivojlantiruvchi o'yinlar va mashqlar to'plamini ishlab chiqadi5.
A.B.Rassoxin sanogen fikrlash usulining quyidagi ijobiy xususiyatlarini ajratib ko'rsatadi: sog'lom fikrlash ko'nikmalarini o'zlashtirish shaxsda ko'plab ijobiy o'zgarishlarni ta'minlaydi; sanogen fikrlash aqliy faoliyatning xilma-xilligi va mustaqilligini ta'minlash vositasi sifatida xizmat qiladi6.
U.N.Kraynova emotsional kompetentlik va sanogen refleksiya muammosini tadqiq etar ekan, sanogen refleksiyani sanogen fikr yuri-tishning muhim tarkibiy komponenti sifatida belgilab, talabalarda emotsional kompetentlikni rivojlantirishning ichki omili sifatida baholash mumkin", degan xulosaga keladi7.
Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, inson tafakkurini va ularning insonparvarlik qadriyat-lariga munosabatini tubdan o'zgartirish uchun ularda sanogen tafakkurni rivojlantirish muhim ijtimoiy-psixologik vazifa sifatida o'rganilishini taqozo etadi. Binobarin, insonning sog'lom tafakkuri, mustahkam iroda va e'tiqodi, halollik va adolat bilan hayot kechirishi, inson va ijti-moiy hayotga xos barcha xislat, fazilat, xususi-yatlarga ega bo'lish, unga amal qilish kabi ma'naviy boylik majmuyi bo'lib hisoblanadi.
4 Морозюк С.Н. Саногенная рефлексия как фактор оптимизации акцентуаций характера и повышения эффективности учебной деятельности. Док. псих. наук ... дисс. - М. 2001. - 21 б.
5 Васильева Т.Н. Саногенное мышление учащегося, учителя. - Калининград: ГИПП «Янтарный сказ», 2000. -46 б.
6 Рассохин А.В. Личностная саногенная рефлексия в изменных состояних создания. Авт. док. дисс. 2009. -41 -с.
7 Крайнова У.В. Саногенная рефлексия в структуре эмоциональной состояний создания. Авт. канд. дисс. 2010. - 141 -с.
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 9 (130)
с ТАЪЛИМ ПСИХОЛОГИЯСИ / ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ ПСИХОЛОГИЯ 21 и
Foydalangan adabiyotlar:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi «O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida»gi PF-5847-son Farmoni. - https://lex.uz/docs/-4545884
2. Valerie Lesniak. An Integrative Model of Spiritual Formation: A Work Always in Process. // Reflective Practice: Formation and Supervision in Ministry ISSN 2325-2855. © Copyright 2013 Reflective Practice: Formation and Supervision in Ministry All rights reserved.
3. Орлов Ю.М. Оздоравливающее (саногенное) мышление / составитель А.В. Ребёнок. Серия: Управление поведением, кн.1. — Издание 2-е изд., исправленное. - М.: Слайдинг, 2006. - 96 с.
4. Ataxanova S. Innovatsion ta'lim jarayonida tafakkur // Ilmiy maqola. "Sog'lom avlod uchun" ilmiy-ommabop jurnal materiallari. 2014 yyil. 5/4- 5 b.
5. Abdiraxmonova Z.A. O'smir yoshdagi o'quvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari. Diss. avtoref.....-2020. - 48 b.
6. Морозюк С.Н. Саногенная рефлексия как фактор оптимизации акцентуаций характера и повышения эффективности учебной деятельности. Док. псих. наук ... дисс. - М. 2001. - 382 с.
7. Васильева Т.Н. Саногенное мышление учащегося, учителя. - Калининград: ГИПП «Янтарный сказ», 2000. - 152 с.
8. Черемухина Т.В. Химиядан Талабалар билан индивидуал иш олиб бориш. - Т.: Укитувчи, 1989. - 136 б.
9. Рассохин А.В. Личностная саногенная рефлексия в изменных состояних создания. Авт. док. дисс. 2009. 41-c.
ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 9 (130)