Научная статья на тему 'EVRISTIK TOPSHIRIQLAR-BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA O‘QUVCHILARNING IJODIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH VOSITASI SIFATIDA'

EVRISTIK TOPSHIRIQLAR-BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA O‘QUVCHILARNING IJODIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH VOSITASI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
487
63
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim / kreativ / rivojlantirish / qobiliyat / produktiv / reproduktiv / topshiriq / воспитательный / творческий / развитие / способность / продуктивный / репродуктивный / назначение

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xurramov Rustam Sayfiddinovich

Barchamizga ma’lumki, evristik topshiriqlar berish orqali o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish bugunning davr talabi. Hozirgi davr pedagogikasining ijodiy faoliyatga yo‘naltirilgan konseptual ilmiy izlanishlar predmetini kichik maktab yoshidagi bolalarda kreativlik, yanada aniqrog‘i ijodiylikning yorqinlashuvi, ixtirochilikka qiziqishi, ertak, hikoya, qo‘shiq, musiqaning obrazli mazmunini tezda idrok etishi, ijodiy imkoniyatlarini nazarda tutib belgilanmoqda. Mazkur maqolada ham evristik topshiriqlar berish orqali o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish vositalari haqida so‘z boradi. Mazkur maqoladan oliy o‘quv yurti talabalari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar hamda keng auditoriya foydalanishlari mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ЭВРИСТИЧЕСКИЕ ЗАДАЧИ КАК СРЕДСТВО РАЗВИТИЯ ТВОРЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ УЧАЩИХСЯ В НАЧАЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ

Как известно, развитие творческой активности учащихся путем постановки эвристических заданий является требованием сегодняшнего дня. Предмет современной педагогики деятельностно-творческого концептуального научного исследования определяется с точки зрения творчества, точнее, яркости творчества, интереса к изобретательству, быстрого восприятия образного содержания сказок, рассказов, песен, музыки, творческих возможностей у детей младшего школьного возраста. В данной статье также говорится о средствах развития творческой активности учащихся путем выдачи эвристических заданий. Данная статья может быть использована студентами вузов, докторантами, независимыми исследователями и широкой аудиторией.

Текст научной работы на тему «EVRISTIK TOPSHIRIQLAR-BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA O‘QUVCHILARNING IJODIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH VOSITASI SIFATIDA»

Xurramov Rustam Sayfiddinovich,

Termiz davlat universiteti "Boshlang'ich ta'lim" kafedrasi tayanch doktoranti

EVRISTIK TOPSHIRIQLAR BOSHLANG'ICH TA'LIMDA OQUVCHILARNINGIJODIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH VOSITASI SIFATIDA

UO'K: 373.3.015.31 DOI: 10.34920/SO/VOL_2023_ISSUE_1_6

XURRAMOV R.S. EVRISTIK TOPSHIRIQLAR-BOSHLANGICH TA'LIMDA O QUVCHILARNING IJODIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH VOSITASI SIFATIDA

Barchamizga ma'lumki, evristik topshiriqlar berish orqali o'quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish bugunning davr talabi. Hozirgi davr pedagogikasining ijodiy faoliyatga yo'naltirilgan konseptual ilmiy izlanishlar predmetini kichik maktab yoshidagi bolalarda kreativlik, yanada aniqrog'i ijodiylikning yorqinlashuvi, ixtirochilikka qiziqishi, ertak, hikoya, qo'shiq, musiqaning obrazli mazmunini tezda idrok etishi, ijodiy imkoniyatlarini nazarda tutib belgilanmoqda. Mazkur maqolada ham evristik topshiriqlar berish orqali o'quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirish vositalari haqida so'z boradi. Mazkur maqoladan oliy o'quv yurti talabalari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar hamda keng auditoriya foydalanishlari mumkin.

Tayanch so'z va tushunchalar: ta'lim, kreativ, rivojlantirish, qobiliyat, produktiv, reproduktiv, topshiriq.

ХУРРАМОВ P.C. ЭВРИСТИЧЕСКИЕ ЗАДАЧИ КАК СРЕДСТВО РАЗВИТИЯ ТВОРЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ УЧАЩИХСЯ В НАЧАЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ

Как известно, развитие творческой активности учащихся путем постановки эвристических заданий является требованием сегодняшнего дня. Предмет современной педагогики деятельностно-творческого концептуального научного исследования определяется с точки зрения творчества, точнее, яркости творчества, интереса к изобретательству, быстрого восприятия образного содержания сказок, рассказов, песен, музыки, творческих возможностей у детей младшего школьного возраста. В данной статье также говорится о средствах развития творческой активности учащихся путем выдачи эвристических заданий. Данная статья может быть использована студентами вузов, докторантами, независимыми исследователями и широкой аудиторией.

Ключевые слова: воспитательный, творческий, развитие, способность, продуктивный, репродуктивный, назначение.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 1 (122)

KHURRAMOV R.S. HEURISTIC TASKS - A TOOL FOR DEVELOPING THE CREATIVE ACTIVITY OF STUDENTS IN PRIMARY EDUCATION

As we all know, developing the creative activity of students by giving heuristic tasks is the demand of today. The subject of modern pedagogy of creative activity-oriented conceptual scientific research is defined in terms of creativity, more precisely, the brightness of creativity, interest in inventiveness, quick perception of the figurative content of fairy tales, stories, songs, music, and creative possibilities in children of junior school age. This article also talks about the means of developing students' creative activity by giving heuristic tasks. This article can be used by university students, doctoral students, independent researchers and a wide audience.

Key words and concepts: educational, creative, development, ability, productive, reproductive, assignment.

Kirish. Dunyoda boshlang'ich sinf o'quvchilarining ijodiy faoliyatini tashkil etish, kichik maktab yoshidan o'quvchilar shaxsini riv-ojlantirish, ularning qobiliyati, axloqiy va este-tik hissiyotlarini tarbiyalash, o'qishga qiziqishi, xohish va istagini, o'zi va o'z atrofini o'rab olgan olamga hissiy munosabatni shakllantirishga qaratilgan o'quv tuzilmalarini ishlab chiqish, o'quvchining intellektual qobiliyatini ro'yobga chiqarishga ko'maklashuvchi pedagogik texnologiyalarga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi davr pedagogika-sining ijodiy faoliyatga yo'naltirilgan konseptual ilmiy izlanishlar predmetini kichik maktab yoshi-dagi bolalarda ijodiylikning yorqinlashuvi, ixtiro-chilikka qiziqishi, ertak, hikoya, qo'shiq, musiqa-ning obrazli mazmunini tezda idrok etishi, ijodiy imkoniyatlarini nazarda tutib belgilanmoqda.

Mamlakatimizda ta'lim tizimini yangi sifat bosqichiga olib chiqishdagi islohotlar boshlang'ich ta'limdan boshlab o'quvchilarning fanlar asoslari bo'yicha bilim o'zlashtirishga ehti-yojini, asosiy milliy va umumbashariy qadriyat-larga asoslangan ma'naviy-axloqiy fazilatlarni, mehnat ko'nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatini shakllantirishga zarur shart-sharoitlarni yaratib, boshlang'ich sinf o'quvchilari ijodiy faoliyatini tashkil etish-ning pedagogik yondashuvlarini takomillashti-rish zaruratini yuzaga keltirmoqda. Xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiya-sida «o'qitish usullarini takomillashtirish, ta'lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyil-larini bosqichma-bosqich tatbiq etish, kichik yoshdan o'quvchilarda o'qishga sog'lom, kuchli

va ta'sirchan motivatsiyani shakllantirish»1 kabi muhim vazifalar belgilangan.

Ijodiy faoliyat boshlang'ich sinf o'quvchilarini har tomonlama uyg'un rivojlantirishning muhim omili sifatida ularning axloqiy, aqliy va jis-moniy jihatdan taraqqiy etishiga xizmat qiladi. Aynan ijodiy faoliyatga samarali tayyorlangan o'quvchilar iqtidorlilikning quyidagi mezon-lariga javob beradi: aqliy rivojlanishning jadal-ligi: bilishga qiziqish, kuzatuvchanlik, nutq, onglilik, nostandart fikrlash; qiziqish, intellekt, emotsiyalarning erta ixtisoslashuvi: matematika, musiqa, tasviriy faoliyat, injenering, chet tillarni o'rganish; bilish faolligi, tashabbuskorlik, tashki-lotchilik qobiliyati, qat'iylik, qo'yilgan maqsadga erishishga intilish; amaliy faoliyatga tayyorlik va qobiliyatlilik.

Ijodiy jarayon o'zida ikkita muhim belgini aks ettiradi. Ulardan biri - intuitsiya (zehn, fahm-farosat), ikkinchisi - intuitiv fikrlash jarayonida qo'lga kiritirilgan natijani rasmiylashtirishdir. Faqat uning samarasi anglangan va intuitiv va mantiqiy fikrlash birligi sifatida mantiqiy fikrlash vositasida ishlab chiqilganlik bilan tavsiflanadi. Ijodiy jarayon turli darajada insonning ijtimoiy tashabbuskorligining barcha ko'rinishlari, aso-san, uning kasbiy faoliyati bilan bog'liq shakllar-ida mutlaq o'z aksini topadi.

Mavzuning dolzarbligi. Didaktik yondashu-vlarga ko'ra ta'lim metodlari uchta guruhga bo'linadi:

1 Узбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 29 апрелдаги "Узбекистон Республикаси халк таълими тизимини 2030 йилгача ривожлантириш концепция-сини тасдиклаш туррисида"ги ПФ-5712-сон Фармони. - Конун хужжатлари маълумотлари миллий базаси, 06/19/5712/3034-сон, 29.04.2019 й.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 1 (122)

- o'quv-biluv faoliyatini tashkil etish metodlari;

- o'qishga rag'batlantirish va motiv uyg'otish metodlari;

- o'quv-biluv faoliyatining samaradorligini nazorat qilish va o'z-o'zini nazorat qilish metodlari.

Yuqorida keltirilgan har bir guruhga mansub metodlar muayyan ta'lim usullarini o'z ichiga oladi. Masalan, o'quv-biluv faoliyatini (birin-chi guruh metodlari) tashkil etishda og'zaki, ko'rgazmali va amaliy metodlarni qo'llaniladi. Bu esa o'qituvchi tomonidan o'quv axborotlarini taqdim qilish va o'quvchilar tomonidan eshitish, kuzatish, amaliy xatti-harakatlar vositasida idrok etilishini ta'minlaydi.

Mutaxassislar ikkinchi guruhdagi metodlar sirasiga bilish o'yinlari, bahs-munozara, rag'batlantirish va boshqalarni, uchinchi guruhga esa og'zaki, yozma, laboratoriya ishlari, yakka va yalpi nazoratni kiritganlar.

Adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, amali-yotda ko'plab ta'lim metodlari qo'llaniladi. Biz tadqiqotimiz davomida yuqoridagi birinchi va uchinchi guruhlarga o'xshash, lekin ulardan ken-groq bo'lgan ta'lim metodlari tasnifidan foyda-landik.

Dastlabki tasnifda o'qituvchi va o'quvchi faoliyatining shakllari namoyon bo'ladi. Biz tahlil qilayotgan uchinchi guruhga mansub metodlar ushbu faoliyat mazmunidan kelib chiqadi.

Ma'lumki, pedagogik jarayonning mazmuni va shakllari o'zaro bog'liq bo'ladi. Shuning uchun jarayonning mohiyatini faqatgina uning mazmuni va shaklini hisobga olgan holda tus-hunish mumkin. Bundan kelib chiqadiki, ta'lim metodlarini ta'riflash va tarkiblashda o'qituvchi-o'quvchi faoliyatining mazmuni va shakllari mutanosibligiga e'tibor qaratish lozim.

Ta'lim metodlari - voqelikni amaliy va nazariy egallash, o'zlashtirish, o'rganish, bilish uchun yo'l-yo'riqlar, usullar majmuasi, pedagogik bil-imlarni yaratish va asoslash usuli.

Ta'lim metodlarining mohiyati to'g'risida bir nechta qarashlar mavjud. Metodlarni tasnifla-shda turlicha yondashuvlarning mavjudligiga ishonch hosil qildik.

Ta'lim metodlari tizimida og'zaki mashqlarn-ing o'rnini aniqlar ekanmiz, ikkita tasnifga aso-slandik:

- bilim manbalariga ko'ra qo'llaniladigan metodlar: og'zaki, ko'rgazmali, amaliy metodlar;

- faoliyat xarakteriga ko'ra qo'llaniladigan metodlar: illyustratsiyali tushuntirish, reproduktiv, evristik, muammoli ifodalash, tadqiqotchilik usullaridan foydalangan holda o'quvchilarga taqdim etish1.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. O'quvchilarni har tomonlama barkamol shaxs sifatida kamolga yetkazish uchun ularni boshlang'ich sinflardanoq ijodiy faoliyatini kamol toptirish zarur. CHunki boshlang'ich sin-flarda o'quvchilarning didi, dunyoqarashi, salo-hiyati barcha psixik jarayonlar individual-psix-ologik xususiyatlari jadal shakllanadi.

Psixolog olimlar S.L.Rubinshteyn, B.G.Anaynev birinchilar qatorida umumiy, aqliy rivojlan-ish umumiy intellekt bilan bog'liq ekanligini ko'rsatib o'tdilar. Masalan, B.G.Ananev murakkab psixik xususiyatlarni tadqiq qilish bilan birga, o'qish va mehnatdagi muvaffaqiyat ana shu xususiyatga bog'liqdir2, -degan farazni ilgari suradi. Olim bu kategoriyalarni bilishga oid turli vazifalarning qo'yilishi va hal etilishi bilan bog'liq yo'llarini ko'rsatib beradi. Keyingi yillarda muammoni turli yo'nalishlarda intensiv tarzda tadqiq etishga qiziqish uyg'ondi. Bu tadqiqotlar borasida N.S.Leytesning, tadqiqotini qayd qilib o'tish muhim. N.S.Leytes3 avvalo aql sifatlarini o'z ichiga oluvchi umumiy aqliy qobiliyatlar(garchi ular jiddiy rivishda iroda va emotsional xususi-yatlarga bog'liq bo'lsa ham) odamning nazariy bilish va amaliy faoliyat imkoniyatlarini xarak-terlab beradi,-deb ta'kidlagan. Odam intellekti uchun eng muhim narsa va hodisalar o'rtasidagi bog'lanish va munosabatlarni aks ettirish hamda shu bilan voqelikni ijodiy ravishda qayta o'zgartirish imkoniyatini beradi. N.S.Leytesning, ko'rsatishicha, oliy nerv faoliyati xususiyat-larida faollik va o'z -o'zini tartibga solishning ayrim shart-sharoitlari yashiringan bo'lib, bular umumiy aqliy qobiliyatlari tarkib topishinig

1 Хуррамов Р. (2022). Gf3aKM машклар ёрдамида 6oo^aHfM4 синф укувчилари эвристик фикрла-шини ривожлантиришнинг методик асослари. "Ta'lim va innovatsion tadqiqot''. https://doi.org/10.53885/ edinres.2022.9.09.022

2 Ананьев Б.Г. Человек как предмет познания. - М.: 1969. - 73 С.

3 Лейтес Н.С. Склонности одаренность в детские годы // Знание, 1984, № 4.28 C.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 1 (122)

muhim ichki shartlaridan biridir. Psixolog olim N.D.Levitov ijodiy faoliyatni quyidagi mezonlar asosida vujudga kelishini isbotladi:

- tafakkurning mustaqilligi;

- o'quv materialining o'zlashtirilishi, tezligi va mustahkamligi;

- standart bo'lmagan vazifalarni hal qil-ishda, aqliy chamalashning (topqirlikning) tezligi;

- o'rganib chiqilayotgan hodisalarning mohiyatiga chuqur kirib borish orqali muhim bo'lmagan narsadan muhimini ajrata bilish.

U.Nishonaliev aqliy rivojlanishning asosiy mezoni-to'g'ri tashkil etilgan o'quv faoliyati tuz-ilmasining (tarkib topgan o'quv faoliyati) hamda uning tarkibiy qismlarining to'g'ri rejalashtiril-ishidir - degan g'oyani ilgari suradi1.

0. Hasanboeva kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning fikrlash faoliyatiing quyidagi xususiyatlari: o'zlashtirishning tezligi yoki sus-tligi; fikrlash jarayonining o'zgargan sharoitlarga moslashtirish osonligi yoki qiyinligi; fikrlash doirasining o'zaro bog'liqligi; analitik-sintetik faoliyatning turli darajalari sifatida qaraydi2.

Ijodiy faoliyatda muammoli vaziyatlar yaratish bu muammoli vaziyatlarni echishga o'quvchilarni jalb etish muhim ahamiyatga ega.

Boshlang'ich sinflarda shaxsni rivojlantrishga yo'naltirilgan ta'lim quyidagi maqsadlarni naz-arda tutadi.

1. Maktab o'quvchilari shaxsini rivojlan-tirish, uning qobiliyati, o'qishga qiziqishi, xohish va istagini shakllantirishi;

2. Axloqiy va estetik hissiyotini tarbiyalash, o'zi va o'z atrofini o'rab olgan olamga hissiy munosabatni shakllantirish.

3. Bilimlar tizimini, malaka va ko'nikmalar, faoliyatning turli shakllarini egallab olish.

4. Bolalarning jismoniy va psixik salomatlig-ini muhofaza qilish.

1 Нишаналиев У. Формирование личности учителя трудового обучения: проблемы и перспективы. - Т.: Фан, 1990. - 85 с.

2 Х,асанбоева О., Х,асанбоев Ж. ва б.к,. Педагогика. - Т.: Фан, 2006. - 97 б.

5. Bola shaxsining individualligini himoya qilish3.

Zero, ta'lim faol, ijodiy, mahsuldor, intellek-tual faoliyatni o'zaro aloqadorlikda amalga oshi-radi. Ijodkorlik boshlang'ich ta'limda o'qituvchi faoliyatining asosiy turi bo'lishi zarur.

Pedagogik o'yinlar ayniqsa, o'quvchilar ijodiy faoliyatini rivojlantirishda muhim o'rin tutadi. Aynan shunday o'yinlar vositasida kattalar va kichiklar o'rtasida muloqot o'rnatiladi. Bu mulo-qotlar shaxsiy yondashuv asosida qurilishi kerak. O'qituvchi bolani faqat o'quvchi deb emas, balki bir butun shaxs, o'ziga xos inson deb yondashuvi lozim. O'yinlarda bolaning shaxsiy sifatlari boyib, o'quvchilar ijodiy faoliyatlarini tashkil etishda muhim o'rin tutadi hamda o'quvchilarning xul-qidagi ijobiy qirralar rivojlanadi, ijobiy tasav-vur mashqlari vositasida kuzatuvchanlik, xotira, diqqatni kuchaytirish imkoni tug'iladi, psixologik to'siqlar bartaraf etiladi4.

Maqsad. Maqsadga muvofiq o'qish faoliyati kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning aql-idrogi, sezgirligi, kuzatuvchanligi, uquvliligi, esda saqlab qolish, esga tushirish imkoniyatla-rini rivojlantirishi uchun muhim shart-sharoitlar yaratadi; bolalarda o'qish, yozish, hisoblash mal-akalarini shakllantiradi. Bundan tashqari maz-kur ta'lim jarayonida ularning bilimlar ko'lami kengayadi, bilishga qiziqishlari ortadi, aqliy imkoniyatini ishga solish vujudga keladi. O'quv fanlariga ijobiy munosabat, qat'iy shug'ullanish niyati, jamoatchilik oldidagi mas'uliyatni his qil-ish, bilim olishning ijtimoiy, ahamiyatini anglash tuyg'ulari tarkib topadi.

O'qituvchilarning muhim vazifalaridan biri o'quvchilarda materiallarni eslab qolishi uchun muayyan intilishni tarkib topishi, ularga eslab qolishning fikr yuritish yo'llarini (taqqoslash, tahlil qilishni) o'rganishdan iboratdir.

Bu vazifani eng avvalo maktab psixologlari qatorida boshlang'ich sinf o'qituvchilari amalga oshirishlari shart. Tafakkur atrof-muhitdagi

3 Хуррамов Р. (2022). ОFзаки машклар ёрдамида бошланFич синф укувчилари эвристик фикрла-шини ривожлантиришнинг методик асослари 'Ta'lim va innovatsion tadqiqot''. https://doi.org/10.53885/ edinres.2022.9.09.022.

4 Болтаева Ш.Т. БошланFич таълимда укувчилар ижо-дий фаолиятини шакллантириш. Монография. - Тош-кент: 2013. - 28-б.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 1 (122)

voq'elikni nutq yordami bilan bevosita umum-lashgan holda aks ettiruvchi jarayon.

Xotiraning mahsuldorligini oshirish uchun ta'lim jarayonida o'zini -o'zi nazorat qilish, o'rganilgan materialni takrorlash orqali tek-shirish, esga tushirish, mashq qilishdan unumli foydalanish zarur. Agar kichik maktab yoshi-dagi o'quvchilarga eslab qolish va eslash usul-lari o'rgatilmasa, ular materiallarni bevosita takrorlashda uzoq vaqt to'xtalib qoladilar. Lekin o'quvchilar materiallarni eslashni xush ko'rmaydilar va uni osongina tiklash yo'lini tushunmaydilar. Materialni eslab qolish, esda saqlash, esga tushirish va eslash usullarini o'rgatish mantiqiy xotira o'sishining garovidir.

Maqolaning ilmiy mohiyati. Hozirgi davrda psixologlar ta'lim jarayonida o'quvchilarda faol mustaqil ijodiy faoliyatni mustaqil bilish faoli-yatiga, mustaqil holda bilimlarni egallashga yo'naltirishga harakat qilmoqdalar.

O'quvchilarning bilish faolligini maksimal darajada faollashtirish, ularning mustaqil ijodiy tafakkurini rivojlantirish maktab ta'limining muhim vazifasiga aylanib bormoqda.

Ta'limning asosi - o'qitishning yetkaza-digan mo'l - ko'l axborotni esda saqlab qolish emas(garchi bu muhim vazifa bo'lsa-da), balki bu axborotni qabul qilish jarayonida o'quvchilarning o'zlari faol ishtirok etishi, ularning mustaqil bilim olish qobiliyatini asta-sekin shakllantirishdan iborat bo'lmog'i lozim1.

Bugungi kunda pedagog olimlar L.S.Vbigotskiy tomonidan ilgari surilgan g'oya, ya'ni "ta'lim berish o'quvchi qo'lga kiritib bo'lgan rivojlanish darajasini qo'llamasdan, o'quvchining tafakkuriga uning imkoniyatlarini birmuncha oshiradigan talablar qo'yilishi, u erishgan va yaxshi o'zlashtirib olgan analitik-sintetik faoli-yat darajasini talab qilishi kerak", degan qoi-daga asoslanadilar. L.S.V'gotskiy ta'limning aqliy rivojlanishidagi kechagi kunga emas, balki ertangi kunga tayanmog'i lozim-deb hisoblagan edi2. Ta'lim rivojlanishning faqat tugullangan darajasi asosida qurilmasdan, avvalo unchalik tarkib topmagan va shunday ta'lim ta'siri aso-

1 Болтаева Ш.Т. БошланFич таълимда укувчилар ижо-дий фаолиятини шакллантириш. Монография. - Тош-кент: 2013. - 26-б.

2 Ананьев Б.Г. Человек как предмет познания. - М.: 1969. - 46 С.

sida taraqqiy etgan narsalarga tayanmog'i lozim. L.S.V'gotskiy boladagi aqliy rivojlanishning ikki darajasi haqidagi g'oyani ilgari suradi. Birinchi daraja, ya'ni aytganidek, aktual rivojlanish darajasi o'quvchi tayyorgarligining mavjud darajasi bo'lib, u o'qituvchining topshiriqlarni to'la mustaqil bajara olishi bilan xarakterlanadi. Ancha yuqori bo'lgan ikkinchi daraja (V'gotskiy uni eng yaqin rivojlanish zonasi deb atagan) bolaning nimani mustaqil bajara olmasligini, lekin ozroq yordam bilan (yo'l yo'riq beruvchi savollar, aytib berishlar, ishora qilishlar) umumiy ko'rsatmalar ta'lim jarayonida aktual rivojlanish darajasiga o'tadi-deb ta'kidlagan edi.

Tahlil va natijalar. Ta'lim-tarbiyaga yangicha yondashuv, dars samaradorligini oshirish vosi-tasi, fanlararo aloqalarning yangi sifat daraja-siga ko'tarilgan shakli hisoblanadi. Boshlang'ich ta'limda yangicha yondashuv hayotdagi turli xil hodisalarni bir qolipdan turib baholash emas, balki ularni o'zaro aloqadorlikda kompleks holda yondashishga yo'naltiradi. Masalan, integratsi-yalashgan ta'limni yo'lga qo'yishda sof ilmiy bil-imlar, adabiyot, musiqa, san'at yordamida har tomonlama mukammal ko'rsatib berish imkoni tug'iladi. Bu esa bola shaxsining emotsional va axloqiy rivojiga, unda ijodiy tafakkurning shak-llanishiga yaxshi ta'sir ko'rasatadi.

Boshlang'ich sinflarda mavzuga integratsi-yali yondashuvni bir dars emas, balki mazmuni, metodik va tashkiliy tomondan o'quv fanin-ing ma'lum bo'limi olinsa, maqsadga muvofiq bo'ladi.

Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarda ijodiy faoliyatni shakllantirishda o'quvchilarda aqliy qobiliyatning rivojlanganligi muhim ahamiyatga ega.

Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning va shaxslik xislatlari va qobiliyatlari rivojlantirish ularning turli o'quv-biluv, amaliy, ijtimoiy faoli-yatlari tajribasiga tayaniladi. Shuning uchun ha ta'lim standartlarida ta'limning faol, amaliyot-dagi mazmuni, faoliyatning aniq vositalariga real hayotiy vaziyatlarda qo'llaniladigan bilim, mal-aka va ko'nikmalarga alohida e'tibor berilgan.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining ijodiy bilish faolligi o'zida yangi bilimlarni o'zlashtirishga barqaror motivlar va bilish jarayoniga ijobiy emotsional yo'nalganlikning qaror topganligi, o'quv vazifalarini hal etishda odatiy o'quv hara-

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 1 (122)

kati usullarini bartaraf etishga intilish, muammo yechimini topishning nostandart metod va usullarini izlash, o'quv-bilish faoliyatidagi qat'iylik, ijodiy bilish faoliyatining natijaviyligi bilan tavsi-flanichi shaxs xususiyatini o'zida aks ettiradi.

Ta'lim jarayoni o'quvchilar faoliyatini tizimli tashkil etishni taqozo etadi. Ta'limning barcha tarkibiy qismlari uning o'quvchi faoliyatini tizimli tashkil etish- bu ta'lim maqsadi, mazmuni, shak-llari, metodlari, vositalari, ta'lim mahsuli, bilim, ko'nikma va malakalarning o'zaro aloqasida amalga oshadi.

Faoliyatning rivojlanishi ta'limda ma'lum didaktik prinsiplar asosida yuzaga keladi. Bular ilmiylik, uzviylik, tizimlilik, qulaylik, ta'limda faol-lik, onglilik kabilardan iborat bo'lib, ta'lim tizimi-dagi nuqsonlarni bartaraf etib, unda o'zgarishlar qilishni taqozo etadi.

Ta'lim mazmuniga, bilimni egallashga qiziq-ish o'quvchining o'z aqliy mehnati natijasidan qanoatlanish hisi bilan uzviy bog'liqdir. Bu his o'qituvchining rag'batlantirishi bilan namoyon bo'ladi va o'quvchida samaraliroq ishlash mayli, istagi, ehtiyojini shakllantiradi. Bolada paydo bo'lgan faxrlanish, o'z kuchiga ishonish hislari bilimlarni o'zlashtirish va malakalarni mustah-kamlash uchun xizmat qiladi, rag'batlantirish va jazolash me'yorida bo'lsagina, ularning tarbi-yaviy ta'siri ortadi.

Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning muhim xususiyatlaridan biri ulardagi o'qituvchi shaxsiga ishonch hisi va yuksak ehtiromdir. Shuning uchun ham o'quvchining bolaga tarbi-yaviy ta'sir ko'rsatish imkoniyati juda kattadir. Bola o'qituvchini aql-idrok sohibi, ziyrak, sezgir, mehribon, hatto donishmand inson deb biladi. O'qituvchi siymosida o'zining ezgu niyati, orzu istagi, ajoyib his-tuyg'ularini ro'yobga chiqaru-vchi mo'tabar shaxsni ko'radi. O'qituvchining obrusi oldida ota-onalar, oilaning boshqa a'zolari, qarindosh-urug'lar, tanish-bilishlarn-ing nufuzi keskin pasayadi. Shu sababli bolalar o'qituvchisining har bir so'zini qonun sifatida qabul qiladilar1.

Ta'lim jarayonida o'qituvchi o'zining obro'sidan oqilona va omilkorlik bilan foy-dalanib, o'quvchilarda uyushqoqlik, mehnatse-

1 Болтаева Ш.Т., БошланFич таълимда укувчилар ижо-дий фаолиятини шакллантириш. Монография. - Тош-кент: 2013. 34-б.

varlik, o'qishga ijobiy munosabat, o'z diqqatini boshqarish, xulqini idora etish, o'zini tuta bilish, qiyinchiliklarni yengish kabi fazilatlarni shakllan-tirishi lozim. Buning uchun har tomonlama ta'sir ko'rsatish usulini qo'llash kerak.

Ta'lim jarayonida bolalarning yorqin, aniq, tiniq, yaqqol tasavvurlari fikr yordamida muayyan voqelikka aylanadi. O'rganilayotgan fan materiallari eshitilgan va o'qilgan badiiy obrazlar tizimi yaratiladi. O'qish davomida tur-mush tajribasida to'plangan taassurotlarni qayta tiklash, yangi obrazlar ijodiy izlanishning eng muhim omili-ijodiy tasavvurni takomillashti-radi. Ijodiy tasavvur eng muhim xususiyatlari-dan biri yaratilgan tasvirlarning yaqqolligi, man-tiqiy qonunlarga uzviy bog'liqligi, g'ayri tabiiy, ajoyib-g'aroyib istaklardan uzoqligidir. Shuning uchun o'quvchi tasavvurida turmushga, voqelikka zid kelmaydigan tasvirlar, timsollar holati tobora kengayadi. Bu esa o'quvchilar hodisalarni tanqidiy baholash ko'nikmasi paydo bo'lganini bildiradi. Natijada u taassurot qurshovidan qutu-ladi. Yaratilgan obrazlarni tabiat va jamiyatning ob'ektiv qonunlariga suyangan holda baholash ko'nikmasi yanada takomillashadi2.

Boshlang'ich ta'limning o'ziga xos xususiyati ham bolalarning maktabga tayyorgarlik darajasi ijtimoiy tajribasi psixofiziologik rivojlanishi bir xil emasligi bilan farqlanishidadir. Shunga ko'ra boshlang'ich ta'limda har bir o'quvchining ijodiy faoliyatini va uning o'ziga xos individualligini namoyon etishga sharoit yaratishdan iboratdir.

Tahlil natijalari asosida boshlang'ich ta'limda o'quvchilarning ijodiy faoliyatini tashkil etish-ning quyidagi mezonlari aniqlashtirildi: moti-vatsion-emotsional, irodaviy, kognitiv, faoli-yatli-ijodiy. Motivatsion-emotsional mezon ko'rsatkichlari: faoliyatda ishtirok etish istagi, onglilik, ko'proq bilishga intilish, ijobiy emot-sional qayg'urish, ishtiyoq, faoliyatdan qoniqish hisi. Irodaviy mezon ko'rsatkichlari: qat'iylik, bilishga yo'nalganlik; jur'atlilik. Bilishga doir mezon ko'rsatkichlari: mo''tadillik, moslashuvchanlik, ishchanlik, fikrlashning individual o'ziga xosligi. Faoliyatli-ijodiy mezon ko'rsatkichlari: jadallik, ijodiy bilish faoliyatining natijaviyligi.

2 Болтаева Ш.Т., БошланFич таълимда укувчилар ижо-дий фаолиятини шакллантириш, Монография, Тошкент 2013 й.25-б.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 1 (122)

Xulosa. Mazkur mezonlar asosida boshlang'ich ta'limda ijodiy faoliyatni tashkil etish mezonlariga mos quyidagi darajalar aniq-landi: reproduktiv, izlanishli-evristik, ijodiy-tashabbuskorlik. Reproduktiv daraja bilishga qiziqishning pastligi, o'quv jarayoniga ichki qiziqishning mavjud emasligi, ijodiy vazifalarni hal etishda irodaviy xususiyatlarning yetarli ifoda etilmasligi, o'qituvchi rahbarligida hara-katlanish layoqati bilan tavsiflanadi. Izlanishli-evristik darajada bilishga qiziqish o'quv moti-vatsiyasi tuzilmasida o'rtacha o'rinni egallaydi. Barqaror bilishga qiziqish, savollar tuza olish, o'qituvchiga fikr-mulohaza bilan murojaat qil-ish ko'nikmalariga egalikni o'zida aks ettiradi. Ijodiy-tashabbuskor darajada bilishga qiziqish, o'quv-bilish topshiriqlarini hal etish istagi yuqori tarzda namoyon bo'ladi. O'z-o'zidan qoniqish va quvonch hisini uyg'otuvchi natijalarga erishishda qat'iylik va jur'atlilik bilan ajralib turadi. Faollik, tashabbuskorlik va mustaqillik muntazam namoyon bo'ladi. Bilimlarni o'zlashtirish ijodiy tavsifga ega.

Demak, o'yinlar bolalarning asosiy faoli-yat turi bo'lib, u orqali kichik maktab yoshdagi o'quvchilar hayotni, borliqni, tevarak- atrofni o'rganadilar va unga moslashadilar. O'yin paydo bo'lishi uchun quydagilar muhim sanaladi:

- o'yin ishtirokchilari bilan bo'lgan mulo-qotdan qoniqish hissining paydo bo'lishi;

- tabiiylik, emotsional hissiyotning vujudga kelishi;

- o'yin davomida o'quvchilarning o'zining tabiiy extiyojlarini qondirishga harakat qilishi va hokazolardir.

Ijtimoiy-psixologik ahamiyati jihatidan o'yinlar asosan ikkita vazifani bajaradi;

• ma'lum ijtimoiy bilimlarni egallash;

• zarur ijtimoiy qoidalarni shakllantirish.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Shuningdek, muammo nuqtai nazardan yon-

dashganda, o'yinlar o'quvchining ijodiy faoli-yatini faollashtirish bilan uning ijodiy qobilyat-ini o'stiradi. Ma'lumki, bolalar o'yining sifati va samaradorligi unda ishtirok etuvchilarning hay-otiy kuzatishlari va shaxsiy tajribasiga bevosita bog'liq bo'ladi. Bunda onglilik, tashabbuskorlik va irodalilik kabi sifatlar ahamiyat kasb etadi. Shu sababli turli ijtimoiy-psixologik tavsifga ega o'yinlardan o'quv jarayonida foydalanish, shak-shubhasiz o'z samarasini ko'rsatadi.

Xulosa qilib aytganda, ta'limda birlamchi vazifa keyingi ta'lim jarayonida muhim ahami-yatga ega bo'lgan boshlang'ich umumiy ta'lim malaka va ko'nikmalarini shakllantirishdan ibo-rat.

Adabiyotlar:

1. Узбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 29 апрелдаги "Узбекистон Республикаси халк, таълими тизимини 2030 йилгача ривожлантириш концепциясини тасдиклаш тyFрисида"ги ПФ-5712-сон Фармони. - Конун х,ужжатлари маълумотлари миллий базаси, 06/19/5712/3034-сон, 29.04.2019 й.

2. Болтаева Ш.Т., БошланFич таълимда укувчилар ижодий фаолиятини шаклланти-риш. Монография. - Тошкент: 2013. - 189-б.

3. Ананьев Б.Г. Человек как предмет познания. - М.: 1969. - 248 с.

4. Лейтес Н.С. Склонности одаренность в детские годы // Знание, 1984, №4.

5. Выготский Л.С. Педагогическая психология // под ред. В.В.Давыдова. - М.: Педагогика, 1999.- 321 с.

6. Левитов Н.Д. Субъект. Объект. Познание.- М.: Знание, 1999. - 198 с.

7. Нишаналиев У. Формирование личности учителя трудового обучения: проблемы и перспективы. - Т.: Фан, 1990. - 216 с.

8. Хасанбоева О., Хасанбоев Ж. ва б.к. Педагогика. - Т.: Фан, 2006. - 282 б.

9. Хуррамов Р. (2022). ОFзаки машклар ёрдамида бошланFич синф укувчилари эвристик фикрлашини ривожлантиришнинг методик асослари. "Та'Пт va innovatsion tadqiqot''. https://doi.Org/10.53885/edinres.2022.9.09.022

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 1 (122)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.