JffiTALQINVA *<il]
\-/TADQIQOTLAR No3 2022
ilmiy-uslubiy jumaU
ROSTTT AlVr^'TrTT TA'T TTVmA nAP TTSTITlA TSTTT ASTT VA7TFAT ART VA
M*
BOSHLANG'ICH TA'LIMDA GAP USTIDA ISHLASH VAZIFALARI VA
BOSQICHLARI
utp
Jumaniyozova Muhabbat Xusinovna
UrDU Boshlang'ich ta'lim metodikasi dotsenti, f.f.n. Urazbayeva Saboxat UrDU Ta'lim va tarbiyaviy ishlar nazariyasi va metodikasi (boshlang'ich ta'lim)
¡Wb
mutaxassisligi 1-kurs magistri https://doi.org/10.5281/zenodo.7240271
i >)>|
Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlang'ich ta'limning ona tili darslarida gap ustida ishlashning vazifalari hamda asosiy bosqichlari haqida fikr yuritilib, o'quvchilarda gapni to'g'ri tuza olish, ulardan nutq jarayonida to'g'ri foydalana olish ko'nikmalarini shakllantirish masalasi haqida fikrlar bayon etiladi.
X^nlii- rilnv* T3 /~v ri r» 1 nnrv'mn +o '1 itv\ Ann -f-ili rl n rn 1 o n rrnn rrnn < rl n 1 o n I nnn Krvon
Kalit so'zlar: Boshlang'ich ta'lim, ona tili darslari, gap, gap ustida ishlash, bosh
bo'laklar, ikkinchi darajali bo'laklar, to'gri nutq.
*
*
4 1> Boshlang'ich ta'lim jarayoni bolaning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyati,
iw -
aqliy rivojlanishi, dunyoqarashi, kommunikativ savodxonligi va o'z-o'zini anglash salohiyatini shakllantirishga, jismonan sog'lom bo'lishga, moddiy borliq go'zalliklarini his eta olishga, go'zallik va nafosatdan zavqlana olish, milliy urf-odatlarni o'zida singdirish va ardoqlash, ularga rioya qilishga o'rgatadi.
O'zbekiston Respublikasidagi boshlang'ich ta'lim tayanch o'quv rejasi doirasiga ona tili, matematika, tabiat hamda inson va jamiyat ta'limi sohalari kiritilgan. Ona tili ta'limi bolalarning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirishga, erkin fikrlay olishi, o'zgalar fikrini anglashi, o'z fikrlarini og'zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olishi, jamiyat a'zolari bilan erkin muloqotda bo'la olish ko'nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. [1]
Boshlang'ich sinflar ona tili kursini o'rganishning yetakchi insoniy tamoyili tilning barcha tomonlarini (leksikasi, fonetikasi, grammatikasi, so'z yasalishi) o'zaro bog'liq holda o'rganish hisoblanadi. Mazkur tamoyil tilni yaxlit hodisa sifatida
J-jt
o'rganinshni ta'minlaydi va til kishilarning aloqa vositasi ekanini o'quvchilar tushunishlari uchun imkoniyat yaratadi. Bu tamoyil bo 'limlar orasidagi mumkin bo'lgan bog'lanishni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Boshlang'ich sinflarda sintaksis yuzasidan beriladigan bilimlar amaliy o'rganiladigan va nazariy o'rganiladigan bilimlarga bo'linadi. Sintaksisga oid bilimlarni amaliy o'rganish savod o'rgatish davridayoq boshlanadi va 4-sinfda ham davom ettiriladi. Boshlang'ich sinfda "Gap", "Darak gap", "So'roq gap", "Buyruq gap", "His-hayajon gap", "Gap bo'laklari", "Bosh bo'laklar", "Ikkinchi darajali
31><}>
U>,* ^ «KQs
JffiTALQINVA
\-#TAD0IQOTLAR No, 2022
№3 2022
ttmty-usJubtv jurttali l"-,J
miiif-iwuuif juman
1 ]JML J s
bo'laklar", "Gapda so'zlarning bog'lanishi" mavzulari nazariy o'rganiladi. Bu
mavzular yuzasidan turli mashqlar bajariladi.
Boshlang'ich sinflarda ona tili darslarining muhim vazifalaridan biri fikrni ifodalashda gapdan ongli foydalanish ko'nikmasini shakllantirish hisoblanadi.[2.B.318]
Morfologiya va leksika, fonetika va orfografiya sintaksis asosida o'zlashtirilgani uchun tilni o'rganishda gap ustida ishlash markaziy o'rin egallaydi. Gap nutqning asosiy birligi bo'lib, boshlang'ich sinf o'quvchilari ot, sifat, son, olmosh, fe'l va
J o o 1 >
ularning muhim kategoriyalarining tilimizdagi rolini gap asosida bilib oladilar. O'quvchilar ona tili leksikasini ham gap negizida egallaydilar. So'zning lug'aviy ma'nosi va uning qo'llanish xususiyatlari so'z birikmasi yoki gapda ma'lum bo'ladi. So'z gapda bir ma'noli bo'ladi (gapdan tashqari bir necha ma'no ifodalash mumkin).
Boshlang'ich sinflarda gap ustida ishlashni shartli ravishda besh yo'nalishga bo'lish mumkin:
1. Gap haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish (til birligi bo'lgan
gapning muhim belgilarini o'rgatish).
2. Gap qurilishini o'rgatish (so'z birikmasida so'zlarning bog'lanishi ustida ishlash, gapning grammatik asosini, bosh va ikkinchi darajali bo'laklarning
iw -
xususiyatlari, yoyiq va yig'iq gaplar ustida ishlash).
3. O'quvchilarning nutqida gapning maqsadga va ohangga ko'ra turlaridan foydalanish ko'nikmasini shakllantirish.
4. Gapda so'zlarni aniq qo'llash ko'nikmasini o'stirish.
5. Yozma nutqda gapni to'g'ri tuzib yozish (uni bosh harf bilan boshlash, tinish belgilarini qo'yish) ko'nikmasini shakllantirish.
Ishning bu besh yo'nalishi bir-biriga o'zaro ta'sir etadi va gapning ayrim tomonlarini o'rganish maqsadidagina ularning har biri mustaqil muhokama qilinadi. Gapni o'rganish va nutqda undan foydalanish ko'nikmasini shakllantirish
o'quvchilarning aniq bilimlarini doimiy kengaytirib, boyitib borishga asoslanadi.
m
O'quvchi qanday yangilikni bilsa, unda bu yangilik haqida xabar berish ehtiyoji tug'iladi. U o'z fikrini ifodalash uchun qulayroq shakl qidiradi. Demak, aloqa qilish talabidan gapni mukammalroq egallash zaruriyati kelib chiqadi. J-jt
«m—"--
"Gap" mavzusi barcha sinflarda o'rganiladi. Gapning belgilari haqidagi bilimlar
chuqurlashtirib boriladi. O'quvchilar fikr ifodalovchi nutq birligi - gap haqidagi elementar tasavvurdan gapning bosh va ikkinchi darajali bo'laklari, gapda so'zlarning
<r 1 > \ "l >
bog'lanishini o'rganishga o'tadilar.
Gap ustida ishlashning boshlang'ich bosqichi savod o'rgatish davriga to'g'ri keladi. Bu davrda o'quvchilar gapning muhim xususiyatlari (fikr ifodalashi, tugallangan ohang bilan aytilishi) bilan tanishadilar. Gapning bu xususiyatlarini bilmasdan turib, so'zlardan gap tuzib bo'lmaydi. Agar o'quvchilar gapning bosh * : j*
JffiTALQINVA 1
WTADPKOTLAR
bo'laklarini ajrata olmasalar, gap nutqning yaxlit birligi ekanini bilmaydilar. Ega va
kesim gapning qurilishi va mazmunining asosini tashkil etadi. Shuning uchun ham savod o'rgatish davrida gapning bosh bo'laklari ustida kuzatish o'tkazgan ma'qul.
------------- — ~ _
Gapning bosh bo'laklarini kuzatish bilan o'quvchilar o'z fikrlarini aniq
m.)
ifodalashga o'rganadilar, ularda nutqdan gapni ajratish ko'nikmasi shakllanadi. Gapni o'rganish me'yoriga qarab uning tarkibiy qismlari, xususan, so'z birikmasi haqidagi tasavvur aniqlanadi.
>
!
Boshlang'ich sinflarda o'rganiladigan sintaktik material kam bo'lsa ham, butun o'quv yili davomida, boshqa mavzularga singdirilgan holda gap ustida ishlab boriladi.
Milliy o'quv dasturiga ko'ra, 1-sinfda "Ona tili va o'qish savodxonligi"da o'quvchilarga gap haqida elementar tushunchalar beriladi. Gap tugallangan fikr bildirishi, gap so'zlardan tashkil topishi, uning oxiriga ma'lum tinish belgilari qo'yilishi haqida amaliy ma'lumotlar beriladi.
О A'nif-U or.xr^^l^^bVri" Ar, А^.п.МлЛпг 1лг,™ Л r, nmnl,',,
2-sinf "Ona tili va o'qish savodxonligi" da esa o'quvchilar gap haqida amaliy
tushunchalar oladilar. Ular gapdan shu gap kim yoki nima haqida aytilganini va u haqda nima deyilganini bildirgan so'zni ajratishga o'rganadilar. Aslida gapning grammatik asosi ustida ishlash mana shundan boshlanadi va bu bosh bo'laklarni
m?
o'rganishga muqaddima bo'ladi.
3-sinf gap ustida ishlashda yangi bosqichdir. O'quvchilar gapni amaliy o'rganishdan tushuncha sifatida o'rganishga o'tadilar. Ular gapning muhim belgilarni bilib oladilar. Bu bosqichda bosh va ikkinchi darajali bo'laklarning ta'rifi, ega va
Vpcmi atdirralan Vin+i1aHi R11 cinfHci rrar\Ha cn'ïlornirm V\r»rr'1 amcVii rra Va++a £»'+iV\r»r
kesim atamalari kiritiladi. Bu sinfda gapda so'zlarning bog'lanishiga katta e'tibor beriladi. O'quvchilar gapning asosi (ega va kesim) ni ajratadilar, ikkinchi darajali
---_--~ 1 ' —--0"Г О-------' ~ ~—~---------/ J--------? ------------—J —
Krv'l о1л1 TOfnln\rnilai* тго ггтлг1пт 1 I/\гл / пг\1/1 m т го IrvKû ол'т mi пг» ' »vi о m 1 n /"г
bo'laklarni farqlaydilar va gapdagi ikki so'z (hokim va tobe so'z)ni, so'zlarning grammatik jihatdan, ya'ni qo'shimchalar orqali bog'lanishni bilib oladilar.Shuningdek, gapning maqsadga ko'ra turlari, darakgap, so'roq gap, buyruq gap hamda his-hayajon gaplarning o'ziga xos jihatlari bilan tanishadilar. [3. B.28-53]
'M
^^^ v I I ^
4-sinfda "Nutq. Matn" mavzusini o'rganish bilan gap haqidagi bilim kengaytiriladi. Xususan, o'quvchilar matn nutqning yozma shakli ekanligi, uni qismlarga bo'lish, unga sarlavha qo'yish, reja tuzish mumkiinlgi haqidagi J-jt
-----Uï VA TD 1/I01
tushunchlarga ega bo'ladilar. [4. B. 142]
ш
Shunday qilib, o'quvchilarda gap bo'laklari haqidagi tasavvurni o'stirish gapni o'zlashtirishda yetakchi hisoblanadi. Birinchidan, boshlang'ich sinf o'quvchilari gap
I ]
bo'laklarini ikkita katta guruhga (bosh va ikkinchi darajali bo'laklarga) bo'linishini
iw-
! И*
o'zlashtiradilar. Bu sinflarda ikkinchi darajali bo'laklar turlarga ajratilmaydi. Gapni o'zlashtirish uchun bosh va ikkinchi darajali bo'laklarning mohiyati ochiladi: bosh
bo'laklar gapning grammatik asosini tashkil qiladi, fikr, asosan, gapning grammatik
lV-4 N J ^
i >■;> Ъ-4 >
* i >
• J^W
Ш*
Ы > >>
>j>
Ы j> 1
I >Hj
л>>-
TALQIN VA TADQIQOTLAR
ilmiy-uslubry jurnali
№3 2022
jW^ У
q ж**
>#
asosi orqali ifodalanadi; ikkinchi darajali bo'laklar esa bosh bo'laklarni aniqlovchilik va to'ldiruvchilik vazifasini bajaradi.
Ko'rinadiki, boshlang'ich sinflarda sintaksisni o'rgatishdan asosiy maqsad bolalarning yosh xususiyatini hisobga olgan holda og'zaki va yozma nutqini, tafakkurini o'stirish hisoblanadi. O'quvchilarda gapni to'g'ri tuza olish, ulardan nutq jarayonida to'g'ri foydalana olish ko'nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
ш>
>
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Umumiy o'rta ta'limning Davlat Ta'lim Standarti va o'quv dasturi (Boshlangich ta'lim).- Toshkent, 2017.
№
! J>i>
>j*
ЩУ ♦g*
Ы )>
я*
Ы>
! >5>
Ы )>
• >4>
+И >
Щ
Ш>
! >1 l3>-
2. Qosimova K., Matchonov S., G'ulomova X., Yo'ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o'qitish metodikasi. - Toshkent, "Nosir", 2009.
3. Fuzailov S., Xudayberganova M., Yo'ldosheva Sh. Ona tili. 3-sinf uchun darslik. - Toshkent: "O'qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2019.
4. Ikromova R., G'ulomova X. va b. Ona tili. 4-sinf uchun darslik. -Toshkent: "O'qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2020.
m>
Ы p
] Я> Ы >
+H >
л w> -
Ы*
-^¡fV-TiT }»--^SfV-^ï f.—
42
>
Ы:> и*-
q
Ы >
>
^й >
Ыз* *
q >3*
q ж*:
-1J3*
|:Н>
q > >
Ы >
q
q <;>