Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIGA TEZKOR HISOBLASH USULLARINI O‘RGATISHNI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-PEDAGOGIK ASOSLARI'

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIGA TEZKOR HISOBLASH USULLARINI O‘RGATISHNI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-PEDAGOGIK ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Matematika o‘qitish / boshlang'ich sinf / o‘quvchilar / tezkor hisoblash / rivojlantirish / pedagogik asoslar / ko‘nikmalar / amaliy ta’lim metodlari / monitoring / baholash tizimi / pedagogik prinsiplar / ta’lim texnologiyalari / natijalar / takrorlash / o‘quv jarayoni.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Yuldasheva Gavxaroy O‘Rinboy Qizi

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga tezkor hisoblash usullarini o‘rgatish uchun kerakli bo‘lgan ko‘nikma ta’lim, amaliy ta’lim metodlari, ta’lim texnologiyalari, monitoring va baholash tizimi, pedagogik prinsiplar, natijalar va takrorlash jarayonlari kabi muhim pedagogik asoslar haqida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIGA TEZKOR HISOBLASH USULLARINI O‘RGATISHNI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-PEDAGOGIK ASOSLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIGA TEZKOR HISOBLASH USULLARINI O'RGATISHNI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-PEDAGOGIK ASOSLARI

Yuldasheva Gavxaroy O'rinboy qizi

Urganch innonatsion University o'qituvchi-stajyor https://doi.org/10.5281/zenodo.11060221

Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilariga tezkor hisoblash usullarini o'rgatish uchun kerakli bo'lgan ko'nikma ta'lim, amaliy ta'lim metodlari, ta'lim texnologiyalari, monitoring va baholash tizimi, pedagogik prinsiplar, natijalar va takrorlash jarayonlari kabi muhim pedagogik asoslar haqida ma'lumot berilgan.

Kalit so'zlar: Matematika o'qitish, boshlang'ich sinf, o'quvchilar, tezkor hisoblash, rivojlantirish, pedagogik asoslar, ko'nikmalar, amaliy ta'lim metodlari, monitoring, baholash tizimi, pedagogik prinsiplar, ta'lim texnologiyalari, natijalar, takrorlash, o 'quv jarayoni.

Аннотация. В этой статье обсуждаются навыки тренировки, практические методы обучения, образовательные технологии, система контроля и оценки, педагогические принципы, результаты и процессы повторения, необходимые для обучения младших школьников методам быстрого счета. Информация о важных педагогических основах, таких как.

Ключевые слова: Обучение математике, начальный класс, учащиеся, быстрый расчет, развитие, педагогические основы, навыки, практические методы обучения, контроль, система оценки, педагогические принципы, образовательные технологии, результаты, повторение, o учебный процесс.

Abstract. In this article, the skills training, practical teaching methods, educational technologies, monitoring and evaluation system, pedagogical principles, results and repetition processes necessary for teaching primary school students rapid calculation methods are discussed. information about the important pedagogical basics such as.

Keywords: Mathematics teaching, primary class, students, rapid calculation, development, pedagogical foundations, skills, practical educational methods, monitoring, evaluation system, pedagogical principles, educational technologies, results, repetition, training process.

Kirish

Bugungi kunda yosh avlodning bilim va savodxonligini oshirish orqali ularning raqobatbardoshligini ta'minlashda, globallashgan olamda ularning maslashuvchanligini yuksaltirishda yuksak bilimliligi bilan birga keng dunyoqarashi va teran tafakkuri muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham matematika ta'limi orqali boshlang'ich sinfdan o'quvchilarning dunyoqarashi va tafakkurini tadrijiy rivojlantirish muhim vazifaga aylanmoqda. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining tezkor hisoblash usullarini o'rgatishni rivojlantirishda, darsga bo'lgan qiziqishni oshirishda, mustaqil fikrga ega bo'lishida, faol, bilimli shaxsni kamol toptirishda pedagogik qarashlar va ilmiy asoslar muhim hisoblanadi. Shuning uchun ilmiy yondashuvlar asosida quyidagi ilmiy-pedagogik asoslar keltiriladi:

Ko'nikmalar va ko'nikma ta'lim: O'quvchilarni motivatsiyalash, o'zlashtirishni oshirish, ko'nikmalar asosida tezkor hisoblash bo'yicha qiziqishlarini oshirish, o'quvchilar orasida targ'ibot va fikrlar almashinuvining ahamiyati ko'rsatilgan.

Amaliy ta'lim metodlari: Konstruktivizm asosida o'quvchilarga maslahat berish, amaliy topishmoqlarni yechish va o'quvchilarning o'zlari hisoblash jarayonida faol ishtirok etishini ta'minlaydigan ta'lim usullari qo'llaniladi. Matematikaviy o'yinlar, guruh ishlarini

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

tashkillashtirish, o'quvchilarga maslahat berish va ta'lim jarayonida interaktivlikni ta'minlash muhim ahamiyatga ega[2].

Monitoring va baholash: O'quv jarayonini kuzatish, o'quvchilarni individual ravishda qobiliyatlarini baholash, shuningdek ulardagi tezkor hisoblash bo'yicha rivojlanishini nazorat qilish uchun monitoring va baholash jarayonini joriy etish muhim ahamiyatga ega[4].

Pedagogik prinsiplar: Kreativlikni rivojlantirish, o'quvchilar bilim darajasini oshirish, tezkor hisoblash uchun o'quvchilarga individual ishlash imkoniyatini berish, fikrlar almashish, o'zlashtirish jarayonini tashkil etish va jamiyatdagi ishtirokining belgilanishi prinsiplari keltrilgan. Shu bilan birga, ko'nikmalar asosida o'quvchilarni o'zini mustahkam his qilishga yo'naltirish, matematika darslarini qiziqarli va keng qamrovli qilish, o'quvchilarga o'qish va o'rganish jarayonida samarali yordam berish prinsiplari ta'kidlanadi.

Ta'lim texnologiyalari: Interaktiv darsliklar, kompyuter dasturlari, onlayn ta'lim platformalar va matematikaviy mobil ilovalar yordamida o'quvchilarga tezkor hisoblash usullarini o'rgatishni rivojlantirishning yanada sodda va qiziqarli qilishga yo'naltirilgan ta'lim texnologiyalarining ahamiyati hamda ularning foydalanish usullari ko'rsatilgan[3].

ADABIYOTLAR TAHLILI

Keling og'zaki matematikadagi eng sevimli qahramonliklarimdan boshlasak: qanday qilib miyada xohlagan ikki xonali sonni 11 ga ko'paytirish mumkin, agar siz buni sirini bilsangiz bu juda oson.

Mana bu misolni tasavvur qiling: 32 x 11

Ushbu misolda sonlarni qo'shishning o'zi kifoya, 3+2=5, so'ng 5 ni 2 chi va 3 chini orasiga joylashtirish kerak.

Bundan oson bo'lishi mumkinmi? Endi siz urinib ko'ring.

53 x 11

Shundan buyon 5+3=8 bo'lganidek javob juda oddiy. 583

Yana misol. Hech narsani yozmay va hech qayerga qaramay mana bu nechchiga teng bo'ladi.

Sizning qo'lingizdan keldi (yoki amalladingiz ) 891? Tabriklayman.

Hozircha siz unchalik ruxlanmang, men sizga bilishingiz kerak bo'lgan narsaning yarmini ko'rsatdim. Masalan keyingi misolni ko'ramiz.

85 x I I

8+5=13 bo'lishiga qaramay, javob 8135! Emas.

Xuddi oldingidek 3 soni o'rtaga yoziladi, lekin 1 8 soniga qo'shilganda to'g'ri javob :935

Misolni mana bu ko'rinishda tasavvur qiling:

835 935

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

Mana yana misol: 57x11 ko'paytirishga urinib ko'ring.

5+7=12 ga teng bo'lganidek, yechimi bunday bo'ladi.

527 627

Shunday qilib endi sizning galingiz. Qanchalik tez ko'paytira olar ekansiz.

77x11?

Agar siz 847 javobini olgan bo'langiz,o'zingini yelkangizga urib qo'yishingiz mumkin. Siz matematik afsungarga aylanish yo'lidasiz.

Men o'z malakalarimdan bilamanki, agar siz do'stingiz yoki o'qituvchingizga hohlagan ikki xonali sonni miyada 11 ga ko'paytira olishingizni aytsangiz, 99 ni 11 ga ko'paytirib berish iltimosi o'zini uzoq kuttirmaydi siz tayyor bo'lishingiz uchun keling shuni hozir bajaramiz.

9+9=18 ga teng bo'lganligi uchun, javob:

989 1089

O'rgangan yangi malakalaringizni bir qancha amaliyotda yaxshilab qo'llang, keyin maqtansangiz bo'ladi.

Uch xonali yoki undan ko'p sonlarni 11 ga ko'paytirish uchun biz berilgan usuldan foydalanamizmi?

Shak- shubhasiz. Misol uchun, 314x11 ning javobi 3 dan boshlanib 4 da tugaydi. Chunki 3+1=4

I ga + 4 esa 5, shunda javobi 3454. Hozircha bundanda mukammal misollarni keyinroqqa olib qo'yamiz.

Ehtimol o'zingizga o'zingiz savol berayotkandirsiz.

II ga ko'paytirishimiz yaxshi lekin bundan ham katta sonlarchi? Qanday qilib biz 12, 13, yoki 36 ga ko'pytira olamiz?

Bu savolingizga mening javobim shu: sabr! Bu haqida batafsilroq kitobning keying sahifalarida yozilgan. Kitobning 2, 3, 6 va 8- boblarida siz ko'paytirishning usullarini o'rganib chiqasiz, hohlagan ikki sonni bir - biriga ko'paytirishni ham, undan ham yaxshisi, har bir holat uchun maxsus qoidalarni yodlash shart emas. Bir hovuch usullar mana shu sizga sonlarni miyada tez va oson ko'paytirishga yordam beradi.

Kvadratga ko'paytirmoq va undan ham katta darajaga mana yana bir usul.

Ehtimol bilsangiz kerak kvadratning soni, bu berilgan son va uni o'ziga yana bir bor ko'paytirishdir. Masalan 7 ning kvadrati bu 7x7=49. Keyinroq men sizlarga oson usulni o'rgataman. Shu usul orqali siz xohlagan ikki xonali yoki uch xonali ( unadan ham ko'p) sonlarning kvadratini oson hisoblab chiqarasiz. Ayniqsa shu son 5 bilan tugasa, shu usuldan foydalanish qo'l keladi. Shuning uchun keling hozir shu usuldan foydalanib ko'ramiz.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

1) Chiqqan javob kvadratga ko'paytirilgan birinchi sonni undan keyingi iyerarxiyaga ko'paytirilgan bo'lib, shuning natijasidan boshlangan bo'lishi kerak.

2) Chiqqan javob 25 da tugashi kerak.

Masalan 35 ni kavadratga oshirish uchun biz shunchaki birinchi sonni (3)iyerarxiyaga undan keyin turadigan (4) ga ko'paytiramiz, undan keyin 25 ni qo'shamiz, chunki 3x4=12, javob esa 1225.

5X5= 25

Javob: 1225.

TAHLIL VA NATIJALAR

Natijalar va takrorlash: O'quv natijalarini tahlil qilish, o'quvchilarning matematika bilimini baholash va o'zlashtirish darajasini oshirish maqsadida takrorlovchi mashg'ulotlar tashkil etish hamda o'quvchilarning tezkor hisoblash darajasini oshirish uchun maslahatlar berishning muhim ekanligi ta'kidlanadi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilariga tezkor hisoblash usullarini o'rgatishni rivojlantirish jarayonida faol qatnashishga yo'naltirish, ko'nikma hosil qilishiga yordam berish, matematika bilimini o'quvchilarga qiziqarli va osonroq qilish uchun ko'nikmalar, amaliy ta'lim usullari, monitoring va baholash prinsiplari, ta'lim texnologiyalari, pedagogik prinsiplar, natijalar va takrorlash jarayonlari katta ahamiyatga ega. Pedagogik asoslarni rivojlantirish o'quvchilarning tushunish, hisoblash va muammolar yechish qobiliyatini oshirish samaradorligini kuchaytirishni maqsad qiladi.

Xulosa qilib aytganda, boshlang'ich sinf o'quvchilariga tezkor hisoblash usullarini o'rgatishga oid pedagogik asoslarning rivojlantirilishi o'quv jarayonini samarali, o'quvchilarning matematik bilimini oshirishga yo'naltiruvchi holatga olib kelishi zarur bo'lgan xususiyatlarini ta'minlash katta ahamiyatga ega. Bu mavzuga oid pedagogik asoslar tahlil qilingan shuningdek, amaliy qadamlar va yo'llar ko'rsatilgan.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida", Toshkent sh.,2019-yil 8-oktabr, PF-5847-son

2. Jumayev M.E, Boshlangi'ch sinflarda matematika o'qitish metodikasidan praktikum. (O'OY uchun o'quv qo'llanma) Toshkent. — O'qituvchill 2004 yil.

3. Таджиева З.Г., Абдуллаева B.C., Жумаев М.Э., Сидельникова Р.И., Садыкова

4. А. В. Методика преподавания математики. - Т.: Турон-Икбол, 2011. 336 с.

5. Qizi, D. M. S. (2023). BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHISIINING LOYIHA FAOLIYATINI TASHKIL ETISHDA USTOZ-SHOGIRD MUNOSABATLARINING AHAMIYATI. Science and innovation, 2(Special Issue 12), 128130.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.