Safarova G.Sh.
Buxoro tuman 28 maktab o 'qituvchisi
BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARDA ONA TILI FANIGA OID KOMPITENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH
Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarida ona tilaga oid kompetensiyalarni shakllantirish, o'quvchilarning sinflar kesimida o 'zlashtirishi lozim bo 'lgan me'yorlar haqida fikr-mulohazalar berilgan.
Kalit so'zlar: ona tili, nutq, kompetensiya, kompetentlik, savod, savodxonlik, ilm-fan,dunyoqarash, bilim, ko 'nikma, malaka.
Safarova G.Sh.
FORMATION OF COMPETENCES ON MOTHER TONGUE IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS
Abstract: This article provides feedback on the formation of mother tongue competencies in primary school students and the norms that students should master in the classroom.
Keywords: mother tongue, speech, competence, competence, literacy, literacy, science, worldview, knowledge, skills, qualifications.
O'zbek xalqi juda qadim zamonlardayoq ilm-fanga katta e'tibor bilan qaragan va uni rivojlanishga harakat qilgan. Ibn Sino, Beruniy, Al-Xorazmiy, Amir Temur, Ulugbek va boshqa ko'plab allomalar ilm—fanni dunyoga tanitganlar. Ilm-ma'rifatga beqiyos hurmat bilan qaragan xalqimiz qanday qiyinchilik va to'siqlar bo'lmasin o'z farzanddarini savodli bo'lnshini orzu qilganlar. Farzandlarini yoshligidanoq maktabga o'qishga berganlar. Maktabdor domlalar o'z usullari va tajribalariga asoslanib bolalarga sabokq berganlar. Demak, O'zbekistonda o'qitishning o'ziga xos usullari mavjud bo'lgan va ular rivojlanib borgan. Bu jarayon silliq kechgani yo'q. Ba'zi xato va kamchiliklarga ham yo'l qo'yilgan.
Ona tilini o'rganish jarayonida o'quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish masalasini hal qilishda maktabda ona tilini o'rgatishga asos bo'ladigan material alohida qimmatga ega. Materialning haqiqiy tomoni, uning g'oyaviy yo'nalishi va badiiy ifodaliligi o'quvchilarning fikrlash faoliyatiga, his-tuyg'ulariga ta'sir etadi, atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytiradi, tilga va uni yaratgan xalqqa qiziqishini tarbiyalaydi, o'quvchilarning umumiy taraqqiyoti darajasini o'stiradi va ularning shaxsiy sifatlarining, dunyoqarashlarining shakllanishiga ta'sir ko'rsatadi. Keyingi yillarda maktab ona tili darsliklari va o'qituvchilar uchun nashr qilingan qo'llanmalar materiali mazmuniga qo'yilgan talablar anchagina ortdi.
мЭкономнка h соцнумм №5(96)-1 2022
www.iupr.ru
1029
Materialning asosiy mezoni matn va alohida gaplarning bilimni boyituvchi qimmati, leksik-uslubiy aniqligi, mavzu jihatdan xilma-xilligi, hayotning turli tomonlari bilan bog'lanishi, matnlarning g'oyaviy-mavzuviy yo'naltirilganligi, kichik yoshdagi o'quvchilarga mosligidir.
Shunday talablarni amalga oshirish, boshlang'ich sinf o'quvchilarda nutq faoliyatining asosiy turlarini o'stirish bilan bir qatorda, quyidagi muhim masalalarni hal etishni ko'zda tutadi. Birinchidan, boshlang'ich sinflarda ona tilidan beriladigan bilimlar mazmunini o'zbek tilining tovush tuzilishi va yozma nutqda tovushlarni ifodalash usullari haqidagi, so'zlarning o'zgarishi va gapda so'zlarning bog'lanishi haqidagi, so'zlarning morfemik tarkibi va so'z yasalishi, so'zlarning leksik - semantik guruhi haqidagi, o'zbek tilining to'g'ri yozuv qoidalari va tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi bilimlar tashkil etadi. Berilgan bu bilimlar o'quvchilar nutqini o'stirishga xizmat qiladi. Ona tili o'qitishning mazmuni va metodlari o'quvchilarga dastur talab qilgan hajmda puxta bilim berish, ko'nikma va malakalar hosil qilishga ko'maklashishi lozim. Ona tili fanini o'qitishning asosiy vazifasi, o'quvchi shaxsini fikrlashga, o'zgalar fikrini anglashga, o'z fikrini og'zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish, o'quvchilarda grammatikaga oid bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so'zning tarkibi, so'z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni) shakllantirish va rivojlantirish hamda ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda o'qigan, ko'rgan, eshitganlarini nutqiy to'g'ri va ravon bayon eta olish ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat. Ona tili fanining o'quv dasturi o'quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo'naltirilgan Davlat ta'lim standarti talablaridan kelib chiqib tuzilgan. O'quv dasturida o'quvchilarda fanga doir nutqiy va lingvistik kompetensiyalarni hamda tayanch kompetensiyalarning elementlarini shakllantirish ko'zda tutilgan. Boshlang'ich ta'limda - o'quvchilarning savodxonligini ta'minlash, og'zaki va yozma nutqida adabiy nutq me'yorlariga rioya qilishni shakllantirishdan iborat.
Shuningdek, 1-4-sinflarda Ona tili fani chuqur o'rganiladigan ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini takomillashtirish, ta'lim sifati va samaradorligini oshirish, o'quvchilardagi qobiliyat va iste'dodni yanada kamol toptirish uchun ixtisoslikka yo'naltirilgan o'quv dasturi kompetensiyalarni shakllantirishga yo'naltirilgan o'quv dasturiga moslashtirildi. Bunda yillik o'quv soatlari A1 bosqichda 608 soat bo'lsa, A1+ bosqichda esa 680 soatni tashkil etadi. O'rta umumiy ta'lim mazmunida uzviylikni ta'minlash maqsadida 2017-yilda tasdiqlangan o'quv dasturida 3-sinf ona tili fani mazmunida "Asos", "Asosdosh so'zlar" mavzulari "Asos", "Asosdosh so'zlar" mavzulariga o'zgartirildi.
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so'zlash, o'qish, yozish): mavzu doirasida o'qituvchi nutqini va sodda audio (multimedia ilovalari) matnlarni va topshiriqlarini tinglab tushuna oladi, ko'rgan rasmlari va o'qib eshittirilgan matn
'^KOHOMHKa h соцнумм №5(96)-1 2022
www.iupr.ru
1030
yuzasidan o'qituvchi yordamida suhbatga kirisha oladi, nutq jarayonida o'zlashtirgan yangi so'zlarni og'zaki nutqda qo'llay oladi. Nutq va matnning gaplardan tuzilishi, matnni mazmunan bog'langan gaplardan tuzilishini aytib bera oladi; kishilarning his-hayajonini bildirgan gaplarni, gaplarni mazmuniga ko'ra farqlaydi, oxiridagi nuqta, so'roq va undov belgilariga qarab o'qiy oladi, ajrata oladi, gap ohangiga rioya qilgan holda ravon va ifodali o'qiy oladi; gapni bosh harf bilan boshlab yoza oladi, rasmlarga qarab gap tuzadi va yoza oladi, harflarni yozuvda imlo va husnixat qoidalariga amal qilgan holda harflarni bir-biriga ulab, ko'chirib, namunaga qarab yoza oladi. Bir mavzu doirasidagi savollarga javob yoza oladi, 15-20 so'zli diktant yoza oladi. Lingvistik kompetensiya: o'zbek tilida nutq tovushlarini to'g'ri talaffuz qila oladi, so'zlarni talaffuz me'yorlariga rioya qilagan holda bo'g'inlab ko'chirish qoidasiga rioya qila oladi, mavzuga oid so'zlarni og'zaki va yozma nutqda qo'llay oladi, tinish belgilarini to'g'ri qo'llay oladi. O'quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari:
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so'zlash, o'qish, yozish): o'qituvchi nutqini, video va audio (multimedia ilovalari) matnlarni va topshiriqlarini tinglab tushuna oladi; rasmlar asosida va o'qib eshittirilgan matn yuzasidan suhbatga kirisha oladi; nutq jarayonida o'zlashtirgan yangi so'zlarni og'zaki nutqda qo'llay oladi; mashq matnidagi so'zlarni qo'shib, gap ohangiga rioya qilib ravon va ifodali o'qiy oladi; shaxs va narsaning sanog'ini bildirgan so'zlar nechta?, qancha? so'roqlariga, shaxs va narsaning tartibini bildirgan so'zlar nechanchi? so'rog'iga javob bo'ladigan so'zlarni, bir mavzu doirasidagi savollarga javob yoza oladi; 3-4 ta gapdan iborat ijodiy matn yarata oladi; rasmlar asosida qisqa matn tuza oladi, xatboshiga, imlo va husnixat qoidalariga amal qila oladi. Lingvistik kompetensiya: o'zbek tilida nutq tovushlarini to'g'ri qo'llay oladi; talaffuz me'yorlariga rioya qila oladi; bo'g'in ko'chirish qoidasiga rioya qila oladi; mavzuga oid so'zlarni og'zaki va yozma nutqda qo'llay oladi; tinish belgilarini to'g'ri qo'llay oladi; 30-40 so'zli diktant yoza oladi. A1+ Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so'zlash, o'qish, yozish): mashq va topshiriqlardagi axborotni tushuna oladi; mashq va topshiriqlarda berilgan matnni orfoepiya qoidalariga rioya qilib ravon o'qiydi; 4-5 ta gapdan iborat ijodiy matn yarata oladi. Lingvistik kompetensiya: nutqda so'zlarning grammatik shakllaridan to'g'ri foydalana oladi; 35-45 so'zli diktant yoza oladi.
O'quvchilarni o'quvchilarning og'zaki nutqini o'stirish, lug'atini yangi so'zlar bilan boyitish, so'zlardan nutqida to'g'ri va o'rinli foydalanishga o'rgatish maqsad qilib olingan. Har bir o'qituvchi 1-4-sinf ona tili fanidan yaratilgan multimedia ilovali metodik qo'llanmalardan ta'lim sifatini oshirishda o'rinli va maqsadli foydalanishi zarur. Ayniqsa, ona tili darslarida matn ustida ishlashga va ularning xususiyatlari haqidagi mavjud bilimlarini yanada boyitishga alohida e'tibor qaratish lozim. Shuning uchun mazkur metodikalar mazmuni, unda berilgan didaktik materiallar, savol topshiriqlarga ilmiy va tanqidiy yondashuv asosida amaliyotga tatbiq etish talab etiladi.
Xulosa qilib aytganda boshlang'ich sinf o'quvchilarda ona tiliga oid kompetansiyalarni shakllantirish davr talabidir. O'quvchilar ona tili faniga oid savodxonlikni oshirish bilan birgalikda ularda fanga oid bilimlarni rivojlantirish, yurtimiz kelajagi bo'lgan yoshlarni yuksak salohiyatga ega bo'lishiga ko'maklashadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Sh. Mirziyoev Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent -"O'zbekiston" -2016. 488 B.
2. Raxmatullaeva L. I. Metodika prepodavaniya rodnogo yazbika. -T. : Uchebnoe posobie. Moliya Iktisod, 2007.
3. Qosimova Q. "2-sinflarda ona tili darslari", T. "O'qituvchi", 1998 yil
4. Jumaev M. E., Yuldasheva M. Yu., Mingbaeva B. U., Mamatova G. A., Levkina M. F. Boshlang'ich ta'lim fanlarini o'qitish metodikasi O'UM. Nizomiy nomidagi TDPU huzuridagi XTXQTUMOHM., 2017.
5. Ortiqov O. R. O'QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK DEONTALOGIYA VA KOMPENTLIKNING ROLI VA AHAMIYATI //Scientific progress. - 2021. - T. 2. - №. 5. - S. 42-47.
6. Murodova M. M. BO'LAJAK BOSHLANG'ISH SINF O'QITUVCHILARI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK DEONTALOGIYA VA KOMPETENTLIK //Scientific progress. - 2022. - T. 3. - №. 1. - S. 90-97.