Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIGA KOMBINATORIKA ELEMENTLARINI TUSHUNTIRISHDA PEDAGOGIK YONDASHUV'

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIGA KOMBINATORIKA ELEMENTLARINI TUSHUNTIRISHDA PEDAGOGIK YONDASHUV Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
80
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
pedagogik yondashuv / kombinatorika elementlari / kompetensiyaviy yondashuv / algoritmik / dunyoqarash / kompetentlilik

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Abdulxayev Abduvoxid Abdulbori O’G’Li

Ushbu maqolada mamlakatimiz kelajagi bugun maktablarda ta‘lim-tarbiya olayotgan farzandlarimizga, ularni har tomonlama yetuk va barkamol insonlar bo‘lib yetishishlariga bog‘liqligi,bu vazifani bajarish hozirgi zamon o‘qituvchisi, ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilaridan o‘z mahoratlarini doimiy tarzda oshirib borishlari, ilg‘or pedagogik texnologiyalarning izchil metodlari mohiyatini to‘g‘ri anglashlari va uni o‘z darslarida mohirona foydalanishlarini taqozo qilishi,bugungi ta‘lim jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni faol qo‘llash, ta’lim samaradorligini oshirish, tahlil qilish va amaliyotga joriy qilish bugunning muhim vazifalaridan biri sanalishini,o‘quvchilarning fikr doirasi, ongi, dunyoqarashini o‘stirish, ularni erkin fikrlaydigan, erkin ishtirokchilarga aylantirish muhim sanaladi. Shuni ta’kidlash kerakki, maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga kombinatorika elementlarini tushuntirishda pedagogik yondashuvlar orqali masalalarni yechish, bugungi ta‘lim jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni faol qo‘llash, ta’lim samaradorligini oshirish, tahlil qilish va amaliyotga joriy qilish bugunning muhim vazifalaridan biri sanalishi, o‘quvchilarning fikr doirasi, ongi, dunyoqarashini o‘stirish, ularni erkin fikrlaydigan, erkin ishtirokchilarga aylantirish muhimligi va matematika darslarida fanlararo integratsiyani takomillashtirish haqida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIGA KOMBINATORIKA ELEMENTLARINI TUSHUNTIRISHDA PEDAGOGIK YONDASHUV»

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARF MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIGA KOMBINATORIKA ELEMENTLARINI TUSHUNTIRISHDA PEDAGOGIK YONDASHUV Abdulxayev Abduvoxid Abdulbori o'g'li

Namangan xalqaro universiteti o'qituvchisi abduvohid949494@gmail.com Tel:+99897-216-72-94 https://doi.org/10.5281/zenodo. 10036994 Annotatsiya. Ushbu maqolada mamlakatimiz kelajagi bugun maktablarda ta'lim-tarbiya olayotgan farzandlarimizga, ularni har tomonlama yetuk va barkamol insonlar bo'lib yetishishlariga bog'liqligi,bu vazifani bajarish hozirgi zamon o'qituvchisi, ayniqsa, boshlang'ich sinf o'qituvchilaridan o'z mahoratlarini doimiy tarzda oshirib borishlari, ilg'or pedagogik texnologiyalarning izchil metodlari mohiyatini to'g'ri anglashlari va uni o'z darslarida mohirona foydalanishlarini taqozo qilishi,bugungi ta'lim jarayonida ilg'or pedagogik texnologiyalarni faol qo'llash, ta'lim samaradorligini oshirish, tahlil qilish va amaliyotga joriy qilish bugunning muhim vazifalaridan biri sanalishini,o'quvchilarning fikr doirasi, ongi, dunyoqarashini o'stirish, ularni erkin fikrlaydigan, erkin ishtirokchilarga aylantirish muhim sanaladi. Shuni ta'kidlash kerakki, maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilariga kombinatorika elementlarini tushuntirishda pedagogik yondashuvlar orqali masalalarni yechish, bugungi ta'lim jarayonida ilg'or pedagogik texnologiyalarni faol qo'llash, ta'lim samaradorligini oshirish, tahlil qilish va amaliyotga joriy qilish bugunning muhim vazifalaridan biri sanalishi, o'quvchilarning fikr doirasi, ongi, dunyoqarashini o'stirish, ularni erkin fikrlaydigan, erkin ishtirokchilarga aylantirish muhimligi va matematika darslaridafanlararo integratsiyani takomillashtirish haqida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: pedagogik yondashuv, kombinatorika elementlari, kompetensiyaviy yondashuv, algoritmik, dunyoqarash, kompetentlilik,

Аннотация. В этой статье мы расскажем о будущем нашей страны нашим детям, которые сегодня получают образование в школах, о том, как сделать их зрелыми и гармоничными людьми во всех аспектах,в зависимости от их успеваемости, выполнение этой задачи требует от современного учителя, особенно,постоянно совершенствуя свои навыки у учителей начальных классов последовательные методы передовых педагогических технологий и умело использовать его на уроках,сегодня активное применение передовых педагогических технологий в образовательном процессе, воспитание повышение эффективности, анализа и внедрения в практику мнений, сознания, мировоззрения учащихся выращивание, превращение их в свободомыслящих, свободных участников считается важным. Следует отметить, что в статье подчеркивается важность решения задач с помощью педагогических подходов к объяснению элементов комбинаторики учащимся начальных классов, активное применение прогрессивных педагогических технологий в современном образовательном процессе, повышение эффективности обучения, анализ и внедрение их в практику-одна из важнейших задач сегодняшнего дня,развитие кругозора, сознания, мировоззрения учащихся, превращение их в свободомыслящих, свободных участников и т.д. на уроках математики обсуждалось улучшение междисциплинарной интеграции.

Ключевые слова: педагогический подход, элементы комбинаторики, компетентностный подход,алгоритмический, мировоззрение, компетентность,

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARF MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

Abstract. In this article we will tell about the future of our country to our children who are currently receiving education in schools, about how to make them mature and harmonious people in all aspects, depending on their academic performance, the fulfillment of this task requires a modern teacher, especially by constantly improving their skills from primary school teachers consistent methods of advanced pedagogical technologies and skillfully use it in the classroom,today the active use of advanced pedagogical technologies in the educational process, education, efficiency improvement, analysis and implementation in practice of opinions, consciousness, worldview of students growing, turning them into free-thinking, free participants is considered important. It should be noted that the article emphasizes the importance of solving problems with the help of pedagogical approaches to explaining the elements of combinatorics to primary school students, the active use of progressive pedagogical technologies in the modern educational process, improving the effectiveness of teaching, analyzing and putting them into practice is one of the most important tasks of today, the development of the outlook, consciousness, worldview of students, the transformation of their in freethinkers, free participants, etc. in mathematics lessons, the improvement of interdisciplinary integration was discussed.

Keywords: pedagogical approach, elements of combinatorics, competence approach,algorithmic, worldview, competence.

KIRISH.

Mamlakatimiz kelajagi bugun maktablarda ta'lim-tarbiya olayotgan farzandlarimizga, ularni har tomonlama yetuk va barkamol insonlar bo'lib yetishishlariga bog'liq. Bu vazifani bajarish hozirgi zamon o'qituvchisi, ayniqsa, boshlang'ich sinf o'qituvchilaridan o'z mahoratlarini doimiy tarzda oshirib borishlari, ilg'or pedagogik texnologiyalarning izchil metodlari mohiyatini to'g'ri anglashlari va uni o'z darslarida mohirona foydalanishlarini taqozo etadi. Bugungi ta'lim jarayonida ilg'or pedagogik texnologiyalarni faol qo'llash, ta'lim samaradorligini oshirish, tahlil qilish va amaliyotga joriy qilish bugunning muhim vazifalaridan biri sanaladi. O'quvchilarning fikr doirasi, ongi, dunyoqarashini o'stirish, ularni erkin fkrlaydigan, erkin ishtirokchilarga aylantirish muhimdir.

Ma'lumki, matematika fani inson aqlini charxlaydi, diqqatini rivojlantiradi, ko'zlangan maqsadga erishish uchun qat'iyat va irodani tarbiyalaydi, algoritmik tarzda tartib-intizomlilikka o'rgatadi va eng muhimi mulohaza yuritishga chorlaydi hamda tafakkurni kengaytiradi. Muhtaram prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta'kidlaganidek, "Matematika hamma

fanlarga asos. Bu fanni yaxshi bilgan bola aqlli, keng tafakkurli bo'lib o'sadi, istalgan sohada muvaffaqiyatli ishlab ketadi". Mamlakatimizda matematika 2020 -yildagi ilm-fanni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida belgilandi hamda matematika ilm-fani va ta'limi rivojlantirishini yangi sifat bosqichiga olib chiqishga qaratilgan qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29- apreldagi PF-5712-sonli Farmoni asosida qabul qilingan "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi", 2020-yil 7-maydagi "Matematika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4708-sonli Qarori, 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida matematika fani va ta'limini har tomonlama takomillashtirish va rivojlantirish yuzasidan qator salmoqli vazifalar belgilangan.

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARF MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

ADABIYOTLAR TAHLILI:

Kombinatorika tarixi, bir necha ming yil avval Xitoyda sehrli kvadratlar tuzish, qadimgi Yunonistonda figurali sonlar nazariyasini tuzish masalasini o'rganishgan. Keyinchalik shashka, karta, shoshqol, domino kabi o'yinlar kombinatorik masalalarni vujudga kegan. Kombinatorika masalalari Samarqanddagi Ulug'bek maktabining taniqli matematigi G'iyosiddin Jamshid Koshiy, X-asrda yashab ijod etgan Umar Xayyom, keyinchalik yevropa olimlari jumladan, B. Paskal, J. Kordano, G.Leybnits, Ya. Bernulli P.Ferma, L. Eyler va boshqa olimlarning ishlarida uchraydi. XVII-asrda kombinatorika ehtimollar nazariyasining yaratilishi bilan bog'liq holda mustaqil fan sifatida yuzaga keldi

TADQIQOT METODOLOGIYASI.

Asosiy qism: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xalq ta'limi" tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarini tashkil etish chora tadbirlari to'g'risidagi 997-qarorida eng ustuvor vazifa qilib quyidagilar olindi: [2]

- Xalqaro tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda o'qish;

- PISA, PIRLS baholash dasturi yo'nalishidagi savollar milliy ba'zasini yaratish va o'quv dasturlariga integratsiya qilish;

Qarorning asosiy mazmuni yoshlarni yangicha fikrlashga da'vat etish. Millatimiz yoshlari ongida yangi g'oyalar, yangi texnologiyalarni shakllantirishdan va mana shu o'rgangan bilimini hayotda qo'llay olishini ta'minlashdan iborat. Prezidentimiz ta'kidlaganlar: "Yoshlarni doimo yangicha fkrlash, o'ylash, va yashashga o'rgatishimiz kerak." Bu masalaning yechimi esa,albatta, ta'limni isloh qilishdadir. Ta'limni o'zgartirsak, insonni o'zgartiramiz. Insonni o'zgartirsak jamiyatni o'zgartiramiz.

Umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'qitiladigan har bir fanning ahamiyati uning texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarish sohasida va kundalik hayotda tutgan o'rni bilan belgilanadi. Bu borada matematika ta'limini oldiga yuqori vazifalar qo'yiladi.

Bugungi kunda matematika darslari ko'pincha an'anaviy tarzda o'tilmoqda. Fanlararo integratsiyalar, yangi innovatsion texnologiyalardan deyarli foydalanilmayapti. PISA baholash dasturi faqat ixtisoslashgan yoki prezident maktablari o'quvchilari tomonidan foydalanilmoqda. Darslar kompetensiyaviy yondashuv asosida o'tilmayapti.

Lekin, bizning birinchi navbatdagi vazifamiz muhtaram Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, "Farzandlarimizni mustaqil fikrli, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarnii egallagan, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega, chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun dolzarb ahamiyatga ega bo'lgan masala hisoblanadi."

Shunday ekan, biz darslarda zamonaviy texnologiyalardan o'rinli foydalanishimiz zarur. Zamon bilan hamnafas zamonaviy pedagoglarni yetishtirishimiz, zamonaviy o'qitish texnologiyalarini ishlab chiqishimiz oldimizdagi bosh maqsadimizga aylantirishimiz kerak. Zamonaviy pedagogikada o'qitish texnologiyasining asosiy tavsifi sifatida uning tizimliligi, ilmiyligi, qayta tiklanuvchanligi, qo'shiluvchanligi, samaradorligi, sifat va motivlashgaigi algoritmliligi, axborotliligi, nusxa olish imkoniyati,yangi sharoitga ko'chirish mumkinligi kabi jihatlariga e'tibor qaratiladi.

Yangi metod va usullarni matematika darsining "Kombinatorik va mantiqiy masalalar" mavzusi doirasida ko'rib chiqsak;

Ma'lumki, kombinatorik masalalarda berilgan topshiriqni nechta usulda bajarish mumkinligi aniqlanadi.

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARP MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2G23-yll

Bu masalalar o'quvchini mantiqiy fikrlash qobiliyatini o'stiradi. Bu mavzuning 3-sinf darsligiga qo'shilishida aynan shu maqsad nazarda tutilgan. Bugungi ta'limimizning asosiy maqsadi bolaning ta'rifni quruq yodlatishdan, bir xil usuldagi yechiladigan masalalarni o'rgatishdan yiroq.

Kombinatorik masalalarni yechish usulini o'rgatishda birinchi navbatda o'quvchida amaliy ko'nikmalar hosil qilish lozim. Ta'kidlash joizki, o'quvchi formula yordamida ishlagan masalasidan ko'ra amalda qo'llab ko'rgan masalaning mohiyatini chuqurroq anglab yetadi.

Shu o'rinda ba'zi bir kombinatorik masalalarning yechimini ko'rsatsak;

Masala: 4,5,6 raqamlaridan raqamlarni takrorlamasdan nechta 2 xonali son hosil qilish mumkin?

Biz bu masalani 3-sinf nuqtai nazaridan qaraydigan bo'lsak formula yordamida ishlamaslikka harakat qilamiz. [5]

Bu masalada 'Daraxt shoxi" metodidan foydalanish o'rinli hisoblanadi.

Ikki xonali sonlarni uyidagicha yozish mumkin: 45,46,54,56,64 va 65 sonlarini hosil qilindi.Xuddi shu usulda raqamlarni takrorlab nechta uch xonali son hosil qilish mumkin degan masalaga ham shu usulda yechim topish mumkin.Bu usulda o'quvchi masalani tartibsiz hayoliga kelgan sonni yozib emas, balki ma'lum tartib asosida ishlaydi. Shu sonlardan raqamlarni takrorlamasdan nechta 3 xonali sonlar hosil qilish mumkinligini 3-sinf o'quvchilariga qanday usulda o'rgatish ma'qul?

Bunda biz "Kubik-rubik" didaktik o'yinidan foydalanishimiz maqsadga muvofiq.

Avvalo, sinf o'quvchilarini 2 guruhga bo'lib olamiz. So'ng har ikki guruh a'zolarining har biriga 4; 6; 5 raqamlar tasviri tushirilgan qizil sariq yashil kubiklar beramiz. So'ng ularni har bir o'quvchining partasiga bir xil tartibda qo'yamiz.

Birinchi guruh a'zolari shu sonlarga doir matematikaga darslarida o'rgangan ma'lumotlarini yoki shu son qatnashgan biror misol,masala, tenglama aytishlari so'raladi. Masalan, matematikada 4 ta amal bor, beshburchakning 5 ta tomoni bor. Kubik 6ta uchi bor.....

So'ng kubikning turgan o'rni almashtiriladi. Almashinish vaqtida har bir o'quvchi partasi ustidagi kubiklarni bir xil tartibda almashtiradi.

O'qituvchi hosil bo'lgan sonlarni doskaga yozib boradi.

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARP MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

Ikkinchi guruh a'zolari shu sonlarga oid tabiatshunoslik (ona tili, o'qish, texnologiya) fani doirasida o'rgangan ma'lumotlarini aytishlari so'raladi. Masalan, Yer yuzida 6ta materik bor, Yurtimizda bir yilda 4 fasl almashadi,insonda 5 ta sezish organi mavjud. Har bir ma'lumot aytilganda barcha o'quvchilar oldidagi kubiklar o'rni almashtiriladi.

Bu tartibda har bir yasalgan 3 xonali sonlar bir necha marotaba takrorlanishi mumkin. Shu jarayon orqali o'quvchilarning o'zlari 3 ta raqamdan ularni takrorlamasdan faqat 6 ta 3 xonali son hosil bo'lishini amalda ko'rishadi. Shu o'rinda yil fasllarining takrorlanishini, suvning tinimsiz tabiatda aylanib turishini, bu harakatlarda ma'lum qonuniyat borligi va shunga o'xshash tabiiy jarayonlarning izchil harakati, o'qish darslarida yodlayotgan she'rlari shoirning so'zlar kombinatsiyasidan mohirona foydalanganligi ekanligini, texnologiya darslaridagi arigami usulini qog'oz buklashning qonuniyat asosidagi kombinatsiyasi ekanligini o'qituvchi tomonidan o'quvchilarga aytib o'tiladi.

Qaysi guruh ko'p son topgan bo'lsa shu guruh o'qituvchi tomonidan rag'batlantiriladi.

"Kubik-rubik" didaktik o'yinidan maqsad o'quvchilarni kombinatorik masalalarni yechishdagi qiyinchiliklarini bartaraf etish, masalani amaliy ko'nikmalar asosida yechishga o'rgatish va fanlararo integratsiyani hosil qilish O'quvchining boshqa fanlardan ham o'zlashtirgan bilimlarini tekshirishdan iborat.

TAHLILLAR VA NATIJALAR.

Biz har bir fanni aslida nima uchun o'rganamiz? Albatta, olgan bilimlarimiz orqali hayotimizni yanada soddalashtirish uchun, ularni hayotimizga o'z o'rnida tatbiq etish uchun o'rganamiz. Biz buni fan tilida kompetensiya deb ataymiz.

Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta'lim o'quvchilarni o'zlashtirilgan axborotlarni o'quv va hayotiy faoliyat turlarining standart va nostandart vaziyatlarida qo'llay olishi bilan xarakterlanadi.

"Kompetensiya" atamasi eng ma'noda umumiy masalalarni hal etishda amaliy tajribalar aosida bilim va malakalarni qo'llash, muvaffaqiyatli harakat qilish qobiliyatini bildiradi. Lotincha "campetere"-muvofiq bo'lmoq so'zidan kelib chiqqan. [3] Ta'limda kompetentlilik bilan yondashuv o'quvchilarni turli ko'nikmalarni egallash, kelajakda ijtimoiy, kasbiy va shaxsiy hayotida ma'lum ma'noda tajribaga ega bo'lishini ta'minlaydi. O'rganilgan bilimni ongli ravishda tatqiq qilinishini ta'minlaydi. O'quvchining fkrlash qobiliyatiga sezilarli darajada ijobiy ta'sir etadi.

Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan o'qitishning asosiy mohiyati kasbga yo'naltiruvchi fanlardan tashkil qilingan ta'lim-tarbiya jarayonida o'quvchilar tomonidan egallangan bilim, ko'nikma va malakalarni o'z shaxsiy hayoti davomida, shuningdek, kelgusi kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida qo'llay olish kompetensiyalarini shakllantirishga yo'naltirish sanaladi. O'quvchilar kelgusi hayoti davomida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o'z o'rnini egallashi, mazkur jarayonda duch keladigan muammolarning yechimini hal etishi, eng muhimi o'z sohasi, kasbi bo'yicha raqobatbardosh bo'lishi uchun zaruriy tayanch kompetensiyalarga ega bo'lishi lozim.

XULOSALAR.

Xulosa qilib aytganda, kombinatorik masalalarni boshlang'ich sinflarga tushuntirayotganda formulalar yordamida emas, turli xil didaktik o'yinlardan va qiziqarli metodlardan foydalinib kompitensiyaviy yondashuv asosida, fanlararo integratsiya qilish orqali tushuntirish maqsadga muvofiq bo'ladi.

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARP MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

REFERENCES

1. Sh.M.Mirziyoyevning 2020-yil 7-maydagi "Matematika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4708-sonli qarori,

2. Vazirlar Mahkamasining "Xalq ta'limi tizimidagi ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarini tashkil etish chora tadbiri to'g'risida" gi 997-qarori.

3. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

4. S.Burxonov va boshqalar 3-sinf "Matematika" darsligi T.-2019. 15-16-betlar.

5. Samariddin Barakayevich Qorayev. "Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta'limning asosiy jihatlari"

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.