Научная статья на тему 'MASALA YECHISH BOSQICHLARIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARNING IJODKORLIK QOBILIYATINI OSHIRISH'

MASALA YECHISH BOSQICHLARIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARNING IJODKORLIK QOBILIYATINI OSHIRISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ta’lim jarayoni / test tizimi / loyihalash / sifatli ta’lim / tadqiqot / darslik / uslubiy qo’llanma / mustaqil fikrlash.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Maxmuda Qo‘Chqarova, Gulhayo Tuxtasinova

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf matematika darsliklaridagi masalalarni loyihalash usulidan foydalanib bajarilgan. Boshlang‘ich sinf matematika darsliklaridagi topshiriqlardan na’munalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MASALA YECHISH BOSQICHLARIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARNING IJODKORLIK QOBILIYATINI OSHIRISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

MASALA YECHISH BOSQICHLARIDA BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARNING

IJODKORLIK QOBILIYATINI OSHIRISH 1Maxmuda Qo'chqarova, 2Gulhayo Tuxtasinova

1FarDU Boshlang'ich ta'lim uslubiyoti kafedrasi katta o'qituvchisi, 2FarDU Boshlang'ich ta'lim

yo'nalishi talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11073256

Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang'ich sinf matematika darsliklaridagi masalalarni loyihalash usulidan foydalanib bajarilgan. Boshlang'ich sinf matematika darsliklaridagi topshiriqlardan na'munalar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Ta'lim jarayoni, test tizimi, loyihalash, sifatli ta'lim, tadqiqot, darslik, uslubiy qo'llanma, mustaqilfikrlash.

Sifatli ta'limni amalga oshirish uchun umumiy o'rta ta'lim muassasalarining 1 -4-sinflarida o'quvchilarni ilg'or xorijiy tajriba asosida ishlab chiqilgan darsliklar bo'yicha o'qitish ko'zda tutilgan. Ko'rinib turibdiki, ta'limning sifatini oshirish omillaridan biri o'qitishning uslubiy taminotini yaxshilashdan iborat. Darslik va o'quv-uslubiy qo'llanmalar rivojlangan davlatlarning ilg'or tajribalarini tahlil qilgan holda yaratilmoqda. Shunga mos holda zamonaviy ta'limni ham sifatli yo'lga qo'yish lozim. Ya'ni o'qituvchi va o'quvchi faoliyatini oldindan loyihalangan, aniq maqsad sari yo'naltirilgan metodika asosida amalga oshirish lozim. Xususan, ta'lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo'nalishlardan biri zamonaviy ta'lim va tarbiya usullarini joriy qilishga e'tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, boshlang'ich sinf matematika darslarini o'qitish jarayonida innovatsion usullardan foydalanish o'quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishini oshirib samarali natijalarga olib kelmoqda. Zamonaviy pedagogik texnologiyani qo'llash natijasida o'quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o'z fikrini bayon qilish, o'z faoliyatini boshqara olish, sog'lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko'nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi. Masala yechish o'quvchilar uchun qiyin jarayon hisoblanadi.Ko'plab o'quvchilar masala yechishda qiynaladilar.Avvalo, o'quvchilar masalaning mohiyatini anglashlari kerak.Masala yechish bir necha bosqichlarni o'zi ichiga oladi.Dastlab,masalaning mohiyatini o'quvchilar yaxshilab tushunib olishlari kerak.Undan so'ng esa masalaga to'g'ri savol tanlash bosqichi bo'ladi.Keyin esa masala uchun mos qisqa yozuv tuziladi.Masala yechiladi va javoblari yoziladi. Arifmetikani o'rganish boshlang'ich sinflar matematika dasturiga binoan masqsad sari yo'naltirilgan tizimga asoslanadi, nazariy masalalar mashqlarni yechish davomida amaliy ahamiyat kashf etadi va bu kichik yoshdagi o'quvchilar uchun muhim hisoblanadi. Bu bilan mashqlar nazariya bilan amaliyotni o'zaro bog'lovchi halqa vazifasini bajaradi. Mashqlardan foydalanish o'quvchilarda dunyoqarashini shakllantirishga xizmat qilib, ularga son, arifmetik amal, kabi abstrakt tushunchalar real hayotdan,darhaqiqat, amaliy faoliyatdan olinganligiga ishonchni mustahkamlaydi. Mashqlarni yechish jarayonida o'quvchilar tasavvurini kengaytiruvchi faktlar bilan tanishadilar.Hozirgi kunda boshlang'ich sinf o'quvchilarning mantiqiy hamda tanqidiy fikrlashini oshirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Bundan tashqari, yangi darslklarda bunga katta urg'u berilyapti. Darslikdagi mantiqiy masalalar o'quvchilarning kreativligi shu o'rinda tanqidiy fikrlashini oshiradi. Bu esa kichik yoshdagi o'quvchilarni PIRLS va PISA xalqaro baholash testga tayyorlaydi.Xususan, boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun matiqiy masala muhim hisoblanadi.Masala ishlash orqali o'quvchilarning yana bir jihatini oshiradi,ularning fikrlash bilan birgalikda kichik yoshdagi o'quvchilarning nutqini ham o'siradi.Chunki masalani o'qiydilar u ustida fikr yuritadilar masala

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

asosida teskari masala tuzish, topshiriq orqali ularning nutq malakasi o'sadi.Bu jarayonga hozirda 1-sinfdan o'quvchilar tayyorlanib borishyapti chunki darslikdagi topshiriqlar shu asosida yaratilgan.Og'zaki masala tuzishni topshiriq sifatda berish orqali bunga erishish mumkin. 1-masala:

Quyidagi raqamlardan, ularni takrorlamasdan,mumkin bo'lgan barcha uch xonali sonlarni yozing.Ularni o'sish (kamayish) tartibida joylashtiring.

1) 6, 7,8

2) 5,9,0

Ushbu masalani 3 xil usulda ishlash mumkin.

1-usul

Barcha shu raqamlar qatnashgan sonlarni yozib chiqamiz. 1.678 3.768 5. 867

2.687 4.786 6.876

2-usul. 1.678 2.687

Bunda biz 6 raqami boshlanadigan 2xil turdagi uch xonani tuzamiz.Bizning misolimiz shartida 3 xil raqam berilgan ya'ni 6,7,8 shundan foydalanib

2*3=6

Natijamiz 6 chiqadi.Hammasidan 2 xil turdagi uch xonali son hosil bo'ladi.Shunda natijamiz 6 bo 'ladi.

3-usul

Bu uch xonali sonning bo'sh katak ko'rinishida.Kombinatorika masalalarini yechish usulidan foydalanamiz.Birinchi katakda biz 3ta sonni tanlashimiz mumkin.Ikkinchi katakda biz 2ta sonni tanlashimiz mumkin.Endi uchinchi katakda 1ta sonni tanlashimiz kerak.Shunda biz 3 xonali sonni hosil qilamiz turli ko'rinishda. Quyidagicha ifodalashimiz mumkin.

3

2

1

Bunda natijamiz 3*2*1=6

Shunday usulda 2-misolni mustaqil ravishda ishlash mumkin.

2-masala.

Firma buyurtmani 15 kunda bajarishi kerak edi.Firma har kuni rejadan tashqari 10ta mahsulot tayyorlab, 12 kunda tipshiriqni bajaribgina qolmay, balki qo'shimchasiga yana 24 ta mahsulot tayyorladi.Firma bir kunda nechta mahsulot tayyorlashni rejalashtirgan edi?

Ushbu masala mantiqiy biroz o'quvchilar uchun murakkablik qiladi.Bu masalani 3-xil usulda bajarish mumkin.Birinchi usul tenglama ko'rinishida ikkinchi usul arifmetik usul, uchinchi sxema ko'rinishida.Birinchi usulda kichik yoshdagi o'quchilar uchun qiyinlik qiladi.Masalani mohiyatini anglamay qoladilar.Shuning uchun buni arifmetik usulda ishlab tushuntirsak osonroq tushunarli bo'ladi.Avvalo masalani matni bilan yaxshilab tanishib olamiz.Keyin savollar beramiz masalaning mohiyatini tushunib olish uchun keyin qisqa yozuv tuzamiz.So'ng esa yechamiz.

Berilgan:

15kunda - hamma buyurtma

12kunda - qo'shimchasiga 10ta

Jami buyurtmaga yana - 24ta

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

Topish kerak Rejadagi mahsulotni -? Yechish: 1) 12*10=120

2) 120-24=96

3)15-12=3

4)96:3=32

Javob: 32ta mahsulotni tayyorlashni bir kunda rejalashtirgan.

2-usul.Tenglama usulida yechish

15x- hamma buyurtma bunda quyidagicha tenglama tuzamiz.

12*(x+ 10)=15x+24

12x+120=15x+24

3x=120-24

3x=96

x=32

Javob 32 ta mahsulotni tayyorlashni bir kunda rejalashtirgan.

3-masala

Ikki sonning yig'indisi 1085 ga teng.Sonlardan biri 7 raqami bilan tugaydi.Bu raqam o'chirilsa, ikkinchi son hosil bo'ladi.Shu sonlarni toping.

Bunda, ustun shaklida qo'shish usulidan foydalanish o'quvchilar tushuntirish oson bo'ladi.

1-usul Yechish: 1085

- 987 098

Masalani yechishda, avvalo, o'sha sonning o'zi yozib olinadi.Boshlang'ich sinflarda qo'shish amali orqali ishlangan ifodaning natijasini ayirish amali orqali teshiriladi.O'quvchilarda to'g'ri ishlanganligini isbotlash maqsadida o'z- o'zini tekshirish deb ataladi.Shunda foydalanamiz.Bizning masalamiz shartida oxirgi raqami 7 bilan tugaydigan bitta sonimiz mavjud lekin u qaysi biri ekanligi noma'lum.1085ni yozib 5 raqamining tagiga 7 sonini yozamiz.Shunda 1085 sonidagi 5dan 7 ni ayrimiz. Natijada 8dan bitta qarz olilganda shunda 8 hosil bo'ladi.8 raqamini 7 ning tagiga va yoniga yozamiz.Endi esa bizda sonlarning birining ikkinchi raqami hosil boladi.1085 sonida uchinchi raqamdan 7 yonidagi 8ni ayirimiz.Natijamiz 9 bo'ladi chunki 1085 soni tarkbidagi 8 dan 5 ga bitta qarz bergandik.Chiqqan natijamizni ya'ni 9 raqamini 8ning tagi va yoniga yozamiz.

So'ng bizda 987 soni hosil bo'ladi.1085da 987ni ayiriganimizda natijamiz 98 bo'ladi.987 soni tarkibidagi 7ni o'chirsak ikkinchi sonimiz ya'ni 98 hosil bo'ladi. 987 va 98ning yig'indisi 1085 soni bo'ladi.

2-usul

Tenglama ko'rinishda ishlanadi.

1-soni x deb belgilaymiz.Ikkinchi soni 10x +7 deb belgilaymiz.Chunki masala shartida sonlardan biri 7 bilan tugaydi deyilgan.Shuning uchun shu holatda belgilash kiritib olamiz.Endi tenglama tuziladi.

x+10x+7=1085 11x=1085-7 11x= 1078

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

x = 98

2-son

10x+7

10*98+7=987

Geometrik masalalar ham o'quvchilarning tanqidiy hamda mantiqiy fikrlashini oshiradi.Geometrik masalalar tushuntirishda eng oson usuldan foydalanish kerak.Shunda o'quvchilarga tushunarli bo'ladi.

4-masala

Kvadrat va to'g'ri chiziq tekislikda o'zaro qanday joylashishi mumkin?Mos rasmlar chizing.

Shunday topshiriqlarni o'quvchilarga chizmalar yordamida tushuntirish maqsadga muvofiqdir.Kichik yoshdagi o'quvchilarning geometriyaga oid bilimlari yanada oshadi.

5-masala

Bo'sh kvadrat va uchburchak o'rniga qanday sonlarni qo'yish mumkin?

+ = 15

5-masalada berilgan shart o'quvchilarning devegent tafakkurini oshiradi.Chunki bu masalada bir nechta variant ko'rinishda yozamiz.15 soni bir nechta sonlar bir-birga qo'shib hosil qila olamiz.

Yechish: 5+10; 10+5; 7+8; 8+7; 9+6; 6+9; 4+11; 11+4; 3+12; 12+3; 14+1; 1+14; 13+2; 2+13.

XULOSA: Ta'lim jarayonida har bir holatning puxta bajarilishiga erishish amaliy faoliyat (o'quv jarayoni)ning muvaffaqiyatini ta'minlashga olib keladi. Shunday qilib, o'qitish jarayonida muammoli vaziyatlar yaratilishini taqozo etib, ijodiy va izlanuvchanlikni qamrab oladi. Ushbu holat aniq hayotiy va amaliy natijaga yo'naltirilgan bo'ladi. Ikkinchi tomondan, har xil sharoitlarni va faktorlarni hisobga oluvchi natijani olish uchun kerak bo'ladigan muammolarni ishlab chiqish o'quvchi uchun ham ahamiyatli bo'ladi. Matematikada loyihalash faoliyati o'quvchilar bilan ishlashni tashkillashtirishning eng ommabop shakllaridandir. Bu metod o'quvchilarni faqatgina matematik bilimlarini rivojlantirib qolmasdan, balki ularning olgan bilimlarini kundalik hayotda qo'llashga ham yordam beradigan metod hisoblanadi.

REFERENCES

1. 2-sinf darslik

2. 3-sinf darslik

3. 4-sinf darslik

4. A. Nurmetov, I.Qodirov Matematikadan sinfdan tashqari va fakultativ mashg'ulotlar. T: O'qituvchi, 2017-yil.

5. Tolipov, O'.Q., Ro'ziyeva, D.I. (2020) Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Fan.

6. M.A.Mirzaahmedov Matematikadan masalalar to'plami.T:O'qituvchi,2023-yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.