SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 9 I 2022 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
TA'LIM MAZMUNI VA O'QUVCHILARNING NUTQINI RIVOJLANTIRISH
M. I. Abdumauvlanova M. E. Urinova
Shayxontohur tumani 320-umumiy o'rta Shayxontohur tumani 314-umumiy o'rta
ta'lim maktabining ona tili va adabiyot ta'lim maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi fani o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada ta'lim mazmuni tushunchasining ilmiy asoslanishi, uning ahamiyati, o'quv predmetlarini o'zaro integratsiyalab o'qitish, ona tili o'qitishda o'quvchilarning nutqi rivojlantirish, og'zaki va yozma nutqni o'stirish, o'z fikri mustaqil ifoda qilish, nutqiy ko 'nikmalarni egallash bo'yicha tilshunos va metodist olimlarning ilmiy qarashlari tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: ta'lim mazmuni, o'quv dasturi, darslik, nutq ko 'rinishlari, og'zaki va yozma savodxonlik, nutqiy ko'nikma, nutqiy kompetensiya, mashq, o'quv topshirig'i, matn ustida ishlash.
O'quvchilarning bilim olishida va ulardagi nutq shakllarini rivojlantirishda ta'lim mazmunining o'rni beqiyosdir. Ta'lim mazmunining asosiy mohiyatini ko'plab olimlar tomonidan asoslab berilgan. Jumladan,"O'zbek tili o'qitish metodikasi" nomli o'quv qo'llanmada ta'kidlanishicha, "Ta'lim mazmuni davlat va jamiyat talablariga ko'ra, pedagogik texnologiyalarning eng so'nggi yutuqlari asosida belgilanadi, shakllanadi"1. Shuningdek, pedagogik texnologiyalar qanchalik amaliyotga rivojlangan holatda tatbiq qilinsa, ta'lim mazmuni shu darajada rivojlanadi."Talim mazmuni deganda 1)o'quv rejalari, 2) o'quv dasturlari 3) darsliklar, 4) o 'quv metodik qo'llanmalar nazarda tutiladi. Ona tilidan dastur hamda darsliklar o 'quvchilarning o'rganishlari uchun tanlangan va ularning o'zlashtirishlariga muvofiqlashtirilgan til materiallarini o'z ichiga oladi" Q.Husanboyevaning fikricha, ta'lim mazmuniga o'qituvchini ham kiritish ta'kidlangan. G.Hamrayev esa Q.Husanboyevaning fikrini to'g'ri yondashuv deb baholaydi.".. .til sathlaridan aynan fonetika va orfoepiyani o'qitishda o'qituvchining roli juda muhim bo'lib, o'quvchilar adabiy talaffuzni bevosita o'qituvchidan o'rganadilar"2. Ona tili darslarida o'quvchilar o'z fikr- mulohazalarini to'g'ri, ravon, aniq, tushunarli tarzda yetkazishi uchun tilshunoslikning fonetika bo'limini yuqori darajadagi bilimlarni egallagan bo'lishlari bilan birga, grammatik qoidalarni o 'z nutqida qo'llay olish ko'nikmasiga, so'z boyligiga ham ega bo'lishi nazarda tutiladi. Shu nuqtayi nazardan
1 To 'xliyev B., M.Shamsiyeva.,T.Ziyodova.O 'zbek tili o 'qitish metodikasi.Toshkent.Alisher navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2010. -18b
2 Х,амраев F.X,. Умумий урта таълим тизимида фонетикага доир укув материалларининг методик таъминотини такомиллаштириш: пед. фан. док. (PhD) дисс. - Самарканд: 2019. - 13 б.
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 9 I 2022 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
yondashganimizda yuqoridagi ishlar o'qituvchining mahorati bilan bog'liq jarayondir. "Ta'lim mazmuni sirasiga o'quvchilarga taqdim etilayotgan bilimlar ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondira olishi ularni ijodkorlikka, bunyodkorlikka undashi
-5
lozim"Amaldagi 8-sinf "Ona tili" darsligidagi 147- topshiriqdagi "Hikoyat" matni shular jumlasidandir.Aytti: "Agar muning xilofi bo'lsa, ajab bo'lg'ay edi. Ul biri ko'p yer edi, ochliqqa toqat kelturmadi, o'ldi. Dag'i bu biri oz yer edi, odatincha sabr etib salomat qoldi"Sayfi Saroyining "Guliston bit-turkiy" G'.Hamrayevning "Umumiy o'rta ta'lim tizimida fonetikaga doir o'quv materiallarining metodik ta'minotini takomillashtirish" mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishida "Agar darsni tashkil etish, xususan, ona tili darslarida fonetika, orfoepiya, orfografiya mavzularini o'qitish o'qituvchining ixtiyoriga to'liq topshirib qo'yilsa, o'quvchilarning adabiy talaffuz hamda imloga oid ko'nikmasi bir xil bo'lmasligi muqarrar. Talaffuz va imlo qoidalari esa bir xillikni taqozo etadi. Shu ma'noda o'quvchilarda nutqiy kompetensiyani rivojlantirishni avtomatlashtirish masalasi juda dolzarb bo'lib qoladi"4 deyiladi. Ta'lim mazmunining asosiy vazifasi o'quvchilarning lingvistik kompetensiyasini va nutqiy kompetensiyasi: tinglab tushunish, eshitish, o'qish, yozishni adabiy til me'yorlariga mos ravishda rivojlantirishdan iborat. O 'quvchilarda nutqiy kompetensiyanini tarkibiy qismlarini rivojlantirish ularda kognitiv- pragmatik, nutqiy-reflektiv kommunikatsiyaga qiziqish uyg 'otadi. Shu tariqa ularning o'zaro to'g'ri aloqa-aralashuvga e'tibor kuchayib boradi, o'rinli so'zlashish, shirinsuxanlik bilan muomala qilish o'sadi va o'zining og 'zaki va yozma nutqiga leksik birliklarni tanlashni o'rganadi hamda tafakkur qilish mahsuli paydo bo 'ladi.
Yuqori sinflarda o'qitiladigan ona tili fani mavzusi bo'yicha barcha bilimlarni egallash uchun berilgan turli tipdagi mashq va topshiriqlarni bajartirish o'quvchilarning tasavvur va tafakkur olamini boyitishga,og'zaki va yozma savodxonligini rivojlantirishga, o'quv predmeti bo'yicha berilgan mavzuni o'zlashtirishga hamda Mavzuga xos bilim, ko 'nikma, malakalarni hosil qilishga, nutq madaniyatini. Shu bois, o 'quv fanining mashq va topshiriqlari mazmuniga alohida e 'tibor qaratish lozim.
Shuningdek, yuqori sinf o'quvchilarda tevarak-atrofdagi voqea- hodisalarning, ijtimoiy hayotdagi izlanishlar yordamida xulosa va echimlar barcha o 'quv fanlari mushtarakligida bilishi mumkin, lekin ulardan farqli o'laroq ona tili darslarida o'zaro muloqotda, kommunikatsiyada fikr- mulohazalar bildiriladi. Yuqoridagi fikrlarga tayanib aytish mumkinki, fanlarni o'zaro integratsiyalab o'qitish o'quvchilarning turli sohada bilimlarining kengayishiga asos bo 'ladi.
3Qodirov M., Ne'matov., Abduraimova., Sayfullayeva R., Mengliyev B.,.Ona tili:Umumta'lim maktablarining 8-sinfi uchun darslik.-T.:2019. -104- b
4 Х,амраев F.X,. Умумий урта таълим тизимида фонетикага доир укув материалларининг методик таъминотини такомиллаштириш: пед. фан. док. (PhD) дисс. - Самарканд: 2019. - 56 б.
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 9 I 2022 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7
Ona tili fanini turli o'quv fanlari bilan integratsiyalashgan holda o'qitish muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, ona tili darslarida biologiya, geografiya, fizika, zoologiya fanlari bo'yicha darslarni tashkil etish o'quvchilarning o'qitilayotgan fanlarga doir bilimlarni yaxshi o'zlashtirib olishlarini va har bir fanga doir atamalarni, iboralarni, so'zlarni o'zlashtirib, lug'at zahirasini boyitib borishni ta'minlaydi.
Yuqori sinf o'quvchilari ta'lim mazmunining asosini tashkil qiluvchi darslik va undagi o 'quv topshiriqlarini mustaqil bajarishga, nutqini o'stirishga diqqat qaratishi lozim.
Ta'lim mazmunining rivoji quyidagi omillar bilan bog'liq:
- o'quv darsliklari o 'quvchini bilim olishga qiziqtira olishi;
- nutqiy ko'nikmalarni hosil qilishga, og'zaki va yozma nutqini rivojlantirishiga xizmat qilishi;
- til sathlaridan unumli foydalanishi;
- o 'quv fanlari o 'zaro integratsiyalash orqali o'qitish;
- dars jarayonida ko 'proq amaliy ko 'nikmalarni rivojlantirishga yo 'naltirish Ta'lim mazmuni o'quvchilarning yuqori darajada o'sib borayotgan og 'zaki va
yozma savodxonligini, nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishda zaruriy ta'limiy o'quv vositasigina bo'lib qolmay, ularning dars jarayonida hosil bo 'lgan bilim, ko 'nikma, malakalarini amaliyotga qo 'llashga zamin bo 'ladi. Shuning uchun ta'lim m,azmuniga e'tibor qaratish ona tili o 'qituvchisi oldidagi asosiy vazifalardan biri bo'lishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
1. To'xliyev B., M.Shamsiyeva., T.Ziyodova.'zbek tili o'qitish metodikasi.Toshkent.Alisher navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2010. -18b
2. Qodirov M., Ne'matov., Abduraimova., Sayfullayeva R., Mengliyev B.,.Ona tili:Umumta'lim maktablarining 8-sinfi uchun darslik.-T.:2019. -107- б
3. Хдмраев F.X,. Умумий урта таълим тизимида фонетикага доир укув материалларининг методик таъминотини такомиллаштириш: пед. фан. док. (PhD) дисс. - Самарканд: 2019. - 13 б.