Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINFLARDA MATEMATIKA DARSLARIDA O’QUVCHILARNING BARCHA TOIFALARI BILAN ISHLASH METODIKASI'

BOSHLANG’ICH SINFLARDA MATEMATIKA DARSLARIDA O’QUVCHILARNING BARCHA TOIFALARI BILAN ISHLASH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

14423
581
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Boshlang‘ich ta‘lim metodikasi / matematika / pedagogik texnologiya / metod / ta‘lim va tarbiya / o‘quv jarayoni / didaktik o‘yin / Methodology of primary education / mathematics / pedagogical technology / method / education and upbringing / educational process / didactic game.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Dilfuza Uchqunovna Raxmanova

Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida matematika fanlarini tashkil etish texnologiyalari va dars jarayonida samarali ta‘lim o‘yinlaridan foydalanishning jihatlari haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS OF WORKING WITH ALL CATEGORIES OF STUDENTS IN MATHEMATICS LESSONS IN PRIMARY SCHOOL

This article discusses the technology of organizing mathematics in the primary grades of general secondary schools and the use of effective educational games in the classroom.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINFLARDA MATEMATIKA DARSLARIDA O’QUVCHILARNING BARCHA TOIFALARI BILAN ISHLASH METODIKASI»

Innovative Technologies in Teaching Foreign Languages and Learner Assessment in Online Education Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

BOSHLANG'ICH SINFLARDA MATEMATIKA DARSLARIDA O'QUVCHILARNING BARCHA TOIFALARI BILAN ISHLASH

METODIKASI

Dilfuza Uchqunovna Raxmanova

Chirchiq Davlat Pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Pedagogika-psixologiya yo'nalishi magistranti

raxmanovadilfuza2 @gmail .com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada umumiy o'rta ta'lim maktablarining boshlang'ich sinflarida matematika fanlarini tashkil etish texnologiyalari va dars jarayonida samarali ta'lim o'yinlaridan foydalanishning jihatlari haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: Boshlang'ich ta'lim metodikasi,matematika,pedagogik texnologiya,metod,ta'lim va tarbiya ,o'quv jarayoni, didaktik o'yin.

METHODS OF WORKING WITH ALL CATEGORIES OF STUDENTS IN MATHEMATICS LESSONS IN PRIMARY SCHOOL

Dilfuza Uchkunovna Rakhmanova

Chirchik State Pedagogical Institute Master of Pedagogy and Psychology, Faculty of Pedagogy [email protected]

ABSTRACT

This article discusses the technology of organizing mathematics in the primary grades of general secondary schools and the use of effective educational games in the classroom.

Keywords: Methodology of primary education, mathematics, pedagogical technology, method, education and upbringing, educational process, didactic game.

KIRISH

Boshlang'ich ta'lim umumiy o'rta ta'limning asosiy poydevori, o'quvchilarning kelajakda komil inson bo'lib voyaga yetishini ta'minlovchi muhim bosqich hisoblanadi.

Boshlang'ich matematika kursi,bolalar tafakkuri rivojlanishiga yordam beradi.Shu bilan boshlang'ich bilimlar yagona majmuini yaratadi,ikkinchi Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 574 www.ares.uz

Innovative Technologies in Teaching Foreign Languages and Learner Assessment in Online Education Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

tomondan,zaruriy metodologik tasawurlarni va fikrlashning mantiqiy tuzilishlarini shakllantirishga yo'naltirilgan bo'ladi.

6-10 yoshli bolalarning fikrlash qobiliyatlarini shakllanishida mas'ul davr ekanligini psixologlar isbot qilishgan.Shu sababli boshlang'ich ta'lim metodikasining,xususan,matematikadan boshlang'ich ta'lim metodikasining vazifalaridan biri o'qitishning yetarlicha yuqori rivojlantiruvchi samaradorligini oshirishni ta'minlashda o'qitishni bolalarning aqliy rivojlanishlariga ta'sirlarini jadallashtirishdan iborat.

Matematikadan boshlang'ich ta'lim-tarbiyaviy vazifalarini nazariy bilimlar tizimi asosidagina hal etishi mumkin.Bu ilmiy

dunyoqarash,psixologiya,didaktika,matematikani o'qitish nazariyasini (matematik didaktikasini)o'z ichiga oladi.Biroq birgina nazariy bilimlarning o'zi yetarli emas.O'qitishning ma'lum mazmuni va o'qituvchilarning aqliy faoliyati saviyasi bilan ta'sirlanadigan u yoki bu o'quv yo'nalishi uchun eng samarali usullarni qo'llay bilish darsga tayyorlanishda yoki darsning o'zida yuzaga keladigan aniq metodik vazifalarni hal etishni bilishi zarur.

Boshlang'ich sinflarda bolalarning aqliy rivojlanishlariga asos solinishi sababli boshlang'ich sinf o'qituvchisi uchun o'quvchilarning aqliy faoliyatlari darajasini va imkoniyatlarini bilish hamda hisobga olish muhimdir.

Nazariy bilimlardan amaliyotda foydalanish jarayonida yuzaga keladigan turli-tuman metodik masalalar hal etilishi lozim.

Metodik masalalar har bir darsda yuzaga keladi,shu bilan birga,odatda,ular bir qiymatli yechimga ega emas.O'qituvchi darsda yuzaga keladigan metodik masalaning mazkur o'quv vaziyati uchun eng yaroqli yechimining tez topa olishi uchun bu sohada yetarlicha keng tayyorgarlikka ega bo'lish talab etiladi.

MUNOZARA

Matematika so'zi grekcha "mathema" so'zidan olingan bo'lib, uning ma'nosi "fanlarni bilish" demakdir.Matematika fanining o'rganadigan obyekti fazoviy shakllar va ular orasidagi miqdoriy munosabatlardan iboratdir.

Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish quyidagi maqsadini o'z oldiga qo'yadi:

a) o'quvchilar matematika darsida olgan bilimlarini kundalik hayotda uchraydigan elementar masalalarni yechishga tatbiq qila olishga o'rgatish, o'quvchilarda arifmetik amallar bajarish malakalarini shakllantirish va ularni mustahkamlash uchun maxsus tuzilgan amaliy masalalarni hal qilishga o'rgatish,

Innovative Technologies in Teaching Foreign Languages and Learner Assessment in Online Education Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

b) matematika o'qitishda texnik vosita va ko'rgazmali qurollardan foydalanish malakalarini shakllantirish. Bunda asosiy e'tibor o'quvchilarning jadvallar va hisoblash vositalaridan foydalana olish malakalarini tarkib toptirishga qaratilgan.

d) o'quvchilarni mustaqil ravishda matematik bilimlarni egallashga o'rgatish.

Boshlang'ich matematika o'qitish metodikasining o'qitish vazifalari: 1) ta'lim-tarbiyaviy va amaliy vazifalarni amalga oshirishi,

2) nazariy bilimlar tizimini o'rganish jarayonini yoritib berishi kerak;

3) o'quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish yo'llarini o'rgatishi kerak;

4) ta'limni insonparvarlashtirish;

5) matematika o'qitish jarayonida insonni mehnatni sevishga, o'zining qadr-qimmati, bir-biriga hurmati kabi fazilatlarini tarbiyalashni ko'rsatib beradi;

6) o'qitish metodikasi I-IV sinflar matematikasining davomi bo'lgan V-VI sinf matematikasi mazmuni bilan bog'lab o'qitishni ko'rsatadi. Ularning ilmiy-izlanishda qo'llanilishi.

METODOLOIYA

Boshlang'ich sinf o'quvchilari egallashlari kerak bo'lgan ko'nikma va malakalariga qo'yiladigan talablarni :

— million ichidagi sonlarni;

— natural sonlar qatorining cheksizligini;

— o'nli sanoq sistemasi misolida sonlarning har xil sanoq sistemasida yozilishini;

— pozitsion va nopozitsion sanoq sistemalarini.

— atrof-muhitda mo'ljal ola bilish marshrutni (yo'nalishni)rejalashtirish, harakat yo'lini tanlay olish va h.k.)ni;

— taqqoslash va turli alomatlari: uzunligi, yuzi, massasi, sig'imiga ko'ra tartibga sola olishni;

— soatga qarab vaqtni aniqlashni (soat va minutlarda);

— maishiy-hayotiy vaziyatlar (savdo-sotiq, o'lchash, tortish va h.k.) bilan bog'liq hisoblashlarga oid masalalarni yechish;

— o'lchamlarni ko'zda «chamalab» baholash;

— mustaqil konstruktorlik faoliyati (turli-tuman geometrik shakllarni qo'llanish imkoniyatlarini hisobga olgan holda).

— 1000000 ichida sonlarning o'qilishini; sonni xona qo'shiluvchilarining yig'indisi ko'rinishidagi yozilishini;

Innovative Technologies in Teaching Foreign Languages and Learner Assessment in Online Education Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

— sanoq texnikasi (to'g'ri va teskari tartibda sanash, juftliklar va o'nliklar bilan sanash, sondan oldin va keyin keluvchi sonni aytish)ni;

— natural sonlarni o'zaro taqqoslash: «>», «<», va «=» belgilarini to'g'ri qo'llashni;

— qo'shish, ayirish, ko'paytirish va bo'lishning jadvalli hollari natijalarini yodda olib qolish, murakkab bo'lmagan hollarda 100 ichida og'zaki hisoblashlarni bajarishni.

— rasmlarda kesma, uchburchak, to'rtburchak, to'g'ri to'rtburchak va kvadratlar, ko'pburchak va aylanani tanishni;

— atrof-muhitdagi geometrik shakllarni tanish va topa olishni;

— uzunlik o'lchov birliklari (mm, sm, dm, m, km)ni, ular orasidagi asosiy nisbatlarni bilish, zarur hollarda ulardan qaysi birini qo'llash maqsadga muvofiqligini tushunish, yuz o'lchov birliklari (kv. sm, kv. dm, kv. m) ni.

— kesma uzunligini o'lchash, berilgan uzunlikdagi kesmani yasash, kesma uzunligini ko'z bilan chamalab o'lchashni;

— chizg'ich, go'niya, sirkuldan foydalanib, to'g'ri to'rtburchak, kvadrat, uchburchak va aylanalar yasashni;

— ko'pburchak perimetrini, to'g'ri to'rtburchak yuzini va kvadrat birliklaridan tuzilgan shakllarning yuzini hisoblashni;

— masalalar yechishda o'rnatilgan geometrik jismlarning hajmlarini hisoblashni;

— bir xil maxrajli oddiy kasrlarni qo'shish va ayira olish hamda bu malakalarni masalalar yechishda qo'llay olishni bilishi kerak.

— 1000000 ichida sonlarni o'qish va yozish;

— sonlarni yozma qo'shish, uch xonali va to'rt xonali sonlarni ayirish, bir xonali va ikki xonali songa ko'paytirish va bo'lish, qo'shish va ayirish, ko'paytirish va bo'lish orasidagi aloqalarni tushunish asosida hisoblashlarning to'g'riligini tekshirish;

— ko'p xonali sonlarni yozma qo'shish va ayirish hamda hisoblash natijalarining to'g'riligini tekshirish;

— ko'p xonali sonlarni bir xonali va ikki xonali sonlarga yozma ko'paytirish va bo'lish hamda hisoblash natijalarining to'g'riligini tekshirish;

— 2-3 amalli sonli (shu jumladan, qavsli) ifodaning qiymatini topish;

— «...ta ortiq», «... ta kam», «... marta ortiq», «... marta kam», «hammasi», «qoldi», «teng» munosabatlarining ma'nosini tushunish va ularni arifmetik amallar bilan to'g'ri bog'lay olish, shu tushunchalarga tayangan holda masalalarni yecha olish;

Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan

Academic Research, Uzbekistan 577 www.ares.uz

Innovative Technologies in Teaching Foreign Languages and Learner Assessment in Online Education Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

— kattaliklar (mahsulot narxi, miqdori va qiymati, to'g'ri chiziqli harakatda yo'l tezlik va vaqt) orasidagi bog'lanishlarni qo'llab, amaliy mazmundagi masalalarni yechishni ko'nikmalariga ega bo'lishi kerak:

— taqqoslash va turli alomatlariga: uzunligi, yuzi, massasi, sig'imiga ko'ra tartibga sola olish;

— soatga qarab, vaqtni aniqlay olish (soat va minutlarda);

— maishiy-hayotiy (savdo-sotiq, o'lchash, tortish va h.k.) ishlarni bajara olish.

NATIJALAR

Matematika darslarining o'ziga xos yana bir tomoni shundaki, bu o'quv-materialining abstrakligidir.Shuning uchun ko'rgazmali vositalar,o'qitishning faol metodlarini sinchiklab tanlash,o'quvchilarning faolligi, sinf o'quvchilarining o'quvchilarining o'zlashtirish darajasi kabilarga ham bog'liq.

Matematika darslarida turli-tuman tarbiyaviy vazifalar ham hal qilinadi.O'quvchilarda kuzatuvchanlikni,ziyraklikni ,atrofga tanqidiy qarashni,ishda tashabbuskorlikni, mas'uliyatni va ishda sof vijdonlikni ,to'g'ri va aniq so'zlashni,hisoblash va o'lchash,yozuvlarda aniqlikni,mehnatsevarlik va qiyinchilikni yengishni hislatlarini tarbiyalaydi.

XULOSA

O'quvchilar bilan har bir darsda bir necha tushunchalar bilan ish olib boriladi.Har birini shu darsning turli bosqichlarida o'zlashtirishi mumkin.Har bir tushunchani tushunish boshqa bir tushunchani takrorlash,esga olish bilan olib borilsa,bu tushuncha esa keying tushunchalarni tushuntirish uchun xizmat qiladi.O'qitish jarayonida har bir o'quv materiali rivojlantirilgan holda olib boriladi,bu o'quv materiali o'zidan keyin o'qitiladigan materiallarni tushunish uchun poydevor bo'ladi.Boshqa tushunchaning o'zlashtirish jarayonini qarasak,u bir necha darslarning o'zaro bog'liqli o'qitilishi natijasida hosil bo'ladi.Shunday qilib matematik tushunchalarini hosil qilish birgina darsning o'zida hosil qilinmasdan,balki o'zaro aloqada bo'lgan bir qancha darslarni o'tish jarayonida hosil qilinadi.Bunday darslarni birgalikda darslar tizimi deb ataymiz.

Eng katta talab darsning o'quv-tarbiyaviy maqsadini e'tiborga olish,o'qitish tamoyillarining metodik va umumpedagogik tomonlarini hisobga olishdir.Mavzu bo'yicha yaxshi o'ylangan darslar tizimining o'quv vaqtini mavzuchalarga to'g'ri taqsimlashga bog'liq.

Innovative Technologies in Teaching Foreign Languages and Learner Assessment in Online Education Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

REFERENCES

1. Ma'rifat gazetasi. 24.02.2021

2. Boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi. M.E.Jumayev, Z.G'.Tadjiyeva Toshkent-2005

3. Matematika o'qitish metodikasi fan dasturi. Samarqand-2019

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.