SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 9 I 2022 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
ONA TILI DARSLARIDA O'QUVCHIARNING NUTQIY KO'NIKMALARI VA MUSTAQIL FIKRLASH SALOHIYATINI O'STIRISH
O'g'iloy Abdukadirovna Abdullayeva O'g'iloy Karimovna Misirova
320-umumiy o'rta ta'lim maktabining ona 314-umumiy o 'rta ta'lim maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi tili va adabiyot fani o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada ta'lim tizimida ona tili o'qitishning muhim ahamiyati, o'quvchilarning nutqiy kompetentligi va nutqiy ko'nikmalarini rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslanishi, og'zaki va yozma nutqni o'stirish, ulardagi tafakkur qilish qobiliyatini takomillashirish, ijodiy yondashuvni o'rgatishh bo'yicha tilshunos va metodist olimlarning ilmiy qarashlari tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: ona tili o 'qitish, nutq, og'zaki va yozma savodxonlik, nutqiy ko'nikma, nutqiy kompetensiya, nutq birliklari,ta'limiy o'quv topshiriqlari, matn ustida ishlash.
So'nggi yillar mobaynida ko'plab sohalar kabi ta'lim tizimini ham rivojlantirishga katta e'tibor berilmoqda. Xususan, ona tili o'qitish metodikasi taraqqiyoti hamda bu fanning sifat va samaradorligini oshirish asosiy maqsad qilib belgilangan.O'qituvchi ona tili mashg'ulotlarida o'quvchilarning ilmiy salohiyatini o'stirish bilan birga mustaqil fikrlash, ijodiy tafakkur qilish, kreativ yondashish ko'nikmalarini rivojlantirishi zarur. Shu bois mavzuga oid mashqlar va topshiriqlarni o'quvchilarning o'zlari mustaqil bajarishini nazorat qilish va matnlar mazmunidan anglashiladigan asosiy mohiyatni qay darajada tushunib olganligini nazorat qilish hamda ilmiy va badiiy tafakkur va idrok qilish ko'nikmalarini tekshirish muhim o'rin egallaydi. Zero, "Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma'naviy salohiyatga ega bo'lib, dunyo miqyosida o'z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo'sh kelmaydigan insonlar bo'lib kamol topishi, baxtli bo'lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz"1,- deb e'tirof qilinishi ona tili o'qitish metodikasi oldiga tashabbuskor, izlanuvchan, intiluvchan va raqobatbardosh bilim egalarini tarbiyalash kabi dolzarb vazifani qo'yadi. Shunga ko'ra ona tili darslarida o'quvchilarning yuqori darajada bilimini oshirish asnosida nutqiy ko'nikmalari rivojlantirish zarur.
Ma'lumki, "Ona tili" o'quv fani dasturida berilgan aksariyat mavzular o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqini o'stirish, mavzu yuzasidan bilim, ko'nikma
1 Mnp3HeeB ffl. M. !3pKHH Ba $ap0B0H geMOKparaK Y36eKHCTOH gaBmrnHH önpra^HKga 6apno этамнз. - T.: Y36eKHCTOH.2016. - 146
Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 34
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 9 I 2022 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
va malakalarni hosil qilishdan iborat. O'quvchilarning nutqiy tafakkuri va nutqiy kompetentligini o'stirish ustida ishlash ona tili fani o'qituvchilarining o'quv- metodik faoliyati sanaladi.
"Ona tili mashg'ulotlari nutq san'atini egallash va undan samarali foydalanish bilim ko'nikma va malakalarini tarbiyalaydi. Shu jarayonda nutqiy madaniyat ham shakllanadi. Nutq madaniyati yoshlarga kundalik oddiy salomlashishdan tortib, kimga, nimaga, qachon, qayerda, qanday so'zlashgacha bo'lgan muomala - muloqot sirlarini o'rgatadi. Shuningdek, sharqona odob - andisha, go'zal qiroat san'ati qonuniyatlarini anglab borishda ham katta ahamiyat kasb etadi"2.Ta'kidlash lozimki, o'quvchilarning amaliy ko 'nikmalarning rivojlanish ko 'rsatkichlarini ona tili mashg 'ulotlarida aniqlash mumkin.Shu jarayon ta'sirida nutq, nutqiy, muomala madaniyati shakllanib boradi. Professor N.Mahmudov: "Nutqning ta'sir quvvati, tegishli axborotni tinglovchiga tugal va qulay, "yuqumli" tarzda yetkazish imkoniyati muhim kommunikativ sifatlardan bo'lmish so'z boyligiga bog'liq. Nutqning boy yoki kambag'alligi unda tilning bir-biridan farq qiladigan unsurlari (so'z ma'nolari, intonatsiya, sintaktik tuzilmalar, iboralar va sh.k.)dan qay darajada foydalanganlik bilan belgilanadi. Buning uchun esa nutq tuzuvchida til vositalarining boy va faol zahirasi mavjud bo'lishi kerak"3 - deb tafakkur qilishi ayni haqiqatdir. Shuningdek, tinglovchiga qanchalik nutq ta'sirli va aniq yetib borsa shunchalik qimmatli bo'ladi, ya'ni ijobiy natija beradi. Barcha o'zining chiroyli nutqi bilan boshqalarga ta'sir qiladi, o'z fikrini ravon bayon qiladi, o'zaro muloqotga kirishadi, mustaqil fikrlashi va dunyoqarashi o'sadi. Shu o'rinda professor S.Matchonovning fikri diqqatga sazovor. "O'quvchi asar matni ustida ishlash jarayonida undagi fikr-g'oyaning mag'zini chaqishga harakat qiladi. Unda mustaqil fikrlash malakasi shakllanib, yangicha o'quv-biluv sifatlari ham tarkib topadi" 4. Darhaqiqat, o 'quvchilarning mustaqil fikrlashi uchun, birinchi navbatda, badiiy asarni o 'qishga qiziqtirish va asarni dars davomida hamkorlikda tahlil qilish ahamiyatli.A.Nisanbayevaning ta'kidlashicha,"O'quvchilarning mustaqilligini oshirish uchun ularga dastlab mashq va topshiriqni og'zaki bajartirish va o'z harakatlarini izohlatish maqsadga muvofiqdir. Ana shu izohlashlar mobaynida bolalarda qoidasimon xulosalar shakllanadi"5. Binobarin, olimaning fikriga qo'shilgan holda aytish mumkinki,o'quvchilar dars jarayonida mashq va topshiriqlarni mustaqil bajarar ekan,
2 To 'xliyev B., Shamsiyeva M., T.Ziyodova.O 'zbek tili o 'qitish metodikasi. -Т.: Alisher Navoiy nomidagi O 'zbekiston Milliy kutubxonasi, 2010. -70b.(184)
3 Махмудов Н. Нутк бойлиги// Умумфилологик тадкикотлар: муаммолар ва ечимлар:Тезис шаклидаги макола. -Жиззах: 2011. - 22 b1626.
4 Матжон С. Мактабда адабиётдан мустакил ишлар. - Т.: Укитувчи, 1996. - 20 б.
5Нисанбаева АД. Узбек тили дарсларида матн воситасида укувчилар нуткини устиришнинг методик асослари (таълим козок тилида олиб бориладиган мактаблар мисолида): Пед. фан. номз. ...дис. - Т.: ТДПУ, 2008. -92b
I Uzbekstan P, 35 I
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 9 I 2022 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7
ularda fikrlar jamlanmasidan qoidaga o'xshash xulosalar yuzaga keladi, mahsuldor
fikrlar paydo bo'ladi.. Bufikr va xulosalar ilmiy nazariyaga xosligi bilan xarekterlanadi.
Shuni ta'kidlash joizki, ta'lim jarayonida o 'quvchilarga ona tilini amaliy o'rgatish,
amaliy jarayonda izchillikka rioya qilib nutq o'stirishni amalga oshirish ta'limiy
vositalar, ilg'or zamonaviy texnologiyalarni qo'llash bilan bog'liq. Mazkur jihatlarni
hisobga olgan holda ona tili darslarida quyidagi omillarni amalga oshirish lozim:
til materialini o'rganib nutqiga tatbiq qilishga o 'rgatish;
mustaqil fikrlash salohiyatiga e'tibor qaratish;
ijodiy yondashishi tekshirish;
o'z fikrini ifoda qilish malakasini hosil qilish;
fikrini ilmiy jihatdan dalillash, turli xil mulohazalarni o'rganib ularni umumlashtirish ni, xulosa chiqarishga yo 'naltirish;
dars davomidagi ijobiy natijalarni o'rnak sifatida ko 'rsatish; xatolar ustida hamkorlikda ishlash
Demak, ona tili darslarida o'quvchilarning nutqiy va mustaqil fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish ularning nutqiy madaniyatini va insoniy fazilatlarining rivoj topishiga zamin bo'ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
1. Мирзиёев Ш. M. Эркин ва фаровон демократик Узбекистан давлатини биргаликда барпо этамиз. - Т.: Узбекистон.2016. - 14б
2. Махмудов Н. Нутк бойлиги// Умумфилологик тадкикотлар: муаммолар ва ечимлар:Тезис шаклидаги макола. -Жиззах: 2011. - 22 Ь1626.
3. Матжошв С.Мактабда адабиётдан мустакил ишлар. - Т.: Укитувчи, 1996. - 20 б.
4. Нисанбаева АД. Узбек тили дарсларида матн воситасида укувчилар нуткини устиришнинг методик асослари (таълим козок тилида олиб бориладиган мактаблар мисолида): Пед. фан. номз. ...дис. - Т.: ТДПУ, 2008. -92b
5. To 'xliyev B., Shamsiyeva M., T.Ziyodova.O 'zbek tili o 'qitish metodikasi. -Т.: Alisher Navoiy nomidagi O 'zbekiston Milliy kutubxonasi, 2010. -70b.(184)
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 36