Научная статья на тему 'BOSHLANGʻICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA MATNLI MASALALARNI TAHLIL QILIB YECHISHGA IJODIY YONDASHUV'

BOSHLANGʻICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA MATNLI MASALALARNI TAHLIL QILIB YECHISHGA IJODIY YONDASHUV Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
17
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
matnli masala / masalaga ijodiy yondoshuv / masala sharti va yechimi / geometrik mazmundagi masala / masalani tahlil qilib yechish

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Gʻofurova Mahfuza Abbosovna, Yoqubova Xurshidaxon Tolibjon Qizi

ushbu maqolada Boshlangʻich sinf matematika darslarida matnli masalalarni tahlili, ularning yechilish usullari, boshlangʻich sinf oʻquvchilarida matnli masalalarni yechishga qiziqtirish va ularning ongida hisoblash texnikasini rivojlantirish, ijodiy yondashuv asosida masalalarni tahlil qilish kabi maqsadlar yoritilgan. Bundan tashqari oʻquvchilarning nazariy bilimlarini berilgan matnli masalalar orqali yanada boyitish kabi holatlar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANGʻICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA MATNLI MASALALARNI TAHLIL QILIB YECHISHGA IJODIY YONDASHUV»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

BOSHLANG'ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA MATNLI MASALALARNI TAHLIL QILIB YECHISHGA IJODIY YONDASHUV 1G'ofurova Mahfuza Abbosovna, 2Yoqubova Xurshidaxon Tolibjon qizi

1FarDU, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), 2FarDU, 2-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11060349

Annatatsiya. ushbu maqolada Boshlang'ich sinf matematika darslarida matnli masalalarni tahlili, ularning yechilish usullari, boshlang'ich sinf o'quvchilarida matnli masalalarni yechishga qiziqtirish va ularning ongida hisoblash texnikasini rivojlantirish, ijodiy yondashuv asosida masalalarni tahlil qilish kabi maqsadlar yoritilgan. Bundan tashqari o'quvchilarning nazariy bilimlarini berilgan matnli masalalar orqali yanada boyitish kabi holatlar yoritilgan.

Kalit so'zlar: matnli masala, masalaga ijodiy yondoshuv, masala sharti va yechimi, geometrik mazmundagi masala, masalani tahlil qilib yechish.

Аннотация. в данной статье рассматривается анализ текстовых задач на уроках математики в начальных классах, способы их решения, интересующие цели решения текстовых задач у младших школьников и развитие вычислительных технологий в их сознании, анализ задач на основе творческого подхода. . Кроме того, освещаются случаи обогащения теоретических знаний студентов посредством заданных текстовых задач.

Ключевые слова: текстовая задача, творческий подход к задаче, состояние и решение задачи, задача геометрического содержания, решение задачи путем анализа.

Abstract. this article covers the analysis of textual problems in primary grade mathematics classes, their solution methods, the goals of interest in solving textual problems in primary school students and the development of computing techniques in their minds, analysis of problems based on a creative approach. In addition, the cases of enriching students' theoretical knowledge through the given textual problems are covered.

Keywords: text problem, creative approach to the problem, state and solution of the problem, problem of geometric content, solution of the problem by analysis.

O'qitishning ma'lum mazmuni va o'qituvchilarning aqliy faoliyati saviyasi bilan ta'sirlanadigan u yoki bu o'quv yo'nalishi uchun eng yaroqli usullarini qo'llay bilishni va darsga tayyorlanishda yoki darsning o'zida yuzaga keladigan aniq metodik vazifalarni hal etishni bilishi zarur. Ayni shu boshlang'ich sinflarda bolalarning aqliy rivojlanishlariga asos solinishi sababli boshlang'ich sinf o'qituvchisi uchun o'quvchilarning aqliy faoliyatlari darajasini va imkoniyatlarini bilish va hisobga olish ayniqsa muhimdir.

Kelgusidagi amaliy faoliyat uchun xususiy, amaliy, laboratoriya ishlarida matematikani o'qitish metodikasi bajariladigan ishlar orqali egallanadi. Nazariy bilimlarni amaliy mashg'ulotlarga tayyorlanishda va mashg'ulotlarning o'zida o'qitish amaliyotida foydalanish jarayonida yuzaga keladigan turli-tuman metodik masalalar hal etilishi lozim.

Metodik masalalar har bir darsda yuzaga keladi, shu bilan birga, odatda ular bir qiymatli yechimga ega emas. O'qituvchi darsda yuzaga kelgan metodik masalaning mazkur o'quv vaziyati uchun eng yaroqli yechimini tez topa olishi uchun bu sohada yetarlicha keng tayyorgarlikka ega bo'lishi talab etiladi.

Keltirilgan masalalar darsda iloji boricha turli usullar bilan hal etilishi lozim. Boshlang'ich ta'lim metodikasi o'qitish vositasi sifatida mavjud didaktik o'yinlar mantiq ilmi va matematika

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

nuqtai nazaridan mazmunan yetarli emasligi tufayli didaktik o'yinlardan foydalaniladi va o'rganilgan materialni faqat mustahkamlash vositasi sifatida foydalaniladi.

Masalalar yechish matematika o'qitishning muhim tarkibiy qismidir. Masalalar yechmasdan matematikani o'zlashtirishni tasavvur qilib bo'lmaydi. Masalalarni har xil usullar bilan yechish o'quvchilarning logik tafakkurini rivojlantirish imkonini beradi, ularda masala yechishlarida uchraydigan qiyinchiliklarni yengish uchun qat'iylik va matonatlilikni tarbiyalaydi.

Bir masalani bir nechta har xil yechimini topishni o'quvchilarga individual yaqinlashtirishning metodik usullaridan biri deb qarash mumkin. Haqiqatdan ham, masalaning har yechilish usullarini topishga doir topshiriqni bajarish har bir o'quvchiga o'z qobiliyatini ko'rsatish imkonini beradi. Ba'zi o'quvchilar masala yechishning bir usulini, ba'zi o'quvchilar ikki usulini, ba'zi o'quvchilar esa ko'p sondagi yechish usullarini topadilar.

1-masala.

Hammasi — 10 ta

Ikkita tarelkadagi konfetlar soni hammasi bo'lib 10 ta. Agar birinchi tarelkada 5 ta konfet bor bo'lsa, ikkinchi tarelkadagi konfetlar sonini toping.

Yuqoridagi rasm asosida tuzilgan masalaning shart qismi qaysi javobda to'g'ri keltirilgan?

Agar birinchi tarelkada 5 ta konfet bor bo'lsa, ikkinchi tarelkadagi konfetlar sonini toping. Ikkita tarelkadagi konfetlar soni hammasi bo'lib 10 ta. Agar birinchi tarelkada 5 ta konfet

bor.

Ikkinchi tarelkadagi konfetlar sonini toping. 2-masala.

Jadval asosida berilgan masalaga teskari masala to'g'ri tuzilgan qatorni ko'rsating.

Likopchada bir nechta behi bor edi. Undan 10 tasi yeyildi. Shundan so'ng idishda 5 ta behi qolgan bo'lsa, dastlab likopchada nechta behi bo'lgan?

Likopchada 15 ta behi bor edi. Undan 10 tasi yeyildi. Shundan so'ng idishda 5 ta behi qolgan bo'lsa, dastlab likopchada nechta behi bo'lgan?

Likopchada 15 ta behi bor edi. Undan bir nechtasi yeyildi. Shundan so'ng idishda 5 ta behi qolgan bo'lsa, behilarning nechtasi yeyilgan?

Hozir esa Boshlang'ich 3-sinf matematika darsligidagi bir nechta matnli masalalar tahlili yoritilgan.

l.Toshkent va Peterburg -nomdosh shaharlar. Ularning nomlari "tosh shahar" degan ma'noni anglatadi. Toshkent 22 asrdan, Peterburg esa 3 asrdan beri mavjud. Qaysi shahar qadimiyroq va qancha oldin tashkil topgan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

Tahlil: Avvalo bu masalani yechishdan oldin o'quvchilarga asr tushunchasi haqida ma'lumot berib o'tish kerak. "Asr -(arabcha-davr, vaqt ) 1asr- 100 yilga teng. Masalan 1901-yil 1-yanvardan 2000-yil 3-dekabrgacha davrni o'z ichiga oladi. Yechish: 22* 100=2,200. 3*100= 300.

Shu o'rinda o'quvchilarga O'zbekiston Respublikasining poytaxti bo'lgan Toshkent haqida ham ma'lumot berib o'tish maqsadga muvofiq, bu esa matematika fanini integratsiya qilib dars jarayonini olib borish o'quvchilarga ham qiziqarli va foydali bo'ladi.

2. Toshkent kurantining ikkinchi minorasi birinchisidan 62 yil keyin qurildi. Eski minora qurilganiga 75-yil bo'ldi. Yangi minora qurilganiga necha yil bo'lgan?

Shu o'rinda masalani yechishdan oldin vaqt tushunchasi haqida ma'lumot berib o'tish

kerak.

1 yil: 12 oy, 1 oy: 30-31 kun, 12-oy : 365 yoki 366 kun.

a) Birinchi minora qurilganiga 75 yil bo'libdi.

b) Ikkinchi minorani qachon qurilganini topish uchun birinchi minoraning qurilgan vaqtidan foydalanib topamiz.

Bunda ayirish amalidan foydalanib topamiz.

Yechish: 75-62=13. Demak ikkinchi binoning qurilganiga 13 yil bo'libdi.

3. Toshkentdagi eng baland inshoot teleminoradir.Uning balandligi 375 metr. Milliy bank binosining balandligi esa 108 metr. Teleminora bank binosidan qancha baland?

Masalada ishtirok etgan metr haqida o'quvchilarga ma'lumot berib o'tish hisoblashni osonlashtiradi.

Uzunlik o'lchov birliklari 1metr - 10 detsimetr 1 santimetr - 10 millimetr 1 detsimetr -10 santimetr 1 kilometr- 1000 metr 1 metr- 100 santimetr

Binolar, inshootlar uchun metr, santimetr birligi qo'llaniladi. Yechish: Teleminora- 375 metr Milliy bank -108 metr

Bu masalani taqqoslash orqali natijani hisoblash mumkin. Taqqoslash belgisi " <, >" dan foydalaniladi. 375 > 108

Natijaga ko'ra eng katta sonni topdik , demak masalamizning javobi Teleminora baland ekan ikkinchisidan.

3. "Mustaqillik" maydonidagi favvora hovuzi to'g'ri to'rtburchak shaklida. Uning bo'yi 114 metrga, eni 50 metr ga teng .Favvoraning perimetri bo'ylab tortiladigan diodli tasmaning uzunligi qancha bo'ladi?

Buning uchun favvora hovuzining umumiy hajmini topish kerak. To'g'ri to'rtburchakning perimetrini topib olamiz.

To'g'ri to'rtburchakning perimetrini topish formulasi: P= 2( a+b) = Yuqoridagi formuladan foydalanib to'g'ri to'rtburchakning perimetrini topib olamiz, a, b ning o'rniga berilgan qiymatlarni qo'yib, formula asosida hisoblaymiz va natija kelib chiqadi. Yechish: P= 2( 114+50)= 164*2=328 Javob : P= 328.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

4. Tosh metropolitenida 43 ta bekat bor. Bu Barselonadagidan 144 ta , Shanxaydagidan 370 ta bekat kam. Barselona metrosida stansiyasilar soni Shanxaydagidan nechta kam?

Ushbu masala qo'shish va ayirish amallari orqali topiladi.

Yechish: Toshkent: 43 ta

Barselona: -43+144= 187

Shanxayda: 370+43= 413

413-187= 226. Javob: 226 ta kam.

5. Sayyohlik yo'nalishining birinchi qismi 247 km ga teng. Ikkinchi qismi birinchisidan 67 km uzunroq. Butun yo'nalish uzunligini toping.

Bu masalani o'quvchilar ongida masofa uchun uzunlik o'lchov birliklari haqida ma'lumot beriladi. Bu masalani sodda qilib tushuntirish kerak. Sodda qilib tushuntirganda bir joydan ikkinchi joyga borish uchun masofalarni qo'shib olamiz.

Yechish: A yo'l: 247

B yo'l : A+ 67 km uzunroq

B yo'l: 247+67= 314.

Demak butun yo'nalish uzunligi 314 kmga teng ekan.

6. Hayvonot bog'idagi qafasda 12 ta oqqush , undan 2 marta kam baliqchi qush bor. Agar qafasda jami 35 ta qush bor bo'lsa, ularning nechtasi saqoqush?

Birinchi bo'lib bu masaladagi qush turlarini miqdorini topib olamiz.

Oqqush: 12 ta , Baliqchi qush: 12:2= 6. 12+6= 18

Bunda Oqqushlar soni 12 ta ekan, Baliqchi qushlar sonini ham topdik, Oqqushlar va Baliq qushlarning miqdori 18 ta , endi saqoqushlarning sonini topish uchun jamidan oqqush va baliqqushlar sonini ayriymiz, qolgani shunda saqoqushlarning miqdori chiqadi.

Jami: 35-18= 17. Javob: 17 ta ekan.

7. Azim noyob hayvonlar haqidagi kitobni 3 kunda o'qidi. U birinchi kuni 142 bet o'qidi, bu ikkinchi kun o'qiganidan 15 bet ko'p. Agar kitob 356 betdan iborat bo'lsa, u birinchi kuni necha bet o'qigan?

Buning uchun biz o'quvchi har kuni necha sahifa o'qiganini topishimiz kerak. Hozir biz ikkinchi va uchinchi kuni qancha o'qiganini topishimiz kerak. Kunlarni A,B,C deb belgilab olamiz.

A-142 bet, B- A-15= 142-15=127, C- ?

Kitobning umumiy sahifasi 356 betdan iborat edi. Hozir bizda birinchi va ikkinchi kuni qancha o'qigani aniq bo'ldi. Ikki kun o'qigan kitob sahifalarini qo'shib olib, umumiy sahifadan ayrisak uchinchi kuni qancha o'qigani kelib chiqadi.

Yechish: 142+127=269. 356-269= 87. Javob: 87 bet .

8. Hayvonot bog'ida bitta ayiqqa kuniga 6kg sabzavot, 3 kg meva, 4 kg yorma hamda 3 kg o't kerak. To'rtta ayiq qancha sabzavot, meva, yorma va o't kerak bo'ladi.

Masalada 1 ta ayiq uchun kuniga qancha yegulik ketishi ma'lum bo'ldi, endi biz 4 ta ayiq uchun shu turdagi ozuqalardan qancha ketishini hisoblaymiz. Hisoblashda qo'shish va ko'paytirish amalidan foydalanib topamiz.

Yechish: Har bir turdagi ozuqani miqdorini alohida hisoblab olamiz.

4*6=24 kg sabzavot, 4*3=12 kg meva, 4*4=16 kg yorma, 4*3=12 kg o't.

Xulosa qiladigan bo'lsak yuqorida hisoblagan ozuqamiz kerak ekan bir kun davomida 4 ta ayiq uchun.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS" April 2б, 2024

9. Geologiya muzeyida og'irligi 26 kg bo'lgan 3 ta va og'irligi 28 kg bo'lgan 5 ta mineral turibdi. Bu eksponatlarning umumiy massasi qancha?

Bu masalani oddiy hisoblash texnikasi orqali bajariladi. Bunni ikki xil usulda bajarish mumkin. Asosan bu masalani o'quvchilarga tushunarli qilishimiz kerak. Umumiy massani so'rayabdi bizdan. Quyidagicha topish mumkin.

Yechish: 1) qadam: 3 ta 26 kgdan bo'lgan mineral turibdi. Xuddi shunaqa 3 ta mineralniki massasi qancha bo'ladi deyilgan masala shartida.

1-usul: alohida qo'shib topish ham mumkin. 26+26+26= 78

2-usul: 2б*3= 78.

2) qadam: 1-usul: 28+28+28+28+28= 140, 2-usul: 28*5= 140

3) qadam: 140+78= 218. Javob: 218 kg ekan

10. Uzuklar va ziraklar ko'pincha yarim qimmatbaho toshlar bilan bezatiladi. Zargar 18 ta uzukni yoqut bilan, undan ikki marta ko'p uzukni feruza bilan bezaydi. Zargar jami nechta uzukni bezaga.?

Avvalo masalani hisoblashdan oldin "ikki marta ko'p " degan matematik iborani ma'nosini tushunishimiz kerak. "Marta" so'zi ko'paytirish amalini anglatadi. Yechish: 18*2=36 ta feruzali.

Demak xulosa qilamiz 18 ta va Зб ta uzukni har xil turdagi tish bilan bezatgan.

Jami : 18+36= 54

11. Azim soat 6:00 da uyg'ondi. U 50 minut ertalabki jismoniy mashg'ulot bilan shug'ullandi. Azim maktabga tayyorlanishga jismoniy mashg'ulotdan 30 minut kam, yo'lga esa tayyorgarlikdan 30 minut ko'p vaqt sarfladi. U soat nechada maktabga keldi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

1- bosqich: 6:00 da uyg'ondi

2-bosqich: 6:50 gacha jismoniy mashg'ulot bajardi

3-bosqich: jismoniy mashg'ulotdan 30 minut kam vaqt sarfladi: 50 minut - 30 minut= 20

minut.

7: 10 gacha tayyorlandi.

4-bosqich: yo'lga tayyorgarlikdan 30 minut ko'p vaqt sarfladi.

8:10 da . Javob 8:10 da keldi.

12. To'g'ri to'rtburchak shaklidagi maydonning bo'yi 80 metr, eni undan 4 marta kichik. Maydonning perimetrini toping. Yechish: bo'yi- 80 metr, eni: ( bo'yidan 4 marta kichik deyilgani uchun) 80:4= 20 . Demak endi- 20 metr.

Yechish: P= 2( a+b)= 2( 80+20)= 2* 100= 200. Javob: 200 ha teng ekan to'g'ri to'rtburchakning perimetri.

13. Muzeyda 47 ta Qoraqalpoq rassomlari va ulardan ikki marta ko'p O'zbek rassomlarining asarlari to'plangan. Agar muzeyda jami 235 ta asar bo'lsa Rus rassomlarining nechta asari joy olgan?

Bundan biz Qoraqalpoq rassomlari sonidan foydalanib O'zbek rassomlarining asarlari sonini topib olamiz. Ikki marta ko'p degani uchun ko'paytiramiz.

1) qadam: Qoraqalpoq - 47

2) qadam: ( O'zbek rassomlari, Q*2= 47*2= 94 metr bo'ldi.

3) qadam: 47+94= 141. Javob 141 ta ekan.

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, zamonaviy ta'lim muassasalarida o'qitish sifatini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar zamirida bo'lajak o'qituvchilarning kasb mahorati, ularning zamonaviy ta'lim va innovatsion texnologiyalari, ilg'or xorijiy tajribani

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS" April 2б, 2024

o'zlashtirish bo'yicha zamonaviy bilimlari, ko'nikma va malakalarini yuksaltirish masalalaridan biridir. Bu sinflarda bolalarga keyinchalik matematika va boshqa fanlar uchun zarur bo'lgan elementar tushunchalar singdiriladi. Zamonaviy matematika darslarining talablaridan biri o'quvchilarning mustaqil fikrlay olishi, kundalik hayotda uchraydigan turli masalalarni yechishda to'g'ri qaror qabul qilish, kreativ fikrlash kabi hayotiy, amaliy ko'nikmalarni rivojlantiishdan iboratdir.

REFERENCES

1. Alixonov.S.Matematika o'qitish metodikasi. - Toshkent: Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi,2011. - B 304

2. O'sarov.J. Matematika o'qitish metodikasi. O'quv qo'llanma .-FDU nusxa ko'paytirish bo'limi, 2020. - B 237 .

3. Alixonov.S.Matematika o'qitish metodikasi. - Toshkent: Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi,2011. - B 304 (Alixonov.S.Matematika o'qitish metodikasi. - Toshkent: Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi,2011. - B 304 )

4. Jumayev.M.E.boshlang'ich sinflarda matemtika o'qitish metodikasidan labaratoriya mashg'ulotlari. - Toshkent:Yangi asr avlodi,2006. - B 256

5. Jumayev.M.E.boshlang'ich sinflarda matemtika o'qitish metodikasidan labaratoriya mashg'ulotlari. - Toshkent:Yangi asr avlodi,2006. - B 256

6. Gafurova, M. A. (2022). Improving Mental Skills Of Students By Analyzing And Solving Problems. Current Research Journal Of Pedagogics, 3(01), 40-44.

7. Gofurova, M. A. (2020). Development of students' cognitive activity in solving problems. ISJ Theoretical & Applied Science, 7(81), 677-681.

8. Gafurova, M. A. (2021). Developing Cognitive Activities of Primary School Students based on an Innovative Approach. International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 5(10), 236-242.

9. Gafurova, M. (2021). Intellectual and Cognitive Activities of School Pupils. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(2), 447-450.

10. Gofurova, M. A. (2020). Развитие познавательной деятельности учащихся при решении задач. (Development of cognitive activity of students in solving problems ) Theoretical & Applied Science, (1), 677-681.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.