YANGI TAHRIRDAGI DARSLIKLARDA NUTQIY KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH MASALASI
Ag'ajonova Soliyajon
Xorazm viloyati Urganch shahar 11-son umumiy o'rta ta'im maktabi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7359550
Annotatsiya: ushbu maqolada yangi nashr qilinga 7-sinf ona tili darsligida o'quvchilar nutqini o'stirishga yo'naltirilgan matnlar, topshiriqlar tahlil qilinadi.
Kalit so'zlar: nutq, nutqiy kompetensiya, lingvistik kompetensiya, nutq o'stirish talablari.
Bugun zamon shiddat bilan rivojlanyapti. Shunday ekan, ona tili ta'limi oldiga fanni o'quvchiga qanday tushuntirish, qanday qilib uni amaliyotda qo'llash kerak? degan savol ko'ndalang bo'lib turibdi. Shundan kelib chiqib, ona tili ta'limi oldiga mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg'or tajribalarini qo'llash hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma'naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalash kabi vazifalar qo'yildi.
Umumiy o'rta ta'limning DTSlarida ona tili fanini o'qitishning asosiy vazifalari sifatida:
- o'quvchilarning kundalik va kasbga oid sohalarda faoliyat olib borishi uchun ona tili fani bo'yicha o'zlashtirgan bilimlarini muloqot jarayonida qo'llash malakasini rivojlantiruvchi nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish;
- o'quvchilarning ona tilida og'zaki va yozma savodxonligini rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish;
- o'quvchilarning o'zlashtirgan bilimlari asosida o'zini o'zi mustaqil rivojlantirish, egallangan bilim, ko'nikma va malakasini turli vaziyatlarda qo'llay olishga qaratilgan tayanch kompetensiyalarni shakllantirish belgilab berilgan.
Dunyo tajribalariga tayangan holda nashr qilinayotgan darsliklar bugun o'quvchilarga mustaqil fikrlashga, matnni tinglab tushinish jarayoni bilan uzviy bog'langan holda grammatik bilimlarni ham innovatsion usullarga o'rganishlariga zamin yaratmoqda. Masalan 7-sinf o'quvchilari uchun nashr qilingan ona tili darsligi o'quvchilarda lingvistik bilimlar bilan bir qatorda hayotiy zaruratga asoslangan matnlarni o'rganishga majbur qilmoqda. Bunda o'quvchilar beixtiyor mavzu asosidagi matnni o'qishi va munosabat bildirishi, matnda noto'g'ri qo'llangan so'zlarni topishi, ma'nosini topish uchun keyingi berilgan topshiriq orqali bajarib bilimini mustahkamlashi mumkin.
Ona tili darsligida berilgan matnlar milliy qadriyatlarimizni o'quvchilarga targ'ib qilish bilan bir qatorda har bir inson belishi amal qilishi hayotda qo'llay olishi mumkin bo'lgan ma'lumotlarga ega bolib boradi. Matnlarning audio va video shaklda taqdim qilinishi o'quvchilarning faqat kitobni o'qishga yo'naltirilib yangi hosil qilishdan yiroqlashishiga sabab bo'lmoqda. O'quvchilarni fanga yanada qiziqtirish namunasi sifatida mavzuga mos rasmlarning tanlanishi, mustaqil o'qish uchun berilgan matnlar ham yangicha uslubda ilm olishga yo'naltiriladi.
Nutq — tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli. Nutq deganda uning og'zaki (ovozli) va yozma ravishda namoyon bo'lishidagi jarayonlar, ya'ni so'zlash jarayoni va uning natijasi (xotirada saqlangan yoki yozuvda qayd etilgan nutqiy fikrlar, asarlar) tushuniladi.
Nutq o'stirishda o'qituvchilar quyidagi talablarga e'tibor berishlari lozim:
1. O'quvchilarni savolga "ha" yoki "yo'q" deb emas, balki to'la javob berishga o'rgatish.
2. O'quvchilarda darak, so'roq, buyruq, undov intonasiyalariga rioya qilish malakasini tarbiyalash.
3. Nutqda ifodalilikka: pauza (to'xtash), ohang va urg'uga e'tibor qilish.
4. O'quvchining ruhiy holatini hisobga olgan holda nutq o'stirish ishlarini tartibga solish.
5. Nutqi va talaffuzida kamchiligi bor o'quvchilarni guruhlarga bo'lib ishlash.
6.O'quvchi nutqidagi kamchiliklarni tuzatishda pedagogik usullardan foydalanish.
7. Namunali nutqni yozib olib, o'quvchilarga eshittirish.
Nutqiy kompetensiya - tinglab tushunish, so'zlash, o'qish, yozish ko'nikmalari orqali belgilanadi. Darslik asosida tayyorlangan multimedia vositalari ham o'quvchilarda nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirib kundalik faoliyat davomida maqsadli qo'llay olishga yo'naltiriladi. Masalan, 7-sinf darsligida berilgan "Kelajak kasblari" mavzusi asosida berilgan matnlar o'quvchilarni kasbga yo'naltirish, kabs tanlashda nimalarga e'tibor berish kerak degan savollarga javob topishga undaydi. Audiomatnlarni diqqat bilan eshitgan o'quvchi mavzu asosida berilgan savollarni qiyinchiliksiz javobini topa oladi. Mavzu asosida berilgan savollar o'quvchilarni tanqidiy fikrlashga ham o'rgatib boradi.
Lingvistik kompetensiyalar - grafika, orfografiya, fonetika, leksika, grammatikaga oida bilimlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.Darslikda so'zlarni to'g'ri yozishga yo'naltirilgan topshiriqlarda o'quvchilarning imloviy savodxonligini oshirishga alohida e'tibor beriladi. So'zlar imlosini topishga undaydigan topshiriqlarda so'zlarning faqat noto'g'ri shaklda berilishidan voz kechilib to'g'ri shaklda yozilgani ham taqdim qilinib o'quvchilarni yanada topqir bo'lishga, zamin yaratadi.
So'zlarni ma'nosini izohlash, ma'nolarini o'quvchiga tez qabul bo'lishi uchun darslikdan o'rin olgan matnlar, moslashtirish yuzasidan berilgan topshiriqlar o'quvchilar lug'at boyligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Ona tili darsliklari bugungi zamon bilan hamfikr yoshlarni tarbiyalashda beminnat yordamchidir. O'qituvchilardan darslik mazmunini o'quvchilarga tushintirib, anglatib borish, vatanparvar, salohiyatli qilib tarbiyalash, matnlarni tahlil qilish, tahlil jarayonida grammatik bilimlarni rivojlantirib borish, o'quvchilarni tanqidiy fikrlashga o'rgatish muhim vazifalardan hisoblanadi.
Foydalanganilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi "Umumiy o'rta ta'lim va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to'g'risida"gi 187-son qarori.
2. Ona tili 7-sinf darslik. K.M.Mavlonova. - Toshkent, Respublika ta'lim nazariyasi