Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA NATURAL SONLAR TO’PLAMI MAVZUSINI TUSHUNTIRISH ORQALI TO’PLAM HAQIDA TUSHUNCHA HOSIL QILISH'

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA NATURAL SONLAR TO’PLAMI MAVZUSINI TUSHUNTIRISH ORQALI TO’PLAM HAQIDA TUSHUNCHA HOSIL QILISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1872
78
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
to’plam / natural sonlar to’plami / bir xonali va ikki xonali natural sonlar to’plami / tabiiy sonlar. / set / set of natural numbers / set of one-digit and two-digit natural numbers / natural numbers.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — O. Ismoilova

Ushbu maqolada natural sonlar to’plami mavzusi bilan boshlang’ich sinf o’quvchilarini tanishtirish, ularning ongida matematika faniga bo’lgan qiziqishni uyg’otish, mavzu orqali to’plam haqida kengroq tushuncha hosil qilish haqida so’z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMATION OF THE CONCEPT OF A SET IN YOUNGER SCHOOLCHILDREN BY EXPLAINING THE THEME OF THE SET OF NATURAL NUMBERS

This article about introducing elementary school students to the topic of the set of natural numbers, awakening their interest in mathematics, and creating a broader understanding of the set through the topic.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA NATURAL SONLAR TO’PLAMI MAVZUSINI TUSHUNTIRISH ORQALI TO’PLAM HAQIDA TUSHUNCHA HOSIL QILISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA NATURAL SONLAR TO'PLAMI MAVZUSINI TUSHUNTIRISH ORQALI TO'PLAM HAQIDA TUSHUNCHA HOSIL

QILISH Ismoilova Ozoda Akramjon qizi

Andijon Davlat universiteti pedagogika instituti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7178449

Annotatsiya. Ushbu maqolada natural sonlar to'plami mavzusi bilan boshlang'ich sinf o'quvchilarini tanishtirish, ularning ongida matematika faniga bo'lgan qiziqishni uyg'otish, mavzu orqali to'plam haqida kengroq tushuncha hosil qilish haqida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: to'plam, natural sonlar to'plami, bir xonali va ikki xonali natural sonlar to'plami, tabiiy sonlar.

ФОРМИРОВАНИЕ ПОНЯТИЯ МНОЖЕСТВА У МЛАДШИХ ШКОЛЬНИКОВ ПУТЁМ ОБЪЯСНЕНИЯ ТЕМЫ НАБОРА НАТУРАЛЬНЫХ ЧИСЕЛ

Аннотация. В данной статье рассказывается о том как познакомить учащихся начальной школы с темой множество натуралных чисел пробудить у них интерес к математике и создать более широкое понимание множество посредством темы.

Ключевые слова: множество множество натуралных чисел, множество однозначных и двузначных натуралных чисел, натуралные числа.

FORMATION OF THE CONCEPT OF A SET IN YOUNGER SCHOOLCHILDREN BY EXPLAINING THE THEME OF THE SET OF NATURAL NUMBERS

Abstract. This article about introducing elementary school students to the topic of the set of natural numbers, awakening their interest in mathematics, and creating a broader understanding of the set through the topic.

Keywords: set, set of natural numbers, set of one-digit and two-digit natural numbers, natural numbers.

KIRISH

Hozirgi kunda rivojlanib kelayotgan O'zbekistonda yoshlarni har tomonlama yetuk, bilimli, salohiyatli qilib tarbiyalash har bir pedagogning oldiga qo'ygan vazifalaridan hisoblanadi. Hozirgi kun yoshlari shiddat bilan rivojlanayotgan zamon bilan hamnafas tarzda bilimi ham shunga yarasha bo'lishi shart. O'sib kelayotgan yosh avlod birinchi saboqni uyida keyin maktabgacha ta'lim muassasalarida undan so'ng esa maktabda ta'lim olmoqda.Hozirgi kunda maktabgacha ta'lim sohasi ham oldingidan tubdan o'zgarib, yangi islohotlar bilan tubdan boyiyapti.Maktabgacha ta'limda saboq olgan bola maktabga boshlang'ich tushunchalarni olgan holda kelmoqda.

Bu ham bo'lsa yurtimizda ta'lim tizimining sekin astalik bilan rivojlanib borayotgan davlatlar bilan raqobatlashadigon darajaga chiqayotganidan darak desak mubolag'a bo'lmaydi.Biz bilamizki yosh avlod, ya'ni o'quvchilarning shakllanishida eng asosiy davr bu boshlang'ich bilimlarni o'rganadigon davri hisoblanadi.Boshlang'ich sinf o'quvchilari yangi hayotga, yangi davraga qadam qo'yar ekan, ularni endi mustaqil hayot kutmoqda.Yangiliklar, o'zi uchun yangi darslar,bilim-ko'nikmalar bilan tanishish ular asosida esa dunyoqarashini yanada kengaytirib borish imkoniyati tug'iladi.Boshlang'ich sinfdagi har bir dars muhim sanaladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Bolani boshlang'ich sinfdaligidayoq qiziqqan yo'nalishini bilib olish va shu yo'nalish bo'yicha chuqurroq bilim berish yuqori natijalarga erishishga yordam beradi. Jumladan, matematika, ona tili, o'qish, yozuv fanlari boshlang'ich sinflardagi muhim fanlardandir. Bulardan matematika fani o'quvchilar uchun bir muncha murakkab bo'lishi mumkin.O'qituvchi pedagog esa qanday qilib bolani bu fanga qiziqtirish, fanga muhabbat uyg'otish yo'llarini topishi kerak.Matematika fanidagi har bir mavzu juda muhim va bir-biriga aloqador.O'quvchi oldingi darsni o'zlashtirmasdan keyingi darsni tushunishi qiyin bo'ladi.Har bir mavzu bir-birini to'ldirib, boyitib boradi.

O'qituvchi har bir mavzuni o'quvchilarga oson va qiziqarli usuda yetkazib bera olishi ham pedagogning mahoratidan darakdir.Chunki matematika fani aniq faktlarga asoslanganligi uchun ham unda oldi-qochdi gaplardan foydalana olmaslik pedagogni o'zini ustida ishlashiga turtki bo'ladi. So'zimizning isboti tariqasida NATURAL SONLAR TO'PLAMI mavzusini boshlang'ich sinflarda qanday qilib tushunarli tarzda o'rganib, barcha to'plamlar haqida tushuncha hosil qilish haqida so'z yuritamiz.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Yuqorida ta'kidlaganimizdek, boshlang'ich sinf o'quvchilari matematika faniga biroz qiylanishlari mumkin. Biz shu qiyinchiliklarni bartaraf qilib oson natijaga erishish, mavzu doirasida hayotiy misollar, turli xil o'yinlar, savol-javoblar orqali o'quvchini matematika olamiga olib kirib unga muhabbat uyg'ota olishimiz kerak. Birinchi navbatda Natural sonlar o'zi nima? va u bizga nima uchun kerak? Undan asosan nimalarda foydalanamiz degan savollarga javob topishimiz kerak bo'ladi. Keyin esa o'quvchilar bilan mavzuni tushunishning sodda, hamma uchun tushunarli va qiziqarli tomonlarini qidiramiz.Natural sonlar deb, sanash ,ya' ni sanoqda ishlatiladigon sonlarga aytiladi. Natural sonlar to'plami N harfi bilan belgilanadi.

Natural sonlar cheksiz bo'lib 1,2,3,4,5,6,7,8,9..... tarzida davom etib ketaveradi.Boshlang'ich

sinflarga sanashda qanday sonlardan foydalanamiz? 6 sonidan keyin qaysi sonni aytamiz deb savol javob qilish, 0 deb nimalarni sanaymiz savol-javob orqali esa 0 sonini natural son emasligini, u bilan sanash mumkin emasligini o'rgatib boramiz.Natural songa natural sonni qo'shganimizda natija har doim natural son bo'lishi quyidagi misollar orqali o'quvchilarga tushuntiriladi:

14+5=19; 13+8=21; 15+9=24

Bunda misol uchun 12 soni 1- qo'shiluvchi, 5 soni 2-qo'shiluvchi, 19 soni esa yig'indi deyiladi. Natural sondan natural son ayrilganda esa natija natural son bo'lishi ham mumkin, natural son bo'lmasligi ham mumkin. Buni quyidagi misol orqali ko'ramiz: 15-6=9; 12-23=-11

Quyidagi sog'lom fikr mantiqdan holi emas: ob'ektlarni sanash muammosi ( birinchi, ikkinchi, uchinchi ob'ekt va boshqalar) va ob'ektlar sonini ( bir , ikki, uchta ob'ekt va boshqalar) ko'rsatish muammosining paydo bo'lishi, uni hal qilish vositasini yaratishga, bu vosita esa Butun sonlar edi. Bu taklif shundan dalolat beradi natural sonlarning asosiy maqsadi-ko'rib chiqilayotgan buyumlar to'plamidagi har qanday buyumning soni yoki ushbu buyumning seriya raqami to'g'risidagi ma'lumotlarni olib yurish.Biror kishi natural sonlardan foydalanishi uchun ular qandaydir tarzda idrok qilish uchun ham, ko'payish uchun ham foydalanish mumkin bo'lishi kerak. Agar biz har bir natural sonni aytsak, u quloq bilan seziladi, agar biz natural sonni tasvirlasak, u ko'rinadi.Bu natural sonlarni yetkazish va idrok etishning eng tabiiy usuli hisoblanadi.Boshlang'ich sinf o'quvchilariga tabiiy usullar orqali tushuntirishda ancha yuqori

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

natijaga erishib, mavzu haqida tasavvur doiralari yanada ortadi.Bu kabi usul orqali esa o' sonlarni tasvirlash, yozish va ularning ma'nosini o'rgatish, o'qish ko'nikmalarini ham egallashni boshlab fanlararo aloqadorlik yuzaga keladi.

TADQIQOT NATIJALARI

Boshlang'ich sinf o'quvchilariga natural sonlar haqida ma'lumot, tushuncha berar ekanmiz, o'quvchilami mavzuni qay darajada tushunganligini, o'zlashtirganliklarini bilib olish uchun savol-javoblar o'tkazish , natijalarni birlashtirib yutuq yoki kamchiliklarini bilib olish mumkin. To'plam nima ekanligi, uni nima uchun o'rganishimiz kerakligini o'quvchi oz bo'lsa bilib olsa bu bizning yutug'imizdir.To'plam mavzusi ta'riflanmaydigon tushuncha bo'lgani uchun ham o'quvchilarga tabiiy misollar orqali tushuntiramiz deb yuqorida aytib o'tgandik.Sinfdagi o'quvchilar to'plami, partalar to'plami, a'lochi o'quvchilar to'plami, qiz bolalar va o'g'il bolalar to'plami kabi qismlarga ajratib birlashtirganimiz singari sonlarni ham Natural sonlar to'plami, haqiqiy sonlar to'plami, ratsional sonlar to'plami , butun sonlar to'plami kabi turlarga ajratishimizni o'quvchilarga tushintiramiz. Shularning ichidan eng birinchi o'rganadigon mavzuyimiz esa Natural sonlar to'plami bo'lib, uni o'rganmay turib, boshqa to'plamga oid mavzularni o'zlashtira olmasligimizni misollar yordamida bilib olamiz.Bundan tashqari natural sonlar ma'lum bir to'plamdagi elementlar sonini hisoblash uchun ishlatiladi. Masalan: natural sonlar - bu qutida nechta olma borligini aniqlash uchun ishlatiladigan raqamlar. Ular shuningdek, to'plam elementlarini buyurtma qilish uchun ham ishlatiladi. Misol uchun kattaligi bo'yicha 1-sinf o'quvchilari.

MUHOKAMA

Bundan tashqari boshlang'ich sinflarda natural sonlar to'plamini eng oddiy usulda tushuntirish uchun sonlarning tarixiga nazar solish yaxshi natijalarni beradi. Sonlar paydo bo'lmasdan oldin ma'lum bir miqdorni belgilaydigan belgilar va ismlar to'plami, birinchi odamlar boshqa taqqoslash to'plamidan foydalangan. Masalan; qo'llarning barmoqlari. 5 ta narsalarni ifodalash uchun barmoqlarni ko'rsatishgan. Ushbu tizim bir guruhdan boshqasiga farq qilishi mumkin, ehtimol boshqalari barmoqlari o'rniga bir qancha tayoq, tosh, munchoq yoki arqondagi tugunlardan foydalanganlar. Sekin - astalik bilan esa sonlar paydo bo'lib, Natural sonlarga bo;lgan ehtiyojlar oshib borgan. Shuning uchun ham bu sonlar to'plamini boshlang'ich sinflarda o'rganishga bo'lgan talab oshyapti. Chunki bola to'plam haqidagi boshlang'ich tushunchalarni olmay turib sonlar, tenglamalar, tengsizliklar haqida bilimlarni egallay olmaydi. Chunki bu mavzular bir -biriga chambarchas tarzda bog'langan. 2022-2023-yilgi yangi chiqarilgan boshlang'ich sinf matematika kitoblari ancha murakkablashgan. Tenglama, tengsizliklar mavzulari to'plam bilan bevosita bog'langan. Bu kabi misollarda birinchi to'plam haqidagi bilimlarni takrorlab, so'ng tenglama, tengsizliklar ishlanadi.O'qituvchi, pedagoglar ham bu mavzularga chuqurroq to'xtalib, qanchalik tushunchalarni ochiq, to'g'ri bersa, shuncha o'quvchilarni qiziqishi ortadi. XULOSA

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, boshlang'ich sinf o'quvchilarida matematik tafakkurni, qiziqishni uyg'otish uchun ularga har bir mavzuni qunt bilan o'rgatib , boshlang'ich poydevorni yaxshi qurishimiz kerak. Chunki ayni boshlang'ich sinflarda olgan bilimlari o'quvchilarda bir umr toshga o'yilgan ganchdek qoladi. Ayniqsa matematika fanini bolalar yaxshi o'zlashtirishlari shart.Matematika barcha fanlar uchun asos bo'ladi.Bejizga prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham barcha fanlarni bilish uchun, avvalo, matematikani o'rganish darkor demagan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

REFERENCES

1. Boshlang'ich matematika kurs nazariyasi . "VNESHINVESTPROM" Toshkent-2021

2. www.ziyonet.uz

3. Google.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.