Научная статья на тему 'TАLАBАLАRDА LОYIHАLАSH KOMPETENTLIGINI RIVОJLАNTIRISHGА YО‘NАLTIRILGАN TОPSHIRIQLАR TIZIMINI YАRАTISH АSОSLАRI VА MЕTОDIKАSI'

TАLАBАLАRDА LОYIHАLАSH KOMPETENTLIGINI RIVОJLАNTIRISHGА YО‘NАLTIRILGАN TОPSHIRIQLАR TIZIMINI YАRАTISH АSОSLАRI VА MЕTОDIKАSI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ta’lim mazmuni / pedagogik loyihalash / ta’lim samaradorligi / pedagogik hamkorlik / ko‘nikmalarni o‘zlashtirish / shaxsning shakllanishi.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dehqonova Mahliyo Shuhrat Qizi

Ushbu maqolada davlat taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan ta’lim mazmunida pedagogik loyihalash metodikasini samarali qo‘llash orqali ta’lim samaradorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan. Zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchi va talabalarda loyihalash faoliyatini shakllantirishga bo‘lgan qiziqish haqida fikrlar yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TАLАBАLАRDА LОYIHАLАSH KOMPETENTLIGINI RIVОJLАNTIRISHGА YО‘NАLTIRILGАN TОPSHIRIQLАR TIZIMINI YАRАTISH АSОSLАRI VА MЕTОDIKАSI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

TALABALARDA LOYIHALASH KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHGA YO'NALTIRILGAN TOPSHIRIQLAR TIZIMINI YARATISH ASOSLARI VA

METODIKASI Dehqonova Mahliyo Shuhrat qizi

Farg'ona davlat universiteti, Boshlang'ich ta'lim uslubiyoti kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11052210

Annotatsiya. Ushbu maqolada davlat taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi bo'lgan ta'lim mazmunida pedagogik loyihalash metodikasini samarali qo'llash orqali ta'lim samaradorligini ta'minlashga alohida e 'tibor qaratilgan. Zamonaviy ta'lim-tarbiya jarayonida o'quvchi va talabalarda loyihalash faoliyatini shakllantirishga bo'lgan qiziqish haqida fikrlar yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim mazmuni, pedagogik loyihalash, ta'lim samaradorligi, pedagogik hamkorlik, ko'nikmalarni o'zlashtirish, shaxsning shakllanishi.

Аннотация. В данной статье особое внимание уделяется обеспечению эффективности образования посредством эффективного использования методологии педагогического проектирования в содержании образования, которая является движущей силой развития государства. Выделены мысли о заинтересованности в формировании проектной деятельности школьников и студентов в современном образовательном процессе.

Ключевые слова: содержание образования, педагогический дизайн, эффективность обучения, педагогическое сотрудничество, овладение навыками, формирование личности.

Abstract. This article pays special attention to ensuring the effectiveness of education through the effective use of pedagogical design methodology in the content of education, which is the driving force for the development of the state. Thoughts about interest in the formation of project activities of schoolchildren and students in the modern educational process are highlighted.

Keywords: content of education, pedagogical design, teaching effectiveness, pedagogical cooperation, mastery of skills, personality formation.

Kirish

Mamlakatimiz va xorij olimlari shaxsning turli fan asoslaridan mavjud nazariy bilimlarni mukammal egallashidan ko'ra, ularni amaliy faoliyatda qo'llash ko'nikmalarini o'zlashtirishning afzalligini ta'kidlashmoqda. Shu bois, o'tmish mutafakkirlari ijodida pedagogik loyihalash (bevosita atama ishlatilmagan bo'lsa ham) bejizga o'qituvchining yetukligi sifatida qaralmagan. Jumladan, Beruniy, Forobiy, Kaykovus, Yusuf Xos Hojib, M.Koshg'ariy, A.Navoiylar ta'lim-tarbiya jarayonini reja asosida amalga oshirish g'oyasi ilgari surilgan. Yuqoridagi fikrlar buyuk ajdodlarimizning komil o'quvchi shaxsining shakllanishi va rivojlanishida pedagogik loyihalashning nechog'li ahamiyatli ekanligiga urg'u berganligidan dalolat beradi. Buyuk mutafakkirlarning mazkur fikrlari pedagogik loyihalash masalasi qadimdan jahon pedagogikasida dolzarb masala bo'lib kelganidan dalolat beradi. Biz pedagogik jarayonni jamiyat taraqqiyoti bilan hamqadam rivojlantirib, boyitib kelgan buyuk ajdodlarning vorislarimiz. O'qituvchilarni pedagogik loyihalashning mavjud imkoniyatlaridan ta'lim jarayonida maqsadga muvofiq foydalana olishga o'rgatish maktab ta'limi oldida turgan mas'uliyatli vazifalardan biri hisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

Manbalarda loyihalash faoliyatiga yo'naltirilgan ilg'or metodlar, zamonaviy texnologiyalar ta'lim sifatini oshirish, o'quvchi-talabalaming mustaqil va ijodiy tafakkurini o'stirishning muhim sharti sifatida e'tirof etiladi. A.J.Xurramovning ta'kidlashicha: "...xabardorlik-bilish asosini tashkil etuvchi bosh g'oya, tabiat va jamiyat aloqadorligini anglab yetish, avtoritar va soxta tafakkur yuritish usulidan voz kechish, sabr-bardosh, qanoat o'zgalar fikrini hurmatlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni e'zozlash kabi sifatlar shakllantirishga xizmat qiladi". Matematikani o'qitishda mashg'ulotlarni loyihalashtirish asosida tashkil qilish ularning bilish imkoniyatlarini oshiradi, aynan loyihalash usulitalabalarda dars va darsdan tashqari o'quv-biluv jarayonlarini har bir detali yuzasidan to'liq rejalashtirish va uning kechish jarayonini nazorat qilishlariga yordam beradi.

Aynan shu izchillik mohiyatan bir-biriga yaqin, faqat pedagogik texnologiyaga nisbatan murakkab tushuncha, u o'zida dars berish usullarining mavjud barcha ijobiy tomonlarini o'ziga singdirib olganligidan dalolat beradi. Uning an'anaviy o'qitish usullaridan asosiy tafovuti dars jarayonida amalga oshiriladigan ta'lim subyektlari o'quv-biluv harakatlari algoritmi mazmuni, ya'ni loyihasi avvaldan vaqt hamda faoliyat nuqtai nazaridan rejalashtirib olinganligida o'z aksini topadi. Talabalarning loyihalash usuli asosida tashkil qilinadigan mashg'ulotlarda o'zlashtiriladigan bilim va amaliy ko'nikmalari ularni bo'lg'usi amaliy pedagogik faoliyatlarida boshlang'ich sinf o'quvchilari bilan tashkil qiladiga loyihalash mashg'ulotlariga tayyorlaydi. Yana bir muhim jihat sifatida loyihalash faoliyatiga yo'g'rilgan tadbirlar o'quvchi va talabalarning individul rivojlanishlari, o'z-o'zini obyektiv baholash imkoniyatlarini ham oshirishga qaratilganligi bilan ifodalanadi. Ya'ni, o'quvchi yoki talabaning o'zlashtirish holati o'qituvchining doimiy nazoratida bo'ladi va unga tegishli manzilli korreksion tadbirlarni o'tkazish imkonini yaratadi.

Tajribali o'qituvchilar tomonidan ishlangan har qanday murakkablikdagi pedagogik texnologiyalarga asoslangan loyihalash mashg'ulotlari barcha talabalarning mavzularni a'lo darajada o'zlashtirishini kafolatlamaydi, lekin texnologik jarayonning obyektivligi, adolatliligi hamda tig'iz va mazmunliligi barcha o'quvchi va talabalarda o'qitish jarayonining adolat mezonlariga asoslanganligi, o'z mavjud qobiliyatiga tayangan holda natijaga erishishiga ishonch hosil qilishlariga sharoit yaratishi aniq. Boisi, loyihalash faoliyatiga asoslangan ta'lim barcha o'quvchi va talabalar uchun o'z imkoniyatlarini ishga solishlari uchun bir xil sharoit yaratadi, erishgan natijalari va olgan baholarining xolisligini ta'minlaydi. O'quvchi va talabalar bilan o'zaro faollik, kengash asosida tashkil qilinadigan matematika fanidan loyihalarni bosh va kichik maqsad aniqligi, ajratilgan vaqt taqsimoti, vazifalar taqsimoti, metod va texnologiyalarning to'g'ri tanlanishi, dastlabki va yakuniy muhokama, taqdimot yaratish va uni himoya qilish faoliyati o'zaro uzviylikka asoslanadi. Bundan tashqari, talabalarning mustaqil ta'lim faoliyatini tashkil etishda loyihalash ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan o'quv topshiriqlariga e'tibor qaratish yaxshi samara beradi.

Chunki mustaqil egallangan bilim birinchidan ongli o'zlashtiriladi, qolaversa talabalar xotirasida uzoq saqlanish bilan birga ularda bilimlarini boyitish hamda o'rganishga bo'lgan qiziqishlarini ta'minlashga xizmat qiladi. Hal qilayotgan muammomiz kontekstida loyihalash faoliyatiga to'sqinlik qiluvchi elementlarni aniqlash va ularni bartaraf etish masalalariga ham e'tibor qaratdik. Keyingi yillarda aksariyat (ayniqsa nodavlat va qo'shma) OTMda majburiy va tanlov fanlarining barchasi faqat ixtisoslik, mutaxassislik asoslarini o'qitish ga qaratilayotganligini ijobiy hodisa sifatida baholash mumkin bo'ladi. Aynan shu tajribani bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tayyorlash amaliyotiga joriy etish vaqt tanqisligi muammosini

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

bartaraf etish orqali mutaxassis tayyorlashga ketadigan muddatlarni qisqartirish, talabalarni ortiqcha va nozarur zo'riqishlardan xolos qilishga olib keladi.

TAHLIL VA NATIJALAR

Loyihalash faoliyatida qo'llaniladigan tahliliy ko'nikmalar talabalarda amaliy-metodik faoliyat sharoitida harakatlanish qobiliyatini rivojlantirishga yo'naltirilsa, loyiha faoliyatini amalga oshirishda muammo maqsadi, uni hal qilish faoliyatini rejalashtirish, usul va vositalarni to'g'ri tanlash qobiliyatlari shakllantiriladi. O'quvchi-talabalar tahliliy xarakterdagi o'quv-biluv vazifalarini bajarish ta'lim subyektlariga ular o'zlashtiradigan matematik tushunchalar mohiyati, o'ziga xos xususiyati, qonuniyatlarini anglab yetish, qilishni o'rganadilar. ongli o'zlashtirishda uchrash ehtimoli mavjud muammolarni oldindan bilish (bashoratlash) qilishni o'rganadilar va bartaraf etish yo'llarini aniqlash, ularga yo'l qo'ymaslik choralarini ko'rishni bilib oldilar.

Loyihalash faoliyati bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilariga mashg'ulotlarda o'quv chilarning bilish imkoniyatlarini tashxis qilish, ulardan mashg'ulotlarda samarli foydalanish qobiliyatlarini takomillashtiradi. Shu bilan birga, o'zlashtirilayotgan tushuncha yoki operatsiyalar tizimi asosiy xususiyatlari, dars mavzusini aniqlash, o'quv materialni o'zlashtirish, o'quvchilarning qiyinchiliklari va ehtimoliy xatolarini bashorat qilish qobiliyatini shakllantiradi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarini topshiriq bilan tanishtirishda foydalanadigan tushuncha va ko'nikmalarni rivojlantirish bo'yicha maxsus ish olib borish kerak. Maktab o'quvchilarining vazifa bilan tanishishga tayyorligi ularda o'qish qobiliyati, qo'shish va ayirish amallarining ma'nosi, "qo'shish...", "ayirish..." tushunchalari haqidagi fikrlar, asosiy aqliy operatsiyalar, predmetli vaziyatlarni tasvirlash va ularni diagrammalar va matematik belgilar tiliga tarjima qilish, matnli vaziyatlarni mavzu va jadvalli modellarga o'tkazish qobiliyati shakllanishini nazarda tutadi. Buning uchun talabalarga boshlang'ich sinf matematika darsliklari yoki boshqa manbalardan o'quvchilarda yuqoridagi ko'nikmalar shakllantirishga xizmat qiladigan topshiriqlarga misollar topish vazifasi beriladi.

Quyida boshlang'ich sinf o'quvchilarni loyihalash faoliyatiga jalb qilishga qaratilgan matematik topshiriqlardan namunalar keltiramiz.

Agar a=801+802+...+819+820 va b=501+502+...+529+530 bo'lsa , a+b ni toping.

1-usul- berilgan qiymatlarni maydalab yozib olamiz:

a=801+802+.. .819+820

b=501+502+.. .+519+520+521+522+.. .+529+530

qo'shishda o'rin almashtirish va guruhlash qonunlari o'rin li ekanligidan foydalanib, quyidagicha ish qilamiz:

a=801+802+.. .819+820

b=520+519+...+502+501+521+522+...+529+530 tagma-tag hisoblaymiz va qavslarni ichidagi natijalarga e'tibor qaratamiz :

a+b=(801+520)+(802+519)+.. ,+(819+502)+(820+501)+ 521+522+.. .+529+530=1321+1321+. ..+1321+1321+ 521+522+.. .+529+530= <1321 yig'indi nechta ekanini fikrlaymiz va 20 ta ekanini topamiz. Qo'shish yoki ko'p aytirish usulidan foydalanib bajaramiz. Qolgan yig'indini ham qulay usulda hisoblaymiz.

=20*1321+(521 +530)+(522+529)+(523+528)+(524+527)+(525+526)=26420+ 1051*5=26420+5255=31 675 natijani hosil qilamiz.

2-usul: a va b larni alohida-alohida hisoblaymiz. Keyin qo'shamiz. a va b larni hisoblashda hisoblashning qulay usulidan guruhlash usulidan foydalanamiz:

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

а=801+802+.. ,819+820=(801+820)+(802+819)+(803+818)+(804+817)+(805+816)+(80 6+815)+(807+814)+(808+813)+(809+812)+(810+811)=1621+1621+_+1621+1621=<yig'indid а nechta had borligini va har ikkita had birga hisoblanayotganini hisobga olamiz, demak 20 ta had bor va har ikkitasini birga hisoblasak 10 ta had bo'ladi. Bundan 10*1621 ekani kelib chiqadi>=10*1621=16210 hosil bo'ladi.

b=501+502+.. ,+529+530=(501+530)+(502+529)+(503+528)+(504+527)+(505+526)+(5 06+525)+(507+524)+(508+523)+(509+522)+(510+521)+(511+520)+(512+519)+(513+518)+(51 4+517)+(515+516)= <yig'indida nechta had borligini va har ikkita had birga hisoblanayotganini hisobga olamiz, demak 30 ta had bor va har ikkitasini birga hisoblasak 15 ta had bo'ladi. Bundan 15*1031 ekani kelib chiqadi>=15*1031=10310+5155=15465 hosil bo'ladi. Endi hosil bo'lgan a va b larni qo'shamiz: a+b=16210+15465=31 675 hosil bo'ladi.

Loyihalash asosida o'qitish vositalari va usullarining yo'naltirish funktsiyalari bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida o'quv jarayonini tashkil etishning ehtimoliy usullari, o'rganilayotgan mazmunga mos keladigan topshiriq turlari to'g'ri sidagi bilimlarni yangilashga xizmat qiladi.

Xulosa sifatida aytadigan bo'lsak, loyihalashda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning eng asosiy negizi bu muayyan mavzu, bo'lim yoki yaxlit olingan fanni mukammal o'rganishda n iborat bo'ladi. Bunga erishishda ta'lim subyektlarining o'zaro hamkorligi, o'qituvchining yetakchilik roli, talabalarning tashabbuskorligi, maqsad, unga erishish yo'llari ning to'g'ri belgilanishi, natijalarni qo'lga kiritishdagi faolligi, mustaqil izlanishi, tahlil qobiliyatlari, o'qituvchining jarayonni obyektiv baholashi, talabalarning refleksiv ko'nikmalari majmuasi loyihalash faoliyatining asosini tashkil qiladi.

REFERENCEAS

1. Shermuhammadov B.Sh., Qurbonova B.Q., Maqsudov U.Q., Qo'chqarova M.A., Sidikova Z.M. Umumiy pedagogika. /Farg'ona: "Classic" nashriyoti-2022. -240 b.

2. Farkhodovich, T. D. kizi, DMS., & kizi, AUY.(2022). Critical Thinking in Assessing Students. Spanish Journal of Innovation and Integrity, 6, 267-271.

3. Qizi, D. M. S., & Qizi, R. G. X. (2022). METHODS OF STUDYING ADDITION AND SUBTRACTION OF TWO-DIGIT NUMBERS IN ELEMENTARY SCHOOL. Gospodarka i Innowacje., 22, 61-67.

4. Asqarova O'., Usmonboyeva M., Raxmatova X., Ehsonova F., Asqarova F. Pedagogika. Izohli lug'at. "Navro'z" nashriyoti- Toshkent: 2014.

5. Qurbonov Sh, Seytxalilov E. Ta'lim sifatini boshqarish. /T.: «Turon-Iqbol», 2006. -592 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.