Научная статья на тему 'BО‘LАJАK О‘QITUVCHILАRNI LОYIHАLАSH QОBILIYАTLАRINI RIVОJLАNTIRISH PЕDАGОGIK-PSIXОLОGIK MUАMMО SIFАTIDА'

BО‘LАJАK О‘QITUVCHILАRNI LОYIHАLАSH QОBILIYАTLАRINI RIVОJLАNTIRISH PЕDАGОGIK-PSIXОLОGIK MUАMMО SIFАTIDА Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
27
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ta’lim mazmuni / pedagogik loyihalash / ta’lim samaradorligi / pedagogik hamkorlik / lоyihаlаsh qоbiliyаti / pеdаgоgik-psixоlоgik muаmmо / ko‘nikmalarni o‘zlashtirish / shaxsning shakllanishi.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Shermuhammadov Bahodirjon Shermuhammadovich, Qurbonova Baxtixon Qochqarbayevna, Dehqonova Mahliyo Shuhrat Qizi

Ushbu maqolada davlat taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan ta’lim mazmunida о‘qituvchilаrni lоyihаlаsh qоbiliyаtlаrini rivоjlаntirish pеdаgоgik-psixоlоgik sifаti orqali ta’lim samaradorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan. Zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchi va talabalarda loyihalash faoliyatini shakllantirishga bo‘lgan qiziqish haqida fikrlar yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BО‘LАJАK О‘QITUVCHILАRNI LОYIHАLАSH QОBILIYАTLАRINI RIVОJLАNTIRISH PЕDАGОGIK-PSIXОLОGIK MUАMMО SIFАTIDА»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

BO'LAJAK O'QITUVCHILARNI LOYIHALASH QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK MUAMMO SIFATIDA

1Shermuhammadov Bahodirjon Shermuhammadovich, 2Qurbonova Baxtixon Qo'chqarbayevna, 3Dehqonova Mahliyo Shuhrat qizi

1Far.DU professori, pedagogika fanlari doktori, 2pedagogka fanlari doktori, professor, 3Farg'ona davlat universiteti, Boshlang'ich ta'lim uslubiyoti kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11057880

Annotatsiya. Ushbu maqolada davlat taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi bo'lgan ta'lim mazmunida o'qituvchilarni loyihalash qobiliyatlarini rivojlantirishpedagogik-psixologik sifati orqali ta'lim samaradorligini ta'minlashga alohida e 'tibor qaratilgan. Zamonaviy ta'lim -tarbiya jarayonida o'quvchi va talabalarda loyihalash faoliyatini shakllantirishga bo'lgan qiziqish haqida fikrlar yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim mazmuni, pedagogik loyihalash, ta'lim samaradorligi, pedagogik hamkorlik, loyihalash qobiliyati, pedagogik-psixologik muammo, ko'nikmalarni o'zlashtirish, shaxsning shakllanishi.

Аннотация. В dannou cmambe oco6oe enuManue уделяется oбeспeчeнию эффeктuвнoстu o6pa3oeanия 4epe3 пeдaгoгuкo-псuхoлoгuчeскoe Ka4ecmeo pa3eumия npoexmnux yMenuu учuтeлeй в сoдeржaнuu o6pa3oeanия, Komopoe являeтся двuжущeй crnou pa3eumия гoсудapсmвa. Выдeлeны мысли o6 UHmepece к фopмupoвaнuю дuзaйнepскoй дeяmeльнoсmu у штльни^в и сmудeнmoв в сoвpeмeннoм oбpaзoвameльнoм пpoцeссe.

Ключевые слова: сoдepжaнue oбpaзoвaнuя, пeдaгoгuчeскuй дuзaйн, эффeкmuвнoсmь oбучeнuя, пeдaгoгuчeскoe сompуднuчeсmвo, oвлaдeнue нaвыкaмu, фopмupoвaнue лuчнoсmu.

Abstract. In this article, the development of teachers' abilities to plan the content of education, which is the driving force of state development, is focused on ensuring the effectiveness of education through the quality of a teacher-psychologist. Thoughts on the formation of project activities among schoolchildren and students in the modern educational process are highlighted.

Keywords: content of education, pedagogical design, teaching effectiveness, pedagogical cooperation, mastery of skills, personality formation.

Kirish

Yurtimizdа tа'lim jаrаyоnini tаkоmillаshtirishgа qаrаtilgаn bir qаtоr huquqiy-me'yoriy hujjatlarda pedagog kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, o'qitish jarayoniga ilg'or usul va texnologiyalarni tatbiq qilish, bo'lajak pedagoglarning ta'lim-tarbiya jarayonini loyiha usuli asosida amalga oshirish, har tomonlama raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga ustuvor vazifa sifatida qaraladi. Mazkur holat respublikamizda o'z kasbiy faoliyatini samarali loyihalay oladigan pedagoglarni tayyorlashning dolzarbligi va unga mamlakat taraqqiyoti muhim komponenti sifatida qaralishidan dalolat beradi. Ta'lim jarayoni ishtirokchilarining loyihalash kompetentligini shakllantirish va rivojlantirish muammosini ijobiy hal qilishni davrning o'zi taqozo etmoqda. Shu bois, Respublikamiz ilg'or ilmiy tadqiqot hamda ta'lim muassasalarida pedagogik loyihalash metodikasini tadqiq qilish, erishilgan yutuqlardan ta'lim amaliyotda maqsadli va samarali foydalanishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Didaktik jarayonda loyihalash usulidan foydalanish ta'lim subyektlaridan jiddiy nazariy va amaliy tayyorgarlikni talab qiladi. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining etuk malakali mutaxassis bo'lib shakllanishi hamda pedagogik faoliyatda o'z imkoniyatlaridan foydalanish sifati ularning loyihalash usulini egallaganlik darajasi bilan belgilanadi. Loyihalash usulida o'qitish

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

jarayonining samarasi bevosita shaxs, oila, davlat va jamiyat yuksalishining asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Shu bois, uzluksiz ta'lim tizimi barcha bosqichlarida o'quvchi va talabalarni loyihalash faoliyatiga o'rgatishga munosib shart-sharoit yaratishga respublikamizda jiddiy e'tibor qaratiladi. Bu xususida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev "Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo'lib kamolga yetishi bilan bog'liq. Bizning asosiy vazifamiz - yoshlarning o'z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat", deb yozadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Turli adabiyotlarda loyihalash usuli xususida qator ilmiy tadqiqotlar mavjudligiga qaramasdan, umume'tirof etiladigan yagona pedagogik fikr shakllanmagan. Shunga ko'ra, paragrafda loyihalash usuli va unga bag'ishlangan ilmiy tadqiqot manbalari tahlillariga tayangan holda ta'lim subyektlarida loyihalash kompetentligini shakllantirish masalalariga atroflicha oydinlik kiritishga e'tiborni qaratamiz.

Loyiha - bu muayyan vaqt oralig'ida ma'lum bir izchillikda kechadigan, noyob natijaga olib keladigan hodisa, jarayon. Loyiha atamasining keng va tor ma'nolarini farqlash maqsadga muvofiq. Hozirgi sharoitda jamiyatda loyiha atamasi ishlatilmaydigan inson faoliyatining biror sohasi yo'q. Ayniqsa ta'lim jarayonida loyha usulidan foydalanish, o'sib kelayotgan yosh avlodni loyihalash ko'nikmalari bilan qurollantirish murakkab, lekin mamlakat va jamiyat manfaatlariga bevosita ta'sir ko'rsatadigan jarayon hisoblanadi. U har ikkala ta'lim subyektlaridan iroda, izchillik, ulkan safarbarlik, fidoyilik, eng asosiysi jiddiy intilish va motivatsiyani talab qiladi. Pedagogik loyihalash tushunchasi mazmun-mohiyatini anglashga yo'naltirilgan manbalar tahlili bizga quyidagilarni aniqlash imkonini berdi.

O'tmish mutafakkirlarining pedagogik qarashlarida ta'lim jarayonini loyihalash (bevosita atama qo'llanilmagan bo'lsa ham) mohiyatan muhim sanalgan va unga jiddiy e'tibor qaratilgan. Jumladan, Beruniy ilmiy bilishning yangi metodlarini ishlab chiqdi va rivojlantirdi. Olim bilishda olingan ma'lumotlarga tanqidiy yondashish, haqiqatni aniqlash uchun ularni taqqoslash, dalillarni mantiqan umumlashtirish, xulosalarni nazariyaga aylantirish, bunda ma'lum reja, izchillik, tizimga asoslanish, har qanday bilim tajriba orqali boyitilishi va amaliyot natijasida rivojlantirilishi borasidagi g'oyani ilgari surdi.

Abu Nasr Forobiyning yozishicha, son to'g'risidagi ilm - bu substantsiya bo'laklarini bir-biriga ko'p aytirish, birini ikkinchisiga bo'lish, birini ikkinchisiga qo'shish, birini ikkinchisidan ayirish, agarda bu bo'laklarning negizi bo'lsa, negizini topishga va ularning muvozanatini aniqlashga qaratilgan ilmdir. Bu ilmni yunon donishmandlari arifmetika deb atashgani hamda unda uzviylik hamda mantiqqa, muayyan algoritmga alohida e'tibor qaratish zarurligini ta'kidlagan.

Mahmud Qoshg'ariy ilmda tartib, reja, sa'y-harakat, e'tiqod butunligi, o'z -o'ziga hisobot berish, barcha kuch va diqqatni ishga solish, vaqtni bekor o'tkazmaslik, mashoyihlar so'zlarini diqqat bilan tinglash, aqlni charxlab turish kabi shaxsiy sifatlarga ega bo'lish lozimligini uqtiradi.

Pedagogik tafakkur darg'alarining qarashlari pedagogning loyihalash kompetentligini shakllantirish va rivojlantirish yangi hodisa bo'lmasdan azaliy tarixga egaligidan dalolat beradi. Shuningdek, mazkur hodisa o'z dinamik tarixiy taraqqiyot yo'lini bosib o'tganligiga ishora qiladi. Bo'lajak o'qituvchilarni pedagogik loyihalash usulidan samarali foydalanishini ta'minlash o'quvchi-talabalarni mustaqil faoliyatga yo'llash, ijodkorlik, tanqidiy fikrlash, hamkorlik faoliyati, mantiqiy-matematik tafakkurini o'stirishga xizmat qiladi.

Manbalarga ko'ra, loyihalash usuli XIXasrning 2-yarmida AQSHda paydo bo'lgan, uning asoschisi amerikalik pedagog va psixolog Jon Dyui hisoblanadi. E.Kollings hamda

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

V.X.Kilpatriklar loyiha atamasini bevosita qo'llagan holda loyiha usulini batafsil tadqiq qilishgan. Buning isboti sifatida o'z davrida V.Kilpatrik tomonidan "Loyihalash metodi" maqolasining e'lon qilinishi katta shov-shuvga sabab bo'lganligini e'tirof etish kifoya. Loyiha usulining eng muhim xususiyati egallanayotgan bilim tashabbuskorlik asosida, talabaning o'z manfaatlariga mos keladigan oqilona faoliyati orqali o'rganishida aks etadi.

Pedagogik entsiklopediyada loyiha usuli talabalarning qiziqishidan kelib chiqib, ularni muayyan faoliyatga yo'naltirishga asoslanishi hamda talabalarning muayyan bilim va ko'nikmalarni bosqichma-bosqich egallashlarini ta'minlaydigan o'quv tizimi ekanligi uqtiriladi.

Professor N.A.Muslimovning ta'kidlashicha, ta'limni loyihalash texnologiyalarining o'ziga xos xususiyati ularda qo'yilgan maqsadga erishishda yakuniy natijani kafolatlaydigan ta'lim jarayoni kechishini ta'minlaydi.

M.Y.Kulakova loyihalashni "inson faoliyatining o'ziga xos xususiyati va tamoyili; ilmiy bilish usuli; faoliyat turi; shaxs hayot faoliyatining turli tomonlarini amalga oshirish uchun loyihalarni yaratishni ta'minlaydigan texnikalar yoki usullar majmui sifatida ko'radi.

N.Y.Paxomova "Ta'lim muassasasida o'quv loyihasi" nomli o'quv qo'llanmasida loyihalashga shaxsga yo'naltirilgan texnologiya, didaktik muammolarni tadqiqot usulida yechishga qaratilgan jarayon, o'quvchining o'z imkoniyatlarini to'laligicha namoyon etish imkoniyati sifatida qaraydi.

Shuningdek, N.Y.Paxomova loyiha usulini jadal faoliyatga asoslangan, shaxsga yo'naltirilgan, muammoli ta'lim tamoyillari asosida qurilgan, aqliy va amaliy sohalarda mustaqillik ko'nikmalari, fikrlash qobiliyatlari va boshqa o'quv -biluv kompetensiyalarning sharti sifatida belgilaydi.

Loyiha usulining mohiyatini M.Barakaev pedagogik loyihalash tadqiqot natijalarini qo'llash, aniq amaliy o'quv-biluv faoliyatida qo'yilgan muammoning yechimini izlash, ma'lum bir "mahsulot" yaratishda talabaga nazariy bilimlarning ahamiyatini anglashga imkon berishida, deb hisoblaydi.

0.V.Bryukova, E.O.Okuneva, E.S.Polat, I.S.Sergeeva, A.V.Xutorskiy M.Barakaev, M.Tojiev, D.Yunusova, K.Mamadaliev kabi mualliflarning ma'lumotlariga asoslanib, pedagogik loyihalarni quyidagi bir nechta tasnifini ajratish mumkin:

• loyiha asosiy usullari bo'yicha: tadqiqot, ijodiy, o'yin, axborot, amaliyotga yo'naltirilgan , aralash;

• loyiha ishtirokchilari soniga qarab: yakka, juftlik, guruhli, jamoaviy;

• loyiha predmeti mazmuni bo'yicha: monoloyihalar-bir o'quv predmeti doirasida, fanlararo, o'quv predmetidan tashqari-ixtiyoriy tanlov asosida;

• loyiha muddati bo'yicha: mini-loyihalar (bir darsdan kam), qisqa muddatli (bir yoki bir nechta dars), haftalik, o'rta muddatli (bir haftadan bir oygacha), uzoq muddatli (bir necha oygacha)loyihalarga ajratiladi.

D.Z.Xidirova loyihalash usuliga muayyan maqsad hamda reja asosida ta'lim muammolarini hal qilishga qaratilgan harakatlar majmui sifatida qaraydi. Xuddi M, Barakaev singari loyihalash usuli samaradorligini dasturlar, rejalar, modullar, dars ishlanmalari, texnologik xaritalar mazmuni bilan bog'laydi.

1.A.Kolesnikova va M.P.Gorchakova-Sibirskayalar pedagogik loyihalash usuliga ma'lum bir tipdagi ta'lim mahsulotini yaratishga qaratilgan muayyan faoliyat turi, voqelikni o'rganish va o'zgartirishning ilmiy va amaliy usuli, texnologik madaniyatga xos innovatsiyalarni yaratish shakli hamda boshqaruv tartibi sifatida qarashni taklif qilishadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

M.Yusupova, Sh.Shoraxmetovlar loyihalash usuli talabalarni egallayotgan bilimlarni mustaqil izlashlari, o'zlashtirishlari, tahlil asosida muayyan xulosaga kelishlarini ta'minlashga qaratilgan o'qitish shakli ekanligini, pedagogning vazifasi shu faoliyat uchun shart-sharoit yaratib berishlari zarurligini uqtirishadi.

J.B.Orishev loyihalash metodining kasbiy fanlarni samarali o'zlashtirish imkoniyatlariga yuqori baho beradi. Olim loyihalash metodi ta'lim oluvchilarga hayot tarziga moslashish, mustaqil, ijodiy fikrlash ko'nikmalari ni shakllantirishga xizmat qilishini ta'kidlaydi.

I.K.Abdirimov loyihalash usuli maqsadi xususida fikr yuritib, bunda faoliyat maqsadlari shaxsning ichki omillari, ya'ni qobiliyattlariga bog'liqligi farazini ilgari suradi.

M.Barakaev, M.Tojiev, D.Yunusova, K.Mamadalievlar "Matematikani o'qitish texnologiyalari va loyihalash" darsligida oliy ta'lim muassalari bitiruvchilari matematika o'qitish texnologiyalari va loyihalash muammolari yuzasidan quyidagi malakalarga ega bo'lishlari talab etilishini ta'kidlashadi:

pedagogik texnologiyalarga asoslangan darslarni tashkil etish;

ta'lim subyektlari loyihalash faoliyatini nazorat qilish va baholash mezonlarini ishlab chiqish;

ta'lim oluvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilishning samarali tizimini amalga oshirish;

loyihalash kompetentligini shakllantirishga qaaratilgan metodik ishlanmalar yaratish;

har ikkala ta'lim subyektlari uchun optimal loyihalash faoliyati me'yorlarini yaratish;

ta'lim oluvchilar o'quv-biluv faoliyatini innovatsion tashkil etish va h.k.

A.V.Xutorskiyning yozishicha, maktab o'quvchilarining loyihalash kompetensiyalariga rahbarlik qilish metodikasi bo'yicha tayyorgarligi, fanlararo aloqalar hamda raqamli axborot texnologiyalari, iqtisodiyot, menejment, kasb tanlovi va ekologiya bo'yicha mazmunni takomillashtirishni talab qiladi.

A.V.Xutorskiy loyihalash kompetentligi o'quv jarayonida muayyan yangilikni kashf etishni ko'zlashini ta'kidlaydi. Mazkur holatda "kashf obyekti" tushunchasi o'quvchida ta'lim jarayonida o'zlashtiradigan bilim, malaka, g'oya, amaliy xulosa, ma'naviy qadriyat, insoniy hislat hamda ko'nikmalar majmuasini nazarda tutadi.

Pedagogik loyihalash talabalarning bilish qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qilishi tufayli boshlang'ich sinflarning matematika ta'limida keng ko'lamda qo'llashni taqozo etadi. Pedagogik loyihalash faoliyatini yetarli darajada o'zlashtirmagan talaba kasbiy faoliyatida muayyan qiyinchiliklarga uchrashi tabiiy.

Pedagogik loyihalash, bir tomondan, ta'lim vositasi sifatida o'zida bir qancha topshiriqlarni mujassamlashtirsa, boshqa tomondan bilish faoliyatiga yo'naltirilgan amaliy komponentlarni ifodalaydi, o'quv-biluv faoliyatida o'ziga xos qizqishni yuzaga keltiradi.

Sifatli bajarilgan loyiha faoliyati o'quvchi va talabalarni chuqur va puxta bilim bilan qurollantirish hamda ularni mustaqil hayotiy faoliyatga tayyorlash vazifasini o'taydi, ularning bilishga, yangiliklarni o'zlashtirishga bo'lgan ichki motivatsiyalarini shakllantiradi. Turli shakldagi loyihalash topshiriqlarini to'g'ri bajarish orqali o'quvchilarning so'z zahirasini boyitishga doir ko'nikma va malakalarini shakllantiradi.

Bilimlarni faollashtirishga yo'naltirilgan loyihalash faoliyatida yangi material ustida ishlash va mustahkamlash oldidan tayanch bilim va ko'nikmalarni takrorlashga qaratilgan topshiriqlar namunaviy va loyihaviy-variativ xarakterga ega bo'lishi zarur. Bunday loyihalash xarakterdagi misol va masalalarning shartlari to'liq berilgan ko'psonli topshiriqlarni o'z ichiga

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS" April 26, 2024

oladi. Loyihalash ishlarini o'quvchilar muayyan izchillik hamda o'qituvchi ko'rsatmasi bo'yicha bajaradilar. Variativ-loyihalash mazmunidagi o'quv topshiriqlari o'quvchilarni avval o'zlashtirilgan bilim va ko'nikmalariga tayangan holda tegishli umumlashtiruvchi xulosalar chiqarishga da'vat etadi. Bu singari faoliyat talabalarda loyihalash kompetentligini tarbiyalash bilan birga, matematika faniga xos bilimlarini mustahkamlaydi, muloqot, mustaqillik ko'nikmalarini rivojlantiradi.

O'quvchilarda yangi bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirishga qaratilgan loyihalash ishlari mavzuning murakkabligi va sinfning tayyorgarlik darajasiga bog'liq holda ularning faolligidant kelib chiqib maxsus namuna yoki o'qituvchi ko'rsatmasi asosida bajariladi. Loyihalash ishlarida boshlang'ich sinf o'quvchilarining matematik tafakkurini o'stirishga doir tayanch bilim va ko'nikmalarini yuzaga chiqarishlari talab etiladi. Mazkur faoliyatni amalga oshirish uchun tayyorlangan o'quv-biluv topshiriqlari oldingi loyihalash ishlardan o'zining ijodiy izlanish xarakteri bilan bilan farqlanadi. O'qituvchi o'quvchilarni loyihalash faoliyatiga tayyorlov mashqlarini tizimli o'tkazishi yuzaga kelishi ehtimoli mavjud muammoni hal qilish bilan birga topshiriqni bajarishni osonlashtiradi.

Turli xarakter va murakkablikdagi loyiha ishlari talabalarda mavjud nazariy bilimlarni tizimga solish, ko'nikmalarini mustahkamlash, topshiriqlarga tez va to'g'ri yechim topish malakalarining shakllanishiga olib keladi. Bu esa o'z navbatida talabalarda fanga bo'lgan qiziqishni oshirish hamda o'z bilish imkoniyatlari doirasini kengatirishga yordam beradi.

Matematika mashg'ulotlarida o'quvchilarning bilim va ko'nikmalarini nazorat qilishga doir loyihalash ishlari orqali ularning bilim va ko'nikmalari darajasi aniqlanadi. Bundan maqsad mashg'ulot natijasini baholashdan iborat. O'quvchilar bilim va ko'nikmalarini mustahkamlash bosqichidagi loyihalash ishlari variativ hamda tavsiya xarakterida bo'ladi. Boshlang'ich ta'limda loyihalash ishlarining har xil turlarini amalda qo'llash o'quvchilarning ijodiy va mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantiradi, fanga bo'lgan qiziqishini oshiradi.

Bir qator xorij olimlari E.S.Polat, V.V.Guzeeva, N.A.Barikovalar loyihalash usuliga nisbatan universal metod sifatida qarashadi. Buning boisi, nazarimizda loyihalash kompetenligini o'zida shakllantira olgan talaba bevosita pedagogik amaliyot jarayonini erkin boshqarish darajasiga yetganligi bilan izohlanadi.

Bo'lajak o'qituvchilarda pedagogik loyihalash ko'nikmalarini rivojlantirish B.S.Abdullayeva, O'.Tolipov, D.Yunusova, D.Sh.Haydarov, OTM va uning metodikasini o'zlashtirish ta'lim muhitini loyihalash B.X.Xodjayev, N.Y.Paxomova, M.Barakayev, D.Z.Xidirova, I.Bem, Y.Shnayder, pedagogik loyihalash jarayonining nazariy va metodik asoslari J.B.Orishev, M.Yusupova, Sh.Shoraxmetov, N.A.Barikova, maktabda ta'lim jarayonini loyihalash N.K.Zotova, U.Kostrova, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining texnologik loyihalash kompitentligini rivojlantirish masalalari D.Sh.Haydarov, S.Meyliyevlar tomonidan tadqiq qilingan.

TAHLIL VA NATIJALAR

Loyiha usuli zaminida ilmiy-ijodiy xarakterga ega g'oyalarni o'zida birlashtiradigan konkret rejaga tayangan holda ta'lim subyektlari imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ko'zlangan natijani olishga qaratilgan pedagogik faoliyat usuli bo'lib, u fan dasturlari, o'quv rejalari, taqvim rejalari, modul, dars ishlanmalari, texnologik xaritalarda o'z aksini topadigan me'yoriy hujjatning amaldagi tatbig'idir. Shuningdek, loyiha usuli ta'lim subyektlarining muayyan natijani olishga qaratilgan o'zaro hamkorlikdagi harakatlari majmui.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS" April 26, 2024

M.U.Qo'chqarova rahbarligidagi mualliflar jamoasi tomonidan oliy matematika fanidan loyihalash usuliga asoslangan o'quv mashg'ulotlarini tashkil qilish yuzasidan o'z tavsiyalari hamda mashg'ulot ishlanmalari namunalarini berishgan.

N.O.Yakovleva pedagogik loyihalashni ta'limning innovatsion modeli sifatida loyiha yaratish bo'yicha maqsadli faoliyat deb hisoblaydi. "Pedagogik loyihalash deganda biz ommaviy foydalanishga yo'naltirilgan ta'lim tizimining innovatsion modeli sifatida loyihani yaratish bo'yicha maqsadli faoliyatni tushunamiz, "loyiha yaratish" esa loyihalashni ishlab chiqish, rejalashtirish va prognozlash jarayonlari bilan aniqlanadi".

A.J.Xurramov o'zining "Matematika o'qitish metodikasi" fani o'quv mashg'ulotlarini loyihalab o'qitish metodikasini takomillashtirish" nomli dissertatsiya tadqiqotida matematika fanidan loyiha faolitini amalga oshirishda qo'l keladigan o'quv-biluv topshiriqlarini tuzish nazariyasi va amaliyotini atroflicha yoritgan.

B.Xodjayev, M.B. Urazova, G.N.Axunova, L.V.Golish, D.M.Fayzullayeva, M.Tojiyev, M.Barakayevlar loyihalash faoliyati shakllari, bosqichlari, algoritmi, imkoniyatlari, shuningdek ta'lim subyektlari uchun muhim tarbiyaviy ahamiyatga egaligini ta'kidlashadi.

S.B.Qorayev o'zining o'quv jarayonini tashkil etish, loyihalash va modellashtirish borasidagi muammolar va ularni bartaraf etish yo'llari borasidagi izlanishlarida o'quv jarayonini zamonaviy tashkil etmay turib, loyihalamay va modellashtirmay turib, ko'zlangan maqsadga erishish mumkin emasligini pedagogik tajribalarning o'zi yaqqol ko'rsatib turganligini qayd etadi. Olimning fikricha, faqat loyihalash va modellashtirishga yo'naltirilgan o'quv jarayoni natijasida shakllangan shaxsgina davlat va o'z kelajagi uchun zamin tayyorlashga munosib hissa qo'shishi mumkin".

Yangi tahrirdagi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun va boshqa ko'plab me'yoriy hujjatlarda ta'lim jarayonini tashkil qilishda ta'lim mazmunini yangilash, o'qitish ni yangi va samarali usullarini yaratish zarurligi e'tirof etiladi. Nazarimizda aynan loyihalash usuli va u orqali ta'lim subyektlarida shakllantiriladigan loyihalash kompetentligi davr talab qilayotgan o'qitish ning istiqbolli metodi hisoblanadi.

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining loyihalash kompetentligini samarali shakllantirishga ularda tizimli nazariy bilimlar, amaliy ko'nikmalar hosil qilishning muhim sharti, matematika fanini o'qitish ning muhim omili, davlat va jamiyat taraqqiyotining poydevori sifatida qarash imkonini beradi.

REFERENCES

1. Asqarova O'., Usmonboyeva M., Raxmatova X., Ehsonova F., Asqarova F. Pedagogika. Izohli lug'at. "Navro'z" nashriyoti- Toshkent: 2014.

2. Qurbonov Sh, Seytxalilov E. Ta'lim sifatini boshqarish. /T.: «Turon-Iqbol», 2006.-592 b.

3. Shermuhammadov B.Sh., Qurbonova B.Q., Maqsudov U.Q., Qo'chqarova M.A., Sidikova Z.M. Umumiy pedagogika. /Farg'ona: "Classic" nashriyoti-2022. -240 b.

4. Farkhodovich, T. D. kizi, DMS., & kizi, AUY.(2022). Critical Thinking in Assessing Students. Spanish Journal of Innovation and Integrity, 6, 267-271.

5. Qizi, D. M. S., & Qizi, R. G. X. (2022). METHODS OF STUDYING ADDITION AND SUBTRACTION OF TWO-DIGIT NUMBERS IN ELEMENTARY SCHOOL. Gospodarka i Innowacje., 22, 61-67.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.