Научная статья на тему 'TA’LIM RUS TILIDA OLIB BORILADIGAN GURUXLARDA O‘ZBEK TILI FANI O‘QITISH METODIKASI'

TA’LIM RUS TILIDA OLIB BORILADIGAN GURUXLARDA O‘ZBEK TILI FANI O‘QITISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
431
118
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Yangi O‘zbekiston ustozlari
Область наук
Ключевые слова
узбекский язык / речевая компетенция / лингвистическая компетенция / метод “рисовальный ребус” / метод “быстрый Вопрос-Ответ” / технология “интересный кроссворд” / метод “проект” / “Божественная комедия”.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Alyaxanova Xurshida Axatovna

преподавание узбекского языка как государственного языка в школах, где обучение ведется на других языках, определило цели и задачи данного предмета в государственном образовательном стандарте и учебных программах для формирования у учащихся определенных компетенций по данному предмету. В данной статье представлена информация о методике преподавания узбекского языка в группах, где сегодня обучение ведется на русском языке.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM RUS TILIDA OLIB BORILADIGAN GURUXLARDA O‘ZBEK TILI FANI O‘QITISH METODIKASI»

TA'LIM RUS TILIDA OLIB BORILADIGAN GURUXLARDA O'ZBEK TILI

FANI O'QITISH METODIKASI

Alyaxanova Xurshida Axatovna

Sirdaryo tumani kasb-hunar maktabi Rus tili fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7628578

Аннотация: преподавание узбекского языка как государственного языка в школах, где обучение ведется на других языках, определило цели и задачи данного предмета в государственном образовательном стандарте и учебных программах для формирования у учащихся определенных компетенций по данному предмету. В данной статье представлена информация о методике преподавания узбекского языка в группах, где сегодня обучение ведется на русском языке.

Ключевые слова: узбекский язык, речевая компетенция, лингвистическая компетенция, метод "рисовальный ребус", метод "быстрый Вопрос-Ответ", технология "интересный кроссворд", метод "проект", "Божественная комедия".

Anatatsiya: Ta'lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda o'zbek tili fanini davlat tili sifatida o'qitish, bu fandan o'quvchilarda ma'lum kompetensiyalarni shakllantirish uchun Davlat ta'lim standarti va o'quv dasturlarida mazkur fanning maqsad va vazifalari belgilab berdi. Ushbu maqolada bugungi kunda ta'lim rus tilida olib boriladigan guruxlarda o'zbek tili fani o'qitish metodikasi haqida ma'lumotlar keltirildi.

Ka'lit so'zlar: o'zbek tili, Nutqiy kompetensiya, Lingvistik kompetensiya, "Rasmli rebus" usuli, "Tezkor savol-javob" usuli, "Qiziqarli krossvord" texnologiyasi, "Loyiha" metodi, "Ilohiy komediya"

Mamlakatimizda ta'lim-tarbiya sohasiga mustaqillikning dastlabki yillaridanoq alohida e'tibor berib kelinmoqda. Ayniqsa, o'zbek tili fanini noo'zbek guruhlarida davlat tili sifatida o'qitishning yo'lga qo'yilishi "Davlat tili to'g'risidagi" Qonunning talablarini bajarishning muhim omili bo'lib xizmat qildi. Chunki, O'zbekistonda 130 dan ortiq turli xil millat va elat vakillari istiqomat qilishadi. Ularning milliy urf-odatlari, madaniyatini hamda ona tillarini hurmat qilishni davlatimiz o'z zimmasiga olgan. Shuningdek davlatimiz bosh qomusida "O'zbekiston Respublikasining davlat tili o'zbek tilidir" degan moddaning kiritilishi o'zbek tilinining nufuzi va davlat tili sifatida obro'sini yanada yuksakka ko'tarishga xizmat qildi desak aslo xato bo'lmaydi.

Ushbu konstitutsiyaviy burch va vazifalardan kelib chiqib O'zbekistonda ta'lim 7 tilga olib boriladigan bo'ldi. Noo'zbek guruhlarda ularga o'z ona tilini o'qitish bilan birga o'zbek tilini davlat tili sifatida o'qitish ham yo'lga qo'yilishi mamlakatimizda Asosiy qonunimiz hamda "Davlat tili to'g'risidagi" Qonun talablarini bajarishda muhim dasturamal bo'lib xizmat qildi. Ta'lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda o'zbek tili fanini davlat tili sifatida o'qitish, bu fandan o'quvchilarda ma'lum kompetensiyalarni shakllantirish uchun Davlat ta'lim standarti va o'quv dasturlarida mazkur fanning maqsad va vazifalari belgilab berdi.

DTS talabiga ko'ra, o'zbek tili fanini o'qitishning asosiy maqsadi - ikki kompetensiyada mujassamlashdi.

1. Nutqiy kompetensiya - tinglab tushunish, o'qish, gapirish va yozish ya'ni muloqot malakasini egallash.

2. Lingvistik kompetensiya- til materialini (fonetika, leksika, grammatika) va vositalarini nutqda qo'llay bilish uchun yetarli bilimlarni o'zlashtirish uchun, bilimlar va nutq faoliyati turlari (tinglab tushunish, o'qish, gapirish, yozish) egallashni nazarda tutadi.

Standartda nutqiy faoliyatning har bir turi yuzasidan til materiali, til vositalari va grammatik bilimlar, hosil qilinadigan zaruriy ko'nikmalar belgilanadi.

Bunda o'rganilayotgan so'z va so'z shakllarini to'g'ri talaffuz qilish hamda yozish, so'zni grammatik jihatdan to'g'ri shakllantirish, so'zlarni o'rinli tanlash, sintaktik-uslubiy jihatdan to'g'ri baholay olish, jumla tuzishda va nutq ohangini belgilashda adabiy til imkoniyatlaridan o'rinli foydalanish talab etiladi.

Ushbu belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun o'zbek tili darsliklarida grammatikaga oid ma'lumotlar berish bilan birga, nutqiy kompetentlikni rivojlantirish uchun adabiy-badiiy matnlar, o'zbek shoir-u yozuvchilarining hayoti va ijodiga oid ma'lumotlar ham berib boriladi. Bu ma'lumotlar bilan tanishgan o'quvchi o'zbek adabiy tilining hamda adabiyotining boy namunalarini ko'rib o'zbek tilidan nutqiy ko'nikmalari rivojlantirib boradi. Ya'ni lingvistik kompetensiyasi bilan birga nutqiy kompetensiyasi ham shakllantirilib fan bo'yicha zarur bilimlarni hosil qiladi.

Ta'lim o'zbek tilidan boshqa tillarda olib boriladigan ta'lim muassasalari uchun O'zbek tili fanini o'qitilishidan ko'zlangan maqsad:

> o'quvchilarning kundalik va kasbga oid sohalarda faoliyat olib borishi uchun o'zbek tili fani bo'yicha o'zlashtirgan bilimlarini muloqot jarayonida qo'llash malakasini rivojlantiruvchi nutqiy kompetensiyalarni shakllantirish;

> o'quvchilarning o'zbek tilida og'zaki va yozma savodxonligini rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish;

o'quvchilarning o'zlashtirgan bilimlari asosida o'zini o'zi mustaqil rivojlantirish, egallangan bilim, ko'nikma va malakasini turli vaziyatlarda qo'llay olishga qaratilgan tayanch kompetensiyalarni shakllantirishdan iboratdir.

Yuqoridagi maqsad va vazifalardan kelib chiqib biz hozir ta'lim rus tilida olib boriladigan maktablarda O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning hayoti va ijodini o'rgatish orqali o'quvchilarning nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishda qo'l keladigan ba'zi bir metod va usullar haqida o'z tavsiyalarimizni o'rtoqlashmoqchimiz.

Ma'lumki, Abdulla Oripov haqiqiy ma'noda o'zbek adabiyotining darg'asi sifatida barchaga yaxshi tanish. Uning o'ziga xos she'riyati, takrorlanmas so'z qatorlari ko'pgina kitobxonlarni o'ziga mahliyo qilgan. Biz shoirni O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining muallifi sifatida ham yaxshi taniymiz. Noo'zbek guruhlarda tahsil oluvchi o'quvchilar, xususan rus sinflarida, o'zbek tili darsliklardagi shoirning ijod namunalaridan parchalar orqali tanishtirilib boriladi. Lekin, eng ko'p ma'lumotni 10-sinf o'zbek tili darsligida oladilar.

Darslikda 4-chorak uchun ajratilgan qismda Adabiy o'qish uchun "Abdulla Oripov hayoti va ijodi" uchun 1 soat ajratilgan. Ammo, bu mavzu uchun berilgan ma'lumotlar nisbatan kamroq hamda to'liq shaklda berilmagan. O'qituvchining o'z pedagogik mahorati hamda fan bo'yicha yetarli nazariy bilimlarning bo'lishi ushbu mavzuni kengroq ochib berishida qo' keladi. Biroq faqat quruq nazariy ma'lumotlarni gapirib berish, yoki ma'ruza qilib yozdirish orqali o'quvchiga bilim berish o'zini oqlamasligi, tabiiy hol. Chunki bugunning o'quvchisi har taraflama qiziquvchan va ko'rgazmalilik hamda yorqinlikni sevadi. Shuning uchun o'qituvchi mavzuni tushuntirishda qo'llagan metodlari bu borada muhim o'rin tutadi.

Biz hozir ushbu mavzuni o'qitishda qo'l kelishi mumkin bo'lgan bir nechta innovatsion texnologiyalar haqida fikrlarimizni bo'lishmoqchimiz.

1. "Rasmli rebus" usuli. Bu usulni ko'pincha darsning "Mustahkamlash" qismida qo'llasak maqsadga muvofiq bo'ladi. Bilamizki, 10-sinf o'quvchilarida psixologik jihatidan "o'tish davri"ning oxirgi bosqichlari kechayotgan bo'ladi. Ularni ma'lum bir o'yinlar yoki buyruq berish bilan dars jarayoniga tortish qiyin. Bu usul orqali o'quvchilar shoir ijodiga oid asarlarni rasmlarga qarab aniqlashi kerak bo'ladi. Masalan, rebusda baliqcha, hovuz, tilla tanga rasmlari aks etgan bo'lsa, demak bu yerda shoirning "Tilla baliqcha" she'ri tasvirlangan bo'ladi.

2. "Tezkor savol-javob" usuli. Mazkur usulni biz darsning "O'tilgan mavzuni takrorlash va uyga vazifa so'rash"qismida qo'llashni lozim ko'rdik. O'quvchilarga shoirning hayoti va ijodi bo'yicha savollar beriladi. O'quvchilar esa savollarga tezkorlik bilan javob berishlari kerak bo'ladi. Bunda o'quvchilar javoblarini yozma tarzda berganlari maqsadga muvofiq, chunki bunda ularning o'z sheriklarining javoblarini o'zlashtirishi inobatga olinadi.

3. "Qiziqarli krossvord" texnologiyasi. Ushbu texnologiya orqali o'quvchilar darsning "Yangi mavzu bayoni" qismida olgan bilimlarini mustahkamlashda qo'l

kelishi mumkin. Ya'ni, bunda sinfdagi o'quvchilar guruhlarga bo'lingan holda ishlasalar samaraliroq bo'ladi.

3. "Qiziqarli krossvord" texnologiyasi. Ushbu texnologiya orqali o'quvchilar darsning "Yangi mavzu bayoni" qismida olgan bilimlarini mustahkamlashda qo'l kelishi mumkin. Ya'ni, bunda sinfdagi o'quvchilar guruhlarga bo'lingan holda ishlasalar samaraliroq bo'ladi.

Abdulla Oripov hayoti va ijodiga oid savollar o'qituvchi tomonidan alohida qog'ozlarga yozilgan tarzda beriladi. O'quvchilar esa, ma'lum bir belgilangan vaqt davomida krossvordni to'ldirishlari kerak bo'ladi.

4. "Loyiha" metodi. Mazkur metodni biz darsning "Yakuniy qismi"da qo'llashni lozim topdik. Chunki, darslikdagi adabiy o'qish uchun berilgan ma'lumotlar nisbatan kam hajmda hamda dars vaqtining chegaralanganligi bois, o'quvchilar keng va to'liq ma'lumotlar olishi qiyin bo'lishi mumkin. Ana shunday vaziyatlarda ushbu metod yaxshi samara berishi mumkin. "Loyiha" metodi o'quvchilarni mustaqil o'rganishga va izlanishiga turtki bera oladigan metoddir. O'qituvchi dars yakunida o'quvchilarga shoirning hayoti va ijodiga oid bo'lgan qiziqarli mavzuni o'rtaga tashlaydi. Sinfdagi o'quvchilar guruhlarga bo'linadi, guruh sardori tayinlanadi. Masalan, "Abdulla Oripov mohir tarjimon". Bilamizki, shoir o'zbek adabiyotiga mashhur tarjima asar Dante Aligerining "Ilohiy komediya" sini mahorat bilan o'girib nom qozongan edi. Tarjimashunoslikning qiyinchilgi va mas'uliyati o'quvchilarga tushuntirilgan holda, ularga shoirning boshqa tarjima asarlarini aniqlash va bu boradagi qiyinchiliklar haqida ma'lumotlar topish topshiriladi. Ularga foydalanish lozim bo'lgan adabiyotlar ro'yxati beriladi. Keyingi darsgacha ularga berilgan topshiriqlar bo'yicha ma'lumotlar topish, so'ngra taqdimot loyihasini tayyorlash vazifasi yuklatiladi. Metodning ahamiyati shundaki, bu bir nechta bosqichni qamrab olganligi hamda o'quvchilarda mustaqil tadqiqotchilik qobilyatlarini rivojlantirishda qo'l keladi.

Yuqoridagi o'zida innovatsion pedagogik ruhni singdirgan bunday dars usullari o'quvchilarning nutqiy kompetensiyasini oshiribgina qolmasdan, ulardan mustaqil tadqiqotchilik hamda intiluvchanlik xislatlarining chuqur tomir otishida yordam berishiga ishonchimiz komil. Lekin, mazkur usul va metodlarni qanday vaziyatda yoki qaysi sharoitda qo'llash, ularni o'quvchilarga qay tarzda tushuntirib yetkaza olishi o'qituvchining pedagogik mahoratiga bog'liqligini unutmasligimiz kerak.

Shuningdek, ta'lim jarayonida yuzaga keladigan muammoli vaziyatlarni bartaraf etish uchun qo'llaniluvchi metodlar mavjud. Bu metodlar darsda o'quvchi va o'qituvchi o'rtasida aloqani ta'minlashga va samarali dars jarayoni uchun muhim. Taqdim etilgan metod barcha o'quvchilarni darsda faollikka chaqiruvchi metod hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2017, T; Ma'naviyat 7 b.

2. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-sonli qarori. "Umumiy o'rta ta'limining davlat ta'lim standarti" to'g'risida.

3. "Umumiy o'rta va o'rta maxsus kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standarti" to'g'risida. 2017 y, O'zb. Resp. qonun hujjatlari to'plami 14-son 280 modda

4. X.Muhitdinova va boshqalar. 10-sinf O'zbek tili darsligi 2017, T; "Davr Nashriyoti" 142 b.

5. Abduraimova M. Ona tili ta'limida ilg'or pedagogik texnologiya. Toshkent, 2005.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.