Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF O’QUVCHILARINING MATEMATIK QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISHDA MATEMATIK O’QITISHNING ROLI'

BOSHLANG‘ICH SINF O’QUVCHILARINING MATEMATIK QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISHDA MATEMATIK O’QITISHNING ROLI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
358
37
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Matematik qobiliyat / matematik o’qitish / tarbiya / pedagogik yondashuv / zamonaviy ta’lim. / Mathematical ability / mathematics teaching / education / pedagogical approach / modern education.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — M. To‘Rayeva

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o’quvchilarining matematik qobiliyatini shakllantirishda matematik o’qitishning roli va ahamiyati haqida so’z boradi. Maqola davomida boshlang’ich sinflarda matematika fanini o’qitish boshqa har qanday o’quv predmetini o’qitish kabi ta’lim, tarbiya va amaliy fazilatlarni hal qilishi kerakligi haqida alohida to’xtalib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF MATHEMATICAL TEACHING IN FORMING THE MATHEMATICAL ABILITY OF ELEMENTARY SCHOOL STUDENTS

This article discusses the role and importance of teaching mathematics in shaping the math skills of primary school students. The article emphasizes that the teaching of mathematics in the primary grades should address the educational, pedagogical and practical qualities of teaching any other subject.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF O’QUVCHILARINING MATEMATIK QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISHDA MATEMATIK O’QITISHNING ROLI»

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING MATEMATIK QOBILIYATINI SHAKLLANTIRISHDA MATEMATIK O'QITISHNING ROLI To'rayeva Muhayyo Xolmat qizi

Ta'lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang'ich ta'lim)

1-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6896239

Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilariningmatematik qobiliyatini shakllantirishda matematik o'qitishning roli va ahamiyati haqida so'z boradi. Maqola davomida boshlang'ich sinflarda matematikafanini o'qitish boshqa har qanday o'quvpredmetini o'qitish kabi ta'lim, tarbiya va amaliy fazilatlarni hal qilishi kerakligi haqida alohida to'xtalib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Matematik qobiliyat, matematik o'qitish, tarbiya, pedagogik yondashuv, zamonaviy ta'lim.

РОЛЬ ОБУЧЕНИЯ МАТЕМАТИКЕ В ФОРМИРОВАНИИ МАТЕМАТИЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЫ

Аннотация. В данной статье рассматривается роль и значение обучения математике в формировании математических умений учащихся начальных классов. В статье подчеркивается, что преподавание математики в начальных классах должно учитывать образовательные, педагогические и практические качества преподавания любого другого предмета.

Ключевые слова: математические способности, преподавание математики, образование, педагогический подход, современное образование.

THE ROLE OF MATHEMATICAL TEACHING IN FORMING THE MATHEMATICAL ABILITY OF ELEMENTARY SCHOOL STUDENTS

Abstract. This article discusses the role and importance of teaching mathematics in shaping the math skills of primary school students. The article emphasizes that the teaching of mathematics in the primary grades should address the educational, pedagogical and practical qualities of teaching any other subject.

Keywords: Mathematical ability, mathematics teaching, education, pedagogical approach, modern education.

KIRISH

Boshlang'ich sinflarda matematika fanini o'qitish boshqa har qanday o'quv predmetini o'qitish kabi ta'lim, tarbiya va amaliy fazilatlarni hal qilishi kerak. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining matematik tafakkurini shakllantirishni amalgam oshirish muvaffaqiyati pedagoglar ixtisosiga, uning kasbga oid tayyorgarchiligiga bog'liq.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish umuman maktab matematika kursini o'zlashtirishning dastlabki bosqichi sifatida qaraladi. Shu sababli boshlang'ich sinflarda ishlashda o'rta maktablarda matematika o'qitishda ko'zda tutiladigan umumiy masalalarni hisobga olish va bu masalalarni hal etishda boshlang'ich ta'limning ahamiyatini to'g'ri baholash kerak. O'rta matematika dasturiga taalluqli ko'pgina masalalar boshlang'ich sinflardayoq ko'pgina shu darajada mustahkam o'zlashtirilishi kerak - ki, bunda ular o'quvchilar ongida butun umr saqlanib qolsin, boshqa masalalar esa o'qitilishning dastlabki bosqichida keyingi sinflarda mufassal qarab chiqishga tayyorgarlik ko'rish maqsadidagina kiritiladi; yoki biror

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

malaka va ko'nikmalarni shakllantirish jarayonida fikrlash qobiliyati darajasini oshirish imkoniyatiga ega bo'lish uchun kiritiladi. Maktabning boshlang'ich sinflarda bolalar matematika sohasida dasturda nazarda tutilgan bilimlar, o'quvlar va ko'nikmalarning ma'lum hajmini ongli ravishda va mustahkam egallab olishlari haqida gap borganda yuqorida aytib o'tilgan mulohazalarni hisobga olish kerak.

TADQIQOT NATIJALARI

Matematika kursi o'quvchilar kuchi yetadigan darajada o'quv materiallarini umumlashtirishni, o'rganilayotgan matematik faktlar asosida yotuvchi umumiy prinsip va qonuniyatlarni tushuntirishni, qarab chiqilayotgan hodisalar orasida mavjud bo'lgan bog'lanishlarni tushuntirishni nazarda tutadi. Bu asosan amallarning xossalarini, ular asosidagi mavjud bog'lanishlarni o'rganishga, bolalarda shakllanayotgan amaliy o'quv va ko'nikmalarning asosi bo'lgan matematik munosabatlar va bog'lanishlarga taalluqlidir. O'quvchilarda egallangan bilim, o'quv va malakalarni turli hil shartlarda qo'llanishga o'rgatishni o'quvchilarning maxsus masalasi sifatida qarash mumkin. Shu bilan birga bilimlarni qo'llanish ham bolalarning o'quv ishlari samaradorligi oshirishning muhim vositalaridan biridir. Bilim, o'quv malakalarning to'la qiymatli o'zlashtirilishiga ularning o'zgaruvchili sharoitlarda mustaqil qo'llanishi natijasidagina erishish mumkinligini psixologlar isbotlashdi. Bolalarning maktabda boshlang'ich sinflardan keyingi sinfga o'tishida albatta vujudga keladigan ko'p darajada aynan ana shu asosida bartaraf etishi mumkin va aksincha, agar o'qituvchi har tomonlama bilimlarga maxsus e'tibor bermasa va bolalarni bir hil turdagi savollarga, topshiriqlarga ifodalarga, masalalarga o'rgatib qo'ysa, bu 5 -sinfda fanlar bo'yicha o'qitishga o'tishdagi murakkablikni yanada oshiradi. Bu masala bolalar bilim qobiliyatlarni o'stirishning ancha umumiy masalasi bilan uzviy bog'langan. Boshlang'ich sinfdanoq kuzatish va taqqoslash, solishtirilayotgan hodisalardagi o'xshashlik va farq qilayotgan belgilarni ajaratish, tahlil, sintez va umumlashtirish, abstarksiyalash, aniqlashtirish kabi amallarni bajarish uchun ko'p ish qilingan bo'lishi kerak. O'quvchilar matematik fikrlash qobiliyatini shakllantirish masalasi bilan ularda to'g'ri, aniq, qisqa matematik nutqni o'stirish masalasi uzviy ravishda bog'langandir. Matematika o'qitishning asosiy vazifalardan biri o'quvchilarga hisoblash, o'lchash va grafik ko'nikmalarning ma'lum aniq sistemasini hosil qilishdan iborat, boshqacha aytganda bu sistema eng sodda amallarni bajarishdan iborat bo'lib, ko'p marta takrorlash hisobiga avtomatizmgacha yetkazildi.

MUHOKAMA

Bu vazifani yetarlicha baholamaslik amalda bolalar bilimlari sifatining pasayishiga olib keladi. Shunga qaramay hozirgi vaqtda boshlang'ich matematika kursini o'rganishni faqatgina ko'nikmalar hosil qilish va bir xildagi faktlarni o'zlashtirish bilan almashtirish ham mumkin emas. O'quvchilar imkoni boricha mustaqil ravishda qonuniyat va munosabatlarni ochishda kuchlari yetadigan darajada umumlashtirishlar qilishni o'rganishlari, shuningdek, og'zaki va yozma xulosalar qilishni o'rganishlari kerak. Boshlang'ich sinf matematika programmasi xuddi shunga yo'naltiriladi, unda o'qitishda nazariylik sa'viyasini oshishida ochiq - oydin ifodalangan, nazariyaning amliyot bilan uzviy bog'langanligi amaliyot bilan uzviy bog'langanligi seziladi. Matematikani o'qitishda nazariy tafakkurni oshirish talabi nimani bildirishini ayoniy ko'rsatish uchun bir misol keltiramiz. 1-sinfda ilgari ishlatilgan programmaga ko'ra birinchi o'nlik sonlarni ketma-ket o'rganiladi. Har bir sonni qarashda masalan 2 sonini hosil qilishda 1 ni 1 ga qo'shish kerak ekanini tushuntiriladi. Bu faktlarning hammasi har xil darslarda bir - biriga bog'lanmagan hollarda qaraladi. Bunday yaqinlashishda bolalar oldingi darslarda olgan bilimlarini

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

umumlashtirish imkoniniberuvchi sharoit vujudga kelmasdi. Shu bilan birga bu yaqinlashish navbatdagi 5 va 6 sonlarni o'rganishga bag'ishlangan darslarda ularning yangi bilimlarni o'zlashtirishlariga kam yordam beradi. Dastlabki to'rt - besh sonni o'rganishda ular hosil bo'ladigan prosseslarini taqqoslanadigan bo'lsa, (bu hol amaldagi programma va darsliklarda nazarda tutiladi) bolalarning e'tiborini har bir navbatdagi son oldingi songa 1 ni qo'shishdan hosil bo'lishiga qaratiladigan bo'lsa, bu masalani yangi sonlar uchun qarash ancha osonlashishini ko'rish mumkin. Haqiqatdan o'quvchi, har gal navbatdagi sonni hosil qilish uchun tushungan bo'lsa, uning o'zi 6, 7, 8, ... sonlarini qanday hosil qilishni tushuntira oladi. Bu misoldan o'rganilayotgan faktlarni taqqoslash, solishtirish, ular orasidagi bog'lanishlani o'rnatish va tegishli umumlashtirishlarni shakllantirish qanday ahamiyatga ega ekanligi ko'rinadi, bunday yaqinlikda birinchidan materialni o'zlashtirish osonlashadi, ikkinchi tomondan esa "Birinchi o'nlik sonlarini nazariy ahamiyati ortadi, chunki bolalar sonlarni o'rganish bilan bir qatorda natural sonning qanday hosil bo'lish prinsipini bilib olishadi, bu prinsip bilan ular oldin maxsus tanishmagan edilar". Shu yo'l bilan olingan qo'shimcha bilim bundan keyin har gal qaralayotgan sonalr sohasi kuchaytirilganda - 20 ichida nomerlashni o'rganishda ham, 100 ichida sonlarni nomerlashni ham va hakozalarni o'rganishayotganda ham yordam beradi. Matematika o'qitish bolalarning ma'lum bilim va ko'nikmalarinigina o'zlashtiib olishlarini o'z vazifasi deb bilmay balki ularda idrok, xotira, tafakkur, tasavvur kabi bilish qobiliyatlarining umumiy rivojlanishini ham nazarda tutadi. Bu yo'nalishdagi maqsadga muvofiq ish ularda aqliy faoliyatning muhim usullarini o'rganish (analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, konkutlashtirish) kabi aqliy operatsiyalarni bajarishga imkon beradi. Bolalarda matematik tafakkurni shakllantirish masalasi bilan uzluksiz bog'liq ravishda og'zaki va yozma matematik nutqni-bu nutqning o'ziga xos ixchamlik, soddalik, tushunarlik, to'lalik kabi boricha sifatlari bilan shakllantirishni nazarda tutadi. O'quvchilarning har xil shartlarda olgan bilimlarini tatbiq qilishga o'rgatish masalasi bilan nog'liq. M.I.Moro va A.M.Pishkalo haqli ravishda ushbuni ko'rsatishadi. "Bu o'quvchilarni politexnik tayyorlashga yo'naltirigan dastlabki ish. Shu bilan birga bilimlarni qo'llanish o'quvchilarning o'quv ishining samaradorligini oshirishning muhim vasitalaridan biri hisoblanadi. Psixologlar bilimlar, malakalar va ko'nikmalarni to'laqonli o'zlashtirishga ularni o'zgaruvchan sharoitlarda mustaqil, aktiv qo'llanishlar natijasidagina erishish mumkin".

XULOSA

Har qanday matematik o'yinlar qandaydir matematik nazariyaga asoslanadi. Ular o'quvchilarning abstrakt tushunchalarini o'rganishdagi mashg'ulotda bolalarning tafakkurini rivojlantirib, faolligini oshiradi. Chunki ularda og'zaki hisoblashning tezligi konkurs hissining o'tkirligi, maqsadga eng to'g'ri yo'l bilan yetish istagi yaqqol ko'zga tashlanib turadi. Matematikada o'yin fanga bo'lgan qiziqishini oshiradi, bu esa doimo jiddiy shug'ullanishiga extiyoj tug'diradi. Paskal so'z bilan aytganda, matematika shunday jiddiy fandirki, uni sal qiziqarli qilish imkoniyatini qo'ldan bermaslik lozim.

REFERENCES

1. Азизхужаева Н.Н. Педагогик технология ва педагогик махорат. - Т.: Фан, 2006.

2. Беспалко В.П. Слагаемые педагогической технологии. М, педагогика 1999

3. Bаrkаmоl аvlоd оrzusi /Tuzuvchikr: Sh.E.Qurbоnоv vа bоshqаlаr. T.: Shаrq, 1999.

4. Kаldibеkоvа A.S., Хоdjаеv B.X. O^v^^ming bilish fаоlligini оshirish yo'lkri - T.: TDPU, 2006. 25. Leader shipguide. Seniorleaders, subject leaders and teachers in secondary

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

schools. Pedagogy and Practice: Teaching and Learning in Secondary chools. Status: Recommended Date of issue: 09-2004. Ref: DfES 0444-2004 GGuidance.

5. Mavlonova R. va boshq. Pedagogika. - T.: O'qituvchi, 2001.

6. Yu.M. Kolyagin. «Matematika o'qitish metodikasi, M., 1980-y, 57-bet.

7. Bikboyeva N.U. va boshqalar «Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi», T., «0'qituvchi», 1996.

8. Alixonov S. «Matematika o'qitish metodikasi». T., «0'qituvchi» 1992.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.