Научная статья на тему 'TALABALARDA MA’NAVIY YETUKLIKNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI'

TALABALARDA MA’NAVIY YETUKLIKNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
15
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ma’naviy kompetentlik / ma’naviyat / axborot muhiti / ma’naviy-axloqiy kompetensiya(fazilat)lar / axborot madaniyati / ma’naviy bo’shliq.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Donayeva Nozimaxon Norbo‘tayevna

Ushbu maqolada axborot muhitida talabalarda ma’naviy yetuklikni shakllantirish xususida bayon etilgan. Shaxsning ma’naviy yetukligini belgilab beruvchi xususiyatlar, shaxs yetukligini anglatuvchi bazaviy mezonlar, ma’naviy yetuklikni shakllantirishda talabalarda bo‘lishi lozim bo‘lgan ma’naviy-axloqiy kompetensiyalar (fazilatlar) haqida ma’lumot berilgan. Talabalarning axborotdan to‘g‘ri foydalana olish kompetensiyasini shakllantirishda ma’naviy yetuklik ko‘nikmalarini tarkib toptirishda ma’lum tavsiyalar berib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABALARDA MA’NAVIY YETUKLIKNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI»

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz

TALABALARDA MA'NAVIY YETUKLIKNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Donayeva Nozimaxon Norbo'tayevna

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o'qituvchisi Sharof Rashidov ko'chasi 360-uy Denov 190507 O'zbekiston [email protected], ORCID ID: 0009-0004-5206-4644 " https://doi.org/10.5281/zenodo.13269448 Annotatsiya: Ushbu maqolada axborot muhiti sharoitida talabalarda ma'naviy yetuklikni shakllantirish xususida bayon etilgan. Shaxsning ma'naviy yetukligini belgilab beruvchi xususiyatlar shaxs yetukligini anglatuvchi bazaviy mezonlar, ma'naviy yetuklikni shakllantirishda talabalarda bo'lishi lozim bo'lgan ma'naviy-axloqiy kompetensiya (fazilat)lar haqida ma'lumot berilgan. Talabalarning axborotdan to'g'ri foydalana olish kompetensiyasini shakllantirishda ma'naviy yetuklik ko'nikmalarini tarkib toptirishda ma'lum tavsiyalar berib o'tilgan.

Kalit so'zlar: ma'naviy kompetentlik, ma'naviyat, axborot muhiti, ma'naviy-axloqiy kompetensiya (fazilat)lar, axborot madaniyati, ma'naviy bo'shliq.

KIRISH

Jahon oliy ta'limi jarayonida talaba-yoshlarning ma'naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi, axborot muhiti sharoitida talabalarning ma'naviy yetukligini shakllantirishning amaliy pedagogik tizimini takomillashtirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Shuningdek, oliy ta'lim muassasalarida axborot ta'lim muhitini kengaytirish, talabalarning axborotdan to'g'ri foydalana olish kompetensiyasini shakllantirishda ma'naviy yetuklik ko'nikmalarini tarkib toptirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining "XXI asrning Oliy ta'limi" Butunjahon deklaratsiyasi, UNESCOning "Oliy ta'limni isloh qilish va rivojlantirish" dasturiy hujjatlarida dunyo miqyosida ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirishga, modulli ta'limni tashkil etishga, o'qitishning zamonaviy usullarini joriy etish orqali talaba-yoshlarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash metodikasini yanada takomillashtirishga alohida e'tibor berilgan.

Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarda ma'naviy-ma'rifiy jarayonlarning yaxlit tizimini yaratish, yoshlarni mediamakonda turli xil axborot xurujlaridan himoya qilishning tashkiliy-tadqiqiy jihatlarini takomillashtirish, ommaviy axborot vositalaridan foydalanishni samarali yo'lga qo'yish, talabalarning ma'naviy-axloqiy kompetensiya (fazilat)larini, axborotlar bilan ishlash madaniyatini tizimli tarkib toptirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

ASOSIY QISM

O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida oliy ta'lim muassasasalarida tashkil etiladigan ma'naviy-ma'rifiy ishlar samarasi va ta'sirchanlik ko'lamini oshirish, talaba-yoshlarning tafakkurida amalga oshirilayotgan islohotlarga nisbatan daxldorlik tuyg'usini kuchaytirish, axborot muhitida ular duch kelayotgan ma'lumotlar bazasidan oqilana foydalanish va to'g'ri qabul qila olish, talabalar ong-u tafakkuridagi ma'naviy bo'shliq o'rnini ma'naviy yetuklik kompetensiyasi orqali to'ldira olishlikni tashkil etish, mazkur sohaga doir ilmiy va uslubiy tadqiqotlar samaradorligini oshirishga katta e'tibor qaratilmoqda.

Talabalarda axborot muhiti sharoitida ma'naviy yetuklikni shakllantirishning umumkasbiy kompetensiyalar tizimidagi o'rni va rolini ochib berish,

axborot bilan ishlash kompetensiyasini shakllantirish, kommunikativlikning ijtimoiy-perseptiv tuzilmasini faollashtirishga doir vaziyatlarni ishlab chiqish, ta'lim-tarbiya jarayonida ma'naviy yetuklikni shakllantirish uchun ma'naviy-axloqiy tarbiyaning mazmunini boyitishga va turli o'quv kurslarida yangi interaktiv usullarini qo'llashga yo'naltirilgan, oliy ta'lim muassasalarida tarbiyaviy ishlar tizimini takomillashtirish masalalari muhim ahamiyat kasb etmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-avgustdagi PQ-3907-Qarorida "Yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta'lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish chora-tadbirlari to'g'risida"gi, 2019 yil 3 maydagi PQ-4307-son "Ma'naviy - ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"[1] gi, 2021 yil 26 martdagi PQ-5040-son "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"[2]gi qarorlari, 2020-yil 23-sentabrdagi O'RQ-637-son qarori bilan "Ta'lim to'g'risida"[3] gi qonun, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi 1059-son "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"[4] gi Qarori, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-80-son 2022-2026-yillarga mo'ljallangan "Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi" to'g'risida"[5] gi Farmonlarida talaba-yoshlarni ma'naviy kamoloti, ma'naviy yetuklik darajasini oshirish xususida qilinadigan chora-tadbirlar belgilangan.

Ma'naviy qadriyatlar mushtarakligida shaxs ongini shakllantirish masalalarini, yoshlarning milliy tarbiyasi, oilaning ma'naviy asoslari, mustaqillik ma'naviyati va tarbiya asoslari, o'quvchida milliy o'zlikni anglash, milliy g'urur iftixor tuyg'ularining shakllanishi, bu jarayonda milliy ma'naviyatning o'rni va roli tahlil etilgan, talabalarni ma'naviy-axloqiy ruhda tarbiyalashni shakllantirish masalalari, milliy ma'naviy merosimizni yoshlar ongiga singdirish yo'llari tadbiq etgan.

Shaxsning ruhiy va jismoniy yetukligining mezoni axloq va axloqiy me'yorlar bo'lib, uning ishtirokisiz

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 2IST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

www.in-academy.uz

ma'naviy kamolotga erishib bo'lmaydi. Shuning uchun ham ma'naviy-axloqiy tarbiyada uzviylik, aloqadorlik dialektik xarakterga ega bo'lib, shaxsning ma'naviy-axloqiy shakllanishida muhim sanaladi. Ma'naviyat va axloq o'z navbatida tarbiya jarayonini samarali tashkil etishni taqozo etadi. "Ma'naviyat" arabcha "ma'nolar majmui" - kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlari va tushunchalari majmuidir"[6].

Yetuklik - bu shaxs rivojlanishining shunday darajasiki, bunda shaxs o'zining fuqarolik, oilaviy, kasbiy va boshqa majburiyatlarini to'liq bajarishga qodir bo'ladi, qolaversa, jamiyatning aniq sohalarida va mehnat faoliyatida samarali ishtirok etadi. "...taraqqiyotni tahlil qilish bu jarayonning o'ta murakkab va ziddiyatli ekanini ko'rsatmoqda: inson organizmining turli tizimlaridagi taraqqiyotning yuqori darajaga erishishi uchun turlicha vaqt sarflanganligi sababli uning psixikasi o'ta sodda va juda murakkabdir hamda uning evolyutsiyasini boshlanishidagi geteroxronlik va kechishidagi tezlikning noadekvatligi kuzatiladi". Muayyan bir shaxsning yetuklik darajasi uning individual xususiyatlari va ularning ijtimoiy muhit talablari, taraqqiyot sharoitlari bilan muvofiqlik darajasiga bog'liqdir.

Ushbu ta'riflarni umumlashtirib quyidagicha ta'rif beramiz: ma'naviy yetuklik bu - shaxsning har tomonlama kamolotga erishganligi, insonlarning o'z qarorlarini o'zlari qabul qilishlari va javobgarlikni o'z zimmalariga olishlariga aytiladi. Ma'naviy yetuk shaxs quyidagi xususiyatlarga ega bo'ladi:

1-rasm. Shaxsning ma'naviy yetukligini

axloqiy

ijtimoiy

S

bag'rikenglik ishonchlilik

• xarakterning qat'iyligi samimiylik

mustaqillik

mustaqil qaror qabul qilish qobiliyati

haqqoniylik va h.k.

belgilab beruvchi xususiyatlar.

Darhaqiqat, rivojlanib borayotgan

O'zbekistonimizda yoshlarimizning bilim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Axborot asri davrida yoshlarga yopirilib kelayotgan "notoza va noxolis" axborotlarning oldini olish, sara malumotlar topib foydalanishlari, xususan nosoglom axborotlardan himoyalana olishlari, komunikatsiya vositalaridan to'gri foydalana bilishlari uchun bilim va tajriba kerak bo'ladi. Internet madaniyatini avvalo kattalar, ota-onalar, asosiy o'rinda pedagoglar o'zlaridan boshlasalar yana ham yaxshi, kutilayotgan natijalarga erishish mumkin. Shunday ekan yoshlarga sog lom axborot

muhitini yaratib, ular manaviy olamining daxlsizligini asrash asosiy vazifalarimizdan biridir.

Yangi islohotlar amalga oshirilib rivojlanayotgan bir davrda mamlakatimiz miqyosida ta'lim-tarbiya sohasiga qaratilayotgan e'tiborni alohida ta'kidlamoq joiz. Tarbiya va ta'limni bir-biridan alohida ajratib bo'lmaydi, bu ikki jarayon o'zaro uyg'un, uzluksiz asosda tashkil etilgandagina odobli, axloqiy fazilatlarga ega, yuksak ma'naviyatli, shu bilan birga bilimdon, zukko, ruhan va jismonan sog'lom, keng dunyoqarash va tafakkurga ega, zamonaviy kasb-hunar egasi bo'lgan vatanparvar yoshlarni yetishtirib beradi. Bizning ertangi kelajagimiz bunyodkorlari bo'lgan yoshlarga bilim, ko'nikma va malakalarini egallashga nazariy va amaliy ko'maklashish ertangi yanada farovon yashashimiz uchun katta zamin hozirlaydi.

O'zbekistonning taraqqiyot dasturi uzoq va davomli maqsadlarni belgilashda xalqning moddiy va ma'naviy olamini yuksalatirish, yosh avlodni ajdodlar qoldirgan o'lmas merosni chuqur o'rganish, anglash, qadrlash bilan birga, umumbashariy qadriyatlar, zamonaviy ilmfan cho'qqilarni egallash ruhida tarbiyalash masdalasi ustuvor vazifa qilib olingan.

Biz yangi O'zbekistonda yangi g'oyalar va rejalar bilan hamohang qadam qo'ymoqdamiz. Bu ildam qadamlarimiz yaqin kelajakda o'zining istiqbolli natijalarini ko'rsatadi. Jamiyatimizdagi keng qamrovli islohotlarda ham o'zining samarasi ko'rsatmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi 1059-son "Uzluksiz ma'naviy tarbiya Konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"[7]gi Qaroriga muvofiq, Uzluksiz ma'naviy tarbiya Konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari rejasi ustuvor yo'nalishlari belgilangan. Konsepsiyaning maqsadi — yosh avlodda mustaqil va baxtli hayot uchun zarur ijtimoiy malaka hamda fazilatlarni yoshiga mos, bosqichma-bosqich shakllantirishdan iborat. Talabalarda ma'naviy yetuklikni shakllantirish uchun avvalo bosqichma-bosqich ravishda shakllantirish lozim.

Unga ko'ra, ayniqsa yoshlar tarbiyasi bilan bog'lik vazifalarni samarali amalga oshirish, ularni tinch-osoyishta hayot uchun eng zarur tayanch kompetensiyalar bilan ta'minlash; ma'naviy tarbiyani baholashning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab chiqish; tarbiya jarayonida uzluksizlik, uzviylik tamoyillariga tayangan holda avvalo, onaning homiladorlik davrini to'g'ri tashkil etish, go'daklar va bolalarni ma'naviy tarbiyalash, homiladorlik davridan boshlab 30 yoshgacha davom etadigan uzluksiz ma'naviy tarbiyani amalga oshirishda ota-ona, tarbiyachi, o'qituvchi, uzluksiz ta'lim muassasalari va mahalla jamoatchiligining o'zaro samarali hamkorligi mexanizmini ishlab chiqish va hayotga joriy etish bo'yicha asosiy yo'nalishlarni belgilash kabi bir necha ustuvor yo'nalishlar ko'rsatilgan. Konsepsiyada belgilanishicha, o'quvchilarda quyidagi ma'naviy-axloqiy fazilatlarni bolalikdan boshlab tarkib toptirish lozim: (2-rasm)

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 21ST CENTURY

TASHKENT,0-8 MAY 2004 WW W. j tl"8 C8d 6fTIy . U Z

2-rasm. Ma'naviy-axloqiy fazilat

(kompetensiya)lar.

Yuksak darajadagi ma'naviyatga ega inson -fidoyilik, jasorat, mardlik, o'z xalqini sevish, Vatanni qadrlash, ajdodlardan faxrlanish kabi olijanob fazilatlari bilan ajralib turadi. Insonning insonligi birinchi navabatda, uning ma'naviy-axloqiy jihatdan barkamolligi, pokligi bilan belgilanadi.

XULOSA

Axborot muhiti sharoitida talabalarda ma'naviy yetuklikni shakllantirish anchagina o'ziga xos murakkabliklarni o'z ichiga oladi. Bunda avvalo biz talabalar ong-u tafakkuridagi ma'naviy bo'shliqni umummadaniy kompetensiyalar oraqli to'ldirishimiz lozim. Talabalar tafakkurida shakllantirilgan kompetensiyalar ularni axborot muhitida ma'naviy yetukligini shakllantirish alohida ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda respublikamizda amalga oshirayotgan islohotlar zamirida o'sib kelayotgan avlodni har tamonlma yetuk va barkamol qilib voyaga yetkazish asosiy maqsad qilib olingan. Ta'lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan barcha islohotlar farzandlarimizning ma'naviy yetuk qiyofasini kamol toptirish hisoblanadi. Yoshlarning har tomonlama barkamol shaxs bo'lib voyaga yetishida davlatimiz tomonidan ishlab chiqilgan qonunlarning hayotga tadbiq etilishini alohida e'tirof etmoq joiz.

Yuqoridagi keltirilgan ma'lumotlarga tayangan holda biz quyidagicha tavsiyalarni berib o'tmoqchimiz:

- mediamakonda axborot xurujlaridan himoyalanish usullarini ta'lim jarayoniga tadbiq etish;

- pedagogik-psixologik fanlar mazmunini ma'naviy-axloqiy tavsifdagi o'quv materiallari bilan boyitishning aksiologik imkoniyatlarini ko'rsatib berish;

- real hayotdan misollar orqali ma'lum bir keysli vaziyatlarni yaratib ularning pozitsiyani aniqlash orqali ulardagi axborotlar bilan ishlash va ularni qo'llash kompetensiyalarini shakllantirish;

zamonaviy axborot muhitida talabalarni axborot manbalaridan foydalanish malakasi va madaniyatiga egalikni oshirish.

ADABIYOTLAR:

[1] O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora - tadbirlar to'g'risida" PQ-4307-son Qarori // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 04.05.2019 y., 07/19/4307/3079 - son.

[2] O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-5040-son Qarori // "Xalq so'zi" gazetasi, 2021 yil 27 mart, № 62 (7842).

[3] O'zbekiston Respublikasi Ta'lim to'g'risidagi Qonuni. 2020-yil 23-sentabr, O'RQ-637-son (Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 24.09.2020-y., 03/20/637/1313-son)

[4] O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 1059-son Qarori 1-ilovasi. // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 03.01.2020 y., 09/20/1059/4265-son

[5] O'zbekiston Respublikasining Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida.

[6] Mustaqillil: izohli ilmiy-ommabop lug'at. Ikkinchi nashr. - Toshkent.: "Sharq". 2000. 144-b.

[7] O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 1059-son Qarori 1-ilovasi. // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 03.01.2020 y., 09/20/1059/4265-son

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.