Научная статья на тему '2-SINF “ONA TILI VA OʻQISH SAVODXONLIGI” DARSLARIDA OʻQUVCHILARNING LINGVISTIK KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH'

2-SINF “ONA TILI VA OʻQISH SAVODXONLIGI” DARSLARIDA OʻQUVCHILARNING LINGVISTIK KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
3442
167
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Milliy oʻquv dasturi / nutqni tinglab tushunish / lingvistik kompetensiya / imlo.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Yoqubova Bonuoy Alisher Qizi, Yoqubova Hilola Asrorjon Qizi, D.B.Axmedova

Ushbu maqolada 2-sinf oʻquvchilarining “Ona tili va oʻqish savodxonligi” darslarida nutq tovushlarini toʻg‘ri talaffuz qilishi, turli voqelarni oʻz nutqida bayon qilishi, boʻg‘in koʻchirish, bosh harflar imlosi, soʻzlarga soʻroq berish va shunga oʻxshash grammatik tushunchalarni amaliydan, nazariy bilimlar sifatida oʻrganishi, shuningdek, nutqiy va lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish boʻyicha mulohazalar yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «2-SINF “ONA TILI VA OʻQISH SAVODXONLIGI” DARSLARIDA OʻQUVCHILARNING LINGVISTIK KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH»

2-SINF "ONA TILI VA O'QISH SAVODXONLIGI" DARSLARIDA O'QUVCHILARNING LINGVISTIK KOMPETENSIYALARINI

SHAKLLANTIRISH

FARMATION OF STUDENTS' LINGUISTIC COMETENCES IN THE 2nd GRADE " MOTHER LANGUAGE AND READING LITERACY" CLASSES

ФОРМИРОВАНИЕ ЯЗИКОВОЙ КОМПЕТЕНЦИИ УЧАЩИХСЯ 2 КЛАССА НА УРОКАХ " РОДНОЙ ЯЗЫК И ЧИТАТЕЛЪСКАЯ

ГРАМОТНОСТЪ"

Yoqubova Bonuoy Alisher qizi Yoqubova Hilola Asrorjon qizi BuxDUPI 2-bosqich magistranti D.B.Axmedova

Ilmiy rahbar: f.f.f.d. (PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.7487343

Annotatsiya: Ushbu maqolada 2-sinf o'quvchilarining "Ona tili va o'qish savodxonligi" darslarida nutq tovushlarini to'g'ri talaffuz qilishi, turli voqelarni o'z nutqida bayon qilishi, bo'g'in ko'chirish, bosh harflar imlosi, so'zlarga so'roq berish va shunga o'xshash grammatik tushunchalarni amaliydan, nazariy bilimlar sifatida o'rganishi, shuningdek, nutqiy va lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish bo'yicha mulohazalar yuritilgan.

Kalit so'zlar: Milliy o'quv dasturi, nutqni tinglab tushunish, lingvistik kompetensiya, imlo.

Abstract: In this article, students of the 2nd grade in the lessons of " Mother language and reading literacy" correctly pronounce speech sounds, describe different events in their speech, move syllables, head speeling of letters, asking questions and similar grammatical concepts from practice. Studies as theoretical knowledge, as well as comments on the formation of speech competences.

Key words: National curriculum, listening comprehension, linguistic competence, speeling.

Аннотация: На в статъе учащиеся 2 класса правилно данном уроке грамотности чтения произносят родной язык и звуки речи, опиывают различные события в своей речи. Транспозиция слогов, написани заглавных букв. Вщпросителные предложения и подобные грамматические понятия из практики. Обучение как теоретические знания а также коментарии по формированию речевых компетенций.

Ключевые слова: Государственная учебная программа, аудирование, лингвистика компетентностъ, правописание.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi (PF - 6108-son 06.11.2020.) farmonida belgilanganidek, 2021- yil 1-martga qadar malakali pedagog, ilmiy xodimlar, psixolog va xorijiy ekspertlarni (shu jumladan, Finlyandiyaning malakali mutaxassislarini) jalb qilgan holda Milliy o'quv dasturi ishlab chiqiladi. Bu jarayonda tayanch umumta'lim muassasalari belgilanadi va 2021-2022 - o'quv yilidagi ta'lim jarayonida bu dastur tajriba-sinov tariqasida joriy qilinadi.

Mazkur dastur hozirda joriy qilinib, uning oldingilaridan farqli jihatlari quyidagilar:

1. Avvalgi o'quv dasturlari mazmuni 90% nazariyadan iborat bo'lib, o'qitish metodikasi yodlatishga yo'naltirilgan. Yangi Milliy o'quv dasturi mazmuni 50% nazariya, 50% amaliyotdan iborat bo'ladi va o'quvchining mustaqil faoliyatini qo'llab-quvvatlashga qaratiladi.

2. O'quv dasturlarida baholash esa faqat eslab qolgan bilimlar hajmini aniqlagan. Yangi dastur asosida o'quvchilarda shakllangan ko'nikmalar baholanadi.

3. Fanlar soni va o'quv yuklamalari optimallashtirilib, o'quvchilar qiziqishiga ko'ra fanlarni tanlab o'qish imkonini beruvchi variativ o'quv dasturlar asosida hayotga va kasbiy faoliyatga tayyorlash imkoni yaratiladi.

4. Milliy o'quv dasturi asosida fanlar chiziqli tartibda emas, spiralsimon tarzda o'qitiladi. Ya'ni mavzular takroriy emas, bir-birini mantiqan davom ettiruvchi hamda soddadan murakkabga tomon yo'naltirilgan tarzda kiritiladi.

O'quvchiga tilni o'qitish orqali shu til bo'yicha egallanadigan nutqiy faoliyatning asosiy to'rt turi: nutqni tinglab tushunish, gapirish, o'qish va yozish amallari bo'yicha har bir sinfda taqozo etiladigan malaka va ko'nikmalar me'yorini rivojlantirish, bunda o'qish hamda mehnat jarayonida, oila va jamoat joylarida yuzaga keladigan turli nutqiy vaziyatlarda mustaqil ravishda fikr almasha olish va fikr bayon eta bilish, eshitilgan materialni idrok etish, shuningdek, yozma manbalarni o'qish orqali axborot olish, voqea-hodisalarga o'z munosabatini bildirish tarzida muloqotga kirish malakasini egallab borish dinamikasi nazarda tutiladi. "Ona tili" nafaqat leksik va grammatik me'yorlarni o'rgatuvchi, balki o'quvchi nutqiy faoliyatida ixtiyoriy mavzu, fanlar kesimidagi matnlarni tinglab tushunish, to'g'ri o'qish, orfoepik va orfografik me'yorlarni qo'llash salohiyatini rivojlantirishiga xizmat qiladigan fandir. O'quvchining mantiqiy, tanqidiy, ijodiy fikrlashi uchun ona tili darslarida o'qib tushunishga alohida e'tibor qaratiladi. Ona tilini puxta o'zlashtirgan o'quvchi boshqa fanlarni qoniqarli o'zlashtiradi. O'qish savodxonligi

mukammal bo'lgan o'quvchi boshqa fanlarda o'rganayotgan matnlarni o'qish orqali mantiqiy, tanqidiy, ijodiy fikrlaydi, olgan bilimlarini hayotda qo'llay olish layoqati rivojlantiriladi. Shuningdek, o'quvchining mantiqiy fikrlashini va amaliy ko'nikmalarini shakllantirishga yo'naltirilgan xalqaro baholash dasturi (PISA, PIRLS) talablariga mos keladigan matnlar bilan ishlashga mo'ljallangan amaliy topshiriqlarni matnlarning mazmuniga moslashtirish o'qituvchi oldidagi asosiy vazifalardan biri. Bunda matnni tushunish, tahliliy, tanqidiy fikrlash va munosabat bildirish malakalarini shakllantirish ko'zda tutiladi. Jumladan, yangi yaratilgan darsliklarning bosh g'oyasida ham yuqoridagi fikrlarning asos qilinib olinishi hech kimga sir emas. Hozir ko'rib chiqadigan 2-sinf "Ona tili va o'qish savodxonligi" darsligi ham o'quvchidan kreativ fikrlashni dars davomida va darsdan tashqari vaqtda ham turli sohalarda o'z tilida ravon nutq so'zlashi; so'z boyligining oshishi; tilni amaliyotda qo'llashi; o'qish savodxonligi doirasida o'quvchida to'g'ri, tez, ongli, ifodali o'qish malakasini shakllantirish; barcha uslubdagi matnlar bilan tanishishi va ularni fanlararo integratsiyada o'rganishi, ta'lim jarayonida o'quvchilarni voqea-hodisalarni kuzatish, anglash, qiyoslash, analiz va sintez qilishga o'rgatish orqali ijodiy tafakkuri va fikrlash doirasi shakllantirilib boriladi.

Mavzuiy rejalashtirishlar

l1 Bo'LIM 12 ^

|r>T,S0l P 8S0AT' ||

fN

N 3

SO te h

I 3

!0 SOAT

H

s t»

«N

V 2

s ä

ä §

s

"2-sinf o'quvchisiga ona tili va o'qish savodxonligi fanidan qo'yiladigan malaka talablar"ida Og'zaki nutq, Tinglab tushunish, O'qib tushunish, Yozma nutq va lingvistik kompetensiya keltirilgan.

OTO'S.2.LK.1 tovushlarni taniydi, ularni harflarga moslashtira oladi, tovushlami qo'shib so'z hosil qila oladi, tovushlar joylashuvini o'zgartirib yoki tovushni olib tashlab yangi so'z hosil qila oladi.

OTO'S.2.LK.2 bo'g'inlarni taniydi, ularni qo'shib so'zlarni talaffuz qila oladi, bo'g'inlarni birlashtirib, joylashuvini o'zgartirib yoki bo'g'inni olib tashlab yangi so'z hosil qila oladi.

OTO'S.2.LK.3 sinf darajasiga mos badiiy matnlarda qofiyadosh so'zlarni taniydi va ayta oladi.

OTO'S.2.LK.4 sinf darajasiga mos og'zaki va yozma matnlardagi so'z birikmasi, notanish so'z, iboralarning ma'nosini berilgan kalit so'zlar orqali aniqlaydi, ularni og'zaki va yozma nutqida samarali qo'llaydi.

OTO'S.2.LK.5 sinf darajasiga mos og'zaki va yozma matnda berilgan ishora so'zlar asosida fanlar kesimida so'z va atamalar (notanish so'z, sinonim, antonim, so'z shakllari kabilar)ning ma'nosini aniqlaydi, atamalarni to'g'ri talaffuz qiladi, ularni og'zaki va yozma nutqida samarali qo'llay oladi.

OTO'S.2.LK.6 gaplardagi birinchi so'zlar hamda ismlarni bosh harf bilan yoza oladi.

OTO'S.2.LK.7 sinf darajasiga mos sodda gaplarning egasi, kesimi, aniqlovchisini farqlay oladi.

OTO'S.1.LK.8 sinf darajasiga mos matnlarda gaplarning darak, buyruq, so'roq hamda his-hayajon ohangida ekanini aniqlaydi, og'zaki va yozma nutqida to'g'ri qo'llay oladi.

OTO'S.2.LK.9 sinf darajasiga mos matn hamda so'zlarda bo'g'in ko'chirish qoidalarini amalda qo'llay oladi.

OTO'S.2.LK.10 sinf darajasiga mos matnlarda ot, sifat, fe'llarni aniqlaydi hamda ularni og'zaki va yozma nutqida samarali qo'llay oladi.

1. OTO'S.2.LK.11 asosiy husnixat, imlo, bo'g'in ko'chirish hamda tinish belgilari qoidalariga amal qilgan holda ikkinchi sinf darajasiga mos, o'quv dasturida berilgan mavzular yuzasidan gaplar hamda kichik matnlar tuzib yoza oladi. Umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun Milliy o'quv dasturi 1-4-sinf "Ona tili va o'qish savodxonligi"1

Darslikning 5-mavzusi Anvar Obidjonning "Mahallamiz jarchisi" she'ri bo'lib, doskada mavzu yozilib, o'quvchilarga mavzuga kirish uchun savollar beriladi:

1. O'quvchilar, jarchi haqida eshitganmisiz?

2. Jarchi nima ish qiladi?

1 Umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun Milliy o'quv dasturi 1-4-sinf "Ona tili va o'qish savodxonligi"

So'ng muhokama boshlanadi, o'quvchilar jarchi haqida eshitganlarini so'zlab beradilar. So'ng fikrlar jamlanib, mavzuga qaytiladi. She'r muallifi bilan tanishtiriladi. O'quvchilarga iloji boricha Anvar Obidjonning surati ko'rsatiladi, u haqida qisqacha ma'lumot beriladi (shoir she'rlari bilan 1-sinfda ham tanishishgan bo'ladi; ular esga olinadi.) O'quvchilar olgan bilimlari umumlashtiriladi hamda she'r navbatma-navbat ifodali o'qiladi. She'r o'qib bo'lingandan so'ng, quyidagi savollar orqali uning mazmun-mohiyati yanada oydinlashadi.

1. Hakka nima uchun shaqilladi? Shaqillash nima?

Savolga javob berish jarayonida o'quvchilardan hakka haqida nimalarni bilishlari, u nima uchun shaqillagani, shaqillash nima ekani, she'rning qaysi misrasida bu haqda aytilgani so'raladi.

2. Hakka kimga qanday ish qilishni buyurdi? Osh pishirish, choy damlash, dasturxon yozish va non yopish, bog'dan mevalarni uzish, idish-tovoqlarni yuvish, hovlini supurish, yo'lakka suv sepish vazifalari kimlarga tegishli ekanini aniqlashadi.

3. Hakkaning "Mehmon kelgan uyda - to'y" degan fikriga qo'shilasizmi? Nima uchun?

4. Uyingizga mehmon kelganida oila a'zolaringiz qanday ishlarni bajarishadi? Siz-chi? 3-4-savollarda berilgan fikr izohlanishi, o'quvchining oilasidagi mehmon kutish odati bilan bog'lanishi mumkin.

5. She'rga yana qanday sarlavha qo'ygan bo'lardingiz?

5-savolda she'rga sarlavha qo'ying topshirig'i berilgan bo'lib, eng chiroyli

л

sarlavhalar xat taxtada yozib borilishi mumkin.

Shundan so'ng matndagi qofiyadosh so'zlar topilishi va bu nimaga asoslanayotganligi ko'rsatib o'tiladi. She'rdagi so'zlar imlosi va talaffuzi to'g'ri bo'lishi uchun o'quvchilar bilan birgalikda imlo lug'ati tashkil etilib, so'zlarning to'g'ri yozilganligini tekshiradilar hamda ularning yozilishini o'rganib oladilar.

Quyidagi jadval asosida so'zlarning qay tartibda yozilishi, ularning to'g'ri va noto'g'ri ko'rinishlari ko'rsatilib, o'quvchilar so'zlarning imloviy jihatdan to'g'ri yozilishini o'rganadilar. Jadvalda she'r matnidan dastlabki ustunda to'g'ri yozilgan parcha, qolgan ikki ustunda ularning noto'g'ri variantlari keltirilgan.

Uy- hovlini supurib

uy-xovlini supurib

uy-hovlini supurip

Shoxda shaqillar Hakka

shoxda shaqillar Xakka shohta shaqillar Hakka

Yo'lakka suv sepib qo'y

yo'lakga suv sepip qo'y yo'lakga suv sepip qoy

O'quvchilar bu so'zlarning yozilishi, talaffuzi va nutqlarida qo'llash usullarini o'rganadilar. Shu asosda nutqlaridagi so'zlarni tartibga soladilar va so'z zaxiralari boyiydi.

Xulosa sifatida shuni aytishimiz joizki, boshlang'ich sinf o'quvchilari nutqiy kompetensiyaga erishmog'i uchun dastlab so'zlarning imlosi, tovush tarkibi, talaffuz jihatini bilishi hamda lug'at boyligini oshirish yo'lida izlanishi, mantiqiy tafakkurini o'stirishi zarur. Rivojlangan davlatlar ta'lim tizimlaridagi izlanishlar natijasi, Xalqaro baholash dasturi talab darajasiga javob beradigan yosh kitobxonni tarbiyalash maktabda, undan ham oldin oilada shakllantrilishi kerak. Bunday natijaga erishmoqlikning sinalgan usuli kitob mutolaa qilishdir. Zero, Prezidentimiz ta'kidlaganidek, bugun bitta kitob o'qigan bola televizor qarshisida kun o'tkazgan o'nta bolani boshqaradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PF-6108-son farmon.

2. 2-sinf "Ona tili va o'qish savodxonligi" (o'qituvchilar uchun metodik qo'llanma)

3. Umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun Milliy o'quv dasturi 1-4-sinf "Ona tili va o'qish savodxonligi"

4. Iroda Azimova, Klaraxon Mavlonova, Sa'dulla Quronov, Shokir Tursun. 2-sinf "Ona tili va o'qish savodxonligi".: Toshkent-2021

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.