Научная статья на тему 'O‘QUVCHILАRDА TABIIY-ILMIY SAVODXONLIKNI RIVОJLАNTIRISHDА “4K” MОDЕLINING AHAMIYATI'

O‘QUVCHILАRDА TABIIY-ILMIY SAVODXONLIKNI RIVОJLАNTIRISHDА “4K” MОDЕLINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
259
54
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oʻquvchi / tabiiy-ilmiy savodxonlik / kоmmunikаtsiya / krеаtiv fikrlаsh / kritik fikrlаsh / kоllаbоrаsiya.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sangirova Zamira Bozorboyevna

Maqolada, innоvаsiоn yondаshuv vа zаmоnаviy ta’lim berish jarayonida o‘quvchilarda tabiiy-ilmiy savodxonlikni rivojlantirishning eng maqbul yo‘llaridan biri bo‘lgan “4K” ko‘nikmаlаridаn fоydаlаnish haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘QUVCHILАRDА TABIIY-ILMIY SAVODXONLIKNI RIVОJLАNTIRISHDА “4K” MОDЕLINING AHAMIYATI»

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

O'QUVCHILARDA TABIIY-ILMIY SAVODXONLIKNI RIVOJLANTIRISHDA "4K"

MODELINING AHAMIYATI Sangirova Zamira Bozorboyevna

Ta'limni rivojlantirish Respublika ilmiy-metodik markazi Pedagogik mahorat bo'limi bosh

mutaxassisi, (PhD) zamirasangirova 1@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.10035914

Annotatsiya. Maqolada, innоvаsiоn yondashuv vа zаmоnаviy ta'lim berish jarayonida o'quvchilarda tabiiy-ilmiy savodxonlikni rivojlantirishning eng maqbul yo 'llaridan biri bo'lgan "4K" ko'nikmalaridan foydalanish haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: o'quvchi, tabiiy-ilmiy savodxonlik, kommunikatsiya, kreativ fikrlash, kritik fikrlash, kollaborasiya.

Abstract. The article discusses the innovative approach and the use of "4K" skills, which is one of the most optimal ways to develop natural and scientific literacy in students in the process of modern education.

Keywords: student, scientific literacy, communication, creative thinking, critical thinking, collaboration.

Аннотация. В cmambe paccMampmaemcn иннoвaциoнный подход и ucnonb3oeanue naeuKoe «4К», которые явля yumcn одним из нaибoлee onmuManbrnix способов pa3eumun естественной и нaучнoй грaмomнoсmu учaщuxся в процессе сoврeмeннoгo oбрaзoвaнuя.

Ключевые слова: студент, нaучнaя грaмomнoсmь, общение, творческое мышление, критическое мышление, сотрудничество.

Yangi innovasion yondashuv natijasini o'quvchining dunyoqarashi, mantiqiy fikrlashi, to'g'riligi, halolligi, izlanishi, tashabbuskorligi va ixtirochiligida ko'rish mumkin. Innovasion yondashuvni qo'llashdan asosiy maqsad XXI asr o'quvchisi portretida tabiiy-ilmiy savodxonlikni shakllantirishda "4K" ko'nikmalarini rivojlantirish davr talabi. Bunda ta'limning asosiy maqsadi - o'quvchilarga nafaqat bilim berish, balki olgan bilimlarini hayotda qo'llay olishga o'rgatishdan iborat.

O'quvchi olamni anglashi, tasavvurining kengayishi va bilimlar poydevorini qurishning eng muhim bosqichi bu boshlang'ich ta'lim davri hisoblanadi. Bu davrda bola "o'quvchi shaxsi"ni yaratadi, maktabga va ta'lim olishga nisbatan qiziqishni o'yg'otish, o'z fikr va his-tuyg'ularini erkin va tushunarli tarzda bayon etish, notanish muammolarni ijodiy hal qilish hamda kelgusi rejalar uchun ichki motivni to'play boshlaydi. Bu esa, o'qituvchilarga innovasion yondashuv va zamonaviy pedagogika asosida o'qitishni talab etadi.

Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida o'qitish metodikasini takomillashtirish vazifasi belgilangan. Shunga muvofiq boshlang'ich ta'lim o'qituvchilari o'quvchilarda tabiiy-ilmiy savodxonlikni rivojlantirishda ilg'or xorijiy tajribalar 4K ko'nikmalarini zamonaviy yondashuvlar asosida o'qitishga e'tibor qaratishi maqsadga muvofiq.

Uzluksiz ta'lim tizimida o'quvchilarga bilim berishda zamonaviy pedagogik innovasion usullarining joriy etish mamlakat iqtisodiyoti dunyoning taraqqiy etgan mamlakatlari qatoriga kirishiga zamin yaratadi. Buning uchun zamon talablariga ko'ra, o'quvchilarda tabiiy- ilmiy savodxonlikni shakllantirishda fanni fundamental, nazariy hamda eksperimental fan sifatida yondashish,

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

fanni o'qitishda falsafiy va metodologik qarashlarni, ta'lim mazmuni hamda o'qitish metodlariga nisbatan samarali yo'llarini ishlab chiqishni taqozo qiladi.

O'quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonlikni shakllantirishda ularning tanqidiy fikrlashi, o'z fikrini erkin bayon eta olishiga ko'proq ahamiyat beriladi. Hozirgi kunda amaliyotdagi yangi zamonaviy maktab darsliklari innovasion yondashuvni taqdim etadi. Bu metodologiya bolalarning har tomonlama rivojlanishiga qaratilgan bo'lib, to'rta asosiy ko'nikmalarni o'z ichiga oladi.

Kommunikatsiya (muloqat qilish ko'nikmasi) -o'quvchilar o'z fikrlarini aniq va ravshan ifodalash, suhbatdoshni tinglash va tushunish, ma'lumotni yetkazishda til vositalaridan unumli foydalanishni o'rganadi.

Kreativ fikrlash(ijodiy yondashuv) - O'quvchilar o'z maqsadlariga erishish uchun yangi yondashuvlarni qo'llashni o'rganadi, innovasion yechimlar ishlab chiqadilar va ijodiy muammolarni hal qilish ko'nikmalariga ega bo'ladilar.

Kritik (tanqidiy) fikrlash - ushbu metodologiya o'quvchilarning axborotni tanqidiy baholash, o'z fikri va mulohazalarini shakllantirish ko'nikmalarini rivojlantirishni o'z ichiga oladi. O'quvchilar muammolarga analitik nuqtai nazardan yondashishni o'rganadi va mantiqiy fikrlash asosida o'z nuqtai nazarini shakllantiradi.

Kollaboratsiya (hamkorlikda ishlash)- o'quvchilarning jamoada ishlash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradigan tarzda tuzilgan. Bu o'quvchilarga hamkorlik qilish, samarali fikr almashish va o'zaro qo'llab-quvvatlash ko'nikmalarini o'rganishga ko'maklashadi.

Mazkur 4K ko'nikmalari bolalarning sog'lom turmush tarzi, inklyuziv ta'lim muhitini yaxshilashda ham jismoniy, ham aqliy rivojlanishida katta ahamiyatga ega. San'at, fan, sport yoki tabiat olamini o'rganishda bolalarning dunyoqarashini, shuningdek, o'ziga bo'lgan ishonchini orttiradi. Maktabdagi har bir dars jarayoni o'quvchilarni faqat fan mazmunini o'zlashtirishga emas, balki mustaqil bilim olishga, analitik fikrlash, muammolarni hal qilish va yengish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Boshlang'ich sinf darsliklari yosh avlodni har tomonlama rivojlantirish va jamiyatga yetuk mutaxassisi tayyorlash uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarni shakllantirishga qaratilgan.

Boshlang'ich sinfda Tabiiy fanlarning o'qitilishi o'quvchilarda tabiiy-ilmiy, texnik, ekologik va iqtisodiy savodxonlikni shakllantirish hamda tanqidiy va ijodiy fikrlashni rivojlantirishda fanlarning o'zaro integrasiyasi ob'ekt tomonidan tabiatni bir butun borliq sifatida anglanishi, ularning tafakkurida olamning yagona tabiiy-ilmiy manzarasi vujudga kelishiga zamin yaratadi. Shuningdek, o'quvchilar mazkur fan orqali fanlararo integrasiya zamonaviy fan-texnika taraqqiyotining imkoniyati va muammolarini tushunib olishiga, barqaror rivojlanish ta'limi maqsadlari orqali ekologik muammolarning mohiyatini anglab yetishga, tabiatdan oqilona foydalanish yo'llari, sog'lom turmush tarziga amal qilish tamoyillari hamda kundalik hayotda o'zlashtirilgan bilimlardan foydalanish ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.

Tabiiy fanlar o'quvchiga jonli va jonsiz tabiatda ro'y berayotgan hodisa va jarayonlarning yuzaga kelish sabablari va ularning o'zaro bog'liqligi, tabiatdagi rivojlanish bosqichlar, jumladan, tirik organizmlarning rivojlanish evolyutsiyasi, zamonaviy texnika va texnologiyaning tabiiy-ilmiy asoslari, tabiat va jamiyatning o'zaro aloqadorligi va ta'siri, tabiiy resurslardan tejamkorlik bilan foydalanishning ilmiy asoslari, sog'lom turmush tarzining ahamiyati haqida bilishga yordam beradi. O'quvchi paydo bo'lgan ichki motiv unda tabiiy fanlarni o'zlashtirishga bo'lgan qiziqishi orqali tabiiy va ijtimoiy muhit holatini tushunib borishi, atrof-muhit va insoniyat muammolarini anglashiga, ularning yechimini topishda qarorlarni qabul qila olishida muhim o'rin egallaydi.

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

O'quvchilar muammoli vaziyatni hal etishda tabiiy fanlar bo'yicha tabiiy-ilmiy savodxonlik, 4K ko'nikmalarini namoyish etishlari talab etiladi. O'quvchilaming kognitiv munosabati (tabiiy fanlarga bo'lgan qiziqishi, tadqiq etilayotgan masalaga ilmiy yondashishi, atrof-muhit bilan bog'liq masalalardan xabardorligi) va fanning mazmuniga oid bilimlari ularda tabiiy fanlar bo'yicha savodxonlikni belgilaydi. Tabiiy fanlarni o'rganish davomida o'quvchilar hayotiy munosabatlar va global muammolar bilan tanishib boradi.

Insoniyat uchun oziq-ovqat ta'minoti, kasalliklarning tarqalishi, energiya ishlab chiqarish va iqlim o'zgarishi kabi yirik muammolarga duch kelgan bir davrda tabiiy-ilmiy savodxonlik milliy hamda xalqaro darajada katta ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu jadvalda tabiiy fanlar kontekstining tarkibiy qismiga kiruvchi munosabatlar (shaxsiy va mahalliy) hamda global muammolar majmui keltirilgan.

Kontekst Shaxsiy Mahalliy milliy Global

Tibbiy resurslar Salomatlikni asrash, baxtsiz hodisalar, ovqatlanish Kasalliklarga qarshi kurash, kasalliklarning tarqalishi, iste'mol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarini tanlash, aholi salomatligi Epidemiyalar, yuqumli kasalliklarning tarqalishi

Tabiiy resurslar Moddalar, energiya oziq-ovqat va uning iste'mol qilinishi Aholi soni, yashash darajasi, xavfsizlik, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va taqsimlanishi, energiya ta'minotini qo'llab-quvvatlash Tiklanadigan va tiklanmaydigan tabiiy sistemalar, aholi sonining ortishi, tabiatdan oqilona foydalanish

Atrof-muhit Atrof-muhitga do'stona munosabat, moddiy boyliklar va texnik qurilmalardan foydalanish hamda ularning yo'q qilinishi Aholining taqsimlanishi, chiqindilarning yo'q qilinishi va ularning atrof-muhitga ta'sir ko'rsatishi Bioxilma-xillik, ekologik barqarorlik, atrof-muhitning ifloslanishi, tuproq, biomassaning hosil bo'lishi.

Xavf-xatarlar Turmush tarzini tanlashda xavf-xatarlarni baholash Favqulodda ro'y beradigan o'zgarishlar (masalan, zilzila, noqulay ob-havo sharoiti), sekin kechadigan o'zgarishlar (masalan, qirg'oq yemirilishi), xavf-xatarlarni baholash. Iqlim o'zgarishi, zamonaviy kommunikasiyalarning ta'siri.

Ilm-fan va texnolo- giyalar sohasi- dagi yangi bilimlar Sevimli mashg'ulotlar, shaxsiy texnika, musiqa va sport bilan shug'ullanishning ilmiy jihatlari Yangi moddalar, texnik qurilmalar, genetik modifikasiyalar, sog'liqni saqlash texnologiyalari, transport Turlarning yo'q bo'lib ketishi, kosmosning tadqiq etilishi, koinotda yuz berayot gan o'zgarishlar (Yerning isishi va iqlim o'zgarishi)

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, inson dunyoqarashining tabiiy-ilmiy asosini tabiat haqidagi bilimlar tashkil qiladi. YOsh o'quvchilar atrof - olam to'g'risidagi dastlabki bilimlarni anglayotganida ularda hali etarli darajada tizimlashtirilmagan bilimlar hajmini his qiladilar. Ushbu muammoni integrasiya qilingan tabiiy fanlar hal qilishga imkon yaratadi. O'qitishda integrasiyalashgan yondashuvni amalga oshirish natijasida o'quvchilarda atrof olamni o'rganishda

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

tabiiy -ilmiy savodxonligini shakllantirish, ularda ijtimoiy hayoti davomida qo'llashga yordam beradi.

REFERENCES

1. Razumovskiy V.G. O'quvchilarda ijodiy qobiliyatlarni o'stirish. -Toshkent, «O'qituvchi», 1978.

2. Ochilov F.I. Boshlang'ich sinf o'quvchilariga tabiiy-ilmiy bilimlarni kompetensiyaviy yondashuv asosida o'rgatish metodikasi. Ped. fan. bo'yicha falsafa dokt. dis. avtoreferati. Chirchiq.CHDPI,2021.

3. Pardayev M., Sangirova Z va boshq. Maktab o'quvchilarida hayotiy ko'nikmalarni rivojlantirish. Tabiiy fanlar O'qituvchilar uchun metodik qo'llanma. Toshkent, Baktria press, 2021. - 160 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.