Научная статья на тему 'BIR VA IKKI XONALI SONLARNI OG‘ZAKI KO‘PAYTIRISHNING OSON USULLARI'

BIR VA IKKI XONALI SONLARNI OG‘ZAKI KO‘PAYTIRISHNING OSON USULLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
7
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ko‘paytirish / raqam / bir xonali son / ikki xonali son / natija. aylana / qo‘shish / ayirish.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Alidjanova Muqaddam Ravshanbekovna

Ushbu maqolada matematika o‘qitishda bir va ikki xonali sonlarni og‘zaki ko‘paytirishning xususiy hollarini o‘rgatish metodikasi haqida bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BIR VA IKKI XONALI SONLARNI OG‘ZAKI KO‘PAYTIRISHNING OSON USULLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

BIR VA IKKI XONALI SONLARNI OG'ZAKI KO'PAYTIRISHNING OSON

USULLARI Alidjanova Muqaddam Ravshanbekovna

FarDU o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11059795

Annotatsiya. Ushbu maqolada matematika o'qitishda bir va ikki xonali sonlarni og'zaki ko'paytirishning xususiy hollarini o'rgatish metodikasi haqida bayon qilingan.

Kalit so'zlar: Ko'paytirish, raqam, bir xonali son, ikki xonali son, natija. aylana, qo'shish,

ayirish.

Abstract. This article describes the methodology of teaching special cases of multiplication of one digit and two digit numbers in mathematics education.

Keywords: Multiplication, one digit numbe , two digit number, the result is, to add, subtraction, circle.

Аннотация. В статье методика обучения частным случаям умножения однозначных и двузначных чисел в математическом образовании.

Ключевые слова: Умножение, однозначных и двузначных чисел, результат, сложение, окружность.

So'nggi yillarda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ta'lim shakli va mazmuni o'zgarib ketmoqda. O'qitish jarayonida o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda yangi, innovatsion tez va samarali uslublarni ishlab chiqish davr talabi bo'lmoqda. Ayniqsa, shunday shiddatli davrda har bir sohada bo'lgani kabi matematikada ham hisoblashning tezkor usullari amaliyotda qo'llash zamon talabiga aylanib bormoqda. Boshlang'ich sinf o'quvchilari "Sonlarni ko'paytirish" mavzusini o'rganayotganda ko'pincha yodlab oladilar. Bu esa o'z navbatida ayrim bolalarda bir qancha muddatdan so'ng xotirasida qolmasligiga sabab bo'ladi. Natijada ikki xonali sonlarni ko'paytirish jarayonida ham birmuncha qiyinchiliklar tug'dirishi mumkin. Quyidagi ko'rsatib o'tmoqchi bo'lgan usullar yordamida ko'paytirish o'quvchilar uchun qulay hisoblanadi.

Odatda, maktabda sonlarni ko'paytirish bu - bir necha sonlarni qo'shish deb o'rgatiladi,

ya'ni

6 +6+6+6+6+6+6+6=48

6x8=48 demak, 6 +6+6+6+6+6+6+6=6 x 8

Endi esa hisoblashning tezlashtirilgan usulini ko'rib chiqamiz:

1- misol: 6x8

Birinchi qadam - har bir raqam ostiga doirachalar chizib chiqamiz.

6 x 8 =

О о

Ikkinchi qadam - har bir raqamni ko'rib chiqamiz. Har birini 10 soniga to'ldirib olamiz. 6 raqamining tagiga 4 raqami 8 raqamining tagiga 2 raqamini yozamiz.

© 6 x 8 =

© ©

Uchinchi qadam - diagonal bo'yicha ayirsak bir xil son chiqadi, ya'ni 6-2=4 va 8-4=4 Bunday hollarda har doim bir xil ayirmaga ega bo'lamiz.

© 6 \ x ^ 8 = 4... ©

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

To'rtinchi qadam - aylana ichidagi raqamlarni bir-biriga ko'paytirib qo'yamiz. 2*4=8 ® 6 ^^^ 8 = 48

Bu usul boshlang'ich sinf o'quvchilarida karra jadvalini yod olishdan ko'ra qulaylik tug'diradi. Keyinchalik xuddi shu usul yordamida ikki xonali sonni ikki xonali songa ko'paytirishda ham qo'llashi mumkin.

100 gacha bo'lgan ikki xonali sonni ikki xonali songa ko'paytirish

2-misol: 96 * 97

Bu sonlarni ham yuqoridagi kabi ketma-ketlikda bajariladi. Faqat bunda 10 ga emas 100 ga to'ldirib olinadi.

96 * . 97 = ...

100 ' ©

Demak, 96 sonini 100 ga to'ldirish uchun aylana ichiga 4 raqami yozildi. 97 sonini 100 ga to'ldirish uchun aylana ichiga 3 raqami yozildi. Diagonal bo'yicha sonlar ayrildi va aylana ichidagi raqamlar ko'paytirildi.

96-3= 93 yoki 97-4=93

4x3=12

Natijada hosil bo'lgan ikki xonali son ketma-ket yozildi va javob topildi. Javob: 9312

96 97 = 9312

© ©

Agar ko'paytirilayotgan sonlar 10 sonidan ozgina farq qilsa-yu, 100 sonidan ko'proq farq qilsa, u holda quyidagicha algoritm bilan hisoblanadi.

3-misol: 13 va 15 sonlarining ko'paytmasini topish kerak bo'lsin. Bunda ko'paytuvchilar pastda aylana ichidagi raqam tepasiga yoziladi. Aylana ichiga esa 10 ga qanchaga farq qilsa shuncha raqam yoziladi.

©xT ©

® 13 15 =

Aylana ichidagi raqamlar diagonal bo'yicha qo'shiladi Bunda ham yig'indi bir xil chiqadi 13+5=18 yoki 15+3=18. Yig'indi 10 soniga ko'paytiriladi. 18 x 10= 180. Endi aylana ichidagi raqamlarni ko'paytirib, (3x5=15) 180 ga qo'shib qo yiladi.

© © 180+15=195

® 13 x 15 = 195

Javob 195 ekan.

Quyidagi misolda bir xonali va ikki xonali sonlarni oson ko'paytirish usuli ko'rsatilgan.

4-misol: 8x42

Bu misolda e'tibor qaratiladigan jihati shundaki, sonlar 10 ga qancha kam va qancha ortiq ekanligini bilishdir. Aylanaga yoziladigan sonlar shunga qarab tanlanadi.

® 8 x 25 =

Bunda ham yuqoridagi qoidalarni qo'llash kerak. Diagonal bo'yicha qo'shiladi yoki ayriladi.(8+15=23 yoki 25-2=23) va hosil bo'lgan natijani 10 ga ko'paytiriladi (23x10=230). Aylana ichidagi raqamlar ko'paytirilib, ayriladi.

^ 8 ^ 25 = 230-30=200

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS" April 26, 2024

Javob 200 ekani topildi..

Ushbu nazariy bilimlarga asoslanib shuni aytish mumkinki, matematika o'qitishda og'zaki ko'paytirishning ahamiyati katta. Umumta'lim maktablarida o'quvchilar bilim va ko'nikmalariga qo'yilgan talablar barkamol avlod uchun muhim rol o'ynaydi.

2-3-sinfda karrani yodlashga qiynalgan o'quvchilar bilan yuqoridagi usullar bilan sonlarni ko'paytirshni oson va tez o'rganish mumkin. Bu usullar yordamida nafaqat o'zlashtirishi past o'quvchilar balki har qanday aqliy salohiyatga ega o'quvchilar bilan ham yaxshi natijalarga erishish mumkin.

REFERENCES

1. Mirziyoyev. Sh. M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. -Toshkent, O'zbekiston, 2017

2. Jumayev M. E, Tadjiyeva Z,G'. Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi. Toshkent " Fan va texnologiya" 2005.

3. Bikbayeva N.U. Matematika o'qitish metodikasi. Metodik qo'llanma. Toshkent. O'qituvchi nashriyoti 1996.

4. Gofurova. M.A. (2022). Improving Mental Skills Of Students By Analyzing And Solving Problems. Current Research Journal Of Pedagogics,3(01),40-44

5. Bill Handley Speed math. - Jossey-bass AWiley imprint, AQSH 2005

6. Matematika 2-sinf uchun darslik. Novda - Toshkent 2023

7. Matematika 3-sinf uchun darslik. Novda - Toshkent 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.