Научная статья на тему 'KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O‘QUVCHILARGA TABIATNI ANGLASH KO‘NIKMALARINI ELEKTRON RESURSLAR VOSITASIDA O‘RGATISH'

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O‘QUVCHILARGA TABIATNI ANGLASH KO‘NIKMALARINI ELEKTRON RESURSLAR VOSITASIDA O‘RGATISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
12
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
axborotlar texnologiyalari

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — S.Karimova

Bugungi kun o‘qituvchidan ilg‘or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalaridan o‘quv jarayonida foydalanishni talab etmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib, tajribalarimiz asosida dars mashg‘ulotlarida interfaol metodlarni qo‘llash orqali ta’lim-tarbiya berish yo‘llariga doir fikrlarimizni bayon etamiz. O‘quvchilarning tabiiy sharoitlarda nazariy bilimlarni o‘rganishga yo‘naltirilgan harakatlari ayrim vaqtlarda samarasiz ham bo‘lishi mumkin. Quyidagi holatlar ana shunday oqibatni keltirib chiqaradi: o‘quvchilarning bilish faoliyati aniq maqsadga yo‘naltirilmasa;o‘quvchilarning e’tiboriga tabiatni o‘rganishdan ko‘zlangan aniq maqsad asosida o‘quv topshiriqlari havola etilmasa; boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tabiatni bilishga bo‘lgan hissiy yondoshuvlari ilg‘or didaktik metod va usullar yordamida rivojlantirilib borilmasa; fan o‘qituvchilari mavjud vaziyat hamda o‘quvchilarning shaxsiy imkoniyatlarini o‘zaro uyg‘unlashuviga erisha olmasa va boshqalar

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O‘QUVCHILARGA TABIATNI ANGLASH KO‘NIKMALARINI ELEKTRON RESURSLAR VOSITASIDA O‘RGATISH»

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2G23-yil

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI O'QUVCHILARGA TABIATNI ANGLASH KO'NIKMALARINI ELEKTRON RESURSLAR VOSITASIDA O'RGATISH

S.Karimova

Guliston davlat universiteti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10036688

Bugungi kun o'qituvchidan ilg'or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalaridan o'quv jarayonida foydalanishni talab etmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib, tajribalarimiz asosida dars mashg'ulotlarida interfaol metodlarni qo'llash orqali ta'lim-tarbiya berish yo'llariga doir fikrlarimizni bayon etamiz.

O'quvchilarning tabiiy sharoitlarda nazariy bilimlarni o'rganishga yo'naltirilgan harakatlari ayrim vaqtlarda samarasiz ham bo'lishi mumkin. Quyidagi holatlar ana shunday oqibatni keltirib chiqaradi: o'quvchilarning bilish faoliyati aniq maqsadga yo'naltirilmasa;o'quvchilarning e'tiboriga tabiatni o'rganishdan ko'zlangan aniq maqsad asosida o'quv topshiriqlari havola etilmasa; boshlang'ich sinf o'quvchilarining tabiatni bilishga bo'lgan hissiy yondoshuvlari ilg'or didaktik metod va usullar yordamida rivojlantirilib borilmasa; fan o'qituvchilari mavjud vaziyat hamda o'quvchilarning shaxsiy imkoniyatlarini o'zaro uyg'unlashuviga erisha olmasa va boshqalar.

Tabiatni o'rganishga bo'lgan qiziqish quyidagi ikki muhim jihatning namoyon bo'lishiga xizmat qiladi: boshlang'ich sinf o'quvchilarida sezgi organlari faoliyatini rivojlantirish, turli ranglarni farqlay hamda bir-biridan ajrata olish, rang-barang ovozlarni tinglay va bir-biridan ajrata olish, hid va ta'mlarni seza bilish, his-tuyg'ularni shakllantirish, tengdoshlari hamda atrofdagilar bilan tashkil etiluvchi muloqot jarayonida ulardan o'rinli foydalanish; tabiatni o'rganish jarayonida ta'lim mazmunini to'laqonli ochib berishga xizmat qiluvchi maqbul didaktik vositalarni tanlash imkonining yuzaga kelishi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida tabiatni bilishga bo'lgan qiziqishni shakllantirishda ularni kichik tadqiqotlar olib borishga rag'batlantirish, ularda tabiatni anglashga oid bilimlarni mustaqil o'zlashtirish ko'nikmalarini hosil qilish ijobiy natijalarni qo'lga kiritishni kafolatlaydi. O'quvchilarning ta'lim jarayonidagi aqliy faoliyatining samaradorligi, faollik darajasi ularda qiziqishni shakllantiruvchi asosiy shart hisoblanadi. Bu o'rinda o'quvchilarda bu holatni qaror toptirishga xizmat qiluvchi ta'lim shakl, metod va usullaridan o'rinli, maqsadga muvofiq, samarali foydalanish ham muhim ahamiyatga ega.

Bizning nazarimizda bu kabi yondoshuv o'z mohiyatiga ko'ra boshlang'ich sinf o'quvchilarining aqliy qobiliyatlarini yuqori darajada baholashni anglatadi. O'quv materiallari mazmunini zarur darajadan ortiq murakkablashtirish o'quvchilarda hamma vaqt ham ijobiy his va tuyg'ularni rivojlantirishga yordam bermaydi, aksincha, ortiqcha jismoniy va ruhiy zo'riqishni keltirib chiqaruvchi materiallar mavjud qiziqish darajasining susayishiga sabab bo'ladi. Ta'lim jarayonida o'quvchilarning aqliy qobiliyatlariga tayanish, ularning hissiy-irodaviy sifatlarini inobatga olmaslik maqsadga erishishda bir yoqlama harakat qilishni ifodalaydi.

Tadqiqot ishlarida umumiy o'rta ta'lim maktablarining 1-2-sinflarida ta'lim olayotgan o'quvchilarda tabiatni bilish va anglashga bo'lgan qiziqishni shakllantirish muammosining echimini to'g'ri hal etish bu jarayon mohiyatini to'la anglashni talab etadi. Jarayon mohiyatini anglash uning asosini tashkil etuvchi tayanch tushunchalarni sharhlashni taqozo etadi. O'rganilayotgan muammoning mohiyatini yoritishda "qiziqish" tushunchasi etakchi o'rin tutadi. Xo'sh, qiziqish nima?

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

Tabiatni bilish (o'rganish) hamda qiziqish o'rtasida qanday aloqadorlik, o'zaro bog'liqlik mavjud? Boshlang'ich sinf o'quvchilarida tabiatni bilishga bo'lgan qiziqishni shakllantirishda asosiy e'tibor nimaga qaratilishi zarur? Bu savollarga ijobiy javob topish tadqiqot ishining to'g'ri olib borilishi va ijobiy yakunlanishini kafolatlaydi.

Boshlang'ich ta'lim tizimida o'quvchilarda predmet va hodisalarning ichki xususiyatlarini bilishga nisbatan intilish yuzaga keladi, jumladan, "Nega yomg'ir yog'adi?", "Buloqlar qanday hosil bo'ladi?". Bu kabi intilishning yuzaga kelishi va mustahkamlanishi o'quvchilarda tabiatni bilishga bo'lgan qiziqishning nisbiy barqarorligi va uning differentsiyalanishiga ko'ra tavsiflanadi.

Tabiat bilan bevosita, faol muloqotda bo'lish boshlang'ich sinf o'quvchilar tomonidan tashkil etilayotgan aqliy faoliyat jarayonini jadallashtiradi. Bu holat o'quvchilarning fikrlash tarziga ta'sir o'tkazib, ularda tabiatni bilishga bo'lgan qiziqishni hosil qiladi hamda aqliy qobiliyatlarini takomillashtiradi.

Tabiat jismlari va ob'ektlarini kuzatish maqsadida uyushtirilgan ekskursiyalarning samarali kechishida quyidagi holatlarning mavjudligi muhim ahamiyat kasb etdi:ekskursiyani tashkil etishdan ko'zlangan maqsadning aniqligi; kuzatilishi rejalashtirilayotgan jism yoki ob'ektning to'g'ri tanlanganligi; ekskursiyaning muayyan loyiha asosida tashkil etilganligi; o'quvchilarning diqqatini kuzatilayotgan jism yoki ob'ektga yo'naltirishga xizmat qiluvchi o'quv topshiriqlarining ishlab chiqilganligi; o'quv topshiriqlarining muammoli xususiyatga ega bo'lishini ta'minlash; kuzatish jarayonida o'quvchilarning erkin, mustaqil harakat qilishlari uchun rag'batlantirib borish; har bir o'quvchining alohida faollik ko'rsatishiga erishish; ularning faoliyatini izchil nazorat qilib borishga imkon beruvchi sharoitning mavjudligi va boshqalar.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarini faol ravishda qishloq xo'jaligi hamda ijtimoiy-foydali mehnatga jalb etish ham o'zining ijobiy natijalarini beradi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilariga ta'lim berishda, darslik va ko'rgazma materiallar bilan bir qatorda elektron resurslar bilan ishlash o'quvchiga ancha qulaylik tug'diradi, ya'ni ularda o'quvchilar faoliyatini yo'naltiruvchi, tizimga soluvchi ko'rsatmalar va topshiriqlar mavjud, asosiysi bajargan harakatini to'g'ri yoki noto'g'riligi haqida darhol ma'lumot oladi. Esda saqlab qolish maqsadida o'qituvchi turli ma'lumotlarni o'zlashtirish haqida o'quvchilarga tavsiyalar beradi, xotirani rivojlantirishni doimiy nazorat qilib turadi, uni takomillashtirishga yordam beradi. Elektron darslik yoki qo'llanma bilan ishlash o'quvchilarning o'z-o'zini nazorat qilish ko'nikmalarini shakllantiradi shu ma'noda tadqiqot doirasida o'quvchilarni tabiatni anglash ko'nikmalarini rivojlantirishda bevosita raqamli ta'lim vositalaridan foydalanishga e'tibor qaratildi. Maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda, 1-2-sinflar uchun elektron dasturiy platforma ishlab chiqildi. Undan foydalanish mexanizmi https://tabiiy.yoshavlod.uz/1-sinf-uchun/1-bob/ sayti kirish va uni bosqichma-bosqich faoliyatini bajarib borish nazarda tutiladi.

O'ylaymizki, u o'quv mashg'ulotlari samaradorligini oshirishda hamkasblarimizga amaliy yordam beradi. Shuningdek, o'quvchilarni o'z yo'nalishini tanlash va mustaqil hayotga tayyorgarlik ko'nikmalarini shakllantirishdek mas'uliyatli vazifani bajarishda ularning yaqin ko'makchilardan biriga aylanadi.

REFERENCES

1. Богоявленская Д.Б. Рабочая концепция одаренности: дискуссионные вопросы / Д.Б.

Богоявленская // Одар. ребенок. - 2010. - №4. - С. 6-13.

2. Богданова Н.А. Экзаметационный тренажёр (Биология). 2018. Библиогр.: с. 78. - ISBN

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

5-7744-0159-6.

3. L.M. Karakhonova, Z.Sh.Uchkurova. Independent educational activity and mechanisms of effective organization in the continuous education process// American Journal Of Applied Science And Technology// VOLUME 03 ISSUE 06 Pages: 15-21 SJIF IMPACT FACTOR (2021: 5. 705) (2022: 5. 705) (2023: 7.063)

4. L.M. Karakhonova Pisa - of students as an International science literacy Assessment program// Neo Science Peer Reviewed Journal Volume 10, June. 2023 ISSN (E): 2949-7701 -P.15-26 www.neojournals.com

5. L.M. Karakhonova ISSUES OF DEVELOPING RESEARCH COMPETENCE IN STUDENTS BASED ON THE PROJECT METHOD// NOVATEUR PUBLICATIONS JournalNX- A Multidisciplinary Peer Reviewed Journal ISSN No: 2581 - 4230 VOLUME 9, ISSUE 9, Sep. -2023.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.