Научная статья на тему 'O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI DARSLARIDA TO‘GARAK VA SINFDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL ETISH'

O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI DARSLARIDA TO‘GARAK VA SINFDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «Химические науки»

CC BY
1022
174
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ona tili va adabiyoti / to‘garak mashg‘ulotlari / sinfdan tashqari adabiy o‘qish / innovatsion metodlar / adabiy portret / adabiy-badiiy kecha / tadbirlar mohiyati / matn bilan ishlash

Аннотация научной статьи по химическим наукам, автор научной работы — Urazbaev Muratbay Amanbaevich, Reymbergenova Ra’no Maxsetovna

Ushbu maqolada o‘zbek tili va adabiyot fanidan to‘garak hamda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish-o‘quvchilarning ma’naviy-ahloqiy tarbiyasidagi muhim ahamiyati haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI DARSLARIDA TO‘GARAK VA SINFDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL ETISH»

^VZREKTm

TASHQARIISHLARNI TASHKIL ETISH

Urazbaev Muratbay Amanbaevich

Nukus shahar 46-sonli maktabning o'zbek tili fani o'qituvchisi, NDPI 2-bosqich magistranti Reymbergenova Ra'no Maxsetovna

Nukus shahar 46-sonli maktabning o'zbek tili fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7480504

Aniiotatsiya: Ushbu maqolada o'zbek tili va adabiyot fanidan to'garak hamda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish-o'quvchilarning ma'naviy-ahloqiy tarbiyasidagi muhim ahamiyati haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: Ona tili va adabiyoti, to'garak mashg'ulotlari, sinfdan tashqari adábiy o'qish, innovatsion metodlar, adabiy portret, adabiy-badiiy kecha, tadbirlar mohiyati, matn bilan ishlash.

Dunyoga yuz tutib borayotgan mustaqil davlatimizga hozirgi kunda o'z haq-huquqini anglaydigan, fikrini isbotlay oladigan, gapga chechan, so'zini o'tkaza oladigan mutaxassislar kerak. Bunday mutaxassislarni esa maktab tayyorlab beradi.

Har bir avlod oldida insoniyat yaratgan bilimlarni o'rganish va o'zlashtirish vazifasi turadi. Jamiyat taraqqiyotini, hayotning takomillashuvini shusiz tasawur qilib bo'lmaydi. Bunga erishishning birdan bir yo'li yosh avlodning o'qish va bilim, ko'nikma va malakasini shakllantirishdir. Hadislarda «Beshikdan to qabrgacha ilm izla», deyilishida juda katta hikmat bor. Ilm bobidagi izlanish va intilishlar insomii ma'naviy jihatdan o'stiradi, ahloqiy barkamollikka yetishtiradi. Shuning uchun ham bizning davrimizda xalq ta'limi tizimiga, yoshlar ma'naviyatining muhim bir manbai sifatida katta e'tibor berilmoqda.

Ona tili ta'limining samaradorligi mustaqil turmushga qadam qo'yayotgan yoshlarning nutqiy taraqqiyot darajasi va kamoloti bilan baholanadi.

Hozirgi vaqtda mana shu masalaga alohida e'tibor berilmoqda. Zeroki yoshlarda ijodiy tafakkur, ijodiy izlanish, ko'pgina imkoniyatlardan eng maqbulini tanlay olish ko'nikmalari hamda og'zaki va yozma nutq malakalarini shakllantirish va rivojlantirishda, ularni milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalashda ona tili fanining tutgan o'rni va imkoniyatlari benihoya kattadir. Ayniqsa, mustaqil respublikamiz uchun tadbirkor va ijodkor insonni tayyorlash masalasi ko'ndalang bo'lib turgan bir pajada bu fanning o'qitilishi yanada muhimroq ahamiyat kasb etadi.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, ona tili fani boshqa barcha fanlar uchun ostona vazifasini bajaradi. Maktab ona tili ta'limining maqsadi o'quvchilarning nutqiy

faoliyatini rivojlantirishga qaratildi. «Maktab ona tili ta'limining bosh maqsadi, - deb qayd qilingan ona tili ta'limi konsepsiyasida, o'quvchilarda tilning ichki imkoniyatlaridan, uning tasviriy vositalaridan, nutq jarayonida samarali va o'rinli foydalanish ko'nikmalarini turlicha yo'sin va shakllarda ifodalash omili masalalarini hosil qilishdan iborat». Demak, ona tili darslarida o'quvchilarning tafakkurini va nutqini o'stirish, hamda shu orqali ma'naviy-ahloqiy tarbiya berish- ta'limimiz oldida turgan muhim vazifadir

Zamonaviy ta'lim sharoiti o'qituvchidan doimiy izlanishni talab etadi. Hozirgi davr o'quvchilarini quruq gaplar yoki buyruq berishlar bilan dars jarayoniga tortish juda qiyin. Shuning uchun o'qituvchi o'z ustida ko'proq ishlashi, darsga yangi innovatsion metodlar kiritib o'quvcMni uning faol ishtirokchisiga aylantirishi lozim. Bu nafaqat dars jarayonida, balki to'garak mashg'ulotlarida ham o'z aksini topishi kerak. Chunki o'qituvchining pedagogik yuklamasiga dars o'tishdan tashqari, to'garak mashg'ulotlarini tashkil etish, sinfdan tashqari ishlarni olib borib bo'shliqlarni to'ldirib borish vazifasi ham yuklangan. Lekin, ko'pchilik o'qituvchilar to'garak va sinfdan tashqari ishlarga yuzaki qarab, bularni shunchaki,, xo'jako'rsin"ga qilishni afzal bilishadi. To'garak mashg'ulotlari- o'quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirish, tushunishi va o'zlashtirishi qiyin bo'layotgan darslarni mustahkamlash, mavzular bo'yicha bo'shliqlarni to'ldirish uchun o'qituvchi tomonidan yuritiladigan muhim ishlardan biridir.

Ham dars, ham to'garak mashg'ulotlarini olib borib, o'z fani bo'yicha innovatsion metodlarni qo'llab dars o'tayotgan o'qituvchida ta'lim sifatida hech qanday muammo bo'lmasligi tabiiy hol.

Ona tili fanida to'garak mashg'ulotlaridan tashqari, sinfdan tashqari ishlar ham bor. Adabiy-badiiy kecha, bahr-u bayt, bayt-u bayt, g'azalxonlik, ruboiyxonlik, navoiyxonlik kechalari, adabiy haftaliklar shular sirasiga kiradi. Mazkur ishlar o'quvchilarning ona tili va adabiyot faniga bo'lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirish rolini bajaradi. Yuqoridagi ishlarni tashkil etish, ularda o'quvctólarning ishtirokini ta'minlash o'qituvchining oldidagi muhim vazifalardan biridir.

Biz hozir yuqorida aytilgan fikrlardan kelib chiqib, ona tili va adabiyot darslarida to'garak hamda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda yordam berishi mumkin bo'lgan ba'zi bir tavsiyalarimizni berib o'tmoqchimiz.

Ayrim o'qituvchilar,, O'quvchi ona tilining qonun-qoidalarini bilsa, aytib bersa, u savodli yozadi"- degan fíkrni ilgari suradilar. Bu fíkrga qo'shilish ancha qiyin. Ona tilining qonun qoidalarini bilish boshqa, undan amaliy ish jarayonida foydalanish ko'nikmalariga ega bo'lish boshqa. Ko'pchilik o'quvchilar ona tilida erkin gapirish ko'nikmasini oigan holda, yozma savodxonlikda ancha qiyichiliklarga duch keladilar. Ana shunday vaziyatlarda, to'garak mashg'ulotlarida olingan bilimlar, muammoni hal qilishda ko'maklashishi mumkin. Yozma nutq va savodxonlikni oshirishda matn

tuzishning ahamiyati kattadir. Chunki matnda ona tili fanida o'rganilgan bilimlar amaliy tasdig'ini topadi, grammatik qo'shimchalarni to'g'ri qo'llay olish qobilyati namoyon bo'ladi. Demak, to'garak mashg'ulotlarida ko'proq matn bilan ishlash yozma nutq ko'nikmasini oshirishda qo'l keladi.

I. Matn bilan ishlash. Mavzuga doir ijodiy ish, matnlar yozdirish. Matndan biror so'z tarkibi yuzasidan tahlil qilish.

O'zbekiston- vatanim mening.

O'zbekiston mening qalbim va vujudga joylashgan, tug'ilib o'sgan, voyaga yetgan go'zal diyor, kindik qonim to'kilgan muqaddas zamin. Hayotimga mazmun baxsh etadigan tabarruk maskan. Vatan ota-bobolarimiz hoki-poyi jo bo'lgan aziz tuproq. Tog'dek tayanchim-Vatanim borligidan shukronalar o'qiyman, chunki vaqti-soati kelib shu aziz tuproqqa bosh qo'yamiz.

Shu kabi matnlarni yozishda o'quvchilar mustaqil fikr yuritib, mazmunli gaplarni tuzadilar, ularni o'zaro ma'no va grammatik jihatdan to'g'ri bog'lashga, fikrlarni to'g'ri bayon etishga harakat qiladilar. Tahlil: tayanchim-tayanch o'zbek fe'l (buyruq fe'li tayanch-negiz)- im (so'z o'zgartiruvchi qo'shimcha, 1 shaxs birlikda)

Bu kabi topshiriqlar va amaliy mashg'ulotlarda ish turlarini to'g'ri va mazmunli tanlash va ulardan unumli foydalanish asosida bilimga chanqoq intiluvchi o'quvchilarning olgan bilimlarini mustahkamlash bilan bir qatorda ularning aqliy faoliyati, zehni, zakovatini o'stira borish ko'zda tutiladi.

Matn tuzish hamda tahlil qilish orqali o'quvchilar ona tilidan grammatik bilimlarini ham mustahkamlab boradi. (5-11 sinflar uchun)

II„ Farqlab oling" usuli. Bu usulni ko'pincha,, Kelishik qo'shimchalari" va„ Egalik qo'shimchalar" mavzusidagi to'garak mashg'ulotlarida qo'llash maqsadga muvofiq bo'ladi. O'quvchilarga tarqatma qog'ozlar tarqatiladi, har bir qo'shimcha bo'yicha o'qituvchi tomonidan ma'lumotlar beriladi. (5-6 sinflar uchun).

KELISHIK QO'SHIMCHALARI

KELISHIKLAR SO'ROG'I SO'ZLAR

1) BOSH KELISHIK KIM? MIMA? ONA, KITOB,

2) QARATQICH KELISHIK KIMNING? NIMANING? ONANING, KITOBNING,

3) TUSHUM KELISHIK KIMNI? NIMANI? ONANI, KITOBNI

4) JO'NALISH KELISHIK KIMGA? NIMAGA? ONAGA KITOBGA,

5) O'RIN-PAYT KELISHIK KIMDA? NIMADA? ONADA. KITOBDA.

6) CHIQISH KELISHIK Kl M DAN? NIMADAN? ONAOAN, KITOBDAN,

EGALIK QO'SHIMCHALARI

Bl RI— 1 K KO'PLIK

I SHAXS MAKTABIM, UKAM, I SHAXS MAKTABIMIZ, UKAMIZ

II SHAXS MAKTABING, UKANG, II SHAXS MAKTABI N GIZ, UKANGIZ

III SHAXS - MAKTABI, UKASI, III SHAXS MAKTABLARI, UKALARI

III„ Adabiy portret" texnologiyasi Mazkur texnologiyani Adabiyot to'garaklarida, shoir yoki yozuvchining hayoti va ijodini o'rganish jarayonida qo'llash mumkin. Bunda o'quvchilarga shoirning portreti va ijodiga oid she'r parchasi namoyish qilinadi. O'qituvchi tomonidan shoirning hayoti va ijodi bo'yicha ma'lumotlar berib o'tiladi. (9-llsinflar uchun)

St-n vclim emiissirt,. hmhlan ii.^iiniti. Quwshdrty liichriixin V;HlrlHll.ig - aniiiL;1. ZMIiiiditv VrUUliiL-u.

Xkhl.ilk I\|J

Is!,i l' i I' i i: '■. i iv 11 L:iyyoril\$IV£3il Xiki Ltijij; - insiy bui_

riio y i'i i»':l I, jlfcVITirr ,

KM J 2.

„ Adabiy portret" texnologiyasi o'quvchida adabiy-badiiy bilimlarining mustahkamlanishida qo'l kelishi mumkin.

IV,? Klaster" metodu Ushbu metodni har qanday grammatik mavzuni mustahkamlashda qo'llash mumkin. Ko'pincha, fonetika mavzusiga doir to'garak mashg'ulotlarida qo'llasak yaxshi natija beradi. (2-4 sinflar uchun)

K-G tovuslilar! bo'g'inlarda

__

agl- akl, ogl-okl, igm-ikm

SANA:

Mazkur metodda o'quvchilar k va g tovushlarini farqlash ko'nikmasini shakllantiradilar. Shuningdek bo'g'in ko'chirish bo'yicha ham atroflicha bilimlar hosil qiladilar.

Jamiyatimiz taraqqiyoti sog'lom, aqlga muvofiq keluvchi yo'nalishga tushishi bilan inson omilining salmog'i ortdi. Inson omilining ortishi esa, bu jamiyatda ma'naviy qadriyatlarga e'tibor kuchayishiga olib keladi. Maktab ona tili va adabiyot ta'limi jamiyat ma'naviy qadriyatlarning shakllantirishda eng ko'p vazifa bajaradigan faoliyat tun ekanligi shubhasizdir.

Xullas, ona tili va adabiyot fanidan tashkil etilgan to'garak mashg'ulotlari va sinfdan tashqari ishlardagi bu kabi metodlar- matnlar bilan ishlash, adabiy portretlar, suhbat, savol-javoblardan foydalanib, o'quvchilar ongiga milliy istiqlol g'oyalarini singdirish, ularning ma'naviy-ahloqiy tarbiyasida insonparvarlik g'oyalarini qaror toptirishda yordam berishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. A. G'ulomov,, Ona tili o4qitish prinsplari va metodlari" T; „O'qituvchi" 1992.

2. A. G'ulomov, N. Ne'matov «Ona tilidan ta'lim mazmuni» T;„ O'qituvchi" 1995 y.

3. "Ona tili didaktikasi" ham mualliflikda. Toshkent 2004 y.

4. "Til va adabiyot ta'limi" jurnali. 2014 y. 5-son.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.