Научная статья на тему 'MANFIY BOʻLMAGAN BUTUN SONLARNI RAQAMLASHGA O'RGATISH METODIKASINI OʻRGANISH'

MANFIY BOʻLMAGAN BUTUN SONLARNI RAQAMLASHGA O'RGATISH METODIKASINI OʻRGANISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1404
136
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
HAMKORLIK / BUTUN NOMANFIY SONLAR / NOMERLASH / ARIFMETIK AMALLAR / OGʻZAKI VA YOZMA NOMERLASH / YUZLIK / OʻNLIK / BIRLIK

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Shabatova R.J.

Ushbu maqolada boshlangʻich sinf oʻqituvchissining taʼlim sohasidagi oʻrni boʻyicha aytilgan. Shuningdek, manfiy boʻlmagan butun sonlarni raqamlashga o'rgatish metodikasini oʻrganish va bu borada boshlangʻich sinf oʻqituvchisiga qoʻyiladigan talablar haqida soʻz etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LEARN HOW TO TEACH NON-NEGATIVE INTEGERS TO NUMBER

This article discusses the role of the primary school teacher in education. There is also a discussion of how to teach non-negative integers to numbers and the requirements for an elementary school teacher.

Текст научной работы на тему «MANFIY BOʻLMAGAN BUTUN SONLARNI RAQAMLASHGA O'RGATISH METODIKASINI OʻRGANISH»

Shabatova R.J.

Boshlang'ich ta'limyo'nalishi talabasi Ajiniyoz nomidagi Nukus Davlat Pedagogika Instituti

MANFIY BO'LMAGAN BUTUN SONLARNI RAQAMLASHGA O'RGATISH METODIKASINI O'RGANISH

Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'qituvchissining ta'lim sohasidagi o'rni bo 'yicha aytilgan. Shuningdek, manfiy bo 'Imagan butun sonlarni raqamlashga o'rgatish metodikasini o'rganish va bu borada boshlang'ich sinf o'qituvchisiga qo'yiladigan talablar haqida so'z etilgan.

Kalit so'zlar: hamkorlik, butun nomanfiy sonlar, nomerlash, arifmetik amallar, og'zaki vayozma nomerlash, yuzlik, o'nlik, birlik.

Shabatova R.J. student primary education Nukus State Pedagogical Institute named after Ajiniyaz

LEARN HOW TO TEACH NON-NEGATIVE INTEGERS TO NUMBER

Annotation. This article discusses the role of the primary school teacher in education. There is also a discussion of how to teach non-negative integers to numbers and the requirements for an elementary school teacher.

Keywords: cooperation, whole non-negative numbers, numbering, arithmetic operations, verbal and written numbering, hundreds, decimals, ones.

Barchamizga ma'lumki, ta'lim tizimida, ayniqsa, boshlang'ich ta'limning o'rni beqiyosdir. Ta'lim o'qituvchi va o'quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati bo'lib, shu jarayonda o'qituvchi har bir shaxsning taraqqiyoti, ta'limi va tarbiyasi yo'qori darajada bo'lishiga o'z hissasini qo'shadi. O'qituvchi har bir o'tgan darslari orqali o'z bilimi, ko'nikma va malakalarini mashg'ulotlar vositasida o'quvchilarga yetkazadi, o'quvchilar esa uni o'zlashtirib borishi natijasida undan foydalanish qobiliyatiga ega bo'ladi. O'rganish jarayonida o'quvchilar o'zlashtirishning turli xil ko'rinishlaridan foydalanishadi, ya'ni o'zlashtirilayotgan ma'lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash hamda amaliyotga tatbiq etishda o'ziga xos tafovutlarga tayanadi. Ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchilarlarning dars paytidagi hamkorligi, o'quvchilarning mustaqil ishlashi, sinfdan tashqari ishlar shaklida ta'lim va tarbiya masalalari hal etiladi.

Butun nomanfiy sonlarni nomerlash va ular ustida arifmetik amallar bajarish boshlang'ich matematika kursi asosini tashkil etadi. Butun nomanfiy sonlar ustida ishlash boshlang'ich maktabda 4 yil o'qish davomida olib boriladi. Matematika dasturi natural sonlar va nol haqidagi ma'lumotlarni o'nlik, yuzlik,

minglik, ko'p xonali sonlar konsentrlari bo'yicha kiritishni ko'zda tutadi. Har bir konsentr o'z mazmuniga ko'ra sistematik arifmetika kursining asosiy masalalarini aks ettiradi, shuning uchun o'quvchilar u yoki bu chegara lar ichida sonlarni nomerlashni va bu sonlar ustida amallarni o'rganadib boradilar, umuman arifmetikaning mohiyati to'g'risida tasavvur hosil qiladilar. O'nliklarni ajratish o'nlik sanoq sistemasining xususiyatlari bilan sonlarni og'zaki va yozma nomerlash bilan bog'liq bo'lgan asosiy masalalarni o'rganishga yordam beradi. Birinchi o'nlikni o'rganishda predmetlarni sanash, 1-10 gacha bo'lgan sonlarning nomlarini, ketma-ketligi va belgilanishini, sonlarni taqqoslashning turli usullarini (oldin predmetlarning mos to'plamlari ustida operasiyalar bajarish asosida, so'ngra esa taqqoslanayotgan sonlarning qatorda egallagan o'rni bo'yicha sonlarning tarkiblarini) o'zlashtirib olish nazarda tutiladi. O'qitishning boshidanoq bolalarda ba'zi muhim umumlatirishlar shakllanib boradi. Masalan, natural qatordagi har bir navbatdagi son qanday hosil bo'lishi aniqlanadi, qatorning ixtiyoriy soni bilan undan oldin keladigan va keyin keladigan hamma sonlar orasidagi munosabatlar o'rnatiladi va shu bilan birga bo'sh to'plamning xarakteristikasi sifatida 0 soni ham tanishtiriladi. Birinchi sinf darsligida oldin 11-20 ichida, so'ngra 21-100 sonlarni nomerlash qaraladi. Sonlarni nomerlashni o'rganishda ikkinchi o'nlikni ajratish sonlarning o'nli tarkibini va raqamlarning o'rin qiymati prinsipini yaxshi o'zlashtirish imkonini beradi. Ikkinchi o'nlik sonlarini nomerlashni o'rganish tushunchasini shakllantirish orqali boshlanadi. Shundan keyin 11 -20 ichida sonlarni og'zaki va yozma nomerlash hamda shu sonlarning o'nli tarkibi, 21-100 ichida sonlarni og'zaki va yozma nomerlash hamda shu sonlarning o'nli tarkibi o'rganiladi. Sonlarni 1000 ichida nomerlash bilan o'quvchilarni tanishtirish yangi sanoq birligi yuzlik bilan tanishtirishdan boshlanadi. Bunda bolalarga yangi sanoq birliklari o'nta birlik o'nlikni, o'nta o'nlik yuzlikni, o'nta yuzlik minglikni, yangi sinf tushunchasini kiritish o'rgatiladi. III sinfda uch xonali sonlarni yozish va o'qishga doir bu sonlar sonlarning yuzliklardan, o'nliklardan va birlikdan hosil bo'lishiga doir uch xonali sonni o'nga qo'shiluvchilarning yig'indisi shaklida tasvirlashga doir mashqlar berib boriladi. IV sinfda sinf tushunchasini kiritilib, ikki va yuz sinflar sonlarini og'zaki va yozma nomerlash prinsiplarini o'zlashtirishga oid mashqlar berib boriladi.

Shu o'rinda o'qtuvchiga'qituvchiga qo'yiladigan talablar:

1) o'quvchilarning miqdor va raqamlar tartibi haqidagi tushunchalarini aniqlash;

2) predmetlarni sanashni shakllantirish;

3) 1 dan 10 gacha sonlar ketma-ketligini yaxshi o'zlashtirib olishlari

kerak;

4) narsalarni sanashni va sanash tartibi ko'rsatilganda har bir narsaning berilgan guruhdagi tartib raqamini aytib bera olishlari kerak;

5) sonlarning 1 dan 10 gacha qatoridagi har bir son qanday hosil bo'lishini ongli ravishda o'zlashtirishlari kerak;

6) raqamlarni o'qib olishlari va har bir raqamni narsalarning mos soni bilan mos qo'ya olishlari kerak;

7) sonlarni taqqoslashni bilishlari kerak;

8) 2,3,4,5 sonlaming ikkita qo'shiluvchilardan iborat sonlar tarkibini barcha hollarini mustahkamlab, o'zlashtirib olishlari kerak;

9) 2+1, 4-1, 1+3, va hokazo ko'rinishdagi matematik yozuvlarni o'qiy olishlari va bunday yozuvlarni aniq rasmlar bilan mos qo'yishlarini bilishlari kerak;

10) miqdorlar yordamida predmetlarni o'zaro taqqoslash, «ко'р», «kam», «ortiq», «baland», «past» kabi tushunchalarni taqqoslay olishi hamda doira, kvadrat, uchburchakni bir-biridan farq qila bilishlari va nomini ayta olishlari kerak.

Shunday qilib, raqamlash metodikasi natural sonlar va nol haqidagi ma'lumotlarni o'nlik, yuzlik, minglik, ko'p xonali sonlar konsentrlari bo'yicha kiritishni nazarda tutadi. Matematika dasturi natural sonlar bilan birga to'rtta arifmetik amal bajarishni o'z ichiga oladi. Bu matematikaning yadrosini tashkil qiladi. Shu bilan birga algebra va geometriyaning asosiy tushunchalari, asosiy miqdorlar kiritilgan, ular arifmetik amallar bilan zaruriy o'rinda qo'shib o'qitiladi.

Matematika darslarining o'ziga xos yana bir tomoni shundaki, bu - o'quv materialining abstraktligidir. Shuning uchun ko'rgazmali vositalar, o'qitishning faol metodlarini sinchiklab tanlash, o'quvchilarning faolligi, sinf o'quvchilarining o'zlashtirish darajasi kabilarga ham bog'liq. Matematika darsida turli-tuman tarbiyaviy vazifalar ham hal qilinadi. O'quvchilarda kuzatuvchanlikni, ziyraklikni, atrofga tanqidiy qarashni, ishda tashabbuskorlikni, mas'uliyatni va sof vijdonlilikni, to'g'ri va aniq so'zlashni, hisoblash, o'lchash va yozuvlarda aniqlikni, mehnatsevarlik va qiyinchiliklarni yengish xislatlarini tarbiyalaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Jumayev M.E., Tadjiyeva Z.G., Boshlang'ich sinflarda matematika oqitish metodikasi, T., " Fan va texnologiya", 2005.

2. Bikboyeva N.U. va boshqalar, Boshlangich sinflarda matematika oqitish metodikasi, T., "Oqituvchi", 1996.

3. Jo'rayev.Z.H., Tolipov O., Sharipov Sh., Uzluksiz ta'lim tizimida oquvchilari kasbga yonaltirishning ilmiy-pedagogik asoslari, T., Fan, 2004.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.