Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIGA MATEMATIK MULOHAZA YURITISH VA MASALA YECHISHNI O‘RGATISHDA TURLI XALQARO TADQIQOT NAMUNALARIDAN FOYDALANISH'

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIGA MATEMATIK MULOHAZA YURITISH VA MASALA YECHISHNI O‘RGATISHDA TURLI XALQARO TADQIQOT NAMUNALARIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
15
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
matematik mulohaza / mantiqiy fikrlash / masala yechish usullari / PISA / PIRLS / tanqidiy fikrlash.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Mamasaidova Muhabbatxon Abdusalomovna, Mirzag‘Aniyeva Marjonaxon Nizomjon Qizi

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf matematika darslarida o‘quvchilarni matematik mulohaza yuritishga o‘rgatish, matematik bilimlar berish, o‘quvchilarni masala yechishga o‘rgatish, masala yechish matematikaning muhim tarkibiy qismi ekanligi, matnli, rasmli, jadvalli, sodda, murakkab masalalar yechishga o‘rgatish haqida fikrlar yuritilgan. Hozirgi zamon talablaridan kelib chiqib o‘quvchilarning matematik bilimlarini Xalqaro tizimda baholash orqali ulardagi mantiqiy tafakkurni oshirish yo‘llari bilan tanishish haqida fikrlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIGA MATEMATIK MULOHAZA YURITISH VA MASALA YECHISHNI O‘RGATISHDA TURLI XALQARO TADQIQOT NAMUNALARIDAN FOYDALANISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIGA MATEMATIK MULOHAZA YURITISH VA MASALA YECHISHNI O'RGATISHDA TURLI XALQARO TADQIQOT NAMUNALARIDAN FOYDALANISH 1Mamasaidova Muhabbatxon Abdusalomovna, 2Mirzag'aniyeva Marjonaxon Nizomjon

qizi

1FarDU, dotsent, 2FarDU talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11059900

Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang'ich sinf matematika darslarida o'quvchilarni matematik mulohaza yuritishga o'rgatish, matematik bilimlar berish, o'quvchilarni masala yechishga o 'rgatish, masala yechish matematikaning muhim tarkibiy qismi ekanligi, matnli, rasmli, jadvalli, sodda, murakkab masalalar yechishga o'rgatish haqidafikrlar yuritilgan. Hozirgi zamon talablaridan kelib chiqib o'quvchilarning matematik bilimlarini Xalqaro tizimda baholash orqali ulardagi mantiqiy tafakkurni oshirish yo'llari bilan tanishish haqida fikrlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: matematik mulohaza, mantiqiy fikrlash, masala yechish usullari, PISA, PIRLS, tanqidiy fikrlash.

Hozirgi paytda maktablarda boshlang'ich sinflarda matematika o'qitishning asosiy vazifalaridan biri o'quvchilarni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalash hisoblanadi. Bunda ularda matematika bo'yicha bilimlar berish bilan birga ularga o'rganilayotgan bilimlarni asosli va puxta bo'lishini ta'minlash, ularni qo'llay olish ko'nikma va malakalarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, matematika darslarida fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish hamda ularni kelgusida olingan bilimlarni ongli hayotiy faoliyatda muvaffaqiyatli qo'llashlari uchun zarur ko'nikma va malakalarni shakllantirish boshlang'ich matematik ta'limning asosiy vazifalariga aylanishi lozim. Shu nuqtai nazardan o'quv jarayonida matematik masalalar, jumladan, hayotiy mazmunli, ularning to'plagan tajribasiga asoslangan masalalarni yechish usullariga va ularni qo'llashga o'rgatish o'ziga xos xususiyatlarga ega. Ularni ta'lim mazmuni va o'rganilayotgan tushunchalar mohiyatini ochib berishda foydalanish, o'zaro aloqadorlikda va o'quvchilar amaliy faoliyati tajribasi bilan qo'shgan holda o'qitish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bu usullarni ishlab chiqish va amalda qo'llash o'qitish sifat va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta'kidlaganidek: „Matematika hamma fanlarga asos. Bu fanni yaxshi bilgan bola aqlli, keng tafakkurli bo'lib o'sadi, istalgan sohada muvaffaqiyatli ishlab ketadi''. O'quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga o'rgatish jamiyat hayotida tub burilishlarni amalga oshiradi. Matematik savodxonlik tushunchasi turli yillardagi tadqiqotlarda turlicha talqin qilingan. Oxirgi tadqiqot natijalariga ko'ra unga quyidagicha ta'rif berish mumkin:

1.Tanqidiy fikrlash;

2.Ijodkorlik, kreativlik;

3.Tadqiqot va tahlil qilish;

4.Mustaqillik, tashabbuskorlik va qat'iylik;

5.Ma'lumotlardan foydalanish;

6.Tizimli fikrlash;

7.Muloqot qilish;

8.Mulohaza yuritish.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

Matematik savodxonlik - bu shaxsning turli hayotiy vaziyatlar (kontekstlar) va masalalar ustida matematik mulohaza yuritish, berilgan muammoni matematika yordamida ifodalay olish, muammoni yechishda matematikani qo'llay olish va olingan natijalardan muammoning yechimini talqin qilish va baholashda foydalana olish qobiliyatidir. U hodisalarni tavsiflash, tushuntirish va oldindan aytib berish uchun tushunchalar, algoritmlar, faktlar va vositalarni o'z ichiga oladi. U insonlarga matematikaning olamdagi o'rnini tushunishga hamda yaratuvchan, qiziquvchan va o'zini o'zi tahlil qiladigan XXI asr fuqarolariga zarur bo'lgan asoslangan hukm va qarorlar qabul qilishga yordam beradi. O'quvchi masalalarni yechayotganda ko'p matematik tushunchalar aniq hayotda odamlarning tajribasida o'z ildizi ekanligiga ishonch hosil qiladi. Masalalar yechish orqali bilim va tajriba sohasida muhim bo'lgan ma'lumotlar bilan tanishadilar. Masalan, boshlang'ich sinflarda yechiladigan ko'p masalalarning mazmunida bolalar va kattalarning mehnati mamlakatimizning xalq xo'jaligi, texnika sport va madaniyatda erishgan yutuqlari yotadi.

Masalalar yechish jarayonining o'zi ma'lum metodikada o'quvchilarning aqliy rivojlanishiga ancha ijobiy ta'sir ko'rsatadi, chunki u aqliy operasiyalarni: analiz va sintez aniqlashtirish va taqqoslash umumlashtirishni talab etadi. Masalan: o'quvchi istagan masalani yechishda analiz qiladi. Savolni masala shartidan ajratadi. Yechish rejasini tuzayotganda sintez qiladi, bunda u aniqlashtirishdan foydalanadi, biror bir turdagi masalalarni ko'p marta yechish natijasida o'quvchi bu turdagi masalalarda berilgan va izlanayotgan sonlar orasidagi bog'lanishlar haqidagi bilimni umumlashtiradi. Maktabdagi matematik ta'limning muhim masalalaridan biri o'quvchilarning ongli va mustahkam bilimini shakllantirish o'rganilayotgan matematik faktlar asosida yotuvchi umumiy prinsip va qonuniyatlarni qarab chiqilayotgan hodisalar orasida mavjud bo'lgan bog'lanishlarni tushunishdan iborat. Davlatning rivojlanishida albatta inson, uning ongi, miyya faoliyatining hayvonot olamidan farqli jihatdan, albatta, asosiy rolni bajaradi. Bularni anglash uchun esa mulohaza yuritib masalalarga yechim berish zarur bo'ladi. Shaxsni rivojlanishida unga in'om etilgan ,,aql'', ,,zakovat'', "tafakkur", ,,qalb'' birga uyg'unlikda faoliyat yurutibgina qolmasdan undovchi ,,g'oya'' asosida harakatlantiradi. Qachonki tafakkur kengligi mavjud ekan inson ongida ulg'ayish shakllana boradi. Inson xayolotining kengligi fanga nisbatan dunyoqarashini boyitib borishi, tezkor fikr almashishni ta'minlaydi. Shu jumladan, ijtimoiy va aniq fanlar nuqtai nazaridan qaraganda matematik tasavvurning tarkib topishi nafaqat davlat, balki jamiyatning bir qismi, balki asosiy negizlariga aylantirmog'imiz shart. Matematik mulohaza yuritishda turlicha kompetensiyalarga tayansak bo'ladi. Oila, maktab oldida turgan eng murakkab hamda muhim muammolardan biri o'quvchilarni bo'sh vaqtlarini qanday tashkil qilish masalasidir. Bu esa matematikaning muammoli, pedagogik psixologik xususiyatlaridan biridir. Xalqaro o'quvchilarni baholash dasturi (inglizcha: Programme for International Student Assessment) — turli davlatlarda 15 yoshli o'quvchilarning savodxonligini (o'qish, matematika, tabiiy fanlar) hamda bilimlarini amaliyotda qo'llash qobiliyatini baholovchi dastur.

PISA testlari maktab o'quvchilarining haqiqiy hayotda kerak bo'ladigan hodisalarni tahlil qilish, ulardan xulosa chiqarish va muloqotga kirishish ko'nikmalarini qay darajada egallayotganini, ta'lim tizimining bu o'zgarishlarga qanchalik moslashayotganini aniqlash maqsadida o'tkaziladi. Ushbu dastur 1997-yilda joriy etilgan bo'lib, har uch yilda bir marta o'tkaziladi, birinchi marta 2000-yilda o'tkazilgan. Har uch yilda bitta fan yo'nalishiga afzallik berilib, jami testlar majmuasining deyarli 50% shu fanga mansub bo'ladi. 2000-yilda ilk bor o'qish savodxonligiga urg'u berilgan. PISA testlari 5 ta yo'nalish bo'yicha o'qish, matematik savodxonlik, tabiiy-ilmiy fanlar, hamkorlikda muammolarni hal qilish va moliyaviy

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

savodxonlik o'tkaziladi. Testlarda asosiy e'tibor o'quvchilarning mazkur yo'nalishlar bo'yicha eng asosiy tushunchalarni bilishi, bazaviy bilim va ko'nikmalarni egallagani, ulardan hayotiy vaziyatlarda foydalana olishiga qaratiladi: PISA sinovlarida to'rt xil sinov usulidan foydalaniladi:

Bir javobli testlar;

Bir nechta javobli testlar;

Qisqa yoki batafsil javob yoziladigan savollar;

Biror muammoning yechimi bo'yicha o'quvchi fikri (odatda bunday savollarda tekshiruvchida umumiy javoblar bo'ladi, o'quvchi javobi test tuzivchi javobiga aynan mos kelishi talab qilinmaydi, o'quvchi ijodkorligi qo'llab quvvatlanadi). Bundan tashqari testlar bilan bir vaqtda o'quvchilardan anketalar ham olish nazarda tutilgan.

PIRLS (inglizcha Progress in International Reading Literacy Study'j — bu turli mamlakatlarda boshlang'ich sinfda tahsil oluvchi o'quvchi yoshlarning matnni o'qish va tushunish darajalari sifatini baholab beruvchi xalqaro baholash tizimidir. Tadqiqot davriy ravishda - har besh yilda bir marta o'tkaziladi va hozirgacha besh marta: 2001, 2006, 2011, 2016 va 2021 -yillarda o'tkazilgan. Bugungi kunga mos ravishda matematik savodxonlikni oshirirshga yordam beruvchi Xalqaro masalalarni mulohaza yuritgan holda ishlash ham o'quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini yanada oshirishga katta xizmat qiladi. O'quvchilarning matematik bilimlarni o'zlashtrishi faqat o'quv ishida to'g'ri metod tanlashga bog'liq bo'lmasdan, balki, o'quv jarayonini tashkil qilish formasiga ham bog'liqdir. Dars vaqtida o'quvchilar matematikadan nazariy ma'lumotga, hisoblash malakasiga, masala yechish, har xil o'lchashlarni bajarishga o'rganadilar, ya'ni darsda hamma o'quv ishlari bajariladi. Bunda matematika darslarining qanday uslubda tashkil etilishi ham muhim rol o'ynaydi. Matematika darsining o'ziga xos tomonlari, eng avvalo, bu o'quv predmetining xususiyatlaridan kelib chiqadi. Bu xususiyatdan biri shundan iboratki, unda arifmetik material bilan bir vaqtda algebra geometriya elementlari ham o'rganiladi. Odatda, darsda bir necha didaktik materiallar amalga oshiriladi: yangi materialni o'tish, o'tilgan materialni mustahkamlash, bilimlarni mustahkamlash, bilimlarni umumlashtirish, tizimlashtirish, mustahkam o'quv va malakalar hosil qilish va hokazo. Matematika darslarining o'ziga xos yana bir tomoni shundaki, bu-o'quv materialining abstraktligidir. Shuning uchun ko'rgazmali vositalar, o'qitishning faol metodlarini sinchiklab tanlash, o'quvchilarning faolligi, sinf o'quvchilarining o'zlashtirish darajasi, kabilarga ham bog'liq. Matematika darsida turli tuman tarbiyaviy vazifalar ham hal qilinadi.

O'quvchilarda kuzatuvchanlikni, ziyraklikni, atrofga tanqidiy qarashni, ishda tashabbuskorlikni, mas'uliyatni va sof vijdonlilikni, to'g'ri va aniq so'zlashni, hisoblash, o'lchash va yozuvlarda aniqlikni, mehnatsevarlik va qiyinchiliklarni yengish xislatlarini tarbiyalaydi. O'quvchilar bilan har bir darsda bir nechta tushunchalar bilan ish olib boriladi. Har bir tushunchani tushunish boshqa bir tushunchani takrorlash, esga olib borish bilan olib borilsa, bu tushuncha esa keyingi tushunchalarni tushuntirish uchun mulohaza yuritishga xizmat qiladi. O'qitish jarayonida har bir o'quv materiali rivojlantirlgan holda olib boriladi, bu o'quv materiali o'zidan keyin o'qitiladigan materiallarni tushunish uchun poydevor bo'ladi.

Tanqidiy fikrlashning muhim afzalligi shuki, u e'tiborsiz bildirilgan fikrlarni, noaniq tushunchalarini va yolg'on argumentlarni aniqlashtiradi va fosh etadi. Lekin uning kamchiligi yaratuvchi va konstruktiv kuchga ega emasligidir. Tanqidiy fikrlash g'oyamizni mustahkamlaydi, ammo konstruktiv, yaratuvchi fikr bilan ta'minlamaydi. Quyidagi mantiqiy topshiriqlarni I-IV sinf o'quvchilari bilan matematika darslarida bajarish tavsiya etiladi. Bunday turdagi mantiqiy

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

topshiriqlar o'quvchilarni mantiqiy hamda tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi. Masalan, quyidagi topshiriqlar asosida misol keltirishimiz mumkin: 1-topshiriq: Xo'roz tarozida ikki oyog'ida turgan holda o'lchanganda 3 kg chiqdi. Xo'roz bir oyoqda turgan holda o'lchanganda necha kilogramm keladi? (Javob: 3 kg)

2-topshiriq: Daraxt shoxida 9 ta chumchuq qator turibdi. To'rtinchi chumchuq uchib ketdi. Daraxt shoxida nechta chumchuq qoldi?

3-(Javob: 8 ta)

4-3-topshiriq: 500 metr masofaga yugurish musobaqasida 5 ta sportchi qatnashdi. Har bir sportchi qancha masofaga yugurgan? (Javob: 500 m)

5-4-topshiriq: Stolda 70 dona qog'oz turibdi. Har 10 soniyada 10 ta qog'ozni sanash mumkin. Bu holda 50 ta qog'oz sanab olish uchun necha soniya vaqt ketadi?

6-(20 soniya. 10 soniyada birinchi o'ntasi, keyingi o'n soniyada ikkinchi o'ntasi sanaladi. Stolda esa 50 ta qog'oz qoladi.)

7-5-topshiriq: Bitta tayoqning 2ta uchi bo'lsa, bir yarimta tayoqning nechta uchi bo'ladi?

(4ta)

Xulosa qilib aytganda, mantiqiy masalalarni yechish o'quvchilarda uzviy ravishda mustaqillikni o'stirish bilan birga o'qitish jarayonida qiziqishlarini oshiradi. Bunda tavsiya etilayotgan savol va topshiriqlar o'quvchilardan ma'lum darajada izlanish talab qilsa-da, u bola kuchi yetadigan darajada bo'lishi kerak. Matematik mashg'ulotlarda bunday topshiriqlarni tanlash katta ahamiyatga ega. Bu mashg'ulotlar o'quvchilardan mustaqil kuzatishlar o'tkazishni, qaralayotgan hodisalar narsalar va shu kabilarni taqqoslash, solishtirishni talab qiladi. Matematika fani boshlang'ich sinflardan boshlab inson hayotining mazmuni ekanligi ko'rsatib boriladi. Matematika haqiqiy olamning miqdoriy munosabatlari va fazoviy formalari haqidagi fandir. Matematikadan masalalar yechish o'quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi. Quyida yuqoridagilarga misol tariqasida ba' zi masalalarni korib chiqamiz: Uydan kinoteatrgacha masofa 1 km. 200 m, maktabgacha bo'lgan masofa esa 850 m. Uydan maktabgacha masofa kinoteatrgacha masofadan necha m qisqa? A.400 m. B.250 m . C.350 m. D.300 m.

Savol tavsifi: Uydan maktabgacha masofa qanchalik qisqaligini aniqlash.

Matematikaga oid mazmun sohasi: miqdorlar.

Kontekst: ijtimoiy.

Aqliy faoliyat turi: ifodalash.

Boshlang'ich sinf o'quvchisi bu masalani yechish uchun, avvalo, 1 kilometrni metrga aylantirib olishi kerak, 1km=1000m. Keyingi bosqichda 1000 metrga 200 metrni qo'shish talab etiladi va chiqqan javobdan 850 metr ayriladi. O'quvchi xuddi shu tartibda topshiriqni ishlashi kerak.

Topshiriqning baholash mezoni: Quyidagi holda javob to'liq qabul qilinadi: To'g'ri javob: C. 350 m.

Quyidagi hollarda javob qabul qilinmaydi: boshqa javoblar bo'lsa yoki javob berilmagan bo'lsa. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining matematik savodxonligi, kreativ fikrlashi, o'qish savodxonligi, albatta, ta'lim tizimimizning rivojlanishi uchun muhim hisoblanadi. PISA muayyan maktab o'quv dasturlarining ustunligini emas, balki o'quvchilarning asosiy mavzularda bilim va ko'nikmalarini qo'llay olish qobiliyati, muammolarni tahlil qilish, sharhlash va samarali hal qilish, fikrlash va muloqot qilish imkoniyatlarini o'rganadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

April 26, 2024_

REFERENCES

1. N.U.Bikbayeva, R.I.Sidelnikova, G.A.Adambekova, ''Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi'', o'quv qo'llanma, T-O'qituvchi, 2006.

2. M.E.Jumayev, ''Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasidan praktikum'', T-O'qituvchi, 2014.

3. E.M.Xudoynazarov, D.U.Qo'chqorov, ''Boshlang'ich sinflarda masala yechishga o'rgatish metodikasi'', darslik, T-Bookmany print, 2022.

4. Jumayev M.E. Matematika o'qitish metodikasi (OO'Y uchun darslik) Toshkent. . "Turon-Iqbol" 2016 yil 426b.

5. Jumayev M.E, Tadjiyeva ZG'. Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi. (OO'Y uchun darslik.) Toshkent. "Fan va texnologiyai" 2005 yil.

6. Jumayev M.E, Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasidan praktikum. (O OY uchun ) Toshkent. "O'qituvchi" 2004 yil.

7. Jumayev M.E, Boshlang'ich sinflarda matematikadan laboratoriya mashg'ulotlarini tashkil etish metodikasi. Toshkent. "Yangi asr avlodi" 2006 yil. 20 b/t.

8. Tadjiyeva Z.G.,Abdullayeva B.S.,Jumayev M.E.,Sidelnikova R.I.,Sadikova A.V.Metodika prepodavaniya matematiki.-T. "Turon-Iqbol" 2011.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.