Научная статья на тему 'MILLIY О‘QUV DASTURI MAKTAB AMALIYOTDA'

MILLIY О‘QUV DASTURI MAKTAB AMALIYOTDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
236
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Mulohaza / texnologiya / maqsad vazifa / o`quv dasturi / ta`lim standarti / boshlang`ich ta`lim / matematika / bilim va ko`nikma.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Djumayev Mamanazar, Djumayeva Moxigul

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda matematikadan milliy o‘quv dasturini amaliyotga joriy etishning ilmiy-metodik asoslari haqida mulohazalar suningdek, Resbublka ta`lim inspeksiyasi tomonidan milliy o`quv dasturi loyihasi muhokamasi haqida so`z yurutamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MILLIY О‘QUV DASTURI MAKTAB AMALIYOTDA»

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

MILLIY O'QUV DASTURI MAKTAB AMALIYOTDA 1Djumayev Mamanazar, 2Djumayeva Moxigul

^P.f.n.professor. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.

[email protected] 2Termiz davlat pedagogika instituti o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10035400

Annotasiya. Ushbu maqolada boshlang'ich sinflarda matematikadan milliy o'quv dasturini amaliyotga joriy etishning ilmiy-metodik asoslari haqida mulohazalar suningdek, Resbublka ta'lim inspeksiyasi tomonidan milliy oquv dasturi loyihasi muhokamasi haqida sosz yurutamiz.

Kalit so^zlar: Mulohaza, texnologiya, maqsad vazifa,oquv dasturi,ta'lim standarti, boshlang 'ich ta'lim, matematika, bilim va konikma.

Аннотатция. В этой статье мы обсуждаем научно-методические основы реализatsiи нatsiональной учебной программы по математике в начальной школе, а также обсуждение проекта нatsiональной учебной программы Республиканской инспекцией образования.

Ключевые слова: обратная связь, технология, цели, учебная программа, образовательные стандарты, начальное образование, математика, знания и навыки.

Abstract. In this article, we discuss the scientific and methodological foundations for the implementation of the national curriculum in mathematics in primary school, as well as the discussion of the draft national curriculum by the Republican Inspectorate of Education.

Keywords: feedback, technology, goals, curriculum, educational standards, primary education, mathematics, knowledge and skills.

Matematika olamni, dunyoni bilishning asosi bo'lib, tevarak- atrofimizdagi voqea va hodisalarning o'ziga xos qonuniyatlarini ochib berishda juda katta ahamiyatga egaki, matematik bilimlarsiz ishlab chiqarish va fanning rivojlanishini tasavvur qilib bo'lmaydi. Shuning uchun ham matematik madaniyat — umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi hisoblanadi.

Matematika fanini o'qitishdan ko'zlangan zamonaviy maqsad va vazifalar quyidagilardan

iborat:

- o'quvchilarda kundalik faoliyatda qo'llash, fanlarni o'rganish va ta'lim olishni davom ettirish uchun zarur bo'lgan matematik bilim va ko'nikmalar tizimini shakllantirish va rivojlantirish;

- jadal taraqqiy etayotgan jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yurita oladigan, aniq va ravshan, tanqidiy hamda mantiqiy fikrlay oladigan shaxsni shakllantirish;

milliy, ma'naviy va madaniy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan oqilona foydalanish va asrab-avaylash, matematik madaniyatni umumbashariy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida tarbiyalashdan iborat.

Matematika fani o'qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirish quyidagi yo'nalishlarda amalga oshiriladi:

Matematika fani o'qituvchilarining fan bo'yichha bilim, ko'nikma va mahoratini uzluksiz yangilab borish, zamonaviy talablarga muvofiq ta'lim sifatini ta'minlash uchun zarur darajada kasbiy tayyorgarlikni an'anaviy va masofaviy shakllardan fodalanib oshirishiga sharoit yaratish;

o'qituvchilarda mustaqil fikrlash, ilmiy tadqiqot va ijodkorlik ko'nikmalarini rivojlantirish,

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

ularnig pedagogik nufuzini oshirish va kompetentligini rivojlantirib borish;

o'qituvchining shaxsiy va kasbiy axborot maydonini yaratish ko'nikmalarini shakllantirish, ularining o'z pedagogik faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish, onlayn va oflayn, video va televizion darslarni tayyorlash va o'tkazish ko'nikmalarini zamon talabidan kelib chiqib takomillashtirib borish;

dars jarayonida ilg'or ta'lim-tarbiya texnologiyalari va jahon tajribasidan foydalanish ko'nikmalarini mustahkamlash.Matematika fanini o'qitishdan ko'zlangan zamonaviy maqsad va vazifalar quyidagilardan iborat:

□ o'quvchilarda kundalik faoliyatda qo'llash, fanlarni o'rganish va ta'lim olishni davom ettirish uchun zarur bo'lgan matematik bilim va ko'nikmalar tizimini shakllantirish va rivojlantirish;

□ jadal taraqqiy etayotgan jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yurita oladigan, aniq va ravshan, tanqidiy hamda mantiqiy fikrlay oladigan shaxsni shakllantirish;

milliy, ma'naviy va madaniy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan oqilona foydalanish va asrab-avaylash, matematik madaniyatni umumbashariy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida tarbiyalashdan iborat.

Mamlakatimizning dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, fan- texnika va texnologiyalarning rivojlanishi yosh avlodning o'zgaruvchan dunyoda raqobatbardosh bo'lishi fanlarni mukammal egallashni taqozo etadi, bu esa ta'lim tizimiga, jumladan, matematikani o'rgatish bo'yicha ham xalqaro tajriba va andozalarni joriy etish orqali ta'minlanadi.

Bundan ta'lim bo'yicha qator xalqaro tashkilotlarning tadqiqotlari ham dalolat bermoqda. Shu o'rinda, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD)ning 15 yoshli o'quvchilarning ona tili, matematika va tabiiy fanlar bo'yicha savodxonlik darajasini baholashga qaratilgan PISA - o'quvchilar yutuqlarini baholash xalqaro dasturi tadqiqotlari natijalari e'tiborga molik.

Bundan tashqari, ta'limiy yutuqlarni baholash xalqaro uyushmasi (IEA) tomonidan tashkil etilgan TIMSS - matematika va tabiiy fanlar ta'lim sifatining xalqaro monitoringi dasturini ham keltirish mumkin. Ushbu tadqiqot o'quvchilarning turli davlatlarda matematika va tabiiy fanlardan bilim darajasi va sifatini solishtirishga hamda milliy ta'lim tizimidagi farqlarni aniqlashga ko'maklashadi.

Tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda matematika fanini o'qitishga xalqaro baholash dasturlarining mazmuni, baholash me'zonlari va mexanizmlari mahalliy sharoitdan kelib chiqqan holda joriy etilishi maqsadga muvofiq bo'ladi.

STEAM (S - science - tabiiy fanlar T - technology - texnologiya, E - engineering -muhandislik, A - art - san'at, M - mathematics - matematika) ta'lim texnologiyasi aniq fanlar blok-modulida o'quvchilarning egallagan bilim, ko'nikma va malakalarini kundalik hayot bilan bog'liqligini ko'rsatishda dars va sinfdan tashqari mashg'ulotlarda o'quv tadqiqotlarini o'tkazish, tajribalarni bajarish, loyihalashtirishga yo'naltirilgan ijodkorligini tarbiyalash, yangiliklar yaratishga bo'lgan qiziqishlarini rivojlantirishga qaratilgan.Matematik mazmun tandartlari (bilim va ko'nikmalar).Qisqacha tavsifi: Asosiy matematik tushunchalar va munosabatlar mohiyatini tushunish va ulardan tipik o'quv topshiriqlarini bajarishda foydalanish.

Ushbu standartlar o'quvchilar matematikani o'rganish orqali nimani tushunishi va nimalarni bajarishga qodir bo'lish kerakligini belgilab beradi. Matematikada tushunishning o'ziga xos belgilaridan biri - bu o'quvchining matematik o'zlashtirish darajasidan kelib chiqqan holda muayyan matematik ifodaning to'g'ri yoki noto'g'ri ekani yoki muayyan matematik qoidaning

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

qayerdan kelib chiqishini asoslab berish qobiliyatidir. Matematik tushuncha mohiyatini tushunish va tipik amallarni bajarish ko'nikmasi bir xilda muhim bo'lib, ular muayyan murakkablik darajasidagi standart topshiriqlar yordamida baholanadi.

Matematik amaliyot standartlari kompetensiyalar) qisqacha tavsifi: O'zlashtirilgan bilim va ko'nikmalarini amaliy masalalarni yechishda va notanish vaziyatlarda qo'llay olish (kompetensiyalar).

Mazkur standartlar ham umumlashgan mazmundagi amaliy tatbiq standatlardan iborat bo'lib, ular o'quvchilarning quyidagi aqliy faoliyati sohalarini qamrab oladi (kelgusida ishlatish qulay bo'lsin uchun aqliy faoliyat sohalari, mos ravishda M1, M2, M3, M4 va M5 bilan kodlanadi):

□ Mulohaza yuritish (M1); matematikaga oid fikrni asoslash, isbotlash yoki o'zgalar fikriga munosabat bildirish uchun mantiqan asosli va tushunarli dalillarni keltirish;

□ Modellashtirish (M2): o'quv va hayotiy muammolarni matematika tilida ifodalash, ularning matematik modelini qurish;

□ Muammoni yechish (M3): matematikani qo'llab muammoni hal qilish;

□ Muloqot qilish (M4): matematik tushuncha, belgi va timsollar asosida matematika tilida o'zaro muloqot qilish;

□ Ma'lumotlar bilan ishlash (M5): ma'lumotlarni yig'ish, tahlil qilish va turli shakllarda tasvirlash.Matematik amaliyot standartlari har bir sinf kesimida mazmun standartlari bilan uzviy bog'liq bo'lib, tegishli mazmun standartlarida o'z aksini topgan. Amaliyot standartlari mazmun standartlarining mazmuniga mos bo'lgan, tegishli yosh fiziologik imkoniyatlari va aqliy faoliyat sohalaridan kelib chiqib singdirilgan. a) bir necha turdagi ma'lumotlarni taqdim etish uchun masshtabi berilgan chiziqli va ustunli diagrammalarni yasash. Diagrammada keltirilgan ma'lumotlardan foydalanib, "qancha ko'p?" va "qancha kam?" ko'rinishidagi bir va ikki qadamli masalalarni yechish. Masalan, diagramma chizsak, undagi har bir kvadrat 5 ta uy hayvonini ifodalashi mumkin.b) bir o'lchov birligining yarmi va to'rtdan biri belgilangan chizg'ich yordamida uzunliklarni o'lchab ma'lumotlar qatorini hosil qilish. Gorizontal shkala tegishli birliklarda - nomanfiy butun sonlar, yarimlar yoki choraklarda belgilab chiqilgan bo'lsa, diagramma yasash orqali ma'lumotlarni tasvirlash. a) sodda kombinatorika (to'plam elementlarini muayyan qoida asosida saralash imkoniyatlar sonini aniqlash) ga doir masalalarni yechish. Matematika fani bo'yicha milliy ta'lim standartlarini yaratishga yondashuv tizimli, yani muayyam tizimga solingan bo'lib, u "Al-jabr" deb nomlanadi. Bu nomda o'ziga xos "tiklanish" ma'nosi mujassamlangan.

Standartlar ta'limning boshlang'ich davridanoq barcha o'quvchilarni imkon qadar keng qamrab olib, ularning o'qish jarayonida to'liq ishtirok etishi uchun imkoniyat va ta'lim sohasida maxsus ehtiyojlarga ega bo'lgan o'quvchilarning maksimal darajadagi ishtirokini ta'minlash uchun tegishli sharoitlarni yaratib berishi lozim. Standartlar barcha o'quvchilargaShu bois, amaliyot standartlarini har bir sinf kesimida yana alohida aniqlashtirib o'tirmaymiz.

Matematika o'qitish metodikasi - eksperimental fan. Mavzularning kerak-kerakmasligi, ularni o'qitish metodikalarning samaradorligi yoki samarasizligi va boshqa jihatlari (jumladan, o'quvchining yosh-psixologik hususiyatlari, o'qituvchilarning tayyorgarlik darajasi, moddiy-texnika baza) haqida hulosalar pedagogik tajriba asosida chiqarilishi lozim. Bunda umume'tirof etilgan xorijiy tajribalar alohida o'rin tutadi.

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

Hozirgi kunda mansabdor shahslar, o'qituvchilar, ota-onalar, turli lavozimlarda faoliyat ko'rsatayotgan mutaxassislar tomonidan matematikaga yangi mavzular kiritilganligini tanqid qilinmoqda va uni "osonlashtirish talablari" qo'yilmoqda.

Biz bu savolga qisman oydinlik kiritishga xarakat qilamiz.

Avvalambor, yaqin tarixga bir nazar tashlaylik.

2016 yil.... O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 9 fevraldagi PQ-2487-son qarori bilan «Sog'lom ona va bola yili» Davlat Dasturi tasdiqlandi.

Dasturning 62-tadbirida yangi ta'lim standartlarini, o'quv dasturlarini va rejalarini, eng avvalo, darsliklar va multimediyali ilovalarni ishlab chiqishda ko'maklashish uchun Germaniya, Singapur, Koreya Respublikasi va Yaponiyadan yetakchi o'quv markazlarini, o'qitishning tegishli sohalaridagi xalqaro ekspertlar va mutaxassislarni jalb etish tadbirlari belgilangan edi.

2017 yil.... O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi "Umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to'g'risida" gi 187-son qarori chiqdi.

2017 yili matematika fanidan standart hamda o'quv dasturini ishlab chiqishda yuqorida qayd etilgan Germaniya, Singapur, Koreya Respublikasi va Yaponiya kabi davvlatlar standartlaridan tashqari umume'tirof etilgan halqaro baholash dasturlari ramkalari va metodologiyasi ozmi-ko'pmi, hisobga olindi:

1) Yevropa Kengashining "Uzluksiz ta'lim uchun tayanch kompetensiyalar - umumevropa standartlari strukturasi" to'g'risidagi hujjati («Key competences for lifelong learning — a European Reference Framework») [1]

2) Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining (Organisation for Economic Cooperation and Development (OECD)) Xalqaro o'quvchilarni baholash Dasturi (Programme for International Student Assessment (PISA)) ramkalari [2] .

3) Ta'lim natijalarini baholash bo'yicha Xalqaro Assotsiatsiyasining (International Association for the Evaluation of Educational Achievement (IEA) ) Xalqaro matematika va aniq va tabiiy fanlarning tendensiyalarini o'rganish markazi (Trends in international mathematics and science study Center (TIMSS)) ramkalari . ham inobatga olindi.

2017 yildagi kompetensiyalarga asoslangan ta'lim standarti ishlab chiqishda nafaqat yuqorida qayd etilgan halqaro tajribalari, balkim undan oldin Xalq ta'limi vazirligining buyrug'i o'tkazilgan milliy tajriba natijalari asos qilib olingan.

Aytish joizki 2017 yilgacha umumiy o'rta ta'lim tizimi Davlat ta'lim standartlari va o'quv dasturlaridagi mavzulari uzluksizligi va uzviyligi ta'minlash tizimi faqat ta'lim tizimini muvofiqlashtirish fragmentar tarzda takrorlamasdan amalga oshirilgan. Yangi dastur tuzilganda, butun dunyoda qo'llaniladigan o'qitishning spiralsimon modeliga ozmi-ko'pmi rioya qilingan va qilinadi. Shuning uchun "mavzular uzviyligi ta'minlanmagan, mavzular takrorlanmoqda" kabi e'tirozlar shu zamonaviy modeli bilan mutanosib emasligini qayd etamiz.

2018 yil.... Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi 997-son "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qarori chiqdi.

Unga muvofiq Xalqaro tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda matematikadan davlat ta'lim standarti, o'quv dasturlari va o'quv adabiyotlari mazmuniga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi. Bunda davlat ta'lim standartlari, o'quv dasturlari va o'quv adabiyotlarini ilg'or xorijiy davlatlar bilan qiyoslash orqali o'rganib chiqildi. Qarorda ilg'or xorijiy davlatlar tajribasidan kelib

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

chiqqan holda davlat ta'lim standartlari, o'quv dasturlari va o'quv adabiyotlari mazmuniga bosqichma-bosqich o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilishi ko'zda tutilgan.

Shu bilan birga umumiy o'rta ta'lim tizimida matematikani o'rganish bo'yicha qo'llaniladigan darsliklar va o'quv-metodik majmualarni yaratish va modernizatsiya qilish bo'yicha xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda mualliflar guruhlarini shakllantirib, xalqaro baholash dasturlari asosida matematikani o'rganish bo'yicha qo'llaniladigan darsliklar va o'quv-metodik majmualar yaratilishi belgilangan.

2020 yil... O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020 yil 2 mart kuni "20172021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida"gi 2020 yil 2 martdagi PF-5953-son Farmoni imzolangan. Bu Farmonda umumiy o'rta ta'limning Milliy o'quv dasturini ishlab chiqish vazifasi belgilanib, maktab o'quv dasturlarini ilg'or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish mexanizmini yaratish vazifasi qayd etilgan.

TIMSS TADQIQOTI (boshlang'ich sinflar)

Oddiy va o'nli kasrlar

1. Kasrni butunning qismi, ulushi sifatida bilish yoki son o'qidagi (koordinata son o'qidagi ) nuqta sifatida tanib olish, kasrni so'zlar, sonlar yoki modellar yordamida ifodalash.

2. O'zaro teng (ekvivalent) bo'lgan oddiy kasrlarni aniqlash; oddiy kasrlarni taqqoslash va tartiblash; sodda xolatldarda oddiy kasrlarni qo'shish va ayirish, jumladan, turli mahrajli

3. O'nli kasr yozuvini bilish, jumladan so'zlar, sonlar yoki modellar yordamida o'nli kasrlarni ifodalash; o'nli kasrlarni taqqoslash, tartiblash va chamalash;.

Matematik ta'limga kompetensiyaviy yondashuv kasbiy, shaxsiy va jamiyatdagi kundalik hayotda uchraydigan holatlarda samarali harakat qilishga imkon beradigan turli ko'rinishdagi malakalarni o'quvchilar tomonidan egallashni nazarda tutadi. Shunday qilib, kompetensiyaviy yondashuvda matematik ta'limning asosini amaliy, tadbiqiy yo'nalishlarini kuchaytirishga qaratiladi.

O'quvchilarda tayanch kompetensiyalarini shakllantirish, kichik o'quv tadqiqotlarni bajarish orqali umumta'lim fanlarini o'rganishga qiziqishni kuchaytirish maqsadida fan o'quv dasturlariga amaliy mashq va tatbiq hamda loyiha ishi kiritildi. Bu holat nafaqat muayyan o'quv fani bo'yicha o'zlashtirish sifatini yaxshilaydi, balki fanlararo va fanning kundalik turmush bilan bog'lanish imkoniyatlarini ochadi va ta'lim samaradorligini oshiradi.

Matematika darslarini tashkil qilishda nazariyadan ko'ra ko'proq amaliyotga e'tibor berish hamda o'quvchilarga tayyor o'quv materiallarini berishga asoslangan yondashuvdan ma'lum darajada voz kechish talab qilinadi. Matematika darslarida ko'proq keys, tadqiqot, loyiha, kichik o'quv kashfiyotlari kabi interaktiv metodlardan foydalanish tavsiya etiladi. O'quvchilarda kichik tadqiqotchilik ko'nikmalarini shakllantirishda kuzatish, tajriba, o'lchashlar, analiz (tahlil) va sintez, induksiya va deduksiya, taqqoslash va analogiya kabi ilmiy izlanish metodlaridan o'rnida foydalanish talab etiladi. O'quvchilarda bilim va ko'nikmalarni shunchaki shakllantirib qolmasdan, ularni hayotiy vaziyatlarda qo'llay olish kompetensiyalarini ham tarkib toptirish muhim ahamiyat kasb etadi.

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

REFERENCES

1. Matematika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora tabirlari to'g'risida. Uzbekiston Respublikasi prezidentining PQ-4708-son 07.05.2020 Qarori

2. Djumayev M.I. The development of mathematical abilities in younger students. Science And Innovation International Scientific Journal Volume 2 Issue 1 January 2023 Uif-2022: 8.2 | Issn: 2181-3337 | Scientists.Uz/ 424-434

3. Djumayev M.I The transformation of Te english language's variants in contemporary great Britain. Educational process science and innovation international scientific journal volume 2 Issue 4 April 2023 Uif-2022: 8.2 | Issn: 2181-3337 | Scientists.Uz 19-27 https://doi.org/10.5281/zenodo.7818607

4. Djumaev M.I. Some Considerations of Teaching Mathematics Inuzbek Primary School. Journal of Mathematical & Computer Applications. SRC/JMCA-123. J Mathe & Comp Appli, 2023 Volume 2(2): 1-5 ISSN: 2754-6705

5. Джумаев М.И. Перспективы совершенствования преподавания математики в школе, колледже и вузе Республики Узбекистан. Ямало.Нанецк Россия «ПРОФЕССИОНАЛЬНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ АРКТИЧЕСКИХ РЕГИОНОВ» № 1, МАРТ, 2023. № 6(147) 3-6 ст https://arctic-journal.ru/index.php/prof

6. Djumaev M.I. Some Considerations of Teaching Mathematics Inuzbek Primary School.Journal of Mathematical & Computer Applications. Received: March 28, 2023; Accepted: April 03, 2023, Published: April 22, 2023 ISSN: 2754-6705 1-5

7. Djumaev M.I. Формирование элементарных математических представлений у детей в дошкольном возрасте с использованием и без наглядных материалов. Глобальный научный потенциал» , ИД ТМБпринт, СПб.№ 6 (147) 2023 г. http://globaljournals.ru/

8. 8.Djumaev M.I. METHODOLOGICAL PRINCIPLES OF THE STUDENT'S INDEPENDENT WORK FORM UNDER THE SUPERVISING OF THE TEACHER IN PROCESS OF MODERN EDUCATION Musaeva Nargiza Khashimjanovna Master's student of Tashkent state pedagogical universityr's student of Tashkent state pedagogical university https://doi.org/10.5281/zenodo.7772930

9. Djumaev M.I. Matematika o'qitishda kombinatorika masallarini о'rganishning o'ziga xos xususiyatlari Fizika, matematika, informatika jurnali. 2023 yil 2/1 son. 19-27 scientists.uz>co_view.php?id=637

10. Djumaev M.I. Matematika o'qitishda milliy o'quv dasurining uzviyligi va uzluksizligining o'ziga xos xususiyatlari. МУГАЛЛИМ ^ЭМ YЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИУ. Илимий-методикальщ журнал. Неки ISSN 2181-7138 2023 1-сан 314-324 бет researchgate.net>publication/352814726.. .oem.. .Ilimi

11. mber 2006 "On key competences for lifelong learning" (2006/962/EC)

12. PISA 2012 Assessment and Analytical Framework (mathematics, reading, science), OECD, 2012

13. Timss 2015 Assessment Frameworks, IEA, 2015.

14. PISA 2021 Mathematics Framework (draft), OECD, 2018

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.