Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING MATEMATIK SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA OG‘ZAKI VA YOZMA HISOBLASHGA DOIR TOPSHIRIQLARNING AHAMIYATI'

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING MATEMATIK SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA OG‘ZAKI VA YOZMA HISOBLASHGA DOIR TOPSHIRIQLARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
10
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
og‘zaki va yozma hisoblash ko‘nikmalari / hisoblash qobiliyatlari / og‘zaki va yozma hisoblashlarning ahamiyati / hisoblashga doir fikr va mulohazalar.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — G‘Ofurova M.A, Mamajonova M

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematik savodxonligini oshirishda og‘zaki va yozma hisoblash malakalarini shakllantirish, og‘zaki va yozma hisoblashga doir topshiriqlarning ahamiyati bilan bog‘liq bilim va tavsiyalar haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING MATEMATIK SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA OG‘ZAKI VA YOZMA HISOBLASHGA DOIR TOPSHIRIQLARNING AHAMIYATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING MATEMATIK SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA OG'ZAKI VA YOZMA HISOBLASHGA DOIR TOPSHIRIQLARNING

AHAMIYATI 1G'ofurova M.A, 2Mamajonova M

1FDU Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), 2FDU, 4- bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11060250

Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarining matematik savodxonligini oshirishda og'zaki va yozma hisoblash malakalarini shakllantirish, og'zaki va yozma hisoblashga doir topshiriqlarning ahamiyati bilan bog'liq bilim va tavsiyalar haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: og'zaki va yozma hisoblash ko'nikmalari, hisoblash qobiliyatlari, og'zaki va yozma hisoblashlarning ahamiyati, hisoblashga doir fikr va mulohazalar.

Аннотация. В данной статье отражены знания и рекомендации, связанные с формированием навыков устного и письменного счета, значение задач, связанных с устным и письменным счетом, в повышении математической грамотности учащихся младших классов.

Ключевые слова: навыки устного и письменного счета, навыки счета, важность устного и письменного счета, мысли и суждения о счете.

Abstract. This article reflects on the knowledge and recommendations related to the formation of oral and written calculation skills, the importance of tasks related to oral and written calculation in improving the mathematical literacy of elementary school students.

Keywords: oral and written numeracy skills, numeracy skills, importance of oral and written numeracy, thoughts and judgments about numeracy.

Mamlakatimizda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, xalq ta'limi tizimida bo'layotgan o'zgarishlar "Ta'lim to'g'risidagi qonunda hamda "Kadrlash tayyorlash milliy dasturi"da ko'rsatib o'tilganidek, har bir boshlang'ich sinf o'qituvchisi oldiga muhim vazifalarni qo'ymoqda. Boshlang'ich sinf o'qituvchisining metodik-matematik tayyorgarligi deyilganda biz uni ilmiy dunyoqarash asosida matematika o'qitish metodikasi bo'yicha umumiy psixologik-pedagogik va matematik tayyorgarlik bilan uzviy bog'lanishda tayyorlanishi ko'zda tutiladi.

Og'zaki hisoblashga doir mashg'ulotlarning samaradorligi mashqlarning hajmi va mazmunigagina emas, balki ularning berilishi va tekshirilishi, o'quvchilarning bilimini sinash, og'zaki va yozma mashqlarning almashtirib turilishiga ham bog'liqdir. Og'zaki hisoblash malakalarining uzluksiz takomillashib borishi uchun og'zaki va yozma hisoblash usullarini qollashda to'g'ri munosabat o'rnatish. Shu jumladan, og'zaki hisoblash qiyin bo'lgandagina yozma hisoblash zarur. O'quvchilarning topshiriqni eshitib qabul qilishlarida o'qituvchi topshiriqni o'qib beradi, ular esa eshitadi. Bunda asosiy kuch xotiraga qaratiladi, bunday mashqlar juda foydali bo'lib eshitish xotirasini rivojlantiradi. Bolalar og'zaki hisoblash malakalarini har doim tekshirib turish kerak. Og'zaki hisoblashga doir mashqlarni birinchi darslardanoq kiritilsa samarasi ancha yuqori bo'ladi. O'quvchilarning og'zaki hisoblash malakalari turli-tuman mashqlarni bajarishlari jarayonida shakllanadi. Asosiy matematik tushunchalar hosil qilish, sonlarning xossalarini va arifmetik amallarning qonunlarini o'rganish bilan bir qatorda boshlang'ich ta'limda bolalarda hisoblash malakalari hosil qilish doim eng muhim o'rin tutib kelgani hammaga ma'lum. Bolalarga hisoblashni o'rgatish sistemasi va metodikasida turli zamonlarda va turli mamlakatlarda prinsipial farqlar faqat og'zaki va yozma hisoblash usullarini

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

aniqlashga hamda tegishli malakalar hosil qilish yo'liga nisbatangina bo'lgan. Har bir kishi uncha murakkab bo'lmagan hisoblashlarni "zehnda" tez va to'g'ri bajarishni bilishining amaliy ahamiyatidan tashqari, og'zaki hisobni o'zbek uslubshunoslari doim bolalarning arifmetika darslarida olgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirishning yaxshi vositalaridan biri deb qaraydilar. Og'zaki hisob asosiy matematik tushunchalarni shakllantirishga sonlarning qo'shiluvchilardan, ko'paytuvchilardan iborat tarkibi bilan yanada chuqurroq tanishishga arifmetik amallarning qonunlarini va boshqalarni yaxshi o'rganishga yordam beradi. Og'zaki hisob mashqlarga tarbiyaviy jihatdan ham yuksak baho berib kelingan: og'zaki hisob bolalarda fahm-farosat, zehn, diqqatning rivojlanishiga, bolalar xotirasini, aktivligini, chaqqonligini, sezgirlik va fikrlashda mustaqilligini rivojlantiradi deb hisoblangan. Hozirgi zamon maktabida og'zaki va yozma hisoblar qanday o'rin tutishi kerak? Shu asosiy masala bilan bog'langan qanday xususiy masalalar maktab tajribasida tekshirib ko'rishni talab qiladi. Hisoblashning ikkala turi ham boshlang'ich matematika ta'limi sistemasida muhim rolini saqlashi kerak. Matematik ma'lumotnoma jadval o'quvchilar turmushda uchratadigan hollarning hammasini o'z ichiga olomaydi. Dasturda hamda metodikaga maqsadga muvofiq o'zgarishlar kiritib, og'zaki va yozma hisoblashni o'rgatishni ratsionallashtirish zarur. Bundan buyon yozma hisoblash usullarini, hozirgi dastur bo'yicha nazarda tutilgandek ming ichida emas balki, mumkin bo'lgancha ilgariroq, yuz ichida kiritish mumkinligini tekshirib ko'rish kerak. Mingnu alohida kinsentr qilib olishni bekor qilib konsentrlarni kamaytirish ham tekshirish lozim. Dasturdagi yozma hisoblashning ko'p xonali sonlarga taalluqli ba'zi xollarini qisqartirish masalasini qo'yishga jiddiy asoslar bor. Birinchi navbatda uch xonali songa ko'paytirish va bo'lishning ba'zi xollarini qisqartirish o'rinli bo'lsa kerak. Hisoblash usullari kichik sonlarga nisbatan qanday bo'lsa, katta sonlarga nisbatan ham shundayligicha qoladi. O'quvchilar kichik sonlar bilan ish ko'rganlarida bu usullarni to'la egallab oladilar. Agar o'quvchiga amaliyotda katta sonlar bilan hisoblash kerak bo'lib qolsa, u hisoblashni uddalay oladi. Hisoblash usullari o'quvchida paydo bo'lgan faqat butun hisoblash jarayoni davomida diqqat - e'tiborni saqlash kerak boladi. Shuni ham qayd qilib o'tish lozimki, maktabda bolalar (katta sonlar bilan yozma hisoblashlarda ko'p xato qiladilar. Buning sababi ular hisoblashni bilmaganliklaridan emas, balki hisoblash jarayoni ustida o'z diqqatlarini tutib tura olmaganliklaridadir. Og'zaki mashqlar o'qituvchi darsda o'quvchilarni biroz erkin va qulay tutishiga imkon beradi.

Arifmetik amallarni o'rganishdagi navbatdagi juda muhim masalalar og'zaki va yozma hisoblash usullaridan ongli foydalanish asosida o'quvchilarda hisoblash ko'nikmalarini shakllantirish bilan bog'liqdir. Og'zaki hisoblashlarning asosiy ko'nikmalari 1 va 2 sinflarda shakllanadi. 2 - sinfda "Minglik" mavzusida hisoblashlar ustida ish boshlanadi va bu ish 3 - sinfda poyoniga yetadi. Shu bilan birga yozma hisoblashlarda og'zaki hisoblash ko'nikmalari takomillasha bordi, chunki og'zaki hisoblashlar yozma hisoblash jarayoniga tarkibiy eliment sifatida kiradi. Og'zaki hisoblash ko'nikmalariga ega bo'lish yozma hisoblashlarni ko'proq muvaffaqiyatli bajarishni taminlaydi. Hozirgi kunda boshlang'ich sinfda og'zaki, yozma hisoblash qobiliyatlarini o'stirish kundalik turmushda keng ravishda qo'llanadi, og'zaki hisob o'quvchilar oldiga, berilgan har bir aniq hol uchun qulay hisoblash usullarini olish zarurligini qo'yadi va shu bilan ularning zehnini ochadi. Undan tashqari, u yozma hisoblashlarni osonlashtiradi. Og'zaki hisoblash sanoq sistemasini osonlashtiradi va amallarni bajarish usullariga asos bo'lgan xususiyatlarni yaxshiroq tushunish va o'zlashtirib olishga yordam beradi va bundan tashqari amallarni bajarish uchun odatda ishlatiladigan qoidalardan tashqari chiqishga va qisqaroq usullar ishlatishga imkon berib, o'quvchilarning kuzatuvchanlik sezgisini va ziyrakligini oshiradi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

Og'zaki hisoblashga doir mashg'ulotlarning samaradorligi mashqlarning hajmi va mazmunigagina emas, balki ularing berilishi va tekshirilishi, o'quvchilarning bilimini sinash, og'zaki va yozma mashqlarning almashtirib turilishiga ham bog'liqdir. Masalan:

O'n ichida og'zaki hisoblash malakasini shakllantirishda berilgan sonni 10 ga to'ldirish masalasiga katta e'tibor berish lozim. Masalan: 6 ga nechani qo'shsa 10 bo'ladi? 7 ga nechasi qo'shsa 10 bo'ladi? va hakazo. Bu jarayonda 10 ni tarkibga ajratishda o'rgatish ham muhim ahamiyatga ega. Bunda quyidagi kabi misollarni keltirib o'tishimiz mumkin: 10=4+ 10=3+

1- masala

Poyezd 8 soatda 432 km, velosipedchi esa xuddi shunday masofani 18 soatda bosib o'tdi. Poyezd tezligi velosipedchining tezligidan qanchaga katta?

Yechish: Poyezd tezligini topish uchun tezlikni vaqtga bo'lamiz. 1) 432:8=54 km shunda poyezd soatiga 54 km tezlikda bo'sib o'tgan.

Velosipedchi esa soatiga 24 km tezlikni bosib o'tgan. 2)432:18=24 km

Javob: 54-24=30km Poyezdning tezligi velosipedchining tezligidan soatiga 30 km ko'p.

2- topshiriq

Daftaringizga Venn diagrammasini chizing va unga 23, 36, 12, 42, 50, 60, 96 sonlarini qo'ying. Nimani payqadingiz?

3 ga bo'linadigan sonlar / Raqamlari yig 'indisi 3 ga bo'linadigan sonlar

Salat tayyorlaymiz. Bir kishilik salat tayyorlash uchun quyidagilar kerak bo'ladi:

200 g 160 g 160 g 3 ta tuxum 90

Uch kishilik salatning massasi qanday bo'ladi (Bitta tuxumning o'rtacha massasi 60 g.) Yechish: Bir kishilik salatning umumiy massasi quyidagicha:

1) 200+160+160+180+90=790

2) Uch kishilik salat tayyorlash uchun 790*3=2370

Javob: Uch kishilik salat tayyorlash uchun jami 2370 g masalliq kerak bo'ladi. 4- misol

Shakllarni o'rniga shunday raqamlarni tanlangki, natijada hisoblashlar to'g'ri bo'lsin.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024

• 5 1 # •

+ f ► 2 0 - t 6 4

7 9 7 0 ^ 3 1 3_

Yechish: Shakllar o'rniga shunday raqamlar qo'yildi.

1) 1550+6420=7970

2) 5177- 2864=2313

3) 788*3= 2364 5- masala

Uzuklar va ziraklar ko'pincha yarim qimmatbaho toshlar bilan bezatiladi. Zargar 18 ta uzukni yoqut bilan va undan 2 martta ko'p uzukni feruza bilan bezatdi. Zargar jami nechta uzukni bezatgan?

Yechish: 1)18*2=36 2) 36+18=54

Javob: Zargar 18 ta uzukni yoqut bilan 2 marta ko'p deganligi uchun 36 ta uzukni feruza bilan bezatdi. Zargar jami 54 ta uzukni bezatgan.

Xulosa qilib aytganda, matematikadan davlat ta'lim standarti talablariga ko'ra o'quvchi og'zaki va yozma hisoblash malakasini mustahkam to'laqonli o'zlashtirmog'i lozim. Og'zaki hisoblash malakasini shakllantirish turli usullar hamda vositalardan keng foydalaniladi. "Hisoblash malakasi - bu hisoblash usullarini yuqori darajada o'zlashtirishdir. Boshlang'ich sinf matematikasida o'quvchilarning og'zaki va yozma hisoblash malakalarini shakllantiruvchi didaktik materiallar asosiy ahamiyatga egadir. Didaktik materiallar asosida tashkillangan mavzu o'quvchi ongida uzoq vaqt saqlanib qoladi va matematik hisoblashlarga qiziqtirib boradi. Shuning uchun pedagog o'qituvchilarimizga didaktik materiallarni qo'llash texnologiyalarni chuqur anglab olishlari kerak. O'quvchilarning og'zaki va yozma hisoblash malakalarini shakllantirishda og'zaki va yozma hisoblash usullari, didaktik materiallar ya'ni og'zaki ma yozma mashqlar, testlar, og'zaki hisoblash jadvallari, ko'rgazmalar va didaktik o'yinlarning beqiyos ahamiyatga ega ekanligini doimo nazarda tutish lozim.

REFERENCES

1. Shavkat Mirziyoyev: "Yangi O'zbekistonning asosiy ustuni — bilim, ta'lim va tarbiya bo'ladi."

2. Matematika o'qitish metodikasi Toshkent 2017 M.Tojiyev, M. Barakayev, A. Xurramov.

3. Xakimova Mehriniso Xomitovna Matematika o'qitish metodika Toshkent 2020.

4. Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi. Jumayev M.E T-2005 yil.

5. Repyova I.R. 4-sinf Matematika. Darslik - T. "Novda Edutainment" nashriyoti 2023.

6. IV -sinf matematikasi 2-qism I.V Repyova. -Toshkent "Novda Edutainment" Nashriyoti 2023.

7. III -sinf matematikasi 1 -qism I.V Repyova. -Toshkent "Novda Edutainment" Nashriyoti 2023

8. Gofurova, M. A. (2020). Development of students' cognitive activity in solving problems. ISJ Theoretical & Applied Science, 1(81), 677-681.

8

>1«

3

2 3 6

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

9. Gafurova, M. A. (2021). Developing Cognitive Activities of Primary School Students based on an Innovative Approach. International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 8(10), 236-242.

10. Gafurova, M. (2021). Intellectual and Cognitive Activities of School Pupils. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(2), 447-450.

11. N.U.Bikbayeva.Matematika o'qitish metodikasi.Metodik qo'llanma.Toshkent.O'qituvchi nashryoti.1996.516 - B

12. Jumayev.E.M. Matematika o'qitish metodikasidan praktikum. - Toshkent:0'qituvchi,2004 -B328

13. http://www.pedagoglar.uz

14. www.edu.uz

15. www.Ziyonet.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.