Научная статья на тему 'BOSHLANG'ICH SINFLARDA MATEMATIKA FANINI O'QITISH METODIKASI'

BOSHLANG'ICH SINFLARDA MATEMATIKA FANINI O'QITISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
12503
569
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
matematika / to’garak / metodika / matematik ro’znoma / ekskursiya / boshlang’ich ta’lim / extracurricular activities / circle / excursion / math diary / excursion.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Dusmanova, Maxbuba Begbutayevna

Ushbu maqolada boshang’ich ta’limda matematika fani, uning o’rgatilishi, ilk bosqichlarda o’qitish metodikasi shuningdek darslarni to’g’ri tashkil qilish haqida so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODOLOGY OF TEACHING MATHEMATICS IN PRIMARY SCHOOLS

This article deals with elementary education, mathematics, and extracurricular teaching methods.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG'ICH SINFLARDA MATEMATIKA FANINI O'QITISH METODIKASI»

Scientific Journal Impact Factor

BOSHLANG'ICH SINFLARDA MATEMATIKA FANINI O'QITISH

METODIKASI

Dusmanova Maxbuba Begbutayevna

Samarqand shahar 70-umumiy o'rta ta'lim maktabi boshlang'ich sinf o'qituvchisi

Ushbu maqolada boshang 'ich ta 'limda matematika fani, uning o 'rgatilishi, ilk bosqichlarda o'qitish metodikasi shuningdek darslarni to'g'ri tashkil qilish haqida so 'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: matematika, to'garak, metodika, matematik ro'znoma, ekskursiya, boshlang'ich ta 'lim

Статья посвящена начальному образованию, математике и методам внеклассного обучения.

Ключевые слова: внеклассные занятия, клубы, экскурсии, математический дневник, экскурсии.

This article deals with elementary education, mathematics, and extracurricular teaching methods.

Keywords: extracurricular activities, circle, excursion, math diary, excursion.

Ulkan iqtisodiy o'zgarishlar yuz berayotgan hozirgi davrda matematikaning ahamiyati yanada oshdi, shuning uchun ham matematik ta'lim katta ijtimoiy ahamitga ega. Respublikamiz hukumati yoshlarga ta'lim va tarbiya berish tizimini takomillashtirish, ta'lim va tarbiyani turmushning oshib borayotgan talablari darajasiga etkazish vazifasini qo'ydi.

1997 yilda «Ta'lim to'g'risida qonun» qabul qilindi. Bu qonunda ijtimoiy va iqtisodiy o'zgarishlar davrida maktabning roli yanada o'sganligi, maktabning bosh vazifasi - o'quvchilarga fan asoslaridan puxta bilim berish ularda iqtisodiy -matematik savodxonligini shakllantirish, hayotga va ongli kasb tanlashga tayyorlash haqida, hamda o'quv reja va dasturlarni ta'lim mazmunini hozirgi zamon yutuqlari va talablari darajasiga keltirish to'g'risida fikrlar keltiriladi.

Bu vazifalarni amalga oshirish maqsadida deyarli barcha predmetlar, jumladan matematikadan ham yangi o'quv dasturi kiritiladi, o'qitish metodlari

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

takomillashtiriladi. Boshlang'ich sinflar uch yil o'rniga 4 yillik ta'limga otkazildi.Boshlang'ich sinflarning matematikadan yangi dasturlarga o'tish munosabati bilan, yangi metodik tizim ishlab chiqildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Boshlang'ich sinf o'quvchilariga matematikani muvaffiqiyat bilan o'qitish uchun mehnat faoliyatini boshlovchi o'qituvchi matematika o'qitishning ishlab chiqilgan tizimini, ya'ni boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasini egallagan bo'lishi va shu asosda mustaqil ravishda ijodiy ishga kirishishi kerak.

«Metodika» grekcha so'z bo'lib, «metod» degani yo'l demakdir. Matematika metodikasi pedagogika fanlari tizimsiga kiruvchi pedagogika fanining tarmog'i bo'lib, jamiyat tomonidan qo'yilgan o'qitish maqsadlariga muvofiq matematika qonuniyatlarini matematika rivojining ma'lum bosqichida tadqiq qiladi.

Matematika boshlang'ich ta'lim metodikasining predmeti quyidagilardan iborat: 1. Matematika o'qitishdan ko zda tutilgan maqsadlarni asoslash. (nima uchun o'qitiladi).

2. Matematika o'qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (ya'ni matematikadan qaysi material boshlangich sinflarda o'rganilishi, nima uchun aynan shu material tanlanishi, boshlangich sinflarda kursning har qaysi ayrim masalasi umumlashtirishning qanday darajasida o'rganilishi, mavzular qanday tartibda o'rganilsa, eng ratsional bo'lishi ko'rsatiladi).

3. O'qitish metodlarini ilmiy ishlab chiqish. (qanday o'qitish kerak, ya'ni oquvchilar hozirgi kunda zarur bo lgan bilim, malaka, ko nikmalarni va aqliy qobiliyatlarini egallab oladigan bolishlari uchun oquv ishlari metodikasi qanday bo'lishi kerak? Masalan, 10 ichida sonlarni qo'shish va ayirishni qanday o'rganish kerak, jumladan, bu mavzuda qo'shishning o'rin almashtirish xossasini qanday ochib berish kerak?).

4. O'qitish vositalarini - darsliklar, didaktik materiallar, ko'rsatma - qo'llanmalar va texnik vositalarni ishlab chiqish (nima yordamida o'qitish?). kerak!

5. Ta'limni tashkil etishni ilmiy ishlab chiqish (darsni va ta'limning darsdan tashqari formalarini qanday o tkazish?. O quv ishlarini qanday tashkiliy metodlarda o'tkazish kerak?. O quv prosessida ta'limiy va tarbiyaviy masalalarni qanday qilib samaraliroq hal qilish kerak?).

MATERIAL VA METODLAR:

Shunday qilib, o'qitishning maqsadlari, mazmuni metodlari, vositalari va shakllari metodik tizimning asosiy komponentalaridir.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 6

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Matematika o'qitishning maqsadi.

Boshqa har qanday o'quv predmeti kabi matematika boshlang'ich kursi matematika O'qitishning maqsadi quyidagi uch omil bilan belgilanadi:

1. Matematikao'qitishning umumta'limiy maqsadi.

2. Matematika o'qitishning tarbiyaviy maqsadi.

3. Matematika o'qitishning amaliy maqsadi.

Matematika o'qitishning umumta'limiy maqsadi o'z oldiga quyidagi vazifalarni qo'yadi:

a) O'quvchilarga ma'lum bir dastur asosida matematik bilimlar berish. Bu bilimlar matematika fani to'g'risida o'quvchilarga yetarli darajada ma'lumot berishi, ularni matematika fanining yuqori bo'limlarini o'rganishga tayyorlashi kerak.

Bundan tashqari, dastur asosida o'quvchilaro'qish jarayonida olgan bilimlaming ishonchli ekanligini tekshira bilishga o'rganishlari, nazorat qilishning asosiy metodlarini egallashlari lozim.

b) O'quvchilarning og'zaki va yozma matematik bilimlarni tarkib toptirish lozim bo'ladi.

Matematikani o'rganish o'quvchilarning o'z ona tillarida nutq madaniyatini to'g'rishakllantirish, o'z fikrini aniq, ravshan va lo'nda qilib bayon eta bilish malakalarini o'zlashtirishlariga yordam berishi kerak.

d) O'quvchilarni matematik qonuniyatlar asosida real haqiqatlarni bilishga o'rgatish.

Bunday bilimlar berish orqali esa o'quvchilarning fazoviy tasavvur qilish

xususiyatlari shakllanadi hamda mantiqiy tafakkur qilishlari yanada rivojlanadi.

TADQIQOT VA NATIJALAR:

Boshlang'ich matematika o'qitishning tarbiyaviy maqsadi o'z oldiga quyidagi vazifalarni qo'yadi:

a. O'quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish.

b. O'quvchilarda matematikani o'rganishga bo'lgan qiziqishlarni tarbiyalash

Boshlang'ich sinf o'qituvchisining vazifasi o'quvchilarda mustaqil mantiqiy

fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish bilan birga ularda matematikaning qonuniyatlarini o'rganishga bo'lgan qiziqishlarini tarbiyalashdan iboratdir.

d) O'quvchilarda matematik tafakkurni va matematik madaniyatni shakllantirish.

Matematika darslarida o'rganiladigan ibora, amal belgilari, tushuncha va ular

orasidagi qonuniyatlar o'quvchilarni atroflicha fikrlashga o'rgatadi.

217

Scientific Journal Impact Factor

Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitishning amaliy maqsadi o'z oldiga quyidagi vazifalarni qo'yadi:

a. O'quvchilar matematika darsida olgan bilimlarini kundalik hayotda uchraydigan elementar masalalarni yechishga tatbiq qila olishga o'rgatish, o'quvchilarda arifmetik amallar bajarish malakalarini shakllantirish va ularni mustahkamlash uchun maxsus tuzilgan amaliy masalalarni hal qilishga o'rgatish,

b. matematika o'qitishda texnik vosita va ko'rgazmali qurollardan foydalanish malakalarini shakllantirish. Bunda asosiy e'tibor o'quvchilarning jadvallar va hisoblash vositalaridan foydalana olish malakalarini tarkib toptirishga qaratilgan. d. O'quvchilarni mustaqil ravishda matematik bilimlarni egallashga o'rgatish.

O'quvchilar imkoni boricha mustaqil ravishda qonuniyat munosabatlarini ochishlari, kuchlari etadigan darajada umumlashtirishlar qilishlari, shuningdek, og'zaki va yozma xulosalar qilishga o'rganishlari kerak.

O'qitish samaradorligining zaruriy va muhim sharti o'quvchilarning o'rganilayotgan materialni o'zlashtirishlari ustidan nazoratdir. Didaktikada uni amalga oshirishning turli shakllari ishlab chiqilgan. Bu o'quvchilardan og'zaki so'rash; nazorat ishlari va mustaqil ishlar; uy vazifalarini tekshirish, testlar, texnik vositalar yordamida sinash kabi usullardir. Didaktikada dars turiga, o'quvchilarning yosh xususiyatlariga va h.k. bog'liq ravishda nazoratning u yoki bu shaklidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi masalalari, shuningdek, nazoratni amalga oshirish metodikasi yetarlicha chuqur ishlab chiqilgan.

Boshlang'ich maktabda matematika o'qitish metodikasida mustaqil va nazorat ishlari, o'quvchilardan individual yozma so'rov o'tkazishning samarali vositalari yaratilgan. Ba'zi didaktik materiallar dasturning chegaralangan doiradagi masalalarining o'zlashtirilishini reyting tizimida nazorat qilish uchun, boshqalari boshlang'ich maktab matematika kursining barcha asosiy mavzularini nazorat qilish uchun mo'ljallangan. Ayrim didaktik materiallarda (ayniqsa, kam komplektli maktab uchun mo'ljallangan)

o'qitish xarakteridagi materiallar, boshqalarida esa nazoratni amalga oshirish uchun materiallar ko'proqdir.

Boshlang'ich maktab matematikasida barcha didaktik materiallar uchun umumiy topshiriqlarning murakkabligi bo'yicha tabaqalashtirilishidir. Bu materiallar tuzuvchilarning g'oyasiga ko'ra ma'lum mavzu bo'yicha topshiriqning biror usulini bajarishi o'quvchining bu mavzuni faqat o'zlashtirganligi haqidagina emas, balki uni to'la aniqlangan darajada o'zlashtirganligi haqida ham guvohlik beradi.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 6

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Matematika o'qitish metodikasida "o'quv materialini o'zlashtirilish darajasi" tushunchasining mazmuni to'la ochib berilmagan.O'qituvchilar uchun qo'llanmalarda didaktik materialning u yoki bu topshirig'i qaysi darajaga mos kelishini aniqlashga imkon beradigan mezonlar aniq emas.

Amaliyotda o'qituvchilar ko'pincha biror topshiriqning usullarini biri boshqalaridan soddaroq yoki murakkabroq deb aytadilar. Bundan tashqari, didaktik materiallar qanchalik san'atkorona tuzilgan bo'lmasin, ularning mazmuni va tuzilishida qanchalik sermahsul va chuqur g'oyalar amalga oshirilmasin, ular baribir barcha metodik vazifalarni tezda hal etishga qodir emas, chunki hech qanday o'rgatuvchi mashina O'qituvchining intuisiyasini, ya'ni hissiyotini almashtira olmaydi.

XULOSA

Shunday qilib, didaktik materiallarni o'quvchilarning o'quv materialini o'zlashtirish darajasini nazorat usullaridan biri sifatida qarash lozim. Shu bilan birga muayyan usul mazkur sinf, mazkur o'qituvchi uchun eng yaxshi usul bo'lmasligi ham mumkin. Shu sababli didaktik materiallar o'qituvchini o'quvchilarning bilimlarni o'zlashtirish darajasini aniqlash imkonini beradigan individual tekshirish uchun nazorat turlarini tuzishdan xalos eta olmaydi.Bu umummetodikaning asosiy vazifalaridan biridir.

2. O'quvchilarni matematika kursini o'rganishga tayyorlash.

I-IV sinflarda matematika o'qitishning asosiy vazifasi bo'lgan ta'lim-tarbiyaviy vazifalarni hal qilishda ulardagi matematika kursi bo'yicha qanday darajada tayyorgarligi borligiga bog'liq.

Shuning uchun 1-sinfga kelganlarning bilimlarini aniqlash, sinf o'quvchilarining bilimlarini tenglashtirish, ya'ni past bilimga ega bo'lgan o'quvchilarning bilimlarini yaxshi biladigan o'quvchilarga yetkazib olish vazifasi turadi. O'qituvchi quyidagi tartibda o'quvchilar bilimini maxsus daftarga hisobga olib boradi:

1. Nechagacha sanashni biladi?

2. Nechagacha sonlarni qo'shishni biladi?

3. Nechagacha sonlarni ayirishni biladi?.

4. >, <, = belgilarini ishlata oladimi?

5. Noma'lumlar bilan berilgan qo'shish va ayirishda bu noma'lumlarni topa oladimi?

6. Qaysi figuralarning nomlarini biladi va chiza oladi?

7. Nechagacha sonlarni yoza oladi?

8. O'ngga, chapga, kam, ko'p, og'ir, engil, teng kabilarni farqlay oladimi?

219

Scientific Journal Impact Factor

9. Pul, narx, soat, minut, uzunlik, og'irlik o'lchov birliklari bilan muomala qila oladimi?

Bolalarni o'qitishga tayyorlashda asosiy ish metodi tahlil, sintez, taqqoslash, umumlashtirish, tabaqalashtirish kabi aqliy operasiyalarni bajarish malakalarini shakllantirishga qaratilgan bo'lishi kerak. Bunday ishlar o'quvchilarnig og'zaki va yozma nutqlarini rivojlantirishga katta yordam beradi, matematik bilimlarni o'zlashtirishga qiziqishi kuchaya boradi.

REFERENCES

1. Umumiy o'rta ta'limning Davlat ta'lim standartlari. Boshlang'ich ta'lim —Ta'lim taraqqiyotill jurnali, Toshkent —Sharql, 1999, 7 - soni

2. Levenberg L.Sh. va boshqlar. —Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi Toshkent —O'qituvchi

3. Bikbaeva N.U. va boshqalar. —Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi Toshkent —O'qituvchill 1996 yil.

4. Skatkina A.A. —Metodika prepodaveniya matematiki v sredney shkole.ll Moskva —Prosvesheniell.

5. "Inequalites. Theorems, Techniques and Selected problems" (Zdravko Cvetkovski).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.