Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI XALQ OG‘ZAKI IJODI VOSITASIDA TALAFFUZI VA NUTQINI O‘STIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH'

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI XALQ OG‘ZAKI IJODI VOSITASIDA TALAFFUZI VA NUTQINI O‘STIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
4
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xalq og‘zaki ijodi vositasi / talaffuz / nutq / metodika / usul / vosita / texnologiya / ertak / maqol / topishmoq / metal / masal / kichik yoshli maktab o‘quvchilari / o‘stirish.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Olimova Nilufar Qosimjon Qizi

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini xalq og‘zaki ijodi vositasida talaffuzi va nutqini oshirish usullari va texnologiyalari haqida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI XALQ OG‘ZAKI IJODI VOSITASIDA TALAFFUZI VA NUTQINI O‘STIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINI XALQ OG'ZAKI IJODI VOSITASIDA TALAFFUZI VA NUTQINI O'STIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

Olimova Nilufar Qosimjon qizi

o'qituvchi, FarDU https://doi.org/10.5281/zenodo.11062199

Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarini xalq og'zaki ijodi vositasida talaffuzi vanutqini oshirish usullari va texnologiyalari haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Xalq og'zaki ijodi vositasi, talaffuz, nutq, metodika, usul, vosita, texnologiya, ertak, maqol, topishmoq, metal, masal, kichikyoshli maktab o'quvchilari, o 'stirish.

Respublikamizda xalq og'zaki ijodi vositasida boshlang'ich sinf o'quvchilarining talaffuzi va nutqini o'stirish, ularni komil inson qilib tarbiyalash, ijtimoiy nutqiy madaniyatini takomillashtirish, xalq ta'limi tizimini isloh qilishga va ta'lim oluvchilarning yangicha o'qitish tizimini ishlab chiqishga katta ahamiyat qaratilmoqda. Shunga ko'ra, boshlang'ich ta'lim o'quvchilarining o'qitish metodikasini sifati va ijtimoiy tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishni ta'minlashda xalq og'zaki ijodi namunlaridan unumli foydalanish ehtiyoji vujudga kelmoqda. O'zbekiston Respublikasida "Ta'lim to'g'risida"gi qununlarida "Milliy tajribaning tahlili va ta'lim tizimidagi, jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasbiy-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo'ljalni to'g'ri ola bilish mahoratiga ega bo'lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo'naltirilgan" kabi vazifalar belgilanib, bu borada boshlang'ich ta'lim tizimida xalq og'zaki ijodi na'munlarining mazmun ohiyatini to'g'ri talqin qilish, ta'lim oluvchilarning nutqiy savodxonlik madaniyatini o'stirishning mazmuni, shakllari, vositalari, usullari va metodlarini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Farzandlarimizni barkamol inson qilib tarbiyalash bugungi kunimizning eng muhim va dolzarb vazifalaridan biridir. Chunki jamiyat a'zolarining tarbiyali, yaxshi axloqli, halol va pok bo'lishini orzu qilamiz, ammo shu jamiyatning kelajagi bo'lmish bolalarimiz tarbiyasi haqida qayg'urmasak, maqsadimiz, orzu-niyatlarimiz amalga oshmasdan sarobligicha qolaveradi.

Til fikrni shakllantirish va insho qilish, taassurot, his, kechinmalarni ifodalashda muhim o'rin tutadi. Til jamiyat a'zolarining bir-biri bilan o'zaro aloqasi uchun xizmat qiladigan vositadir. Bu vosita qanchalik takomillashsa, fikr shunchalik aniq, ta'sirchan ifodalanadi. Maktabda ona tilini chuqur o'rganish zarurati tilning mana shu asosiy vazifalaridan kelab chiqadi.

Savod o'rgatish darslari o'qish samaradorligini ijobiy tomonga ta'sir qilishning eng qulay usulidir. Sinfda va sinfdan tashqari o'qish darslari boshlang'ich sinflarda o'tiladigan barcha predmet dasturlarining bo'limlari bilan bevosita bog'liq. O'qish darslarida o'tilgan mavzular asosida badiiy kitoblar axtarish, asar qahramonlarining nomlarini yozish, ularni tasvirlab berish, ijodiy rasm ishlash, fikrni yakunlash uchun mos maqollar yod olish ko'nikmalarini shakllantirish dolzarb metodik manba ekanligini aniqlash, ularning didaktik asosini belgilash ham mashg'ulotning predmeti hisoblanadi. Aytish joizki maktab o'quvchilarni nutqini va talaffuzini o'stirishda xalq og'zaki ijodi na'munalaridan foydalanish kata ahamiyat kasb etadi.

Xalq og'zaki ijodi - insoniyatga tengdosh eng qadimiy san'at. O'zbek xalqi ming yillar davomida yaratgan milliy xazinamizning nodir merosi bo'lgan og'zaki badiiy ijodi hamisha inson kamoloti, yurt farovonligi, jamiyat yetukligi borasida ma'naviy ozuqa bo'lib xizmat qiladi. Yillar to'zonidan omon-eson o'tib, avlod ajdodlardan meros qolgan folklor janrlari ijtimoiy-siyosiy,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

ta'limiy-tarbiyaviy sohalarda maktab, ma'naviy-ma'rifiy yo'nalishda yo'lboshlovchi vazifasini o'taydi. Xalqning turmush tajribalari, kundalik kuzatishlari natijasida yuzaga kelib, o'z isbotini topgan maqollar, naqllarni hayot maktabi darsligi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Maqol — xalq og'zaki ijodi janri; qisqa va lo'nda, obrazli va obrazsiz, grammatik va mantiqiy tugallangan ma'noli hikmatli ibora, chuqur mazmunli. Muayyan aniq shaklga ega. Maqollarda avlod-ajdodlarning hayotiy tajribalari, jamiyatga munosabati, tarixi, ruhiy holati, etik va estetik tuyg'ulari, ijobiy fazilatlari mujassamlashgan. Asrlar mobaynida xalq orasida sayqallanib, ixcham va sodda poyetik shaklga kelgan [Ошибка! Источник ссылки не найден.].

Maqollar mavzu jihatidan nihoyatda boy va xilma-xil bo'ladi. Vatan, mehnat mehr-muhabbat, ilm-hunar, do'stlik, ahillik, donolik, hushyorlik, odob-axloq, til va nutq haqida, shuningdek, salbiy hislatlarni rang-barang usulda ochib berilgan. Maqolda qofiyadoshlik birinchi o'rinda turadi. Antitez hodisasi ko'p uchraydi. Majoziy ma'noga boy va ko'p ma'nolilik ustun turadi. Maqol namunalari dastlab M.Koshg'ariyning "Devonu lug'otit turk" asarida keltirilgan.

Topishmoq - eng qadimgi va ommaviy janr hisoblanib, jahondagi barcha xalqlar folklorida uchraydi. O'zbek xalq topishmoqlarida xalqimizning hayoti, turmush darajasi, madaniyati, urf-odatlari, udumlari va urf-odatlarini ma'lum darajada ochib beradi. Topishmoqda javob yashirin bo'ladi. Narsa va hodisa biron narsaga o'xshatilib, qiyoslab taqqoslash yo'li bilan topiladi. Topishmoqlar nasriy va she'riy bo'lishi mumkin, ritmik jihatdan ixcham, sodda va ohangdor bo'ladi. Masalan, "Yer tagida oltin qoziq" (sabzi) [Ошибка! Источник ссылки не найден.].

Lof - hajviy-yumoristik janr. Lofchilik, lof urish deb ham ataladi. Mubolag'aga asoslanib, kishilarda kulgi uyg'otadi, tanqidiy munosabat bildiradi. Lof askiya va qiziqchilikka yaqin turadi. Bo'rttirib muqoyasa qilish yo'li bilan aks ettiriladi. Lofda so'zda chechan bo'lishlik, hozirjavoblik, sinchkovlik va o'tkir zehn muhim hisoblanadi. Ertak, latifa, doston va og'zaki dramalarda uchraydi. O'zbek xalqining eng qadimgi xalq bayramlarida, tomosha va yig'inlarida, sayillarida so'z ustalari loflarni aytib, mohirona ijro etadilar [Ошибка! Источник ссылки не найден.].

Askiya - arabcha so'z bo'lib, o'tkir zehnli, hozirjavob degan ma'noni anglatadi. O'zbek xalq ijodi turi bo'lib, ikki yoki undan ortiq kishilarning(ba'zan jamoa bo'lib) xalq sayillarida(to'y, yig'in) ma'lum bir mavzuda badiiy so'zda tortishuvdir. Bu janr o'zbek xalqi orasida judayam mashxur bo'lib, hazil-mutoyiba, kinoya, qochirim, kesatiq, o'xshatish, mubolag'a va so'z o'yiniga asoslangan. U insonni aqlini charxlaydi, fikrini to'liq bayon etishga o'rgatadi, muayyan mavzu doirasida bilimlarini kengaytiradi, savollarga ustalik bilan javob berishga o'rgatadi, insonga zavq bag'ishlab, kayfiyatini ko'taradi.

Latifa - bu arabcha so'z bo'lib, mutoyiba va hazil degan ma'nolarni anglatadi. Qisqa yumoristik, tanqidiy-hajviy janr. Qahramoni jonli, ta'sirchan, hozirjavob va hazilmutoyibaga boy. Latifa qochiriq va pichingga boy bo'ladi. Sodda va lo'nda bo'lib, ilk namunalari Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig" va Sa'diy Sheroziyning "Guliston" asarlarida uchraydi. Bundan tashqari Alisher Navoiyning "Xamsa" va Rabg'uziyning "Qissasi Rabg'uziy" asarlarida ham ko'plab latifalar uchraydi. Latifaning qahramoni hamma xalqda har xil: o'zbeklarda Afandi, tojiklarda Mushfiqiy, turkmanlarda Mirali nomi bilan ataladi. Dastlabki o'zbek xalq latifalarini Sharif Rizo to'plab nashr ettirgan [Ошибка! Источник ссылки не найден.].

Qo'shiq - bu xalq og'zaki ijodi na'munalaridan biridir. U marosim qo'shiqlari, mehnat haqidagi qo'shiqlar, laparlar, yallalar va bolalar qo' shiqlaridan iborat. Musiqa asboblari yordamida yanada o'zgacha jilo beradi. Xalqimizda qo'shiqlar ko'proq doira sadosida ijro etiladi. Buxorada

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

mavrigiyxonlik, Toshkent va Farg'onada yalla, Xorazmda esa sho'x o'ynoqi qo'shiqlar ijro etiladi [Ошибка! Источник ссылки не найден.].

Ertak - eng qadimgi davrlardan beri sayqallanib, xalqning orzu-umidlarini va xalqlarning qahramonlarini ertak orqali ifodalab, o'quvchilarni yaxshilikka yetaklaydi [Ошибка! Источник ссылки не найден.]. Qadim zamonlarda insonlar tabiat kuchlarini oldida ojiz edilar, uni anglash va o'ziga bo'ysundirishni orzu qilganlar. Ana shunday orzu-umidlari natijasida esa ertak maydonga kelgan. Har bir ertak o'z xalqiga ega. Har bir xalq esa o'zining ertaklariga ega. Ertaklarda sehr, g'ayrioddiy holatlar, g'ayritabiiy qahramonlar va ajoyib-g'aroyib hodisalar asosiy mezon sanaladi. Ertak atamasi birinchi marotaba M.Koshg'ariyning "Devon-u lug'otit turk" asarida uchraydi. Asarda "ertak" atamasi "etuk" atamasida qo'llaniladi. Ertak Samarqand va Surxondaryoda "matal", Buxoroda "ushuk", Toshkentda "cho'pchak" deb nomlanadi.

Hozirgi paytda boshlang'ich maktab yoshidagi bolalar nutqini rivojlantirishga yanada yuqori talablar qo'yilmoqda. Bu talablarga javob berish nutqni rivojlantirishga oid yangi izlanishlarni taqozo etadi. Shunday qilib, pedagogika ilmining hozirgi bosqichida boshlang'ich maktab yoshidagi bolalar nutqini rivojlantirishga nisbatan qo'yiladigan talablar bilan ushbu talablar ijrosi o'rtasida ziddiyatlar namoyon bo'lmoqda.

Ma'lumki, boshlang'ich sinf o'quvchilarining nutqlaridagi nuqsonlarni bartaraf etish o'quvchilar va logopedlar zimmasiga yuklanadi. Talaffuzdagi kamchiliklarni aniqlashda bolaning nutqini tekshirib ko'rish, nutq buzulish sabablarini o'rganish lozim. Buning uchun har bir bola nutqini tekshirish varaqasi to'ldirilib, qaysi tovushlarni to'g'ri yoki noto'g'ri talaffuz qilayotgani belgilab boriladi. Nutq o'stirish ongli o'qishni, so'zlash va yozishga o'rgatishni, til haqida o'quvchilarning yoshi va tushunchasiga mos bo'lgan bilim berishni, ularning lug'at boyligini oshirishni, boshqalarning nutqiga e'tibor va qiziqishni o'stirish, kitob o'qishga muhabbat uyg'otishni ko'zda tutadi. Ba'zi bolalar tovushlarni noto'g'ri talaffuz qilibgina qolmay, ularni bir-biridan farqlay ham olmaydilar. Nutqdagi bunday kamchiliklar darslarni o'zlashtirishda bolalar uchun sezilarli qiyinchiliklarni tug'diradi. Bunday hollarda logoped mashg'ulotlar yordamiga muxtoj bo'ladilar.

Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standarti (DTS) davlat ta'lim standartining maqsad va vazifalarini, asosiy prinsiplarini, tarkibiy qismlarini, davlat ta'lim standartlarini joriy etish hamda davlat ta'lim standartlari talablariga rioya etilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi. Davlat ta'lim standartining maqsadi - umumiy o'rta ta'lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg'or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma'naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat [Ошибка! Источник ссылки не найден.].

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS" April 26, 2024

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining nutqi va

talaffuzini yaxshilashga intilishda folklorni o'z ichiga olish samarali bo'lishi mumkin. An'anaviy hikoyalar, qo'shiqlar va qo'shiqlami birlashtirib, o'quvchilar nutq va til ko'nikmalarini yaxshilaydigaii mashg'ulotlar bilan shug'ullanishlari mumkin.

Xalq og'zaki ijodini nutqni rivojlantirish dasturlariga singdirish orqali boshlang'ich sinf o'quvchilari til rivojlanishiga yordam bernvchi qiziqarli va interaktiv tadbirlarda faol ishtirok etishlari mumkin. Folklor o'quvchilami nutq va talaffuz qobiliyatlarini oshirishga jalb qilish uchun jozibali yondashuvni taklif qiladi.

Xalq og'zaki ijodidan foydalanish orqali o'quvchilar bir vaqtning o'zida nutqi va talaffuzini mukammallashtirish bilan birga, o'zlarining madaniy merosini chuqurroq tushunish va qadrlashni rivojlantirishlari mumkin. Folklor talabalarga ishonch bilan gapirish va talaffuz qilishni mashq qilish uchun boy va qiziqarli platformani taqdim etadi.

1.2.1-rasm. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini nutqni takomillashtirishda folklorning

o'rni

Umumiy o'rta ta'limning o'quv tayanch o'quv rejaga muvofiq o'quv fanlarining sinflar va mavzular bo'yicha hajmi, mazmuni, o'rganish ketma-ketligi va shakllantiriladigan kompetensiyalari belgilangan hujjat hisoblanadi.

Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida (1-9-sinf) ona tili fanini o'qitishning asosiy maqsadi o'z fikrini og'zaki va yozma tarzda to'g'ri va ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o'zgalar fikrini anglaydigan, muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishdan iborat.

Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida ona tili fanini o'qitishning asosiy vazifasi:

1) o'quvchi shaxsini fikrlashga, o'zgalar fikrini anglashga, o'z fikrini og'zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so'zlash, o'qish, yozish, ya'ni A1- o'quvchi berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna olishi; matnni tushunib o'qiy olishi; og'zaki nutqda so'z va gaplar talaffuziga rioya qila olishi; 65-70 so'zdan iborat diktantni yoza olishi; xabar, tasvir asosida 5-6 gapdan iborat matn yarata olishi, xatboshi va husnixatga amal qilishi; imlo va tinish belgilarini ishlatish qoidalariga amal qila olishi; do'sti, ota-onasi, ustoziga tabriknoma yoki xatyoza olishi. A1+ sodda matnning asosiy mazmunini tushunishi va tushuntira olishi; matn mazmunini tushunib ifodali o'qiy olishi; 70-75 so'zdan iborat diktantni yoza olishi; 7-8 gapdan iborat xabar yoki rasm asosida matn tuza olishi) ni rivojlantirish;

2) o'quvchilarda grammatikaga oid o'zlashtiriladigan bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so'zning tarkibi, so'z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni) rivojlantirish;

3) ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda to'g'ri va ravon bayon eta olishni rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiya (fonetika, grafika, orfoepiya, orfografiya, leksika, grammatika va uslubiyatga oid, ya'ni A1 - ona tilidagi nutq tovushlarini

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS" April 26, 2024

farqlay olishi, bo'g'in ko'chirish qoidalariga amal qila olishi; mavzuga oid yangi so'zlarni og'zaki va yozma nutqda qo'llay olishi; yozma nutqda tinish belgilarini to'g'ri qo'llay olishii. Al+so'zlarning tovush tarkibini orfoepik jihatdan to'g'ri shakllantira olishii; gapning ifoda maqsadiga ko'ra turlarini farqlay olishi va yozma nutqda o'rinli qo'llay olishi)larni shakllantirishdan iborat.

Boshlang'ich ta'limning ona tili fani o'quv dasturi o'quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo'naltirilgan davlat ta'lim standarti talablaridan kelib chiqib tuzilgan. Ushbu o'quv dasturida 1-4-sinf o'quvchilarida tayanch hamda fanga oid (nutqiy va lingvistik) kompetensiyalarning elementlarini shakllantirish ko'zda tutilgan.

Boshlang'ich ta'limda ona tili o'qitish - o'quvchilarning savodxonligini ta'minlash, ularni og'zaki va yozma nutqida adabiy nutq me'yorlariga rioya qilishga o'rgatishdan iborat. Mazkur ona tili o'quv dasturi quyidagi bo'limlarni o'z ichiga oladi:

1. Savod o'rgatish va nutq o'stirish.

2. Fonetika, grammatika, imlo va nutq o'stirish.

Savodga o'rgatish davri 2-sentabrdan to dekabr oyining oxirigacha bo'lgan muddatni, ya'ni ikki o'quv choragini qamrab oladi. Savodga o'rgatish jarayoni tayyorgarlik va alifbe davridan tashkil topadi. Tayyorgarlik va alifbe davrida ta'lim savodga o'rgatishning tahlil-tarkib (analitik-sintetik) tovush usulida amalga oshiriladi. Savodga o'rgatishning tahlil-tarkib usuliga ko'ra matndan gap, gapdan so'z, so'zdan bo'g'in va tovush, yoki aksincha, tovush > bo'g'in > so'z > gap >matn uzviy aloqada butundan bo'lakka, bo'lakdan butunga qarab tahlil-tarkib qilinadi. Bu esa o'quvchilar tafakkur faoliyatini onglilik, tushunarlilik, mantiqiylik, didaktik mezonlar asosida rivojlantirish imkoniyatini vujudga keltiradi.

Boshlang'ich ta'limning ilk savodga o'rgatish davridanoq, o'quvchilar nutqini yangi so'zlar hisobiga boyitishga alohida e'tibor qaratiladi.

"Alifbe" darsligida berilgan: yangi so'zlar, matn, kichik hikoya va she'rlardan foydalanib, o'quvchilarni so'z ma'nosi bilan atroflicha tanishtirishda, she'riy va nasriy matnlarni yodlatish, qayta hikoyalashga e'tibor beriladi. Sinfdan tashqari o'qish darslari o'quvchilarni bolalar adabiyoti namunalari bilan tanishtirib borishga, ularni mustaqil o'qishga, o'qituvchi va ota-onalar yordamida badiiy o'qishga qiziqtirish, nutqini boyitish va rivojlantirishga yordam beradi.

Ona tili erkin fikrlay olish, o'zgalar fikrini anglash, o'z fikrlarini og'zaki va yozma ravishda bayon qila olish, kishilar bilan erkin muloqotda bo'la olish ko'nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ona tili dasturining tuzilishi va mazmuni.

Ona tili (1-4-sinf) dasturining mazmuni quyidagilarni o'z ichiga oladi:

I. Nutq va gap.

II. Ona tilining fonetik tizimi:

1) nutq tovushlari va harflar, unli tovushlar va harflar, undosh tovushlar va harflar, jarangli va jarangsiz undoshlar, alifbo, bosh va kichik harflar, tutuq belgisi (fonetik tahlil);

2) bo'g'in va bo'g'in tuzilishi, so'zlarni bo'g'inlab ko'chirish. So'z va so'z ma'nolari (lug'aviy tahlil: bir ma'noli so'zlar, qarama-qarshi ma'noli so'zlar, ko'p ma'noli so'zlar);

III. So'z tarkihi: asos va qo'shimcha (turlovchi, tuslovchi va yasovchi), asoslarda tovush o'zgarishi, asos va qo'shimchalar imlosi;

IV. So'z ma'nosi: so'zlarning ma'nosiga ko'ra guruhlash: shaxs-narsalar nomini bildiruvchi so'zlar, shaxs-narsalarning harakatini, belgisini, sanog'ini va tartibini bildiruvchi so'zlar, shaxs-narsaga ishorani ifodalovchi so'zlar (shaxsga nisbatan kishilik olmoshi).

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS" April 26, 2024

V. Gap, gapning fikr bildirishi:

1) gapning maqsadga ko'ra turlari (darak, so'roq, buyruq va his-hayajonni bildiruvchi

gaplar);

2) gapda tinish belgilarining ishlatilishi (nuqta, so'roq, undov va h.k.), yozma nutqda ishlatiladigan muhim (ayrim) belgilar: vergul, qavs, ikki nuqta, ko'p nuqta;

3) gapning gap bo'laklariga ko'ra tuzilishi: gapning asosiy mazmunini bildiruvchi bo'laklar (ega va kesim), gapning asosiy mazmunini to'ldiruvchi bo'laklar (ikkinchi darajali bo'laklar - ularning turi va nomlaridan mustasno);

4) gapda so'zlarning o'zaro bog'lanishi, so'z birikmasi, gapning uyushiq bo'laklari, ularning o'zaro bog'lanishi (ohang, bog'lovchi so'zlar yordamida);

5) Undalma uning shaxsga qarab bilishi, undalmali gaplarda tinish belgisining ifodalanishi.

VI. Gap va matn, matnning tuzilishi: mavzu, voqea tafsiloti, asosiy fikr bayoni, xulosa chiqarish, reja tuzish, sarlavha, xat boshi, dialog, monolog nutq, bayon, kichik hikoya;

VII. Husnixatga o'rgatish.

Husnixatga o'rgatishning vazifasi harf, so'z, gap va matnni to'g'ri va chiroyli yozishni takomillashtirishdir. Yozuvni o'rganish jarayonida o'quvchi tovushning shakli bo'lgan harfni, so'z va gapni kitobdan va doskadan to'g'ri, husnixat qoidalariga rioya qilib ko'chirib yozish, yozganlarini tekshira olish va yo'l qo'ygan grafik kamchilik hamda xatolarini o'qituvchi rahbarligida o'zi tuzata olishi kerak. Bu davrda eshitib yozish ko'nikmalari ham rivojlantirib boriladi. 1-sinfda o'quv yilining 2-yarmidan boshlab husnixat malakalari takomillashtirib boriladi. Shuningdek, 2-4-sinflarda esa har bir ona tili darsining 5-8 daqiqasi "Husnixat daqiqasi"ga ajratiladi.

Xullas, Boshlang'ich sinf (1-4- sinflar) o'quv dasturi kompetensiyalarni shakllantirishga yo'naltirilgan o'quv dasturiga boshlang'ich sinf o'quvchilarida tayanch va fanga oid belgilab berilgan (nutqiy va lingvistik) kompetensiyalarning shakllantirilishi moslashtirilgan. Bunda yillik o'quv soatlari A1 bosqichda 608 soat bo'lsa, Al+bosqichida esa 680 soatni tashkil etadi. Jumladan, nutq o'stirish va husnixat darslari uchun har bir sinflar kesimida 68 soatdan ajratilgan.

Oliy ta'lim muasasalarining Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi talabalari "Ona tili fanini o'qitish metodikasi" moduli bo'yicha yetarlicha ta'lim olishini ta'minlash maqsadida o'quv qo'llanmalar ham yetarli va DTS talablari darajasida bo'lishi lozim. Boshlang'ich sinf (1-4-sinflar) ona tili fani o'quv dasturi kompetensiyalarini shakllantirish uchun biz tayyorlayotgan o'qituvchi-pedagoglarimizning o'zida mazkur fanga oid belgilab berilgan (nutqiy va lingvistik) kompetensiyalarning to'liq shakllantirilishi chora-tadbirlarini ko'rib chiqish lozim.

Boshlang'ich sinflarda ona tili fanini o'qitishning asosiy maqsadi o'z fikrini og'zaki va yozma tarzda to'g'ri va ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o'zgalar fikrini anglaydigan, muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishdan iborat.

Ona tili fanini o'qitishning asosiy vazifalari:

- o'quvchilarning savodxonligini ta'minlash, ularni og'zaki va yozma nutqida adabiy nutq meyorlariga rioya qilishga o'rgatish;

- o'quvchilar ona tili darsida olgan nazariy bilimlarini amaliy topshiriq va mashqlar ustida ishlashga tadbiq qila olishga o'rgatish:

- o'quvchilarda nutqiy kompetensiya elementlarini shakllantirish va ularni mustahkamlash;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

- o'quvchilarda lingvistik kompetensiya elementlarini shakllantirish va ularni mustahkamlash;

- o'quvchilarda ona tili o'qitishda zamonaviy o'qitish texnalogiyalaridan, texnik vositalaridan va ko'rgazmali didaktik materiallardan foydalanish ko'nikma va malakalarini shakllantirish;

- o'quvchilarni mustaqil ravishda nazariy va amaliy bilimlarni egallashga o'rgatishdan

iborat.

Ona tili o'qitish metodikasi hozirgi o'zbek adabiy tilining ma'lum qismini nazariy egallashni nazarda tutadi, shuning uchun ham tilning fonetika va fonologiya, leksikologiya va frazeologiya, so'z yasalishi va etimologiya, grammatika — morfologiya va sintaksis, stilistika, shuningdek, orfoepiya, grafika, orfografiya kabi bo'limlari ona tili metodikasining muhim asosi sifatida alohida ahamiyatga ega.

Boshlang'ich sinf o'quvchilariga ona tilini o'rgatishning lingvistik asoslari maktablarda o'quv fani sifatida tilni o'rganish tizimi tilning barcha tomonlarini, ya'ni fonetikasi, leksikasi, so'z yasalishi va grammatikasi (morfologiya va sintaksis)ning o'zaro ichki bog'lanishlariga asoslanadi. Tilning barcha tomonlari o'zaro bog'lanishining ko'p qirraliligi va murakkabligi, ularning dialektik birligi, avvalo, uning aloqa vositasidagi vazifasida namoyon bo'ladi. Aloqa vositaligi tilning muhim xususiyati, asosidir. Bu vazifani tilning har bir qismi boshqa qismlar bilan o'zaro bog'lanishda bajaradi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarini nutqini o'stirishda xikoyalar katta ahamiyat kasb etadi. Ijodiy qayta hikoyalashda o'qilayotgan hikoya yoki hikoyani yangi epizodlar bilan to'ldirish orqali hikoya kontekstni yoki shaklini o'zgartirish orqali aytiladi. Sahnalashtirishda o'quvchilar o'qilgan hikoyani sahnalashtirilgan hikoyaga aylantiradilar. Bu, ular hikoyaning ssenariysi, kostyumi, imo-ishoralari haqida o'ylashadi ishtirokchilar, monologni dialogik nutqqa aylantiradi (bu eng ko'p til o'rgatish nuqtai nazaridan muhim ish).

O'qilishi kerak bo'lgan hikoyaga rasm chizishda o'quvchi o'qilgan rasmdan rasm tanlaydi o'qilgan yoki chizilgan asar mazmuniga ko'ra rassomlar tomonidan chizilgan rasmlar o'zini tasvirlaydi. Agar o'quvchi rasmni yaxshi chiza olmasa, u og'zaki o'zi chizmoqchi bo'lgan rasmni tasvirlaydi, ya'ni so'zlar bilan rasm chizadi.

O'qilgan hikoyani davom ettirish usuli maktab amaliyotida keng qo'llaniladi. Bu usul hikoya mazmuni davom ettirish imkonini beradigan asarlarda qo'llaniladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xalqaro baxshichilik san'ati festivali ochilishiga bag'ishlangan marosimdagi nutqi// Xalq so'zi gazetasi, 2019-yil, 7-aprel. 68-son (72-98).

2. Abdullayeva A. O'zbek tilida ekspressivlikning ifodalanishi. -T.: Fan, 1983.

3. Abdurahmonov G'. Badiiy asar tilini o'rganish haqida // O'zbek tilini o'qitish metodikasi masalalari. -T.: Fan, 1966.

4. Abdurahmonov X., Mahmudov N. So'z estetikasi. -T.: Fan, 1981.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

5. Ayupova M.Yu., Muminova L.R. Logopediya. T., 1993

6. Doniyorov X., Mirzayev S. So'z estetikasi. -T.: O'zadabiynashr, 1962.

7. Ona tili va o'qish savodxonligi 1-qism [Matn]: darslik 1-sinf uchun / I. Azimova [va boshq.]. - Toshkent: Respublika ta'lim markazi, 2021. - 104 b.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

8. Ona tili va o'qish savodxonligi 1-qism [Matn]: darslik 3-sinf uchun / K.Mavlonova [va boshq.]. - Toshkent: Respublika ta'lim markazi, 2022. - 144 b.

9. Ona tili va o'qish savodxonligi 2-qism [Matn]: 1-sinf uchun darslik / I. Azimova [va boshq.]. - Toshkent: Respublika ta'lim markazi, 2021. - 104 b

10. Ona tili va o'qish savodxonligi 2-qism [Matn]: 3-sinf uchun darslik / K.Mavlonova [va boshq.]. - Toshkent: Respublika ta'lim markazi, 2021. - 144 b

11. Ona tili va o'qish savodxonligi 2-qism [Matn]: darslik 2-sinf uchun / K.Mavlonova [va boshq.]. - Toshkent: Respublika ta'lim markazi, 2021. - 120 b

12. Ona tili va o'qish savodxonligi. 1-qism [Matn]: darslik 2-sinf uchun /K.Mavlonova [va boshq.]. - Toshkent: Respublika ta'lim markazi, 2021. - 120 b

13. Qizi, O. N. K., & Qizi, M. A. M. (2021). The interest of junior school age students and their impact on speech performance. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(10), 1861-1864.

14. Qizi, O. N. Q. (2021). Ways To Work with Difficult Sounds in The Pronunciation of Younger Students. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 1(1), 91-93.

15. Qizi, Olimova Nilufar Qosimjon. "Ways To Work with Difficult Sounds in The Pronunciation of Younger Students." Journal of Pedagogical Inventions and Practices 1.1 (2021): 91-93.

16. Zanjabila, Abdurahmonova. "FEATURES OF MOTIVATION TO LEARNING ACTIVITY IN JUNIOR SCHOOL CHILDREN." Gospodarka i Innowacje. 22 (2022): 20-24.

17. Nilufar, O. (2022). XALQ OG'ZAKI IJODI VOSITASIDA BOSHLANG'ICH SINF O 'QUVCHILARINING TALAFFUZI VA NUTQINI O'STIRISH TEXNOLOGIYASI. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(11), 416-423

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.