Научная статья на тему 'O‘QUVCHILARGA CHET TILINI O‘RGATISHDA MASHQLARNING O‘RNI VA AHAMIYATI'

O‘QUVCHILARGA CHET TILINI O‘RGATISHDA MASHQLARNING O‘RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
732
92
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mashq / nutqiy malaka / nutq shakllarini o‘stirish / og‘zaki va yozma nutq rivoji / nutq ko‘rinishlari / yozma savodxonlik / adabiy til me’yorlari / bilim / ko‘nikma / malaka / nutq uslublari / nutqiy ko‘nikma / nutqiy kompetensiya / lug‘atlar / leksik qatlam / matn turlari ustida ishlash / matn tahlili. / exercise / speaking skills / development of speech forms / development of oral and written speech / speech images / written literacy / literary language norms / knowledge / skills / habits / speech styles / speech skill / speech competence / dictionaries / lexical layer / working on text types / text analysis.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Shahlo Tairovna Yunusova

Mazkur maqolada mashq so‘zining semantik ma’nosi, konseptual asosi, mashqning ta’limiy vositalarda keltirilishi va o‘ziga xos xususiyatlari, ulrning lingvistik, nutqiy, tayanch kompetensiyalarini rivojlantirishda mashqlarning o‘rni va ahamiyati yuzasidan ilmiy, metodik manbalardan izohi keltirilgan, tilshunos va metodist olimlarning ilmiy fikr va qarashlari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE AND IMPORTANCE OF EXERCISES IN TEACHING FOREIGN LANGUAGES TO STUDENTS

This article provides an explanation of the semantic meaning of the word exercise, its conceptual basis, presentation of the exercise in teaching aids and the specific features of the exercise in teaching materials, the role and significance of the exercise in the development of language, speech, basic competencies from scientific and methodological sources, and also analyzes scientific views and opinions of scientist-methodologists.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHILARGA CHET TILINI O‘RGATISHDA MASHQLARNING O‘RNI VA AHAMIYATI»

O'QUVCHILARGA CHET TILINI O'RGATISHDA MASHQLARNING O'RNI

VA AHAMIYATI

Shahlo Tairovna Yunusova

O'zDJTU akademik litseyi O'quv bo'limi boshlig'i, nemis tili fani o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada mashq so'zining semantik ma'nosi, konseptual asosi, mashqning ta'limiy vositalarda keltirilishi va o'ziga xos xususiyatlari, ulrning lingvistik, nutqiy, tayanch kompetensiyalarini rivojlantirishda mashqlarning o'rni va ahamiyati yuzasidan ilmiy, metodik manbalardan izohi keltirilgan, tilshunos va metodist olimlarning ilmiy fikr va qarashlari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: mashq, nutqiy malaka, nutq shakllarini o'stirish, og'zaki va yozma nutq rivoji, nutq ko'rinishlari, yozma savodxonlik, adabiy til me'yorlari, bilim, ko'nikma, malaka, nutq uslublari, nutqiy ko'nikma, nutqiy kompetensiya, lug'atlar, leksik qatlam, matn turlari ustida ishlash, matn tahlili.

THE ROLE AND IMPORTANCE OF EXERCISES IN TEACHING FOREIGN

LANGUAGES TO STUDENTS

ABSTRACT

This article provides an explanation of the semantic meaning of the word exercise, its conceptual basis, presentation of the exercise in teaching aids and the specific features of the exercise in teaching materials, the role and significance of the exercise in the development of language, speech, basic competencies from scientific and methodological sources, and also analyzes scientific views and opinions of scientist-methodologists.

Keywords: exercise, speaking skills, development of speech forms, development of oral and written speech, speech images, written literacy, literary language norms, knowledge, skills, habits, speech styles, speech skill, speech competence, dictionaries, lexical layer, working on text types, text analysis.

Keyingi yillar davomida ta'lim muassasalarida o'quvchi va talabalarga chet tillarni innovatsion yondashuvlar va ilg'or zamonaviy texnologiyalar asosida o'qitish hamda mavzu yuzasidan bilim, ko'nikma, malakalalarni hosil qilish, nutqini o'stirish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. O'quvchilarga chet tillarni o'rgatishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish orqali ularning tafakkur qilishi, muayyan tasavvurlarga ega bo'lishi, chet tilida so'zlash va gapirish ko'nikmalari rivojlanadi. Makkartining ta'kidlashicha, "chet tillarini o'qitish metodologiyasi o'tgan yarim asr

davomida juda rivojlandi. Turli vaqtlarda grammatik tarjima, audio-lingvistik tuzilish, global audiovizual, induktiv/deduktiv, funksional, g'oyaviy, situatsion, kommunikativ, immersiya, o'rganish/olish, tavsiya va boshqalarda olib borilgan" Aytish kerakki, ayniqsa chet tilini turli audio- lingvistik vositalar bilan tashkil qilinar ekan, ularning mavzuni o'zlashtirishi va tushunishi osonlashadi.Shunday ekan, bu vositalarni dars jarayonida foydalanish natijasida xotirada so'zlarning semantik ma'nosini yodda saqlash, eslash va jonli nutqiga qator so'zlarni qo'llash ko'nikmasi rivoj topadi.

O'quvchi yoshlarga chet tilini o'rganishga bo'lgan qiziqishlarini yanada yuksalltirish, ularga keng imkoniyatlarni yaratish, qo'llab-quvvatlash bu tilni tezroq o'rganishga samara beradi.Shu bois o'quvchilar chet tilini o'rganishi uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish kerak:

• darsni turli elekron manbalar bilan ta'minlash ;

• chet tilini o'rgatish mashg'ulotlarida qo'llash uchun metodik adabiyot yaratish;

• o'quvchilar bilan individual ishlasha e'tibor qaratish;

• ta'lim sifatining samaradorligini oshirish;

• o'quv jarayoniga yangi ta'lim texnologiyalarining yetarli darajada joriy etish;

• dars jarayonida o'quvchilarni rag'batlantirish ishlarini yo'lga qo'yish va motivatsiya berish.

O'quvchilarga chet tilini dars jarayonida o'qitish metodikasida qator ta'limiy vositalar bilan birga mashq va topshiriqlarning o'rni va ahamiyati muhim ahamiyat kasb etadi.

Ma'lumki, mashq azaldan mashg'ulotlarni olib borish va mavzuni o'rgatishda foydalanib kelingan, bu ta'limiy vosita o'quvchilarni fikrlashga, o'rganishga mavzuni mustahkamlashga asos bo'luvchi manbalardan biri sanaladi. Xususan, nemis tilini o'qitish mobaynida hamda darsdan ko'zlangan maqsadlarni amalga oshirishda mashqning afzallik va ahamiyatli tomonlari ajralib turadi. Bu ta'limiy vosita ta'lim subyektining o'tilgan mavzuni aniq tushunib yetishda va mustahkamlashda keng qo'llaniladi. YA.Kamenskiy «Pansofiya maktabi» nomli asarida mashqning ahamiyatini uqtirib, shunday deb yozgan edi: "Mashq insonni mohir, epchil, barcha narsadan xabardor, hamma sohaga qiziquvchan, har qanday ishga yaroqli kishi qilib yetishtiradi"- deb ta'kidlaydi. . Darhaqiqat, mashqlarni bajarish natijasida o'quvchilarda turli psixologik xususiyatlar takomili yuzaga keladi. O.Ochilov boshchiligidagi bir qator olimlar tomonidan tuzilgan "Ona tili didaktikasi" nomli darsligida lingvistik mashqlarning ahamiyati yuzasidan quyidagi ma'lumotlar keltirilgan:"Lingvistik mashq yoshlarni hayotga tayyorlash jarayonining tarkibiy qismi, til ta'limini amalga oshirishning yetakchi omili hisoblanadi"1 Lingvistik mashqlar o'quvchilarning lingvistik kompetensiyalarini rivojlantiradi.

1 36.Roziqov OR v.b. Ona tili didaktikasi. - T.:Yangi asr avlodi, 2005. -128 b

Uzbekistan www.scientificprogress.uz

л

Metodist olim G. Hamroyev mashq va topshiriqlar tizimini fonetik tahlil jarayonining ta'lim samaradorligini oshirish tadqiq qilgan. Z.Salisheva mashq va

"5

topshiriqlarni tizimlashtirish borasida fikrlarini bayon qilgan .Agar chet tilini o'rgatishda ta'lim sifati va samaradorligini oshirish uchun mashq va topshiriqlardan unumli foydalanilsa, chet tilini osondan murakkablik sari yo'naltirib o'rgatilsa, o'quvchilarning bilim va ko'nikmalari rivojlanadi, o'tilgan mavzuni mukammal o'rganadilar hamda nutqiy savodxonlik rivojlanadi.

A.Nisanbayeva o'zining tadqiqotida boshlang'ich sinflarda matn asosida nutqini o'stirishga oid mashq va topshiriqlar xususida to'xtalib o'tadi. Matn asosida nutqini o'stirish boshlang'ich sinflardan boshlab mashq va topshiriqlar ustida o'qituvchi tomonidan izchil ishlar olib borilsa,o'quvchilarning nutqi yaxshi rivojlanadi4.

Bizning fikrimizcha, mashq ta'lim mazmuni mohiyatini asoslovchi, nutq shakllarini o'stiruvchi mustaqil faoliyat yig'indisidir. Mashq chet tili fanini o'rganish uchun o'quvchiga beriladigan bilimini oshiruvchi nutqiy ko'nikmalarini rivojlantiruvchi ta'limiy vosita sanaladi.

I.M.Podgaetskaya mashq va topshiriqlarni bajartirish xususida quyidagicha fikrlaydi:".. metodik jihatdan qiziqish deganda o'quvchilarda o'quv fanidan o'tilayotgan bilimlarni bilib olish istagini uyg'otadigan va ushbu o'quv faniga bo'lgan ishtiyoqni rag'batlantirib turadigan bir emotsional munosabat tushuniladi. Tashqaridan qaraganda bu munosabat tirishqoqlikda,qiziquvchanlikda namoyon bo'ladi" 5 Mashqlarni bajarish natijasida ular o'zlari egallagan bilimlarni ongli ravishda o'zlashtirish, uni zarur bo'lganda amaliy faoliyatda to'plash imkoniyatlariga ega bo'ladilar.

Demak, o'quvchilarga chet tilini o'rgatishda asosiy ta'limiy vositalar sirasidagi mashq va topshiriqlarni dars jarayonida mukammal o 'rgatishga e'tibor qaratilsa, ularning bu fanni o'rganishga bo'lgan qiziqishlarini orttirgan bo'lamiz.Shu bilan bir qatorda , chet tilini talab darajajasida yana ham chuqurroq o'rganishi uchun o'qituvchi tomonidan ishlab chiqilgan maxsus mashq va toshiriqlardan foydalanilsa ularning so'zlash va yozish kompetensiyalari rivojlanadi, o'sib boradi.

2 Hamraev G'.H. Umumiy o'rta ta'lim tizimida fonetikaga doir o'quv materiallarining metodik ta'minotini takomillashtirish: ped. fan. dok. (PhD) diss. - Samarqand: 2019. - 82 b.

3 Salisheva Z.I. O'zbek tili mashg'ulotlarida talabalar monologik nutqini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (rus guruhlardapyc гуру^ларда). Ped.fan.nom. ...diss.avtoref. -Т., 2019.-11b

4 Nisanboyeva A.Q. O'zbek tili darslarida matn vositasida o'quvchilar nutqini o'stirishning metodik asoslari.(Ta'lim qozoq tilida olib boriladigan maktablar misolida): Ped. Fan.nomz. diss. -Т.: TDPU, 2008.-160b

5 Подгаетская И.М.Воспитание у учащихся интереса к изучения русского языка . Просвешение,,1985

REFERENCES

1. Nisanboyeva A.Q. O'zbek tili darslarida matn vositasida o'quvchilar nutqini o'stirishning metodik asoslari.(Ta'lim qozoq tilida olib boriladigan maktablar misolida): Ped. Fan.nomz. diss. -Т.: TDPU, 2008.

2. Roziqov O.R v.b. Ona tili didaktikasi. - T.:Yangi asr avlodi, 2005.

3. Salisheva Z.I. O'zbek tili mashg'ulotlarida talabalar monologik nutqini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (rus guruhlardapyc гурухларда). Ped.fan.nom. ...diss.avtoref. -Т., 2019.

4. Подгаетская И.М.Воспитание у учащихся интереса к изучения русского языка . Просвешение,,1985

5. Hamrayev G'.H. Umumiy o'rta ta'lim tizimida fonetikaga doir o'quv materiallarining metodik ta'minotini takomillashtirish: ped. fan. dok. (PhD) diss. - Samarqand: 2019.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.