Научная статья на тему 'MODERNIZASIYALASH ORQALI TA’LIM SIFATINI OSHIRISH TEXNOLOGIYALARINI TAKOMILLASHTIRISHNING TIZIMLI SHAKLI'

MODERNIZASIYALASH ORQALI TA’LIM SIFATINI OSHIRISH TEXNOLOGIYALARINI TAKOMILLASHTIRISHNING TIZIMLI SHAKLI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
153
176
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
modernizasiyalash / tizim / texnologiya / bilim / ko‘nikma / yondoshuv / malaka

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — B.U.Normo‘Minov

Maqolada modernizasiyalash orqali ta’lim sifatini oshirish texnologiyalarini takomillashtirishning tizimli shakli tahili qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MODERNIZASIYALASH ORQALI TA’LIM SIFATINI OSHIRISH TEXNOLOGIYALARINI TAKOMILLASHTIRISHNING TIZIMLI SHAKLI»

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

MODERNIZASIYALASH ORQALI TA'LIM SIFATINI OSHIRISH TEXNOLOGIYALARINI TAKOMILLASHTIRISHNING TIZIMLI SHAKLI

B.U.Normo'minov

SamDChTI gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari kafedrasi assistent o'qituvchisi

(normuminovbahodir1@gmail.com) https://doi.org/10.5281/zenodo.10033874

Annotatsiya. Maqoladamodernizasiyalash orqali ta'lim sifatini oshirish texnologiyalarini takomillashtirishning tizimli shakli tahili qilingan.

Kalit so'zlar: modernizasiyalash, tizim, texnologiya, bilim, ko'nikma, yondoshuv, malaka.

Abstract. In the article, a systematic form of improving the technologies of improving the quality of education through modernization is proposed.

Keywords: modernization, system, technology, knowledge, skill, approach, competence.

Аннотация. B статье предлагается системная форма совершенствования технологий повышения качества образования через модернизацию.

Ключевые слова: модернизация, система, технология, знание, умение, подход, компетентность.

Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasini "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili"da amalga oshirishga doir davlat dasturi ijrosi jarayonida sifatli ta'limni amalga oshirish texnologiyalarini modernizatsiyalab borish muhim ahamiyatga ega[1]. Shu jihatdan modernizasiyalash orqali ta'lim sifatini oshirish texnologiyalarini takomillashtirishning tizimli shaklini ishlab chiqish dolzarb bo'lib turibdi. Bu o'rinda ana shu masalaning tahliliga diqqatingizni tortamiz.

Maktabgacha va maktab ta'limini modernizatsiyalash tizimi. "2022-2026 yillarda xalq ta'limini rivojlantirish bo'yicha Milliy dastur"da ta'lim tizimini maqbullashtirish vazifalari belgilangan. Shu jihatdan maktabgacha va maktab ta'limini modernizatsiyalashning quyidagi yo'nalishlariga amal qilish maqsadga muvofiq bo'ladi:

1) maktabgacha va maktab ta'limi vazifalarini aniq belgilash;

2) maktabgacha va maktab ta'limi o'quv adabiyotlarining uzviyligini ta'minlash;

3) maktabgacha va maktab ta'limi tajribalarini ommalashtirish;

O'zbekiston Respublikasi "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi qonuniga asosan maktabgacha ta'lim mamlakatimizda uzluksiz ta'limning asosiy bosqichlaridan biri hisoblanadi. Ayni paytda maktabgacha ta'limni modernizatsiyalashda quyidagilarga e'tibor berish muhim ahamiyatga ega:

a) maktabgacha ta'lim va tarbiyaning aniq asoslarini belgilash;

b) maktabgacha ta'limning jahon tajribasiga asoslanish;

v) maktabgacha ta'limni oliy ma'lumotli pedagoglar bilan to'liq ta'minlash[2].

Bugungi kunda maktabgacha ta'lim 5-7 yoshli bolalarning savodxonligini tarkib toptirish va ularni sanoqqa o'rgatish vazifasini bajarmoqda. Shu sababli maktab ta'limining boshlang'ich sinf vazifasini modernizatsiya qilishga ehtiyoj mavjud. Mazkur masalada bizning yondashuvimiz quyidagicha: maktabgacha ta'lim bolalarning savodxonligini tarkib toptirishi, ularni maktab ta'limiga tayyorlashi va ruhiy-jismoniy chiniqtirish vazifasini bajarishi, maktab ta'limining boshlang'ich sinf bosqichi o'quvchilarni fanlar asoslari bilan dastlabki bosqichda tanishtirishi, ularni bilim olamiga olib kirishi va ta'limning keyingi bosqichiga tayyorlash vazifasini bajarishi

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki bugungi kunda maktabgacha ta'lim jarayonidayoq bolalarni kompyuter kabi texnik imkoniyatlar bilan tanishtirish amalga oshirilmoqda. Shu ma'noda maktabgacha va maktab ta'limi yagona vazifaga ega bo'lishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Buning uchun O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining yangi konsepsiyasini ishlab chiqish dolzarb bo'lib turibdi. Bunday konsepsiya asosida maktabgacha va maktab ta'limini yangilash imkoniyatlariga ega bo'linadi.

Maktabgacha ta'limning jahon tajribasiga asoslanishda nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarini kengaytirish taqozo etiladi. Buning uchun oilaviy maktabgacha ta'lim muassasasi, shaxsiy maktabgacha ta'lim muassasasi, tashkilotlarning maktabgacha ta'lim muassasasi, xorijlik hamkorlarning maktabgacha ta'lim muassasasi va tashabbuskor shaxslarning maktabgacha ta'lim muassasasini tashkil etish bilan mazkur tizimni yangilash mumkin. Bizning yondashuvimizga ko'ra, nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarining ko'p bo'lishi maktabgacha ta'lim tizimini modernizatsiyalash va maktabgacha ta'lim bilan bolalarni to'liq qamrab olish imkoniyatini beradi.

Mamlakatimizning chekka hududlarida maktabgacha ta'lim bo'yicha o'ziga xos tajribalar mavjud. Bunday tajribalarda bolalarning savodxonligini tezkor tarkib toptirish, bolalarga oila a'zolarining salbiy ta'sirini susaytirish, bolalarni shaxs sifatida shakllantirish va pedagogik tajribalarni ayirboshlash omillari mavjud. Shu sababli bunday tajribalarni ommalashtirish bilan maktabgacha ta'lim jarayonini yangilab borish omillariga ega bo'linadi. Tajribalar asosida maktabgacha ta'lim jarayonini modernizatsiyalash kutilgan samarani beradi[3].

Maktab ta'limini modernizatsiya qilishda quyidagilarga asoslanish maqsadga muvofiq

beladi:

a) boshlang'ich sinf ta'lim jarayonini takomillashtirish;

b) o'rta sinflarda fanlar asoslarini to'liq o'qitishga erishish;

v) yuqori sinflarda o'quvchilarni faoliyatga tayyorlash.

Boshlang'ich sinflarda (1-4-sinflarda) o'quvchilarning bilim va ko'nikmalarini to'liq shakllantirish bilan mazkur ta'lim bosqichini yangilashga erishish mumkin. Pedagog va fiziolog olimlarning fikricha, 7-11 yoshli bolalarda jismoniy, aqliy va ruhiy rivojlanish jarayoni tezlashgan. Shu sababli boshlang'ich ta'limning asoslarini yangilashga ehtiyoj mavjud. Bunda o'quv fanlari tarkibini yangilash muhim o'rin tutadi. Misol uchun, kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, boshlang'ich sinf o'quvchilari Informatika o'quv fani asoslarini kutilgan darajada o'zlashtirmoqda va bu fan 2022-2023 o'quv yilidan boshlab amalga kiritilganligini eslatib o'tish joiz. Shu ma'noda boshlang'ich sinf o'quv fanlarini ana shunday yangi fanlar vositasida yangilab borish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Bugungi kunda o'rta sinflarda (5-9-sinflarda) o'quv fanlarining asoslari to'liq o'qitilmoqda. Ayni paytda o'quvchilarning layoqat va qiziqishlaridan kelib chiqib ularni o'quv fanlariga yo'naltirish dolzarb bo'lib turibdi. Buning uchun aniq, tabiiy va gumanitar o'quv fanlarining o'qituvchilari faol bo'lishi kerak. Misol uchun, bu borada mamlakatimizning Matematika o'quv fani o'qituvchilarining tajribalarini ommalashtirish kutilgan samarani beradi. Chunki mazkur toifa o'qituvchilar har bir o'quvchi bilan individual ishlash tajribasiga ega va shu sababli o'quvchilar Matematika fani bo'yicha jahon olimpiadalarida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Shu ma'noda bunday o'qituvchilarning tajribalarini ommalashtirish bilan o'rta sinflarda o'quv fanlarini o'qitish asoslarini yangilash imkoniyatiga ega bo'linadi.

Yuqori sinflarda (10-11 sinflarda) o'quvchilarni faoliyatga tayyorlash bilan maktab ta'limini kutilgan darajada modernizatsiyalash mumkin. Buning uchun o'quvchilar ta'limning

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

keyingi bosqichi yoki turlariga ta'limiy, tarbiyaviy hamda faoliyat jihatidan tayyorlanishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki o'quvchilar maktab ta'limidan keyin ta'limni davom ettirishi yoki faoliyat bilan shug'ullanish imkoniyatiga ega. Shu ma'noda maktab ta'limi yakunida o'quvchilar yetuk fuqaro sifatida tayyorlanishi kerak bo'ladi. Bu hol yuqori sinflar o'quv fanlari asoslarini yangilashni taqozo etadi.

E'tibor berilsa, maktabgacha va maktab ta'limini modernizatsiyalash tizimida mazkur ta'lim bosqichlarining vazifalarini takomillashtirishga asoslanadi. Chunki jamiyatimizning texnologik rivojlanish jarayoni ushbu ta'lim bosqichlarining vazifalarini muntazam yangilab borishni taqozo etmoqda.

Ixtisoslashtirilgan va ijodiy ta'lim muassasalarini modernizatsiyalash tizimi. Bugungi kunda mamlakatimizda yuzdan ortiq ixtisoslashtirilgan va ijodiy ta'lim muassasalari faoliyat yuritmoqda. Ularga o'quvchilar boshlang'ich ta'limdan keyin qabul qilinadi. Misol uchun, Matematika faniga ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari va Ona tili hamda adabiyot o'quv fanlari bo'yicha ijodiy maktablar faoliyat yuritmoqda. Shu sababli ixtisoslashtirilgan va ijodiy ta'lim muassasalarini modernizatsiya qilishda quyidagilarga asoslanish kutilgan samarani beradi:

1) mamlakatning eng chekka hududlarida ham ixtisoslashtirilgan va ijodiy ta'lim muassasalarini tashkil etish;

2) ixtisoslashtirilgan va ijodiy ta'lim muassasalarining yagonalashgan va tipiklashgan o'quv dasturi hamda o'quv adabiyotlariga ega bo'lish;

3) o'quvchilarni ixtisoslashtirilgan va ijodiy ta'lim muassasalariga yo'naltirish mezonlarini ishlab chiqish.

Ixtisoslashtirilgan va ijodiy ta'lim muassasalari bugungi kunda shahar hududlarida faoliyat yuritmoqda. Shu sababli mamlakatimizning eng chekka hududlaridagi ta'lim muassasalarida ularning filiallarini tashkil etish, umumiy o'rta ta'lim maktablarini ixtisoslashtirish yoki ijodiy ta'lim muassasasiga aylantirish, tajribali o'qituvchilarning individual sinflarini tashkil qilish bilan ixtisoslashtirilgan va ijodiy ta'lim muassasalarini yangilash maqsadga muvofiq bo'ladi. Bundan tashqari, ixtisoslashtirilgan va ijodiy ta'lim muassasalarining tajribali o'qituvchilari dars mashg'ulotlarini onlayin shaklida tashkil qilish bilan mazkur ta'lim tizimini yangilash mumkin. Shu sababli bu borada yagona va yangi konsepsiyani ishlab chiqish dolzarb bo'lib turibdi[4].

Ixtisoslashtirilgan va ijodiy ta'lim muassasalarining yagona o'quv reja va o'quv dasturlari hamda o'quv adabiyotlarini yaratish ta'lim jarayonini modernizatsiyalash muhim ahamiyatga ega. Chunki kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, ixtisoslashtirilgan va ijodiy ta'lim muassasalarida turli xil o'quv dasturlari va adabiyotlari amal qilmoqda. Bu hol o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakasida har xil ko'rsatgiyalarning paydo bo'lishiga sabab bo'lmoqda. Shu sababli ixtisoslashtirilgan va ijodiy ta'lim muassasalarining o'quv adabiyotlarini yagonalashtirish va yangilash bilan mazkur ta'lim bosqichini modernizatsiyalash imkoniyatiga ega bo'linadi.

O'quvchilarni ixtisoslashtirilgan va ijodiy ta'lim muassasalariga yo'naltirish mezonlarini yangilab borish dolzarb hisoblanadi. Chunki har o'quv yili boshida ixtisoslashtirilgan va ijodiy ta'lim muassasalarining o'quv dasturlari va adabiyotlari yangilanib bormoqda. Shu sababli o'quvchilar ixtisoslashtirilgan va ijodiy ta'lim muassasalariga bilim, layoqat va qiziqish nuqtai nazaridan yo'naltirilishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Ayni paytda mamlakatimizning eng chekka hududlaridagi ta'lim muassasalarining o'quvchilarini ixtisoslashtirilgan va ijodiy ta'lim muassasalariga yo'naltirish mezonlarini maqbullashtirish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bularning barchasi ixtisoslashtirilgan va ijodiy ta'lim muassasalarini yangilash imkoniyatini beradi.

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

Diqqat qilinsa, ixtisoslashtirilgan va ijodiy ta'lim muassasalarini yangilash bilan mamlakatimizda ta'lim sifatini oshirish texnologiyalarini takomillashtirish mumkin.

O'rta maxsus, professonal va oliy ta'lim jarayonini modernizatsiyalash tizimi. Mamlakatimizda kollejlar, akademik litseylar va texnikumlardan iborat o'rta maxsus ta'lim muasasalari, kasb-hunar maktablari professonal ta'lim muassasasi sifatida hamda institut va universitetlardan iborat oliy ta'lim muassasalari faoliyat yuritmoqda. Sifatli ta'limni amalga oshirish texnologiyalarini takomillashtirish uchun mazkur ta'lim jarayonini yangilash taqozo etiladi. Shu jihatdan bu borada quyidagilarga asoslanish maqsadga muvofiq bo'ladi:

1) o'rta maxsus ta'lim jarayonini modernizatsiyalash;

2) professional ta'lim jarayonini modernizatsiyalash;

3) oliy ta'lim jarayonini modernizatsiyalash;

Mamlakatimizda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o'rta maxsus ta'lim muassasalari hisoblanadi. Ularning asosiy maqsadi 9-11-sinf bitiruvchilarini kichik mutaxassislar sifatida tayyorlashdan iborat. Bugungi kunda mazkur o'rta maxsus ta'lim muassasalarining ta'lim jarayonini modernizatsiyalash ehtiyoji mavjud. Buning uchun quyidagilarga asoslanish kutilgan samarani beradi:

a) mutaxassislik turlarini yangilash;

b) horijiy mamlakatlarning o'quv dasturlarini joriy etish;

v) kichik mutaxassislik maqomini belgilash.

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida mutaxassislik turlarini muntazam yangilab borish kerak bo'ladi. Bu borada ayniqsa, yangi texnologiyalarga asoslangan mutaxassislik toifalariga ehtiyoj yuqoridir. Misol uchun, ishlab chiqarish texnikaga asoslangan sohalarda ixtirochilikka asoslangan mutaxassislarga bo'lgan ehtiyoj oshib bormoqda. Shu sababli muntazam ravishda o'rta maxsus ta'lim muassasalarining mutaxassislik turlarini yangilab borish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Horijiy mamlakatlarning akatemik litsey va kollejlarida xalqaro miqyosida mehnat faoliyatini yuritish imkonini beruvchi o'quv dasturlari amal qiladi. Shu ma'noda ana shunday o'quv dasturlarini mamlakatimiz o'rta maxsus ta'lim muassasalariga joriy etish xalqaro miqyozida mehnat faoliyati yuritadigan kichik mutaxassislarni tayyorlash imkonini beradi. Shu jihatdan mazkur ta'lim muassasalarining xalqaro hamkorligini rivojlantirish taqozo etiladi.

Bugungi kunda mamlakatimizda o'rta maxsus ma'lumotli kichik mutaxassislarning maqomini belgilab qo'yish zaruriyati mavjud. Unga ko'ra, kichik mutaxassislar davlat tomonidan ish bilan qat'iy ta'minlanishi va ularning oliy ta'lim muassasasiga uchun imtiyozlar belgilab qo'yilishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki akademik va kollejlar institut yoki universitetlar huzurida faoliyat yuritmoqda. Ana shu muassasalarida o'qish uchun kichik mutaxassislar imtiyozlarga ega bo'lishi kerak.

E'tibor berilsa, bunday yondashuv o'rta maxsus muassasalarini modernizatsiyalash imkonini beradi.

Mamlakatimizda kasb-hunar maktablari professonal ta'lim muassasalari sifatida faoliyat yuritmoqda. Ularning asosiy maqsadi tezkor muddatda shaxsni kasb va hunarli qilishdan iborat. Shu ma'noda ushbu ta'lim muassasalari faoliyatni yangilashda quyidagilarga asoslanish maqsadga muvofiq bo'ladi.

a) kasb-hunar maktablarini oliy ta'lim muassasalariga biriktirish;

b) mazkur ta'lim muassasalarining kasb va hunar turlarini takomillashtirib borish;

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

v) ushbu ta'lim muassasalari bitiruvchilarini kafolatlash.

Kasb-hunar maktablarini hududlardagi oliy ta'lim muassasalariga biriktirish ularning faoliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi. Chunki oliy ta'lim muassasalari kasb-hunar maktablarini o'quv materiallari bilan ta'minlash, ularni texnologik jihozlash va professional mutaxassislar bilan ta'minlash imkoniyatlariga ega. Bu borada akademik litseylar va kollejlar tajribasidan foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Kasb-hunar ta'lim muassasalarining kasb va hunar turlarini muntazam yangilab borish muhim ahamiyatga ega. Bunda mavjud ish o'rinlaridan kelib chiqib kasb va hunar turlarini belgilash muhim o'rin tutadi. Shu sababli hududlarda mazkur ta'lim muassasalarining miqdorini kengaytirish maqsadga muvofiq bo'ladi. Buning uchun nodavlat kasb-hunar ta'lim muassasalarini keng ko'lamda tashkil etish kutilgan samarani beradi.

Kasb-hunar ta'lim muassasalarini bitiruvchilari kafolotlanishi kerak. Unga ko'ra, davlat mazkur ta'lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta'minlashi, ularning faoliyat maqomini belgilab qo'yishi va nafaqaga chiqish holatlari bo'yicha qoidalarning mavjud bo'lishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki kasb-hunar ta'lim muassasalari yangilanib borayotgan ishlab chiqarish jarayonini tezkor ravishda kasb va hunarli shaxslar bilan ta'minlash imkonini beradi.

Bularning barchasi kasb-hunar ta'limi muassasalarini modernizatsiyalash asosi hisoblanadi.

Mamlakatimizda bugungi kunda yuzdan ortiq davlat va nodavlat oliy ta'lim muassasalari faoliyat yuritmoqda. Shu ma'noda mazkur ta'lim muassasalarini modernizatsiyalashda quyidagilarga asoslanish maqsadga muvofiq bo'ladi:

a) qo'shma ta'lim dasturlarini joriy etish;

b) masofaviy ta'lim ko'lamini kengaytirish;

v) oliy ma'lumotli shaxslarni kafolatlash.

Oliy ta'lim muassasalarida xorijiy mamlakatlar oliy ta'lim muassasalari bilan birgalikda qzshma ta'lim dasturlarini keng joriy etish muhim ahamiyatga ega. Bu bilan oliy ma'lumotli shaxslarning xalqaro miqyosda mehnat faoliyati bilan shug'ullanishi imkoniyatiga ega bo'linadi. Bundan tashqari mamlakatimizda tayyorlanayotgan oliy ma'lumotli shaxslarning diplomlarini xorijiy mamlakatlarda tan olinishiga erishiladi.

Mamlakatimizning eng chekka hududlarida iqtidorli yoshlar istiqomat qilmoqda. Ularning oliy ma'limotli bo'lishi uchun oliy ta'lim muassasalarida masofaviy ta'lim texnologiyasini kengaytirish lozim bo'ladi. Unga ko'ra, yoshlar masofadan turib oliy ma'lumot olish imkoniyatiga ega bo'lishi lozim. Chunki bugungi kunda mamlakatimizda masofaviy ta'lim texnologiyasi bo'yicha milliy tajriba mavjudligini eslatib o'tish joiz.

Jamiyatimizning hozirgi rivojlanish jarayoni oliy ma'limotli shaxslarni kafolatlashni taqozo etadi. Unga ko'ra, davlat va nodavlat oliy ta'lim muassasalarining bitiruvchilari teng ish bilan ta'minlanishi, ularning lavozim bo'yicha o'sib borishi kafolatlanishi, mehnat, dam olish huquqlarining aniqligi va sog'liqni saqlash imtiyozlariga ega bo'lishi maqsadga muvofiq bo'ladi.

E'tibor berilsa, oliy ta'lim muassasalari faoliyatini modernizatsiyalashning o'ziga xos asoslari mavjud. Ularni amalga oshirish oliy ta'lim muassasalari faoliyatini kuchaytirish imkonini beradi.

Shunday qilib mamlakatimizda maktabgacha va maktab ta'limi, ixtisoslashtirilga va ijodiy ta'limni hamda o'rta maxsus, professional va oliy ta'lim jarayonini yangilash muhim ahamiyatga

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2G23-yil

egadir. Bu bilan mazkur ta'lim muassasalarining faoliyati kuchayadi va mutaxassislar tayyorlash jarayoni takomillashadi.

REFERENCES

1. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasini "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili"da amalga oshirishga doir davlat dasturi.// www.ziyonet.uz.

2. Hasanboyev J. va boshq. Pedagogika fanidan izohli lug'at.-Toshkent, 2009

3. Abdujalilova Sh. Abdurauf Fitratning pedagogik ta'lim ta'limoti. -Toshkent, 2022

4. Hasanboyev J. va boshq. Pedagogika.-Toshkent, 2011

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.