Научная статья на тему 'INKLYUZIV TA’LIMDA SHAXSNING SANOGEN TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHNING ILMIY TADQIQ ETISH MASALALARI'

INKLYUZIV TA’LIMDA SHAXSNING SANOGEN TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHNING ILMIY TADQIQ ETISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
21
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
shaxs / fikr / tafakkur / sanogen tafakkur / motiv / faoliyat / xulq-atvor / faollik / komillik / bilim / ko‘nikma.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Abdurahmanova Zuhra

Ushbu maqolada tafakkur va sanogen tafakkurning ahamiyati, shaxsning sifatida taraqqiy etishida sog‘lom fikrlashning ijtimoiy psixologik xususiyatlarining olimlar tomonidan berilgan ilmiy qarashlari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INKLYUZIV TA’LIMDA SHAXSNING SANOGEN TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHNING ILMIY TADQIQ ETISH MASALALARI»

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

INKLYUZIV TA'LIMDA SHAXSNING SANOGEN TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHNING ILMIY TADQIQ ETISH MASALALARI

Abdurahmanova Zuhra

Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti Psixologiya kafedrasi dotsenti, Psixologiya fanlari bo'yicha

(PhD)

https://doi.org/10.5281/zenodo.10157183

Annotasiya. Ushbu maqolada tafakkur va sanogen tafakkurning ahamiyati, shaxsning sifatida taraqqiy etishida sog'lom fikrlashning ijtimoiy psixologik xususiyatlarining olimlar tomonidan berilgan ilmiy qarashlari keltirilgan.

Kalit so'zlar: shaxs, fikr, tafakkur, sanogen tafakkur, motiv, faoliyat, xulq-atvor, faollik, komillik, bilim, ko'nikma.

Аннотация: B данной статье представлены научные взгляды ученых на значение мышления и саногенного мышления, социально-психологические характеристики здорового мышления в развитии человека.

Ключевые слова: личность, мысль, мышление, саногенное мышление, мотив, деятельность, поведение, деятельность, совершенство, знание, умение.

Abstract. This article presents the scientific views of the importance of thinking and sanogenic thinking, the social psychological features of healthy thinking in the development of a person, given by scientists.

Keywords: personality, thought, thinking, sanogenic thinking, motive, activity, behavior, activity, perfection, knowledge, skill.

Kirish. Dunyoda sodir bo'layotgan ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlar rivojida inson aql zakovati va ma'naviyati asosiy muvofiqlashtiruvchi, rivojlantiruvchi omil va vosita ekanligi tobora namoyon bo'lmoqda. Globallashuv jarayonlarida ishtirok etayotgan davlatlarning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy sohalarda davlat hamda jamiyat oldiga hal qilinishi lozim bo'lgan bir qator vazifalarni qo'ymoqda.

Ma'naviy-axloqiy qadriyatlarning o'zgarayotganligi, destruktiv axborot oqimining shiddatli tus olishi fuqarolarning ijtimoiy-psixologik xavfsizligini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etib, individual, guruhiy va jamiyat darajasida tegishli ishlar olib borilishini taqozo etmoqda.

Inson salomatligi, sog'lom turmush tarzi uning ham jismonan, ham ruhan baquvvat, ham tafakkurining sog'lom bo'lishiga, ma'naviy va axloqiy yetuk bo'lishiga xizmat qiladi. E'tirof etish lozimki, inson salomatligi uning oqilona turmush tarzi bilan chambarchas bog'lik. Shunday ekan, eng avvalo, salomatlikning o'zi nimani anglatishini tushunib olish maksadga muvofiq. Salomatlik - odam organizmining biologik -jismoniy, ruhiy-ma'naviy holat bilan mehnat faoliyatining muvozanatlashgan birligi hisoblanadi. Sihat-salomatlik har bir kishi uchun baxt-saodat, uning mehnat unumdorligini, mamlakatning ma'naviy-ma'rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy qudratini, xalq farovonligini rivojlantirishning zarur sharti sanaladi [14;40-b.]

Asosiy qism. Shaxsning ichki va tashqi tana a'zolari favquloddagi hodisalar va vaziyatlarga moslashgan emas (stixiya, halokat, tasodif, stress, affekt, xavf-xatar-risk). Agar shaxsda sanogen tafakkur rivojlanmas ekan, unda turli vaziyatlardan qo'rqish bilan bog'liq his-tuyg'ularni oldindan sezish, payqash, kurashish, yengish kabi shaxsiy imkoniyatlar mavjud bo'lmaydi. Shuning uchun hayotga endi qadam qo'yayotgan o'smir yoshdagi o'quvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirish har qachongidanda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Maktab

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

amaliyotchi psixologlari, o'qituvchilar, ota-onalar va keng jamoatchilik bu masalaga ilmiy-psixologik nuqtai nazardan yondashishlari shart.

Sog'lom tafakkurda namoyon bo'ladigan tafakkurning tezligi xususan favqulodda vaziyatlarda kerak bo'ladi, biror qarorni juda qisqa muddat ichida qabul qilish talab qilinadi. Fikrning tezligi maktabda o'quvchilarga ko'proq zarur bo'ladi. Masalan, ayrim o'quvchilarni doskaga chiqarib yangi masalani yechish so'ralganda, hayajonlanib, butun sinf oldida o'zlarini yo'qotib qo'yadilar. Bu salbiy emosiyalar go'yo ularning tafakkurini tormozlab qo'yadi. Fikr juda sekin va tez-tez muvaffaqiyatsiz ishlay boshlaydi. Ayrim o'quvchilarning ana shu individual xususiyatlarini, ularning aqliy qobiliyatlarini to'g'ri baholash bilan maxsus hisobga olish zarurdir.

Metodologiya. Rus akademigi I.P.Pavlov ta'biri bilan aytganda - fikrlash tufayli inson «borliqning hokimiga» aylangan bo'lsa, xayvonlar abadiy «tabiat quli» bo'lib qolaverdilar. Shuning uchun tafakkur voqelikni bavosita, so'z yordami bilan umumlashgan tarzda aks ettirish jarayoni hisoblanadi. Atrof-muhitdagi hodisaning tashqi ifodasi sezgi, idrok, tasavvur prosesslarida yorqin, obrazli tarzda, turli alomatlari, fazoviy joylashishi va harakatida aks etadi. Tafakkurda esa inson ularning murakkab bog'lanishlarini anglab yetadi [7;8-b.]. Tafakkur - inson psixik faoliyatining yuksak formasi bo'lib, inson tajribasida, sezgi, idrok va tasavvur asosida vujudga kelgan va taraqqiy qilib boradi.

J.Piajening qarashlariga ko'ra, shaxsning rivojlanish davrlaridan 3-davr ya'ni rasman operasiya davri(11-15 yoshni) aynan o'smir yoshli o'quvchining komillikka, mustaqillikka, keng tafakkur yuritishga o'tish bosqichidir. Komillikni shakllantirishda avvalo, sanogen tafakkurni rivojlantirish masalasi qo'yiladi. Komillik- o'quvchini o'z salomatligini asrash va o'z faoliyatini jamiyat ravnaqi, ezgulik sari yo'naltirish, shuningdek zamonaviy hayotda mavjud bo'lgan turli tibbiy, ekologik, ijtimoiy, iqtisodiy tahdidlardan o'zini muhofaza qilish bilimi va malakalari majmuasidan iboratdir[8;30-b.].

"Inson hayotining asosiy qonuni sifatida shaxsning ustunlik va afzallikka intilishini ko'rsatish mumkin. Bu intilishning konstruktiv yo'nalishda qo'llanishi faoliyatni umumjamoa manfaatidan kelib chiqib, amalga oshirishga xizmat qiladigan shaxslar faoliyatida namoyon bo'ladi" deb ta'kidlagan edi ingliz olimi A.Adler [1;23-b.].

K.Rodjersning ta'kidlashicha, insonning barcha harakatlari qandaydir bir umumlashtiruvchi motiv asosida yuzaga keladi va amalga oshiriladi. Mazkur motivni u faollashuvga moyillik va rag'bat- deb ataydi [12].

Rus psixolog olimi P.Ya.Galperinning fikriga ko'ra, tafakkur bu oriyentirlash - tadqiqot faoliyati, oriyentirovka jarayoni, ya'ni oriyentirovka — bu jarayon, oriyentirovka — faoliyatidir. Olim psixologiya fani intellektual masalalarni yechishda sub'yektning tafakkurga oriyentirovka qilish jarayonini o'rganishdan iborat deb tushuntiradi [4;145-b.].

Nemis psixiatri K.Leongardning (1903-1988) shaxs tipologiyasiga ko'ra sanogen tafakkuri rivojlanmagan insonlar - o'zini-o'zi boshqara olmaslik, tafakkur qilmaslik xohish va intilishlari yuzasidan nazoratning sustligi, fiziologik mayllarning ustuvorligi bu tipdagi shaxslarda uyg'unlashib ketishi haqida fikr yuritadi. Ularga instinktivlik, impulsivlik, qo'pollik, mijg'ovlik, badqovoqlik, beadablik, orsizlik, qo'pol munosabatlarga moyillik xosdir. Bunday kishilar turli nizo va munozaralarni keltirib chiqarib, ularning faol ishtirokchisi bo'lishadi. Serjahl, serzarda, jizzaki bo'lib tez-tez ish joylarini o'zgartirib turishadi, jamoadagilar bilan chiqisha olishmaydi"-deb ularga ta'rif beradi[6;54-b.].

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

Amerika professori T.Shibutani (1920-2004) "Ijtimoiy psixologiya" darsligida: shaxs tafakkurini nazarda tutib - "Agar odam oz bo'lsada o'zini-o'zi anglay olsa, demak, u o'z-o'ziga ko'rsatmalar bera oladi" - deb ta'kidlagan. Demak inson avvalo o'zini anglashi, o'z xulq-atvorini nazorat qila olishi, shaxlararo munosabatlarda o'zini to'g'ri boshqara olishi zarur. Bunday shaxsiy vazifani sanogen tafakkurni rivojlantirish orqali amalga oshirish mumkin bo'ladi[11;51-b.].

P.I.Ivanovning fikricha, «tafakkur insonning shunday aqliy faoliyatidirki, bu faoliyat voqelikni eng aniq (to'g'ri), to'liq, chuqur va umumiylashtirib aks ettirishga (bilishga), insonning tag'in ham oqilona amaliy faoliyat bilan shug'ullanishiga imkon beradi»- deb ta'riflanadi[7;261-b.].

A.V.Petrovskiy "Tafakkur - ijtimoiy muhit asosida vujudga kelgan, ijtimoiy-munosabat bo'lib, nutq bilan chambarchas bog'liq, muhim bir yangilik qidirish va ochishdan iborat psixik jarayondir, boshqacha qilib aytganda, tafakkur vokelikni analiz va sintez qilishda uni bevosita va umumlashtirib aks ettirish jarayonidir»,-degan fikrni ilgari surgan.

A.V.Petrovskiyning qarashlaridan ma'lumki, shaxsning taraqqiy etishi, sog'lom bo'lishi, sanogen tafakkurining rivojlanishida interindivid (faoliyatda shaxslarning sub'yektiv munosabatlari) shaxslararo munosabatlarning ta'siri muhim ahamiyatga ega bo'lib, unda metaindivid ya'ni (atrofdagi kishilarning "hissasi") ijtimoiy muhit katta ta'sir ko'rsatadi [8;13-14-b.].

L.C.Vbigotskiy shaxsning ijtimoiy hayotida tafakkurning ahamiyatini: "Tafakkur hissiy bilish endi yetarli bo'lmay qolgan yoki hatto ojizlik qilib qolgan joyda boshlanadi. Tafakkur sezgi, idrok va tasavvurlarning bilish bilan bog'liq bo'lgan ishlarini davom ettiradi va rivojlantiradi" -degan qarashlar bilan izohlagan [3;15-b.].

Rus psixologi O.K.Tixomirov "Tafakkur,-deb yozadi psixolog olim, o'z dunyoqarashi bilan voqelikni umumlashtirib, bavosita aks ettirishni xarakterlaydigan, umumlashtirish darajasiga va foydalanadigan vositalariga hamda o'sha umumlashmalar yangiligiga bog'liq ravishda turlarga ajratishdan iborat bo'lgan jarayon, ya'ni bilish faoliyatidir" [10;26-b.]

Yu.M.Antonyan tadqiqotlarida insondagi patogen g'oyalar muayyan voqea-hodisa, narsa-buyumlar yoki ijtimoiy tuzilmalarga yo'naltirilishi, sub'yektning frustrasiyasi oqibatida alkogolizm, giyohvandlik yoki suisid kabi vayronkor harakatlar qilishga undashini ko'rsatib beradi[1]. Binobarin, shaxs o'z salomatligini (jismoniy, ruhiy, ma'naviy) saqlashi, sog'lom turmush tarzini qo'llab-quvvatlashi zarurligi shubhasiz. Bunda sanogen tafakkurni rivojlantirish uchun o'smir yoshidagi o'quvchilarda uchrashi mumkin bo'lgan patogen tafakkur xususiyatlarini rivojlanishini oldini olish lozim.

Tafakkurning ahamiyati to'g'risida O'zbekistonda psixologiya fanining ilk asoschilaridan bo'lgan ustozimiz M.Davletshin quyidagi fikrni bildiradi: "...Odam ko'zining alohida suratda tuzilganligi odamning olamni bilish imkoniyati uchun mutlaq chegara emas. Bizning ko'zimizga boshqa sezgilargina qo'shilib qolmay, balki shu bilan birga, tafakkurimizning faoliyati xam qo'shiladi"[5;43-b.].

E.G'oziyevning fikriga ko'ra: - "Tafakkurning mazmundorligi ko'p jihatdan emosional kechinmalarga — hayratda qolish, taajjublanish, yangilikni his qilish kabilarga bog'liq. Mazkur hislarning paydo bo'lishi tufakkurning ko'tarinki ruhda kechishini ta'minlaydi, kishiga zavq-shavq, maroq bag'ishlaydi. Mulohazalar, fikrlar, tushunchalar, hukm va xulosa chiqarishlarning chinligi (yolg'onligi), to'g'riligi (noto'g'riligi), adekvatligi (noadekvatligi) insonda ishonch va shubhalanish xislarining mavjudligi bilan belgilanadi. Kishilar uchun quvonchli, yoqimli, maroqli

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA lGl3-yil, ll - noyabr

kayfiyat va kechinmalar fikr yuritish jarayonlarini tezlashtiradi, fikrlash sur'atini kuchaytiradi. Aksincha, noxush kechinmalar, xafaxonlik, qo'rqinch, zo'r berishlik (stress) singari emosional holatlar mulohaza yuritishni susaytirishi, uning mahsuldorligini kamaytirishi mumkin. Emosional holatlar fikrning yo'nalishiga bevosita ijobiy va salbiy ta'sirini o'tkazib turadi"[13].

Birinchidan, emotsiyalar nafas olish a'zolarining ishlarida o'zgarish yasaydi. Masalan, yoqimli his-tuyg'ular ishga tushganda nafas olishning tezligi va ampilitudasi ortadi, yoqimsiz his-tuyg'ular ustun kelganda kamayadi, qo'zg'algan vaqtida nafas harakatlari tezlashadi hamda chuqurlashadi, zo'r berish vaqtida-sekinlashadi va yuzakilashadi, hayajon vaqtida tezlashadi, hamda kuchsizlashadi, kutilmagan holatda, hayron qolishda zudlik bilan tezlashadi, qo'rquvda sekinlashadi va hokazolar.

Turli emotsional holatlarda nafas olishning o'zgarishi

a) xursandlikda nafas olish bir minutiga 17 marta;

b) faol xafalikda 9 marta;

v) qo'rqishda 64 marta;

d) jahl chiqqanda 40 marta.

Ikkinchidan, emotsiya imo - ishoralarda, mimikada, ya'ni kishining yuzida bo'ladigan harakatlarda hamda butun badanning ma'nodor harakatlarida ko'rinadi.

Uchinchidan, gumoral harakatlardagi, ya'ni organizmning qon tarkibidagi va boshqa suyuqliklardagi kimyoviy o'zgarishlarni va shuning bilan birga modda almashishida bo'ladigan yanada chuqur o'zgarishlarni o'z tarkibiga oladi.

Tahlillar. Sanogen tafakkur so'rovnomasiga ko'ra, o'smir o'quvchilarda o'rtacha miqdorni namoyon qilganligi va bu o'quvchilarda sog'lom psixik tafakkur rivojlanish darajasi yuqori ekanligi bilan belgilanadi. Sanogen tafakkur darajasining bahosi shkalasiga ko'ra, o'quvchilarda bu shkala yuqori natijani tashkil qilishi va emosional xulq-atvor holatining yuqoriligi baholanishidan darak beradi. Sanogen tafakkur shkalasining o'smir o'quvchilarda yuqoriligi ta'lim jarayonida konstruktiv bilimlarning to'g'ri darajada shakllanganligi, ularda emosional bilimdonlikning yuqoriligidan darak beradi. Sanogen tafakkur darajasi o'quvchilarda yuqorini aks ettirganligi va natijalarga erishishda kuchlarni safarbar etishini anglatadi. O'smir o'quvchilarda sanogen tafakkurni rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarining psixologik omillariga ko'ra o'quvchilarda sanogen tafakkur darajasining barqarorligi, oilaviy munosabatlardagi ta'lim-tarbiyaning to'g'ri yo'lga qo'yilganligi, ta'lim muassasalarida kuchli bilimlarning berilganligi va ustoz-shogird tizimining rasional ravishda kechishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Oxirgi shkala ya'ni ijtimoiy fikr shkalasiga ko'ra o'smir o'quvchilarda yuqori natijani tashkil qilishi, ular bevosita o'zlari bilan boshqalarning fikrlarini ham inobatga olishi, jamiyatda belgilangan talablarga mos tarzda harakat qilishi, ijtimoiy me'yorlarga amal qilishi va sosial persepsiya shakllanganligini belgilab beradi. Shaxs xususiyatlari so'rovnomasiga ko'ra, Styudent-t mezoni bo'yicha xavotirlanish, sanogen tafakkur va ijtimoiy fikr shkalalari o'zaro ahamiyatli korrelyasiyalarni, muvaffaqiyat motivi esa, past darajani tashkil qilgan. Keyingi jadvalda Stefanson so'rovnomasi bo'yicha o'quvchilardan olingan natijalar tadqiq qilingan. (1-jadvalga qarang).

1-jadval

Shaxs xulq-atvori so'rovnomasi bo'yicha umumiy o'rtacha ko'rsatkichlar (Styudentning t-mezoni bo'yicha)

Shkalalar M

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

(n=80) Standart og'ish (n=80) t-statistika

(p<0,05);(p<0,01)

tobe 6,60 1,336 0,60

mustaqil 6,93 1,421 0,92

kirishimli 6,45 1,339 0,45

odamovi 6,95 1,176 0,95

kurashuvchi 6,58 1,196 0,57

kurashdan qochuvchi 6,55 1,218 0,55

Natijalar. O'smir o'quvchilarda Q-sortirovka so'rovnomasi bo'yicha umumiy o'rtacha ko'rsatkichi "tobelik" shkalasi bo'yicha o'quvchilarda 6,60 ni tashkil etadi. Bu esa standart ko'rsatkich bo'yicha o'rtachani tashkil etadi. Bu ko'rsatkichga ega bo'lgan o'smirlar qadriyatlarini, ijtimoiy va axloqiy etik normalarini to'g'ri qabul qila oladi. Guruh bilan hamkorlikda ishlashga moyil bo'lishadi, lekin ko'pincha o'quvchilar guruhdami yoki boshqalar bilan bo'lgan munosabatida ishonchi sustligi tufayli ular hamkorlikda ishlashga biroz qiynalishadi. Bu ko'rsatkichga ega bo'lgan o'smirlar tashqi ta'sirlarga berilishmaydi, ularda agressivlik holatlari kam kuzatiladi, boshqalarga qaram bo'lishni ham xohlashmaydi. O'smirlar sanogen tafakkuri rivojlanishida ota-onasiga, do'stlarining fikr-mulohazalariga tayanishadi.

"Mustaqil" shkalasi bo'yicha o'rtacha ko'rsatkich o'smir o'quvchilarda 6,93 ni tashkil etadi. Bu ko'rsatkichga ega bo'lgan o'smirlarning xulq-atvorida, xatti-harakatlarida mustaqillik kuzatiladi. Lekin, ular yetarli darajada mustaqil emas, hayotiy bilimlarining kamligi tufayli ular ma'lum qarorlarni mustaqil qabul qilishga, o'z fikrlarida qat'iy turishga va mustaqil bayon qilishga qiynalishadi.

"Kirishimlilik" shkalasi bo'yicha o'rtacha ko'rsatkich o'smir o'quvchilarda 6,45 ni tashkil etadi. Bu ko'rsatkichga ega bo'lgan o'smirlarning hissiyotlari beqaror bo'lgani uchun ularning kayfiyatlari tez-tez o'zgarib turadi, muloqotga tez kirishishadi, kichik guruhda emosional aloqalarni o'rnatishga va o'z fikrlarini ochiq oydin aytishga qiynalishadi. O'z hissiyotlarini ko'rsatmaslikka va boshqalarda yaxshi taassurot uyg'otishga harakat qilishadi.

"Odamovi" shkalasi bo'yicha o'rtacha ko'rsatkich o'smir o'quvchilarda 6,95 ni namoyon qilgan. Bu ko'rsatkichga ega bo'lgan o'smirlar o'z hissiyotlarini ifodalashga, tashabbus ko'rsatishga qiynalishadi. Tanimagan insonlari bilan munosabatga kirishishga qiynaladi, lekin ular qaror qabul qilishda juda ehtiyotkor bo'lishadi.

"Kurashuvchi" shkalasi bo'yicha o'rtacha shkala o'quvchilarda 6,58 ni tashkil etadi. Bu ko'rsatkichga ega bo'lgan o'smirlar guruh hayotida faol qatnashishadi, guruh a'zolari bilan kurashishga moyilligi bor. Ular shaxslararo munosabatda yuqori o'rin egallashga, do'stlariga, tengdoshlariga nisbatan yuqori natijalarga erishishga harakat qilishadi. O'smirlar hamisha o'z maqsadi sari doim olg'a intilishadi, o'z kuchiga va aqliga tayanib ish ko'rishi natijasida tafakkur xususiyatlari shakllanadi.

"Kurashdan qochuvchi" shkalasi bo'yicha o'rtacha ko'rsatkich o'smir o'quvchilarda 6,55 ni tashkil etadi. Bu ko'rsatkichga ega bo'lgan o'quvchilar o'zaro munosabatga kirishishga qiynalishadi, guruhda yuzaga keladigan janjallarda betaraf bo'lishga harakat qilishadi. Ko'pincha guruhda nizoli vaziyatlar yuzaga kelganida ular birinchi bo'lib o'zlarini chetga olib qochishga yoki bo'lmasam guruh a'zolari bilan murosa qilishga moyil bo'lishadi. Shuningdek, o'smirlar do'stlarini tanqid qilishdan qochishadi, o'z his-tuyg'ularini boshqalarga ko'rsatmaslikka harakat qilishadi.

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI " MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil, 22 - noyabr

Xulosa o'rnida ta'kidlash mumkingki, sanogen tafakkur samarasi - u ilm, vaziyat va amallardan iborat. Lekin fikrning xos samarasi ilm bo'lib, undan boshqa narsa emas. Agar qalbda ilm hosil bo'lsa, qalb holati o'zgaradi. Qalb holati o'zgarsa, a'zolar faoliyati ham o'zgaradi. Sanogen tafakkur barcha yaxshiliklar uchun asos va kalitdir. Insoniyat xavfsizligi, davlatlarning milliy manfaatlari, kelgusi avlodlarning barqaror kelajagini ta'minlash yo'lidagi jiddiy xatarga aylanganligi ham, jamiyat kelajagi bo'lgan o'smir yoshidagi o'quvchilarning sanogen tafakkurini rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini tadqiq qilish ijtimoiy talab hisoblanadi.

REFERENCES

1. Adler A. Praktika i teoriya individualnoy psixologii. SPb., 2003 - B-23.

2. Alimbayeva Sh "O'smirlar o'quv faoliyatida xavotirlanish namayon bo'lishining psixologik xususiyatlari" nom dis T.: 2012,- B.149.

3. Vbigotskiy L.S. Psixologiya razvitiya cheloveka. - M.: Izd-vo Smbissl; Izd-vo Eksmo, 2005. -S.665.

4. Galperin P.Ya., psixologii tvorcheskogo mbishleniya// Voprosbi psixologii. G.1982 - № 5

5. Davletshin M.G., Abduraxmonov F.R. "Qadimgi Sharq mamlakatlarida psixologik fikr taraqqiyoti". - T.: 1995. -B.26.

6. Leongard K. Aksentuirovannbiye lichnosti (sbornik). Kiyev. 1981.-B.23.

7. Obщaya psixologiya / Pod red. A.V.Petrovskogo. - M., Pavlov I.P. Mozg i psixika 1986. - S. 201-202.

8. Petrovskiy V.A. Psixologiya neadaptivnoy aktivnosti. - M.: Rossiyskiy otkrbitbiy universitet, 1992. - S.222.

9. Piaje J. Affektivnoye bessoznatelnoye i kognitivnoye bessoznatelnoye. Voprosbi psixologii. № 6., 1996. -S.25 - 31.

10. Tixomirov, O. K. Psixologiya mbishleniya / O.K.Tixomirov. - M., 1984. -B. 134.

11. Shibutani T. Sosialnaya psixologiya. M.: Feniks, 2002. - S.544

12. Ellis A. Gumanisticheskaya psixoterapiya:rasionalno-emosionalnbiy podxod/Per.s angl.-SPb.:Izd-vo Sova; M.: Izd-vo EKSMO-.Press, 2002. - B.272.

13. G'oziyev E.G'."Tafakkur psixologiyasi"T.:"O'qituvchi»nashriyoti, 1990.-B.15.

14. Morosanova V.I. Individualnaya samoregulyasiya i xarakter cheloveka // Vopr. psixol. -M, 2007,- S 59-68.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.