Научная статья на тему 'RAQAMLASHTIRISH JARAYONIDA O‘QITUVCHILARNI KAMPYUTER MODELLASHTIRISH KO‘NIKMALARINI SHAKILLANTIRISH MODELI'

RAQAMLASHTIRISH JARAYONIDA O‘QITUVCHILARNI KAMPYUTER MODELLASHTIRISH KO‘NIKMALARINI SHAKILLANTIRISH MODELI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
26
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Texnologiya / kompyuter modellashtirish / model / boshqaruv / menejment / metodologiya.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Usanov Rashid Sharafovich

Maqolada turli xil ijtimoiy tashkilotlarda jamiyat va uning quyi tizimlarida shaxslar, ijtimoiy guruhlarning ijtimoiy o‘zaro ta’sirlarining o‘ziga xos jihatlari bilan bog‘liq boshqaruv faoliyatining asosiy tamoyillarini qo‘llash nazariyasi va amaliyoti tasvirlangan hamda o‘qituvchilarni kampyuter modellashtirish ko‘nikmalarini shakillantirish bo’yicha fikr va mulohazalar yuritilgan. Ilmiy tadqiqot ishimizda samarali ish muhitini yaratish, boshqaruv axborot ta’minoti, strategik menejment, xavflarni boshqarish, mojarolarni boshqarish, ekstremal vaziyatlarda boshqarish bo‘yicha fikrlar ilgari surilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAQAMLASHTIRISH JARAYONIDA O‘QITUVCHILARNI KAMPYUTER MODELLASHTIRISH KO‘NIKMALARINI SHAKILLANTIRISH MODELI»

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

RAQAMLASHTIRISH JARAYONIDA O'QITUVCHILARNI KAMPYUTER

MODELLASHTIRISH KO'NIKMALARINI SHAKILLANTIRISH MODELI

Usanov Rashid Sharafovich

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti o'qituvchisi rashidusanov@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.10035949

Annotasiya. Maqolada turli xil ijtimoiy tashkilotlarda jamiyat va uning quyi tizimlarida shaxslar, ijtimoiy guruhlarning ijtimoiy o'zaro ta'sirlarining o'ziga xos jihatlari bilan bog'liq boshqaruv faoliyatining asosiy tamoyillarini qo'llash nazariyasi va amaliyoti tasvirlangan hamda o'qituvchilarni kampyuter modellashtirish ko'nikmalarini shakillantirish bo'yicha fikr va mulohazalar yuritilgan. Ilmiy tadqiqot ishimizda samarali ish muhitini yaratish, boshqaruv axborot ta'minoti, strategikmenejment, xavflarni boshqarish, mojarolarni boshqarish, ekstremal vaziyatlarda boshqarish bo'yichafikrlar ilgari surilgan.

Kalit so'zlar: Texnologiya, kompyuter modellashtirish, model, boshqaruv, menejment, metodologiya.

Jahonda fan va texnologiya rivojlanishi hamda jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta'siridan kelib chiqib, fanni Moodle, LSM, Skillbox, ELS, CMS kabi zamonaviy onlayn tizimlarining imkonityalaridan keng foydalanib o'qitish uchun o'qituvchilarning kampyuter modellashtirish ko'nikmalarini rivojlantirish, ularning imkoniyatlaridan keng foydalanib o'qitish hamda axborotni mustaqil izlash, tahlil qilish kompetensiyalarining shakllantirish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. O'qituvchilarni fanlardan o'quvchilarning savodxonligi va kompetensiyasini aniqlash, o'qitish sifatini oshirish, nazariy-metodologik va uslubiy asoslarini takomillashtirishda raqamlashtirish jarayonida kampyuter modellashtirish ko'nikmalarini rivojlantirishda elektron ta'lim muhitlarini yaratish alohida parametr sifatida ko'zda tutilgan.

Respublikamizda umumiy o'rta ta'lim muassasalarining raqamlashtirish jarayonini tashkil etish, zamonaviy elektron ta'lim muhitlarini hamda kampyuter modellashtirish ko'nikmalarini rivojlantirishga va ilmiy asoslashga yo'naltirilgan amaliy xarakterdagi ilmiy izlanishlarni rivojlantirishning ma'yoriy asoslari yaratilgan. Xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida «Matematika va tabiiy yo'nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga, ya'ni, PISAga yo'naltirilgan umumiy o'rta ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish; barcha umumiy o'rta ta'lim muassasalarini yagona ma'lumotlarni uzatish tarmog'iga birlashtirish hamda foydalanish uchun ruxsat etilgan internet tarmog'i resurslarini avtomatik filtrlash orqali «xavfsiz maktab interneti» konsepsiyasini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish» kabi ustuvor vazifalar belgilangan.

Uzluksiz ta'lim tizimi uchun o'quv adabiyotlarning yangi avlodini yaratish konsepsiyasi talablari, ular asosida darsliklar tahlilidan ko'rinib turibdiki, o'quv jarayonining samaradorligi o'qituvchining bilimiga, pedagogik mahoratiga hamda kompyuterning pedagogik dasturiy vositalari yordamida yaratilgan yangi avlod elektron darsliklar, mul'timediali elektron o'quv majmuadan foydalanib, o'quv jarayonini tashkil etishga bog'liq [4; 38-b.].

Zamonaviy o'qitish vositalaridan biri hisoblangan elektronta'lim platformasi - umumiy o'rta ta'lim maktablarining geometriya ta'lim sohasini rivojlantirish uchun samarali pedagogik dasturiy vosita hisoblanadi. Chunki, o'quv-ma'lumotlar turli shakllarda taqdim etiladi. Darsda bunday ta'lim resurslarini namoyish etishning nafaqat matn shaklida, balki fotosuratlar,

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

animasiyalar (multfilmlar), video va audio lavhalarni taqdim etish orqali o'quvchilarga mustaqil ravishda ta'lim olish imkonini beradi.

Shu bilan birga elektron ta'lim platformasining yana bir qulayliklaridan biri o'quvchilarning ijodiy fikrlashini, bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirish orqali o'quv-ma'lumotlarni har tomonlama mukammal o'zlashtirilish uchun mo'ljallanganligidadir. Shuningdek, ushbu turdagi elektron ta'lim platformasi ilmiy ma'lumotlarning o'zida jamlanganligi, animasion ko'rgazmalarga boyligi, ya'ni, turli xil giper havolali matnlar bilan iearxik shaklda bog'langanligi hamda interaktivlik xususiyatlarini hisobga olinganligi bilan an'anaviy darslik va o'quv vositalaridan afzalroqdir [3; 71-b.]. Shuning uchun umumiy o'rta ta'lim maktablarining geometriya kursini o'qitish jarayonida elektron ta'lim platformasidan foydalangan holda o'qitish o'quvchilarning kursga oid ta'lim olishlarini, ularning bilim, ko'nikma va malakalarini rivojlantirishni nazarda tutadi [3; 186-b.]. Elektron ta'lim platformasidan geometriya kursini o'qitishda foydalanish o'quvchilarning bilim olishini hamda komp'yuter va uning amaliy dasturlari bilan ishlash mahoratiga ega bo'ladilar, shu bilan birga, ularni komil inson qilib tarbiyalash jarayonlari ham uzviy davom etadi.

Axborot oqimining ko'payishi va AKT inson faoliyatining barcha sohalarida qo'llanilishi tufayli umumiy o'rta ta'lim maktablarining geometrya fani o'qitishga qo'yiladigan talablarni takomillashtirish orqali o'quvchilarni ushbu fanga oid bilim, ko'nikma va malakalarini rivojlantirish zaruriyati paydo bo'lmoqda.

O'quchilarning geometrya faniga oid bilim, ko'nikma va malakalarini rivojlantirishda, ularning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda mashg'ulotlarni tashkil etishni elektron ta'lim resurslari ya'ni elektron ta'lim platformasi asosda loyihalashni talab etadi. Shu nuqtai nazardan, geometrya fanidan o'quv-bilish faoliyatida foydalanish o'qituvchiga o'quvchilar uchun individual ta'lim traektoriyasini yaratishga imkon beradi va o'quvchilar har xil usullardan foydalangan holda fanga oid bilim, ko'nikma va malakalarini rivojlantirish sharoitida o'rganish va ularning natijalarini baholash uchun individual ta'lim yo'nalishini tanlashlari mumkin.

Elektron ta'lim muhitida geometrya fanidan o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini rivojlantirish o'ziga xos xususiyati, uning asosida individual ta'lim traektoriyasini yaratish va har bir o'quvchi tomonidan ma'lumot kodlashning individual bilim uslublarini hisobga olgan holda ta'lim yo'nalishini tanlashdir.

Geometrya fanini o'qitishda elektron ta'lim resurslarlarining o'rni alohida qiziqish uyg'otadi, chunki ulardan foydalanish nafaqat moslashuvchan matematik tafakkurning shakllanishi va rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatuvchi ma'lumotni vizual taqdim etish tufayli o'qitish samaradorligini oshirishi mumkin, shu bilan birga vizual ma'lumotlarni loyihalash, qurish va ishlov berish bilan bog'liq kenyingi faoliyat g'oyasini yaratadi. Amaliy ahamiyati geometrya darslarining samaradorligini oshirish imkoniyatiga bog'liq, shuningdek, o'qitishda elektron ta'lim resurslardan foydalanish zamonaviy ta'limning muhim yo'nalishi ekanligi, o'quvchilarning geometrya fanini o'rganishga bo'lgan qiziqishini oshiradi, bu esa uning bilim, ko'nikma va malakalarini rivojlanishiga hissa qo'shadi.

Buning uchun esa avvalambor, kompyuterning pedagogik dasturiy vositalaridan jumladan, amaliy dasturlar va elektron ta'lim platformasidan foydalanib, o'qitish modelini ishlab chiqish lozimligini aytib o'tgan [4; 44-b.].

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

Shu bois, ushbu tadqiqotdagi fikr mulohazalarni asos sifatida olib, tadqiqot doirasida umumiy o'rta ta'lim maktablarining geometriya kursini elektron ta'lim platformasidan foydalanib o'qitish modelini ishlab chiqdik (1-rasmga qarang).

1-rasm. O'qituvchilarni kampyuter modellashtirish ko'nikmalarini shakillantirish

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

modeli.

Ushbu 1-rasmda keltirigan modeldan umumiy ta'lim maktablarining geometriya kursining o'quv jarayoniga tadbiq etish maqsadida Internet tarmog'ining maktabmodel.uz manzilida elektron ta'lim platformasi shakllantirildi.

Xulosa o'rnida shuni takidlash mumkinki, ta'lim qanchalik yaxshi bo'lmasin, u sinfdagi barcha o'quvchilar uchun bir maromda baholash va nazorat qilishni ta'minlash imkoniyatiga ega emas. Shuning uchun o'quv jarayonida turli xil baholash va nazorat qilish shakllarini qo'llash lozim, ulardan biri darslarda ko'p darajali nostandart testlardan foydalanishdir. Buni esa tadqiqot doirasida yaratilgan elektronta'lim platformasi ning "Test" va "ko'rgazmali qurollar" bo'limlaridan foydalangan holda amalga oshirish mumkin. Ushbu bo'limlarda har bir bob va umumiy darslikka oid onlayn nostandart testlar banki joylashtirilgan bo'lib, undan yuklab olib foydalanish imkoniyati mavjud.

REFERENCES

1. KyKneB B.A.4 Стaнoвлeниe системы MoôanbHoro o6y4eHra в orapbiTOM дистaнциoннoм oбpaзoвaнии // Aвтopeф. дисс. ... Ha cotok. y4eH. CTen, ганд. пeд. HayK. - Ульянoвск, 2010. - 46 с.

2. Гpибaн O.H.3 Фopмиpoвaниe инфopмaциoннoй кoмпeтeнтнoсти стyдeнтoв истopичeскoгo фaкyльтeтa пeдaгoгичeскoгo By3a // Диссepтaция Ha сoискaниe yчёнoй стегни кaндидaтa пeдaгoгичeскиx HayK. -Eкaтepинбypг, 2012. - 254 c.

3. Tursunov S.Q. Ta'limda elektron axborot resurslarini yaratish va ularni joriy qilishning metodik asoslari (pedagogika oliy ta'lim muassasalari «Web-dizayn»fani misolida) // Pedagogika fanlari nomzodi dissertasiyasi avtoreferati. - Toshkent, 2011. - 23 b.

4. Mirsanov U.M. Global Internet tarmog'iga mo'ljallangan elektron elektronta'lim resurslarini yaratishda mustaqil hamdo'stlik mamlakatlari tajribalaridan foydalanish // Mug'allim ham uzluksiz bilimlendiriu ilmiy-metodikalbiq jurnali. - Nukus, 2017. - № 6. - B. 142-145.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.