Научная статья на тему 'BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING PEDAGOGIK LOYIHALASH KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH MAZMUNI'

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING PEDAGOGIK LOYIHALASH KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH MAZMUNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
5
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ta’lim mazmuni / pedagogik loyihalash / ta’lim samaradorligi / pedagogik hamkorlik / ko‘nikmalarni o‘zlashtirish / shaxsning shakllanishi.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dehqonova Mahliyo Shuhrat Qizi, Xolmatova Shahlo Abdujabborovna

Ushbu maqolada davlat taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan ta’lim mazmunida pedagogik loyihalash metodikasini samarali qo‘llash orqali ta’lim samaradorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan. Zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchi va talabalarda loyihalash faoliyatini shakllantirishga bo‘lgan qiziqish haqida fikrlar yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING PEDAGOGIK LOYIHALASH KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH MAZMUNI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

BO'LAJAK O'QITUVCHILARNING PEDAGOGIK LOYIHALASH KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH MAZMUNI 1Dehqonova Mahliyo Shuhrat qizi, 2Xolmatova Shahlo Abdujabborovna

1Farg'ona davlat universiteti, Boshlang'ich ta'lim uslubiyoti kafedrasi o'qituvchisi, 2Farg'ona

davlat universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11059265

Annotatsiya. Ushbu maqolada davlat taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi bo'lgan ta'lim mazmunida pedagogik loyihalash metodikasini samarali qo'llash orqali ta'lim samaradorligini ta'minlashga alohida e 'tibor qaratilgan. Zamonaviy ta'lim-tarbiya jarayonida o'quvchi va talabalarda loyihalash faoliyatini shakllantirishga bo'lgan qiziqish haqida fikrlar yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim mazmuni, pedagogik loyihalash, ta'lim samaradorligi, pedagogik hamkorlik, ko'nikmalarni o'zlashtirish, shaxsning shakllanishi.

Аннотация. В данной статье особое внимание уделяется обеспечению эффективности образования посредством эффективного использования методологии педагогического проектирования в содержании образования, которая является движущей силой развития государства. Выделены мысли о заинтересованности в формировании проектной деятельности школьников и студентов в современном образовательном процессе.

Ключевые слова: содержание образования, педагогический дизайн, эффективность обучения, педагогическое сотрудничество, овладение навыками, формирование личности.

Abstract. This article pays special attention to ensuring the effectiveness of education through the effective use of pedagogical design methodology in the content of education, which is the driving force for the development of the state. Thoughts about interest in the formation of project activities of schoolchildren and students in the modern educational process are highlighted.

Keywords: content of education, pedagogical design, teaching effectiveness, pedagogical cooperation, mastery of skills, personality formation.

Kirish

Jamiyat, ilm-fan taraqqiyoti, insoniyat kundalik maishiy va kasbiy faoliyat sohalariga ilg'or tеxnologiyalar, ОАV ta'sir doirasining kuchayishi barcha fanlar qatori matеmatika va uni o'qitish metodikasining samarali usul va texnologiyalarini yaratish va amaliyotga tatbiq qilishni taqozo etmoqda. Yurtimizda pedagog kadrlarning metodik tayyorgarligini takomillashtirish, oliy ta'lim muassaasalarida bitiruvchilarning o'quv jarayonini loyihalash kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirishga munosib shart-sharoitlar yaratishga alohida e'tibor qaratilmoqda. BMT bolalar fondi YUNISEFning Butunjahon bolalar Konvensiyasida barcha davlatlarni o'quvchilarni sifatli ta'lim bilan ta'minlash majburiyatini olish, ta'lim imkoniyatlarini kengaytirish, o'qituvchilarga kerakli yordam va vositalarni taqdim etish, maktablarda xavfsiz va qo'llab-quvvatlovchi muhit yaratish uchun sa'y-harakatlarni kuchaytirish va investitsiyalarni kiritishga chaqiradi. Bu borada dunyoning taraqqiyparvar davlatlarida o'qituvchilarni tayyorlash sifatini oshirish hamda jamiyatdagi mavqeini ko'tarish yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda. Mamlakatimiz uzluksiz ta'lim tizimida yosh avlodni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash, ta'lim tizimining barcha bo'g'inlarida o'qitiladigan umuta'lim va kasbiy fanlari mazmunining izchilligini

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

ta'minlash maqsadida tayanch ko'nikmalar hamda har bir o'quv fani mazmunidan kelib chiqqan holda xususiy kоmpetensiyalar belgilangan.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Kompetentlik atamasi asli psixologik tadqiqotlar asosida pedagogik tushunchaga o'tgan. Kompetentlik nostandart vaziyatda pedagog xodimning o'zini qanday tutishi, hamkorlari bilan muloqotga kirishishi, loyiha vazifalarini amalga oshirishda faollik ko'rsatishi, o'z-o'zini rivojlantirish ko'nikmasiga egalikni anglatadi.

B.S.Xurramovning[97]e'tiroficha, kompetentlik musaboqalashmoq, bellashmoq, raqobatlashmoq kabi ma'nolarni, shuningdek, o'ta murakkab aqliy operatsiyalarni amalga oshirishga qodirlik ma'nolarini o'zida mujassamlashtiradi. Tushuncha barcha sohalar uchun mushtarak xarakterga ega.

Kompetentlik - shaxsdan egallagan bilimlariga tayangan holda biror faoliyat turida bilim, ko'nikma va malakalarni qo'llay olish yuzasidan kerak bo'ladigan minimal tajribani talab qiladi. Bundan talabalarning loyihalash usulini egallaganligiga qo'yiladigan talablarni belgilash hamda matematika fanidan mashg'ulotlarni loyihalash ham mustasno emas. Professor N.A.Muslimov, M.B.Urazovalar[29] o'qituvchi kasbiy kompetenligi sifati uning o'z ustida ishlashi, ta'lim jarayonini loyihalay olish, uni boshqarishi, ta'lim subyektlarining o'zaro bir-birini anglashi, ishonchiga bog'liqligini ta'kidlashadi. Barcha kasbiy faoliyatda bo'lgani kabi bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisidan loyihalash usulini o'quv jarayoniga tatbiq etishda ham muayyan kompetensiyalarga egalik talab qilinadi. Quyida mazkur talablarning ayrimlarini sanab o'tish dan oldin kompetensiya tiplariga qisqacha oydinlik kiritishni maqsadga muvofiq deb hisobladik. Tahlillarimiz ta'lim subyektlari kompetensiyalarini shakllantirish manbaiga ko'ra uchta tipga ajratish imkonini berdi;

ta'lim mazmunidan kelib chiqadigan tayanch kompetensiyalar;

ma'lum doiradagi o'quv predmetlari va ta'lim sohalarida shakllanadigan umumpredmet kompetensiyalari;

alohida olingan o'quv predmeti doirasida shakllantiriladigan predmetga oid kompetensiyalar.

Sanab o'tilgan kompetensiyalarning har bir o'qituvchida mujassam bo'lishi bevosita ta'lim jarayonini tashkil qilish sifatiga, o'qituvchining bilim darajasi, sog'lom raqobat muhiti, motivatsiyasi hamda auditoriyaning xuddi shu jihatlariga bog'liq bo'ladi. Shuningdek, matematika o'quv fanini o'zlashtirishda o'quvchilarda, shu fanning o'ziga xosligi, mazmunidan kelib chiqqan holda, fanni o'qitishga tegishli xususiy kompetensiyalarni shakllantirishga alohida e'tibor qaratilishi o'ta muhim.

TAHLIL VA NATIJALAR

Tahlillar bizga talabalarda loyihalash yordamida shakllantiriladigan kompetentlikning quyidagi turlarini aniqlash imkonini berdi:

1. Boshlang'ich ta'lim yo'nalishida o'qitiladigan matematika fani mazmuni va uni o'qitish asosida tarbiyalanadigan tayanch loyihalash kompetentligi.

2. Boshlang'ich ta'lim yo'nalishida o'qitiladigan barcha fanlar asosida shakllantiriladigan loyihalash kompetentligi.

3. OTMda talabalarga o'rgatiladigan me'yoriy hujj atlar, tanlov fanlari, pedagogik tsikldagi fanlarorqali hosil qilinadigan xususiy loyihalash kompetentligi.

Shuningdek, adabiyotlar tahlili bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisi loyihalash kompetensiyalari tarkibi o'quv dasturlari, standart talablari, ishchi o'quv rejasi, sillabuslar,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

elektron va bosma o'quv-uslubiy majmualari, taqvim rejalari, dars ishlanmalari to'g'risidagi bilim va ko'nikmalar, ularni amalga oshirish jarayonida qo'llaniladigan samarali usullar hamda ta'lim texnologiyalaridan foydalanish, turli murakkablikdagi o'quv topshiriqlarini yaratish qobiliyatlarini qamrab olganligini ko'rsatdi. M.Barakayev matematika fani asoslarini o'rganishda katta va kichik modullarga tayanish hamda shu modullar loyihalash qobiliyatlarini shakllantirishga xizmat qiladigan quyidagi ko'nikmalarni ajratib ko'rsatadi:

loyihalash usuliga asoslangan o'quv mashg'uloti maqsadi, topshiriqlar mazmuni, bosqichlari va ularga sarflanadigan vaqt taqsimoti, baholash mezonlarini bilish, yakuniy natija farazini oldindan ishlab chiqish;

mashg'ulotlarni loyihalash ko'nikmalarini shakllantirishda nazariy bilim, AKT, ilg'or usul va texnologiyalardan foydalanish ko'nikmalari ;

talabalar faoliyatini muntazam nazorat qilish, defferensial ta'lim tamoyilini qo'llash ko'nikmalari ;

talabalarda me'yoriy hujjatlarni tushunish, ular bilan ishlash ko'nikmalari ; talabalarda amalga oshirgan har qanday faoliyat yuzasidan hisobot yozish, taqdimot tayyorlash ko'nikmalari ;

ta'lim subyektlarining kognitiv, kommunikativ, o'zaro hamkorlik, tahlil, tanqiqiy tafakkur faoliyatlarini rag'batlantirish ko'nikmalari .

E.S.Polat bo'lajak o'qituvchining o'qitish mazmunini tashkil qilishda pedagogik loyihalash kompetentligini shakllantirmasdan turib, intellektual salohiyatli raqobatbardosh mutaxassis tayyorlash mumkin emasligini ta'kidlaydi. Olimning fikricha, bo'lajak o'qituvchining loyihalash kompetentligi egallangan bilim va ko'nikmalarni sinf va sinfdan tashqari mashg'ulotlarni rejalashtirish, amalga oshirish, tahlil asosida baholashga qodirligini bildiradi. Biz yuqorida nomlari zikr etilgan olimlarning loyihalash fusuli mazmuni, bosqichlari, o'ziga xos xususiyatlari, ta'lim jarayonida tutgan o'rni, vazifalari xususidagi barcha fikrlariga to'laligicha qo'shilamiz va ularni qo'llab-quvvatlaymiz.Ularga ergashgan holda loyihalash usulining quyidagi vazifalarini ajratib ko'rsatamiz:

- talabalarda davr va jamiyat talablariga mos, milliy va umumbashariy qadriyatlarga yo'g'rilgan insonparvarlik fazilatlarini shakllantirish;

- loyihalash faoliyati mohiyatini anglagan holda o'qitish jarayoniga tatbiq qilish; -matematika fani mashg'ulotlarini tashkil qilishda loyihalash usuliga uning ajralmas

tarkibiy qismi sifatida qarash;

-mashg'ulotlarda talabalarning faolligini ta'minlash, hayotiy faoliyatida asqotadigan didaktik ko'nikmalar bilan qurollantirish.

Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisining loyihalash kompetentligi zamonaviy ta'lim jarayonini rejalashtirish, media vositalari tizimlari bilan ishlash, mushohadalarini talabalarga yetkazib bera olish ko'nikmalarini o'z ichiga oladi. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisining matematik mashg'ulotlarni loyihalash kompetentligi nazariy bilimlarga tayangan holda amaliy faoliyat ta'sirida izchillikda takomillashib boradi. Bunda boshlang'ich ta'lim yo'nalishi talabalarida dastlabki loyihalash kompetentligi OTMda matematik sikldagi, ayniqsa uni o'qitish metodikasi fanida singdiriladi.

Loyihalash usuliga xos ko'nikmalarni shakllantirishning ikkinchi bosqichida talabalarda turli murakkablikdagi dars ishlanmalari yoki mashg'ulot fragmentlarini ishlab chiqish qobiliyatlari rivojlantiriladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tayyorlash va ularda kasbiy kompetensiyalar, jumladan loyihalash kompetentligini shakllantirish jarayonida yangilangan ta'lim mazmuni, innovatsion ta'lim texnologiyalar, ilg'or tajribalarga tayangan holda matematika fanini o'qitishni tashkil qilish va boshqarish davr talabi sanaladi. Aynan shu jihatlar milliy pedagogikamiz va uning ajralmas tarkibiy qismi sanaladigan boshlang'ich ta'limning istiqbolini belgilab beradi.

REFERENCES

1. Farkhodovich, T. D. kizi, DMS., & kizi, AUY.(2022). Critical Thinking in Assessing Students. Spanish Journal of Innovation and Integrity, 6, 267-271.

2. Qizi, D. M. S., & Qizi, R. G. X. (2022). METHODS OF STUDYING ADDITION AND SUBTRACTION OF TWO-DIGIT NUMBERS IN ELEMENTARY SCHOOL. Gospodarka i Innowacje., 22, 61-67.

3. Asqarova O'., Usmonboyeva M., Raxmatova X., Ehsonova F., Asqarova F. Pedagogika. Izohli lug'at. "Navro'z" nashriyoti- Toshkent: 2014.

4. Qurbonov Sh, Seytxalilov E. Ta'lim sifatini boshqarish. /T.: «Turon-Iqbol», 2006. -592 b.

5. Shermuhammadov B.Sh., Qurbonova B.Q., Maqsudov U.Q., Qo'chqarova M.A., Sidikova Z.M. Umumiy pedagogika. /Farg'ona: "Classic" nashriyoti-2022. -240 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.